Научная статья на тему 'NAVRO’Z BILAN BOG’LIQ MAROSIMLARNING BADIIY TALQINI'

NAVRO’Z BILAN BOG’LIQ MAROSIMLARNING BADIIY TALQINI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1053
53
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Navro‘z / Ashshadarozi marosimi / sumalak sayli / «Chigit qadash» marosimi / kurash / ko‘pkari / poyga / xalq o’yinlari / Navro’z timsollari

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Baxromjon Boqijonovich Inatullayev

Mazkur maqolada o‘zbek xalqining milliy bayrami hisoblangan Navro‘z va u bilan bog‘liq nishonlanadigan marosimlar haqida ma'lumotlar berilgan. Ushbu marosimlarning mazmun-mohiyati va ijtimoiy ahamiyati atroflicha tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NAVRO’Z BILAN BOG’LIQ MAROSIMLARNING BADIIY TALQINI»

NAVRO'Z BILAN BOG'LIQ MAROSIMLARNING BADIIY TALQINI

Baxromjon Boqijonovich Inatullayev atribut_8 5 @mail .ru Namangan davlat universiteti

Annotatsiya: Mazkur maqolada o'zbek xalqining milliy bayrami hisoblangan Navro'z va u bilan bog'liq nishonlanadigan marosimlar haqida ma'lumotlar berilgan. Ushbu marosimlarning mazmun-mohiyati va ijtimoiy ahamiyati atroflicha tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: Navro'z, Ashshadarozi marosimi, sumalak sayli, «Chigit qadash» marosimi, kurash, ko'pkari, poyga, xalq o'yinlari, Navro'z timsollari

ARTISTIC INTERPRETATION OF NAVRUZ CEREMONIES

Bakhromjon Boqijonovich Inatullaev atribut_8 5 @mail .ru Namangan State University

Abstract: This article provides information about Navruz, the national holiday of the Uzbek people, and the ceremonies associated with it. The content and social significance of these ceremonies are analyzed in detail.

Keywords: Navruz, Ashshadarozi ceremony, sumalak festival, "Chigit kadash" ceremony, kurash, kupkari, race, folk games, symbols of Navruz

Navro'z turkiy xalqlar ijtimoiy hayotida muhim ahabiyatga ega bayram bo'lib, u bilan bog'liq marosimlar insoniyat taraqqiyotining ma'lum nuqtalarini aks ettiradi.

Qadimdan turkiy xalqlarda Navro'zning bosh taomi bo'lmish sumalak pishirish jarayoni bilan bog'liq marosimlarga xos bo'lgan qo'shiqlar bilan bir qatorda ushbu marosimning ma'lum bir detallarni o'zida aks ettiruvchi o'yinlar ham ijro etilgan. Sumalak sayli bilan aloqador bo'lgan o'yinlardan biri bu «Ashshadarozi» o'yini bo'lib, To'ra Qilichev o'z ma'lumotlarida ushbu o'yin Xorazmda an'ana shaklida avloddan-avlodga o'tib saqlanib kelayotganini qayd etgan. Bu o'yinni tashkil qilish uchun 2,5-3 metr chamasidagi yog'och tayoq olingan va uning yuqori tomonidan 4050 santimetr pastroqqa bir metr chamasidagi tayoq ko'ndalang qilib bog'langan hamda bu tayoqqa uzun qilib tikilgan xotin-qizlar ko'ylagi kiygiziladi. So'zga chechan bo'lgan xotin-qizlardan biri «Ashshadarozi»ning keng ko'ylagiichiga kirib, uni ko'tarib, sumalak sayliga kelganlar davrasiga olib chiqadi. Shunda yana bir

so'zga chechan ayol yigitcha kiyinib davraga chiqadi va ikki o'rtada aytishuv boshlanadi:

Yigit: Ashshadarozi mevaram

Vaqti namozi bevaram

Boshingni go'rsat (ko'rsat) manga

Ro'mollar olay sanga.

Man getaman (ketaman) shahri Qo'qon

Mandan nishon qolsin sanga.

Ashshadarozi qiz:

Boshimni go'rsatmiman (ko'rsatmayman), Ro'mollar olmimanam (olmayman). Malomatga qolmimanam (qolmayman) Getsang boshim sadag'a

Aytishuv shu tarzda davom etadi.[1] Qo'shiq matnida yigitning qizga muhabbati ramzi sifatida biron narsa berishni xohlayotganligi, qiz esa har safar xalq o'rtasida izza bo'lishdan qo'rqib, uning nishonasini olishni rad etishi takrorlanib boradi. Bu esa o'z navbatida o'zbek millati qizlariga xos ibo, hayo va or-nomusning nihoyatda asralishini ko'rsatadi. Shu bilan birga qo'shiqda «Ashshadarozi mevaram, vaqti namozi bevaram» naqorotining kelishi ushbu o'yindagi aytishuvning boshlanishidan oldin salom berish jarayonining ham borligi T.Mirzayev va M.Jo'rayevlar o'z ma'lumotlarida keltirib o'tganlar. Ya'ni «Ashshadarozi» kiyinib davraga chiqqandan keyin davra ishtirokchilaridan biri: Ashshadarozi mevaram, Vaqti namozi bevaram, O'n barmog'ini o'ynatib, Qizil tilini so'zlatib, Boqqan onagga bir salom,

deb qo'shiq aytadi va Ashshadarozi egilib kayvoniga salom beradi.[2] «Ashshadarozi» o'yinida ijro etiladigan qo'shiq nihoyatda qadimiy bo'lib, hazil-mutoibaga boyligi, ijro usulining o'ziga xosligi bilan ajralib turadi.[3]

Sumalak faqat ayollar tomonidan tayyorlanadigan taom bo'lgani uchun ham uni tayyorlashdagi ijro etiladigan o'yin va qo'shiqlarda o'ziga xos e'tiqodiy qarashlar mavjud.

Masalan, «Ashshadarozi» o'yini tashkil qilinmasa, sumalak qiyomiga yetib pishmaydi, sababi xotin-qizlarning piri Bibi Fotima sumalakka bosh-qosh bo'lmaydi, deb tushunganlar. [1 ]

Demak bu o'yinning aynan sumalak saylida tashkil etilishi, xalqimizning ayrim e'tiqodiy qarashlari natijasi deyish mumkin. Tilga kirayotir har bog'da og'och,

Binafsha atridan yo'qotdim o'zim.

Boshimni silab qo'y, do'stim qaldirg'och,

Qaytganing ishqilib chinmi, Navro'zim!

Navro'z qachon, qanday vujudga kelganidan qat'iy nazar, u har tomonlama ilmiy asoslanib, koinot va tabiat qonuniyatlari hisobga olingan holda joriy etilgan. Chunonchi, quyoshning hamal burjiga kirishi, kunduzning uzaya boshlashi, yorug'likning kuchayishi, tabiatning jonlanishi - Navro'z deb qabul olingan. Navro'z eski quyosh kalendari hisobida farvordin oyining boshlanishiga (hozirgi 22 martga) to'g'ri kelgan. Bukun «kichik Navro'z» deb atalgan va bu kundan boshlab tabiatdagi hamma narsa amalga kiradi, deb hisoblangan.

Beruniy «Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar» nomli kitobida qimmatli ma'lumotlar berib, unda kichik bayram farvordin oyining oltinchi kunigacha davom etganini ta'kidlagan. Demak, farvordin oyining oltinchi kuni «Katta Navro'z»ning mohiyatini bevosita tabiat bilan bog'laydi va bu haqda shunday yozadi: «...U butun yil unga xizmat qiladigan bir vaqgda, ya'ni bahor yomg'irining birinchi tomchisi tushishidan gullar ochilguncha, daraxtlar gullashidan mevalari yetilguncha, hayvonlarda nasl vujudga kelguncha davom etadigan vaqtda keladi. Shuning uchun Navro'z olamning boshlanishi va yaratilishiga dalil qilingan». Bu fikrlar Navro'zning qadimdan tabiat va bahor bayrami bo'lganini yana bir karra isbotlaydi. Biroq, tarixda Navro'zning mazmunini turlicha talqin qilib, ba'zilar uni taraqqiy ettirishga, boshqalar esa uni ta'qiqlashga harakat qilishdi. Jumladan, grek-makedon va arab istilosi davrlarida Navro'z ta'qiqlanib, u podsho saroylarida, amaldorlar va din ahli davralarida rasmiy bayram hisoblanmagan. Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, Navro'z o'tmishdagi har bir sinfiy jamiyatda podsholar hukmdorligi, diniy ideologiya ta'sirida shaklan o'zgarib tursa-da, u o'zining asosiy mohiyatini saqlab qoldi. U haqiqiy xalq bayrami bo'lib, mehnat ahli orasida katta tantanalar bilan nishonlangan.

Binobarin, qadimdan xalqda bayramni o'tkazishning o'ziga xos tartib-qoidalari bo'lgan.

Islomgacha bo'lgan Navro'zda oddiy xalqqa tegishli bo'lgan odatlar ham diqqatga sazovordir. Bayram kuni odamlar bir-biriga shakar va shirinliklar hadya qilish (hayotingiz shirin bo'lsin degan ma'noda), bir-biriga suv sepish (bu yil suv ko'p bo'lsin, hosil yaxshi bo'lsin degan ma'noda) va boshqa odatlar keng tarqalgan. Keyingi asrlarda esa hovli-joylarni tozalash, ko'kat va gullar ekish, ota-ona, yoru do'stlarni ziyorat qilish, marhumlarning qabrini ziyorat qilish kabi odatlar Navro'z bayramining tarkibiy qismiga aylangan.

Qorlar erib, daryo suvga to'liq bo'lsin,

Don-dun ekib, xirmonlari bo'liq bo'lsin.

Qo'y ko'payib, dashtda cho'pon-cho'liq bo'lsin,

Kel, bahorim, o'shal kunni sog'inganman.

Qachonlardir urushganlar apoq-chapoq,

Yovlashganlar bu kun hatto uymas qovoq.

Yetim-yesir, nochorlardan xabardor goh,

Xalqim, azal oqibating sog'inganman.

Ma'lumki, o'rta asrlarda O'zbekiston hududining turli joylarida Navro'z o'ziga xos usullarda uyushtirilgan. Uni nishonlash vaqti uch kundan tortib to 15 kungacha cho'zilgan. Masalan, Xorazmda Navro'zdan oldin joylarda maxsus yig'in bo'lib, unda bayram raisi tayinlangan, tantanalar, tomoshalar, sayillar o'tkazish tartiblari haqida so'z borgan.

Navro'z odatda bozor qoshidagi joylarda, katta maydonlarda, shahar chekkalaridagi sayilgohlarda uyushtirilgan. Odatda, bayramning birinchi kuni quyidagicha bo'lgan: ertalab bayram boshlangandan keyin, kun o'rtasida musiqachilar, qo'shiqchilar va boshqa san'atkorlarning ijrolari, kechki payt esa sayillar, xalq o'yinlari, bazmlar uyushtirilgan.

Navro'zning tomosha va musobaqalari kun sayin avjga chiqa boshlagan. Har xil musobaqalar: kurash, ko'pkari (uloq), poyga bayramning ko'rki bo'lgan.

Shukronakim, Navro'zimni topdim zo'rg'a,

Meros deya yigitlari minsa yo'rg'a.

Ko'pkarida ot minsalar kim o'zarg'a,

O'shal meros ot dupurin sog'inganman.

Navro'zning juda katta, buyuk tarbiyaviy xususiyatlari, odamiylik, insonparvarlik, umumbashariy sifatlarini ham ta'kidlamoq lozim. Navro'z kunlari butun xalq xushchaqchaklik bilan hordiq chiqargan. Bu bayram nafaqat xursandchilik, kulgu, xushchaqchaqlik bilan chegaralanadi, ayni paytda bayram oldi va undan keyingi kunlarda kishilar o'z yumush va tadbirlarini ham rejalashtirib olganlar, unga umid bog'laganlar. Qachon yer haydab, chigit qadash, sug'orish haqida kelishib-kengashlar o'tkazilgan.

Navro'z - xalqimizning yaratuvchanlik mehnati bilan bog'liq, uning orzu-umidlarini kuylagan, turmush tarzi, ma'naviyati milliy ruhini xalq ijodi, usuli va uslublari yordamida tarannum etgan, xalqimizning boy milliy san'atini, urf-odatlarini o'zida saqlagan bayramdir. U yoshlarni odamiylik, do'stlik, o'zgalarga hamdard bo'lish, mehribonlik, mehr-oqibatli bo'lishga undaydi.

Navro'z baynalmilal bayramdir. Bu bayramni biz bilan bir qatorda Eron, Afg'oniston, Pokiston, Hindiston xalqlari ham nishonlaydilar.

Hozirgi kunda O'zbekiston mustaqil davlat sifatida jahonga yuz tutayotgan bir paytda diyorimiz qo'shni mamlakatlar bilan madaniy-ma'naviy aloqalarni mustahkamlab bormoqda. Bu bayram ham ezgulik, adolat, insonga hurmat tuyg'ularini mustahkamlashga, xalqlar o'rtasida birodarlik va birdamlikni, mehr-oqibatni yanada kuchaytirishga da'vat qiladi.

Bu yashil olamga o'zing ber to'zim,

Shaftoli guliday yorishar yuzim.

Oq bodom gulini o'pganing rostmi,

Kelganliging chinmi, qadim Navro'zim?!

Navro'z kunlari katta bozorlar (savdo-sotiqlar) tashkil etilgan va eng shirin taomlar tayyorlangan. Odatdagi (palov, sho'rva, kabob kabi) ovqatlardan tashqari do'lma, yalpiz, ko'k piyoz va boshqa ko'katlar solingan maxsus taomlar pishirilgan. Navro'z taomlari orasida sumalak alohida o'rin tutgan. Chunki sumalakni alohida tayyorlashning o'zi maxsus marosim sifatida shakllanib, Navro'z bayramining muhim qismlaridan biriga aylanib ketgan.

«Sumalak sayli» (yoki «Sumalak bazmi») Navro'zning «shohona taomi» -sumalak tayyorlash, sumalakxo'rlikka bag'ishlangan marosimdir.

Olimlarimiz keltirgan manbalarga kura, «Sumalak» so'zining ma'nosi, bu g'aroyib taomni tayyorlash udumi uziga xos tarixiy bulib, bu xakida ulug' olim Mahmud Qoshg'ariy «Devoni lug'otit-turk», ya'ni «Turkiy so'zlar devoni» kitobida sumalak xususida shunday izoh beradi:

«Summa» ivitilgan bug'doy nomi. Uni quritib tuyiladi. So'ng undan ugra oshi va non qilinadi. Sharbat uchun qilingan undirilgan arpa uchun ham bu qo'llaniladi».

Demak, «sumalak» ivitilgan bug'doy yoki arpa ma'nosini anglatuvchi qadimgi turkiy kalom - «suma»dan kelib chiqqan. Sumalak pishirish udumi esa O'rta Osiyoda yashagan qadimgi turkiy qavmlar orasida azaldan keng rasm bo'lgan.

Umar Xayyom o'zining shoh asari «Navro'znoma»da sumalak haqida mana bunday izoh beradi: «Sumalak bahorning ulug' va tansiq taomidir. Menga rivoyat aylamishlarkim, Hisravning otasi Xormuzd arpa o'sib yotgan ekinzor oldidan o'tib ketayotgan ekan. Arpaga qo'yilgan suv ekinzordan toshib, yo'lga oqar ekan. Farvardan oyi ekan. Xormuzd, «Arpa omonlik doni, uning ko'kati yaxshi ko'kat» deb ichmoq uchun suvdan bir ko'za to'ldirib olishga farmon qildi. Arpa orqali o'tgan yoki undan chiqqan suv charchoqni tarqatib, me'da kasalliklarini davolaydn. Bu suvni kim ichsa, u yangi yil arpa pishig'igacha kasalliklardan muhofaza qilingan bo'ladi. Eronliklar, turonliklar ham arpa ekishning uddasidan chiqadilar. Arpa sumalak pishirilgan ilk ko'katdir.

Abu Muslum junbushidan keyin turonliklar Navro'zni qayta o'z shodiyonalariga aylantirdilar. Shayxlarning e'tiroziga Muhammad alayhissalom «Arpa uni tansiq taomdir, tanangizda quvvat kamaygan chog'da uni ko'proq tanavvul qilinglar», degan hadisi bilan javob beradi. Boisi, arpa uni yoki ko'katlardan tayyorlangan taomlar allomalar va so'fiylarning eng xush ko'rgan taomidir».

Sumalakni asosan ayollar tayyorlab, ular ish jarayonida suhbatda bo'lishgan, hikoya, ertak va rivoyatlar aytishgan. Vaqti kelganda o'yin-kulgu qilishgan. Sumalak tayyor bo'lgach, uni pishirishda qatnashganlar va mahalla ahli sumalakxo'rlik qilish

uchun «sumalak sayli»ga taklif etilganlar, sumalak sayli ishtirokchilari childirma (doira) chalib, raqsga tushib, xursandchilik qilishgan. Sayil hazil-mutoyiba, o'yin-kulgu bilan o'tgan. Asrlar osha nishonlanib kelinayotgan «sumalak sayli» hozirgi kunda ham kishilarni o'zaro hamkorlik va birdamlikka chorlaydi. Momolarim pishirsalar gar sumalak, O'yin-kulgu shodliklardan to'lsa falak. To tonggacha o'tin tashib jonim halak Bo'lsa-bo'lsin, sumalakni sog'inganman. Sumalagim tarixi zo'r, bu «si-malak», Kovlar ekan g'aybdan kelgan o'ttiz malak. Niyatlaring ijob bo'lar aytsang tilak -Momom aytgan pok tilakni sog'inganman!

Navro'z - bu yangi qishloq ho'jalik mehnat mavsumining boshlanishiga bag'ishlangan bayram, shu sababli ko'p joylarda u dala ishlari boshlangunga qadar davom etgan. «Navro'z»ning so'nggi kunida dehqonlarning dalaga qo'sh chiqarish va yerga urug' qadash marosimi o'tkazilgan. Bu marosim har joyda turlicha: «ekish sayli», «Qo'sh oshi», «Qo'sh chiqarish» («Qo'sh - moy») deb nomlangan, Mazkur an'anadan ijobiy foydalanish natijasida hozirgi davrda respublikamizning ko'p joylarida paxtakorlarning mehnat mavsumini boshlaydigan - «Chigit qadash» kabi marosimning yangi zamonaviy shakli vujudga kelgan. Oftob emib, musht ko'tarib chigit unsa, Tolyog'ochda yurgan bolam yigit bo'lsa. Iyd Navro'z yangi kunda baxti kulsa, Yangi yilim, yangi izing sog'inganman. Dehqon bobo ishin yetmas adog'iga, Ko'li yetmas Oybarchinning baldog'iga. Jonim sadqa bobom qo'lin qadog'iga, Dehqonimga yaxshi kunni sog'inganman.

«Bahoroy» hamma yerda Navro'zning ramziy obrazlarini gavdalantiruvchi bayramning asosiy qahramoni hisoblanadi. Odatda Navro'z Bahoroyning o'z dugonalari bilan aholi yashaydigan ko'chalarni karnay-surnay sadolari jo'rligida aylanishi bilan boshlanadi. Bahoroy qishloq yoki mahallalarning markaziy maydonlarida to'xtab, aholini o'lkaga bahor kirib kelgani bilan tabriklaydi. Shuningdek, joylarda o'yin-kulgular uyushtiriladi, hammani Navro'z bayrami tantanalariga taklif qiladi.

Bayramning ikkinchi qismi madaniyat va istirohat bog'larida bayram qatnashchilarining Bahoroy, Paxtaoy va uning dugonalarini tantanali kutib olishi bilan boshlanadi. So'ng ular bezatilgan minbarga taklif etiladilar. Bahoroy bayram qatnashchilariga shodlik, do'stlik va obodonchilikka oid uchta shart aytadi. So'zining

nihoyasida turarjoylar yashil, obod, go'zal va kurkam bo'lishi uchun har bir kishini bittadan daraxt ko'chati ekishga chorlaydi va o'zi birinchilar qatorida belgilangan joyga niholni ekadi. So'ngra, boshqalar ham navbati bilan turli daraxt ko'chati o'tqazadilar.

Tantananing uchinchi qismida bahor, yangi hosil yili boshlanishiga bag'ishlangan dastur, ommaviy tomosha namoyish qilinadi. Bazm uyushtiriladi. Buning uchun sahna bayramga mos qilib bezatiladi va uning tevaragiga stol-stullar qo'yiladi.

Bayramning teatrlashtirilgan dasturidan bahorga bag'ishlangan o'yinlar, mehnatkashlarni ruhlantiruvchi turli mushoiralar, quvnoq qo'shiqlar va raqslar, dramatik asarlardan lavhalar, askiya va intermediyalar o'rin oladi.

Navro'z bayramining to'rtinchi qismida ommaviy sayillar, xalq o'yinlari (kurash, otchopar o'yinlari, shaxmat, shashka va yarmarkalar) tashkil etiladi. U tabiat qo'ynida o'tkazilsa, yanada maqsadga muvofikdir. Yana bahor keldi, yana olamda Ajib bir go'zallik, ajib bir bayot, Men seni qutlayman, shu ulug' damda, Ulug' yelkadoshim, muzaffar hayot... Qizg'aldoq bargidek uchar dildan g'am, Toshqinlar kiradi qalbimga manim, Bahoring muborak bo'lsin ushbu dam, Mening O'zbekiston - dilbar Vatanim!

Navro'z har yili yurtimizga rizq-ro'z, tinchlik, omonlik, baxtu iqbol, qut-baraka olib kelmoqda. Navro'z o'zining ana shu ezgu xislatlari bilan barcha yoshlarni har tomonlama barkamol, ma'naviy yetuk, vatanparvar, mehnatsevar qilib tarbiyalashda ulkan omil hisoblanadi. Chunki ajdodlarimiz merosi bo'lgan Navro'z endilikda yildan-yilga yanada takomillashib bormoqda. Uning tarbiyaviy kuch-qudrati yanada kengaymokda. Demak, Navro'z barkamol, komil insonni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etib kelmokda.

Mustaqil O'zbekistonni rivojlantirishning ma'naviy axloqiy negizlaridan biri -umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, xalqimizning ma'naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirishdir. Xalqning ma'naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish -O'zbekistonda davlat va jamiyatning eng muhim vazifasidir. Ma'naviyat insonga ona suti, ota namunasi, ajdodlar o'giti bilan birga kirib boradi va singadi. Tabiatga yaqinlik, jonajon o'lkaning benihoya go'zalligidan bahramand bo'lish ma'naviyatga oziq beradi, kuchaytiradi, Ma'naviyat o'z xalqining tarixi, uning madaniyati va qadriyatlarini chuqur bilish va tushunib yetishga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi. Tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda

tutishimiz kerak. Xotirasiz kishi bo'lmaganidek, o'z tarixini bilmagan xalqning ham kelajagi bo'lmaydi.

Ma'naviyat insonga havo va suvdek zarur. Inson necha-necha azoblar va qiyinchiliklar bilan ma'naviyat chashmasini izlaydi. Ma'naviyatning ma'nosi keng bo'lib, u tarix, madaniyat, yer, oila, ota-ona, bolalar, qarindosh-urug'lar, qo'ni-qo'shnilar, mustaqil davlatimizga sadoqat, insonlarga hurmat, ishonch, xotira, vijdon, erkinlik kabilarni o'z ichiga oladi.

Muxtasar qilib aytganda, yangilanish va ezgulik timsoli bo'lgan Navro'z falsafasi xalqimizga mansub odamiylik mexr-oqibat, muruvvat va ximmat kabi yuksak xususiyatlardan oziqlanib kelgani, ajdodlarimiz asrlar davomida kanday buyuk umuminsoniy goyalardan baxramand bulib ma'naviy kamol topganining yana bir tasdig'idir, desak, hech qanday xato bo'lmaydi».[4]

Darhaqiqat, Navro'z - o'zbek va sharq xalqlarining ma'naviy qadriyatlar baypami - meros bo'lib, u o'quvchi yoshlarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, yuksak vatanparvarlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, bunyodkorlik, do'stlik, mehr-oqibat, ezgulik, adolat, tinchlik ruhida tarbiyalashdagi boylik va buyuk xazinamizdir. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, ijtimoiy xayotning barcha sohalarida chuqur o'zgarishlar yuz bera boshladi. Avvalo bu aholining tarixan uzoq - milliy turmush va tafakkur tarzi, xalq an'analari, urf-odatlari, ma'naviyatidan kelib chiqayotganligida yaqqol namoyon bo'lmoqda. Haqiqiy o'zbekona urf-odatlarimizning hayotdan o'rin olayotgani, qadriyatlarimizning o'z mavqyeini topayotgani ham shundan. Kattalarga hurmat, oila va farzandlar to'g'risida g'amxo'rlik qilish, ochiq ko'ngillilik, odamlarga xayrixohlik bilan munosabatda bo'lish, o'zgalar kulfatiga hamdardlik, o'zaro yordam tuyg'usi mamlakatimiz fuqarolariga xosdir. Ma'anaviyatimizni shakllantirishda bu fazilatlarni yosh avlod ongiga, ularning tarbiyasiga tobora singdirib borish bugungi kunning eng muhim vazifasidir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Qilichev T. Xorazm xalq teatri. - Toshkent, 1998.-B. 72.

2. Mirzayev T., Jo'rayev M. Navro'z. - Toshkent. 1992. -B. 44-45.

3. Jo'rayev M. O'zbek xalq taqvimi va mifologik afsonalar. - Toshkent, 1994. -B. 87.

4. Karimov I. A. Yuksak ma'naviyat -yengilmas kuch. -Toshkent: Ma'naviyat, 2008. -B. 56.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.