Научная статья на тему 'NAVRO`ZING MUBORAK, AZIZ ELIM'

NAVRO`ZING MUBORAK, AZIZ ELIM Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
235
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Ученый XXI века
Область наук
Ключевые слова
Navro’z / urf-odat / qadryat / xalqlar / marosim / tarix.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — N.M. Azizov

Bahor fasllar gulshani, uyg'onish fasli. Butun borliq, ona tabiat barq urib yashnaydi, yangilanadi. Tirik jonzot borki yangi kunning tug'ilishidan bahra oladi, zavqlanadi. Turkiy xalqlar ham Navro'z bayramini, ya'ni yangi kunning tug'ilishini aynan bahor faslida nishonlashi bejiz emas. Navro`z bahor, yangi yil bayrami. “Navro`z" atamasi ikki fors so'zidan tashkil topgan bo'lib “nav" yangi, “ro'z" kun ya'ni, “yangi kun" degan ma'noni bildiradi. Navro'z – turkiy xalqlarning eng ommaviy va go'zal bayramidir. Ushbu maqolada Navzo’z bayramining kelib chiqishi, uning tarixi va qadryatlari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NAVRO`ZING MUBORAK, AZIZ ELIM»

NAVRO ZING MUBORAK, AZIZ ELIM

N.M. Azizov

Bahor - fasllar gulshani, uyg'onish fasli. Butun borliq, ona tabiat barq urib yashnaydi, yangilanadi. Tirik jonzot borki yangi kunning tug'ilishidan bahra oladi, zavqlanadi. Turkiy xalqlar ham Navro'z bayramini, ya'ni yangi kunning tug'ilishini aynan bahor faslida nishonlashi bejiz emas. Navro'z - bahor, yangi yil bayrami. "Navro'z" atamasi ikki fors so'zidan tashkil topgan bo'lib "nav" - yangi, "ro'z" - kun ya'ni, "yangi kun" degan ma'noni bildiradi. Navro'z - turkiy xalqlarning eng ommaviy va go'zal bayramidir. Ushbu maqolada Navzo'z bayramining kelib chiqishi, uning tarixi va qadryatlari yoritib berilgan.

Kalitso'zlar: Navro'z, urf-odat, qadryat, xalqlar, marosim, tarix.

Dunyoda bayramlar, unutilmas kunlar ko'p. Yer yuzida qancha xalq bo'lsa, shuncha turfaxil bayramlar mavjud. Ularning har biri o'ziga xos tarovatlarga, ne'matlarga boy bo'lib nishonlanishi jihatidan ham bir-biriga mutloqa o'xshamaydi. Masalan, gurji xalqida shunday bir marosim borki, unda ishtirok etuvchi kishilar qo'llarini bir-birlarining elkasiga tashlab, jo'r ovoz bo'lib qo'shiq kuylashadi. Qozoq qardoshlarimizning "Qiz quvdi", "Qiz olib qochdi" singari urf-odatlari o'sha mamlakat xalqlarining o'ziga xos milliy xususiyatlarini aks ettiradi. O'rta Osiyo va yaqin sharq xalqlarini bir-biriga yaqinlashtiradigan ulug' bir bayram borki, bu Navro'zi olamdir.

Navro'z 3000 yillik tarixga ega bayramdir. Navro'z qadimiy milliy bayrami (fors tilidan tarjima qilinganda "yangi kun" ma'nosini anglatadi) 21-mart kuniga to'g'ri keladi. Ushbu kun kecha bilan kunduzning tenglashgan paytidir. Ushbu bayramning kirib kelishi bilan ko'pgina O'zbek oilalarida Sumalak, xalim, ko'k somsa, Osh kabi turli milliy taomlarni tayyorlaydilar. Mazkur taomlar odamzod organizmiga foydali bo'lgan ko'pgina vitaminlarga boydir.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so'ng O'zbek xalqining qadimiy urf-odatlari va qadriyatlari kuchga kirdi. Jumladan Navro'z bayramini nishonlash o'ziga xos tusga ega bo'ldi. Bu bayram barcha xalqlarning do'stlik va birlik ramziga ega bo'lgan umumxalq bayramdir. Bugungi kunda Navro'z bayrami mahallalarda va qishloqlarda, tuman va shaharlarda keng miqyosda nishonlanmoqda.

Navro'z so'zi tilga olinganida, so'z va g'azal mulkining sultoni Nizomiddin mir Alisher Navoiyning go'zal bir bayti xotiraga keladi:

Har tuning qadr o'libon,

Har kuning o'lsin Navro'z.

Ya'ni har bir kechang qadr kechasi, xayrli, qutlug', tun bo'lsin, har-bir kuning yangi kun bo'lsin! Bu albatta, inson zotiga har doim ham nasib bo'lavermaydigan oliv saodatdir.

Navro'z yaqin sharq mamlakatlari xalqlarining qadimiy milliy bayrami hisoblanadi. Ayrim ma'lumotlarga ko'ra Navro'z qadimgi Eronliklarda Axmoniylar davrida ( miloddan avvalgi 558-330 yillar ) boshlab odat tusiga kirgan. Navro'z haqida eng to'la ma'lumotlar va aniq ilmiy xulosalar Sharq yozma manbalarida buyuk olim Abu Rayxon Beruniyning " Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar ", " Qonuni Mas'udiy" va "Attafxim" asarlarida, Umar Hayyomning " Navro'znoma" risolasida yozib qoldirilgan.

Beruniy "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar " asarida shunday yozadi: U kuni Navro'z deb atashinuing sababi shuki, Firdavsiy ( taxminan 934-1025 yillar) "Shohnoma" sida keltirishicha, Jamshid qadimgi Eron podshohlaridan biri, u o'z saltanati davrida anchagina taraqqiy parvar tadbirlar joriy etgan. Jumladan u davlat tuzgan, odamlarni tabaqalarga ajratgan, kiyim kiyishga o'rgatgan, majusiylar dinini yangilagan va bu ish qilingan kun " Navro'z "- " Yangi kun " deb ataladi.

Umar Hayyom ham " Navro'znoma " asarida Navro'z nishonlari haqidagi rivoyatlarni podshoh Jamshid davriga taqaydi va shoh Qayumars hamal oyining birinchi kuni yil boshi hisoblansin deb farmon berganini ham eslatib o'tadi.

© N.M. Azizov, 2022.

Jumladan shoh Jamshid haqida Umar Hayyom shunday deydi: " Jamshid shu kunni ( fevraldin oyuni boshi ) Navro'z atalsin deb farmon beradi va odamlarga har yili farvardinning kirishini bayram qilishini, uni yangi yil deb hisoblashni buyuradi.

Bunday misollarni yana ko'plab keltirish mumkin. Navro'z haqida nafaqat O'rta Osiyo yoki Yaqin Sharq olimlari, shoir ulamolar, balki Ovro'po qit'asi qalamkashlari ham maroq bilan yozishgan. Taassufki, yaqin o'tmishmizda ayrim shaxslar va jo'n fikrlovchi kishilar tomonidan muqaddas bayramimizga nohaq tosh otildi, turli tamg'alarni yopishtirishga harakat qilindi. Natijada xalq dili biroz muddat aziyat chekdi. Biroq johil, nodon, uzoqni ko'ra olmaydigan kimsalarning davru - davronlari ko'pga cho'zilmadi. Mustaqillik yillarida Navro'z bayramiga nisbatan qilingan taqiq va tayziqlar bekor qilindi. Xalqimiz Navro'zni yanada shod xurramlik bilan nishonlay boshladi.

Navro'zi olam kelishi bilan yer yuzi har- xil kiyimlar kiygan qiz - juvonlardek jilolandi. Tog'lar, qirlar, dalalar ham butunlay turfa xil ranglarga burkanib, minglab gullar, chechaklar yer ostidan shodiyona bosh ko'tardi. Butun olam ushbu kun muattar hidlarga to'ladi.

Navro'z asrlar davomida kishilarda ona yerga muhabbat, uni va tabiatni avaylab asrash tuyg'usini uyg'otishga xizmat qilib kelgan, ularni mehnatga, muhabbat ruhida, yuksak manaviyatli qilib tarbiyalashda jiddiy ahamiyat kasb etgan. Navro'z kunlarida o'zaro urushlarga chek qo'yilgan, qarindoshlar bir - birini, yorug dunyodan ko'z yumganlar qabrini, yosh - yalanglar keksalarni ziyorat qilganlar. Shu kunlarda arazlar, gina -a qudratlar unut bo'lgan. Zero Navro'z kishlarni yaxshi ishlarga o'gatgan, qalblarini ezgu - tilaklarga to'ldirgan, mehr - oqibatni kuchaytirgan.

Mamlakatimiz mustaqillakka erishgach, yurtimiz milliy urf - odatlarimizning qadrini ko'tarishga e'tiborini kuchaytirdi. Jumladan, Navro'z shodiyonalari yanada keng miqyosda tantana qilina boshladi. Mamlakatimiz rahbariyati kishilarni ma'naviyatli, yurtsevarlik ruhida tarbiyalashda Navro'zning roli katta ekanligini ta'kidlamoqda. Jamiyatni ma'naviy jihatdan yuksaltirish, demokratik hur fikrlik tamoyillarini qaror toptirishda Navro'z bayrami muhim tadbirlardan biridir.

Xulosa qilib aytganda, Navro'z - xalqimiz qalbidan mustahkam o'rin egallagan, teran ildiz otgan muqaddas bayramdir. Navro'z xalq tabiatida, tabiat qonuniyatida yashaydi. Ushbu bayram har bir inson qalbiga olam - olam shodlik, quvonchlar hadiya etadi. Sevimli shoirimiz Mirzo Kenja ta'biri bilan aytganda:

O'rgatib har dilda hurlikni,

Ko'klam isyon qilaveradi.

Namoyishga chorlab borliqni,

Navro'z qaytib kelaveradi.

Har bir joyda bo'lgani kabi bizning Qarshi Davlat Universiteti Pedagogika institutida ham Navro'z shodiyonalarini o'tkazishga alohida etibor berib kelinmoqda. Bayram arafasida institut hududida, ko'cha va xiyobonlarni obod etishda, daraxt va gullar o'tqazish maqsadida mahallalarda, viloyat, tuman markazlari, qishloqlarda xalq hasharlari o'tkaziladi. Bu ishga bizning professor-o'qituvchilarning ham faol ishtirok etishi alohida e'tiborga loyiqdir. Chunki o'zbek xalqining qon-qoniga singib ketgan bu azaliy qadriyatda har bir inson faol ishtirok etishini o'zining muqaddas burchi deb biladi. Jumladan, biz pedagoglar ham Navro'z bayramiga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib, o'z fuqorolik burchimizni bajarib, xalqimiz quvonchiga quvonch bag'ishlaymiz.

Navro'z mehnat bayrami sifatida ham qadrlidir xalqimizda "Hamal kirdi ,amal kirdi " degan naql bor. Bu dehqonning yerga Baraka urug'ini sepishini bildiradi. Shuningdek saxovat, mehr - oqibat, tinchlik, xayru baraka, san'at, pazandachilik bayrami sifatida ham Navro'zga tarif - tavsif beriladi.

Navro'z keldi deguncha doshqozonlarda sumalaklar qaynaydi. Bu xushxor taom ilikuzuldi davrida inson tanasiga cheksiz quvvat olib kiradi.

Mustaqillik sharofati bilan qaytadan dunyo yuzini ko'rgan Navro'zimiz bor bo'lsin. U asrlar osha xalqimizga tinchlik, ezgulik, baxt, iqbol, xursandchilik, qut Baraka olib kelaversin! Navro'z hammamizga qutlug' bo'lsin. Navro'z ayyomingiz muborak bo'lsin!

Adabiyotiar ro'yxati:

1. Abu Bakr al-Narshaxiy. Buxoro tarixi, T., 1966.

2. Abu Rayhon Beruniy. Qadimgi xalqpardan qolgan yodgorliklar.

3. Umar Xayyom. Navro'znoma.

4. Mahmud Koshg'ariy. Devonu lug'otit-turk.

5. https://www.trt.net.tr/uzbek/madaniyat-va-san-at/2016/03/21/assalom-navro-z-454984

6. https://www.amerikaovozi.eom/a/a-36-2009-03-15-voa1-93374229/808083.html

© N.M. Azizov, 2022.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.