NAVRO'Z BAYRAMI VA UNING ETNOMADANIY AHAMIYATI
Umidbek Xaitbayevich Adambayev
Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti o'qituvchisi umidbekadambaye91 @gmail.com
Sirojiddin Ulug'bek o'g'li Rahimberdiyev
Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi raximberdiyevsirojiddin 13 [email protected]
Ushbu maqolada Navro'z bayramining mohiyat va uning vujudga kelish vaqti hamda nishonlanish jarayonlari, u haqidagi O'rta asrda yozilgan manbalar hamda bayram munosabati bilan o'tkazilinadigan tadbirlar shuningdek, istiqloldan keyin Navro'z bayramiga qaratilgan e'tibor haqida tadqiqotchi o'z mulohazalarini bildirgan.
Kalit sozlar: Navro'z, zardushtiylik, bayram, urf-odat, qadimgi manbalar, katta navro'z, kichik navro'z, yangi kun.
NAVRUZ HOLIDAY AND ITS ETHNIC CULTURAL SIGNIFICANCE
In this article, the researcher comments on the essence of Navruz and the time of its formation and celebration, medieval sources about it and the events of the holiday, as well as the attention paid to Navruz after independence.
Keywords: Navruz, Zoroastrianism, holiday, tradition, ancient sources, big Navruz, small Navruz, new day
Tarixiy manbalarda keltirilishicha va olimlarimiz fikriga ko'ra, Navro'zning shakllanish davri — eng qadimgi zamonlardan "zardushtiylik"ning paydo bo'lishigacha davom etgan asrlarni o'z ichiga oladi.
Qadim-qadimdan Navro'z xolis niyatli kishilarning sevimli ayyomi bo'lib kelgan. O'sha kunlarda hatto urush-
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
KIRISH
janjallar ham to'xtalgan, gina-qudratlar kechirib yuborilgan.
February, 2022
Shohlar el ichidan eng munosib kishilarni taqdirlashgan, ayrim mahbuslarning gunohidan o'tishgan.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI
Navro'z bayramining qachon vujudga kelgani haqida bizgacha yetib kelgan qadimiy manbalardan shu narsa ko'rinadiki, u O'rta Osiyo, Eron va Afg'onistonda Ahamoniylar davrida (miloddan avvalgi VI asrlarda) keng tarqalgan. Shu ma'noda Navro'zning tarixini 25-30 asrga ega deb taxmin qilish mumkin. [1]
Navro'z qachon, qanday vujudga kelganidan qat'iy nazar, u har tomonlama ilmiy asoslanib, koinot va tabiat qonuniyatlari hisobga olingan holda joriy etilgan. Chunonchi, quyoshning hamal burjiga kirishi, kunduzning uzaya boshlashi, yorug'likning kuchayishi, tabiatning jonlanishi - Navro'z deb qabul olingan (Navro'z - «yangi kun»degan ma'noni bildiradi). Navro'z eski quyosh kalendari hisobida farvordin oyining boshlanishiga (hozirgi 22 martga) to'g'ri kelgan. [2] Bukun «kichik Navro'z» deb atalgan va bu kundan boshlab tabiatdagi hamma narsa amalga kiradi, deb hisoblangan.
Beruniy «Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar» [2, 73] nomli kitobida qimmatli ma'lumotlar berib, unda kichik bayram farvordin oyining oltinchi kunigacha davom etganini ta'kidlagan. Demak, farvordin oyining oltinchi kuni «Katta Navro'z»ning mohiyatini bevosita tabiat bilan bog'laydi va bu haqda shunday yozadi: «...U butun yil unga xizmat qiladigan bir vaqtda, ya'ni bahor yomg'irining birinchi tomchisi tushishidan gullar ochilguncha, daraxtlar gullashidan mevalari yetilguncha, hayvonlarda nasl vujudga kelguncha davom etadigan vaqtda keladi. Shuning uchun Navro'z olamning boshlanishi va yaratilishiga dalil qilingan». Bu fikrlar Navro'zning qadimdan tabiat va bahor bayrami bo'lganini yana bir karra isbotlaydi. Biroq, tarixda Navro'zning mazmunini turlicha talqin qilib, ba'zilar uni tarakqiy ettirishga, boshqalar esa uni ta'qiqlashga harakat qilishdi. Jumladan, grek-makedon va arab istilosi davrlarida Navro'z ta'qiqlanib, u podsho saroylarida, amaldorlar va din ahli davralarida rasmiy bayram hisoblanmagan. Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, Navro'z o'tmishdagi har bir sinfiy jamiyatda podsholar hukmdorligi, diniy ideologiya ta'sirida shaklan o'zgarib tursa-da, u o'zining asosiy mohiyatini saqlab qoldi. U haqiqiy xalq bayrami bo'lib, mehnat ahli orasida katta tantanalar bilan nishonlangan.
February, 2022
Binobarin, qadimdan xalqda bayramni o'tkazishning o'ziga xos tartib-qoidalari bo'lgan. Islomgacha bo'lgan Navro'zda oddiy xalqqa tegishli bo'lgan odatlar ham diqqatga sazovordir. Bayram kuni odamlar bir-biriga shakar va shirinliklar hadya qilish (hayotingiz shirin bo'lsin degan ma'noda), bir-biriga suv sepish (bu yil suv ko'p bo'lsin, hosil yaxshi bo'lsin degan ma'noda) va boshqa odatlar keng tarqalgan. Keyingi asrlarda esa hovli-joylarni tozalash, ko'kat va gullar ekish, ota-ona, yoru do'stlarni ziyorat qilish, marhumlarning qabrini ziyorat qilish kabi odatlar Navro'z bayramining tarkibiy qismiga aylangan.
Navro'z mustaqillikdan keyingi yillarda jumladan, 1991-yildan keyin umumxalq bayrami darajasiga ko'tarildi.[3] Bayram bugun katta tayyorgarlik bilan qarshilanadi. O'zbekiston prezidenti har yili xalqni Navro'z bilan rasman tabriklaydi.
Xulosa qiladigan bo'lsak Navro'zda tinchlik va birdamlik, totuvlik va ahil qo'shnichilik kabi ulug' qadriyatlar ilgari suriladi, oqsoqollar notinch oilalarni yarashtirib ularni saqlab qolishga harakat qilishadi, bunday qadriyatlar esa madaniy marosimlarda madaniy xilma-xillik va insonparvarlik, sog'lom turmush tarzi va yashash sharoitini yanglash kabi odatlarni avloddan-avlodga o'tib kelishiga zamin yaratadi.
REFERENCES
1. Sobirova M., Holiqov E., Etnomadaniyat. O'quv qo'llanma. -T.:Innavatsiya-ziyo. 2021. 74 b.
2. O'zbekiston SSR Prezidentining Farmoni, 12.02.1991 yildagi PF-143-son. O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 5-son, 96-modda)
3. Umidbek Adambayev. (2021). FAITH - THE CONCEPTION OF BELIEF AND STEPS TO DEVELOP IT / ACTUAL PROBLEMS OF MODERN SCIENCE, EDUCATION AND TRAINING. - pp. 96-100.
5. U. Adambaev. (2021). CONFIDENCE-NONVERBAL METHODS OF ARGUMENTATION IN THE FORMATION OF THE VERB /Экономика и социум. - С.18-21.
6. Umid Adambayev. (2021). MILLIY O'ZLIKNI ANGLASH MILLAT TARAQIYOTINING POYDEVORI / Scientific
XULOSA
progress. - pp. 1858-1862.
February, 2022