Научная статья на тему 'O‘ZBEK XALQINING URF-ODATI, MAROSIM VA BAYRAMLARINING AN’ANAVIYLIGI'

O‘ZBEK XALQINING URF-ODATI, MAROSIM VA BAYRAMLARINING AN’ANAVIYLIGI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
3369
260
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
urf-odat / marosim / an’ana / beshik to‘y / Navro‘z / zags / axloqodob / xudbai nikoh / kelin salom / ism qo‘yish / tushov kesdi / sunnat to‘yi / nikoh to‘yi va kelinsalom bilan bog‘liq udumlar / pazandachilik

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Ehtiromxon Qudratullayeva, Rafiqjon Ahmedov

Ushbu maqolada O‘zbek xalqining urf-odati, marosim va bayramlarining an’anaviyligi haqida va millatning an’analarini ifodalovchi avloddan avlodga o‘tib kelayotgan bebaho merosimiz haqida gap boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK XALQINING URF-ODATI, MAROSIM VA BAYRAMLARINING AN’ANAVIYLIGI»

O'ZBEK XALQINING URF-ODATI, MAROSIM VA BAYRAMLARINING

AN'ANAVIYLIGI

Ehtiromxon Qudratullayeva Ilmiy rahbar: Rafiqjon Ahmedov

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada O'zbek xalqining urf-odati, marosim va bayramlarining an'anaviyligi haqida va millatning an'analarini ifodalovchi avloddan avlodga o'tib kelayotgan bebaho merosimiz haqida gap boradi.

Kalit so'zlar: urf-odat, marosim, an'ana, beshik to'y, Navro'z, zags, axloq-odob, xudbai nikoh, kelin salom, ism qo'yish, tushov kesdi, sunnat to'yi, nikoh to'yi va kelinsalom bilan bog'liq udumlar, pazandachilik

POSSIBILITIES OF USING PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN TEACHING NATIONAL INSTRUMENTS

Tillokhujayev Orif Tursunovich

Kokand SPI

Abstract: This article discusses the importance of forming performance skills in students through the possibilities of using pedagogical technologies in teaching musical instruments in general education.

Keywords: musical literacy, children's music, performance of national instruments, national instruments, reconstruction and newly created musical instruments, musical heritage, musicianship, traditional musical genres, composer's creativity, composition

Dunyo xalqlari ma'naviy boyliklariga ulkan hissa qo'shgan urf-odat, marosim va bayramlarning o'ziga xos tomonlari hamda kelib chiqish tarixi mavjud. Xalq qalbining navolari bo'lmish bayram va marosimlar asrlar davomida ajdodlarimiz yuksak dahosining muhtasham qadriyatlari xazinasini yuzaga keltirgan. Darhaqiqat badiiy tafakkurimizning betakror marosimlarini o'zida jamlagan xalq bayramlari, urf-odatlari, tadbirlari va marosimlari namunalari nomoddiy madaniy meros sifatida tarixiy taraqqiyot yo'lini bosib o'tgan. Mustaqillikga erishganumizdan so'ng xalq bayramlariga, marosimlariga, urf-odatlariga va an'analariga alohida e'tibor berildi. Shu jumladan bu an'analarga yangicha sifatlar kashf etildi. Xalq ijodi san'ati esa davlat siyosatin darajasiga ko'tarildi.

Har bir millatning millat bo'lib shakillanishi va rivojlanishida albatta uning moddiy, ma'naviy va nomoddiy madaniy merosi muhim o'rin tutadi. Jamiyatning marosim, urf-odat va bayramlari tarkibiga axloq-odob va farzand tarbiyasi bilan bog'liq urf-odatlar - beshik to'yi, ism qo'yish, tushov kesdi, sunnat to'yi, nikoh to'yi va kelinsalom bilan bog'liq udumlar, pazandachilik kabi an'analar, milliy ommaviy miqiyosda o'tkaziladigan xalq sayillari va bayramlariga esa "Navro'z" bayrami bilan bog'liq urf-odatlar va hashar va boshqalarni misol keltirishimiz mumkun. Shu urf-odatlardan bittasini sizlar bilan ko'rib chiqamiz. Biz hozir nikoh to'yi haqida qisqacha gaplashamiz. Nikoh marosimi an'anaviy tarzda o'zbeklarning hayotida nihoyatda muhim ahamiyatga egadir va ayniqsa tantanali nishonlanadi. Umumiy xususiyatlari bo'la turib, u turli viloyatlarda o'zgacha tusda bayram qilinadi. Nikoh marosimining asosiy payti kelinning ota-onasining uyidan kuyovning uyiga o'tishi paytidir. To'y kuni kuyovnikida to'y oshi ya'ni palov tayyorlanadi va kelinnikiga yuboriladi, u yerda u dasturxonga tortiladi. Xuddi shunday osh kuyovning uyida ham o'tkaziladi. To'y kuni masjidning imomi ikki yoshga «Xutbai nikoh» ni o'qiydi, shundan so'ng ular xudo oldida er-xotin deb e'lon qilinadi. Imom yoshlarga er va xotinning huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi. Odatda nikoh o'qilganidan so'ng yoshlar o'zining fuqarolik nikohini qayd etish uchun ZAGS ga boradi. To'y kuni kelinnikida kuyovga sarpo to'yga sovg'a qilingan kiyimlar va poyafzal kiydiriladi, shundan so'ng kuyov o'z oshnalari bilan kelinning ota-onasi huzuriga salom berish uchun boradi. Kuyovning oshnalari bilan qaytganidan so'ng kelin ham keladi. Kuyovning uyiga yuborishdan avval kelinnikida ota-ona bilan xayrlashish marosimi bo'lib o'tadi. Kelin bilan birga yaqin o'rtoqlari ham boradi. Ular «O'lan» va «Yor-yor» qo'shiqlarini aytishadi. Kelinni kuyovning uyida kutib olishgandan keyin haqiqiy to'y boshlanadi. To'y tugaganidan keyin kuyov kelinni ikki yosh uchun ajratilgan xonaning eshigigacha kuzatadi. Xonada kelinni «yanga» odatda kelinga yaqin bo'lgan bir ayol kutib oladi, kelin boshqa kiyim kiyadi va go'shanga ortida turib, kuyovni kutib olishga tayyorlanadi. Bir qancha vaqtdan keyin kuyov oshnalari bilan birga xonaga yaqin keladi va yanga bilan birga uni kelin kutib turgan go'shanga oldiga boradi. Kelinning oldiga kirish uchun u kelinni yangadan ramziy sotib olishi lozim, ular savdolashadi. Shundan keyin kuyov-kelin tuni bilan birga qoladilar. Ertalab azonda «Kelin salom» marosimi boshlanadi. Marosim boshlanishiga yaqin hovlida kuyovning ota-onasi, barcha yaqin qarindoshlari, kuyovning oshnalari va yaqin qo'shnilari yig'iladi. Ularning hammasi navabti bilan kelinning oldiga kelib, o'zining tilaklari, sovg'alari va duolarini baxshida etadi. Kelin har bir kishiga beligacha egilib salom berishi lozim. Shu tariqa bayram tugab, oilaviy hayot boshlanadi.

O'zbek xalqining urf-odatlari asrlar davomida O'zbek millatining tashkil topishida katta ahamiyatga ega hisoblangan va O'zbek oilasi o'z urf-odati-yu, an'analari biangina tirikdir. Har bir o'zbek oilasining asosiy xususiyatlaridan biri bu

mehmondo'stlik va yoshi kattalarga hurmat-ehtiromli bo'lishidir. Darhaqiqat honadonimizga mehmon tashrif buyursa ularni bir piola choy ichmagunicha ostonadan chiqarmaymiz. Bu tasrtib qoidaga buvilarimiz, bobolarimiz va ota-onalarimiz o'rgatishgan. Bunga ajdodlarimiz tomonidan naqil va maqollar hikmatli so'zlar keltirilgan. Misol uchun, Mehmon kelsa eshikdan, risqi kelar teshikdan va boshqa maqollarni misol qilish mumkun. Odatda barcha o'zbek oilalari ko'p kishilik tarkibida yashaydi va shuning uchun ular honadoni kotta va keng hovlili uylar bo'ladi va ular shunday uylarni yoqtirishadi. O'zbek millatining urf-odatlari nafaqat oilada balki har bir sohada o'z aksini topgan, misol uchun, masjid, choyxonalar, bozor, nahorgi osh, milliy bayramlar ba boshqa o'ziga xos bo'lgan urf-odatlari mavjuddir.

Har bir xalqning nomoddiy madaniy merosi shu xalqning o'zligini ifodalaydi. Chunki nomoddiy madaniy meros yoshlarimizning azaliy qadriyatlarning asl mohiyatini tushunishga yordam beradi. Tarixdan ma'lumki, o'zbeklar jahondagi eng qadimiy madaniy an'analarga ega bo'lgan xalqlardan biridir. Avloddan avlodga o'tib kelayotgan bunday nomoddiy madaniy meros doim insonlar tomonidan ularning atrof-muhitiga, tabiatiga va o'z tarixiga bog'liq holda yaratiladi va ularda vorislik tuyg'usini shakillantiradi hamda shu orqali insoniyat ijodini hamda madaniyatimizni hurmat qilishiga yordamlashadi. Nomoddiy madaniy meros orqali millatlararo bag'rikenglik munosabatlarini takomillashtirish masalalari yuqoridagi jihatlar bilan ham bugingi kun uchun nihoyatda kerakli masaladir.

Yuqorida aytilgan "An'ana", "Marosim", "Urf-odat" va "Bayram" terminlariga U.Qoraboyev tomonidan berilgan ta'riflarni ko'rib chiqamiz. Avvalambor "An'ana" so'ziga aniqlik kiritib olsak. An'ana o'ziga xos ijtimoiy hodisa sifatida, insonlar ongiga singgan omma yoki ma'lum guruh tomonidan qabul qilingan tartib va qoidalar majmuasi hisoblanadi. An'ana tarixiy taraqqiyot jarayonida tabiiy va ijtimoiy ehtiyojlar asosida yuzaga keladigan, avloddan avlodga meros bo'lib o'tadigan, insonlar ma'naviy hayotiga ta'sir ko'rsatadigan madaniy hodisadir.

"Odat" haqida gairadigan bo'lsam u ko'p hollarda urf-odat deb ishlatiladi. Kishilarning turmush tarziga, hayitga singib ketgan, ma'lum muddatda takrorlanib turuvchi xatti-harakat, ko'pchilik tomonidan qabul qilingan xulq-atvor qoidalari, ko'nikmasidan iboratdir. An'ana mehnat, ijtimoiy hayot, madaniyatning barcha sohalariga xos hodisa sifatida juda keng ko'lamda qamrab oladi. Odat esa muayyan bir kishining turmush tarzi, muloqoti, xatti-harakati, xulq-atvori va oilaviy munosabatlarida yaqqol namoyon bo'ladi. Urf-odat tushunchasi o'ta keng bo'lib, u o'z doirasiga xalq hayotini ya'ni oddiy kundalik udum, rasm-rusum, marosimlar, irim-sirimlar va boshqa muomila tarzlarini qamrab oladi.

Sahiy va ochiq ko'ngil o'zbeklarning eng yo'qolmas an'anasi bu "Marosimdir". Inson hayotidagi muhim voqealarni nishonlashga qaratilgan, hursandchilik, rasmiy va ruhiy ko'tarinkilik vaziyatida o'tadigan, umum qabul qilingan tartib-qoidalariga amal

qiladigan tadbir va bayramlardir. Har qanday marosim u yoki bu xalqning ma'lum bir tarixiy taraqqiyoti bosqichidagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hamda madaniy rivojlanish darajasini ko'rsatuvchi asosiy belgilarni o'zida mujassamlashtirgan holda vujudga keladi va yashaydi albatta. Bu borada falklorshunos olim B.sarimsoqov "Har qanday marosim urf-odat hisoblanadi, ammo har qanday urf-odat marosim bo'la olmaydi" deb o'z fikrini bildirgan.

Xulosa qilib aytganda ijodkor xalqimizning badiiy so'z sehrini o'ziga jo qilgan ko'ngil chashmasidan qaynab chiqqan bayram va marosimlar bamisoli jo'shqin daryoga o'hshaydi. Shu muqaddas zaminda ming yillar mobaynida yashab kelgan ota-bobolarimiz iqdidori va momolarimizning ijodiy salohiyatining mahsuli shakillanib, amaliy milliy qadiriyatlar sifatida bizgacha yetib kelgan. Millatning o'ziga xosligi, urf-odat, an'analarini ifodalovchi avloddan avlidga o'tib kelayotgan bunday bebaho meros har bir xalq, millat uchun qadirlidir. Albatta, bu qadirli an'analarimizni saqlab qolish, uni yanada boyitish va hech bo'lmaganda o'z holicha ushlab turish biz yoshlarning burchimiz va vazifamizdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Kamola Toshmatova "O'zbekiston nomoddiy madaniy merosi" Toshkent-2023

yil.

2. S.Saksonova "Maruza mavzulari"

3. Sayidqul Alimov "O'zbekiston nomoddiy madaniy merosi" Toshkent-2023 yil.

4. G'Ayrat Nematjon, O. G. L. (2022). O'RTA OSIYO ALLOMALARINING MUSIQIY CHOLG'U SOZLARI HAQIDA ILMIY VA DUNYOVIY QARASHLARI. Oriental Art and Culture, 3(4), 434-436.

5. Yuldashev, G., & Maxanov, S. (2023). Conductor's Work on a Musical Piece. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 2(5), 127-131.

6. Xalilov, T. (2022). MILLIY MUSIQIY CHOLG 'ULAR VA ULARNING TURLARI. Oriental Art and Culture, 3(4), 934-936.

7. Xalilov, T. (2022). XALQ MUSIQIY IJODIYOTINING MAHALLIY USLUBLARGA XOS JANR TURLARI TAVSIFI VA ULARNING TA'LIM JARAYONIGA TADBIQ ETISH MUAMMOLARI. Oriental Art and Culture, 3(1), 676-680.

8. XMHHOB, T. (2023). TEMYPHHTAP AABPH MYTAOAKKHP.TAPH H^O^H^A MYCH^A. Oriental Art and Culture, 4(1), 902-909.

9. Qurbonova, S. A., & Begmatov, S. (2022). YCTO3 CO3AHAA BA EACTAKOP. MYXTOP^OH MYPTO3AEB H^O^HrA EHP HA3AP. Oriental Art and Culture, 3(4), 437-441.

10. Kurbonova, S. (2022). Makom Art is an Artistic Masterpiece of Uzbek People. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(6), 20-22.

11. Гапуров, М. К. (2017). Использование научного наследия ученых-мудрецов в музыкальном образовании. ББК 71.0 Я41, 43.

12. Гапуров, М. К. (2017). Вклад Амира Темура в развитие социально-культурной жизни Востока. In СОЦИАЛЬНО-КУЛЬТУРНАЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ: ВЕКТОРЫ ИССЛЕДОВАТЕЛЬСКИХ И ПРАКТИЧЕСКИХ ПЕРСПЕКТИВ (pp. 69-73).

13. Yuldashev, G., & Maxanov, S. (2023). Conductor's Work on a Musical Piece. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 2(5), 127-131.

14. Ismailova, M. M., & Maxanov, S. (2022). ASARLARNI MUSTAQIL RAVISHDA BADIIY JIHATDAN TAHLIL QILIB О 'RGANISH. Oriental Art and Culture, 3(4), 292-298.

15. Maksudjon, R. (2022, November). Playing the Violin Develops the Mind, Imagination and Physical Abilities. In " ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM (pp. 173-176).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.