Научная статья на тему 'INGLIZ VA O‘ZBEK XALQLARIDA NIKOH TO‘YI MAROSIMI BILAN BOG‘LIQ LEKSEMALARNING QIYOSIY TAHLILI'

INGLIZ VA O‘ZBEK XALQLARIDA NIKOH TO‘YI MAROSIMI BILAN BOG‘LIQ LEKSEMALARNING QIYOSIY TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
429
73
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
etnografiya / etnolingvistika / dialectal leksika / madaniyat rivojlanishi / to‘y marosimlari etnografizmlari. / ethnography / ethnolinguistics / dialectal lexicon / cultural development / ethnography of wedding ceremonies.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Z. Alimova, Z. Ibrohimova

Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek xalqlarida nikoh to‘yi marosimi bilan bog‘liq ayrim urf-odatlar va ularda qo‘llaniladigan leksemalarning o‘zaro o‘xshash jihatlari haqida so‘z boradi. Shuningdek, nikoh to‘yiga oid leksik birliklar etnolingvistika, lingvokulturologiya kabi yo‘nalishlarning o‘rganilishi va rivojjlanishi uchun muhim manba bo‘lib xizmat qilishi haqida ham fikrlar bildirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COMPARATIVE ANALYSIS OF LEXEMES RELATED TO THE WEDDING CEREMONY IN ENGLISH AND UZBEK PEOPLES

This article talks about some customs related to the wedding ceremony of English and Uzbek peoples and the similarities of lexemes used in them. Opinions were also expressed that lexical units related to marriage serve as an important source for the study and development of areas such as ethnolinguistics and linguocultural studies.

Текст научной работы на тему «INGLIZ VA O‘ZBEK XALQLARIDA NIKOH TO‘YI MAROSIMI BILAN BOG‘LIQ LEKSEMALARNING QIYOSIY TAHLILI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

INGLIZ VA O'ZBEK XALQLARIDA NIKOH TO'YI MAROSIMI BILAN BOG'LIQ

LEKSEMALARNING QIYOSIY TAHLILI Alimova Zarifa Vaxobovna

Farg'ona davlat universiteti dotsenti v.b., f.f.f.d (PhD) Ibrohimova Zarnigor Nodirjon qizi Farg'ona davlat universiteti lingvistika (ingliz tili) yo'nalishi 2- kurs

magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7309575 Annotatsiya. Ushbu maqolada ingliz va o'zbek xalqlarida nikoh to'yi marosimi bilan bog'liq ayrim urf-odatlar va ularda qo'llaniladigan leksemalarning o'zaro o'xshash jihatlari haqida so'z boradi. Shuningdek, nikoh to'yiga oid leksik birliklar etnolingvistika, lingvokulturologiya kabi yo'nalishlarning o'rganilishi va rivojjlanishi uchun muhim manba bo'lib xizmat qilishi haqida ham fikrlar bildirilgan.

Kalit so'zlar: etnografiya, etnolingvistika, dialectal leksika, madaniyat rivojlanishi, to'y marosimlari etnografizmlari.

СРАВНИТЕЛЬНЫЙ АНАЛИЗ ЛЕКСЕМ, СВЯЗАННЫХ СО СВАДЕБНОЙ ЦЕРЕМОНИЕЙ, В АНГЛИЙСКОМ И УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКАХ Аннотация. В данной статье говорится о некоторых традициях, связанных со свадебным обрядом у английского и узбекского народов и сходстве используемых в них лексем. Высказывались также мнения о том, что лексические единицы, связанные с браком, служат важным источником для изучения и развития таких направлений, как этнолингвистика и лингвокультурология.

Ключевые слова: этнография, этнолингвистика, диалектная лексика, культурное развитие, этнография свадебных обрядов.

COMPARATIVE ANALYSIS OF LEXEMES RELATED TO THE WEDDING CEREMONY IN ENGLISH AND UZBEK PEOPLES Abstract. This article talks about some customs related to the wedding ceremony of English and Uzbek peoples and the similarities of lexemes used in them. Opinions were also expressed that lexical units related to marriage serve as an important source for the study and development of areas such as ethnolinguistics and linguocultural studies.

Key words: ethnography, ethnolinguistics, dialectal lexicon, cultural development, ethnography of wedding ceremonies.

KIRISH

Ma'lumki, til har bir xalqning milliy o'zligini namoyon qiluvchi, an'ana va urf -odatlarini aks ettiruvchi muhim omildir. Tilshunos N.Kurbanazarova o'zining "Surxondaryo vohasi to'y marosimi etnografizmlarining semantiktadqiqi va lingvomadaniy tadqiqi" deb nomlangan dissertatsiyasida quyidagilarni bildirib o'tadi: "Bugungi kungacha tilshunos olimlar tomonidan yaratilgan ikki va ko'p tilli lug' atlar, shuningdek, izohli, etimologik va terminologik lug'atlarning yuzaga kelganligi, o'zbek tili shevalarining leksik, morfologik va fonetik xususiyatlarining atroflicha o'rganilganligi, o'zbek xalq shevalariga oid etnografik-dialektal leksikaning areal-hududiy xususiyatlarini mukammal talqin etib, ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy tahlil qilishga asosdir. Chunki, dialektal leksika tarkibida xalq, urug' va qabilalarning turmush tarzi ko'rinishlarini ifodalovchi etnografik leksikaning o'ziga xos o'rni, mavqei, mohiyati va shu

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

bilan birga ijtimoiy, tahlimiy-tarbiyaviy, ma'naviy-ma'rifiy ahamiyati ham bor. Etnografik leksika kattta hajmdagi leksik birliklarni o'zida jamlagan bo'lib, faqat uning bir bo'lagi - to'y marosimlari etnografizmlari hisoblanadi" [9, 13]. Muayyan xalqning turmush tarzi, urf-odatlari shu xalqning etnomadaniyatini tashkil qiladi. Maqolada ingliz va o'zbek nikoh to'ylari bilan bog'liq bir nechta marosimlar haqida ma'lumotlar berilgan. Shuningdek, ular jarayonida qo'llaniladigan leksemalardan namunalar keltirilgan.

ADBIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR Hozirgi zamon to'y marosimlari nomlari bilan bog'liq tadqiqotlar A.Jo'raboyev [7,9-35], Sh.Nurillayeva[ 10,11-39], H.Ismoilov [8,12-47], O.Bo'riyev [6,42], Z.H.Orifxonova [4, 36], M.Qaxarovalar [13,12-45] tomonidan amalga oshirilgan. Sho'rolar davrida nikoh to'yi marosimlarida yangi urf-odatlarning paydo bo'lishi O.A.Suxareva, M.A.Bikjanova, N.P.Lobachyova, L.F.Monogarova, T.X.Toshboyeva va M.B.Savurovlarning ilmiy ishlarida o'z aksini topgan. Tadqiqotchi Z.Alimova ham o'z ilmiy ishida forscha-tojikcha to'y marosimlari haqida to'xtalib o'tgan [1, 102].

Etnolog olimlarning qayd etishicha, kishilar doimiy ravishda o'zligini anglashga, an'anaviy turmush tarzi, urf-odat va ma'naviyatini tushunib olishga ehtiyoj sezgan. Bu ehtiyoj natijasida turli sohalar, fanlar vujudga kelgan. Lingvistikaning maxsus sohasi bo'lgan etnolingvistikaning maydonga kelishida ham rasm-rusumlari, urf-odatlari, an'analari bilan bir-biridan farqlanuvchi xalqlar va ularning tillari asos bo'lgan. Chunki avval har qanday etnik omil tilda o'z ifodasini topadi. Til muayyan tilda so'zlashuvchilarning turmush tarzini, mahnaviyatini, urf-odatlarini ifodalovchi vositadir. Chunonchi, har bir tilda shu tilda muloqot qiluvchilarning etnografik olamini ifodalovchi maxsus so'zlar bo'lib, ular etnografik leksikani tashkil qiladi [9,15]

A.Jo'raboyev Andijon guruh shevalari materiallari asosida to'y marosimlari nomlarini ifodalovchi so'zlarni tahlil qilar ekan, tilshunoslikning muhim nazariy va amaliy masalalarini ochib berishda etnografik terminologiyaning muhim o'rni borligini qayd etadi [7,8]

Dissertant to'y marosimlari nomlari, ularning qo'llanilishi va ma'nolari xususida fikr yuritar ekan, 120 ta xatna, 130 dan ziyod nikoh to'yi bilan bog'liq bo'lgan nomlarni o'zbek tilining boshqa shevalari bilan qardosh turkiy, tojik va boshqa tillar bilan solishtirib, qiyoslab o'rganishga harakat qilgan [ 7,9].

NATIJALAR VA MUHOKAMA

To'y har bir xalq madaniyatida o'ziga xos tarzda nishonlanadi va turli xalqlar tomonidan bir-biriga o'xshash bo'lmagan urf-odatlar, ramzlar va so'zlar orqali ifoda etiladi. To'y - o'zbek tilida faqatgina ijobiy ma'noda qo'llaniladigan leksema bo'lib, uning barcha ko'rinishlari, xususan, "tug'ilish to'yi", "beshik to'yi", "chilla to'yi", "sunnat to'yi", "muchal to'yi", "nikoh to'yi", "payg'ambar to'y", "hoji to'y", "uy to'y", "moshina to'y" kabilar xursandchilik bilan elga osh berib, o'yin-kulgu, to'kin-sochinlik bilan nishonlanadi [9,45]. Nikoy to'yi bilan bog'liq leksemalarga quyidagilarni kititish va mazkur ta'riflarni ko'rish mumkin:

Oq libos.Qadim- qadimdan britaniyalik kelinlar to'y kuni o'z bisotlaridagi eng yaxshi liboslarini kiyganlar. Ko'p asrlar davomida ingliz madaniyatida kelinlar uchun rangning ahamiyati bo'lmagan, hatto aksar xalqlarda salbiy taassurot qoldiruvchi qora rangli libos ham nikoh to'ylarida kiyilavergan. Biroq XIX asrda qirolicha Viktoriya shahzoda Albert bilan nikoh to'yida oppoq va uzun libosda namoyon bo'lgach bu rang inglizlarda o'zgacha taassurot qoldirdi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

va shundan beri nikoh oqshomi oppoq ko'ylak kiyish urfga kirdi. Bu odat hozirgacha hashamat va ulug'vorlik ramzi sifatida kelinlarga zeb bag'ishlaydi.

Kelinni uzatish. To'y kuni kelinning otasi uning qo'llaridan tutib kuyovga uzatadi. Buning ma'nosi : "Qiz otaning mulki edi va endi u kuyovga sotildi."

Nikoh uzugi. Ingliz madaniyatida to'y kuni kelin -kuyov bir -birlarining barmoqlariga nikoh uzugini taqadilar va to'y qasamyodini qiladilar. Nikoh uzugi mangu muhabbat ramzi sifatida taqiladi. Kelin -kuyov bir -birlarining o'ng qo'llaridan ushlab quyidagi nikoh qasamyodini aytadilar:

I, ( name), take you, ( name)

To be my wife/husband,

To have and to hold

From this day forward;

For better, foe worse,

For richer, for poorer,

In sickness and in health,

To love and to cherish,

Till death us do part,

According to God's holy law.

In the presence of God I make this vow.

Ma'nosi: men (ism) seni (ism) rafiqam/ erim qilib olar ekanman, bugundan boshlab yaxshida ham, yomonda ham, boylikda ham, nochorlikda ham, sog'likda ham, xastalikda ham to o'lim bizni ajratguncha sevishga va g'amxo'rlik qilishga Xudoning muqaddas qonuniga ko'ra Xudo oldida ont ichaman.

Guruch sepish. To'y kuni kelin -kuyov boshidan guruch yoki bug'doy donlari sochiladi va shunday tilak qilinadi : "May your life abundance and wealthy". Ma'nosi : "Hayotingiz mo'l-ko'l va farovon bo'lsin".

To'y torti. Necha -necha asrlar davomida tort Britaniya to'ylarida an'anaviy va sevimli ne'matlar sifatida qadrlanib kelinadi. Boshlovchi : " So I'd like (bride) and ... (groom) to walk around to the front of the bridal table to perform their first duty as husband and wife"- deb kelin va kuyovni chaqiradi. O'zbek tilida ma'nosi: "Shunday qilib ... (kelin ) va .(kuyov) ni ularning er va xotin sifatidagi birinchi burchlarini bajarish uchun nikoh stoli qarshisiga kelishlarini so'rayman". Kelin-kuyov tort oldida birgalikda bitta pichoqni bir qo'llari bilan ushlab, ikkinchi qo'llari bilan bir-birlarining qo'llarini tutishga harakat qilishadi, ya'ni tortni kesayotganda kimning qo'li eng tepada tursa, oiladagi ustuvorlik u tomonda bo'ladi, degan qarash mavjud.

Gul uloqtirish. XV asrda Britaniyada to'y so'nggida bir g'ayrioddiy odat o'tkazilardi. To'yga tashrif buyurgan mehmonlar kelinning libosi, gullari va hatto sochlaridan yulib olishga harakat qilardilar. Bu orqali kelinning baxti va omadi ularga ham yuqadi deb hisoblashgan. Keyinchalik bu an'ana madaniylashdi. Bunda kelin mehmonlarga orqa o'girib qo'lidagi guldastasini ularga qarata otadi, bu gulni chaqqonlik bilan ilib olgan mehmonga esa ( ular odatda hali turmushga chiqmagan qizlar bo'lishadi) albatta baxt kulib boqadi deya ishonishadi.

Ostonadan kelinni ko'tarib kirish. Bu udum qadimdan kelinning ilk oqshomdagi hayajonini kamaytirish maqsadida qo'llaniladi. Shuningdek, uning iffatiga hurmat sifatida ham qaraladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'zbek xalqida ham to'y kunlari maxsus kiyim -boshlar kiyishgan. Bu kiyimlar joylashgan vohasiga qarab bir-biridan farq qilgan. Masalan , Samarqand, Buxoroniki bir toifa bo'lsa, Surxon va Qashqa vohasiniki ikkinchi toifa, Farg'onaniki o'zi bo'lak bo'lsa, xorazmlik kelin-kuyovning kiyim-boshi tamoman boshqacha bo'lgan.

Qo'lushlatar. Kelin -kuyovning butun umrga bog'lanishi, bir-biriga yelkadosh bo'lib , yaxshi-yomon, og'ir -yengil kunlarida , sog'ligida yoki bemorligida bir- birini tashlab ketmaslik ramzi sifatida ushbu marosim o'tkaziladi. Urf-odatlarni bajarishda bosh-qosh bo'layotgan yoshi ulug' ayol bir qo'liga kelinning, bir qo'liga kuyovning qo'lini ushlab, ikkalasani birlashtiradi, ya'ni qo'llarini ushlattiradi. 1 So'ngra quyidagicha duo qiladi:

" Umrlaringning oxirigacha birga bo'linglar".

"Ushlagan qo'llaring, birlashgan yo'llaring hech qachon ayrilmasin";

"Bir-birlaringga sadoqatli bo'linglar".

An'anaga ko'ra , kelin ibo-hayo ramzi sifatida qo'llarini kuyovdan tortib olmoqchi bo'ladi, biroq kuyov uning qo'lini qo'yib yubormaydi. Atrofdagilar esa kuyovni qo'llab quvvatlaydilar:

"Kuyov, kuchli bo'ling!"

"Kuyov, kuchingni ko'rsat!"

Oyoqbosar. Kuyov kelinning uyidan chiqib ketayotganida ushbu marosim o'tkaziladi. Bunda qarindoshlar, kuyovjo'ralar va kelinning dugonalari ishtirokida kuyov kelinning oyog'ini bosadi Buning mazmuni shuki, birinchi bo'lib oyoqni bosgan kishi oilada yetakchi bo'ladi.

Lekin ko'p hollarda kelin kuyovga o'z xohishi bilan oyog'ini bostiradi. Bu uning dini va oilada ko'rgan tarbiyasi ta'siri o'laroq, erkakning o'zidan bir pog'ona yuqorida turishi va oilada erkakning yetakchiligini tan olishi bilan xarakterlanadi.

Guruch berish. Kuyov kelinni uyidan olib ketayotganda kelinning yaqin qarindoshlari bir kosada guruch va loviyani aralashtirib ularga beradi. Bu odat ikki yosh ko'p farzandli bo'lib, farovon yashashsin degan niyatda qilinadi.

"Baxtli- saodatli bo'linglar";

"Mana shu guruch va loviyaday o'zlaringdan ko'payinglar, o'g'il- qizli bo'linglar";

" Serdavlat va serfarzand bo'linglar" singari iboralar bilan duo qilinadi.

XULOSA

Xalq og'zaki ijodi, tarixiy kitoblar va ajdodlardan qolgan yodgorliklarda qayd etilgan urf -odatlar xalqlarning fikrlashini, ular uchun nima to'g'riligini va ezgulik haqidagi tushunchalarini ifodalaydi . Ular xalqlarning tarixi va diniy qarashlari bilan bog'liq. Shunday ekan, lingvomadaniy tushunchalar ham turlichadir. Biroq yuqorida ko'rganlarimiz- ingliz va o'zbek xalqlarida nikoh to'y marosimi bilan bog'liq udumlar va odatlar bir -biriga mazmun jihatdan o'xshab ketadi. Va eng asosiysi , ularning zamirida kelin -kuyovning oilaviy hayotlariga mustahkam poydevor qo'yish va shakllangan yangi oilada an'anaviy udumlarning saqlanishi kabi ezgu maqsadlar yotadi.

REFERENCES

1. Alimova, Z. V. (202I). ABOUT COMMON WORDS IN UZBEK AND TAJIK LANGUAGES, THEIR SEMANTICS. Theoretical & Applied Science, (5), I0I-I04.

2. Alimova, Z. V. (20I9). BORROWINGS-LINGUISTIC PHENOMENA. Theoretical & Applied Science, (4), 367-370.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

3. Alimova, Z. V. (2021). The role of borrowings in the growth of language vocabulary. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 10(3), 261-267.

4. Арифханова З.Х. Современная жизнь традиционной махалли Ташкента. - Т.: Узбекистан 2020.

5. Asqarov M. To'y : kecha , bugun, ertaga: etnografik tahlil. 1 minute read uz.team. February13, 2019

6. Буриев О ва бош;. Узбек оиласи тарихидан. - Т.:Ук;итувчи, 1995.

7. Джурабаев А. Названия свадебных церемоний в Узбекском языка (На материалах андижанской группы говоров). Дисс... канд. филол. наук. - Ташкент, 1971. - С. 9.

8. Исмоилов Х. Узбек туйлари. - Т.: Узбекистан, 1992;

9. Kurbanazarova N. Surxondaryo vohasi to'y marosimi etnografizmlarining semantic tadqiqi va lingvomadaniy tadqiqi. -Termiz, 2021. -B-15.

10. Sattor Mahmud. O'zbek udumlari - Toshkent, Cho'lpon , 2016.

11. Xudoyberganova D. Lingvokulturologiya terminlarining qisqacha izohli lug'ati. Toshkent, Turon zamin ziyo, 2015

12. Захарова М. Узбек этнографизмларининг системавий тадкики. Филол. фан. номз. дисс. - Тошкент, 2009.

13. https://www.countryhouseweddings.co.uk>

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.