Научная статья на тему 'O'ZBEK TILI SO'Z BIRIKMALARIDA SHAXS TAVSIFI'

O'ZBEK TILI SO'Z BIRIKMALARIDA SHAXS TAVSIFI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
til / shaxs / nutq / so'z birikmasi / leksema

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Nargizaoy Naziriddin Qizi Xidirova

Ushbu maqolada o'zbek tilida shaxsni tavsiflovchi so'z birikmalarining til imkoniyatlari, shaxsni kasbi,mashg'uloti,millati va yaqinlik munosabatiga ko'ra tavsiflovchi so'z birikmalarining nutqiy hosilalari haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O'ZBEK TILI SO'Z BIRIKMALARIDA SHAXS TAVSIFI»

O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar

^ationalUniversity^fUzbekista^^^^^^^^^Mediaeiui

O'ZBEK TILI SO'Z BIRIKMALARIDA SHAXS TAVSIFI

Nargizaoy Naziriddin qizi Xidirova

CHDPU Gumanitar fanlar fakulteti O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi 1- bosqich

talabasi

ANNOTATSIYA.

Ushbu maqolada o'zbek tilida shaxsni tavsiflovchi so'z birikmalarining til imkoniyatlari, shaxsni kasbi,mashg'uloti,millati va yaqinlik munosabatiga ko'ra tavsiflovchi so'z birikmalarining nutqiy hosilalari haqida fikr yuritilgan. Kalit so'zlar : til, shaxs,nutq, so'z birikmasi, leksema

XXI asrda o'zbek tilshunosligida bir necha yangi yo'nalishlar paydo bo'ldi. Bu yo'nalishlarning aksariyati, shaxs va til munosabatlarini obyekt sifatida o'rgana boshladi. Misol uchun sotsiolingvistika ijtimoiy munosabatlarda tilning tutgan o'rni, til esa jamiyat uchun xizmat qilishni hamda uning insonlararo munosabatlar bilan birga siyosiy xususiyatlarni jumladan, til va jamiyat, til va mafkura, til va tafakkur til va xalq, til va yosh, til va jins, davlat institutlarida til,til taraqqiyotini rejalashtirish, shuningdek, tilning falsafiy xususiyatlarini o'rganishini kuzatamiz. Demak, sotsiolingvistika til va jamiyat munosabatlarini o'rganar ekan, sotsiopragmatika esa jamiyat, shaxs, ijtimoiy qatlam, yosh, jins,qarindoshlik muloqoti jarayonida lisoniy birliklarni tanlay olish, ularni qo'llash hamda ushbu qo'llanishdagi birliklarning muloqot ishtirokchilariga ta'siri masalalarini o'rganadi Til va shaxs munosabatri haqida R.Jeykobson shunday yozgan edi. "Muayyan tilning aniq va ilmiy tavsifi suhbatdoshlar orasida ularning ijtimoiy mavqeyi jinsi yoki yoshi jihatidan tafovutlar mavjudligi yoki yo'qligi haqidagi grammatik va leksik qoidalarisiz ish tutib bo'lmaydi. Til umumiy tavsifida bunday qoidalarning o'mini aniqlash murakkab tilshunoslik muammosidir".

Darhaqiqat, tilshunoslikda shaxs tushunchasi antropolingvistik paradigmaning asosiy ilmiy islohi bo'lguniga qadar semantik, morfologik,sintaktik jihatlardan tahlil qilinganligi ma'lum chunonchi, shaxsni nomlovchi leksemalar "Shaxs tavsifi nomlari" ostida ot mikrotizimida alohida lug'aviy ma'no toMasini tashkil etishi substansial tahlil asosida aniqlangan. O'zbek substansial morfologiyasi mazkur lug'aviy ma'no to'dasi lug'aviy-ma'noviy guruhlarga bo'linishini va bunda semantik farqlovchi belgilarga tayanilganligini ko'rsatadi. Shaxsni tavsiflovchi lug'aviy-ma'noviy guruhlar ichida shaxsni jinsi,millati,qarindoshlik, yaqinlik munosabati, ijtimoiy mavqeyiga ko'ra tasniflash fanimizda shaxs otlarini leksik mikrotizim sifatida o'rganish natijasidir. Ammo, nutq jarayonida shaxsni jinsi, kasbi,millati yaqinlik munosabatiga

May 2024

356

O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar

ko'ra tavsiflovchi ot leksemalarining sintaktik munosabatdan hosil bo'luvchi so'z birikmalarining yuzaga chiqishi kuzatiladiki,bu shaxs kategoriyasi uning muayyan belgi-xususiyatlarini ifodalovchi sintaktik birlikilarda namoyon bo'lishini ko'rsatadi. Masalan, bozorqo'm xola, shofyor yigit, navbatchi vrach, hamshira qiz, xizmatchi dugonalar kabi ko'plab so'z birikmalari shaxsning muayyan jihati ya'ni kasb,qarindoshligi, jinsi va yaqinlik munosabatiga ko'ra xususiyatlarini ifodalashga xizmat qiladi. Bu nutqiy sintaktik birliklar kommunikativ jarayonda shaxsga tegishli ayni xususiyatlarni aniqlashtirish ehtiyoji tufayli yuzaga keladi va shaxs nomlari, ya'ni shaxs semali leksik birliklar kabi atash vazifasini bajaradi. Shuni ta'kidlab o'tish lozimki,til egasi ya'ni kommunikant nutqiy bozorqo'm xola,shofyor yigit, hamshira qiz leksik birliklarni qo'llay olishi hamda tilde tayyor mazkur birliklardan muloqotning verbal vositalari sifatida foydalanishi mumkin. Ammo, fikr almashinuv jarayonida kommunikantlar nutqida shaxsning jinsi yoki yaqinlik munosabati,ijtimoiy mavqeyi,kasbi kabilarda farqlanishning muhimligi shaxsni atovchi til birliklari orasidan sintaktik sathda shaxsni tavsiflash vazifasiga xoslangan so'z birikmalaridan foydalanishni taqozo qiladi. Masalan, quyidagi misollarga e'tibor qaratadigan bo'Isak sotsopragmatikada, kommunikantning nutq sharoitida shaxsni u yoki bu xususiyatini tavsiflash uchun shaxs semani leksemalarning o'zaro birikuvidan hosil bo'lgan so'z birikmalariga murojaat qilishini kuzatamiz. -Uyga borsam ,na onam bor,na otam! -Bozorqom xolang chaqirib ketdi,-dedi momom.

Kakliklarni dahlizdagi tashlandiq shkaf ustiga otdim-da, shart yechinib ko'rpaga kirdim.

- Hm... Direktor yordam beryaptimi?

-Eymen sizga aytsam, milisa bobo bu direktorimiz ko'p qomrovli bola chiqdi.

Ko'z tiymasin,bo'lali bola!

-Nimasi yaxshi? Siz bunday uyda o'tiring, u tipavoy uyda tursin, yana uchastka solayotgan bo'Isin!... Shumi yaxshiligi?!

Ota kasalxona yo'lagida to'lg'oq tutgan ayoldek yuripti. Olti yashar o'g'li operatsiya xonasida stolda. Oyoq-qo'li stol qanotlariga chandib bog'langan Ko'richagi tutgan Uchunchi tutishi Hamshira bo zarib bolaning oyoq tomonida turipti. Navbatchi vrach o'tkir pichog'ini olib bolaning ochiq qorni ustiga engashdi.

Nutqiy voqelikda ifodalangan shaxs omili ma'lum bir maqsadni reallashtirishda kommunikativ ruhiyatdan kelib chiqib bozorqo'm xola,shofyor yigit,milisa bobo,navbatchi vrach, hamshira qiz xizmatchi dugonalar, bangi qo'shni kabi so'z birikmalar nutqda voqelanganini ko'rsatib turibdi. Nutq vaziyatida reallashgan bozorqo'm xola so'z birikmasida shaxsning qarindshligi bilan birga uning kasbi shofyor yigit birikmasida esa, hokim vaziyatda shaxsning jinsi, tobe vaziyatda esa

May 2024

357

O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar

^ationalUniversity^fUzbekista^^^^^^^^^Mediaeiui

kashi, shu bilan birga bangi qo'shni birikmasida shaxsning mashg'uloti hamda yaqinlik munosabatini ifodalovchi semali leksemalar birikib lisoniy sintaktik qolipini nutqda reallashtirgan. Kommunikant verbal jarayonda shaxs semali leksemalardan emas,ularning birikuvidan hosil bo'lgan so'z birikmalaridan foydalanishiga sabab shaxsning o'ziga xos xususiyatlarini tinglovchiga yaqqol namoyon qilish bilan birga,nutqiz vaziyatni real baholash, axborot qabul qiluvchiga nutq jarayonidagi holatni to'g'ri yetkazib berish Til hodisalarini to'yobga chiqaruvchi,uning imkoniyatlarini voqelantiruvchi muloqot birligi bu nutqdir. Shunday ekan, lisoniy imkoniyatlarini o'zida qamrab olgan lisoniy sintaktik qolipi nutqda cheksiz hosilalarni voqelantiradi Bu nutqiy hosilalarda shaxs ruhiy olami hamda ijtimoiy munosabatlaridagi roli jamiyatning turli bo'g'inlaridagi o'rni qamra olinadi.

REFERENCES:

1. Nazarova S. So'z birikmasi sintaksisi substansial talqinda -T: Fan.2015.-8.112.

2. Xolmirzayev Shukur. Saylanma. Ijild. HIKOYALAR. -T: SHarq nashriyoti 2003.444 b.

3.Mengliyev B, Abuzalova M.Hozirgi o'zbek adabiy tili-Qarshi Nasaf 2005.- 184b.

4. Abdullayev F. So'zlar o'zaro qanday bog'lanadi? -T-Fan, 1978-75b.

5. G'ulomov A.. Askarova M. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Sintaksis. T: 197.-256B

358

May 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.