Научная статья на тему 'SHAXSNI TAVSIFLOVCHI SO‘Z BIRIKMALARI VA ASSESMENT METODI'

SHAXSNI TAVSIFLOVCHI SO‘Z BIRIKMALARI VA ASSESMENT METODI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
379
239
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Til / nutq / so‘z / nutqiy hosila / so‘z birikmasi / assesment metodi / shaxs / jins / kasb / millat. / language / speech / word / colloquial derivative / word combination / method of assessment / person / sex / profession / nationality.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xojiyeva, Maxfirat Yusupovna

O‘zbek tilida so‘z birikmalari ma’noviy tiplari sirasida shaxsni tavsiflovchi so‘z birikmalari mavjudligini, o‘ziga xos xususiyatlarini muayyan ko‘rinishlari to‘plangan materiallar asosida o‘rganilganligi, shaxsni tavsiflovchi so‘z birikmalari nutqda voqelashtiruvchi lisoniy qurilish qoliplari asosida tavsiflash hamda innovatsion ta’lim texnologiyalarining talaba shaxsining ichki imkoniyatlarini namoyon qilish, rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratib, ularning dars jarayonida o‘quv faoliyatining subyekti sifatida o‘zliklarini takomillashtirish va namoyon eta olishlarida muhim ahamiyat kasb etishi, innovatsion tехnоlоgiya muаyyan fаn аsоslаrini singdirishni jаdаllаshtirishdа, tаlаbаlаrning o‘zlаshtirish dаrаjаsini dоimiy nаzоrаt qilishdа, bаhоlаshdа, ulаrni fаnni chuqur o‘zlаshtirishgа ishtiyoq uyg‘оtish аsоsidа аmаliy fаоliyatgа o‘rgаtishdа vа o‘quv mаtеriаlini bоsqichmа-bоsqich o‘qitish оrqаli fаnni sаmаrаli o‘zlаshtirilishidаgi muhim qarashlar maqolada aks ettirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PERSONAL DESCRIPTIONS AND ASSESSMENT METHOD

Among the spiritual types of word combinations in the Uzbek language there are word combinations that characterize a person, specific features of which are studied on the basis of collected materials, characterization of word combinations that characterize a person on the basis of linguistic construction patterns that make it realizable in speech, demonstration of the internal capabilities of the student in innovative, their important role in improving and demonstrating themselves as a component of educational activities in the course of the lesson, innovative technology plays an important role in accelerating the integration of certain fundamentals of Science, in the constant control, evaluation of the level of students ' mastering, in teaching them practical activities on the basis of enthusiasm for deep mastering of Science.

Текст научной работы на тему «SHAXSNI TAVSIFLOVCHI SO‘Z BIRIKMALARI VA ASSESMENT METODI»

Scientific Journal Impact Factor

SHAXSNI TAVSIFLOVCHI SO'Z BIRIKMALARI VA ASSESMENT

METODI

Xojiyeva Maxfirat Yusupovna

Buxoro davlat universiteti o'qituvchisi xoj iyevamaxfirat8@gmail .com

ANNOTATSIYA

O 'zbek tilida so 'z birikmalari ma 'noviy tiplari sirasida shaxsni tavsiflovchi so 'z birikmalari mavjudligini, o 'ziga xos xususiyatlarini muayyan ko 'rinishlari to 'plangan materiallar asosida o 'rganilganligi, shaxsni tavsiflovchi so 'z birikmalari nutqda voqelashtiruvchi lisoniy qurilish qoliplari asosida tavsiflash hamda innovatsion ta'lim texnologiyalarining talaba shaxsining ichki imkoniyatlarini namoyon qilish, rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratib, ularning dars jarayonida o 'quv faoliyatining subyekti sifatida o 'zliklarini takomillashtirish va namoyon eta olishlarida muhim ahamiyat kasb etishi, innovatsion texnologiya muayyan fan asoslarini singdirishni jadallashtirishda, talabalarning o'zlashtirish darajasini doimiy nazorat qilishda, baholashda, ularni fanni chuqur o 'zlashtirishga ishtiyoq uyg'otish asosida amaliy faoliyatga o'rgatishda va o'quv materialini bosqichma-bosqich o'qitish orqali fanni samarali o'zlashtirilishidagi muhim qarashlar maqolada aks ettirilgan.

Kalit so'zlar. Til, nutq, so'z, nutqiy hosila, so'z birikmasi, assesment metodi, shaxs, jins, kasb, millat.

Among the spiritual types of word combinations in the Uzbek language there are word combinations that characterize a person, specific features of which are studied on the basis of collected materials, characterization of word combinations that characterize a person on the basis of linguistic construction patterns that make it realizable in speech, demonstration of the internal capabilities of the student in innovative, their important role in improving and demonstrating themselves as a component of educational activities in the course of the lesson, innovative technology plays an important role in accelerating the integration of certain fundamentals of Science, in the constant control, evaluation of the level of students ' mastering, in teaching them practical activities on the basis of enthusiasm for deep mastering of Science.

Keywords: language, speech, word, colloquial derivative, word combination, method of assessment, person, sex, profession, nationality.

ABSTRACT

KIRISH

Shaxs — alohida individ, mohiyatan yaxlit ijtimoiy-axloqiy olam.U o'zida inson mohiyatini, uning mavjudot sifatidagi qadriyatini mujassam etadi. Shaxs ijtimoiy-gumanitar fanlarda o'z yo'nalishi, tadqiqot obyekti va maqsadi nuqtayi nazaridan turlicha talqin etiladi. U o'ta murakkab, ziddiyatli, qarama-qarshi, o'zini o'zi inkor etadigan mavjudot sifatida, biologik, fiziologik, ijtimoiy, ma'naviy, ruhiy, axloqiy va estetik aql-idrok, tafakkur obyekti sifatida, hatto, falsafiy va mantiqiy, yashash huquqi va hayot mantig'i jihatidan tadqiqot manbayiga aylanishi mumkin1.

Til va shaxs munosabatlari haqida R. Jeykobson shunday yozgan edi. "Muayyan tilning aniq va aniq ilmiy tavsifi suhbatdoshlar orasida ularning ijtimoiy mavqeyi, jinsi yoki yoshi jihatidan tafovutlar mavjudligi yoki yo'qligi haqidagi grammatik va leksik qoidalarsiz ish tutib bo'lmaydi; Tilning umumiy tavsifida bunday qoidalarning o'rnini aniqlash murakkab tilshunoslik muammosidir"

Darhaqiqat, tilshunoslikda shaxs tushunchasi antropolingvistik paradigmaning asosiy ilmiy istilohi bo'lguniga qadar semantik, morfologik, sintaktik jihatlardan tahlil qilinganligi ma'lum. Chunonchi, shaxsni nomlovchi leksemalar "Shaxs tavsifi nomlari" ostida ot mikrotizimida alohida lug'aviy ma'no to'dasini tashkil etishi substansial tahlil asosida aniqlangan. O'zbek substansial morfologiyasi mazkur lug'aviy ma'no to'dasi lug'aviy-ma'noviy guruhlarga bo'linishini va bunda semantik farqlovchi belgilarga tayanilganligini ko'rsatadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Shaxsni tavsiflovchi lug'aviy-ma'noviy guruhlar ichida shaxsni jinsi, millati, qarindoshlik, yaqinlik munosabati, ijtimoiy mavqeyiga ko'ra tasniflash fanimizda shaxs otlarini leksik mikrotizim sifatida o'rganish natijasidir. Ammo nutq jarayonida shaxsni jinsi, kasbi, millati, yaqinlik munosabatiga ko'ra tavsiflovchi ot leksemalarning sintaktik munosabatdan hosil bo'luvchi so'z birikmalarining yuzaga chiqishi kuzatiladiki, bu shaxs kategoriyasi uning muayyan belgi-xususiyatlarini ifodalovchi sintaktik birliklarda namoyon bo'lishini ko'rsatadi.

Shaxsni tavsiflovchi so'z birikmalari nazariyasini assessment metodi orqali amaliyotga tatbiq etishimiz Prezidentimizning "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi farmonida ta'limning davr talablariga mos bo'lishi uchun unda "o'quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo'naltirilgan ta'limdan amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga yo'naltirilgan ta'lim tizimiga bosqichma-bosqich o'tish" tamoyilining amaliy tatbig'idir.

1https://uz.wikipedia.org/wiki/Shaxs.

Zamonaviy sharoitda nafaqat ta'lim jarayonini tashkil etishda, shu bilan birga talabalarning o'quv faoliyatlarini nazorat qilishda ham innovatsion xarakterga ega vositalardan foydalanilmoqda. Ayni shu o'rinda ana shunday vositalardan biri bo'lgan, ta'lim samaradorigiga erishish maqsadida darsning barcha bosqichlarida qo'llanilish imkoniyatiga ega bo'lgan "Assesment" texnologiyasi to'g'risida to'xtalib o'tamiz.

Ko'p holatlarda bu texnologiya biografik anketa, ta'lim sohasidagi yutuqlar bayoni, o'quv individual topshiriq, bahs-munozara, intervyu, ijodiy ish, test, individul keys, taqdimot, ekspert kuzatish, rolli hamda ishbilarmonlik o'yinlari kabilardan tashkil topadi.

So'nggi yillarda mazkur texnologiya ta'lim tizimiga ham samarali joriy etildi. Uning yordamida talabalarning bilim, ko'nikma va malakalari darajasi

har tomonlama, xolis baholanmoqda. Ayni vaqtda respublika ta'lim muassasalarida talabalarning bilim, ko'nikma va malakalari kamida to'rtta topshiriq bo'yicha

baholanmoqda2.

Quyida "Shaxsni tavsiflovchi so'z birikmalari" mavzusini o'qitish uchun tuzilgan assessment namunasini taqdim etamiz.

Test

1. "Borliq yoki uning parchasini predmet sifatida atash" qaysi so'z turkumining UGMsi (umumiy grammatik ma'nosi)dir ?

A)fe'l B) ot C) sifat D) son

2.Quyidagi qaysi birikmalarda shaxs tavsifi nomlari hokim vaziyatda voqelashgan?

A) Razzoq so 'fi, Asror bobo

C) temirchi Jo 'ra, usta Olim

B) Gulsum opa, mulla Abdurahmon

D) suvchi yigit, sotuvchi erkak

3. Shaxsni kasb jihatdan tavsiflovchi LMG va shaxsni jinsiga ko'ra orasidagi LMG orasida sintaktik munosabatni hosil qiluvchi ot leksemalari quyidagi qaysi so'z birikmalarini yuzaga chiqargan?

A) qo 'shni duradgor, mahalladosh tikuvchi

2Myc^MMOB H., ycMOHÖeKOBa y., Ba 6OWK,. MHH0Ba^0H Ta"MMM TexHo^oma^apw. -TowKeHT: 2015. -E.60

Scientific Journal Impact Factor

B) tatar muallim, arman savdogar

C) o 'qituvchi ayol, naqqosh erkak

D) tilshunos olim,aravasoz usta

4.Kasb nomlari shaxsni millatiga ko'ra tavsiflovchi LMG a'zolari bilan birikkan so'z birikmalarini aniqlang.

A) arman savdogar, yahudiy sartarosh

B) qo 'shni duradgor, mahalladosh tikuvchi

C) qo'shni ayol,suvchi yigit

D) Asror bobo, Miroqil paxtafurush

5. Tergovchi Mirzo Muhiddin so'z birikmasi qaysi qurilish qolipi hosilasi hisoblanadi?

1.Lison-nutq qarama-qarshiligida tadqiq etilishicha ma'noviy (semantik) tasnif tamoyiliga ko'ra leksemalar qanday turkumlarga ajratildi?

2.Tobe va hokim a'zolari shaxs otlaridan tashkil topgan so'z birikmalarini o'rganish asosida formal-grammatik talqinda qanday xulosalarga kelindi?

3. "Shaxs tavsifi nomlari" LMTsi butunlik sifatida qanday bo'laklar, ya'ni LMGlardan tashkil topadi?

4. Shaxsni tavsiflovchi so'z birikmalarining qurilish qoliplariga nimalar kiradi? 5.O'zbek tilshunosligida til birliklari, jumladan, SBlarining substansial tadqiqi

natijalarini nutq lingvistikasi nuqtayi nazaridan baholash, lisoniy sintaktik imkoniyatlarni tildan foydalanuvchi nutqiy faoliyatida voqelanishini til, shaxs va jamiyat munosabatlari negizida sotsial va pragmatik jihatdan tahlil qilish ilmiy ehtiyoji nimalarda o'z aksini topadi? Qiyosiy tahlil

l.Shaxsni kasb jihatdan tavsiflovchi LMG va shaxsni jinsiga ko'ra orasidagi LMG orasida sintaktik munosabatni hosil qiluvchi ot leksemalaridan hosil bo'lgan

Oshpaz ayol, shifokor erkak, o 'qituvchi ayol, naqqosh erkak, quruvchi ayol, chiptachi erkak so'z birikmalari va oshpaz, shifokor, o 'qituvchi, naqqosh, quruvchi, chiptachi leksemalarini qiyoslab tahlil qiling.

A) [Osh~Osh]=SB

B) [OA~Osh]=SB

C) [Osh~OA]=SB

D) [S ~Oa]=SB

Scientific Journal Impact Factor

2."Shaxs tavsifi nomlari" LMTsi hamda "shaxs tavsifi nomlari" LMGsi turlarini o'zaro qiyoslang.

3.Sezgi a'zolari bilan sezish mumkin bo'lgan predmetlarni atovchi leksik birliklar muayyan otlar hisoblansa,muayyan otlar birikuvidan hosil bo'lgan birliklarni o'zaro shu ot leksemalari bilan qiyoslang.

4.Nutqiy birlik sanalgan so'z birikmasi va shaxsni tavsivlovchi so'z birikmalarining o'ziga xos xususyatlarini tavsiflang.

5.Til va jamiyat, til va mafkura, til va tafakkur, til va xalq, til va yosh, til va jins, davlat institutlarida til, til taraqqiyotini rejalashtirish kabi tushunchalarni o'zaro qiyoslang.

Amaliy ko'nikma

l.Tobe va hokim a'zolari shaxs otlaridan tashkil topgan so'z birikmalariga misollar keltiring.

2.O'zbek tilida tobe va hokim a'zolari shaxs otlaridan tashkil topgan so'z birikmalari umumiy sintaktik qolipini yozing.

3.Suvchi yigit, sotuvchi erkak, oshpaz qiz, tilshunos olim, aravasoz usta, tatar kampir, qozoq chol, lo'li qiz, sirdosh dugona, mahalladosh tikuvchi, hamkasb usta, qo 'shni maxsido 'z kabi so'z birikmalarininglisoniy qurilish qoliplarini belgilang.

4.[Shaxsni kasb jihatidan tavsiflovchi ot + shaxsni yosh jihatidan tavsiflovchi ot] - [Ok ~ Oyo]; nutqiy hosilalariga misollar keltiring.

5. Birikish usuli tobe bo'lak mavqeyida shaxsni kasb jihatdan tavsiflovchi ot leksemalari voqelashganligi hamda hokim bo'lak mavqeyini shaxsni yoshiga ko'ra tavsiflovchi ot leksemalari egallaganligini bildiradigan so'z birikmalarining nutqiy voqelanishini misollar bilan izohlab, lisoniy-sintaktik qolipini belgilang.

Ta'lim jarayonida innovatsion ta'lim texnologiyalari talaba shaxsining ichki imkoniyatlarini namoyon qilish, rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratib, ularning dars jarayonida o'quv faoliyatining subyekti sifatida o'zliklarini takomillashtirish va namoyon eta olishlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Innovatsion ta'lim texnologiyalarini ta'limda to'g'ri va o'rinli joriy eta olish dars samaradorligini oshiradi, talabalarning intellektual qobiliyatlarini yuzaga chiqarishda muhim omil sifatida xizmat qiladi. Tabiiyki, bu o'qituvchidan samarali usullarini qo'llay bilish mahoratiga ega bo'lmoqlikni talab etadi.

REFERENCES

1. Назарова С. Бирикмаларда сузларнинг эркин богланиш омиллари. Номзодл. диссер. ...автореф.-Т., 1997. - 21 б.

XULOSA

2. Неъматов X,., Бозоров О. Тил ва нут;. - Т.: Укщувчи, 1993. - 32 б.

3. Неъматов X, Расулов Р. Узбек тили систем лексикологияси асослари.-Т.: У;итувчи, 1995. - 128 б.

4. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G., Qurbonova M., Yunusova Z., Abuzalova M. Hozirgi o'zbek adabiy tili. -T.: Fan va texnologiya, 2010. - 414 b.

5. Nazarova S.A., Xojiyeva M.Y. Substantial Description of Uzbek Word Combinations . // International Journal of Psychosocial Rehabilitation. United Kingdom. - Scopus journal. -ISSN: 1475-7192, Volume-24, Issue-1, January 2020.-Р.422-429. https://www. psychosocial.com/article-category/issue-1-volume-24.

6. Xojiyeva M.Y. Shaxsni tavsislovchi so'z birikmalarida genderga mansublik ifodasi.// "Tilshunoslikdagi zamonaviy yo'nalishlar: muammolar va yechimlar"

mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materillari.Andijon 2020y.

7. Khojieva, M. Y., & Yokubova, S. Y. (2021). LANGUAGE AND SPEECH EXPRESSION OF PERSONAL DESCRIPTIONS. TJE-Tematics journal of Education ISSN, 2249-9822.

8. Муслимов Н., Усмонбекова У. ва бош;. Инновацион таълим технологиялари. -Тошкент: 2015. -Б.60.

9. G'afur G'ulom. Shum bola. -T.:Yoshlar nashriyot uyi, 2019. -190 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.