Научная статья на тему 'OVOZ IMKONIYATIGA MOSLAB ASAR TANLASH VA OVOZ TARBIYALASHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI'

OVOZ IMKONIYATIGA MOSLAB ASAR TANLASH VA OVOZ TARBIYALASHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
267
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
xonandalik / ovoz tanlash / ovoz / diapazon / mashq / traxeya / nafas yо‘llari(bronxi) / о‘pka / kо‘krak qafasi mushaklari va qorin parda (diafragma) / xonandalik mushagi

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — To‘ymurod Dehqonovich Sayidov

Xonandalikka o‘qish istagini bildirgan nomzodning to‘g‘ri tanlanganligiga muallimning ishonchi hosil bo‘lishi uchun bolaning ovozi va musiqiy qobiliyati, jismoniy rivojlanishi va xonandalikka to‘g‘ri tavsiya qilinganligini takroran tekshirib, u bilan suhbatlar o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. O‘qituvchi shogirdining xonandalikni tanlagani va unda o‘qib ketishga ko‘zi yetgandan keyingina talaba bilan xonandalik yo‘l-yo‘riqlarini o‘rgatishga kirishadi. Ushbu maqolada talabaning ovoz imkoniyatiga moslab asar tanlash va ovoz tarbiyalashning o‘ziga xos jihatlari tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OVOZ IMKONIYATIGA MOSLAB ASAR TANLASH VA OVOZ TARBIYALASHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI»

OVOZ IMKONIYATIGA MOSLAB ASAR TANLASH VA OVOZ TARBIYALASHNING O'ZIGA XOS JIHATLARI

To'ymurod Dehqonovich Sayidov Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti

Annotatsiya: Xonandalikka o'qish istagini bildirgan nomzodning to'g'ri tanlanganligiga muallimning ishonchi hosil bo'lishi uchun bolaning ovozi va musiqiy qobiliyati, jismoniy rivojlanishi va xonandalikka to'g'ri tavsiya qilinganligini takroran tekshirib, u bilan suhbatlar o'tkazish maqsadga muvofiqdir. O'qituvchi shogirdining xonandalikni tanlagani va unda o'qib ketishga ko'zi yetgandan keyingina talaba bilan xonandalik yo'l-yo'riqlarini o'rgatishga kirishadi. Ushbu maqolada talabaning ovoz imkoniyatiga moslab asar tanlash va ovoz tarbiyalashning o'ziga xos jihatlari tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: xonandalik, ovoz tanlash, ovoz, diapazon, mashq, traxeya, nafas yo'llari(bronxi), o'pka, ko'krak qafasi mushaklari va qorin parda (diafragma), xonandalik mushagi

PECULIARITIES OF VOICE LEARNING AND SELECTION OF A WORK ACCORDING TO VOICE POSSIBILITIES

Toymurad Dehkanovich Sayidov Institute Uzbek National Music Art named after Yunus Rajabi

Abstract: In order for the teacher to be sure that the candidate who expressed his desire to study singing was chosen correctly, it is advisable to repeatedly check the child's voice and musical ability, physical development and whether he is recommended for singing, and conduct interviews with him. . The teacher begins to teach singing lessons with the student only after his student has chosen singing and is ready to study it. This article analyzes the unique aspects of choosing a work and training the voice according to the student's voice potential.

Keywords: singing, vocalization, voice, range, exercise, trachea, airways (bronchi), lungs, pectoral muscles and diaphragm, singing muscle

Ijro badiiy jihatdan yuksak bo'lishi uchun unda xonandaning diqqati, sezgisi, idroki, tafakkuri, tasavvuri, va emotsiyasi hamda eng asosiysi ovoz ruhiyati faol ishtirok etishi zarur. Bundan tashqari uning shaxsiy ovozi sifati, tembrining go'zal va boyligi, pardalarning (intonatsiyasi) tozaligi, musiqiy qobiliyati va iqtidori, quvnoqligi

va jo'shqinligi, dunyoqarashi, erkin fikrlashi, xarakteri va mintaliteti aks etmog'i lozim.

Xonandalikka o'qish istagini bildirgan nomzodning to'g'ri tanlanganligiga muallimning ishonchi hosil bo'lishi uchun bolaning ovozi va musiqiy qobiliyati, jismoniy rivojlanishi va xonandalikka to'g'ri tavsiya qilinganligini takroran tekshirib, u bilan suhbatlar o'tkazish maqsadga muvofiqdir. O'qituvchi shogirdining xonandalikni tanlagani va unda o'qib ketishga ko'zi yetgandan keyingina o'quvchi bilan xonandalik yo'l-yo'riqlarini o'rgatishga kirishadi. Birinchi mashg'ulotlarni unga yoqadigan yorqin asarlarni kuylab berish orqali talabani qiziqtirish bilan boshlaydi.

Xususan, yakkaxon ijrochilikda o'qitish zamirida milliy ashulalarmizning talaba ruhiga ta'siri, ularda paydo qiladigan fíkriy o'zgarishlar va etik-estetik rivojlanishida yaqqol namoyon bo'ladi. Ta'kidlash kerakki, kuydan ko'ra ashulani tushunish idrok etish ancha oson kechadi. Buning sababi, ashulada ham badiiy, ham musiqiy matn mavjud. Kuyda esa faqat musiqiy matn bor bo'lib, uni talaba his etishi hamda ana shu hissiyot asnosida tasavvur qilishi hatto, tushunishi, idrok etishi mumkin. Ammo bu tushunchalaru tasavvurlarni so'zda ifodalash baxti har kimga ham nasib etavermaydi.

Ashulani tushunishda undagi ohanglariga qo'yilgan she'riy matn bir qadar talabaga yordam beradi. Shu bois, aksar talabalar ashulaning ma'nosi va mohiyatini har holda tez tushunadilar va so'zda ifoda eta oladilar. Ehtimol sozandalikka nisbatan xonandalikda o'qishni istovchi yoshlarning ko'pligiga asosiy sabab ham shudir.

Ijrochilik san'atida ovozni tarbiyalashdan asosiy maqsad - ohang harakatchanligi va ifodaligini takomillashtirishdan iborat. San'atkor ovozi tabiiy nutqning barcha ifodasini saqlab qolgan holda yanada aniqroq, jarangliroq, go'zalroq bo'lishi lozim. Madaniyat markazi yoki saroylari sahnasi bo'ladimi, katta maydonlardagi teatrlashtirilgan tomoshalardami, ijrochilikning qaysi ko'rinishi bo'lmasin, shu ishlarning tashkilotchisi - rejissyor:

a) o'zining ovoz-nutq a'zolari faolligi va eshitish qobilyati ustida ishlashi;

b) so'z san'ati va sahna nutqining barcha bo'limlari ustida ishlash uslubini puxta o'rganishi, pirovard natijada, ijrochilariga ham yo'l-yo'riq ko'rsata oladigan bo'lishi kerak [4, B.43].

Ovoz hosil bo'lishida qatnashadigan barcha organlarining yig'indisiga ovoz apparati deyiladi. Ovoz apparatiga quyidagi organlar: og'iz va burun bo'shliqlari hamda ularni kuchaytirib beruvchi qo'shimcha bo'shliqlar, halqum, tomoq va ovoz torlari, nafas yo'li (traxeya), o'pka ichidagi havo oluvchi kanallar, ya'ni nafas yo'llari(bronxi), o'pka, ko'krak qafasi mushaklari va qorin parda (diafragma) kabi organlar kiradi.

Biroq bu hali hammasi emas. Tovush hosil qilishda asab tizimlaridan - bosh miyadagi harakatlantiruvchi va his ettiruvchi hissiyot asablari ham yuqorida tilga olingan organlarning markazlarini birlashtirib turishi bilan faol qatnashadi. Bu

organlarga harakat asablari orqali miyadan efferentiv aloqa - farmoyish keladi. Ishlaydigan organlarning holati haqida efferentiv aloqa bog'lanadi, ya'ni hissiyot asablari orqali axborot keladi. Ovoz hosil bo'lishida ishtirok etuvchi organlar, markaziy asab tizimining amriga binoan, ovoz chiqarish kabi murakkab jarayonga qaratilgan texnik ijrochilardir. Ovoz hosil qilish organlarining ishini muvofiqlashtirishni markaziy asab tizimining ishtirokisiz tasavvur ham etib bo'lmaydi. Chunki bu organlarning funksiyalarini birlashtiruvchi ham, kuylash jarayonini butunligi ham o'ta murakkab psixo-fiziologik jarayon hisoblanadi va buni faqat markaziy asab tizimi boshqarishi mumkin.

Barcha organlarning funksiyasi kabi, ovoz hosil qilish organlarining faoliyati ham o'zaro bir-biriga qanday chambachars bog'liq bo'lsa, xuddi shunday insonnning psixologik faoliyatiga ham bog'liqdir. Ushbu mexanizmni mukammal bilmay turib, xonandalik (kuylash) asoslarini tushunib yetish, uni takomillashtirish hamda kelajakda yaxshi ashula ayta oladigan professional xonanda tayyorlashga erishish qiyin.

She'riy matnlarni o'qishda ovoz tonini ko'tarish yoki pasaytirish, tovush kuchining kuchayishi yoki kuchsizlanishi vositasida mashq qilib, oddiy jonli so'zlashuv nutqidan farqli o'laroq, yanada yorqinroq, ifodaliroq sifatga erishiladi. Ovozdan ongli foydalana olish, uni istalgan vaqtda kerakli tomonga bura olish, ya'ni ovozni elastik qilish nutqqa sayqal beradi [4, B.45].

Ma'lumki, ovoz asosan halqumda paydo bo'ladi. Halqum - nafas olib chiqarish, nafas yo'li va o'pkani muhofaza qilish hamda ovoz chiqarish vazifasini bajaruvchi organ bo'lib, murakkab tuzilishdan iboratdir.

Halqumning katta-kichik hajmini qalqonsimon kemirchak belgilaydi. Erkaklar halqumi ayollar halqumiga nisbatan kattadir. Erkaklarning eng kichik halqumi ayollarning taxminan eng katta halqumiga tengdir. Halqumda ikkita tuynuk bo'lib, yuqoridagisi qizil o'ngach yo'lagi va pastgisi o'pka yo'lagi bilan bog'liqdir. Inson yutinganda yumshoq tanglay va tilcha vositasida nafas olish yo'lagi bekilib, qizil o'ngachga yo'l ochiladi. Inson nafas olganda esa ikkinchi tuynuk ochiq bo'ladi. Xonandalik va nutq jarayonida mana shu ikkinchi tuynuk torayibroq turadi. Ayni mana shu holat notiq va xonandaning ovoz hosil qilishida muhimdir.

Nafas olgan tarzda ovoz paychalari uchburchak shaklga aylanadi va mana shunga ovoz tirqishi deyiladi. Ovoz qatlamlarining bir-biriga yaqinlashuvi, hattoki bir-biriga tegib turishi hamda ovoz tirqishining bekilishi evaziga ovoz hosil bo'ladi. Ovoz qatlamlarini ichki va tashqi mushaklar o'rab olgan bo'ladi. Mana shu mushaklarning ikkinchisi xonandalik mushagi deyiladi [4, B.45].

Ovoz qatlamlarining uzunligi va qalinligi o'zgarib turishi hamda alohida qismlarining tebranishi ham shunday tuzilma evazigadir. Ovozning rang-barang boyligi esa ayni mana shu organ har bir bo'lagining tebranishiga bog'liqdir.

Aytib o'tilgan mushaklarning yana biri esa bevosita til va pastki jag'ning mushaklari bilan bog'langandir. Halqumning pastga tushishi, yuqoriga ko'tarilishini mana shu mushaklar ta'minlab turadi.

Hammamizga ma'lumki, har bir tarang tortilgan jism tebranganda atrofidagi havo zarrachalarini harakatga keltiradi va bu harakatlar natijasida tovush to'lqinlari vujudga keladi hamda bu to'lqinlar fazoga tarqalgan holigacha bizning qulog'imizga tovush bo'lib keladi. Mana shu tarzda tabiatda tovush hosil bo'ladi. Inson organizmida tarang torqalgan jism ovoz qatlamlaridir. Gapiruvchining ovozi, xonandaning kuylaganda ovoz pardalarining barchasi tovush qatlamlarining o'zaro uyg'unlikda tebranishlari evaziga hosil bo'ladi.

Inson kuylashni xohlagan zahotiyoq uning ovoz apparatini barcha qismlari shu maqsadni amalga oshirish uchun harakatga tayyor turadilar, chunki bu organlarga bosh miya asab tizimi tomonidan vazifa signali keladi. Kuylash jarayoni xonandaning og'iz-burun orqali nafas ola boshlashidan boshlanadi. O'pka va havo sig'imi yo'llari asab tizimi signallariga binoan ovoz qatlamlari va tirqishlari ishga tushadi. Bu hol esa nafasni chiqara boshlash payt(moment)idan boshlanadi. Tutashgan ovoz qatlamlari chiqib kelayotgan havoning yo'lini to'sib, nafasni erkin chiqib ketishiga to'sqinlik qiladi. Havo chiqaruvchi mushaklarning siquvi evaziga havo ovoz qatlamlariga ta'sir qila boshlaydi. Pirovardida ovoz torlari tebranib tovush hosil bo'ladi. Shuni ham aytib o'tish joizki, biz ichimizda kuylaganda ham ovoz torlari tebranib turadi, biroq tovush hosil bo'lmaydi, chunki hali bu holda havo o'z ta'sirini ko'rsatmagan bo'ladi. Biz qulog'imiz bilan eshitadigan tovush ovoz qatlamlari va havoning o'zaro birgalikdagi harakati orqali vujudga keladi.

Demak, tovush hosil bo'lishining asosiy o'zagi ovoz qatlamlari bilan nafasning birgalashib ishlashida.

Ovoz qatlamlarida nafas bilan hamkorlikda barpo bo'lgan tovushlar o'zining atrof muhitidagi qolgan organlar qatlamlari orqali o'tib, chiqib ketgunga qadar o'z quvvatining ko'p qismini yo'qotib qo'yadi, chunki hosil bo'lgan tovush har bir qatlamga urilib tebranishi hamda shuning evaziga akustik o'zgarishlar sodir bo'lishi muqarrar. Shuning uchun ham bu qatlamlar bo'shliqlarning rezonator-sadolantirgichi deyiladi (ovoz ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi barcha a'zolar rezonatordir). Mazkur sadolantirgichlar ikkiga bo'linadi. Bular yuqori va quyi sadolantirgichlardir. [4, B.47].

Estetik madaniyat tarbiyasida musiqaning o'rni juda katta ahamiyatga ega. Musiqa o'z tabiatiga ko'ra estetik madaniyatning asosidir. Musiqa va adabiyotning ijtimoiy hayotda tutgan beqiyos o'rni qadimlardan ma'lum. U inson dunyoga kelishi bilan ona allasidan boshlab, to umrining oxirigacha quvonchli va tashvishli kunlarida hamrox bo'ladi. Ayni bir paytda musiqa insonni tarbiyalaydi, yaxshilikka undaydi, ozod va obod hayot uchun yashashga o'rgatadi.

Gap o'zbek milliy qo'shiqchiligi san'ati haqida ketar ekan, uning inson his-tuyg'usiga, kayfiyatiga katta ta'sir etishi - insonga estetik sifatning qay darajada jamlanganligiga bog'liq bo'ladi. Har qanday insonda musiqiy layoqat bo'lishi tabiiy, musiqa yangraganda kishi o'z-o'zidan musiqa ohangiga beriladi, uni anglaydi va qalbdan his etadi. Endi musiqa olami mutaxassislarida ushbu jarayon kuchliroq bo'lib, ular musiqani nazariy va amaliy jihatdan chuqur biladi hamda musiqaga oid terminlarni tushunadi. Ularda musiqiy layoqat musiqa shinavandalaridan ko'ra ko'proq, ya'ni kasbiy faoliyatlari nuqtai nazaridan olib qaralganda kuchli bo'ladi. Ular har qanday ohangni tinglaganlarida u qaysi pardada ekanini yoki qanday tahlil qilishni anglay oladilar.

Ohang, usul, sur'at va ifodalilik, tovushning kuchi, cho'zilishi, jilolari, kuyning yo'nalishlari va o'zgarishini aniqlash xuddi musiqada bo'lganidek adabiyotda ham aynan asl holicha bo'ladi.

Musiqiy layoqat va ularni aniqlash mezonlari haqida fikr yuritganda o'qituvchilar o'z shogirdlariga xalq qo'shiqchiligining tarixi bilan albatta tanishtirib borishlari lozimdir, boisi, xalq tilidan kuylangan ayrim qo'shiqlarning so'zlari talabalarga notanish yoki tushunarsiz bo'lib qolishi tabiiy.

Shuning uchun o'qituvchi darsda qo'shiqning kelib chiqishi va o'sha davrdagi insonlarning oddiy shevalari asosida yaratilganligini uqtirib borsa o'rinli bo'ladi. Shu bilan birga musiqiy layoqat talabada ko'proq namoyon bo'ladi, talabaningg fikrlash doirasi oshib boradi.

- qo 'shiqlardagi she'rning sur 'at va usul o 'zgarishlarini farqlash layoqati.

- ifodali o 'qish, kuylash va diqqat bilan tinglash layoqati.

- qo 'shiqlarni taxlil qilish va shaxsiy munosabat bildirish layoqati.

- musiqiy ong va tafakkur darajasi [4, B.48].

Samarali metodika va uzluksiz ta'lim natijasida esa bu sifatlarni ham tez orada rivojlantirish mumkinligi tajribada isbotlandi. G'oyaviy badiiylikda ijodiy rivojlanish bilan musiqiy layoqat bir-biri bilan uzviy bog'liq va bir-biriga taqazo etadigan jarayondir.

O'qituvchining bosh vazifasi shogirdiga mutaxassislik darsiga va xonandalikka muxabbat uyg'otishdir. Hozirda milliy san'atimiz, shuningdek qo'shiqchilik san'atining tub mohiyatiga alohida e'tiborni qaratish lozim.

Ma'lum bir musiqiy asar uch xil ko'rinishda mavjud bo'ladi. Birinchisi nota va she'riy matn, ya'ni yozuv asosida bo'lsa, ikkinchisi, ijrochi tomonidan talqin qilingan jonli ijroda va uchinchisi, tinglovchining hayotiy tajribasi va badiiy obrazlarning u tomonidan qabul qilinishi natijasida asarni haqiqiy ijro jarayoni amalga oshiriladi.

Musiqiy va badiiy layoqat ijodini rivojlantirishning asosi hisoblanadi. Musiqiy faoliyatning ijodiga qaratilganligi esa musiqiy layoqatining kelajakda rivojlanishiga bevosita yordam beradi.

Talabalarning badiiy - ijodiy faolligini oshirishda quyidagi holatlar doimo o'quvchi e'tiborida bo'lishi maqsadga muvofiqdir:

- talabalarning ijodiy va musiqiy layoqatlarini doimo uzviy tarzda rivojlanib borishligini hisobga olishda bastakorlikni to 'g'ri tahlil etish;

- ta'limiy mohiyatini anglab yetishda musiqiy bilim, malaka va ko'nikmalar rivojlanishini ijodiy faollikni o'sib, shakllanib borishning asosi deb qarash;

- talabalarni musiqiy-ijodiy faoliyatining turli-tuman forma va vositalarida faol jalb qilish orqali ularda xissiyot olami va intelektual imkoniyatlarini ham o'sib borishini nazarda tutish orqali talabalarning bilim va mahoratlari orttiriladi. [4, B.49].

Badiiy xususiyat, bilim va ijodiy jarayonlar ta'sirida talabalarning musiqa savodxonligi qay tarzda o'sa borishiga qarab talabaning ijodiy rivojlanishi ham ortadi va bu sifat musiqiy faoliyatning hamma turlari o'zining ijobiy ta'sirini o'tkazadi.

Yoshlarni ma'naviy merosning doimiy ta'siri vositasida tarbiyalash zamon talabidir. Xulosa qilib shuni aytish kerakki, musiqa merosimiz xazinasidagi turli janrga mansub asarlar o'z milliy xususiyatlarini saqlagan holda zamon bilan hamnafas bo'lib yashamoqda. Musiqa va san'at bilim yurtlari mutaxassislik fanlari darslarida xalq og'zaki professional san'ati namunalari bilan tanishtirib borish talabalarda ma'naviy merosga samimiy muhabbat uyg'otadi, yoshlarni xalq qo'shiqlarini sevish, ajdodlarimiz ideallari kuylangan barhayot misralarni qadrlashga o'rgatadi. Albatta bu jarayonda talabalar ovoz imkoniyatlariga, diapazon va uning ohangdorligiga, jozibasiga, tembriga e'tibor qaratish lozim bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Azizxodjayeva N.N. O'qituvchi mutaxassisligiga tayyorlash texnologiyasi. -Toshkent: TDPU, 2000.

2. Mardonov Sh. Yangi ta'limiy qadriyatlar asosida pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish. - Toshkent: Fan, 2006.

3. X.Isroilova-Qosimova. An'anaviy hofizlik san'ati (Yakkaxon qo'shiqchilik). Toshkent. 2007.

4. Abdullayev R. Yakkaxon qo'shiqchilik. Darslik. Toshkent-2021.

5. Ergasheva Ch. O'zbek mumtoz musiqasida nazira an'analar. Toshkent: "Musiqa" nashriyoti, 2022.

6. Ziyomuhamedov B., Abdullayeva Sh. Ilg'or pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot / "Ma'naviyat asoslari" darsi asosida ishlangan uslub. qo'll. - Toshkent: Ibn Sino, 2001. - 80 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.