Научная статья на тему 'OT SO`Z TURKUMI VАUNING LEKSIK GRАMMАTIK XUSUSIYАTLАRI'

OT SO`Z TURKUMI VАUNING LEKSIK GRАMMАTIK XUSUSIYАTLАRI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Аtoqli ot / so‘zyаsаlishi / grammatik xususiyat / apеllyаtiv / nominаtiv-funksionаl xususiyаt / turdosh ot / son-miqdor.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Shernаzаrovа Gulshаn Аbdullаyevnа

Mаzkur mаqolаdа tilshunoslikdа ot so’z turkumi va uning leksik Grammatik xususiyatlari hаqidа ilmiy-nаzаriy аsoslаrgа egа fikr-mulohаzаlаr yuritilgаn. Shuningdek, tilshunoslikda otlarning uslubiy xususiyatlari haqida munozaralar olib boriladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OT SO`Z TURKUMI VАUNING LEKSIK GRАMMАTIK XUSUSIYАTLАRI»

ISSN 2181 Impakt faktor

WWW '"aoowy*

OT SOZ TURKUMI VA UNING LEKSIK GRAMMATIK XUSUSIYATLARI

Shernazarova Gulshan Abdullayevna

Urganch innovatision universiteti Ijtimoiy - gumanitar fanlar va tillar kafedrasi stajyor- o'qituvchisi

ARTICLE INFO

Qabul qilindi: 20-May 2024 yil Ma'qullandi: 25- May 2024 yil Nashr qilindi: 31- May 2024 yil

KEY WORDS

Atoqliot, so'zyasalishi, grammatik xususiyat, apellyativ, nominativ-funksional xususiyat, turdosh ot, son-miqdor.

ABSTRACT

Mаzkur mаqolаdа tilshunoslikdа ot so'z turkumi va uning leksik Grammatik xususiyatlari hаqidа ilmiy-nаzаriy аsoslаrgа egа fikr-mulohаzаlаr yuritilgаn. Shuningdek, tilshunoslikda otlarning uslubiy xususiyatlari haqida munozaralar olib boriladi.

Ot — mustaqil so'z turkumlaridan biri. U boshqa turkumlardan bir necha belgi — xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ular quyidagilardan iborat:

> ot yasalish xususiyatiga ega: ishchi, suhbatdosh, paxtakor, bog'bon, oshpaz, Mirzacho'l;

> son-miqdorni bildirish xususiyatiga ega: bola — bolalar, daftar—daftarlar;

> egalik ko'rsatkichiga ega: otam, otang, otasi — otamiz, otangiz, otalari;

> kelishik shakllari bilan o'zgaradi;

> maktab, maktabning, maktabni, maktabga, maktabda, maktabdan;

> gapda barcha gap bo'laklari vazifasida keladi.

Aniq, predmetlarni yoki predmet sifatida tasavvur qilinadigan tushunchalarni ifodalaydigan otlar ma'nosiga ko'ra, atoqli va turdosh otlarga bo'li-nadi. Bir xildagi predmet yoki hodisaning birini ajratib ko'rsatuvchi otlar atoqli otlar sanaladi: Rustam, Olimjon, Jomboy, Mars, Venera, Boychibor kabilar. Bir jinsdagi predmetlarning umumiy nomi turdosh otlardir: gul, daraxt, qalam, daftar kabi.

Ot turkumi 3 xil grammatik kategoriyaga ega:

1. Son kategoriyasi;

2. Egalik kategoriyasi;

3. Kelishik kategoriyasi.

Otning funksional shakllari mavjud bo'lib, ular ma'lum bir qo'shimcha grammatik ma'no ifodalash, otlarning kategorial shakllariga xos bo'lmagan biror sintaktik vazifasiga moslashish uchun xizmat qiladi. Otga xos funksional shaklning yasalishga ko'ra 3 tipi mavjud:

1) sintetik shakl;

2) analitik shakl;

3) juft va takror shakl.

Otlarning yasalishi natijasida yasama otlar paydo bo'ladi. Yasama otlar affiksatsiya, kompozitsiya, abbreviatsiya yo'llari bilan yasaladi. Affiksatsiya ot yasashdagi eng mahsuldor usul bo'lib, uning yordamida:

> shaxs otlari (bo'yoqchi, ishchi, maktabdosh, zargar, sholikor, saroybon, chorvador, tilshunos, etikdo'z, oshpaz, aravakash, kaptarboz, kitobxon);

> narsa-qurol otlari (ochqich, o'sma, to'plam, kurak, qirindi, ekin, kekirdak, suyunchi, tuzdon);

> o'rin-joy otlari (bodomzor, O'zbekiston, qarorgoh, ishxona, o'tloq, Paxtaobod);

> mavhum ma'noli otlar (yaxshilik, paxtachilik, ishonch, yig'ilish, radiolashtirish, odamgarchilik).

Kompozitsiya usuli bilan ot yasashda qo'shma otlar vujudga keladi: bilaguzuk, achchiqtosh, uchburchak, kungaboqar, olibsotar, ishlab chiqarish.

Abbreviatsiya usuli bilan ot yasalganda, qisqartma otlar hosil qilinadi: BMT, SamDU, O'zME kabi.

Otlar gapda ega, to'ldiruvchi, qaratqichli aniqlovchi, hol vazifalarida keladi. Ammo o'rni bilan sifatlovchi, izohlovchi, kesim yoki atov, vokativ ran bo'lib kelishi ham mumkin.

Predmetning nomini (keng ma'noda) bildiruvchi mustaqil so'z turkumiga ot deyladi. Ot so'z turkumiga oid so'zlar kim? Nima? Kimlar? Nimalar? so'rog'laridan biriga javob berad. Keng ma'noda predmet ma'nosini ifoda etish otning leksik xususiyatidir. Predmet ma'nosini tirik mavjudotlar (parranda, qush, chumoli kabilar), yer va osmonga, kundalik turmushga oid narsalarning nomi (quyosh, oy, tog', tosh, daryo, tuz, non, choynak, qoshiq kabilar), o'simliklarning nomi (paxta, sholi, jo'xori, beda kabi), voqea-hodisalarning nomi (to'y, anjuman, majlis, shodlik, ishonch, kurash) o'rin vaqt nomlari (yoz, kuz, pastlik, tepalik), atab qo'yilgan shaxs va predmetlarning nomi (Toshkent, Zulfiya, Sirdaryo, «O'qituvchi» nashriyot kabi) ifoda etadi. Shunga ko'ra otlar ma'no jihatdan 2 turga bo'linadi: atoqli va turdosh otlar. Samarqand, Akmal. «Qora ko'zlar» (roman), «Fan» (nashriyoti)-atoqli otlar. Kitob, daftar, kulgi, tinchlik, turdosh otlar.

Ot son kategoriyasiga ega, ya'ni predmet anglatuvchi so'zlar birlik va ko'plik sonda qo'llanadi.

Ot egalik kategoriyasiga ega, ya'ni predmetning (keng ma'noda predmetlik tushunchasi: shaxs voqea-hodisa va uch shaxsdan biriga taaluqligini, qarashliligini, mansubligini bildiradi: menning daftarim, sening ukang, uning quvonchi kabi

Ot kelishik kategoriyasiga ega. Otlar oltita kelishik ma'nosiga ega bo'lib, kelishik qo'shimchalari otning otga yoki otning fe'lga tobeligini ifodalaydi: bosh kelshik-kitob, qaratgich kelishik-kitobning., tushum kelishigi-kitobni, jo'nalish kelishigi-kitobga, o'rin-payt kelishigi-kitobda, chiqish kelishigi-kitobdan. (Zulfiyaning kitobi, kitobni sevadi) kabi.

Ot so'z yasalish xususiyatlariga ega. Ot va so'z turkumi faol so'z yasalish usullari morfologik, sintaktik; shuningdek faqat ot so'z turkumini yasaydigan abbrevasiya usuli bilan

yasaladi: xizmatchi, kulgi, taroq, gulzor, quvonch (morfologik usul bilan); belbog', ko'zoynak, baxt-saodat, ota-ona (sintaktik usul); DAN, ToshDPU (abbreviasiya usuli bilan)

Otlarda modal forma yasalishi ham mavjud. Otlarda modal ma'no otning leksik ma'nosiga kichraytirish, erkalash, hurmat, kuchaytirish, gumon, noaniqlik, kesatiq kabi qo'shimcha ma'nolarni qo'shish bilan hosil qilinadi: qizcha, qo'zichoq, bo'taloq, bolagina, Karimjon, Ra'noxon, un-pun, non-pon kabi.

Otlar ma'no jihatdan ikki turga bo'linadi: turdosh otlar va atoqli otlar:

Atoqli otlar. Bir turdagi narsa yoki hodisalarning birini ajratib ko'rsatish uchun xizmat qiladigan otlar atoqli otlar deyiladi. Atoqli otlar shaxs ismlari, havonlarning atoqli nomlari, tashkilot va gegrafik makon nomlari, koinot jismlari nomlari, suv havzalari, tashkilot nomlari kabi guruhlar doirasida uchraydi: Alisher, Ulug'Bek, Zarafshon, Toshkent, Samarqand, Mars kabi. Bunday atoqli otlar o'zaro tub va yasamaligi hamda tuzilishiga ko'ra farqlanishi mumkin. Masalan, Lola, Go'zal, Amir, Gavhar Orol kabi otlar sodda tub, Ilonli, Do'stlik, Paxtakor kabi atoqli otlar sodda yasama, Ulug'bek, Alisher, Nurato, Nurobod, Qo'shrabot, Uchquduq kabi atoqli otlar qo'shma otlardir. Atoqli otlarning asosiy qismini turdrsh otlar tashkil qiladi. Biroq ular boshqa so'z turkumlari asosida ham yuzaga keladi. Masalan: Asal, Quvonch, Anor kabilar turdosh otdan, O'lmas, Sotiboldi, Turdi, Tursun kabilar esa fe'ldan, Aziz, Botir, Shirin, Vali kabilar sifatdan, To'qsonboy, Oltibek kabilar esa sondan, Bultur, Avvalboy kabilar esa ravishdan hosil bo'lgan atoqli otlardir.

Turli turkumga mansub bo'lgan so'zlarning atoqli ot sifatida qo'llanishi natijasida ular o'zining hususiy nominativ mohiyatidan chekingan holda, umumiy semantik ma'no tashuvchi lug'aviy birlikka aylanib qoladi. Masalan, Uchquduq mazkur joydagi uchta quduqni emas, balki umuman shahar tushunchasini anglatuvchi onomastik birlikdir.

Turdosh otlar bir jinsdagi otlarning umumiy nomini bildiruvchi otlardir. Masalan, inson, daryo, shahar, kitob, daftar. Turdosh otlar quyidagi ma'no guruhlarga mansubligi bilan o'zaro farqlanadi:

Aniq otlar bevosita narsa-buyum va shaxs, jon-zot anglatadigan otlardir. Aniq otlar bevosita sanash va ko'rish mumkin bo'lgan otlar hisoblanadi. Masalan: kitob, talaba, daraxt, qush.

Mavhum otlar his qilish, sezish mumkin bo'lgan otlardir. Ular ham ko'plik affikslari bilan qo'llanmaydigan otlar bo'lib, ularga ko'plik qo'shimchasi qo'shilganda turlicha ma'no bo'yog'i yuzaga keladi. Masalan: sevgi, sezgi, qayg'u, alam, qadr, oriyat.

Jamlovchi va yakka otlar. Bir turdagi narsaning o'zini ifodalaydigan otlar yakka otlar hisoblanadi: kitob, gul, daraxt kabi. Birlik shaklida bo'lib, bir xil turdagi narsaning to'dasi, jamini ifodalaydigan otlar jamlovchi otlardir: xalq, armiya, ko'pchilik, poda, jamoa, o'rmon kabilar.

Sanaladigan otlar, sanalmaydigan otlar. Sanaladigan otlar, asosan, aniq otlardan tashkil topadi: daraxt, kitob, qalam. Sanalmaydigan otlar modda otlari, og'irlik, suyug'lik o'lchamiga xos otlar va atoqli otlardan tashkil topadi: tuproq, qum, havo, shakar, tuz, yog', guruch, kabilar.

Bundan tashqari, tabiatan yakka bo'ladigan va juft holda uchraydigan otlar ham mavjud bo'lib, ular ham otning alohida ma'no turini tashkil qiladi. Masalan: yurak, quyosh, oy, ko'z, qosh, oyoq kabilar shular jumlasidandir.

Shuningdek, otlar kim? so'rog'i asosida shaxs hamda nima? so'rog'i asosida narsa otlariga ham ajratiladi. Otlarning bunday tasniflanishi o'zbek tilining, shu jumladan, boshqa

turkiy tillarning o'ziga xos xususiyatini belgilaydi. Ayni paytda bu tasnif ularning turli grammatik jarayonda ishtirokida ham o'z aksini topadi. Xususan, shaxs otlari to'liq tuslovchi affikslarni qabul qilgan holda qo'llana oladi: o'quvchiman, o'quvchisan, o'quvchimiz, o'quvchisiz. Biroq, narsa otlari (majoziy ma'nosini e'tiborga olmaganda) faqat uchinchi shaxs ma'nosdagina ishlatilishi mumkin.

Shuni ham ta'kidlash lozimki, atoqli va turdosh otlar o'zaro ma'no jihatdangina emas, balki ba'zi grammatik xususiyatlariga ko'ra ham farqlanadi. Masalan, atoqli otlar faqat birlikda qo'llanadi. Ko'plikda qo'llanganda, ular grammatik ko'plik emas, boshqa ma'no bo'yoqlarga ega bo'ladi. Shuningdek, atoqli otlar turdosh otlarga va aksincha, turdosh otlar atoqli otlarga o'tib turadi. Masalan: Lola-atoqli ot, ayni paytda, lola-tog'da o'sadigan gul ma'nosida turdosh otdir. dizel, amper, rentgen, bitner kabi otlar esa atoqli ot asosida shakllangan turdosh otlardir. Atoqli otlarning turdosh otga aylanishida -lik qo'shimchasidan ham foydalaniladi: kattaqo'rg'onlik, toshkentlik, andijonlik kabi.

Adabiyotlar ro'yxati:

1. U.Tursunov, N.Muxtorov, SH.Rahmatullayev. «Hozirgi o'zbek adabiy tili» 1992 yil.

2. A.Abduazizov. «O'zbek tili fonologiyasi va morfologiyasi» Toshkent, 1992 yil.

3. S.Rahimov, B.Umurqulov, «Hozirgi o'zbek-adabiy tili» Toshkent, 2001 y.

4. S.Rahimov, B.Umurqulov, «Hozirgi o'zbek adabiy tili» Toshkent, 2003 y.

5. Shernazarova, G., & Tojiboyev, D. (2023). ATOQLI OTLARNING USLUBIY XUSUSIYATLARI. Еврaзийский журнaл социaльных HayK, философии и культуры, 3(6), 11-13. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/ejsspc/article/view/16234

INNOVA-----

АСАЭЕ

I IV

IV Y

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.