Научная статья на тему 'ОСОБЕННОСТИ ПОВЕДЕНИЯ ПОТРЕБИТЕЛЯ ТУРИСТСКИХ УСЛУГ'

ОСОБЕННОСТИ ПОВЕДЕНИЯ ПОТРЕБИТЕЛЯ ТУРИСТСКИХ УСЛУГ Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
поведение потребителя / туристские услуги / мотивы поведения / типология туристов. / consumer behavior / tourist services / motives of behavior / typology of tourists.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Умурзакова И.

В статье уделено внимание такой актуальной в последние годы проблеме экономической социологии, как особенности поведения потребителя. В кон тексте социологических теорий потребления дан обзор некоторых теоретико-методологических подходов к этой проблематике. На примере сферы туристских услуг представлены отдельные результаты исследования внешних и внутренних факторов, оказывающих воздействие на поведение потребителей.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article pays attention to such a topical problem of economic sociology in recent years as the characteristics of consumer behavior. In the context of sociological theories of consumption, a review of some theoretical and methodological approaches to this issue is given. Using the example of the tourism services sector, selected results of a study of external and internal factors influencing consumer behavior are presented.

Текст научной работы на тему «ОСОБЕННОСТИ ПОВЕДЕНИЯ ПОТРЕБИТЕЛЯ ТУРИСТСКИХ УСЛУГ»

SAVDO ZALI JIHOZLARI, ULARNI O'RNATISH TARTIBI

Muhiddinov M.Sh.

SamISI, "Marketing" kafedrasi assistenti

Annotatsiya. Ushbu maqolada chakana savdo korxonalari faoliyati, uning ahamiyati, savdo zali jihozlari, ularni o'rnatish tartib qolidalari muallif tomonidan yoritib berilib, taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: savdo zali, chakana savdo, savdo jihozlari, merchendayzing qoidalari.

Tovarlar guruhlarini qayta taqsimlash do'kon aylanmasini sezilarli darajada oshirishga yordam beradi. Do'konning savdo maydonini to'g'ri zonalashtirish muhimligiga ortiqcha baho berish qiyin. Ma'lumki, 70% holatda iste'molchi to'g'ridan-to'g'ri peshtaxta oldida mahsulotni sotib olish to'g'risida qaror qabul qiladi. Shuning uchun, do'kon faoliyati sifatini tahlil qilishda, uning savdo maydoni qanchalik oqilona va zamonaviy zonalashtirilishi ko'p narsa haqida guvohlik beradi.

"Shop-in-shop" formati jahon amaliyotida super va gipermarketlarni zonalashtirishning zamonaviy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Oziq-ovqat do'konlarida bunday zonalashtirish yuqori javonlar bilan kontur bo'ylab o'ralgan va xilma-xil ranglar bilan ajratilgan zonalar ko'rinishida bo'ladi. Bunday zonalar ichida yana bitta past javonlar bilan o'ralgan zona joylashtiriladi. Aniq ajratilgan zonada xaridor faqat bitta mahsulot guruhi - alkogol yoki kosmetika, yohud non va qandolatchilik bo'limlaridan birini ko'radi. Bu ayni vaqtda, xaridorlar uchun ham qulay va hamda chiroyli ko'rinadi. Bu do'konda yo'nalishni soddalashtiradi va shu bilan birga rejalashtirilgan guruhga tezkor yondashuvni emas, balki ko'p sonli assortimentni ko'zdan kechirishni rag'batlantiradi.

Savdo joylarini ularning funksional yuklanmasi va foydalaniluvchi POS materiallaridan kelib chiqqan holda, bir nechta lokal zonalarga ajratish mumkin.

Savdo zalidagi ustuvor joylar xaridorlar oqimi, ya'ni ko'pchilik xaridorlar boradigan yo'lga qarab aniqlanadi

1-jadval

Lokal zonalarning turlari_

Turlari Maqsadi

Tashqi bezak Sotish joyini izlash, harakat yo'nalishini ajratish, joyning lokalizatsiyasini ko'rsatish, muayyan bir mahsulot mavjulgini ko'rsatuvchi belgilar o'rnatish. Fasad va vitrinalarni rang-barang bezash, tom yopish moslamalari, maxsus moslamalar, trotuar, ustunli inshootlar-ustunlar, urnalar, kuldonlar, bilbordlar va alohida mustaqil qurilmalardan foydalaniladi.

Kirish zonasi Xaridorlarni jalb qilish, ish tartibi va texnik tanaffuslar haqida ma'lumot berish.

Texnik echimlar asosan ish tartibi yoki reklama tavsifidagi stikerlar, turli xil tavsifdagi taxtachalar.

Savdo zali Plitkali pol gtokchaikasi, vimpellar, voblerlar va boshqalar yordamida tovarlar taxlangan joyga harakat yo'nalishini ko'rsatish. Tovar shakli yoki uning qadoqlanishini takrorlaydigan katta hajmli konstruksiyalar yordamida ma'lum bir seksiyalarga e'tibor qaratish.

Tovarlarni taxlash joyi Xaridorga tovarlarni tanlashda yordam berish va uni o'xshash tovarlar bilan taqqoslash imkoniyati.

Kassa oldi zonasi Tovoqlar, muzlatgich (muzqaymoq), voblerlar va stikerlarga joylashtirilgan impulsiv tovarlar jamlangan joy.

Eng yuqori sifatli tovar, eng keng reklama qilinuvchi va hatto eng mashhur mahsulot ham, agar uning do'kondagi joylashuvi noto'g'ri tanlangan bo'lsa, u sotilmaydi. Savdo zonasining uchta asosiy zonasidagi joylarga ustuvorlik beriladi: kirish zonasi, mijozlarning asosiy talab zonasi va kassa zonasi. Savdo zalidagi ustuvor joylar xaridorlarning asosiy oqimiga qarab belgilanadi. Impulsli talab va tovar aylanmasi yuqori bo'lgan tovarlar uchun qo'shimcha savdo joylari tashkil etiladi, chunki ular xarid qilish ehtimolini oshiradi. Qo'shimcha savdo joylari asosiy savdo nuqtalaridan va shu bilan birga, bir-biridan alohida joylashgan bo'lishi kerak. Aks holda, bu savdo joy i asosiy joyning davomiga aylanadi va faqat qo'shimcha mahsulotlarni saqlash joyi bo'lib xizmat qiladi. Bir nechta sabablar bois, mahsulotlarni qo'shimcha joylashtirishga ehtiyoj tug'iladi:

Volumetrik (hajmli) taqdim qilish, ya'ni katta miqdordagi tovarlarni taqdim etish. Polda joylashgan displeylarga qo'yilgan katta hajmdagi tovarlar birinchi navbatda, mazkur tovarlar past narxda ekanlig va ikkinchidan, ushbu mahsulot yuqori talabga ega ekanligi borasida tasavvur uyg'otadi. Sellofanga qadoqlangan mahsulotlarni joylashtirish xaridorda tovarlar endigina ombordan olib kelingandek tasavvur hosil qiladi. Bunday mahsulotlar hali javonga taxlab ulgurmaslaridan avval sotilib ketadi. Polda joylashgan displeylar odatda, xaridorlar oqimi bo'ylab yo'laklarda, ushbu mahsulotning asosiy toifasi joylashgan bo'limda yoki alohida joylashtiri-ladi. Ba'zida kassalarda tovarlarning hajmli tasvirlari mavjud, ammo bu displeylarning katta o'lchamlari tufayli juda kam uchraydi, bu tovarlarga to'lovni amalga oshirishda noqulaylik tug'dirishi mumkin.

Tovarlarni toifalar bo'yicha joylashtirish. Asosiy tovarni sotib olgan xaridor to'satdan qo'shimcha tovarni sotib olish zarurligini anglashi mumkin. Bir-birini to'ldiruvchi mahsulotlarning bunday joylashtirilishi, kesishma merchendayzing, deb ham yuritiladi.

Reklama sifatida taxlash yoki yangi mahsulotlar haqida ma'lumot. Bunday holda, tovarlar yayaqol ko'zga tashlanishi uchun alohida joylarga joylashtiriladi, reklama va axborot materiallaridan keng foydalaniladi.

Maxsus aksiyalar o'tkaziluvchi tovarlarni joylashtirish va shu kabilar.

Savdo zalida qo'shimcha savdo nuqtalarining qulay joylashuvi 1-rasmda keltirilgan.

Qo'shimcha savdo joyida mahsulotlar takrorlanishi kerak va asosiy joy dan olib tashlanmasligi kerak. Aks holda, ushbu mahsulotni sotib olishni rejalashtirgan xaridor uni asosiy savdo joyida topa olmaydi. Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, bu holda u boshqa brendning (raqobatchining) mahsulotini sotib oladi yoki boshqa do'konda qidirishni davom ettiradi.

Savdo maydonchasidagi qaynoq xudlar

Turdosh tovarlar

Qator boshlarida

1-rasm. Tovarlar kategoriyasi

1. Kundalik ehtiyoj mollari, bunday tovarlar ko'p sonli xaridorlar tomonidan deyarli har kuni sotib olinadi. Supermarket uchun bu go'sht gastronomiyasi, sabzavotlar, sut mahsulotlari, non mahsulotlari bo'lishi mumkin. Ushbu tovar guruhlari savdo zalining tashqi perimetri bo'ylab, tovarlar guruhi, kirish va kassadan tashkil topuvchi, bir nechta "oltin uchburchaklar" ni tashkil qilgan holda, kirish joyidan uzoqda joylash-tirilishi lozim.

2. Davriy talab tovarlari. Ushbu tovarlar bir necha tashriflar mobaynida bir marta sotib olinadi. Bu konserva, donli mahsulotlar, shakar va boshqa uzoq muddatli saqlash tovarlari bo'lishi mumkin. Ularni zalning markaziga, javonlarga joylashtirish maqbul, shu bilan bir qatorda, xaridorlarning e'tiborini yangi mahsulotlar yoki maxsus takliflarga yaqqol ko'zga tashlanuvchi POS-materiallar yordamida jalb qilish.

3. Impulsiv talab tovarlari. Oziq-ovqat do'konlarida bu saqich, shirinliklar, ichimliklar, batareyalar va bir martalik ustara, shuningdek, maxsus chegirmali narxdagi har qanday kichik tovarlar bo'lishi mumkin.

Ba'zi savdo do'konlarida qo'shimcha joylar eng ko'p sotiladigan tovarlar uchun emas, balki sotilmay qolgan tovarlar uchun tashkillash-tiriladi. Riteyl mutaxassislarining fikricha, bunday yo'l tutish maqsadga muvofiq emas. .

Do'konda har doim xaridorlar eng kam tashrif buyuradigan joylarni topish mumkin, ular "sovuq" zonalar deb ataladi va boshqalarga qaraganda tez-tez tashrif buyuriladigan joylar "qaynoq" zonalar deb ataladi. "Sovuq" zonalarning shakllanishining asosiy sababi shundaki, odamlar tabiatan, odatda, harakat yo'nalishini o'zgartirishni xohlamaydilar. Do'konni taxlash paytida yuzaga chiquvchi vazifalardan biri - bu "sovuq zonalarni" "qaynoq" zonalarga aylantirish yo'llarini izlashdan iboratdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.

1. Allayorov R.A., Merchendayzing . O'quv qo'llanma. Samaarqand- . "Step-Sel" nashiryot-matbaa ijodiy bo'limi 2023. 172 bet

2. Samadov A.N., Eshmatov S.A.. Merchendayzing. O'quv qo'llanma - T: "Iqtisodiyot" - 2019.

3. Boyjigitov S.K. Xizmatlar marketing. O'quv qo'llanma - Sam: "STAP-SEL" -2023

4. Мерчендайзинг: учеб. пособие для студентов направления подготовки «Менеджмент» (профиль «Маркетинг») / сост. Э.Круг. - Благовещенск: Изд-во БГПУ, 2013. - 202 с.

5. Tony Morgan "Visual merchandising". Published in 2016 by Laurence King, 361-373 City Road.

6. Barker, Hannah. That Most Precious Merchandise Published by University of Pennsylvania Press. 2019.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.