Научная статья на тему 'ОСНОВНАЯ ПРОФИЛАКТИКА ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ ЗАБОЛЕВАНИЙ ТЕНДЕНЦИИ'

ОСНОВНАЯ ПРОФИЛАКТИКА ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ ЗАБОЛЕВАНИЙ ТЕНДЕНЦИИ Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

CC BY
236
106
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
TECHика
Область наук
Ключевые слова
ОХРАНА ТРУДА / ПРОФЕССИОНАЛЬНЫЕ ЗАБОЛЕВАНИЯ / ПЕРИОДИЧЕСКИЙ МЕДИЦИНСКИЙ ОСМОТР / ВРЕДНЫЙ ФАКТОР / ФАКТОР РИСКА ЛЕЧЕБНО-ПРОФИЛАКТИЧЕСКИЙ / РАБОЧИЙ ПЕРСОНАЛ / БИОЛОГИЧЕСКИЙ ФАКТОР / ХИМИЧЕСКИЙ ФАКТОР / LABOR PROTECTION / OCCUPATIONAL DISEASES / PERIODIC MEDICAL EXAMINATION / HARMFUL FACTOR / THERAPEUTIC AND PROPHYLACTIC RISK FACTOR / WORKING PERSONNEL / BIOLOGICAL FACTOR / CHEMICAL FACTOR

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Абдуллаев Аслиддин Зиехиддинович, Юсупходжаева Эллионора Нааримановна

Ushbu maqolada mehnat muhofazasi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida kasb kasalliklarini kamaytirish, kasb kasalliklarining prafilaktikasi, kasbiy zararlanishining asosiy sabablarini aniqlash va ularni kamaytirish chora, kasb kasalliklarini erta aniqlash uchun davriy tibbiy ko‘riklarning o‘z vaqtida o‘tkazilishining huquqiy va me’yoriy hujjatlari haqida fikrlar berilgan.В данной статье описаны нормативные документы по снижению профессиональных заболеваний. В результате работы выявлено основные причины производственного травматизма и мерам по их снижению, своевременному медицинскому обследованию на ранней стадии.The article examines the role of pedagogical technologies in training specialists in the field of labor protection and ways to improve the efficiency of their use, as well as specific methods of innovative pedagogical technologies that are convenient and easy to learn by students. Recommendations are given on the mechanism for revising effective teaching methods.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ОСНОВНАЯ ПРОФИЛАКТИКА ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ ЗАБОЛЕВАНИЙ ТЕНДЕНЦИИ»

ОСНОВНАЯ ПРОФИЛАКТИКА ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ ЗАБОЛЕВАНИЙ

ТЕНДЕНЦИИ

Абдуллаев Аслиддин Зиехиддинович Юсупходжаева Эллионора Нааримановна

Ташкентский государственный технический университет

В данной статье описаны нормативные документы по снижению профессиональных заболеваний. В результате работы выявлено основные причины производственного травматизма и мерам по их снижению, своевременному медицинскому обследованию на ранней стадии.

Ключевые слова: охрана труда, профессиональные заболевания, периодический медицинский осмотр, вредный фактор, фактор риска лечебно-профилактический, рабочий персонал, биологический фактор, химический фактор.

KASB KASALLIKLARINING ASOSIY PROFILAKTIK TAMOYILLARI

Ushbu maqolada mehnat muhofazasi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida kasb kasalliklarini kamaytirish, kasb kasalliklarining prafilaktikasi, kasbiy zararlanishining asosiy sabablarini aniqlash va ularni kamaytirish chora, kasb kasalliklarini erta aniqlash uchun davriy tibbiy ko'riklarning o'z vaqtida o'tkazilishining huquqiy va me'yoriy hujjatlari haqida fikrlar berilgan.

Kalit so'zlar: mehnat muhofazasi, kasb kasalliklari, davriy tibbiy ko'rik, zararli omil, xavfli omil davolash-profilaktik, ishlovchi xodimlar, biologik omil, kimyoviy omil.

BASIC PREVENTION OF OCCUPATIONAL DISEASES TRENDS

The article examines the role of pedagogical technologies in training specialists in the field of labor protection and ways to improve the efficiency of their use, as well as specific methods of innovative pedagogical technologies that are convenient and easy to learn by students. Recommendations are given on the mechanism for revising effective teaching methods.

Keywords: labor protection, occupational diseases, periodic medical examination, harmful factor, therapeutic and prophylactic risk factor, working personnel, biological factor, chemical factor.

Kirish. Mehnat muhofazasi ish jarayonida insonnning mehnat qobiliyatini, sog'lig'i va xavfsizligini ta'minlash uchun yo'naltirilgan qonunlar majmuasi, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, gigienik, profilaktik tadbirlarni o'z ichiga qamrab olar ekan, demak barcha jabhalarda fuqarolarning mehnat qilish sharoiti talab darajasida yaratilishi lozim[1,2].

Sanoat korxonalarida kasb kasalliklarini kamaytiradigan chora-tadbirlari, ishchilarga har xil zararli ta'sir ko'rsatuvchi moddalardan muhofaza qiluvchi qurilmalar va moslamalar tayyorlash yoki sotib olish, havo almashtirgich va konditsioner tizimlarini o'rnatish, eski turlarini qayta jihozlash, umumiy havo almashtirish usullari o'rniga moddalar ajratadigan joyni to'siqlash, aspiratsiya usuli, mukammallashtirilgan mashinalardan foydalanish, havo holatini, tarkibini kuzatadigan asboblar o'rnatish va boshqalar misol bo'ladi[3,4,5].

Ishlovchi xodimlarning sog'lig'ini muhofaza qilish va mustahkamlash davlat ahamiyatiga molik bo'lgan muhim vazifadir[1,6].

Sihat-salomatlik nafaqat kasalliklarning bo'lmasligi, balki yuqori darajadagi jismoniy va ruhiy bardamlikdir. Sog'liqni saqlashda mehnat faoliyatining holati muhim o'ringa egadir. shuning uchun ham mehnat sharoitlarini yaxshilash va kasb kasalliklarining oldini olish Respublikamizda

iqtisodiy rivojlanishga muhim ta'sir ko'rsatadi: sanoat, transport va qishloq xo'jaligining barcha sohalarida m ehnat sharoitlarining xavfsizligini ta'minlash va sog'lomlashtirishga yo'naltirilgan huquqiy muhim hujjatlar - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «O'zbekiston Respublikasida sanitariya nazorati» haqidagi Qonun, «O'zbekiston Respublikasida aholining sog'lig'ini muhofaza qilishning asosiy qoidalari» va boshqalar fikrimizni tasdiqlaydi[4,8].

Tadqiqot medotlari. Kasb kasalligi ishlab chiqarishning zararli omillarini hisobga olgan holda belgilanadi. Bu kasallikning fizik (kasbga aloqador karlik, vibratsiya kasalligi, nur kasalligi, kesson kasalligi, balandlik kasalligi va b.), biologik (infeksion va parazitar kasalliklar: brusellyoz, kuydirgi) va kimyoviy omillar ta'sirida (zaharlanish), ba'zi changlar uzoq vaqt nafasga olinganda (pnevmokonioz, bronxit va b.), shuningdek, jismoniy zo'riqqanda yoki shikastlanganda (nevrit, bursit) vujudga keladigan turlari farq qilinadi. Uning kelib chiqishiga organizmning o'ta toliqishi va kasallikka qarshi kurasha olish faoliyatining pasayishi ham sabab bo'ladi(rasmga qarang) [1,5].

Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkilotining eng ko'p uchraydigan kasbiy xavf omillarini baholash bo'yicha o'tkazgan so'nggi tadqiqotlariga ko'ra, Yevropa davlatlarida kasallik yukining kamida 1,6 foizi mehnat sharoitlari sabab yuzaga kelishi aniqlangan.

Unga ko'ra, xavflarning asosiy omillari sifatida: shikastlanish (40 foiz), shovqin (22 foiz), kanserogenlar (18 foiz), xavfli zarralar va ergonomik omillar (3 foiz) keltirilgan.

Surunkali kasalliklarning kasbiy yuki sifatida esa, bel og'rig'i (37 foiz),eshitish qobiliyatining pasayishi (16 foiz), o'pka zararlanishi bilan bog'liq kasalliklar (13 foiz), astma (11 foiz) va saraton (9 foiz) ko 'rsatilgan.

Kasb kasalliklari O'zbekistonda amal qiluvchi etiologik prinsipga asoslangan kasb kasalliklarining ro'yxatiga, ya'ni Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-iyuldagi 195-sonli qarorining 2-ilovasiga asosan tasdiqlanadi.

17,9%-jismoniy omillar ta'siridan 64%-sanoat aerozollari ta'siridan 11,2%-kimyovil omillar ta'siridan 6,9%-boshqa ishlab chiqarish omillari ta'siridan

Rasm. Kasb kasalliklarining paydo bo'lish omillari

Respublikamizda sanoat va qishloq xo'jaligi korxonalarida ishlovchilarga tibbiy-sanitar xizmat ko'rsatish ikki yo'nalishda olib boriladi:

1. Mehnat sharoitlarini muhofaza qilish va yaxshilash.

2. Tibbiy-profilaktika yordamini ko'rsatish.

Sanoatda va qishloq xo'jaligida ishlovchilarning sog'lig'ini muhofaza qilish va yaxshilash sanitariya-epidemiologiya nazorat markazlarining vazifalaridan biridir.

Kasbiy zararli omillarning ta'sirida ishlovchi shaxslarni dispanser kuzatish kasb kasalliklarining oldini olishda muhim ahamiyatiga ega[1,5,6].

Tibbiy ko'riklar (dastlabki va davriy) dispanser kuzatish shakllaridan biri bo'lib, ishlovchilarga tibbiy xizmat ko'rsatishda katta ahamiyatga egadir.

Ishlovchi xodimlarning tibbiy ko'riklari xodimlarning salomatligidagi o'zgarishlarni va melmatga qarshi tibbiy ko'rsatmalarni aniqlash, shuningdek, aholi salomatligini himoya qilish, kasalliklarning paydo bo'lishi va tarqalishi oldini olish maqsadida o'tkaziladigan davolash-profilaktika tadbirlaridir[2,3].

Ishchi va xizmatchilarning tibbiy ko'riklari quyidagi turlarga bo'linadi:

Dastlabki - kasbga nisbatan tibbiy reglamentni aniqlash maqsadida o'tkaziladigan tibbiy ko'riklar.

Davriy - mehnat faoliyati jarayonida olib boriladigan tibbiy ko'riklar.

Davriy ravishda tibbiy ko'rik o'tkazishdan maqsad:

> ishchi va xizmatchi xodimlar salomatligining ular bajaradigan ishiga mosligini aniqlash;

> ishlovchi xodimlar salomatligini kasbiy zararlar ta'siri sharoitida dinamik kuzatish;

> kasb kasalliklarining oldini olish va ularning boshiang'ich belgilarini o'z vaqtida aniqlash;

> ishlab chiqarishdagi zararli va xavfli omillar bilan ishlashni davom ettirishga to'sqinlik qiluvchi umumiy kasalliklarni aniqlash;

> baxtsiz hodisalarning oldini olish;

> davolash-profilaktika chora-tadbirlarini belgilash va o'tkazish.

Davriy tibbiy ko'rik ishchi va xizmatchi xodimlarning qonun bilan o'rnatilgan davriylik, bajaradigan ishi yoki faoliyatini amalga oshiradigan sharoitni ko'rsatib berishni ta'minlaydi. Tibbiy ko'rikning davriyligi ishlovchi xodimning salomatligida o'zgarishni kuzatish uchun zarur bo'lgan vaqtga, tibbiy ko'rik maqsadiga, ayrim hollarda tibbiy ko'rikdan o'tuvchining yoshiga bog'liq boiadi.

Masalan, baloat yoshiga yetm agan ishchilar to 18 yoshga to'lmagunlaricha har yili tibbiy ko'rikdan o'tishga majburdirlar. Zararli ish bilan band bo'lgan yosh ishchilar 21 yoshga to'lgunlaricha har yili tibbiy ko'rikdan o'tishlari shart.

Shu bilan birga, ayrim ish turlarida ishlovchi xodimning sog'lig'ini tezda aniqlash, bevosita har bir mehnat faoliyatiga qo'yishdan oldin ishga yaroqliligini tekshirish talab qilinadi. Buning uchun reys oldi yoki navbatchilik oldi tibbiy ko'rigi o'tkaziladi. Bularni doimiy tibbiy ko'rik turiga kiritish mumkin[3].

Yuqorida ko'rsatilgan tibbiy ko'riklar bilan birga, navbatdan tashqari (rejasiz) tibbiy ko'riklar o'tkazilishi mumkin. Tibbiy ko'rik asosan ish beruvchilar tomonidan yoki ishlovchi xodimlarning iltimoslariga binoan hamda kasb kasalliklari borligini aniqlash maqsadida tibbiy tavsiyanomalarga mos ravishda o'tkaziladi.

Ishlovchi xodimlarning tibbiy ko'riklarini ikki guruhga bo'lish mumkin:

I guruh - ishlovchilarning kasbga yaroqliligini tekshirish va kasb kasalliklarining oldini olish maqsadida o'tkaziladigan tibbiy ko'riklar.

Bunday ko'riklardan quyidagilar o'tishlari shart: S og'ir ishlarda va mehnat sharoitining zararli va noxush omillari ta'sirida ishlovchi shaxslar (jumladan, yerosti sharoitida ishlovchilar);

S transport vositalarining harakati bilan bog'iq ishlarda ishlovchilar; S 18 yoshga yetmaganlar va h.k.

II guruh - aholining sog'lig'ini muhofaza qilish, sanitar-epidemiologik xafvsizlikni ta'minlash (yuqumli kasalliklarning rivojlanishi va tarqalishining oldini olish) maqsadida o'tkaziladigan tibbiy ko'riklar.

Bunday tibbiy ko'riklardan quyidagilar o'tishlari shart: S oziq-ovqat sanoati va umumiy ovqatlanish muassasaiari ishlovchilari; S vodoprovod qurilmalari va ichimlik suvi bilan ta'minlash sohasida ishlovchilar;

S davolash-profilaktik va bolalar muassasalarida ishlovchi xodimlar; S boshqa muassasalar va h.k.

Kasbiy patologiyaning profilaktik yo'nalishi eng avvalo zararli va noqulay mehnat sharoitlarida ishlovchi shaxslarning davriy tibbiy ko'riklari orqali amalga oshiriladi.

Dastlabki davriy tibbiy ko'riklar organizmning a'zo va tizimlarida u yoki bu o'zgarishlar bo'lgan va zararli kasbiy omillarning ta'sirida ishlasliga ruxsat etilmaydigan shaxslarni ishga qo'ymaslikka yo'naltirilgan[1]. Bunday ko'riklar eng avvalo kasb kasalliklarining oldini olishga va ishlab chiqarishda ishga kirayotgan ishchining sog'ligini hisobga olgan holda ratsional ishga joylashtirish. ya'ni zararli omillarning ta'siri bilan bog'liq kasblarga ruxsat berishning tibbiy reglameatini aniqlashga qaratilgan bo'lib, profilaktik chora-tadbirlarni yaratuvchi sharoitlardan biridir, shuning uchun bunda quyidagilarni hisobga olish zarur:

❖ shaxsiy himoya choralariga rioya qilish;

❖ profilaktikaning biologik-fiziologik usullarini qamrab olgan choralarini to'liq o'tkazish;

❖ ishga kirishdan oldingi dastlabki tibbiy ko'rikni sifatli o'tikazish;

❖ ishga kirishdan oldingi dastlabki tibbiy ko'rikning sifatli o'tkazilishini nazorat qilish;

❖ ishlovchilarga sog'lom turmush tarziga yangicha qarash, sog'lom mehnat sharoitlariga talab. o'z sog'lig'iga e'tibor berishni o'rgatish;

❖ sanitar-qutqaruv ishlarini faollashtirish;

❖ birlamchi profilaktika maqsadida tibbiyot xodimlariga sog'lom turmush tarzini o'zlashtirish choralarini o'rgatish.

Yuqorida ko'rsatilgan chora-tadbirlarni bajarish uchun ularning bajarilishini ta'minlovchi va nazorat qiluvchi mexanizmni yaratish zarur hamda kasb kasalliklarining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni o'tkazishda korxonalarning ma'muriyati majburiy qatnashishi va ikki tomonlama (ish beruvchi va ishlovchi) majburiyatlar ko'rsatilgan huquqiy hujjatlar to'ldirilishi maqsadga muvofiqdir[6,7].

Davriy tibbiy ko'rik o'tkazilgandan keyin yakuniy dalolatnoma tuzishda differensiallangan dispanser nazoratini olib borish uchun quyidagi guruhlarni ajratish tavsiya qilinadi. Dispanser guruhlari:

D1 - zararli omillar va noxush ish sharoitlarining ta'siri bo'lmagan shaxslar. D2 - kasb kasalliklari rivojlanishi ehtimol bor shaxslar. D3 - kasb kasalliklari bilan kasallangan bemorlar.

Dispanser nazorati guruhlari alohida patologik belgilar yoki ularning birgalikda kechishiga ta'sir qiluvchi omillarning xarakteri va ular keltirib chiqaradigan patologiyaning xususiyatini hisobga olgan holda tashkil qilinadi. Profilaktik chora-tadbirlar ichida kasb kasalliklari rivojlanishi xavfi bo'lgan guruhni o'z vaqtida aniqlash va ularga davolash sogiomlashtirish majmuini o'tkazish ishchi aholining sog'lig'ini saqlashda katta ahamiyatga egadir. Kasb kasalliklari bilan kasallangan bemorlar D3 guruhiga kiritiladi va ularning dispanser nazorati Sog'liqni Saqlash Vazirligining maxsus buyrug'iga asosan olib boriladi.

Shu bilan birga, quyidagilarni hisobga olish va yodda saqlash zarur:

Barcha bemorlar kasb kasalligi aniqlanishi bilanoq, jumladan, kasallikning boshiang'ich klinikasi kam namoyon boigan holatlarda ham dispanser nazoratiga olinishi kerak.

Kasb kasalligi bilan kasallangan bemorlar mehnat qilishlari yoki nafaqada bo'lishlaridan qat'iy nazar, doimo davolash va dispanser nazoratida bo'lishlari shart.

Bemorlarni dispanser kuzatish prinsiplari kasb kasalliklarining shakli va kechish xususiyatlari bilan belgilanadi.

Kasb kasalliklarining avj olishi va asoratlari qo'shilishining oldini olish maqsadida, kasb kasalliklarining yaqqol ifodalangan shakllari bilan kasallangan barcha bemorlar har yili kasbiy kasalliklar klinikasida davolanishlari zarur.

Kasb kasalliklari bilan kasallangan bemorlarni dispanser nazorat qilish tizimida bemorlar reabilitatsiyasining tarkibiy qismi hisoblangan mehnatga to'g'ri joylashtirish alohida ahamiyatga ega.

Xulosa

Issiqlik natijasida paydo bo'ladigan kasallikning oldini olish, ish joyining isib ketishini kamaytirish uchun qator texnika va sanitariya-gigiyenik tadbirlar o'tkaziladi. Buning uchun issiqlikni o'tkazmaydigan ashyolar, sovituvchi va havo almashtiruvchi moslamalar va maxsus shaxsiy himoya vositalari ishlatiladi.

Sovuqqotishning oldini olish maqsadida ishlovchilarni maxsus kiyim, issiq poyafzal, to'yimli issiq ovqat bilan ta'minlash zarur, shu bilan birga ularga isinish va dam olish uchun maxsus xonalar ajratilishi kerak.

Past harorat sharoitlarida ishlovchi odamlarni, albatta, tibbiy ko'rikdan o'tkazib turish shart.

Vrachlik mehnat ekspertizasi masalalarini hal qilishda lazer nurlari sababli rivojlangan jarayonning qanchalik ifodalanganligiga va amalga oshirilgan davo choralarining samaradorligiga asoslanish lozim.

ADABIYOTLAR:

1. Mahmudova Sh.K. Kasb kasallkilari / Tibbiyot Oliy o'quv yurtlari uchun darslik. - T.: «Yangi asr avlodi», 2011. 408 b.

2. Sulaymonovich S. S. et al. Methods of forecasting and occurrence of traumatic damages i sport //International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering. - 2019. - Т. 8. -№. 9 S2. - С. 223-225.

3. Sulaymonovich S. S., Murtozayevich N. S. Studying and accounting sports injuries //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - Т. 10. - №. 7. - С. 759-763.

4. Shovkiddin N. et al. PROVISION OF LABOR PROTECTION AND ANALYSIS OF INJURIES OF ACTIVE PARTICIPANTS //Journal of Contemporary Issues in Business and Government Vol. - 2021. - Т. 27. - №. 2

5. Нарзиев Шовкиддин Муртозаевич, Рахимова Азиза Хусан Кизи ПРИМЕНЕНИЕ И АНАЛИЗ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ МЕТОДОВ В УЧЕБНОМ ПРОЦЕССЕ // ТЕСНика. 2021. №1 (5). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/primenenie-i-analiz-pedagogicheskih-metodov-v-uchebnom-protsesse (дата обращения: 08.04.2021).

6. Нарзиев Шовкиддин Муртозаевич, Ботиров Акбар Бахриддинович БЕЗОПАСНОСТЬ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ЧЕЛОВЕКА МЕТОДЫ ИЗУЧЕНИЯ И АНАЛИЗА РИСКОВ В ТРУДОВОМ ПРОЦЕССЕ // ТЕСНика. 2021. №1 (5). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/bezopasnost-deyatelnosti-cheloveka-metody-izucheniya-i-analiza-riskov-v-trudovom-protsesse (дата обращения: 08.04.2021).

7. Narziev S., Latibov S. Methods Of Ensuring Occupational Safety And Health In Sports //The American Journal of Engineering and Technology. - 2021. - Т. 3. - №. 04. - С. 89-94.

8. Narziev S., Asqarov J., Khokimyatov A. Methodology Of Organization Of The Labor Process And Preservation Of Employees' Health //The American Journal of Engineering and Technology. - 2021. - Т. 3. - №. 04. - С. 79-84.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.