Научная статья на тему 'ORONIMIYA VA GIDRONIMIYADA METAFORA HODISASINING NAMOYON BOʻLISH XUSUSIYATLARI (JANUBIY OʻZBEKISTON MATERIALLARI ASOSIDA)'

ORONIMIYA VA GIDRONIMIYADA METAFORA HODISASINING NAMOYON BOʻLISH XUSUSIYATLARI (JANUBIY OʻZBEKISTON MATERIALLARI ASOSIDA) Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

51
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
toponimika / oronimiya / gidronimiya / mеtafora / tеrmin-mеtafora / orografik obyеkt / gidrografik obyekt. / toponymy / oronymy / hydronymy / metaphor / term-metaphor / orographic object / hydrographic object.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Odil To’Xtamishovich Begimov

Toponimika sohasida amalga oshirilgan tadqiqotlarning koʻrsatishicha, toponimiyaning barcha turlarida ham metafora hodisasi bir xil darajada uchramaydi. Bu hodisa koʻproq toponimiyaning gidronimiya va oronimiya sohasida sodir boʻladi. Maqolada oronimiya va gidronimiyada mеtafora hodisasining namoyon bo‘lish xususiyatlari Janubiy Oʻzbеkiston materiallari asosida tadqiq etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Studies in the field of toponymy show that the phenomenon of metaphor does not occur in all types of toponymy at the same level. This phenomenon occurs mostly in the field of hydronymy and oronymy of toponymy. In the article, the characteristics of the manifestation of the phenomenon of metaphor in oronymy and hydronymy are studied on the basis of the materials of South Uzbekistan. The article uses materials from Southern Uzbekistan to study the features of the manifestation of the phenomenon of metaphor in oronymy and hydronymy.

Текст научной работы на тему «ORONIMIYA VA GIDRONIMIYADA METAFORA HODISASINING NAMOYON BOʻLISH XUSUSIYATLARI (JANUBIY OʻZBEKISTON MATERIALLARI ASOSIDA)»

ORONIMIYA VA GIDRONIMIYADA METAFORA HODISASINING NAMOYON BO'LISH XUSUSIYATLARI (JANUBIY O'ZBEKISTON

MATERIALLARI ASOSIDA)

Odil To'xtamishovich Begimov

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri,

filologiya fanlari doktori begimovodil@mail.ru

ANNOTATSIYA

Toponimika sohasida amalga oshirilgan tadqiqotlarning ko'rsatishicha, toponimiyaning barcha turlarida ham metafora hodisasi bir xil darajada uchramaydi. Bu hodisa ko'proq toponimiyaning gidronimiya va oronimiya sohasida sodir bo'ladi. Maqolada oronimiya va gidronimiyada metafora hodisasining namoyon bo'lish xususiyatlari Janubiy O'zbekiston materiallari asosida tadqiq etilgan.

Kalit so'zlar: toponimika, oronimiya, gidronimiya, metafora, termin-metafora, orografik obyekt, gidrografik obyekt.

ABSTRACT

Studies in the field of toponymy show that the phenomenon of metaphor does not occur in all types of toponymy at the same level. This phenomenon occurs mostly in the field of hydronymy and oronymy of toponymy. In the article, the characteristics of the manifestation of the phenomenon of metaphor in oronymy and hydronymy are studied on the basis of the materials of South Uzbekistan.

The article uses materials from Southern Uzbekistan to study the features of the manifestation of the phenomenon of metaphor in oronymy and hydronymy.

Keywords: toponymy, oronymy, hydronymy, metaphor, term-metaphor, orographic object, hydrographic object.

KIRISH

Toponimiya sohasida olib borilgan kuzatishlar geografik obyektlarning nomlanishida metafora hodisasi ko'proq gidronimiya va oronimiya sohasida namoyon bo'lishini ko'rsatdi. Ma'lumki, metafora bu obyktlarning o'xshashligi yoki individual xususiyatlari, joylashuvi va boshqalar asosida nomni bir obyektdan boshqasiga o'tishidir.

Toponimik nominatsiyada metaforalashuv jarayoni apellyativning onimga o'tishidan iborat. Tilshunoslikning boshqa

November, 2023

311

sohalarida bo'lgani kabi, onomastika sohasidagi metafora "ko'p jihatdan til egalarining dunyo manzarasi tasviri, ya'ni xalq ramziyligi va so'zning konnotatsiyalarini tashkil etuvchi voqelik, belgilar, harakatlar haqidagi mavjud g'oyalari bilan belgilanadi" [1].

Toponimik nomlar uchun mavjud lingvistik metaforaning uchta, ya'ni nominativ, kognitiv, obrazli turidan obrazli metafora eng xarakterli bo'lib, u "narsa-hodisalar ma'nosining belgi ifodalovchi so'zlarning semantik kategoriyasiga o'tishi" bilan tavsiflanadi. Masalan, Dastortosh (Dehqonobod tuman, balandlik), Zingirak (Shahrisabz tuman, cho'qqi), Kelintosh (Dehqonobod tuman, balandlik)oronimlari denotatning shaklini bildiradi, ya'ni bu nomlar obyektning shakliga ko'ra dastor (tojikcha salla)ga, zingirak (tojikcha otning egari)ga, tazim qilayotgan kelinga o'xshatilishidan kelib chiqqan bo'lishi mumkin.

Shunday qilib, toponimik metaforalashuv geografik obyektning barqaror o'xshashligini, doimiy belgisini ifodalaydi va nominativ funktsiyadan tashqari, shaxs tomonidan nominatsiya paytida subyektiv tushunishdan o'tgan ma'lum bir geografik obyektni ham tavsiflaydi.

Shu nuqtayi nazardan, nazarimizda, tabiiy-geografik jihatdan o'ziga xos ahamiyatga ega bo'lgan Janubiy O'zbekiston oronimiyasi va gidronimiyasida metaforik hodisalrni kuzatish dolzarblik kasb etadi. Metaforik nomlar toponimning har bir turida ham u yoki bu nisbatda uchraydi. Bunday nomlar o'zlarining g'ayrioddiyligi, emotsional-ekspressivlik bo'yoqdorlikka egaligi bilan ko'proq kishilar e'tiborni tortadi. Biz bu kuzatishlarimizda o'rganilayotgan hudud materiallari asosida toponimika sohasida mazmuni, tuzilishi, obraz turlari va boshqalar jihatidan metaforalashuv hodisasini tahlil qilishga harakat qilamiz.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Toponimika sohasida amalga oshirilgan tadqiqotlarning ko'rsatishicha, toponimiyaning barcha turlarida ham metafora hodisasi bir xil darajada uchramaydi. Bu hodisa ko'proq toponimiyaning gidronimiya va oronimiya sohasida sodir bo'ladi. Buning o'ziga xos sabablari bor, albatta. Bu sabablarning birinchisi, relef shakllari va suv havzalarining nomlari aholi punktlariga qaraganda qadimiyroq ekanligidadir. Ikkinchi sababi shundaki, gidronimlar va oronimlar boshqa turdagi obyektlar nomlariga qaraganda nisbatan kam o'zgarishga uchraydi. Chunki ular o'zlarining tabiiy-geografik xususiyatiga ko'ra, o'zgarish yoki yuqolishga moyilroq bo'lgan oykonimlar (aholi punktlari nomlari)ga qaraganda, barqarordir. Uchinchidan, tog'lar, tog'tizmalari, cho'qqilar, vodiylar, daryolar, ko'llarning tashqi belgilari inson his-tuyg'ularining real dunyo

November, 2023

312

hodisalari va dunyoni tushunishi bilan bog'lanib ketadi. Oykonimlarda esa ular asosida obyektning geografik xususiyatlarini solishtirish mumkin bo'lgan belgilar mavjud emas[3]

Tadqiqot metodologiyasi tilshunoslikda kuzatilgan ma'lum bir tarixiy-ijtimoiy jarayondagi barcha hodisalar tarixiy va ijtimoiy hodisalardan ajratmasdan talqin qilishga asoslanadi.

Tadqiqotning ilmiy-nazariy asoslarini zamonaviy tilshunoslikning onomosologiya sohasida qo'llaniladigan ilmiy fikrlarni tahlil qilish usullari tashkil etadi.

Shuningdek, toponimlarning lingvistik tadqiqida jamoa va xususiylik, mohiyat va hodisa, shakl va mazmun bilan uyg'unlashgan dialektik qonuniyatlarga asoslanadi.

Asosiy tadqiqot usuli sifatida qiyosiy-tarixiy, qayta tiklash, tuzilish va shakllanishiga ko'ra tahlil qilish, til faktlarini solishtirishdan foydalanilgan.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Kuzatiladiki, Janubiy O'zbekiston oronimiyasi va gidronimiyasi insonning real borliqdagi obyektlar bilan assotsiatsiyasiga asoslangan turli xil ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Bunday toponimlar obyektlarning shakli, hajmi, ularning makonga munosabati va boshqalarni namoyon etadi. Masalan, oronimiyada:Beshiktepa, Xumdonak, Yalpoqtepa, O'tovtosh, Tobatosh va boshqalar; gidronimiyada: Damariq, Bo'zariq, Sho'rjo'y, Shakarbuloq, Oqsuvva b.

Janubiy O'zbekiston toponimiyasini o'rganish metaforalar asosidagi obrazlar va belgilarning juda xilma-xilligini ko'rsatadi. Ularning quyidagi turlarini ajratish mumkin:

1. Orografik va gidrografik obyektlarning rang-tusi bo'yicha o'zaro o'xshashligi asosida nomlanishi: Qizilshiram(Dehqonobod,balandlik), Qizilgaza (Qamashi, tog dovoni). Sariqtepa (Barcha tumanlarda tepa), Sariqtuz (Shahrisabz, tog'), Oqdovon (Qamashi, tog' tizmasi), Oqjar (Chiroqchi, jar), Kuhisafed (Boysun, tog'), Ko'kjar (Boysun, jar), Ko'kkamar (Boysun, tog'), Ko'kko'tal (Boysun, dovon) va b.; Qizilsuv (daryo), Oqsuv (daryo), Qorasuv (soy) va b.

2. Orografik va gidrografik obyektlarning shakli va hajm belgilarining o'zaro o'xshashligiga asosida nomlanishi: Kichikdapsan (Chiroqchi, tepa), Kichiktarpi (Chiroqchi, balandlik), Kattatarpi (Chiroqchi,balandlik), Kattataxta (Dehqonobod,balandlik), Kattataqir (Dehqonobod, balandlik); Kattaariq Shahrisabz, ariq), Kattasoy (Sahrisabz, soy), Egrisuv (Qamashi, soy) va b.

3. Geografik obyektlarning insonga xos xususiyatlar va holatlarga o'xshatish asosida nomlanishi: Ko'rdara (Dehqonobod,

November, 2023

313

dara), Ko'rqapchig'ay (Qamashi, dara), Yetimoq (Dehqonobod, balandlik),Yetimtaxta (Dehqonobod, tog') va b.

4. Orografik obyektlarning hayvonlarga nisbat berish asosida nomlanishi: Tuyaboshi (Kitob, balandlik), Tuyabo'yin (Qamashi, balandlik), Tuyasingir (Chiroqchi, balandlik), Tuyatosh (Shahrisabz, adir), Tuyashoti (Dehqonobod, balandlik) va b.

Shunday qilib, geografik obyektlarning nomlari asosidagi obraz va belgilarni tahlil qilish natijasida biz metaforik toponimlarning ma'lum bir assotsiativ informativlikka egaligini e'tirof etishimiz mumkin.Bu esa nomlangan obyektni boshqa o'xshash obyektlardan ajratib turadigan xarakterli belgilarini ko'rsatadi.

Aksariyat toponimlar ko'plab miqdordagi metafora asosida hosil bo'lgan geografik atamalardan tarkib topgan bo'ladi. E.M. Murzayevning fikricha, "ma'nolarning ko'chirilishi ma'lum bir qonuniyatga b o'ysunadi", "metafora atamalari o'xshash turkumlarga kiritilgan, ularda inson va hayvon tanasining qismlarni bildiruvchi so'zlarni geografik terminlarda aniq ko'rsatadigan universal qobiliyat mavjud..." [10]. Janubiy O'zbekiston toponimiyasida odam yoki hayvon tanasining qismlarini ifodalovchi so'zlardan kelib chiqqan quyidagi metaforik terminlar mavjudligi kuzatiladi: bag'ir//bovir, bel, bosh, burun, tumshuq, bo'yin, kindik,og'iz//oviz, sar, etak, qangshar//qanshar, qovoq, qosh,qo'l, shox//shax, barmoq, panja.

Bu metaforik terminlar o'rni bilan oronimlar va gidronimlar tarkibida indikator vazifasida keladi. Janubiy O'zbekiston hududida oronimlarning asosini tashkil etuvchi anatomik xarakterdagi ko'plab termin-metaforalar mavjud bo'lib, biz ulardan ba'zilariga to'xtalib o'tamiz.

Bel orografik termin metafora sifatida tog'larda uncha baland bo'lmagan keng dovon; uzun cho'zilgan, qirralari sezilmaydigan do'nglik ma'nosida qo'llanadi [5].

O'zbek tilining izohli lug'atida ham uning geografiyaga oid so'z sifatida terminlik ma'nosiga egaligi qayd etilgan: «Bel geogr. Tog' va tepaliklarning egarsimon eng baland joyi» [7]. Janubiy O'zbekiston hududida Olabel (Dehqonobod, balandlik), Qorabel (Shahrisabz, tog' tizmasi)oronimlari uchraydi.

Burun orografik termini metafora sifatida tog' burni, bo'rtib chiqqan do'nglik, yirik balandlikning qirrali tomoni, quruqlikning okean, dengiz, ko'llarga eng ko'p turtib kirgan uchli qismi kabi tushunchalarni ifodalaydi. Tog' burni birikmasi Maxmud Koshg'ariy lug'atida ham tog' burni ma'nosida izohlangan [8].

Tumshuq - tog' tizmasi yoki yirik balandliklar, cho'ziq qirlar bag'rida turtib chiqqan, bo'rtib turgan do'nglik [5]. Janubiy O'zbekiston toponimiyasida bu atamalardan yasalgan Tumshuq

November, 2023

314

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

(G'uzor, Chiroqchi, Boysun, balandlik), Aylanatumshuq (Kitob), O'rtatumshuq (Shahrisabz), Qiziltumshuq (Qamashi, Boysun, Sherobod), Kichiktumshuq, Mergantumshuq (Dehqonobod, balandliklar), Tumshuqtog' (Boysun,tog'), Oqtumshuq (Sho'rchi).

Bo'yin oronimiyada metaforik termin sifatida uzunasiga cho'zilgan do'nglik, qir, usti yassi balandlik kabi orografik obyektlarni ifodalaydi. Shu so'z asosida oronimiyada bo'ynoq atamasi ham kelib chiqqan. Maxmud Koshg'ariy lug'atida buynaq - "tog' bo'yni" deb izohlangan [8]. Uning shu ma'nolari asosida oronimlar hosil qilingan: Tuyabo'yin (Qamashi, balandlik), Tuyabo'yin (Shahrisabz, balandlik).

Kindik so'z o'zbek tilida inson qornining o'rta qismi ma'nosidagi anatomik tushuncha ifodalaydi. Shu xususiyati asosida oronimiyada metaforik termin sifatida tepalik, balandlik joylarning o'rta qismini bildiradi: Kindiktepa (Chiroqchi, Shahrisabz, tepa).

Og'iz//oviz orografik termini metafora sifatida og'iz > oviz > ovuz -daralarga, tog'ning ichki qismlariga o'tish mumkin bo'lgan so'qmoq, guzar [5]. Janubiy O'zbekiston oronimiyasida bu indikatordan yasalgan Birovuzli (Qamashi, dara), Birog'iz (Yakkabog', dara) kabi oro-gidronimlar uchraydi.

Etak termini metafora sifatida daryo quyi oqimidagi yerlar (daryo etagi), shahar, qishloq yoki biror joyning pastki yoki chekka qismi, tog' etagi tushunchasini ifodalaydi [5]. Bu atamaning fors-tojikcha shakli doman, domana - har bir narsaning quyi qismi, etagi, tagi, tog' etagi. Tarixiy yodgorliklarda, masalan, «Boburnoma»da domana tog' yonbag'ri, tog' etagi ma'nosida qo'llanilgan [4]. Janubiy O'zbekiston toponimiyasida Etak (Sherobod, Koson, qishloq), Etakovul ( Chiroqchi, Koson, qishloq) kabi nomlar uchraydi.

Qovoq metaforik termin sifatida gidrografik obyektlar, ya'ni daryo va ko'llarning baland qirg'og'i; orografik obyektlar, ya'ni jarlik, daralarning cheti, tegrasi; ust qismi yassi tarzda bo'lib, ko'rinishi inson qovog'iga o'xshash shaklga ega bo'lgan qavariq joy, balandliklarni ifodalaydi [5].

Demak, qavoq so'zi orografik termin sifatida balandlikning bir turini bildiradi. Janubiy O'zbekiston tog'li hudud aholisi nutqida bu termin usti yassi, old tomoni tik tushgan balandlik tushunchasini ifodalaydi. Qavoq tushunchasini ifodalaydigan balandliklardan yaylov sifatida foydalaniladi. Shuning uchun bu so'z yaylov so'zi bilan ma'nodoshlik xususiyatini namoyon etadi. Bu metaforik terminHusanqovoq, Kattaqovoq, Toshqavoq, Archaliqovoq (Dehqonobod, balandlik), Mo'ngqavoq (Boysun,balandlik), Yakkaqavoq (Sarosiyo, balandlik) kabi

oronimlar tarkibida indicator sifatida qo'llanlgan.

November, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, A.B. Superanskaya ta'kidlaganidek, "nominatsiya odatda turli xil assotsiatsiyalar bo'yicha ba'zan tushunib bo'lmaydigan va faqat ism qo'yganlar uchun tushunarli nutq vaziyatida sodir bo'ladi" [11]. Xalq fantaziyasiga ko'ra yaratilgan obrazlar bilan assotsiatsiyalar obyektning mo'jizakot shakli, g'ayrioddiy rangi, kutilmagan joylashuvi va boshqa o'ziga xos xususiyatlariga ega bo'lgan hollarda paydo bo'ladi. Oronimiya va gidronimiyada metaforik ko'chishning namoyon bo'lish xususiyatlari murakkab va kam o'rganilgan hodisadir. Har bir tarixiy davrda nom ijodkorlari bo'lgan mahalliy aholi uchun u yoki bu obyektni nomlashning o'ziga xos motivlari bo'lgan. Metafora yo'li bilan hosil qilingan nomlar obyektning nomlanish motivi haqida aniq tasavvur beradi.

REFERENCES

1. Arutyunova N.D. Metafora // Russkiy yazik. Entsiklopediya / Pod red. F.P. Filina. — M., 1979. -S. 140 — 141.

2. Ataniyazov S.A. Turkmenistaning geografik atlarining dushundirishli so'zlugi. -Ashxabad, 1980. -B.87.

3. Metafora oronimlarning shakllanishida muhim motivatsiya vositasi sifatida (Janubiy O'zbekiston oronimlari misolida)// QarDU xabarlari, 2022, 6/2 (56). -B.150.

4. Bobur. Boburnoma. - T.: Fan, - 1960. -B. 51.

5. Geografik terminlar va tushunchalar izohli lug'ati (tuzuvchilar: Qorayev S., G'ulomov P., Rahimbekov R.). T., 1979. -B. 150.

6. Konkobaev K. Toponimiya Yujnoy Kirgizii. Frunze, 1980. -S.94.

7.Koshgariy M. Devonu lug'atit turk. Toshkent: Fan, T. I, 1960. -B. 341.

8. Koshg'ariy M. Devonu lug'atit turk. Toshkent: Fan, T. III , 1963. -B. 190.

9. Malov S. Ye. Pamyatnike drevnetyurkskoy pis'minnosti. M. - L., 1951. -S.412.

10. Murzaev E.M. Ocherki toponimiki. — M., 1974. —382 s.

11. Superanskaya A.V. Obshaya teoriya imeni sobstvennogo. M., 1973.

XULOSA

November, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.