Научная статья на тему 'O'QITISHNING ZAMONAVIY METODLARI'

O'QITISHNING ZAMONAVIY METODLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
4156
319
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
interfaol metod / o‘qituvchi / usul / keys-stadi / gugurt donalari / aqliy hujum / intervyu / rolli o‘yin / so'z o'yini / tayanch iboralar / klasster. / interactive method / teacher / method / keys-stadi / match grains / brainstorming / interview / Role-Playing Game / word game / base phrases / Claster.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — H. Qahharova

Ushbu maqolada amaliy darslarda zamonaviy metodlar asosida darslar o’tish va foydalanish haqida tavsiya keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MODERN TEACHING TECHNIQUES

This article provides a recommendation on the passage and use of classes in practical classes based on modern techniques.

Текст научной работы на тему «O'QITISHNING ZAMONAVIY METODLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'QITISHNING ZAMONAVIY METODLARI Qahharova Hilola Abdusamat Qizi

Guliston davlat universiteti "Tabiiy fanlar" fakulteti Biologiya yo'nalishi 3-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7450539

Annotatsiya. Ushbu maqolada amaliy darslarda zamonaviy metodlar asosida darslar o'tish va foydalanish haqida tavsiya keltirilgan.

Kalit so'zlar: interfaol metod, o'qituvchi, usul, keys-stadi, gugurt donalari, aqliy hujum, intervyu, rolli o'yin, so'z o'yini, tayanch iboralar, klasster.

СОВРЕМЕННЫЕ МЕТОДЫ ОБУЧЕНИЯ

Аннотация. В данной статье дается рекомендация о прохождении и использовании на практических занятиях занятий, основанных на современных методиках.

Ключевые слова: интерактивный метод, учитель, метод, тематическое исследование, спички, мозговой штурм, интервью, ролевая игра, игра слов, базовые фразы, класс.

MODERN TEACHING TECHNIQUES

Abstract. This article provides a recommendation on the passage and use of classes in practical classes based on modern techniques.

Keywords: interactive method, teacher, method, keys-stadi, match grains, brainstorming, interview, Role-Playing Game, word game, base phrases, Claster.

"Agar mendan sizni nima qiynaydi?" deb so'rasangiz, farzandlarimizning ta'lim va

tarbiyasi deb javob beraman Sh.Mirziyoyev

Bugungi kunda globallashuvni ilm-fan tamoyillariga muvofiqlik asosida tashkil etish bu kabi muammolarni bartaraf etishning asosiy omillari sifatida qarash maqsadga muvofiqdir. Ta'limning noyob imkoniyatlari hozir nafaqat inson aqlini yangi tezkor imkoniyatlar bilan qurollantirish, balki uning ongini qayta qurish bilan bog'liq. Insoniyat sivilizatsiyasi rivojining yangi bosqichi insonning shakllanish jarayoni, shaxsiy fazilatlar, hayotiy maqsadlar va qadriyatlar haqidagi tasavvurlarini o'zgartiradi. O'sib kelayotgan yosh avlod uchun ta'lim tizimi sifat jihatdan yangicha talablar qo'yadi. Ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirish o'z navbatida bu sohada yangi, zamonaviy, ilg'or pedagogik texnologiyalarni izchil joriy etishga ko'p jihatdan bog'liq. Ta'lim samaradorligi o'quvchi bu jarayonda qay darajada faol qatnashayotganligi bilan belgilanishini hisobga olgan xolda yangi o'qitish uslublari, shakllari ta'lim oluvchilarga mustaqil fikrlash, ijodiy yondashish uchun imkoniyat yaratadi.

O'qitishning zamonaviy metodlarini qo'llash o'qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq. An'anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda uni ta'lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan turli-tuman metodlar bilan boyitish ta'lim oluvchilarning o'zlashtirish darajasi o'sishiga olib keladi.

Interfaol ta'lim metodlari hozirda eng ko'p tarqalgan va barcha turdagi ta'lim muassasalarida keng qo'llanayotgan metodlardan hisoblanadi. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta'lim beruvchi tomonidan ta'lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta'lim jarayonida faolligi muttasil rag'batlantirib turilishi, o'quv materialini kichik-

2293

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

kichik bo'laklarga bo'lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo'naltiruvchi matn, loyiha, rolli o'yinlar kabi metodlarni qo'llash va ta'lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi. O'qitishning interfaol usullarini tanlashda ta'lim maqsadi, ta'lim oluvchilarning soni va imkoniyatlari, o'quv muassasasining o'quv-moddiy sharoiti, ta'limning davomiyligi, o'qituvchining pedagogik mahorati va boshqalar e'tiborga olinadi.

Interfaol metodlar deganda - ta'lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta'lim jarayonining markazida ta'lim oluvchi bo'lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo'llanilganda ta'lim beruvchi ta'lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta'lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi.

Interfaol metodlar

O'rganilayotganlarini o'zlashtirishga da'vat qilish metodlari YaIigi materialni anglash metodlari 0'r«anil«anlarini fikrlashga imkon beruvchi metodlar

Erkin yozish. JClaster. Aqliy hujum. ß-D-O chizmasi. Chalkashtirilgan mantiqiy zanjirlar ketma-ketligi. Semantik xususiyatlar tahlili. Semantik xususiyatlar tahlili. B-B-B chizmasi. O'qitish bo'yicha qo'llanma. Bir-biriga o'rgatish. Bir-biridan so'rash. Ikki qismli kundaliklar. Eng asosiy tushunchalar Eng asosiy tushunchalar, takrorlash. T-chizma. IConseptual jadval. Venn diagrammasi. Nilufar guli. Besh minutlik esse. 04n minutlik esse.

Hozirgi kunda eng ommaviy interfaol ta'lim metodlari quyidagilar sanaladi: "Keys-stadi" (yoki "O'quv keyslari"), "Blist-so'rov", "Modellashtirish", "Ijodiy ish", "Muammoli ta'lim" va b.Interfaol ta'lim strategiyalari." Aqliy hujum", "Bumerang", "Galereya", "Zig-zag", "Zinama-zina", "Muzyorar", "Rotastiya", "Yumaloqlangan qor" va boshqalar.

"Keys-stadi" texnologiyasi - "Case study" technology: Muammoli vaziyat; talabalarda aniq, real yoki sun'iy yaratilgan muammoli vaziyatni tahlil qilish orqali eng maqbul variantlarini topish ko'nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladigan texnologiya.

"Keys-stadi" texnologiyasi

"Case" so'zi, lotincha "casus"- "voqea, hodisa" so'zidan kelib chiqqandir. Boshqacha aytganda, bu tushuncha hayotda yuz beradigan qandaydir voqea yoki hodisani, aniq bir vaziyatning tafsilotini anglatadi. Umuman olganda, keys - stadi (aniq bir holat yoki vaziyat), muayyan jarayonida sodir bo'ladigan haqiqiy voqelikni so'zlar, raqamlar, obrazlarda ifoda etishda namoyon bo'ladi. Bundan tashqari, bu ifoda ta'lim sohasida, hodisa yoki vaziyatni tadqiq etish uchun ishlatiladigan axborot, stenografiya sifatida qo'llaniladi. Keys-stadi hodisa yoki vaziyatni oddiy tafsilotidan farqli o'laroq, u o'quv materialini o'zlashtirish uchun ko'maklashuvchi axborotni o'z ichiga oladi, bunga duch kelgan muammoni aniqlash va uning echim yo'llarini izlash orqali erishiladi. Keys-stadi, muayyan o'quv maqsadli bilim olish vositasi sifatida ishlab chiqilishi zarur. Ushbu maqsadlar keng ko'lamli bo'lib, axborotlar,ma'lumotlar yoki tafsilotlar bilanta'minlanishini nazarda tutadi, ular muayyan qarashlar yoki usullarni namoyish etishda qo'llanilishi mumkin.

Keysni tuzishda muayyan vaziyatni ifodalash uchun uning yozma shaklidan foydalanish shart emas. Vaziyatlarni ifodalash uchun fotografiya, videofilmlar, audioyozuvlar yoki slaydlardan foydalanish mumkin. Barcha ushbu vositalar tahsil oluvchilarga vaziyatni

2294

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

haqiqatga yaqinroq gavdalantirishga yordam beradi. Shu bilan birga yozma shakldagi axborot masalan fotografiya shaklidagi axborotdan ko'ra qayta ishlash va tahlil etish uchun qulayroqdir. Bu hollarda fotograflyalami yozma shakldagi axborot bilan to'ldirish zarur. Yozma keyslarni o'rganish tajribasi bo'lgan tahsil oluvchilarni o'qitishda multivositalar axborotlaridan foydalanilgan keyslarni qo'llash maqsadga muvofiqdir.

Keys-stadi (muayyan vaziyatlar) individiumlar, sheriklar, guruhlarda, korxonalarda, hattoki butun bir mamlakat miqyosida o'zining ta'lim xususiyatiga ko'ra nazarga keluvchi muammolarni ifodalashi mumkin. Keyslar ta'limning turli sohalarida: biznes, boshqaruv, tibbiyot, arxitektura, qurilish, hamda nostandart muammolar majmuasi echimini qabul qilish malakasini talab etadigan barcha fanlarda qo'llanilishi mumkin.

"Keys-stadi" yordamida o'qitishda muammolar aniqlanadi, echimlar topiladi, tavsiyalar ishlab chiqiladi. Sifatli keys-stadilar, ularni tayyorlash, rasmiylashtirish va tekshirish uchun ko'p vaqt talab etadi. Shu bilan birga to'g'ri tuzilgan va o'quv faniga kiritilgan keys-stadi, fanni o'zlashtirishda ko'zlangan natijalarga erishishga imkoniyat beradi.

"Gugurt donalari" strategiyasi

"Gugurt donalari" strategiyasi o'quv materiallarining talabalar tomonidan o'rganilgan qay darajada egallanganligini aniqlash maqsadida qo'llaniladi. Strategiya talabalarga o'quv materialining mavzusidan kelib chiqqan holda turli muammoli masala yoki vaziyatlarni yaratish, mavzuning asosiy tayanch tushunchalarini ajratib olish, ularni izohlash, tahlil qilish, ta'riflashda yordam beradi. SHuningdek, strategiya mashg'ulot davomida har bir talabaga turli topshiriqlarni individual bajarish, uning ustida mustaqil ishlash imkonini beradi.

"Intervyu" metodi

Intervyu metoditexnologik maqsadi: har bir muammo bo'yicha ma'lum axborotga ega bo'lish, hozir javoblikka o'rgatish, mavzuni mustahkamlash.

Xuddi suhbat metodi kabi intervyu metodi ham savol-javob metodiga tegishlidir. Ko'pincha intervyu uchun savollarni sotsiologik anketalarga o'xshatib, ya'ni turli masalalar yuzasidan ko'plab javoblar olishni ko'zlab tuziladi. Intervyu metodiga bunday tarzda yondashish tadqiqotning faqat birinchi bosqichiga, muammo bilan dastlabki tanishish bosqichiga to'g 'ri keladi. Biroq bilimlarni va o'rganilayotgan psixik xususiyatlarning tuzilishini hisobga olib tuzilgan savollar o'rganilayotgan holatlar tuzilishi hamda darajalarini bundan keyin aniqlash uchun juda qimmatli natijalar berishi mumkin.

Bu metodning texnologini o'tkazilish tartibi: ishtirokchilar 3 ta guruh va 1 ta ekspert, 3 ta jurnalistgabo'linadilar. Har bir guruh oldindan tayyorlab qo'yilgan klip, film namoyishini o'tkazadi. So'ngra ular oldiga guruhga biriktirilgan jurnalist kelib, intervyu oladi va sharhlab beradi. Guruhga tayyorgarlik uchun 15 daqiqa vaqt beriladi. Guruhdagi eng faol ishtrokchilar savol - javob jarayonida qatnashishlari orqali aniqlanadi.

"Rolli o'yin" metodi

"Rolli o'yin" metodi - ta'lim oluvchilar tomonidan hayotiy vaziyatning har xil shart-sharoitlarini sahnalashtirish orqali ko'rsatib beruvchi metoddir.

Rolli o'yinlarning ishbop o'yinlardan farqli tomoni baholashning olib borilmasligidadir. Shu bilan birga "Rolli o'yin" metodida ta'lim oluvchilar ta'lim beruvchi tomonidan ishlab chiqilgan ssenariydagi rollarni ijro etish bilan kifoyalanishsa, "Ishbop o'yin" metodida rol ijro etuvchilar ma'lum vaziyatda qanday vazifalarni bajarish lozimligini mustaqil ravishda o'zlari hal etadilar.

2295

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Rolli o'yinda ham ishbop o'yin kabi muammoni yechish bo'yicha ishtirokchilarning birgalikda faol ish olib borishlari yo'lga qo'yilgan. Rolli o'yinlar ta'lim oluvchilarda shaxslararo muomala malakasini shakllantiradi.

"Rolli o'yin" metodida ta'lim beruvchi ta'lim oluvchilar haqida oldindan ma'lumotga ega bo'lishi lozim. Chunki rollarni o'ynashda har bir ta'lim oluvchining individual xarakteri, xulq-atvori muhim ahamiyat kasb etadi. Tanlangan mavzular ta'lim oluvchilarning o'zlashtirish darajasiga mos kelishi kerak. Rolli o'yinlar o'quv jarayonida ta'lim oluvchilarda motivatsiyani shakllantirishga yordam beradi.

"Rolli o'yin" metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:

1. Ta'lim beruvchi mavzu bo'yicha o'yinning maqsad va natijalarini belgilaydi hamda rolli o'yin ssenariysini ishlab chiqadi.

2. O'yinning maqsad va vazifalari tushuntiriladi.

3. O'yinning maqsadidan kelib chiqib, rollarni taqsimlaydi.

4. Ta'lim oluvchilar o'z rollarini ijro etadilar. Boshqa ta'lim oluvchilar ularni kuzatib turadilar.

5. O'yin yakunida ta'lim oluvchilardan ular ijro etgan rolni yana qanday ijro etish mumkinligini izohlashga imkoniyat beriladi. Kuzatuvchi bo'lgan ta'lim oluvchilar o'z yakuniy mulohazalarini bildiradilar va o'yinga xulosa qilinadi.

Ushbu metodni qo'llash uchun ssenariy ta'lim beruvchi tomonidan ishlab chiqiladi. Ba'zi hollarda ta'lim oluvchilarni ham ssenariy ishlab chiqishga jalb etish mumkin. Bu ta'lim oluvchilarning motivatsiyasini va ijodiy izlanuvchanligini oshirishga yordam beradi. Ssenariy maxsus fan bo'yicha o'tilayotgan mavzuga mos ravishda, hayotda yuz beradigan ba'zi bir holatlarni yoritishi kerak. Ta'lim oluvchilar ushbu rolli o'yin ko'rinishidan so'ng o'z fikr-mulohazalarini bildirib, kerakli xulosa chiqarishlari lozim.

«So'z o'yini» metodi

Bu metodning texnologik maqsadi: tinglovchilarni mustaqil fikrlashga o'rgatadi, o'z fikrlarini erkin bayon kiladi, boshqalarning fik rini eshitishga va xulosa chiqarishga o'rgatadi. Uyin tartibi : tinglovchilar kichik guruhga ajratiladi.

Guruhlar: Misol uchun "Yuksak hayvonlar klonlarini yaratish biotexnologiyasi" ishlqab chiqilishi, uning biotexnologiyadagi o'rni haqida o'zaro fikrlashib, navbat bilan o'z mulohazalarini bildiradilar.

"So'z o'yinida" guruhlar kartochkalarni tanlab, ularda joylashtirilgan ma'lumotlardan hujayra va hayvon gen muhandisligiga doirlarini ajratib chiqishadi.

Natijalar doskada yoritiladi. O'qituvchi biror so'zi yozilgan format tarqatilgan kogozlarda "klaster" mashqini bajarib bo'lgach, o'qituvchi so'zlarni mantiqiy guruhlashtirish to'g'risida topshirik beradi. Masalan, ta'limiy, tarixiy yoki tarbiyaviy yo'nalishlarda guruhlashtirish. Topshiriq bajarilgach, guruhlarininh fikr-mulohazalari tinglanadi.

"Tayanch iboralar" metodi

"Tayanch iboralar" metodining texnologik maqsadi:

> talabalarning fanga bo'lgan qiziqishini orttirish;

> o'tilgan barcha mavzularni takrorlashga undan;

> kitob daftarlardanfoydalanmasdan, o'zining haqiqiy bilimini sinab ko'rish;

> talabani diqqatini jamlab, tez aniq fikrlashga o'rgatish;

2296

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

> darsga guruxdagi barcha talabalarning jalb etilishi va har bir talabani baxolanishiga erishish;

> mashg'ulot o'tkazish tartibi :

Guruhlarga bo'lingan o'quvchilarga tayanch atamalar yozilgan tarqatma materiallar tarqatiladi. O'quvchilarga tanishib chikish uchun 2 daqiqa vaqt beriladi. So'ng o'qituvchi bir atamaning ilmiy ta'rifini o'qiydi, talabalar guruxi bilan maslaxatlashib to'g'ri deb hisoblagan javoblarini komanda berilgandan so'ng baravar ko'taradilar. (1 tadan ortiq ortiq javobni ko'tarish, kech kolib javob ko'tarish mumkin emas.) shu tarzda barcha ta'riflar o'qiladi, javoblar doskasida o'qituvchi tomonidan belgilab boriladi. Ya'ni doska 4 ga bo'linadi, to'g'ri javobni ko'targan guruhga chiziqcha kuyib ketiladi. Oxirida javoblar sanaladi, eng ko'p to'g'ri javob bergan guruh a'zolari 3 balldan, o'rtacha natija ko'rsatgan gurux 0,5 ball va eng kam natijaga erishgan guruh talabalariga 2 balldan ko'yiladi. Kutiladigan natijalar: Guruhdagi barcha ishtirokchilarni passiv tinglovchidan faol ishtirokchiga aylantiriladi.

Ishtirokchilarni atamalarning faqat ilmiy ta'rifini bilishga emas balki shu atamaning tarifini sodda tilda tushuntirishga undaydi. Ishtirokchilarning shu mavzularning to'liq o'zlashtirishga erishiladi, tez fikrlashga o'rgatiladi.

Xulosa shundaki, interfaol metodlar asosida o'quvchilar yaxshi o'zlashtirib oladilar, 8090% samaradorlikka erishiladi. Bu usulning qoidasi "O'zim ishlashimga imkon ber, shunda u bir umr meniki bo'lib qoladi".

REFERENCES

1. J.G'.Yo'ldoshev, S.A.Usmonov. Pedagogik texnologiya asoslari. T- O'qituvchi, 2004.

2. R.J.Ishmuhamedov Innovatsion texnologiyalar yordamida ta'lim samaradorligini oshirish yo'llari. T- 2006.

3. Utemov V.V., Zinovkina M.M., Gorev P.M. Ijodkorlik pedagogikasi: ilmiy ijodkorlikning amaliy kursi: darslik. - 2013. - 212 p.

4. Абдумавлонова Ф. Х., Сейтов А. Ж. СХЕМЫ ГОРНЕРА НА МАТЕМАТИЧЕСКОМ ПАКЕТЕ MathCAD //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. CSPI conference 3. - С. 811-816.

5. Сейтов А. Ж., Абдумавлонова Ф. Х. Решение геометрических задач с помощью математического пакета MAPLE //Academic research in educational sciences. - 2021. -Т. 2. - №. 6. - С. 933-941.

6. Abdumavlonova F. THE CONCEPT OF THREE-DIMENSIONAL SPACE AND CONSTRUCTION OF VOLUMETRIC BODIES ON THE MATHEMATICAL PACKAGE GEOGEBRA //Science and Innovation. - 2022. - Т. 1. - №. 8. - С. 938-950.

7. Salaeva М. N. et al. PISA TADQIQOTIDA KREATIV FIKRLASHNI BAHOLASH MAQSADI VA ASOSIY E'TIBORI //Academic research in educational sciences. - 2021. -Т. 2. - №. 5. - С. 1358-1364.

8. Сейтов А. Ж., Абдумавлонова Ф. Х. ПРИМЕНЕНИЕ МАТЕМАТИЧЕСКОГО ПАКЕТА MATHCAD ДЛЯ ПРОВЕДЕНИЯ УРОКА НА ТЕМУ «ДИФФЕРЕНЦИАЛЬНЫЕ МОДЕЛИ» В 11-КЛАССЕ //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. 8. - С. 153-160.

2297

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.