Научная статья на тему 'OQDARYO TO’QAY BIOTOPLARIDA O’SUVCHI JUMRUTSIMON CHAKANDA VA YOVVOYI SHAKAR QAMISH O’SIMLIKLARINING NEMATODAFAUNASINI TAQQOSLAB O’RGANISH'

OQDARYO TO’QAY BIOTOPLARIDA O’SUVCHI JUMRUTSIMON CHAKANDA VA YOVVOYI SHAKAR QAMISH O’SIMLIKLARINING NEMATODAFAUNASINI TAQQOSLAB O’RGANISH Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
fitonematoda / rizosfera / fitogelmintalogiya / kserofil / mezofil / viruslar / zamburug’lar / shakar qamish / jumrutsimon chakanda parazit nematodalar / patogen / Mauntford umumiylik ko’rsatgichi. / phytonematoda / rhizosphere / phytohelminthology / xerophyll / mesophyll / viruses / fungi / sugar cane / parasitic nematodes / pathogen / Mountford index.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Boltayev K.S., Mamarasulova N.I., Saydiyeva D.B.

Ilmiy maqolamizning asosiy maqsadi Oqdaryo to’qay biotoplarida o’suvchi o’simliklar, jumladan jumrutsimon chakanda nematodafaunasini shu biotopda o’suvchi yovvoyi shakar qamish ildizi va ildiz atrofi (rizosfera) nematodafaunasi bilan taqqoslandi. O’xshashlik darajasi va ular orasidagi bir-biridan keskin farqlar borligi namoyon bo’ldi. Olingan barcha natijalar Mauntford umumiylik ko’rsatgichi bo’yicha hisoblandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COMPARATIVE STUDY OF THE NEMATODAFAUNA OF PLANTS OF SWAG AND WILD SUGAR CANE PLANTS GROWING IN AKDARYO FOREST BIOTOPES

The main purpose of our scientific article was to compare the nematoda fauna of the plants growing in the Akdarya forest biotopes, including the nematode fauna of the jumrut-like chakanda, with the nematoda fauna of the "Экономика и социум" №5(120)-2 2024 www.iupr.ru 112 wild sugar cane root and root environment (rhizosphere) growing in this biotope. It has been shown that there is a degree of similarity and sharp differences between them. All obtained results were calculated according to the Mountford totality index.

Текст научной работы на тему «OQDARYO TO’QAY BIOTOPLARIDA O’SUVCHI JUMRUTSIMON CHAKANDA VA YOVVOYI SHAKAR QAMISH O’SIMLIKLARINING NEMATODAFAUNASINI TAQQOSLAB O’RGANISH»

UDK: 591.132.(575,13)+591,5(575,13)

Boltayev K.S.

B.f.n(f.d) SamarqandDavlat Tibbiyot Universiteti Mikrobiologiya, Virusologiya, immunologiya kafedrasi katta o 'qituvchisi.

Mamarasulova N.I.

Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti, Mikrobiologiya, virusologiya va

immunologiya kafedrasi assistenti

Saydiyeva D.B.

Samarqand davlat Tibbiyot Universiteti talabasi

OQDARYO TO'QAY BIOTOPLARIDA O'SUVCHI JUMRUTSIMON CHAKANDA VA YOVVOYI SHAKAR QAMISH O'SIMLIKLARINING NEMATODAFAUNASINI TAQQOSLAB O'RGANISH

Annotatsiya. Ilmiy maqolamizning asosiy maqsadi Oqdaryo to 'qay biotoplarida o 'suvchi o 'simliklar, jumladan jumrutsimon chakanda nematodafaunasini shu biotopda o 'suvchi yovvoyi shakar qamish ildizi va ildiz atrofi (rizosfera) nematodafaunasi bilan taqqoslandi. O'xshashlik darajasi va ular orasidagi bir-biridan keskin farqlar borligi namoyon bo 'ldi. Olingan barcha natijalar Mauntford umumiylik ko 'rsatgichi bo 'yicha hisoblandi.

Kalitso'zlar: fitonematoda, rizosfera, fitogelmintalogiya, kserofil, mezofil, viruslar, zamburug'lar, shakar qamish, jumrutsimon chakanda parazit nematodalar, patogen, Mauntford umumiylik ko 'rsatgichi.

Boltayev K.S., candidate of biological sciences

senior lecturer

Department of Microbiology, Virology, Immunology Samarkand State Medical University Mamarasulova N.I.

assistant

Department of Microbiology, Virology and Immunology

Samarkand State Medical University

Saydiyeva D.B. student

Samarkand State Medical University

COMPARATIVE STUDY OF THE NEMATODAFAUNA OF PLANTS

OF SWAG AND WILD SUGAR CANE PLANTS GROWING IN AKDARYO FOREST BIOTOPES

Abstract. The main purpose of our scientific article was to compare the nematoda fauna of the plants growing in the Akdarya forest biotopes, including the nematode fauna of the jumrut-like chakanda, with the nematoda fauna of the

wild sugar cane root and root environment (rhizosphere) growing in this biotope. It has been shown that there is a degree of similarity and sharp differences between them. All obtained results were calculated according to the Mountford totality index.

Key words: phytonematoda, rhizosphere, phytohelminthology, xerophyll, mesophyll, viruses, fungi, sugar cane, parasitic nematodes, pathogen, Mountford index.

Kirish. O'zbekistonda fitogelmintalogiya sohasida juda ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda. Fitonematologiyaning asosiy vazifasi o'simlik va tuproq nematodalarining biogeotsinozdagi o'rni tuproq biotasiga kiruvchi boshqa turli organizmlar bilan ularning o'zaro aloqalarini o'rganishdan iboratdir.

Fitonematodalar madaniy o'simliklarning nafaqat o'sishi-rivojlanishi, balki hosildorligiga katta zarar yetkazibgina qolmay, shu bilan birga ularga bir qator viruslar, zamburug'lar va bakteriyalar keltirib chiqadigan kasalliklarning yuqtirishda ham faol ishtirok etadilar. Ayrim vaqtlarda fitogelmentlarning qishloq xo'jalik ekinlariga yetkazgan zarari 20% ni tashkil etadi.

Hozirgacha ko'pchilik fitogelmintolog olimlar tomonidan juda ko'p o'simliklarning ildizi va uning atrofidagi tuproqda yashovchi nematodalarning tarkibi keng miqyosida o'rganilgan, ammo to'qay o'simliklari fitonematodalarining ekologiyasini kompleks holatda tekshirish mutlaqo nazardan chetda qolgan edi. Shuni aytib o'tish joizki, ko'pchilik parazit tur fitonematodalar to'qay o'simliklarini o'sish tezligini pasaytiradi, barglarining qurishiga sababchi bo'ladi va ayrim tur o'imliklarning shu landshaftlarda sonini keskin kamayishiga olib keladi.

Material va metodlar. Kuzatilayotgan o'simliklarning ildiz qismini Y.S. Kiriyanova va E.L. Kralllar (1969) uslubidan foydalanib o'rganildi.

Namunalarni olishda o'simliklarning morfologik ko'rinishi, fiziologik holati, tuproq, havoning harorati, namligi, sug'orish usullari, tuproq xillari va boshqa omillar inobatga olindi.

Fitogelmintalogiyada o'simlik va tuproqdan nematodalarning ajratib olishning eng samarali usullaridan biri, Berman uslubiyatidir. Bu uslubdan foydalanishning o'zini tartiblari mavjud. Bu usulga ko'ra nematodalarning turlarini aniqlash uchun doimiy mikropreparatlar tayyorlanishi lozim.

Doimiy mikropreparatlarning buyum aynachasini ustki qismini bir tomonida o'simlikning nomi, xo'jalik atamasi, namuna olingan davri va yig'gan kishining nomi yozildi. Ikkinchi tomoniga fitonematoda turning nomi va jinsi qayd etildi.

Olingan barcha natijalar Mauntford umumiylik ko'rsatgichi bo'yicha hisoblandi.

Tatqiqot natijalari. Yovvoyi shakar qamish va jumrutsimon chakanda o'simliklarining ildizi va ildiz atrofi tuprog'ida uchragan nematodalarning taqqoslaganimizda, ular orasida bir-biridan keskin farq borligi namoyon bo'ldi.

Yovvoyi shakar qamish 64 turga oid 3490 nematoda, jumrutsimon chakandada 93 turga mansub 4811 nematoda qayd qilinib, shulardan 37 tur ikkala o'simlik uchun ham umumiy bo'lib, Mauntford umumiylik ko'rsatgichi bo'yicha hisoblanganda quyidagi natijani berdi:

2 x 37

J =-x 1000 = 12,14

J 2 x 64 x 93 — (64 + 93) x 37 ,

Yovvoyi shakar qamish va jumrutsimon chakanda o'simliklari uchun quyidagi turlar umumiy bo'ldi:

Criconemoides pullus, Aglenchus costatus, Filenchus orbus, Ditylenchus triformus, Aphelench avenae, Aphelenchoides dactylocercus, Aph. parietinus, Aph. sacchari, Aph. saprophilus, Aph. scalacaudatus, Aph. subparietinus longicaudatus, P. rigidus, Heterocephalobus elongatus, E. oxyuroides, E.striatus. Acrobeloides labiatus, A. nanus, Acrobeles cylindricus, Cervidellus hamatus, Plectus parietinus, Prismatolaimus dolichurus, Mononchus truncates, Mesodorylaimus musae, Longidorella parva, Tylencholaimus proimus, Leptonichus obtusus, Aporcelaimellus obtusicaudatus, Eudorylaimus monohystera, E. muchabbatae, E. paracbtusicaudatus. Yovvoiy shakar qamish va jumrutsimon chakanda o'simliklarining ildizi hamda ildizi atrofi tuprog'ida uchragan nematodalarni turkumlar bo'yicha taqqoslash natijalari quyidagichadir: Tylenchida turkumi vakillaridan yovvoyi shakar qamish ildizi va uning atrofi tuprog'ida 19 tur 767 nematoda (21,9%), jumrutsimon chakanda ildizi va ildizi atrofi tuprog'ida 34 tur mansub 2546 nematoda (52,9%) qayd qilindi. Rhabditida turkumi vakillaridan yovvoyi shakar qamish ildizi va ildiz atrofi tuprog'ida 26 turga oid 1500 nematoda (42,9%), jumrutsimon chakandada 32 turga mansub 1737 nematoda (35,1%) qayd qilindi. Araeolamida turkumi vakillaridan yovvoyi shakar qamish ildizi atrofi tuprog'ida Plectus parietinus, turiga oid 7 nematoda (0,2%), chakanda ildiz atrofi tuprog'ida 4 turga oid 21 nematoda (0,4%) qayd qilindi. Bular Plectus geophilus, P. parietinus, Proteroplectus inguirendus, Pr. Longicaudatus va Rhabditida avlodiga oid lichinkalardan iboratdir. Chromadorida turkumi vakillari yovvoyi shakar qamishda uchramadi, jumrutsimon chakanda ildizi atrofi tuprog'ida esa bu turkumdan. Microlaimus globiceps turiga oid 2 nematoda (0,04%) uchradi. Enoplida turkumi vakillaridan vakillari yovvoyi shakar qamish ildiz atrofi tuprog'ida Prismatolaimus dolichurus turiga oid 1 ta nematoda (0,02%), jumrutsimon chakanda ildizi atrofi tuprog'ida Prismatolaimus dolichurus, P. intermededius turlariga mansub 12 nematoda (0,2%) qayd qilindi. Mononchida turkumi vakillaridan yovvoyi shakar qamish ildizi atrofi tuprog'ida faqat Mononchus truncatus turiga doir 8 nematoda (0,2%), jumrutsimon chakanda ildizi atrofi tuprog'ida esa Mononchus truncatus, Clarus papillatus va Mylonchulus lacustrius turlariga mansub 11 ta nematoda (0,2%) topildi. Doryimida turkumi vakillaridan yovvoyi shakar qamish ildizi va ildizi atrofi tuprog'ida 16 turga tegishli 1174 nematoda (33,6%), jumrutsimon chakandada 18 turga mansub 502 nematoda (10,4%) aniqlandi. (1-jadval)

Oqdaryo to'qay biotoplaridagi o'tchil o'simliklarida uchragan nematodalarni turkumlari bo'yicha taqsimlanishi

___(1-jadval)

Turkumlar Yovvoyi shakar qamish Chakanda

turlar nema- % hi- turlar nema- % hi-

soni toda sob- soni toda sob-laydi

soni laydi soni

l.Tylenchida 19 767 21,97 34 2564 52,92

2. Rhabditida 26 1500 42,97 32 1737 36,1

3. Aracolaimida 1 7 0,2 4 21 0,43

4. Chromadorida — _ _ 1 2 0,04

5.Enoplida 1 1 0,02 2 12 0,24

6.Monanchida 1 8 0,22 2 11 0,22

7.Dorylaimida 16 1174 33,63 18 502 10,43

Jami: 64 3490 100 93 4811 100

Xulosa. Shunday qilib, jumrutsimon chakanda ildizi va ildizi atrofi tuprog'ida Tylenchida, Rhabditida turkumi vakillari ko'p, yovvoyi shakar qamish ildizi va ildizi atrofi tuprog'ida oz miqdorda uchrab, Dorylaimida turkumi vakillari esa aksincha yovvoyi shakar qamishda ko'p miqdorda, chakandada nisbatan kamroq uchradi.

Adabiyotlar:

1. Болтаев К.С., Жамалова Ф.А., Мамарасулова Н.И. Экологическое группирование нематодофауны тугайных растений. Вестник Хорезмской академии Маъмуна №5 (79) 2021. 33-37 стр.

2. Sultonovich, B. K., Abdusalomovna, J. F., Isrofilovna, M. N., Mansurovich, U. F., & Sultanovich, K. (2022). A COMPARATIVE STUDY OF NEMATODA-FAUNA OF PASTURAL PLANTS IN FOREST BIOTOPES. Academicia Globe: Inderscience Research, 3 (05), 41-45.

3. Sultonovich, B. K., Abdusalomovna, J. F., Isrofilovna, M. N., Mansurovich, U. F., & Sultanovich, K. (2022). A COMPARATIVE STUDY OF NEMATODA-FAUNA OF PASTURAL PLANTS IN FOREST BIOTOPES. Academicia Globe: Inderscience Research, 3 (05), 41-45.

4. Юсупов, М., Шайкулов, Х., Одилова, Г., & Мамарасулова, Н. (2023). Болаларда ротавирус инфекциясини эрта аниклаш. Каталог монографий, 1(1), 1-68.

5. Sh S. H., Mamarasulova N. I. ANTIBIOTIKLAR VA ANTIBIOTIKOREZISTENT LAKTOBAKTERIYALARNI BIRGALIKDA BOLALARDAGI ESHERIXIOZ KASALLIKLARNI DAVOLASHDA QO'L-LANISHI. - 2023.

6. Sultonovich, B. K., Isrofilovna, M. N., Abdusalomovna, J. F., & Olimovna, O. P. (2022). A comparative study of nematoda facilities of shortage plants and trees in zarafshan forest biotopes. Academicia Globe: Inderscience Research, 3(5), 15.

7. Болтаев, К., Мамедов, А., Хожакулов, Д., & Мамарасулова, Н. (2024). Samarqand viloyati to 'qay sharoitida o 'suvchi yovvoyi o 'simliklar nematodalari kompleksining ekologiyasi. Каталог монографий, 1(1).

8. Sultonovich, B. K., Abdusalomovna, Z. F., & Isrofilovna, M. N. (2023). COMPARATIVE ANALIZ FAUNA PHYTONEMATODES OF WATERMELON VARIETY MARBLE OF SAMARKAND REGION. Intent Research Scientific Journal, 2(4), 1-12.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.