Научная статья на тему 'O‘SIMLIK O‘SISHI VA RIVOJLANISHIDA FOYDALI MIKROORGANIZMLARNING AHAMIYATI'

O‘SIMLIK O‘SISHI VA RIVOJLANISHIDA FOYDALI MIKROORGANIZMLARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
1745
129
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Mikrorganizm / epifit bakteriyalar / Pseudomonas sp / Bacillus subtilis.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Azzamov Ulug‘bek Azimovich, Shodiyeva Dildora G‘iyosovna

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari hamda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, o‘simliklarni tashqi stresslardan himoya qilish borasida bir qator vazifalar belgilab berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘SIMLIK O‘SISHI VA RIVOJLANISHIDA FOYDALI MIKROORGANIZMLARNING AHAMIYATI»

O'SIMLIK O'SISHI VA RIVOJLANISHIDA FOYDALI MIKROORGANIZMLARNING AHAMIYATI

Azzamov Ulug'bek Azimovich

SamDTU.Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi assistenti Shodiyeva Dildora G'iyosovna SamDTU.Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi assistenti dildoraannayeva786gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.7583204

Annotatsiya: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari hamda 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda qishloq xo'jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilib, mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, o'simliklarni tashqi stresslardan himoya qilish borasida bir qator vazifalar belgilab berilgan

Kalit so'zlar: Mikrorganizm, epifit bakteriyalar, Pseudomonas sp, Bacillus subtilis.

Bugungi kunda o'simliklarning yer ustki qismi, sirtidan joy olgan mikroorganizmlar tasoddifiy emas, balki mikrob-o'simlik orasidagi o'zaro munosabatlar asosida, kerak bo'lsa, mana shu munosabatlarning qonuniyatlari asosida shakllanadigan, mikrob-o'simlik assotsatsiyasi ekanligi, ularning Ichida o'simlik organlari, alohida turlari uchun spesifik bo'lgan mikroorganizm turlari shakllanishi hamda bu jarayon o'simlik vegetatsiyasi davomida dinamik ravishda o'zgarib turishi, bu o'simlikning o'sish sharoitlari, qator biotik va abiotik omillar ta'sir etib turishi aniqlangan. Demak, epifit mikroorganizmlarga xos bo'lgan xususiyatlar atrof muhitning o'zgarishiga qarab o'zgarib turishi aniqlangan. O'simlik o'sib turgan mintaqada ekologik holatning o'zgarishi, mikroorganizmlarning miqdoriy va sifat tarkibini transformatsiyasiga olib kelishi, ular orasidagi biotik munosabatlarning o'zgarishiga olib keladi. O'simliklarning immunitetini ta'minlovchi boshqa omillar bilan bir qatorda, epifit bakteriyalar, o'simliklarga tashqi muhitdan kelib tushadigan saprofit, shartli-patogenva patogen mikroorganizmlardan muhofaza qiluvchi dastlabki to'siq bo'lib xizmat qiladi, bu esa ushbu muammoni qanchalik darajada dolzarb va istiqbolli ekanliginiko'rsatadi.

Epifit bakteriyalarni o'simliklar hayotidagi rolini aniqlash bo'yicha birinchi urinish 1944 yilda Ya.P.Xudyakov tomonidan qilinganva oradan 25 yil o'tgach 1969

yilda Yu.M.Voznyakovskaya tomonidan davom ettirilgan. Shundan keyin, har xil ko'p yillik o'simliklarning yer ustki qismida yashovchi mikroorganizmlar haqida maqolalar e'lon qilina boshlagan (Delova, 1973; Zvyaginsov, 1993; Yevsev, 2004; va boshqalar) va hatto, nina bargli o'simlikni patogenezida epifit mikrofloraning roli haqida nomzodlik dissertatsiyasi ham himoya qilingan (Grodnitskaya, 2005).

Mikroorganizmlar atrof-muhit omillari bilan ta'sirlashadi va ozuqa moddalarining aylanishini tartibga solishda asosiy rol o'ynaydi. Mikroorganizmlar azotni fiksatsiya qilish, fosfat eruvchanligi, uglevod va oltingugurtalmashinuvida muhim rol o'ynaydi va biogeokimyoviy siklini boshqaradi. O'simliklarning o'suvchi qismi mikroorganizmlar bilan tez qoplanadi. Shu jumladan mikroorganizmlarni havodan kelib tushushiga yoki ularni hasharotlar bilan tashilishiga yo'l qo'yilmaydigan sharoitlarda ham mikroblar, o'simlik sirtida paydo bo'laveradilar. Qizig'i shundaki, nafaqat harakatchan bakteriyalar, balki mikobakteriyalar, achitqi zamburug'lar, sardinalarga o'xshagan, faol harakatlanmaydigan mikroorganizmlar ham uchraydilar.

Ulardan faqat ba'zilarigina, tarqalish uchun maxsus moslamalarga egalar. Masalan, Sporobolomyces turkumiga kiruvchi achitqi zamburug'lari, o'zlarining ballistosporalarini ancha uzoqqa tashlab yuborish xususiyatiga ega.

Epifit mikroorganizmlarda o'simliklarning uchuvchan fitonsidlariga nisbatan yuqori darajada moslashuvchanligi borligini aniqlash maqsadida, ularni shu fitonsidlar ishtirok etayotgan sharoitda tuproq saprofitlari va ba'zi-bir ildiz mikrofloralari bilan taqqoslab o'rganib chiqilgan. Har xil mikroorganizmlarni qayin o'simligi (Pinus silvestris) va sholg'om (Raphanus sativus) o'simligi fitonsidlariga nisbatan chidamlilik xususiyati har xil ekanligi aniqlangan. Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, bu fitonsidlarga nisbatan eng kuchliroq, chidamlilikka fillosferada yashovchi mikroorganizmlar ekanligi, kamroq chidamlilikka ildiz mikroflorasi ega ekanligi va nihoyat eng sezgir va chidamliligi pastbo'lgan mikroorganizmlar turi -epifit bo'lmagan mikroorganizmlar ekanligi kuzatilgan. Ba'zi - bir mikrobiontlar, birdaniga bir necha ekologik guruhlarning vakillari hisoblanadilar. Shunday mikroorganizmlardan biri Bacillus turkumiga kiruvchi bakteriyalar hisoblanadilar. Ular o'simliklarning rizosferasida ham (rizosfera), ularning yer ustki qismlarining sirtida (epifit) ham ustuvor bo'lgan mikroorganizmlar hisoblanadilar. Ularning orasida rizosferada yashovchi Bacillus turkumiga kiruvchilari yaxshiroq o'rganilgan. Bacillus turkumiga kiruvchi bakteriyalarning vakillari, boshqa bakteriyalarga nisbatan tashqi muhit sharoitlarida yashovchanligi va turli xil antropogen ta'sirlarga tolerantligi (chidamliligi) bilan farqlanib turadilar. Bunga batsillalarning turli xil biologik faollikka ega ekanliklari: fitogormonlar, antibiotiklar, fermentlar, toksinlar va boshqa metobolitlar sintez qilishlari yordam beradi. Pseudomonas avlodiga mansub bakteriyalar tashqi abiotik ta'sirlarga chidamliligi bilan ayrim

mikroorganizmlardan ajralib turadi. Ushbu avlodga mansub bakteriya shtammlari ham yuqori antagonistik xususiyatga ega. Fitopatogen mikromitsetlar va bakteriyalar qo'zg'atuvchi kasalliklarga qarshi foydalaniladi. Donli ekinlarda uchraydigan ildiz chirish kasalliklariga qarshi qo'llanilganda, kasallikni 86,7 % ga kamaytirishi aniqlangan. Shuningdek ushbu turga mansub bakteriyashtammlarining sovuq iqlim sharoitida muz kristallarini hosil qilishi va o'simlikni sovuqdan himoya qilishi hamda o'simlikning immunitetini oshirishi aniqlangan. Yuqori darajada sho'rlangan tuproqlarda va o'simliklarda Pseudomonas avlodiga mansub bakteriyalarning dominantlik qilishi kuzatilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Annayeva D. G. Y., Azzamov U. B., Annayev M. O. S. O'SIMLIGIDAN ENDOFIT MIKROORGANIZMLAR AJRATIB OLISH. - 2022.

2. Azimovich A. U., Sultonuvich B. K., Zokirovna M. M. STREPTOKOKK AVLODIGA MANSUB BAKTERIYALARNING PATOGENLIK XUSUSIYATLARINING TAHLILI //Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali. -2022. - Т. 1. - №. 13. - С. 95-101.

3. Annayeva, D. (2022). CICHORIUM INTYBUS LISOLATION OF ENDOPHYTIC MICROORGANISMS FROM PLANTS AND IDENTIFICATION OF BIOTECHNOLOGICAL POTENTIAL. Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences, 2(6), 54-61. извлечено от https://www.in-academy.uz/index.php/EJMNS/article/view/1755

4. Annayeva, D. G. Y., Azzamov, U. B., & Annayev, M. (2022). ODDIY SACHRATQI (CICHORIUM INTYBUS L) O'SIMLIGIDAN ENDOFIT MIKROORGANIZMLAR AJRATIB OLISH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(5-2), 963-972. https://cyberleninka.ru/journal/n/oriental-renaissance-innovative-educational-natural-and-social-sciences

5. Azimovich, A. U. B., G'iyosovna, S. D., & Zokirovna, M. M. (2022). XLAMIDIYANING INSON SALOMATLIGIGA TA'SIRINI MIKROBIOLOGIK

TAHLILLI VA DIOGNOSTIKASI. Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali,

1(11), 153-161. https://doi.org/10.5281/zenodo.7305057

6. Giyosovna, S. D. (2023). ODDIY SACHRATQI (CICHORIUM INTYBUS L) O'SIMLIK QISMLARIDAN ENDOFIT BAKTERIYALARNING

SOF KULTURALARINI AJRATISH USULLARI. Новости образования:

исследование в XXI веке, 1(6), 387-393.

http://nauchniyimpuls.ru/index.php/noiv/article/view/3573

7. Shodiyeva, D. (2023). SANOAT MIKROBIOLOGIYASINING

BIOTEXNOLOGIYADAGI AHAMIYATI. GOLDEN BRAIN, 1(2), 116-120.

8. Shodiyeva, D. (2023). BIO-MORPHOLOGICAL

CHARACTERISTICS, GEOGRAPHICAL DISTRIBUTION AND USE IN TRADITIONAL MEDICINE OF CICHORIUM INTYBUS. GOLDEN BRAIN, 1(2),

252-256.

9. Shodiyeva, D. (2023). INDOLIL SIRKA KISLOTA MIQDORINI ANIQLASH. GOLDEN BRAIN, 1(2), 321-324.

10. Boltayev Komil Sultonovich, Jamalova Feruza Abdusalomovna, Mamarasulova Nafisa Isrofilovna, Urokov Feruz Mansurovich, & Komiljon Sultanovich. (2022). A COMPARATIVE STUDY OF NEMATODA-FAUNA OF PASTURAL PLANTS IN FOREST BIOTOPES. Academicia Globe: Inderscience Research, 3(05), 41-45. https://doi.org/10.17605/OSF.IO/2FZQY

11. Нарзиев, Д.., & Шайкулов, Х.. (2023). ЧУВСТВИТЕЛЬНОСТЬ К АНТИБИОТИКАМ SALMONELLA TYPHIMURIUM, НАХОДЯЩИХСЯ В СОСТАВЕ БИОПЛЕНОК. Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences, 3(1), 60-64. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/EJMNS/article/view/8398

12. Одилова Г. М. и др. Клинические особенности течения ветряной оспы у взрослых в современных климатических условиях //Вопросы науки и образования. - 2019. - №. 28 (77). - С. 70-78.

13. Karabaev, A., & Bobokandova, M. (2022). REACTIVITY OF THE REPRODUCTIVE SYSTEM IN MATURE INTACT RATS IN THE ARID ZONE. International Bulletin of Medical Sciences and Clinical Research, 2(10), 50-55.

14. Одилова, Г., Мамарасулова, Н., Саидов, С., Турдиев, Ш., Холбоев, Р., & Хамраев, Г. (2022). СЫВОРОТОЧНЫЕ ИММУНОГЛОБУЛИНЫ ПРИ САЛЬМОНЕЛЛЕЗНОЙ ИНФЕКЦИИ У ДЕТЕЙ. Eurasian Journal of Academic Research, 2(11), 1197-1199.

15. Ташкенбаева Э. Н., Аннаев М., Абдиева Г. А. ВЛИЯНИЕ ПРИМЕНЕНИЯ ВИРТУАЛЬНОЙ РЕАЛЬНОСТИ НА УСПЕВАЕМОСТЬ СТУДЕНТОВ В ИЗУЧЕНИИ КАРДИОЛОГИИ //Журнал кардиореспираторных исследований. - 2022. - Т. 3. - №. 4.

16. Шайкулов Х.Ш., Юсупов М.И., Одилова Г.М. КЛИНИКО-ЛАБОРАТОРНАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА САЛЬМОНЕЛЛЕЗНОЙ ИНФЕКЦИИ У ДЕТЕЙ// Проблемы биологии и медицины. - 2021. №5. Том. 130. - С. 141-144. DOI: http://doi.org/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.