PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz
ONA TILI TA'LIMIDA O'QUV TOPSHIRIQLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Xoliqova Ra'no Musurmon qizi
Toshkent amaliy fanlar universiteti Pedagogika kafedrasi o'qituvchisi e-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.13194774
Annotatsiya: Maqolada ona tili o'qitish metodikasida muhim ahamiyatga ega bo'lib borayotgan o'quv topshiriqlarini pragmatik yondashuv asosida takomillashtirish masalasi tadqiq etilgan. Unda 5-6-sinf ona tili darslari misolida o'quv topshiriqlaridan foydalanishning joriy holati va kelajakda yaratilajak o'quv topshiriqlariga namuna va mezonlar tavsiya etilgan. Xulosa qismida o'quv topshiriqlarini takomillashtirish bo'yicha takliflar bayon qilingan
Kalit so'zlar:o'quv topshiriqlari, pragmatika, pragmatik yondashuv, bilim, ko'nikma va malaka, hayotiy ko'nikmalar, savol, mashq, topshiriq, takomillashtirish.
1 KIRISH
Ona tili ta'limida o'quv topshiriqlari muhim ahamiyat kasb yetadi, shu sababli mazkur jihatga metodikaga doir tadqiqotlar olib borilganda alohida ye'tibor qaratilishi lozim. Bu borada dunyo olimlari jiddiy tadqiqotlarni olib borgan, jumladan, Markaziy Osiyoda ham mazkur mavzu atroflicha o'rganilgan.
Ona tili ta'limda faol qo'llanila boshlagan matn bilan ishlash ko'nikmalarini rivojlantirishda muammoli ta'lim texnologiyasi muhim ahamiyatga ega. Har qanday matn tahlilini o'quv topshiriqlari orqali muammoli jarayonga aylantirish mumkin. Bunda savol yoki topshiriqni to'g'ri qo'yish kifoya qiladi. Bu o'rinda muammoni echish, olingan natijalarni tekshirish, ularni asl faraz bilan taqqoslash, olingan bilim va ko'nikmalarni tizimlashtirish va umumlashtirish bosqichlari muhim hisoblanadi.
2 TADQIQOT METODOLOGIYASI An'anaviy ona tili ta'lmida ham o'qitishning reproduktiv metodidan foydalaniladi. U quyidagi xususiyatlarga ega: bilim o'quvchilarga "tayyor" shaklda taklif etiladi; o'qituvchi bilimlarni muloqot qilibgina qolmay, balki uni bayon etadi; o'quvchilar bilimlarni ongli o'zlashtiradilar, uni tushunadilar va eslab qoladilar. O'zlashtirishning mezoni - bilimlarni to'g'ri ko'paytirish; o'zlashtirishning zarur kuchi bilimlarni takrorlash orqali ta'minlanadi.
3 MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI O'zbekistonda til ta'limida o'quv topshiriqlarining
turlari va vazifalarini aniqlash masalasi I.Allayorov,
0.Rozikov, R.Ibragimov, B.Adizov, M.H.Mahmudov
1.E.Davronovlar tomonidan ta'lim oluvchining o'quv-biluv faoliyatini rivojlantirish, o'quv topshiriqlari orqali o'quvchi faolligi oshirish muammolari ham o'rganilgan. Rus pedagoglari A.N.Leontev, J. A. Ponamaryov,
S.L.Rubenshteyn, Avstraliyalik olim Jak Richards ingliz tilining ona tili va ikkinchi til sifatida o'qitilishida o'quv topshiriqlarini tadqiq qilgan. Uning o'quv topshiriqlari tavsifi va tasnifiga doir yondashuvlaridan dunyo miqyosida foydalaniladi.
E. Davronov maqolasida taniqli psixologlar va didaktika nuqtai-nazaridan "topshiriq" tushunchasining mohiyati ochib berilgan, ona tili darslariga nisbatan mashq va topshiriqning vazifalari bayon etilgan. Olim topshiriqlarga ham maqsad, ham vosita sifatida qaraydi. Didaktik nazariyada "topshiriq", "tarbiyaviy topshiriq", "intellektual", "muammo" atamalari bilan, "mashq" "mustaqil ish" atamalari bilan birga qo'llaniladi. A.N.Leontiev topshiriq tushunchasini quyidagicha tushunadi: "Topshiriq - muayyan shartlarga asoslanib qo'yilgan maqsaddir" [Leontev, 1972:576].
U topshiriqning o'ziga xos xususiyatlarini ta'riflash uchun "ehtiyoj", "motiv" va "faoliyat" atamalaridan foydalanadi. Y.A.Ponamaryov topshiriqlar nazariyasida bir qator toifalarni yaratdi, xususan, o'quv vaziyatida sub'ekt va ob'ektning o'zaro ta'sirini, bilimlarni o'zlashtirish, ularni takomillashtirish bo'yicha sub'ektning faoliyatini aniqlaydi. O.Roziqov esa o'quv topshiriqlarini ilmiy-pedagogik tadqiqotda o'quv materiali bilan bog'liqligi nuqtai nazaridan tahlil qilgan. Uning fikriga ko'ra, "o'quv topshirig'i o'quv maqsadlariga bog'liq bo'lgan o'quv materialining o'zgartirilgan shaklidir" [Po3hkob, 1986:50]. O'qitish ehtiyojlari asosida quyidagi xususiyatlar ta'kidlanadi: 1) qurish (strukturalash) imkoniyati; 2) strukturani qurish va qayta ko'rib chiqish; 3) o'quv materiali shaklining mavjudligi; 4) o'quv jarayoni bosqichlarining mutanosibligi; 5) bir vazifani boshqalarga almashtirish imkoniyati; 6) ochiq tizim; 7) bir-birini to'ldirish; 8) bilimlarni o'rganish va takomillashtirish usullarining
PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz
talablarga mosligi; 9) o'qitish va o'rganishga bo'lgan ehtiyojlarni qondirish uchun sharoit yaratish. "Topshiriqlar insoniyat tomonidan to'plangan tajribani aks ettiradi va shu bilan birga moddiy va ma'naviy qadriyatlarni yangilash va ularni yanada boyitish vositasiga aylanadi.
Shu o'rinda "mashq" va "topshiriq" atamalarini mohiyatan farqlash masalasida metodist M.Saidovning yondashuviga ham e'tibor qaratish lozim. Olim o'quv materiallari sirasida o'quv topshiriqlarini uch turga bo'lib, ularni o'zaro farqlaydi va, ko'pincha, o'qituvchilar o'z ish faoliyatlari davomida "mashq", "topshiriq" va "masala" tushunchalarini qorishtirib yuborishlarini ta'kidlaydi. Olim pedagogika fanlari doktori A.G'ulomovning "mashq ham o'quv topshirig'ining bir shakli, ham o'qitishning muayyan bir usuli," degan fikriga qo'shiladi va topshiriq mashqning bir bo'lagi, u, asosan, mashqning shartida o'z ifodasini topishini, topshiriq mashqqa qaraganda torroq tushunchani ifodalashini e'tirof etadi [Saidov, 2000:25].
Ma'lumki, til darsliklarida, asosan, "mashq", "savol" va "topshiriq" atamalari tabiiy va aniq fanlarda masala atamasi qo'llaniladi. Ularning barchasi o'quv topshiriqlari sirasiga kiruvchi ish turi bo'lib, mazkur atama ayrim tadqiqotlarda o'quv--biluv topshiriqlari deb ham talqin qilinadi, bu asosan X.Muxitdinova ning hamda OTMlarida M.E.Axmedova,
G.K.Rasulovalarning ishlarida uchraydi.
G'.Hamroyev til ta'limining asosiy maqsad vazifasi o'quv topshiriqlarining mazmun-mohiyati va vazifaviy farqlanishidan kelib chiqishi, shu bois "mashq", "savol", "topshiriq" atamalari mazmuni va qo'llanishi jihatidan alohida tadqiq etish zarurligi, bu o'rinda eng keng qamrovlisi "topshiriq" bo'lib, darslik va qo'llanmalarda u savol va mashqni o'z ichiga olishini ta'kidlaydi.
Milliy qadriyatlar, jumladan, OTMda ham ona tilini mukammal bilmasdan muvaffaqiyatga erishib bo'lmaydi. Shuning uchun ham ona tili o'qitish metodikasida nimani, qanday o'qitish masalasi antik davrdan to bugungi kunga qadar muammo bo'lib kelgan. Bu tabiiy hol, albatta, taraqqiyot metodikaga bog'liq bo'lganligi bois, zamon o'z talabini qo'yadi, metodika mazkur buyurtmani bajaradi. Shuning uchun ham nimani qanday o'qitish masalasi maktabda ham OTM ham doimiy dolzarblikka egadir [Axmedova, 2016: 470-472]. Bu borada o'quv topshiriqlari masalasining "Ona tili" darsliklari mazmunida berilishi, ularda o'quv topshiriqlarining vazifa jihatidan farqlanishi, o'quv topshiriqlariga munosabat tahliliy o'rganilishi maqsadga muvofiqdir. 4 TAHLIL VA NATIJALAR
Pragmatik yondashuvda o'quvchi ona tili ta'limi orqali olagan bilim va ko'nikmalari asosida hayotiy muammolarni yechish, bartaraf qilish malakasiga ega bo'lishi lozim. Shu ma'noda, muammoli o'qitishning mohiyati shundan iboratki, o'qituvchi bilimlarni tayyor shaklda etkazmaydi, balki o'qituvchi tomonidan savol yoki topshiriq shaklida muammoli vazifalar qo'yiladi, mashg'ulotni tashkil etuvchi ularni hal qilish yo'llari va vositalarini izlashga undaydi. Bu ham, albatta, savol va topshiriqlar orqali amalga oshiriladi. Mashqlar esa uni o'zlashtirish yoki sifatini yaxshilash maqsadida aqliy yoki amaliy harakatni takror-takror bajarish demakdir. Bu jarayonda o'z o'rni bilan mashqlar ham ishtirok etadi.
Bunda o'quv topshiriqlarini bajarishda o'quvchilarning mustaqillik darajasiga e'tibor beriladi: - bilimni, ma'lumotni ko'paytirish uchun maxsus topshiriqlar ham beriladi; - bilimlarni turli nutq vaziyatlarida qo'llashga o'rgatuvchi mashq va topshiriqlar ham baravar qo'llaniladi.
Pragmatik yondashuv asosidan tuzilgan o'quv topshiriqlari muammoni muvaffaqiyatli o'rganish shartlarida o'quv topshiriqlarning ishtiroki o'ziga xos bo'ladi:
- muammoning mazmuniga qiziqish uyg'otish uchun etarli savol yoki tayyorlovchi topshiriqlar orqali motivasiyani ta'minlash;
- har bir bosqichda yuzaga keladigan muammolar bilan ishlashning maqsadga muvofiqligini ta'minlash;
- muammoni hal qilishda qo'yilgan topshiriq va savolning ahamiyati;
- o'quvchilar tomonidan bildirilgan barcha fikr va farazlarga e'tibor va rag'bat bilan qaralganda o'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi dialogik do'stona muloqotning o'rnitilishi.
Bularning barchasi o'quv topshiriqlar mazmuniga bog'liq, o'quv topshiriqlarining asosini esa bilish faoliyat turi tashkil qiladi. Bu borada I. Ya. Lerner, N. M. Skatkinlarning yondashuvi hammaga ma'lum va mashhurdir. Bilish faoliyatining turi - o'qituvchi tomonidan taklif etilgan o'quv sxemasi bo'yicha ishlash orqali o'quvchilar erishadigan bilish faoliyatining mustaqil darajasidir. Bu quyidagi tasnif usullarida farqlanadi: tushuntirish-illyustrativ (axborot-reseptiv); reproduktiv; muammoli taqdimot; qisman-qidiruv (xuaristik); tadqiqot.
Axborot-reseptiv usulning mohiyati quyidagi xususiyatlarda ifodalanadi: bilim o'quvchilarga "tayyor" shaklda taklif etiladi; o'qituvchi bu bilimlarni turli yo'llar bilan idrok etishni tashkil etadi; o'quvchilar bilimlarni idrok etish (qabul qilish) va tushunishni amalga oshiradilar, ularni xotirasida tuzatadilar. Barcha axborot manbalari (so'z, ko'rgazma va boshqalar.)
"¿J PPSUTLSC-2024
. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 2IST CENTURY
TASHKENT. 0-8 MAY 2024
qabul qilishda ishlatiladi va taqdimot mantig'ini induktiv va deduktiv ravishda ishlab chiqish mumkin O'qituvchining boshqaruv faoliyati bilimlarni idrok qilishni tashkil etish bilan chegaralanadi [.HepHep, 1981:186]. O'qituvchilarning o'z o'quvchilarini bilim olishga, fikrlashga undash quroli, ularning faoliyatini, o'zlashtirilishini monitoring qilishda o'lchov bu - o'quv topshiriqlaridir.
Bugungi darsliklarda o'quv topshiriqlari nomlanmagan, faqat raqamlab ketilgan. Bu o'qituvchiga ham o'quvchiga ham muayyan qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. O'quv topshiriqlari mazmunida ijobiy o'zgarishlarni ko'rish mumkin, ammo topshiriq va savol berishda pragmatic yondashuvdan chekinish, an'anaviy shartlardan foydalanish holatlari ham ko'zga tashlanadi.
Masalan:
Berilgan matnni o'qing. Xatboshilarni aniqlab, matnga mos sarlavha toping. Mustahkamlash to'rt-besh yoshlarimdan boshlab bu dunyoning voqea va hodisalari xotiramda qolgan. Urushdan qaytmaganlarning azalari-yu, qaytgan mayib-majruh qishloqdoshlarimning qo'ltiqtayoqni to'qillatib yurganlari esimda. Ocharchilik, odamlarning kunjara yeganlarini ko'p ko'rganman. Biz oilada to'rt o'g'il, to'rt qiz o'sganmiz. Akalarim Buxoro, Toshkent oliy o'quv yurtlarida, til-adabiyot fakultetlarida o'qishardi. Tabiiyki, ular ko'tarib yurgan kitoblarning aksariyati badiiy adabiyot namunalari edi. Mening allaqachon savodim chiqqan, kitoblarni sharillatib o'qiy olardim. Men bugungi kunda g'oyatda ajablanib shularni eslayman. Negadir bolaligimda xotiram nihoyatda kuchli edi. Bir o'qiganim esimda qolaverardi. Radio, televideniye yoxud boshqa tomoshalar bo'lmaganidan keyin ermagim kitob edi-da.
Duch kelgan narsani o'qib, duch kelgan narsani yodlab olardim. Bu kitoblar orasida xalq dostonlari ham, Navoiy bobomiz-u Pushkindan tarjimalar ham, G'afur G'ulom, Hamid Olimjon she'riyati va yana boshqa ko'p roman-u qissalar bo'lardi. Endi she'rlar yoza boshlaganimda nima turtki bo'lganini aniq bilmayman. Har holda so'zlarni qofiyalashga ishqiboz bo'lib qolganim esimda. Balki zerikkanimdan, balki zavqim toshib, nimanidir yozgim kelaverardi. Fikr esa yo'q. Yozmaslikning ham iloji yo'q. Shuning uchun ona, maktab, brigadir, Nodir kabi so'zlarni o'zimcha she'rga solib, aylantirib yurardim. O'zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov [I.Azimova, K.Mavlonova, S.Quronov Sh.Tursunov, N.Hakimova, M.Siddiqov., 2022:24].
Matn tarkibidagi atoqli otlarni ko'chirib yozing.
Tarjimayi hol matnidagi xatoliklarni aniqlang va ularni to'g'rilab, matnni ko'chiring.
www.in-academy.uz
Tarjimai xol. Men 2009-yilda 10-martda Sirdaryo viloyatida Guliston shaharida tavallud topganman. Men bog'bon oilasida tug'ilganman. Men 2016-yilda Gulistondagi 177 maktabga o'qishga kirdim. Hozirgi vaqtda shu maktabda yaxshi o'qiyapman. Yashaydigan joyim: Sirdaryo viloyatida Guliston shahari Farovon ko'chasi, 10 uy. Men matematika adabiyot ona tili va tarbiya fanlariga qiziqaman. Men jismoniy tarbiyani juda-juda yaxshi ko'raman. Darsdan keyin shaxmat to'garagiga qatnayman. Dadam Otabekov Jamshid Abdulla o'g'li kasalxonada doktorlar, ayam esa Uzoqova Bahoroy Omonovna uydalar. Katta akam Abdullayev Ikrom akademik litseyda o'qiydilar. O'rtancha akam Abdullayev Doston 10-sinfdalar. Kichkina akam Abdullayev Haydarali 8-sinf o'quvchisilar. Bitta singilcham bor. Oti Kamola. 2-sinfda o'qiydi. 14 yanvar 2022-yil Abdullayev Umid 20. Uyga vazifa. O'rganganlaringiz asosida oila a'zolaringizdan biriga o'z tarjimayi holini yozdiring. Xatoliklar bo'lsa aniqlab, uni tuzatishga yordam bering. O'qituvchingizga bu haqda og'zaki ma'lumot bering.
1. Matn muallifi haqida qanday ma'lumotga egasiz?
2. Urush fojiasi berilgan qismni qayta o'qing va unga munosabat bildiring.
3. Shoirning ermagi nima uchun kitob bo'lganini izohlang. Bu sizning hayotingizga qay darajada mos?
4. Shoirning oilaviy muhiti haqida sizda qanday tasavvur paydo bo'ldi?
5. Ushbu matnning maqsadiga ko'ra turi qaysi?
Nima uchun bu fikrga keldingiz?
6. Matnda nechta xatboshi bor deb hisoblaysiz?
Javobingizni izohlang.
7. Matnga qanday sarlavha qo'ydingiz? Nima uchun?
8. Matnda qo'llangan vergullarga e'tibor bering. Nima uchun ishlatilganligini izohlang.. Shu ma'noda savol va topshiriqlar ham yodlash, takroran aytib berishga ixtisoslashib qoladi.
Muammoli ta'lim texnologiyasi esa ijrochilikdan ijodiy faoliyatga o'tishni ta'minlaydi. Bugun Yangi O'zbekistonga ijrochi emas, ijodiy tafakkur sohiblari kerak. Muammoli ta'limning ma'lum bir bosqichida o'quvchilar hali muammolarni o'zlari hal qila olmaydilar va shuning uchun o'qituvchi muammoni tadqiq qilish, uning echimini boshidan oxirigacha belgilash yo'lini ko'rsatadi. Bu usulda o'quvchilar esa ishtirokchilar emas, balki kuzatuvchi bo'lsa-da, bilib olish qiyinchiliklarini hal qilishni o'rganadilar.
Ona tili ta'limida qisman izlanuvchanlik ta'lim metodidan ham foydalaniladi, uning mohiyati quyidagi xususiyatlarda ifodalanadi:
- bilim o'quvchilarga "tayyor" shaklda taklif etilmaydi, ularni mustaqil ravishda chiqarish kerak;
"¿J PPSUTLSC-2024
. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 2IST CENTURY
TASHKENT. 0-8 MAY 2024
- o'qituvchi bilimlarni xabar yoki taqdim etishni tashkil etmaydi, balki turli vositalar orqali yangi bilimlar izlanadi;
- o'qituvchi rahbarligida o'quvchilar mustaqil mulohaza yuritadilar, paydo bo'lgan muammolarini hal qiladilar, muammoli vaziyatlarni yaratadilar va hal qiladilar, tahlil qiladilar, xulosa chiqaradilar va natijada ongli ravishda mustahkam bilim hosil qiladilar.
Masalan, 6-sinf "Ona tili" darsligida Matn bilan tanishing. Savollarga javob bering, topshirig'i ostida Zahira qo'shinning uyi" nomli matn berilgan. Matn mazmunini puxta o'rganish uchun pragmatik savollar tuzib berilagan:
1. Matnda "boshi berk ko'cha"ga o'xshatilgan inson a'zosi qaysi ekan? 2. Ayting-chi, ko'richak va appendiks bitta a'zomi? 3. Appendiks qanday a'zo, uning ko'rinishi, qayerda joylashganligi haqida ma'lumot bering. 4. Appendiksning inson salomatligidagi o'rni qanday? 5. Appendiksga zarar keltiradigan odatlar haqida gapiring. Sizda ham shunday odatlar bormi? 6. Appenditsit qanday kasallik, uning belgilari haqida nimalarni bilib oldingiz? 7. Nima deb o'ylaysiz, ushbu ma'lumotlar kimlar (bolalar, kattalar) uchun yozilgan? Nima uchun bunday fikrga keldingiz [Qodirov va b., 2019:6].
Mazkur topshiriq o'quvchilarda so'z boyligining oshishiga, hayotiy vaziyatlarga tayyorlashda yordam beradi va o'qib tushunish ko'nikmalarini rivojlantiradi, o'z fikrini to'g'ri ifodalash ko'nikmasini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Ona tilining pragmatik rivojlanishini har bir bolaning ijtimoiylashuvi nuqtai nazaridan, ya'ni tengdoshlar o'rtasida kattalar bilan muloqot ko'nikmalarini rivojlantirish nuqtai nazaridan, ko'rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Nutqiy qobiliyatni shakllantirish muvaffaqiyati motivasion omillar va o'quvchining umumiy ta'limiy ko'nikmalarini shakllantirish darajasiga bog'liqdir. Tilshunoslik fanining asoschisi Gumbolt nutqni til mahsuli sifatida yuzaga kelishini, De Sossyur esa, til nutq orqali reallashuvini ko'rsatib o'tganlar. Ferdinand De Sossyur ijtimoiy hodisa bo'lgan tilni imkoniyat, nutqni esa yuzaga chiqadigan hodisa sifatida tilning ifoda vositalaridan foydalanilaishini alohida ta'kidlaydi.
Til tashuvchisining shakllanish darajasiga ta'sir qiluvchi psixologik shartlar orasida lisoniy qobiliyat alohida ahmiyatga ega. Insonda nutqning shakllanishi faqat maktab ta'limi jarayoni bilan cheklanib qolmaydi, balki insonning butun ongli hayotida davom etadi.
Ona tili ta'limida nutqiy ko'nikmalarnining shakllanishi psixologik omillarga ham bog'liq bo'lib, unda nutqiy ko'nikmalar - doimiy intellektual rivojlanish: ruhiy jarayonlar (xotira - vizual va eshitish,
www.in-academy.uz
fikrlash - mavhum va majoziy, kuzatish, tasavvur -reproduktiv va ijodiy);
- insonning ma'naviy boyligi - doimiy ma'naviy rivojlanish, axloqiy me'yorlar, avvalo, muloqot me'yoriga rioya qilish kabilarni o'zi ichiga oladi.
Bu ham didaktik, ham psixologik (ruhiy) jarayon bo'lib, jumladan, psixolog olim M.Neppning ta'kidlashicha, bola 2-3 yoshida ona tili grammatikasini egallay boshlaydi, chunki boshqa odamlarning nutqini anglab, so'zlar kombinasiyasi va jumlalar tuzilishida ongosti sezgilari orqali kodlangan ob'ektiv qonuniyatlarni, ko'plab ajdodlarning tajribasini qabul qiladi. Odam ongida nutqi rivojlanishi bilan bir qatorda, ongostida mumkin bo'lgan harakatlarning ichki rejasi tuziladi, muayyan vaziyatda amalga oshiriladigan harakatlar modellari yaratiladi [Непп М., Холл Д., 2007:512].
L.S.Vgotskiy, I.Ya.Zimnyaya, A.A.Leontev, S.L.Rubinshteynlarning psixologik tadqiqotlari tahlili til tashuvchisini shakllantirishning muvaffaqiyati ona tilining kommunikativ rivojlanish darajasiga bog'liqligi haqida gapirishga imkon beradi. I.Ya.Zimnyayaning fikricha, "Ona tilining kommunikativ rivojlanishi"ni ta'minlaydigan murakkab ko'p qirrali hodisa sifatida ko'rib chiqish kerak:
- lug'at miqdori (leksik minimum);
- nutqiy malakalarni egallashning mohirlik darajasi;
- fikrini ongli ravishda izchil bayon qila olish qobiliyati suhbatdoshining replikalariga munosib javob bera olish, eshitganlariga munosabat bildirish ko'rsatkichlariga ega bo'lgan og'zaki muloqot shakllarini bilish darajasi;
- matnni o'qish sur'ati darajasi;
- yozma nutq ko'nikmalarinining shakllanish darajasi;
- kognitiv qiziqishlarning shakllanish darajasi;
- umumiy dunyoqarash darajasi Зимняя [, 1991:9195].
Muloqot qilish uchun zarur bo'ladigan kompetensiyalar quyidagilardan iborat:
- til kompetensiyasi;
- nutq kompetensiyasi;
- pragmatik kompetensiya;
- kommunikativ kompetensiya.
Mazkur talablarni amalga oshirish, kompetensiyalarni shakllantirish, albatta, til ta'limida maxsus o'quv topshiriqlar tizimini ishlab chiqishni taqozo etadi. Bu esa o'z navbatida turli nutq vaziyatiga mos fikr ifodalash imkonini beruvchi, o'zaro muloqotning samarali bo'lishiga xizmat qiluvchi kognitiv-pragmatik ta'limning afzalliklarini o'rganib chiqishni talab etadi.
PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
TASHKENT.MM.Y20M WWW.in-aCademy.UZ
Bugungi kunda til ta'limida amaliy nutq ko'nikmalarini rivojlantirishning ustuvor ahamiyat kasb etishi, nutqiy kompetensiyalar tarkibiga pragmatik kompetensiyaning ham kiritilishi o'quvchilarda maktab ta'limidan boshlab, nutq vaziyatiga mos ravishda so'zlash ko'nikmalarini, dialog, poliloglarda muloqot ishtirokchisiga aylanish, suhbatdoshlar bilan polemikaga kira olish va o'z fikrini asoslay olish kompetentligini tarbiyalab borishni taqozo qiladi.
Asosiy til birligi sifatida denotativ va konnotativ vazifalarni bajaruvchi so'zni o'rgatishda o'quvchini uning ma'noviy qirralarini anglay olish hamda nutqiy vaziyatlarga mos ravishda to'g'ri qo'llay olishga o'rgatish ona tili ta'limining birlamchi vazifasidir.
Biroq, buning o'zi etarli emas. Til ta'limining keyingi vazifasi o'rganilgan so'zlarni qo'shish orqali so'zlovchiga o'z fikrini to'liq, tushunarli etkazib bera olish va ayni paytda suhbatdoshning ifodalagan fikridagi mazmun-mohiyatni anglash.
Ko'rinadiki, ona tili ta'limi bolani atrofdagi voqelikni to'g'ri anglash va u haqdagi o'z fikr-mulohazalarini to'g'ri ifodalay olishi lozim. Ayni vaqtda o'zgalar fikrini tushunib qabul qilish, ularga munosabat bildirish (ma'qullash / rad etish) bola (o'quvchi, talaba) dunyoqarashining o'sib borishiga olib keladi. Shu bois ona tili barcha fanlarni egallashning asosi ham sanaladi.
[3] Розиков О.Р. Теоретические основи оптималного применения системи учебних задач в обучении школников (на материалах гуманитарных предметов). Автореферат дисс док. пед. наук. - Тбилиси, - 1986. - 50
[4] Saidov M. O'zbek maktablarining 5-sinflarida ona tili ta'limi jarayonida tafakkurni rivojlantiruvchi o'quv topshiriqlari va ulardan foydalanish metodikasi: ped. fan. nomdi diss. avtoref.TDPU. -Toshkent. 2000. - 25 b.
[5] Лернер И. Я. Дидактические основи методов обучения Текст. / И. Я. Лернер. - М.: Педагогика, 1981. -186 с.
[6] Ona tili: 6-sinfi uchun darslik / I. Azimova, K. Mavlonova, S. Quronov Sh. Tursunov, N.Hakimova, M.Siddiqov.-Toshkent: Respublika ta'lim markazi. 2022.- 24-b.
[7] Qodirov M., Ne'matov H. Mengliyev B. Va boshq. Ona tili. 8-sinflar uchun darslik. - T.: Cho'lpon. 2019. 6 b.
[8] Непп М., Холл Д. Невербалноэ обшение. Мимика, жести, движения, пози и их значения -М., 2007. -512 с.
[9] Зимняя И.А. Личностно-деятелностний подход в обучении как фактор гуманизатсии образования // Русский
язик за рубежом. 1991. -№ 3. - С. 91-95
XULOSA VA TAKLIFLAR
Tahlillarimiz ona tili ta'limidagi islohotlar ko'p jihatdan aynan o'quv topshiriqlarining qanday qo'yilishiga bog'liq ekanligini ko'rsatmoqda. O'quv topshiriqlarini pragmatik yondashuv asosida tuzish nutqiy ko'nikmalarini rivojlantirishga mo'ljallab ishlab chiqish, beriladigan savollarni o'quvchini o'ylantiradigan, fikrini aniqlashtirishga, dunyoqarashini rivojlantirishga yo'naltirish ona tili ta'limini takomillashtirishga yaqindan yordam beradi. Xulosa sifatida metodik yondashuv asosida yaratilgan o'quv topshiriqlari o'quvchiga umri davomida foydalana oladigan ko'nikma va malakalarni bera oladi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, bevosita o'quv topshiriqlarni takomillashtirish masalasi alohida tadqiqot ob'ekti sifatida atroflicha o'rganilishi kerak.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
[1] Axmedova M.E. Oliy filologik ta'limda o'quv topshiriqlaridan foydalanishning lingvometodik va didaktik xususiyatlari // Xorazm Ma'mun akademiyasi axborotnomasi. Ilmiy jurnal. - Urganch, 2022. - №2 (86). - B. 470-472. 2016.29.12/4
[2] Леонтев А. Проблеми развития психики.-М.: Педагогика, 1972. -576 с.