Научная статья на тему 'ONA TILI TA‟LIMIDA LINGIVISTIK MASHQLARNING O„RNI'

ONA TILI TA‟LIMIDA LINGIVISTIK MASHQLARNING O„RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ONA TILI TA‟LIMIDA LINGIVISTIK MASHQLARNING O„RNI»

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqisGdiyGt^a^edagGgikajn^

ONA TILI TA'LIMIDA LINGIVISTIK MASHQLARNING O'RNI

Sh. X. To'rayev

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi oliy toifali o'qituvchisi, O'zbekiston

Til ta'limini lingvistik mashqlarsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Ulardan ona tili o'qitishning hamma bo'g'inlarida, o'quv-tarbiya jarayonining barcha bosqichlarida foydalaniladi. Garchand, lingvistik mashqlarning qo'llanish doirasi keng bo'lsa-da, haligacha ularning hamma e'tirof etgan ta'rifi, tarkibiy qismlari, tiplari va tizimi xususida aniq tasavvurlar mavjud emas. Lingvistik mashqlar o'quvchilarda irodani tarbiyalashning asosiy omillaridan biridir. Iroda, ruhshunoslaming ta'biri bilan aytganda, ko'zlangan maqsadga erishish uchun o'z faoliyatini ongli tashkil etish, faoliyat jarayonida uchragan qiyinchiliklarni bartaraf etish vositalarini, usullarini izlashni taqozo etadi. O'z mehnatining maqsadini tushunish, unga erishish uchun harakat qilish, intilish bola faoliyatining asosiy tarkibiy qismlari b o'lib, ular mashq qilish natijasida tarkib topadi. Bunga mashqlarni yetarli darajadagi qiyinchilik va murakkablikda o'tkazish yo'li bilan erishiladi. Ammo ona tili metodikasi fanida mashqlarning qiyinligi va murakkabligi masalasi haligacha o'rganilgan emas. Lingvistik mashqlardan til bilimlarini o'rganish, mustahkamlash, takrorlash, tekshirish, umumlashtirish maqsadlarida foydalaniladi. Shuningdek, ular bolalarda orfoepik, orfografik, uslubiy, punktuatsion va boshqa shu kabi malakalar hosil qilishning yetakchi omili sanaladi.

Maktabda tilning fonetika, leksika hamda grammatikaga oidbilimlar va ular asosida turli-tuman nutq ko'nikmalari ustida ish qilinadiki, bularni grammatik mashqlar deyish an'anaviydir. Biroq ular tilning birgina grammatika sohasiga tegishli bo'lganligi bois cheklangandir. Binobarin, uning istilohi o'rnida «lingvistik mashq» jumlasini atama sifatida ishlatish ma'quldir. Lingvistik mashq yoshlarni hayotga tayyorlash jarayonining tarkibiy qismi, til ta'limini amalga oshirishning yetakchi yo'li hisoblanadi. Mashq ma'lum makonda (sinfda o'qituvchi rahbarligida) va zamonda (darsda) o'tkaziladi. U ongli hayotning alohida soniyalari, hayotning o'zi demakdir. Lingvistik mashqlarning mohiyatini aniqlash maqsadida ularni yana bir tushuncha o'quv topshirig'i bilan muqoyasa qilamiz. Zero, narsa-hodisalar o'zaro solishtirilganda, ularning mohiyati aniqlanadi. Masalan:

1-topshiriq. O'n ikkita so'z berilgan (in, oz, es, iz, ov, il, esh, og', ig', ek, et). Ularni qanday qilib uch guruhga ajratib yozish mumkin?

2-topshiriq. Sinonimlar qatoridagi so'zlarga zid ma'no anglatadigan antonimlarni topib yozing.

386

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы

^Tsshkentiatissdiyot^a-esdagsgika^isiituii^^—^^^imi^sbis^iimi^rsiys^jinnov^iiy^^^sonaviyva^^^rivais^^^^

Katta -

Ulkan -

Buyuk -

Ulug' -

3-topshiriq. Matnni o'qib, sifatlarni ajratib yozing. (Katta konsert har bir yurakda sevinchli iz qoldirdi...) Yuqoridagi keltirilgan namunalarda o'quv topshirig' I nima? O'quv topshirig'i bo'yicha o'tkaziladigan mashqni qanday ajratmoq kerak? O'quv topshirig'i mashqmi? Yoki mashq o'quv topshirig' imi? Shu xildagi savollarga javob qaytara olsak, lingvistik mashqlarning mohiyatini ham ocha bilamiz, ularga instrumental (ishchi) ta'rif ham bera olamiz. Lingvistik mashqlar boshqa tizimlarga o'xshab kompleks elementlardan iborat. Har qanday tizimning elementlari mohiyati jihatidan ikki turli bo'ladi:

- doimiy - asosiy,

- o'zgaruvchan - ikkinchi darajali.

Tizimni, ayni holatda lingvistik mashqlarni barcha elementlariga ko'ra tahlil etish amrimaholdir. Shu sababli, lingvistik mashqlarning asosiy elementlarini uning tarkibiy qismlari sifatida tahlil qilamiz. Lingvistik mashqlar, avvalo, ochiq tizimdir. Zero, hozir o'tkaziladigan mashq oldingi mashqlarning davomi, bundan keyin o'tkaziladigan mashqlar uchun tayyorgarlik bosqichi sanaladi. Mashq qilish jarayonida bolalarning o'qish faoliyati o'tmishdan hozirga, undan kelajakka tomon harakat qiladi. O'rganilgan bilimlardan (o'tmishdan) ularning amaliyotga tatbiq etilishiga (hozirga) qarab borish kelajakdagi istiqbolli faoliyat uchun zamin tayyorlaydi. Mashq qilish uchun zaruriy bilimlarni esga tushirish, tanlash murakkab psixik hodisa bo'lib, u bolalarda xotira, tasavvur, fikrlashni tarbiyalaydi. Masalan:

1-topshiriq. Matnni o'qib (. . .) otlarni ajratib yozing.

2-topshiriq. Matnni o'qib (. . .) sifatlami ajratib yozing.

3-topshiriq. Matnni o'qib (. . .) fe'llami ajratib yozing.

4-topshiriq. Matnni o'qib, otlarni birinchi, sifatlarni ikkinchi, fe'llarni uchinchi ustunga ajratib yozing. Yuqoridagi o'quv topshiriqlari asosida mashq qilish jarayonida ishtirok etgan o'quvchi «Ot» istilohi va «Ot» to'g'risidagi o'z tasavvuri (1-topshiriq), «Sifat» istilohi va «Sifat» to'g'risidagi o'z tasavvuri (2-topshiriq), «Fe'l» istilohi va «Fe'l» haqidagi o'z tasavvurlari (3-topshiriq)ga rioya qilib mashq qiladi. O'quv topshiriqlari shartida berilgan istilohlar va ularga oid tasavvurlar (hosil qilingan bilimlar) mashq qilish jarayonida faoliyat k o'rsatkichlari vazifasini bajaradi. Agar o'quvchi lingvistik terminlar va ular ostida to'plangan o'z tasavvurlari-bilimlani qancha aniq fahmlab, turli tushunchalarni farqlay olsa, shuncha samarali mashq qilinadi.

387

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqtisodiyot^a^edagogikajnstituti^^^^^^^

References / Adabiyotlar

1. Шайхисламов, Н. (2020). Она тили ва адабиёт дарсларида замонавий педагогик технологияларни куллаш мах,орати. Science and Education, 1(2), 566568.

2. Шайхисламов, Н., Байкабилов, У. (2020). Тил - миллатнинг маънавий мероси. Тилнинг лексик-семантик тизими, циёсий типологии изланишлар ва адабиётшунослик муаммолари, 68-72.

3. Шофкоров, А. М. (2011). Повторение в поэзии Миртемира. Вестник Челябинского государственного университета. Филология. Искусствоведение, 25(58), 167-170.

4. Шофкоров, А. М. (2019). Повторяющиеся слова и их использование в художественном выражении. Теория и практика современной науки, 2(44), 136139.

5. Шофкоров, А. М. (2020). Геминациянинг услубий вазифасига доир.

Филологиянинг долзарб муаммолари, 1, 344-345.

6. Шофкоров, А. М., & Ходжамкулов, У. Н. (2019). Педагогик таълим кластери тамойиллари. Филологиянинг долзарб муаммолари, (2), 71-74.

7. Xolbekov, S. B. (2020). Adabiyot darslarida interfaol metodlardan foydalanish samarasi. Science and Education, 1(5).

388

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.