Научная статья на тему 'DIKTANTLAR YORDAMIDA BOSHLANG’ICH SINF O`QUVCHILARINING IMLOVIY MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH'

DIKTANTLAR YORDAMIDA BOSHLANG’ICH SINF O`QUVCHILARINING IMLOVIY MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3495
160
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
TA'LIMIY DIKTANT / TA'KIDIY DIKTANT / O'Z DIKTANT YOKI YODDAN YOZUV DIKTANTI / IZOHLI DIKTANT / SAYLANMA DIKTANT / ERKIN DIKTANT / RASM DIKTANT / LUG'AT DIKTANT / IJODIY DIKTANT

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Gulyamova Х.

Ushbu maqolada diktantlar yordamida boshlang`ich sinf o`quvchilarining imloviy malakalarini shakllantirishning ilimiy-metodik xususiyatlari haqida so`z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DICTIONARY FORMATION OF SPELLING SKILLS OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS

This article discusses the scientific and methodological features of the formation of spelling skills of primary school students with the help of dictation.

Текст научной работы на тему «DIKTANTLAR YORDAMIDA BOSHLANG’ICH SINF O`QUVCHILARINING IMLOVIY MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH»

Gulyamova X.

Boshlang'ich ta'lim kafedrasi katta o'qituvchisi Toshkent viloyati Chirchiq Davlat pedagogika instituti

DIKTANTLAR YORDAMIDA BOSHLANG'ICH SINF OQUVCHILARINING IMLOVIY MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH

Annotatsiya: Ushbu maqolada diktantlar yordamida boshlang^ich sinf o^quvchilarining imloviy malakalarini shakllantirishning ilimiy-metodik xususiyatlari haqida so^z yuritiladi.

Tayanch so^zlar:ta 'limiy diktant, ta 'kidiy diktant, o Z diktant yoki yoddan yozuv diktanti, izohli diktant, saylanma diktant, erkin diktant, rasm diktant, lug'at diktant, ijodiy diktant.

Gulyamova Kh. senior teacher Department of Primary Education Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

Republic of Uzbekistan

DICTIONARY FORMATION OF SPELLING SKILLS OF PRIMARY

SCHOOL STUDENTS

Abstract: This article discusses the scientific and methodological features of the formation of spelling skills of primary school students with the help of dictation.

Keywords: educational dictation, emphasis dictation, own dictation or memorized dictation, explanatory dictation, elective dictation, free dictation, picture dictation, dictionary dictation, creative dictation

Ta'limiy diktantlarni o'tkazish vaqtini, o'rnini, turini o'qituvchining o'zi belgilaydi. Ta'limiy diktantlar uchun darsning ma'lum bir qismi (5-10 daqiqasi), ba'zan bir dars ajratiladi. Bu diktant o'quvchilar bilimini mustahkamlash maqsadida o'tkaziladi. Ta'limiy diktantda o'qituvchi o'quvchilarga o'rgatilayotgan hodisaning imlosini bir necha tahlil usullaridan foydalanib tushuntiradi, o'quvchilar so'zlarni to'g'ri yozishlariga ishonch hosil qilgach, uni yozishga ruxsat beradi. Har qanday yo'l bilan xatoning oldini olish chorasi ko'riladi. Masalan, 1-sinfda a va o unlilari o'rganilayotgan darsda bo'g'in-tovush, tovush-harf tahlili o'tkaziladi. Baho, bahor so'zlarining birinchi bo'g'inida a harfi yozilishini o'quvchilar bilib olgach, o'quvchilardan biri shu so'zlarni xattaxtaga yozadi va tahlil qilinadi. So'ng so'z o'chirib tashlanadi, shundan keyin aytib turib yozdiriladi.

Ta'limiy diktantlar tashkil etish va bajarilish usuliga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi:1. Ta'kidiy diktant.2. O'z diktant yoki yoddan yozuv diktanti.3. Izohli diktant.4. Saylanma diktant.5. Erkin diktant.6. Rasm diktant.7. Lug'at diktant.8. Ijodiy diktant.

SHulardan erkin va ijodiy diktantlarda matn ma'lum o'zgarishlar bilan yoziladi.

Quyida izohli diktant, erkin diktant, ijodiy diktant turlariga toxtalamiz. Ta'kidiy diktantdan qoidani tatbiq etish usullarini yaxshi bilib olish maqsadida foydalaniladi. Matnni yozishdan oldin, uni yozish jarayonida, izohli yozuvdagi kabi, o'quvchilar so'zni qanday yozishni va nima uchun shunday yozilishini tushuntiradilar.Ta'kidiy dikdant matni namunasi:

Egizaklar

Hasan va Husan - egizaklar. Ular 4-sinfda o'qishadi. Hasan va Husan bir partada o'tirishadi. Ikkisi ham a'lochi. Hamma o'rtoqlari ularni hurmat qilishadi.

Diktantni yozdirishdan oldin o'quvchilar h harfi yoziladigan so'zlarni eshitish orqali topadilar. Uning talaffuzini izohlaydilar. So'ng o'qituvchi "Hasan, Husan, hamma, hurmat so'zlarini h harfi bilan yozasiz" deb ta'kidlaydi. O'quvchilar diktantni yozib bo'lishgach, doskadagi namunaga qarab yozganlarini tekshirdilar.

O'z diktant yoki yoddan yozuv diktantida o'rganilgan imloviy qoida asosida yoziladigan so'zlar bo'lgan matnni o'quvchilar o'zlari o'qib yodlaydilar(ko'rib idrok qiladilar) yoki o'qituvchi rahbarligida eshitib yodlaydilar (idrok qiladilar), keyin o'zlari mustaqil yozadilar.

2-sinfda yoddan yozuv diktanti orqali b va d tovushlarining so'z oxirida yozilishini mustahkamlash namunasi: Uydan chiqishar shoshib, Qo'chqor, Dilshod va Muxtor. Sochlarida yarqirar Yengil, yumshoq oppoq qor.

Quyidagi yoddan yozuv diktanti orqali h va x tovushlarining so'z oxirida yozilishini mustahkamlaydi: Suvsiz hayot bo'lmas, Mehnatsiz - rohat. Suvni isrof qilmang, Suv bebaho boylik. Bugungi ishni ertaga qo'yma, Ertaning ham rejasi bor.

O'quvchilar h harfining tagiga chizadilar. So'ng uning talaffuzini so'z tarkibida mashq qiladilar.

Izohli diktant o'quvchilarning qobiliyatiga qarab ikki xil o'tkaziladi. O'quvchi, odatda, o'qituvchining ko'rsatmasi bilan ma'lum so'zning yozilishini diktant yozishdan oldin yoki keyin izohlaydi. So'zning yozilishini bo'g'in-tovush, tovush-harf tomondan tahlil qiladi, unga qoidani tatbiq etadi. Masalan,

"Kitob" - bilim manbai" - Kitob: Ki-tob. Ikki bo'g'in. Birinchi bo'g'inida k, i; ikkinchi bo'g'inida t, o, b tovushlari bor. Oxirgi b tovushi p tovushi tarzida talaffuz qilinadi. Unda b yoki p tovushini ifodalovchi harfning yozilishini tekshirib aniqlaymiz. Buning uchun so'z oxiriga i tovushini qo'shamiz va aytamiz: kitobi. btovushi yozilar ekan" kabi izohlanadi.

Izohli diktant boshlang'ich sinflarning barchasi uchun mos bo'lib, o'quvchilarga yozdirilgan matn tarkibidagi imlosi qiyin so'zlarning yozilishini eslatish va ta'kidlash maqsadida o'tkaziladi.

Masalan, 4- sinfda egalik qo'shimchalari o'rganilayotganda tovush tushishi, tovush almashinishi hodisalari bilan tanishtiriladi va o'quvchilarda imloviy savodxonlikni shakllantirishda quyidagi til materiallari asosida tahlil-tarkib tahlili amalga oshiriladi. Bunda quyidagicha savol-topshiriqlar ustida ishlandi:

Bu nima? (daftar ko'rsatiladi)

-Daftar so'zini doskaga yozing va o'qing.

-Daftar so'zida nechta tovush bor? U nechta harf bilan yozilgan?

-Daftar so'ziga I shaxs birlikdagi egalik qo'shimchasini qo'shib o'qing?

-Daftarim so'zida nechta tovush bor va u nechta harf bilan yozildi?

-Daftarim so'zining o'zak va qo'shimchasini tegishlicha belgilang.

-So'z o'zagida o'zgarish yuzberdimi?

Bu nima? (burun rasmi ko'rsatiladi)

-Burun so'zini doskaga yozing va o'qing. Burun so'zining talaffuzi bilan yozilishini taqqoslang.Ularda qanday farq sezdingiz?

-Burun so'zida nechta tovush va u nechta harf bilan yozilgan?

-Burun so'ziga I shaxs birlikdagi egalik qo'shimchasini qo'shib o'qing?

-O'ylang, so'zda qanday o'zgarish yuz berdi?

-Burnim so'zida nechta tovush bor va u nechta harf bilan yozildi?

- Burnim so'zining o'zak va qo'shimchasini tegishlicha belgilang.

-So'z o'zagida qanday o'zgarish yuz berdi?

og'iz —og'iz + -im--------og'zim; shahar ------- shahar +im-------

shahrim so'zlari ustida ham shu tarzda ishlanadi va xulosa chiqariladi:

O'qituvchi o'quvchilarning kuzatishlarini yakunlab xulosa chiqaradi. Ba'zi so'zlarga egalik qo'shimchasi qo'shilganda o'zakdagi unli tovushlar tushib qoladi, bir tovush boshqa tovush bilan almashadi va shunday yoziladi. O'quvchilar darslikda berilgan qoidani mustaqil o'qiydilar. -Siz o'qigan imlo qoida nima haqida ekan? -Qoida necha qismdan iborat? (Qoida uch qismdan iborat) -Har bir qismni ajrating. (1. Ba'zi otlarga egalik qo'shimchasi qo'shilganda, o'zakda tovush o'zgarishi yuz beradi. 2. Unli tovush tushib qoladi. 3. Undosh tovush almashadi.)

Quyida 4-sinfda o'takazgan izohli diktant namunasini keltiramiz:

Meningshahrim

Biz Toshkent shahrida yashaymiz. Toshkentda yuzlab favvoalar bor. Ular shahar havosini salqin saqlaydi.

Kuzda bog'larda burglar sarg'ayib to'kilsa ham, shahar go'zalligini yo'qotmaydi.

Men har kuni singlimni bog'cha olib borayotib daraxtlarni kuzataman. Burnimizga urilgan xushbo'y hidlar haqida ikkalamiz ham og'zimizni yumaymay gapiramiz.

Matndagi ajratib berilgan so'zlarni qayta o'qing.

Yo'lda ko'rganlarimiz onamizga so'zlab beramiz.

Tilak— tilak+im-----tilagim; taroq—taroq +im—tarog'im so'zlari

ustida ham shu tarzda ishlanadi. Izohli diktantda o'quvchilar qoidalarga oid so'zlarning tagiga chizadilar. Chunonchi, 2-sinfda son mavzusini o'rganishda 259-mashqni ishlash jarayonida quyidagi maqol berilgan: Qirq ko'ylagi bor.Bir tugmasi yo 'q.

Mazkur maqoldagi ko'ylagi so'zi yuzasidan to'liq bo'lmagan tahlil o'tkaziladi. Bu ish orqali o'quvchilar tovush o'zgarishi bo'l-gan so'z bilan amaliy tanishib, imlosini o'zlashtiradilar. Bu imlo qoidasi 4-sinfda nazariyaga asoslangan holda o'rgatiladi. Shu mav-zuni mustahkamlash va o'quvchilar bilimini nazorat qilishda izohli diktant o'tkaziladi.

Quyida izohli diktant uchun matnlar namunasini keltiramiz:

Topishmoq

Qulog'i zo'r yilpig'ich,

Tumshug'ida barcha kuch.

Toshni ko'taradi dast,

Bahaybatzo'rligirost150.

O'zibirqarich,

Qu'rug ' io ' nbirqarich151.

So'z tarkibi tahlili 3-4- sinflarda o'tkaziladi. Ayniqsa, yozma ish natijalari tahlili darslarida keng qo'llash imloni o'rgatishda samarali yordam beradi.

Saylanma diktantda o'quvchilar diktovka qilingan gaplar yoki matnning hammasini yozmaydilar. Uning o'qituvchining topshiri-g'iga mos qisminigina (o'rganilgan qoida asosida yoziladigan so'z-larni, so'z birikmalarini) yozadilar. Masalan, bosh harf bilan yozila-digan so'zlarnigina yozish (1-sinf), qaratqich kelishigidagi so'zni u bog'langan ot bilan yoki tushum kelishigidagi so'zni u bog'langan fe'l bilan birga yozish (4-sinf) kabi. Saylanma diktant o'quvchilarda imloviy ziyraklikni o'stiradi. Masalan, bosh harf bilan yoziladigan so'zlarnigina yozish (1-sinf), qaratqich kelishigidagi so'zni u bog'langan ot bilan yoki tushum kelishigidagi so'zni u bog'langan fe'l bilan birga yozish (4-sinf) kabi.

150 Q.Abdullayeva, S.Rahmonbekova. Diktantlar toplami. -T.: "Niso poligraf" nashriyoti. 2012. 173-bet.

151Q.Abdullayeva, S.Rahmonbekova. Diktantlar toplami. -T.: "Niso poligraf' nashriyoti. 2012. 147-bet.

Saylanma diktant uchun diktant namunasi va topshiriq: Bosh harf bilan yoziladigan so'zlarni saylab yozing.

Javdar non

Risolat buvimlar Xumson qishlog'ida yashaydilar. Xumson - juda chiroyli qishloq. Bir tomoni baland tog', tog' tomonida Ugom daryosi shovullab oqadi.

Qishki ta'tilda onam bilan buvimlarni borib ko'rdik. Men o'rtoqlarim bilan tepalikda sirpanchiq uchishga shoshildim. Chanamiz ham "qo'lbola" Uni Rahmon bobom yasab berganlar. Biz maza qilib chanada uchdik, qo'bo'ron o'ynadik.

-Dilshodjon, kelaqol, bolam, non pishdi. Choy ichibolgin, -dedilar. Buvim bir savat non ko'tarib kirdilar. Xona yoqimli non isiga to'ldi152.

Diktant tahlili jarayonida o'quvchilar otlarni nauchun bosh harf bilan yozilganini izohlab berdilar. Xatolarini Imlo lug'ati dan foydalanib to'g'rilash tavsiya etilsa (h va x, b-p kabi), ularda mustaqil ishlash ko'nikmalari rivojlanadi.

Erkin diktant uchun hikoya tarzidagi uncha katta bo'lmagan matn tanlanadi. Tanlangan matnning har bir bo'limida ikkitadan uchtagacha gap bo'lishi kerak. Matnda o'quvchilar yozishda qiynaladigan yoki imlosi o'rganilmagan so'zlar ishtirok etgan bo'lsa, matn mazmuniga xalal yetkazmagan holda, boshqa so'zlar bilan almashtirish yoki tushirib qoldirish mumkin. Bu diktantda o'quvchilarga mazmunni buzmay, gap tuzilishini o'zgartirish, bir so'zni unga yaqin ma'noli so'z bilan almashtirish erkinligi beriladi. Diktant uchun 3-5 qismli matn tanlanadi. O'qituvchi avval matnni bir marta ifodali o'qib beradi, so'ngra matn mazmuni yuzasidan suhbat o'tkazadi. Ayrim qoidalarni eslatadi. Keyin matnning bir qismi qayta o'qib beriladi, o'quvchilar uning mazmunini yozadilar.

Masalan, 28-mashqda Bog'chada matni berilgan, uni o'quvchi o'qib diktant yozishga tayyorlanadi. Bu erkin diktantnio'quvchilar matnning mazmunini saqlagan holda yozadilar. Bu ham o'quvchilarning imloviy savodxonligini oshirishga xizmat qiladi.

Bog'chada

Anvar hali yosh. Opasi Yulduz uni bog'chaga olib boradi. Bog'chada uning o'rtoqlari ko'p. Bu ahil bolalar bir-biri bilan birga o'ynaydi.

Tarbiyachi Sevara Yunusova ularni doim maqtaydi.

O'quvchilar diktantidan namuna:

Anvar yaxshi bola

Anvar hali kichkina bola. Shuning uchun Anvarni opasi bog'chaga olib boradi. Anvar opasi Yulduzni yaxshi ko'radi.

Anvar bog'chada o'rtog'lari bilan o'ynaydi. Ular bilan qo'shig' aytadi. O'rtog'lari bilan urishmaydi.

; Q.Abdullayeva, S.Rahmonbekova. Diktantlar toplami. -T.: "Niso poligraf" nashriyoti. 2012. 135-bet.

Sevara Yunusova Anvaming bog'cha opasi. Sevara opa bog'chadagi hamma bolalarni yaxshi ko'radi, ularni erkalatadi. Bolalarga ovqat beradi. Ularni o'ynatadi.

Erkin diktant imlo qoidalarini mustahkamlashga xizmat qilishi bilan birga, o'quvchilar nutqini o'stiradi, fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi, bayon yozishga tayyorlaydi.

Ijodiy diktantda o'quvchilarga o'rganilgan qoidaga mos so'z, so'z birikmasi, biror mavzuga doir savollar beriladi. Ular berilgan so'z va so'z birikmalarini qatnashtirib, savollarga javob topish orqali matn yoki hikoyacha tuzadilar. O'qituvchi ana shu berilgan so'z va so'z birikmalari yordamida tuzilgan hikoya mazmunini ishni bajarish usuli haqida o'quvchilarga tushuncha beradi. Chunki ijodiy diktant matnini o'quvchilarning o'zlari ijod qiladilar va uni o'qituvchining ko'rsatmasiga muvofiq yozadilar. Shunisi bilan diktant inshoga o'xshaydi.

Ijodiy diktant organilgan qoidalarni o'zlashtirish va yozuvda o'rinli qo'llash malakalarini mustahkamlaydi. O'quvchilarning og'zaki va yozma nutqiniog rivojlanishiga ijobiy ta'sir qiladi, ularda ijodkorlik, mustaqillik kabi zaruriy malakalarini shakllantirish muhim o'rin tutadi.

4-sinfda kelishik qo'shimchalari bilan otlarning turlanishini mustahkamlashda ijodiy diktantdan foydalanish mumkin:

To'rtfasl

1. Qish, qahraton, ayoz, harorat, past, muz, shamol, izg'irin.

2. Bahormayin, shabada, quyosh, maysa, sochdi, ko'klam, dala, ish.

3. Yoz, kunlar, issiq, meva, sabzavot, poliz.

4. Kuz, bulut, yig'im-terim, osmon, paxta, xirmon, dehqon, ishqizg'in153.

Rasm diktant predmet rasmini yoki o'zini ko'rsatib o'tkaziladi: predmet

rasmi ko'rsatiladi, o'quvchilar uning nomini aytadilar va yozib vergul qo'yadilar, ish shunday davom etadi (Birinchi so'z bosh harf bilan, qolganlari qoidaga ko'ra yozilishi eslatiladi). Rasm diktantda o'rganilgan qoidani, ayniqsa, o'quv yili davomida o'rganiladigan imlosi qiyin so'zlarni to'g'ri yozishni puxtalash, shuningdek, ularni o'quvchilar qanday o'zlashtirganliklarini sinash maqsadi ko'zda tutiladi.

3-4-sinfda ayrim harflar imlosiga doir imlo qoidasidan a va o unlisining imlosi, i va u unlisining imlosi, h va x undoshlarining imlosi, v va f undoshlarining imlosi, b va p undoshlarining imlosi, h va x undoshlarining imlosi, d va t undoshlarining imlosi, z va s undoshlarining imlosi, j va ch undoshlarining imlosi o' va i unlilari, e va i unlilarining talaffuzi, imlosi, so'z ma'nosini farqlashdagi o'rni, tutuq belgili so'zlar o'rganilganda ham rasm diktantlardan foydalanish mumkin.

Lug'at diktant. Lug'at diktant or'ganilgan imlo qoidalarini mustahkamlash, o'quvchilar lug'atini bo'yitish, o'rganilgan imlo qoidalarini

153 Q.Abdullayeva, S.Rahmonbekova. Diktantlar toplami. -T.: "Niso poligraf' nashriyoti. 2012. 137-138- bet.

o'quvchilar tomonidan qanchalik o'zlashtirilganini aniqlash, hisobga olish maqsadida o'tkaziladi. Lug'at diktant uchun o'rganilgan imlo qoidasi asosida yoziladigan so'zlar tanlanadi.

Lug'at diktantning ko'ruv sezgisiga asoslangan turidan foydalanish lug'at diktantning eshitib yozish turiga tayyorlaydi. Chunki bola nuqtalar o'rniga qaysi harfni qo'yishni o'ylaydi, talaffuzi bilan yozilishini taqqoslaydi, so'ng yozadi. Eshitib yozishda bunday imkoniyat bo'lmaydi. Buning uchun doskaga quyidagicha topshiriq yozib qo'yiladi:

1-sinf uchun:

Nuqtalar o'rniga a yoki o harflaridan mosini qo'yib ko'chiring va imlosiga e'tibor bering.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

B...h...r, b...h..., Bux...r..., d...vl... t, d...v..., s...v...b

2-sinf uchun:

Nuqtalar o'rniga a yoki o harflaridan mosini qo'yib ko'chiring va imlosiga e'tibor bering.

D...v...m...t, s...v...d, n...vb...tchi, n...b...h...r, b...rm...q, s.bzi, p...mid...r, k...rt...shka.

Nuqtalar o'rniga i yoki u harflaridan mosini qo'yib yozing va ma'nosiga e'tibor bering.

Uz...m, b...lb...l, g...r...ch, b...rg...t, qov.n, sov.n, ch...mch...q, ch.g'.rch.q.

O'qituvchi o'quvchilarning imloviy malakalarini shakllantirish maqsadidan kelib chiqib diktant turini tanlaydi va uni darsning biror bosqichida o'tkazadi.

Tekshirish maqsadida o'tkaziladigan lug'at diktant uchun so'zlar soni: 1-sinfda savod o'rgatishdan so'ng 5- 6 so'z, 2-sinfda 8—10 so'z, 3-sinfda 10—12 so'z, 4-sinfda 12—15 so'z qilib belgilash maqsadga muvofiq. Ona tili dasturida ham "Tekshirish maqsadida o'tkaziladigan ... lug'at diktanti uchun taxminiy so'z soni: 1-sinfda savod o'rgatishdan so'ng 6 so'z, 2-sinfda 8—10 so'z, 3-sinfda 10—12 so'z, 4-sinfda 12—15 so'z" deb belgilab qo'yilgan.

Ta'limiy diktantning o'yin shaklida o'tkazilgan turi o'yin diktant deb nomlanadi. O'yin- diktantni "Kim ko'p eslab qoladi?" deb nomlagan holda o'tkazish mumkin. Bu diktantning maqsadi xotirani ishga solish va bu imloviy ko'nikmalarni shakllantirishdir.

Bunda o'qituvchi har bir gapni bir marta o'qiydi. O'quvchilaryodidaqolganiniyozadi. O'qituvchi biroz pauzadan so'ng ikkinchi gapni o'qiydi.

O'yin-diktantning materiali sifatida so'z olinishi ham mumkin. Unda ham o'qituvchi 3ta so'zni birdaniga o'qiydi va 10-15 soniya pauza qilinadi. O'quvchi eslab qolganini yozadi. Keyin Yana uch so'z o'qib beriladi. Bunday tipdagi o'yin lug'at diktantiga 1- sinfda 5-8, 2- sinfda 8-10, 3- sinfda 10-12, 4-sinfda 12-15 so'z olinadi.

Diktant yozib bo'lingach, har bir o'quvchi diktantidagi so'zlar sonini sanaydi.O'qituvchi oldindan diktantning to'liq matnini yozib ustini bekitib qo'ygan bo'ladi. O'quvchilar diktantini tekshirayotgan uning ustini ochib qo'yadi.

O'quvchilarning bahosi tushirib qoldirgan so'zlar soniga va yo'l qo'yilgan xatolar soniga qarab pasaytiriladi.

O'quvchilar diktantni yozib bo'lishgach, o'rganilgan mavzulardan kelib chiqib topshiriqlar berilishi mumkin. Masalan, "So'zlardagi unlilarning tagiga chizing.", "Ajratib ko'rsatilgan so'zga ma'nodosh so'z toping." ," Shu so'zlar ishtirokida gap tuzing.", "Gap tuzing va tuzgan gaplaringizning bosh va ikkinchi darajali bo'laklarini aniqlang, tagiga tegishlicha chizing" kabi.

Tekshirish diktanti dasturning biror bo'limi o'rganilib, xilma-xil ta'limiy mashqlar bilan mustahkamlangach, ular o'quvchilar tomonidan qay darajada o'zlashtirilganini aniqlash maqsadida o'tkaziladi. Tekshiruv diktanti yozadigan darsda yordam ko'rsatilmaydi.

Tekshiruv diktanti o'quv yili davomida 5-6 marta o'tkaziladi. Masalan, ot turkumi o'rganilib bo'lingach yo diktant yoki bayon yozdirish o'quvchilarning egalik qo'shimchali, kelishik bilan turlangan so'zlarni imloviy to'g'ri yozishni egallab olganliklarini namoyish qiladi. Sifat turkumi o'rganilib bo'lingach, olinadigan diktant sifatlardagi daraja ifodalovchi -roq qo'shimchasinining yozilishini, biroz, to'q, liqqa, nim so'zlari bilan keladigan sifatlarni, ko'm-ko'k, oppoq kabi sifatlarning imlosiga doir ko'nikmalarini aniqlashga yordam beradi. Fe'l turkumi o'rganilib bo'lingach, diktant orqali zamon, shaxs-son q'oshimchalari bilan tuslangan, bo'lishsizlik qo'shimchalari bilan qo'llangan fe'llarning imlosini qaydaraja xotirada olib qolganliklarini aniqlashviy ko'nikmalarini aniqlash mumkin bo'ladi.

Diktantning bu turida yo'l qo'yilgan xatolar chuqur tahlil qilinadi, ularni bartaraf qilish usullari belgilanadi. SHu jihatdan tekshiruv diktantining ta'limiy ahamiyati katta.

O'quvchilarga tekshiruv diktanti yozishlari bir hafta oldin e'lon qilinadi. Qaysi mavzularni takrorlshlari aytiladi. Diktant yozish tartib-qoidalari tushuntiriladi:

- Diktant adabiy-orfoepik talaffuz me'yorlariga, tinish belgilariga rioya qilingan holda bir marta o'qib beriladi, diqqat bilan tinglshlari aytiladi.

- Diktant matnidagi imlosi qiyin va o'rganilmagan qoidalar asosida yoziladigan so'zlar doskaga yozilib, imlosi tushutiriladi.

- Diktant yozib bo'lingach, matn bir marta o'qib beriladi, o'quvchilar yozganlarini tekshirib oladilar.

- Diktant yozdirilayotganda, bitta gap bir butun holda o'qib berildi, o'quvchilar gap chegarasini aniqlab oldilar.

- Diktant aytib turib yozdirilayotganda ichda bo'g'inlab aytib yozish eslatiladi.

-Husnixat bilan yozishlari ta'kidlanadi.

-Diktant yozib bo'lingach, ichda bo'g'nlab o'qishlari, tekshirib, xatolarini to'grilashlari uchun vaqt beriladi.

Tekshiruv diktant matni namunasi:

Toshkentim - onam

Vatanimizning poytaxti -Toshkent. U juda go'zal shahar. Ko'chalari keng va ozoda. Toshkentda turli millat kishilari yashaydilar

Toshkentda O'zbekiston havo yo'llari, ikkita temir yo'l vokzali bor. Toshkent aeroportidan har kuni dunyoning turli shaharlariga samolyotlar uchadi. Poytaxtimizga havo yo'llari orqali horijiy davlatlardan ko'plab mehmonlar keladilar. Toshkent temir yo'llaridan tezyurar poyezdi qatnay boshladi. U ikki soatda odamlarni Samarqandga eltib qo'yadi.

Poytaxtimizning ko'chalari kengaytirildi. Tezyurar tramvay yo'llari qurildi. Ular odamlar vaqtini tajashga xizmat qilyapti.

Muzeylar, istirohat bog'lari, sport maydonlari Mustaqil yurt fuqorolariga xizmat qilmoqda. (80 so'z)

Diktantda grammatik topshiriqlar quyidagi yo'nalishlarda bo'lishi mumkin:

1. "Toshkentda turli millat kishilari yashaydilar" gapini gap bo'laklariga ko'ra tahlil qiling.

2. " boshla" so'ziga o'zakdosh zo'z toping.

3. "mehmonlar" so'zini fonetik tahlil qiling.

4. " go'zal" so'ziga ma'nodosh zo'z toping.

5. Joy nomlarining tagiga tegishlicha chizing.

Mazkur Grammatik topshiriqli tekshirish diktanti boshlang'ich sinf ona tili dasturida belgilab ko'rsatilgan bilim, ko'nikma va malakalar asosida baholanadi. Har bir topshiriq 5 ball bilan baholanadi va umumiy ball topshiriqlar soniga bo'linadi.

Baholash mezonlari:

1. Imloviy savodxonlik darajasi.

2. Tinish belgilarinig to'g'ri ishlatilishi.

3. Fonetiktahlil.

4. So'z tarkibiga ko'ra tahlil.

5. Gap bo'laklariga ko'ra tahlil.

6. Leksik tahlil.

7. Xatboshilarga rioya qilinishi.

8.Yozuvning husnixat talablariga mosligi.

9. Diktant matniga tuzatishlar kiritilganligi yoki kiritilmaganligi.

Tekshiruv diktantida dastur talabiga ko'ra so'zlar soni:

1-sinfda: 1-yarim yillikda: yil oxirida: 20-25 so'z.

2-sinfda: 1-yarim yillikda: yil oxirida: 30-35 so'z.

3-sinfda: yil oxirida: 50- 60 so'z.

4-sinfda: yil oxirida: 70- 75 so'z154

Bayon o'quvchilarning lug'atini bo'yitish, bog'lanishli nutqini o'stirishga qaratilgan orfografik mashq turlaridan biri hisoblanadi. Bayon orfografik mavzularni o'rganishning yakunlovchi bosqichida, o'quvchilar qoidalarni bilib olib, uni tatbiq qilishga o'rganganlaridan so'ngo'tkaziladi. Bayonyozganda o'rganilgan imlo qoidalarini to'g'ri tatbiqetish ularning onglio'zlashtirilganligini ko'rsatadi.

Foydlanilgan adabiyotlar:

1. Matchonov S., Bakiyeva H., Gulyamova X. va b. Boshlang'ichsinflardaonatilio'qitishmetodikasi. -T.: Ishonchlihamkor. 2021.

2. Gulyamova, X. (2021). BOSHLANG'ICH SINFLARDA O'QISH FANIDAN UMUMLASHTIRUVCHI DARSLARNI TASHKIL ETISH. Academic Research in Educational Sciences, 2(1), 1052-1060.

3. G'ulomova, X., &Bakiyeva, H. (2020). O'QISH DARSLARIDA SHE'RIY ASARLAR MATNI USTIDA ISHLASH. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 582-589.

4. З.А Нарымбетова . ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИНТЕРАКТИВНЫЕ МЕТОДЫ ОБУЧЕНИЯ В УЧЕБНОМ ПРОЦЕССЕ. Экономика и социум 3 (82),2021

5. Z .Narimbetova BOSHLANG'ICH MAKTAB MATEMATIKASINI O'QITISHDA YANGI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH Ekonomika i sotsium, 2021

6. ЗА Нарымбетова . The Study Of The Elements Of Fractal Geometry As A Means Of Integrating Knowledge In Mathematics And Computer Science In The Educational Process Of A Secondary School Students. International Journal Of Scientific & Technology Research Volume 9, Issue 04, April 2020

7.Абдуллаева Б. n.Organization and methodology of conducting football lessons in a preschool institution. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal https://saarj.comISSN: 2249-7137 Vol. 11, Issue 1, January 2021 Impact Factor: SJIF 2021 = 7.492 DOI: 10.5958/22497137.2021.00098.7

8. Абдуллаева Б. n.Teaching A Child To Play Football From A Youth. The American Journal of Interdisciplinary Innovations and Research (ISSN-2642-7478)Published:April 30, 2021Pages

9.Умарова З.А.ПЕДАГОГИК КОНФЛИКТЛИ ВАЗИЯТЛАРДА ХАРАКАТ УСУЛЛАРИ, ЭЛЕКТРОННОЕ НАУЧНО-ПРАКТИЧЕСКОЕПЕРИОДИЧЕСКОЕ ИЗДАНИЕ http://www.iupr.ruмЭкономика и социум" №4 (83) 2021

10. М.Н.Мусурмонова Укдтувчиларнинг касбий компитетлигини ривожлантиришда инновациялар, Akademic research in educational sciences volume 1 |ISSUE 3| 2020ISSN: 2181 - 1385 Scientific Journal ImpastFaktor (SJIF) 2020:4.804

154 Umumiy o'rta ta'limning DTS va o'quv dasturi. T.:2017. -74b.

11. DJUMAEV M.Some psychological and pedagogical principles of mathematical education. Professional education in the modern world, 2020, vol. 10, no. 4, pp. 4310-4320. DOI: https://doi. org/10.20913/2618-7515-2020-4-15

12. DJUMAEV M. Istoriya stanovleniya i metodologiya proforienefsii, Rossiya.Yamalao. Nauchny jurnal. Professionalnoe obrazovanie arkticheskix regionov. noyabr №4' 2020.

13. Ky3MaHOBa r. E. UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA MATNLI MASALALARNING TA'LIMIY AHAMIYATI. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(3), 1154-1159,2021

14. 3YMPAT XY^AHEEP^HEBA. HeMnc rannga эргаmган KymMa rannapHHHr KymMa rannap gonpacnga TyTraH ypHH (pp. 450-457) SCIENTIFIC PROGRESS jurnalining 6-soni.2021fi.

15. 3YMPAT XY^AHEEP^HEBA. Xp3HPrH 3AMOH HEMHC TH^H^ArH 3PrAfflrAH KYfflMA rAftHAPHHHr CHHTAKCHC^A TYTrAH YPHH. Science and Education, 2 (3), 403-414.2021 h.

16. ^aööopoBa O.M.. ^.TamnynaroBa Y3ÖeKHCTOH amn Ma^KypacHHHHr negaroraK TanKHHH. Academic research in educational sciences, Issue 3, 2021, pp584-589.

17. ^aööopoBa O.M.. ^.TamnynaroBa. Eomnamnn chh$ yKHTyBHHcnra KynHnagnraH Tanaönap. Academic research in educational sciences, Issue 2, 2021, pp575-582.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.