Научная статья на тему 'SAVOD O‘RGATISHDA DIKTANTNING AHAMIYATI VA DIKTANT TURLARI'

SAVOD O‘RGATISHDA DIKTANTNING AHAMIYATI VA DIKTANT TURLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3448
211
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
savod o‘rgatish / diktant / ta’limiy diktant / ta’kidiy diktant / tekshiruv diktanti / lug‘at diktant / erkin diktant / rasm diktant

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xudaynazarova Gulshoda Sadullayevna, Nurullayeva Manzura Komilovna

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinflarni savodga o‘rgatishda eng samarali mashqlardan biri hisoblangan diktant va uning turlari haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SAVOD O‘RGATISHDA DIKTANTNING AHAMIYATI VA DIKTANT TURLARI»

JffiTALQINVA 1

\-/TADQIQOTLAR No2 2022

«Cl

ilmiy-uslubiy jumaU

SAVOn rVUriATI^imA HlklA \I\I\YI AIIAMIYATI VA MlklA VI

SAVOD O'RGATISHDA DIKTANTNING AHAMIYATI VA DIKTANT

#

>

TURLARI

j § i>j*

Xudaynazarova Gulshoda Sadullayevna Nurullayeva Manzura Komilovna

Xorazm viloyati Xiva tumanidagi 10-son maktabning boshlang'ich sinf o'qituvchilari https://doi.org/10.5281/zenodo.7239393

Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlang'ich sinflarni savodga o'rgatishda eng samarali mashqlardan biri hisoblangan diktant va uning turlari haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: savod o'rgatish, diktant, ta'limiy diktant, ta'kidiy diktant, tekshiruv diktanti, lug'at diktant, erkin diktant, rasm diktant.

f Si îlw

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining savodxonligini oshirishda foydali

mashqlardan biri diktantdir. Diktant o'tkazishda o'quvchilarning imkoniyatlarini hisobga olish, ishda aniqlikka e'tibor berish, soddadan murakkabga borish muhim ahamiyatga egadir. Shuningdek, o'quvchilarni o'z-o'zini tekshirishga odatlantirish

»

zarur. O'quvchi diktant yozishda so'zning harfiy ifodasini ko'rmay, eshitish sezgisi orqali tovushlar majmuasini tasavvur etadi, tovushlarni harflar bilan almashlab yozadi. Bunda psixologik jarayon bilan fiziologik jarayonning birgalikda harakatlanishi so'zlar shaklining bolada mustahkamlanib borishiga imkon beradi. Shuning uchun ham diktant imlo o'rgatishda o'z tabiatiga ko'ra to'la ta'limiy yozma ish hisoblanadi. Diktantlar maqsadiga ko'ra ikki turli bo'ladi:

I. Talimiy diktant. Diktantning bu turi o'rganilgan mavzularni mustahkamlash maqsadida yozuv darsining biror qismida o'tkazilib, unga alohida soat ajratilmaydi. Ta'limiy diktantlar tashkil etish va bajarilish usuliga ta'kidiy diktant, o'z diktant yoki yoddan yozuv diktanti, izohli diktant, saylanma diktant, erkin diktant, rasm diktant, lug'at diktant, ijodiy diktant kabi turlarga bo'linadi. Bulardan saylanma, erkin va ijodiy diktantlarda matn ma'lum o'zgarishlar bilan yoziladi.

II. Tekshiruv diktanti. Diktantning bu turida yaqinda yoki ilgari o'rganilib,

_______i_____ ....

mashqlar bilan mustahkamlangan qoidalarni o'quvchilar qay darajada

o'zlashtirganliklari aniqlanadi. Tekshiruv diktanti biror bo'lim o'rganilgandan so'ng yoki chorak oxirida o'tkaziladi. Tekshiruv diktanti o'quv yili davomida 5-6 marta

J "1 > ' ^^ \ 1 *>

o'tkaziladi. Diktantning bu turida yo'l qo'yilgan xatolar chuqur tahlil qilinadi, ularni

\ !>»

bartaraf qilish usullari belgilanadi. Shu jihatdan tekshiruv diktantining ta'limiy ahamiyati katta.

Imloviy mashq sifatida diktantning xilma-xil turlaridan foydalaniladi. Ta'kidiy

,.„„.4_____-j • _____,• .„.u- u „ H „ • _______

diktantdan qoidani amaliyotga tatbiq etish usullarini yaxshi bilib olish maqsadida * : j*

"-w-isr88- a |

JffiTALQINVA 1

\-/TADQIQOTLAR No2 2022

¡ImlyuHuOiy jumali W

miiif-iwuuif juiiian

1> ^ Jjl >

foydalaniladi. Matnni yozishdan oldin, uni yozish jarayonida, izohli yozuvdagi kabi,

#

o'quvchilar so'zni qanday yozishni va nima uchun shunday yozilishini tushuntiradilar. O'z diktant yoki yoddan yozuvda o'rganilgan imloviy qoida asosida yoziladigan so'zlar bo'lgan matnni o'quvchilar o'zlari o'qib yodlaydilar (ko'rib idrok qiladilar) yoki o'qituvchi rahbarligida eshitib yodlaydilar (idrok qiladilar), keyin o'zlari mustaqil yozadilar. Izohli diktant o'quvchilarning qobiliyatiga qarab ikki xil o'tkaziladi. O'quvchi, odatda, o'qituvchining ko'rsatmasi bilan ma'lum so'zning yozilishini diktant yozishdan oldin yoki keyin izohlaydi. So'zning yozilishini bo'g'in-tovush, tovush-harf

1 J> w N j.

tomondan tahlil qiladi, unga qoidani tatbiq etadi. Masalan, ,,Kitob — bilim manbai"

— Kitob: Ki-tob. Ikki bo'g'in. Birinchi bo'g'inida k, i; ikkinchi bo'g'inida t, o, b

tovushlari bor. Oxirgi b tovushi p tovushi tarzida talaffuz qilinadi. Unda b yoki p

tovushini ifodalovchi harfning yozilishini tekshirib aniqlaymiz. Buning uchun so'z

oxiriga i tovushini qo'shamiz va aytamiz: kitobi. B tovushi yozilar ekan" kabi

izohlanadi. Bu diktantda o'quvchilar qoidalarga oid so'zlarning tagiga chizadilar.

Cmrlnnttin iUlr^-nM + rin a'/IIIT 7r>nil or r) 1 l/f n/ n ml inrrnn rrni-»1 r»t* T ml/1 m nlnmn rr nnmmnpim

Saylanma diktantda o'quvchilar diktovka qilingan gaplar yoki matnning hammasini

>

yozmaydilar. Uning o'qituvchining topshirig'iga mos qisminigina (o'rganilgan qoida asosida yoziladigan so'zlarni, so'z birikmalarini) yozadilar. Masalan, bosh harf bilan yoziladigan so'zlarnigina yozish (1 -sinf), qaratqich kelishigidagi so'zni u bog'langan

»

ot bilan yoki tushum kelishigidagi so'zni u bog'langan fe'l bilan birga yozish (4-sinf) kabi. Saylanma diktant o'quvchilarda imloviy ziyraklikni o'stiradi. Erkin diktantda o'quvchilarga mazmunni buzmay, gap tuzilishini o'zgartirish, bir so'zni unga yaqin ma'noli so'z bilan almashtirish erkinligi beriladi. Diktant uchun 3-5 qismli matn tanlanadi. O'qituvchi avval matnni bir marta ifodali o'qib beradi, so'ngra matn mazmuni yuzasidan suhbat o'tkazadi. Ayrim qoidalarni eslatadi. Keyin matnning bir qismi qayta o'qib beriladi, o'quvchilar uning mazmunini yozadilar. Erkin diktant imlo qoidalarini mustahkamlashga xizmat qilishi bilan birga, o'quvchilar nutqini o'stiradi, fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. Rasm diktant predmet rasmini yoki o'zini ko'rsatib o'tkaziladi: predmet rasmi ko'rsatiladi, o'quvchilar uning nomini aytadilar va yozib vergul qo'yadilar, ish shunday davom etadi (Birinchi so'z bosh harf bilan, qolganlari qoidaga ko'ra yozilishi eslatiladi). Rasm diktantda o'rganilgan qoidani, ayniqsa, o'quv yili davomida o'rganiladigan imlosi qiyin so'zlarni to'g'ri yozishni J-jt

"T r» 1 r ni rv'/ïnT7Al'\l1 nv n 11 nt 7 r» ' r~wl n n 11 + 1 11 I 1 1 7~l n 11 1 niunnli

puxtalash, shuningdek, ularni o'quvchilar qanday o'zlashtirganliklarini sinash

maqsadi ko'zda tutiladi. O'qituvchi mazkur maqsaddan kelib chiqib, imloviy

malakani shakllantirish ustida ishlash bosqichini hisobga olgan holda, diktantning

j > ' \ >

barcha turlaridan izchillik bilan foydalanadi.

Lug'at diktant o'rganilgan imlo qoidalarini mustahkamlash, o'quvchilarning

so'z boyligingi oshirish maqsadida o'tkaziladi. Bundan tashqari, o'rgailgan imlo

qoidalarini o'quvchilar tomonidan qanchalik o'zlashtirilganini sinash, hisobga olish

maqsadida ham o'tkazilishi mumkin. Lug'at diktant uchun o'rganilgan imlo qoidasi

-^OTiœr-- -s j

u>,* ^ t<ns

Шг

И»-

I

J

>>

Ы J> 1

Ы >

< >s#

. vjTALOIN VA • ^TADOIOOTLAR

ilmiy-uslubiy jumali

№2 2022

+Й )>

>j*

ы>

! >>>

+И >

! >£>

Ш>

< j>j:>

Ы p

Ы >

i >i>

asosida yoziladigan so'zlar, so'z birikmalari yoki turli narsalar va ularning rasmlaridan foydalaniladi. Agar tayyor so'z va so'z birikmalari yozdiriladigan bo'lsa, dastlab ularning ma'nosi, talaffuzi va yozilishi suhbat orqali izohlab tushuntiriladi. Diktantda turli narsalar yoki ularning rasmlaridan foydalaniladigan bo'lsa, ishni quyidagicha tashkil etiladi: tanlangan narsa rasmlari yoki o'zi tartib bilan o'quvchilarga ko'rsatiladi. O'quvchilar rasmda ifodalangan narsa nomini yozib, vergul qo'yadilar. Ish shu tarzda davom etadi. O'qituvchi birinchi so'zni bosh harf bilan boshlab yozish va oxirgi so'zdan keyin nuqta qo'yish kerakligini ta'kidlaydi. O'quvchilar yozganlarini imlo lug'atiga yoki o'zlarining lug'at daftarlariga solishtirib tekshiradilar. Yo'l qo'ygan xatolarini mustaqil ravishda to'g'rilaydilar, keyin esa o'qituvchi tomonidan tekshirib baholanadi. Lug'at diktantini yozish uchun: 2 sinfda 3 ta so'z; 3-sinfda 10 so'z; 4-sinfda 12-15 ta so'z bo'lishi mumkin.

Xulosa o'rnida shuni aytish lozimki, o'z kasbini sevgan har bir boshlang'ich sinf o'qituvchisi diktant va uning turlari haqida yetarlicha ma'lumotlarga ega bo'ib, o'z faoliyatida ulardan muntazam foydalansa, nur ustiga a'lo nur bo'lar edi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Qosimova K., Matchonov S. Ona tili o'qitish metodikasi. T. "Noshir". 2009 y. 56-bet.

2. Abdullayeva Q., Rahmonbekova S. Diktantlar to'plami.-T., 2011.

3. www.ziyo.uz

jW^ У

q ж**

>

llBfl

Qj^f^S).

* -4v ,--

213

3 ->P

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

i :й. Ы>с ^Н > Ы:> т>

ы >

% j>4:>;

Щ >

S

»ф> м>

]>Ж *ф>

Ц >р

1*й >

S Н>

Ы > Щ >

q

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.