teaching. Scientific and Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology, 1(12), 274-277.
8. Israilovich, I. U. (2019). Practical Strategies to Teach Vocabulary Through Games in EFL Beginner Classes: the Case Study of Some Secondary Schools in Namangan Region. International Journal on Integrated Education, 2(6), 94-96.
9. Botirova, Z. X. Q. (2020). THE IMPORTANCE OF AGE FACTORS ON TEACHING ENGLISH IN GRADES 5-6. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(11), 381-384.
10. Botirova, Z. X. (2021). PERSONALITY-ORIENTATED APPROACH TO TEACHING ENGLISH VOCABULARY. In МИРОВАЯ НАУКА 2021. ПРОБЛЕМЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ (pp. 6-8).
11. кизи Ботирова, З. Х. (2020). PRINCIPLES OF TAKING INTO CONSIDERATION LANGUAGE SKILL OF STUDENTS IN TEACHING VOCABULARY OF ENGLISH. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(3), 351-355.
CHET TILDA YOZISHNI O'RGANISH VA O'RGATISH (Xorijiy adabiyotlar asosida)
Saidumar Saydaliyev,
NamDUNemis va fransuz tillari kafedrasiprofessori, p.f.n.
Annotatsiya: Maqolada nutq faoliyatining reproduktiv turlaridan biri - yozish, uning mohiyati, yozishning nutq faoliyatining boshqa turlari bilan aloqasi, ularning xususiyatlari, yozishni o'rgatish usul, metod va texnologiyalari haqida fikrlar tahlil qilingan, umumlashtirilgan va amaliyot uchun tavsiyalar ishlab chiqilgan. Yozishni o'rgatuvchi mashqlar tavsiflangan, tasniflangan va ulardan misollar keltirilgan hamda bajarish usullari ko'rsatib berilgan.
Kalit so'zlar: yozish, yozma nutq, matn, matn tuzish, mashq, mashq turlari
Аннотация: В статье проанализированы, обобщены сущность и особенности письмо как вида речевой деятельности, его связь с другими видами РД, приемы, методы и технология обучения письмо и разработаны рекомендации. Описаны и классифицированы упражнения обучаюшие письмо и показаны приёмы выпольнения упражнений.
Ключевые слова: Письмо, письменная речь, текст, составление текста,
упражнение, виды упражнения
Annotation: In the article, one of the reproductive types of speech activity -writing, its essence, the relationship of writing with other types of speech activity, their characteristics, methods, methods and technologies of teaching writing are analyzed, summarized, and recommendations for practice are developed. Exercises that teach writing are described, classified, examples are given, and methods of execution are shown.
Keywords: writing, written speech, text, text composition, exercise, exercise
types
Zamonaviy metodikada chet til o'rganish va o'rgatishdan, eng avvalo, kommunikativ maqsad ko'zda tutiladi. Ushbu maqsad kishilar o'rtasida muloqot orqali amalga oshiriladi. Muloqot nutq faoliyatining retseptiv (tinglab tushunish, o'qish) va reproduktiv (gapirish, yozish) turlarida sodir bo'ladi. Cet til ta'limida nutq faoliyatining yozish turiga kam e'tibor beriladi. Bunga sabab:
- Muomalaga qaratiladigan dars berish jarayonida, odatda, asosiy e 'tibor tinglab tushunish va gapirish malakalarini rivojlantirishga qaratiladi;
- Yozishni egallash asosan mutaxassislar uchun muhim hisoblanadi;
- Yozishni o'rgatuvchi mashqlar yetarli emas;
- Yozish bilan shug'ullanish ko'p vaqt oladi;
- Yozish malakalarini mustaqil egallash ham mumkin.
Tarixiy metodlarda yozishga berilgan ahamiyat turlicha. Shuning uchun darsliklarda nutq faoliyatining yozish turiga har xil munosabatlarni kuzatish mumkin. Bunga sabab o'quv dasturlarida yozishga qo'yilgan talabdan kelib chiqib darslik yaratish an'anasidir. Darsliklardagi yozishga bo'lgan munosabatni o'rganish uch xil manzaraning guvohi bo'lish imkoniyatini beradi.
1. Yozish chet til ta'limining maqsadi, masalan, maktub yozishni o'rgatish.
2. Yozish til materiali va nutq faoliyatining turlarini o'zlashtirib olishda vosita hisoblanadi.
3. Ayrim darsliklarda yozishni o'rganish farqlanadi. Ularda quyidagicha topshiriq bilan kifoyalanish hollari uchraydi. Yozing! (Schreiben sie!)
Yozish mashq bajarish jarayonida til materialini takrorlash, mustahkamlash, o'zlashtirib olish vositasi bo'lishi ham mumkin. Darslikdagi jami mashqlar soni va ulardan yozishni o'rgatishga mo'ljallanganlari soni bir biridan farq qiladi. Barcha yozma mashqlarda yozish maqsad (o'rganilayotgan tilda muayyan xujjatlarni
to'ldirish, mazmun jihatdan bog'liq bo'lgan matnlarni (maktub, kichik xabar, taklif, e'lon, reklama, tarix, hikoya, ertak va b.) emas, balki vosita (til materiallarini to'g'ri qo'llash, so'zlarni to'g'ri tanlash, zamonlarni to'g'ri ishlatish, so'z tartibini to'g'ri qo'llash, matnlarni to'g'ri tuzish va boshqalar) ekanligini kuzatish mumkin.
Yozish malakalarini rivojlantirish maqsadida darsliklarda to'g'ri yozishga, grammatik hodisalarni qo'llashni o'rganuvchi tuzilmalarni o'zgartirishga oid boshqariladigan yozma mashqlar, modellar asosida yozishni o'rgatuvchi (she'rlarni, maktublarni, retsept, mamlakatshunoslikka oid matnlar) mashqlar va erkin fikr bayon qilishni o'rgatuvchi mashqlar berilgan.
O'tgan asrning 80-90 yillariga kelib yozishni o'rgatishga bo'lgan munosabat o'zgardi. Ayrim mualliflar «yozishni qayta kashf qilganliklari» haqida yozdilar. Bunga sabab:
- Tilshunoslikda og'zaki va yozma nutq alohida tadqiq qilindi. Ularning farqlariga e'tibor kuchaytirildi.
- Madaniyatshunoslik va adabiyotshunoslik fanlari chet tilda yozishni o'rgatish yangi madaniy ifoda imkoniyatlarini o'rgatish bilan bog'liq ekanligini tadqiq qila boshladi.
- Pedagogik psixologiya yozish jarayonini jadal tadqiq qilishga kirishdi.
- Muloqot zaruriyati va imkoniyatlari o'zgardi. Telefon, televideniye, komp'yuter, e-mail va teleks orqali yozma muloqot kuchaydi. [1]
Yuqoridagi o'zgarishlardan kelib chiqib chet til ta'limida yozishni o'rgatish masalasi qanday hal qilinishi lozimligi dolzarb bo'lib qoldi. Ko'pchilik darsliklarda va mashqlarda yozishga muayyan maqsadga erishish uchun vosita sifatida o'rgatilishining guvohi bo'lamiz. Agar ta'lim oluvchining kelgusi faoliyatida yozish qanday o'rin tutishini hisobga olinsa ushbu masalani hal qilish oydinlashadi. Olmon tili darsida yozishga bo'lgan ehtiyoj qo'yidagilarda o'z ifodasini topadi. Muloqot ehtiyojlari uchun yozishga bo'lgan talab unchalik katta emas.
Chet til darslarida yozma axborot berish quyidagilar bilan cheklanadi:
- Rasmiy xatlar yozish (nashriyotga, tahririyatga, kitob savdosiga, sayohat idorasiga, mehmonxonaga, yoshlar tashqilotlariga va boshqalar);
- Norasmiy xatlar yozish (otkritkalar, tabriknomalar, taklifnomalar, maktublar va boshqalar);
- Turli ish qog'ozlarini to'ldirish (ma'lumotnoma, mehmonxona qog'ozlari, telegrammalar va boshqalar);
- Uchinchi shaxs uchun qisqa axborotlar yozish.
Darsdagi amaliy ehtiyojlar uchun yozish quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
- Uy vazifalarini tayyorlash;
- Test topshiriqlarini bajarish;
- Og'zaki bayon uchun yozib olish, tayanch so'zlarni yozib olish, ma'lumot, material va fikr to'plash maqsadida yozish;
- So'z boyligi va grammatikaga oid mashqlarni bajarish uchun yozish;
- O'quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda tabaqalangan topshiriq berish uchun ("Binnendifferenzierung", "innere Differenzierung").
O'quvchilarning individual xususiyatlari quyidagilarda o'z ifodasini topadi.
- Gapirish tezligi;
- Bilim darajasi;
- Manfaat va qiziqishlarning turli-tumanligi;
- Ta'limiy ish usullari (Lerntypen).
Yuqorida ko'rsatilgan xususiyatlariga ko'ra o'quvchilar yozishdan turli darajada foydalanadilar va manfaat ko'radilar. Pedagogika-psixologiya nuqtai nazaridan yozish haqida quyidagilarni ta'kidlash zarur.
- Yozishning tinglash, o'qish faoliyatiga ta'siri;
- Yozishning undovchilik xususiyatlari;
- Malakalarning o'zaro bog'liqligi va ta'siri.
Malakalarning o'zaro bog'liqligi quyidagilarda o'z ifodasini topadi. Tinglash, gapirish, o'qish va yozish malakalari (Die Aktivitäten Hören, Sprechen, Lesen und Schreiben) bir-biri bilan uzviy bog'liq va biri ikkinchisini taqozo etadi. Masalan, gapirish va yozish jarayonlari axborot uzatish bilan bog'liq bo'lib, ikkisida ham til vositalari tanlanadi, so'zlar bir-biri bilan bog'lanib, jumla hosil qilinadi, yozish jarayonida ichki nutq faoliyatda bo'ladi. O'z navbatida o'qish malakalari yozish malakalari bilan uzviy bog'liq. Yozish orqali o'qish tezroq rivojlanadi. Yozish jarayonida ko'plab sezgi a'zolari ishtirok etadi. Jumladan, ko'rish (optik), eshitish (akustik), gapirish (motor), qo'l harakati, (tana) a'zolari ishtirok etadi. Yozish tafakkur jarayoni bilan uzviy bog'liq bo'lib, fikrni tartibga solish va tafakkurning rivojlanishini ta'minlovchi vosita hisoblanadi.[2] Ma'lumki yozish tanish bo'lgan ma'lumotni uzatishdangina iborat bo'lmasdan, balki noma'lum ma'lumotni ham bilib olishdir. Yozish, birinchidan, axborot uzatish va o'z maxsuliga ega bo'lgan faoliyat, ya'ni yozish maxsulot va, ikkinchidan, qadambaqadam yaratiladigan matnlardan, ya'ni yozish jarayonidan tashkil topadi. Uni quyidagicha tasavvur qilish mumkin. Yozuvchi (uzatuvchi) matn (axborot) kitobxon (qabul qiluvchi)
Har qanday matn odatda biron maqsad va natijaga erishish uchun yoziladi. Reklama qilish uchun rasmiy xat yoziladi. Unutib qo'ymaslik uchun harid qilinadigan narsalar ro'yxati yozib olinadi. Bilganlari haqida o'zgalarni xabardor qilish uchun gazeta maqolasi yoziladi. Munosobatni izhor qilish uchun maktub yoziladi. Yozish jarayon sifatida ham hayotning quyidagi jabhalarida ko'p uchraydi:
- Biron ma'lumotni unutib qo'ymaslik uchun yozib boriladi.
- Tinglaganni, o'qiganni tizimlash va tushunishni osonlashtirish uchun yozib boriladi.
- Tez-tez yozib boramiz va tezda tashlab yuboramiz.
Ishtaha ovqatlanish paytida, fikr gapirish va yozish paytida keladi, degan hikmat bor. Ko'pincha biror narsa, hodisa, voqea haqida xira tasavvurga ega bo'linadi. Uni kimgadir so'zlab berish jarayonida fikr tiniqlashadi, voqea oydinlashadi. Muhimi vaqtdan yutiladi. So'zlash bu faqat gapirish bo'lmay, balki bu yozish, g'oya va fikrning tug'ilish, shakllanish va ifodalanish jarayoni hamdir. Gapirish bu ovoz chiqarib fikrlash jarayonidir (Heinrich von Kleist (1777-1811).
Nutq faoliyatining yozish va gapirish jarayonida fikr, g'oya, qarash, nuqtai-nazar dab-durustdan paydo bo'lmay, asta-sekin tug'iladi va rivojlanib boradi. Yozishning ikki muhim xususiyatini ko'rsatib o'tish zarur: birinchisi, fikr va xissiyotni yuzaga chiqarish, predmetlash, ikkinchisi, fikr tug'ilishi va qayta ishlanishini salmoqlash, sokinlashtirish. Ma'lumki fikrlash juda tez o'tadi, shuning uchun ham fikrlash chaqmoqqa o'xshatiladi. Yozish paytida vaqtning yetarli bo'lganligi sababli o'ylashga, yozilganni tartibga solishga, tuzatishga, qaytishga imkoniyat bor. Yozish jarayoni bir tizimdagi ketma-ket bo'lgan fikriy harakat emas, balki u konsentrik jarayon bo'lib, yozuvchi aylanasimon harakatda bo'ladi, u yoritmoqchi, ifodalamoqchi bo'lgan fikriga tartib berish, tizimlash, strukturalash orqali tobora yaqinlashib boradi. Axborot almashish bu yozishning doimiy, eng muhim, birdan-bir funktsiyasi emas. Yozish jarayonida so'zdan jumlaga, jumladan esa matnga qarab boriladi. Yozish paytida yangi narsa vujudga keladi. Ona tilida va chet tilda yozish vosita va ifodalash usullariga ko'ra bir biridan farq qiladi.
O'quvchilar chet tilda yozganlarida qadamba qadam fikr binosini ko'radilar. Yaratilgan ushbu matn binosi ko'p jihatdan o'quvchi shaxsi bilan bog'liq. Matn muallif shaxsining xususiyatlari haqida ma'lumot beradi, xususan, muallif shaxsi, jinsi, ma'lumoti, dunyoqarashi va uning g'oyalari, fikrlari, fantaziyasi, istak-hohishlari, ishonch va ishonchsizligi, hazil va chinlarini ifodalaydi. Shuning uchun yozishni o'rganish metodikasida individ yozuvi haqida fikr bildiriladi.
Chet tilda yozishni o'rgatish borasida turli tuman metod va usullar
mavjudligi ma"lum. Misol tariqasida quyidagi mashqlarni keltirish mumkin:
1. Assotsiogramma yoki Wortigel mashqlari. Kitob so'zi sizning yodingizga qaysi tushunchalarni soladi? U tushunchalarni ifodalovchi so'zlarni tartib bilan yozing. So'zlarni mantiq bilan joylang va dastalarga birlashtiring, «Wortbildbündeln» so'zlar dastasi hosil qiling. Fikrni qo'zg'atuvchi jumla (Reizsatz) asosida matn tuzish mashqida mavzu nomi o'rniga fikrni qo'zg'atuvchi jumla (Reizsatz) bilan ham boshlash mumkin, masalan, «Mamlakatimizda yoshlar uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan». Assotsiogramma yordamida yuqoridagi jumla bilan bog'liq bo'lgan so'z, ibora, fikrlar to'planadi. Yuqoridagi mavzuga oid so'z maydonlari oilasi tayyorlanadi. Fikr qo'zg'ovchi vosita, bir so'zdan (Reizwort), foto, chizma, predmet, shovqin, musiqa va boshqalardan iborat bo'lishi mumkin. Dars jarayonida qo'zg'ovchi vosita doskaga yozilishi, chizilishi yoki ekranda namoyish qilinishi mumkin. Assotsiogramma o'quvchilar tomonidan daftarga yozilishi yoki butun guruh kuchi bilan doskada (per Zuruf an der Tafel sammeln) tayyorlanishi mumkin. Keyingi holat o'quvchilarni assotsiogramma va mavzuga oid so'zlar dastasi (Wortbündeln) tayorlanishini o'rgatish chog'ida tavsiya etiladi.
2. Birinchi punktdagi so'z va so'zlar dastasi bilan gap bo'laklari, kichik qisqa gaplar tuzing. Har bir gap bo'lagi va gapni yangi qatordan yozing. Asosan sodda bosh gaplar tuziladi. Agar assotsiogramma doskada tayyorlansa, u holda o'quvchilarni juft bo'lib ishlashga buyurish mumkin.
3. Ikkinchi punktdagi, jumlalarni ma'no va mazmuniga ko'ra tartib bilan joylashtiring. Bu mashqda siz ikkinchi punktdagi jumlalarni tushurib qoldirishingiz, o'zgartirishingiz, yangi jumlalarni qo'shishingiz mumkin. Har bir jumlani yangi qatordan oralarida bo'sh joy qoldirib yozing. Jumlalar mazmun jihatdan tartibga tushiriladi (Reihefolge). Bu bilan hikoya, tarix, voqea haqidagi matnning skleti (Gerüst) tayyor bo'ladi. Sklet „go'sht" bilan to'ldiriladi. Fikrlar chuqurlashtiriladi, asoslanadi, kengaytiriladi, qayta ifodalanadi. Qo'lyozma tobora bo'yalib boradi. Bu o'rinda turli rangli ruchkalardan foydalanish tavsiya etiladi. Qo'lyozma qanchalik ko'p bo'yalsa yozishning rivojlanishi shuncha yaxshi ko'chadi.
4. Mazmunan to'ldirmoqchi bo'lgan satrlar uchun qo'shimcha ma'lumotlar yig'ing. Ularni satrlar orasiga va hoshiyaga yozib chiqing.
5. Qo'shimcha, to'ldirish va tuzatishlarni hisobga olgan holda jumlalarni bir-biri bilan bog'lab matn tayyorlang.
Matnni qog'ozga tushirishdan cho'chimang. Qo'rqmasdan yozing. Barcha bosh gaplar zarur bo'lsa bir-biri bilan bog'lovchilar (Konnektoren) bilan
munosabatga kiritiladi. Jumlalarning bog'lanishi oydinlashtiriladi. Har bir jumla o'zidan keyingi jumla uchun mantiqiy mazmunan zamin tayyorlaydi, ikkinchi jumla birinchi jumlani to'ldiradi, aniqlaydi va izohlaydi. Matn butunlay qayta yoziladi. Buning uchun avval tayyorlangan vositalardan foydalaniladi. Bu o'rinda ham tuzatishlar, o'zgartirishlar, qayta yozishlar sodir bo'ladi va bunga ruxsat etiladi. Yuqorida tasvirlangan yozishni o'rgatishga qaratilgan mashqlarning mavzularini o'zgartirgan holda sinfda va uyda bajartirish mumkin. O'quvchilarga o'zlari tanlagan so'z, rasm, jumla yoki voqea bilan ushbu mashqni mustaqil ish sifatida ham bajartirish mumkin. Matn tuzishni huddi uy qurish kabi k o'z oldingizga kelting. Agar matn tuzish uy qurish printsipi asosida (Baukastenprinzip) amalga oshirilishini tasavvur qilinsa, tanish so'zlar (Bausteine) va iboralardan (Bauteile) yangi mazmunga ega bo'lgan matn yaratiladi. Shu jarayon va uning natijasi, albatta, kamchilik va xatolarsiz bo'lmaydi. Bundan cho'chimaslik kerak. O'quvchilar nimani istasalar va qanday uddalay olsalar shunday yozadilar. Yuzaga kelgan matn tuzatiladi va qayta ishlanadi.
O'quvchilar yozish orqali qadamba qadam o'zlarining fikriy binolarini quradilar. Bu bino muallif haqida ham ko'p narsani aks ettiradi. Bu uning fikrlari, g'oyalari, o'y-hayollari, xohish-istaklari, ishonch-shubhalari, his-hayajoni va boshqalarni ifodalaydi. Bu shuni anglatadiki, yozish har bir shaxsning o'zi haqida ham ma'lumot berish funktsiyasini bajaradi. So'z shakllangan matn haqida bormay, balki matnning muallifi haqida boradi. Bu haqda yozish didaktikasida qimmatli fikrlar bildirilgan. Paul Portmann yozish didaktikasi borasida jiddiy tadqiqot olib borgan metodistlardan biri hisoblanadi. [3] U o'z tadqiqotida yozish didaktikasining uch bosqichini farqlaydi:
- Direktiv yozish usuli (direktive Ansätze).
- Matn tilshunosligi doirasida yozish usuli (textlinguistische Ansätze).
- Yozish jarayoni bilan bog'liq bo'lgan usullar (prozessorientierte Ansätze). Direktiv yozish usuli bu boshqariluvchi, nazoratdagi yozish bo'lib, unga o'rgatish uchun ishning quyidagi to'rt turidan foydalaniladi.
- Tovush-harf munosabatini (Laut-Buchstaben-Korrespondenzen) o'zlashtirish;
- Orfografiyani (Orthographie) bilish;
- Reproduktiv yozish (berilgan ma'lumotni yozma ravishda qayta bayon qilish);
- Reproduktiv-produktiv yozish (ma'lumotni qog'ozga erkin tushirish). [3, 373387]
Matn tilshunosligi doirasida yozish usuliga ko'ra matn tayyorlashda muallifning diqqat markazida quyidagi savollar turadi: 1. Matn kimga qaratilgan?
2. Matn nimaga ta'sir qilmoqchi? (maqsad)
3. Matnda qanday dalillardan foydalanilgan?
4. Matn elementlari bir-biri bilan qanday bog'langan?
5. Mantiqiy bog'lanishlar qanday amalga oshirilgan?
6. Matnning tuzilishi qanday?
7. Matn qaysi maqsadda yozilgan?
8. Matnni kim, kimga va qanday yozgan?
Chet tilda yozish jarayoni so'zdan jumlaga va undan matnga qarab boradi. Bu o'rinda shuni ta'kidlash lozimki, yozish malakasini tashkil qiluvchi ko'nikmalar amalda alohida bo'lmay, balki yozish jarayonida kompleks holda talab qilinadigan aqliy faoliyatni bajarish uchun xizmat qiladi. Bu mazmunni ifodalash uchun til vositalarini tanlash, qo'llash va matn tuzilishini mantiqiy to'g'ri qurishda o'z ifodasini topadi. Yozishni o'rgatish usulida mashqlarning diqqat markazida boshidan boshlab o'z matnini yozishni o'rganish maqsadi yotadi. Bu jarayonning muhim bosqichlari bo'lib matn tayyorlash va uni rejalashtirish, matnni nazardan o'tkazish va unga ishlov berishdan iboratdir. Bu jarayonda xato qilish, uni topish, topishga ko'maklashish va ularni bartaraf qilish hollari ham sodir bo'ladi. [8] Shuning uchun yozish jarayoni til vositalari va matnga xos bo'lgan xususiyatlarni amalda bilganlikni, qo'llay bilishni tashkil qilish va namoyish etish orqali shu sohadagi bilimlarni kengaytirish, ko'nikma va malakalarni takomillashtirishdan iboratdir. [4, 182-183]
Yozishni o'rgatuvchi mashqlar metodik adabiyotlarda turlich tavsiflanadi. Mashq deganda tarkibi talab va materialdan iborat bo'lgan o'quv amali tushuniladi. (J.Jalolov). Har qanday mashq ma'lum qiyinchilikni bartaraf qilish, ma'lum ko'nikmalarni shakllantirish va muayyan malakalarni rivojlantirishga qaratiladi. Adabiyotlarda mashqlar tasnifining turli ko'rinishlari mavjud. Bernd Kast tomonidan taklif qilingan mashqlar quyidagi layoqat (biror ishni bajarishga yaroqlilik)ni rivojlantirishga qaratilgan. [4]
- Kommunikativ-pragmatik, muomala jarayonida zarur bo'lgan layoqat (maktub, reja, tayyorgarlik yozishlari, xulosa va boshqalar); [9]
- Fikrlash layoqati;
- Amaliy layoqat.
Shunga ko'ra tadqiqotchi yozishni o'rgatuvchi mashqlarni quyidagi besh turga ajratadi:
1. Tayyorlov mashqlari (vorbereitende Übungen).
2. Takomillashtiruvchi (aufbauende Übungen).
3. Strukturalovchi (strukturierende Übungen).
4. Erkin yozish (freies, kreatives Schreiben).
5. Kommunikativ (kommunikatives Schreiben). [10]
Tayyorlov mashqlarida matn tuzilmaydi. Uni tuzish uchun tayyorgarlik ko'riladi. [11] Ushbu mashqlar yordamida matn uchun zarur bo'lgan so'zlar ustida ishlanadi, so'z boyligi orttiriladi, ularni qo'llash mashq qilinadi; avvalgi bilimlar faollashtiriladi; husnixat, imlo va til belgilarini qo'llash mashq qilinadi. Ushbu mashqlar juft bo'lib (Partnerarbeit) va guruh bo'lib (Gruppenarbeit) bajariladi.[12]
Ma'lumki so'z boyligi til uchun eng muhim asos hisoblanadi. So'zlarsiz til o'rganish mumkin emas. Shunga muvofiq yozish ham so'z boyligini orttirish va farqlashga oid mashqlarisiz (Wortschatzerweiterung und -Differenzierung) bo'lmaydi. Yetarli so'z boyligi bo'lmasa yozish jarayoni murakkab kechadi. Shuning uchun yozishni o'rgatish, birinchi navbatda, so'z boyligini oshirishga qaratilgan sodda va murakkab bo'lmagan mashqlardan boshlanishi maqsadga muvofiq. So'zlar bilan ishlashga va so'z boyligini orttirishga oid turli-tuman mashqlar mavjud. Bunday mashqlar to'plami jamlangan manbaalarga quyidagilarni misol keltirish mumkin. [13].
Sodda yozma mashqlar: So'zlar zanjirini (Wortkette) tuzish. So'zlar zanjiri oldingi so'zning oxirgi harfi bilan navbatdagi so'zni boshlash orqali hosil qilinadi.
Masalan: Fenster □ Raum □ Mauer □ rot □ Tafel
Mashqni bajarish usuli: ikki yoki uch nafar o'quvchi ishtirok etadi. Har bir
o'quvchi oldida varoq bo'lib, unga birinchi yozilgan so'zning oxirgi harfi bilan
boshlanadigan so'zni yozadi va qo'shnisiga varoqni beradi. Ushbu mashq turli
ko'rinishda bajarilishi mumkin. Jumladan, [14] so'z turkumlari, mavzular va
boshqa tartibdagi so'zlar bilan mashq qilinadi. Agar oxirgi harfga so'z
topilmasa, undan oldingi harf bilan boshlash mumkin. [15]
So'z - ilon mashqi (Wortschlange):
Maktab (Schule) mavzuidagi so'zlardan ilon yasang.
Oila (die Famili) mavzuiga oid so'zlarni yozing.
Gap-ilon mashqi (Satzschlange):
Ikki o'quvchi birgalikda jumla tuzadi. Birinchisi boshlaydi «ein» ikkinchisi davom ettiradi «Schüler» va xo kazo. Natijada „ein Schüler hat die Hausaufgabe nicht verstanden ". jumlasi hosil bo'ladi. Ushbu mashqni kichik guruhlarda ham bajarish mumkin. [16]
So'z-gaplar mashqi (Wortsätze) tuzish:
So'z beriladi. So'zning har bir harfi bilan boshlanadigan gaplar tuziladi.
Mutter und Vater gehen spazieren. Unten ist ein Lesesaal. Namangan ist Blumenstadt. Direktor der Schule ist sehr streng.
So'zlar yoziladi, o'quvchilar so'zlardagi harflar bilan gap tuzadilar. Har bir harf bilan tuzilgan jumla yozilgan ismga xos xususiyatlarni ochib berishi yoki u haqida ma'lumot berishi lozim. Ushbu mashq turli ko'rinishda bajarilishi mumkin. [17]
1. So'zdagi harflar tartibi o'zgartiriladi va shaxsning kim ekanligi so'raladi.
2. Ism ko'rsatilmagan holda o'quvchilar shaxsning xususiyatlariga ko'ra o'quvchini topadilar.
3. Ism so'zlar o'rtasida bo'lishi ham mumkin.
4. Boshqa so'zlarni qo'llanganda o'quvchilar mavzuga oid assotsiativ mashq bajarishlari ham mumkin. [18]
Mavzu jihatdan bog'langan so'zlar bilan ishlash mashqlari:
Bunday mashqlar so'z boyligini faollashtirish (Aktivierung) va kengaytirish (Erweiterung) uchun bajariladigan eng muhim aqliy mashg'ulotlardan hisoblanadi. So'z ustida ishlash (Erweiterung), ya'ni eslash, yangitdan qog'ozga tushirish, yangi ma'nolarini kashf qilish, matn tayyorlashda yangi fikr uyg'otish va fikrlar zanjirini tuzishga hamda matn mazmuni va tuzilishini belgilashga oid bo'ladi. Matn tuzishga tayyorlovchi bunday mashqlar juft yoki guruh bo'lib bajarilashi maqsadga muvofiq hisoblanadi. [19]
Ta'limning boshlang'ich bosqichida o'quvchilar o'zlari, oilalari, oiladagi munosabatlar va kundalik turmushlari haqida xohish bilan yozadilar. Buning sababi o'quvchilarga yaxshi tanish bo'lgan mazularda yozish qiyinchilik tug'dirmaydi. Qo'yidagilar shunday mavzular sirasiga kiradi. Mening oilam, mening qarindoshlarim, mening sevimli mashg'ulotim (Hobby), mening xonam, mening do'stim, bizning xonadon, bizning hovli va boshqalar. Ushbu mavzular darsliklarda turli usullar bilan taqdim etilgan, ularga oid mashqlar ham turlicha, masalan, diogrammalar, chizmalar, rasmlar, tablitsalar va boshqa usullar orqali bajarish tavsiya etiladi. [20]
So'z ustida ishlashni matn asosida ham tashkil qilish mumkin. U holda o'quvchilarga matndagi so'zlarni guruhlashga oid topshiriqlar beriladi. Ko'ptarkibli tayyorlov mashqlari:
- Rasmlar orqali so'zlar ustida ishlash (bildgesteuerte Wortschatzübungen). Mavzularga oid krossvordlarni (Kreuzworträtsel) yechish. [21]
- So'zlarni guruhlash (Sortierübung): ob-havoga oid berilgan sifatlarni ikki
guruhga ajrating: havo yaxshi - havo yomon.
- Berilgan mavzuga oid ot, fe'l, sifatlarni yozing.
- Hayoliy sayohat (Reise im Kopf).
- Jamadonni tayyorlash (Kofferpacken). Nimalarni jamadonga joylash istagi aytiladi.
- Berilgan mavzuga oid so'zlar birikuvini yozing. Masalan, ... klein schneiden, .... kochen, den Tisch.... , .... vorbereiten, .... braten
Nima deyish mumkin emas? Was kann man nicht sagen?
- Ich muss meinen Wagen waschen, tanken, baden, abholen, parken.
- Der Tank ist kaputt, schwierig, leer, voll, groß.
- Ich finde, der Motor läuft zu langsam, sehr gut, nicht richtig, zu schwierig, sehr laut.
- Ist der Wagen preiswert, blau, fertig, blond, neu?
- Mit diesem Auto können sie gut laufen, schnell fahren, gut parken. So'zlarning tabiiy birikuviga oid mashqlarni (Übungen zu natürlichen Wortkombinationen) Jutta Thüller va Heiko Booklarning „Grundwortschatz Deutsch" nomli mashqlar kitobidan va
Langenscheidts Großwörterbuch Deutsch als Fremdsprache lug'atidan topish mumkin.
- Die Arbeit mit Synonymen, Antonymen.
Assotsiogramma va boshqa ma'noviy (mantiqiy) bog'lanish mashqlari:
O'quvchilarga mavzuga oid rasm ko'rsatiladi va ularga quyidagi topshiriq beriladi. [22]
- Ushbu rasmni ko'rganda nimalar xotirangizga keladi?
- So'z va tushunchalarni yozing.
- Rasmni ko'rganda qaysi voqea-hodisa ko'z oldingizda gavdaladi?
- Ko'pi bilan 50 so'zdan iborat bo'lgan dialog, matn, hikoya, she'r, kundalik hayot haqida axborot yozing.
Assotsiogrammaning turli ko'rinish va shakllari mavjud. Jumladan, "Brainstorming" va "Mind-Map" amaliyotda keng tarkalgan bo'lib, ulardan yozishni o'rgatish jarayonida unumli
foydalanish mumkin. Ta'limning ushbu texnologiyasi yuqori bosqichlarda yaxshi samara beradi. Ular haqida Schmidt-Lörscher „Fremsprache Deutsch" jurnalining 1997 yil 16-soni 52-54-sahifalarida malumot berganlar.
Brainstorming - Aqliy xujum - Gedankenpakete, aqliy xujum, (mazgovaya ataka) usuliga ko'ra mavzuga oid har qanday fikr tartibsiz holda qog'ozga tushuriladi. Ikkinchi qadam sifatida assotsiogramma va fikriy bog'lanishlar turli
nuqtai nazardan tartibga keltiriladi, bosh fikr aniqlanadi, fikrlar tasniflanadi. Belgilangan fikriy to'plamlar matn tuzish jarayonida turli shakl va usulda foydalanilishi mumkin.
Mind-map - Fikrlar haritasi - ,Mind-Map" (mind - fikr; map - harita) fikrlar haritasi (Gedanken-karte), xotira haritasi (Gedâchtnis-karte) usuliga ko'ra muayyan mavzuga oid fikrlar, tayanch tushuncha va iboralar izchilik asosida taqsimlanadi va joylashtiriladi. Mavzuning asosiy tushunchasi markazga yoziladi, u bilan bog'liq bo'lgan tayanch tushunchalar daraxtning shoxlari sifatida mavzu bo'yicha asosiy masalalarni va ular bilan bog'liqlari shoxchalar va barglarni tashqil qiladi. Fikrlar haritasi yuqoridan qaraganda xuddi daraxtni eslatadi. U mavzuga oid matn tuzilishini ham ifodalaydi.
Garchi assotsiogramma, aqliy xujum va fikrlar haritasi deb nomlanuvchi usullar bir-biriga yaqin bo'lsada, ularning bir-biridan ajratib turuvchi o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Assotsiogramma :
- individual va guruh bo'lib ishlash uchun qo'lay;
- muayyan mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar tayyorgarliksiz, dabdurustdan tipratikon (Wortigel) mashqi tarzida to'planadi;
- keyingi qadam sifatida tushunchalar ma'no va mazmun jihatdan guruhlanadi. Aqliy xujum:
- Guruh ishi uchun qo'lay;
- Fikrlar ma'lum tartibga solinmagan holda jamlanadi;
- Hamma savollarga ruxsat beriladi;
- Navbatdagi odim bilan mazmunga ko'ra tartib beriladi, asosiy tushuncha aniqlanadi.
Fikrlar haritasi:
- Individual yoki guruh ishi uchun qo'lay;
- Izchilik daraxt, shoxlari, shoxchalari va barglar tarzida belginaladi;
- Matnlarni va mavzularni bo'linishi tahlil qilish uchun xizmat qiladi. To'g'ri yozish mashqlari:
- Quyidagi harflari tushirib qoldirilgan matnni to'ldiring.
- Quyidagi axborotni to'g'ri yozing.
- Qo'shningiz uchun xatoli matn tayyorlang. U matnning xatolarini topishi va tuzatishi kerak.
- Matndagi ikkinchi yarmi tushurib qoldirilgan so'zlarni to'ldiring.
Qismli diktant (das Dosen-diktat): O'qituvchi qisqa matnni ikki nusxada ko'paytiradi. Uning bir nusxasini qaychi bilan bo'laklarga (jumla va jumla
qismlariga) bo'ladi va ularni bir idishga soladi.
Birinchi odim: har bir guruhga matn tarqatiladi va ishtirokchilar uni o'qib, mazmunini eslab qoladilar. Matnlar qaytarib olinadi.
Ikkinchi odim: qismlarga ajratilgan matnlar tarqatiladi va uning qismlari asliy holatdagi tartibga keltiriladi.
Uchinchi odim: tartibga keltirilgan matnning birinchi qatori olinadi, o'qiladi, tekshirib ko'riladi.
To'rtinchi odim: jumla yoki jumlaning qismi yozib olinadi. So'ngra ish shu tartibda butun matn yozib olingunga qadar davom etadi. Nihoyat yozib olingan matn asliy matn bilan solishtiriladi va to'g'riligi tekshirib ko'riladi.
Yuqoridagi mashqlar asosida quyidagi metodik xulosa va tavsiyalarni taqdim etish mumkin.
To'g'ri yozishni o'rganish uchun tavsiyalar:
1. Diktant yozishni yomon baho qo'yish niyatida emas, balki kayfiyatni yaxshilaydigan mashqlar tarzida o'tkazing.
2. Qiyin so'zlari ko'p, zerikarli, o'qituvchi-o'quvchi diktantlarini o'tkazmang.
3. Dars boshlanishida va dars tugashida to'g'ri yozish diktantini o'tkazmang.
4. Matndagi to'g'ri yozish topshiriqlarini bajarishni o'quvchilarning o'zlariga qo'yib bering, masalan, otlarning bosh harflar bilan yozilishi, unlilarning cho'zik yoki qisqa o'qilishini
orfografiyada ifodalanishi, masalan, den, Lehrer, Meer, das, Hahn, Saal, in, Liebe, ihn.
5. Tovushlar va harflarning bog'liqligini idrok qilinishiga oid mashqlarni matn va dialoglar tarkibida ertaroq boshlang. Masalan, oldindan talaffuz qilish, ovoz chiqarib o'qish, past ovyozda birgalikda o'qish orqali. Shu yo'l bilan harf va so'zlarning vizual obrazlari ularning talaffuzidagi akustik obraz bilan bog'lanadi.
6. Darsda o'rgangan, o'qigan, mashq qilgan materillarni diktant matnlari qilib olmang. Bunday holatda o'quvchilar yangi bilim o'rganmaydilar, to'g'ri yozishga nisbatan ularda bepisandlik munosabati paydo bo'ladi.
7. O'quvchilaringizga boshdan boshlab yakka holda yoki juft bo'lib kichik, erkin matnlarni yozdiring (matnlar o'zlari, oilalari, ular bayon qilishni istagan voqea-hodisalar haqida bo'lsin).
8. Yozish vosita bo'lib xizmat qiladigan faoliyatlarda ham, masalan, grammatikani, leksikani mashq qilish, dialog luqmalarini o'rniga qo'yish va boshqalarda, to'g'ri yozish qo'l harakatini
muvofiqlashtirish uchun katta ahamiyatga ega.
9. O'quvchilarga juft bo'lib kichik matnlarni aytib turish va yozib borish mashqlarini bajartiring. So'ngra ular almashsinlar va bir birlarining yozganlarini tekshirib, to'g'rilasinlar. Nihoyat asliy matnni ular e'tiboriga havola qiling.
10. To'g'ri yozishni mashq qilish imkoniyatlaridan yana biri, gap bo'laklari tushurib qoldirilgan matnlardir (Lückentexte). Bunday matnlar bilan turli mashqlarni bajarish mumkin. Gap bo'laklari tushurib qoldirilgan diktantlar uchun beriladigan materiallar notanish so'zlardan iborat bo'lmasdan, o'quvchi uchun mazmunan tushunarli va qiziqarli bo'lgan kichik matnlar bo'lishi lozim. Qiziqarli mazmun o'quvchining faoliyatga bo'lgan intilishini kuchaytiradi, bu esa o'z navbatida natijaning ijobiy va samarali bo'lishini ta'minlaydi.
11. Agar darsda komp'yuterdan foydalanish imkoniyati bo'lsa, o'quvchilarga muayyan matn birliklarini o'chirish, masalan, matndagi barcha "i" yoki "z, tz, ts" harflarini tushurib qoldirish topshiriladi. Ikkinchi o'quvchi ushbu harflarni o'rniga qo'yadi. Komp'yuter bilan boshqa ko'plab mashqlarni ham bajarish mumkin.
Fikrni yozma ravishda bayon qilish, matn tayyoylash va matn ustida ishlash masalalari ham ushbu mavzuga tegishli bo'lsada, bu haqda yozish navbatdagi maqolaning vazifasi deb hisoblaymiz.
Adabiyotlar:
1. Jornal: Fremdsprache Deutsch. Berlin. 1.1989.
2. Neuner G. Hunfeld H. Methoden des fremdsprachlichen Deutschunterrichts. Kassel. Muenchen. 2005. 240 S.
3. Portmann, Paul Schreiben und Lernen. Grundlagen der fremdsprachlichen Scheibdidaktik. Tuebingen: Max Niermeyer. Reihe: Germanistische Linguistik 122. 1991. 510 S.
4. Kast, Bernd. Fertigkeit Schreiben. Berlin. Muenchen. 2013. 232 S.
5. (Bohn, Reiner/Schreiter, Ina Sprachspielereien fue Deutschlernende. Berlin/Muenchen: Langenscheid. 1989.
6. Spier, Anne Mit Zeichnungen von Wiebke Wagenfuehr: Mit Spielen Detsch lernen. Frankfurt/Main,1985;
7. Ur, Penni/Wright, Andrew. 111 Kurzrezepte fuer den Deutsch-Unterricht. Stuttgart/Dresden, 1995).
8. Саидалиев С. (2004). Чет тил укитиш методикасидан очерклар. Наманган.-2004.-238б.
9. Saidaliyev S. (2004). Essays on methods of teaching foreign languages. Publishing house"Namangan.
10. Saydaliev S. (2004). Essays on foreign language teaching methodology. Namangan.-2004.
11. Saidaliev S. (2004). Chet til o'qitish metodikasidan ocherklar. N.
12. Сайдалиев С., & Гуломова, Н. (2022). Теория определения перспективы и ее применение на практике. Collection of scientific papers «SCIENTIA», (May 6, 2022; Vilnius, Lithuania), 92-100.
13. Saidaliev S. (2004). Some comments on Foreign Language Teaching Methodology.
14. Saidumar S., Khusniddin, R., & Ulugbek, S. (2022). SELECTING WORDS FOR GERMAN LANGUAGE TEACHING. American Journal Of Philological Sciences, 2(06), 31-36.
15. Saidumar S., & Nasibaxon, M. (2022). USE OF THE SCIENTIFIC AND CREATIVE HERITAGE OF EASTERN THINKERS FOR EDUCATIONAL PURPOSES. INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429, 77(01), 167-170.
16. Сайдалиев С. (1981). Методика развития речевого слуха студентов при обучении произношению иноязычной речи в языковом вузе (Doctoral dissertation, М).
17. Сайдалиев С. (2002). Психолингвистика и ее основные задачи. Научный вестник Наманганского государственного университета, (4), 65.
18. Saydaliev S. (2023). CHET TIL TA'LIMIDA KOMMUNIKATIV TAMOYILNI AMALGAOSHIRISH: CHET TIL TA'LIMIDA KOMMUNIKATIV TAMOYILNI AMALGA OSHIRISH. "Qurilish va ta'lim" ilmiy jurnali, 4 (4.1), 301-306.
19. Saidaliyev S. (2022, November). Sense of Rhythm, Dynamics, Phrasing. In " ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM (pp. 145-148).
20. Khakimjonovna B. P., Ikramovna I. D., & Abdugafurovich, R. B. Coherent Speech and Its Types.
21. Khakimjonovna B. P. (2021). Methodology of Student Coherent Speech Development in The Process of English Language Learning. Middle European Scientific Bulletin, 9.
22. Khakimjonovna B. P. (2022). DESCRIPTIVE COHERENT SPEECH AND ITS TYPES. Berlin Studies Transnational Journal of Science and Humanities, 2(1.5 Pedagogical sciences).