Научная статья на тему 'ARAB TILI O‘RGANUVCHILARIDA LEKSIK KO‘NIKMALARNI SHAKLLANTIRISH VA TEKSHIRISHGA QARATILGAN METODLAR'

ARAB TILI O‘RGANUVCHILARIDA LEKSIK KO‘NIKMALARNI SHAKLLANTIRISH VA TEKSHIRISHGA QARATILGAN METODLAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

348
76
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
leksika / leksik birlik / lug‘at boyligi / leksik ko‘nikma / leksik material / metod / vosita til / kontekst / leksik mashq / o‘yin. / vocabulary / lexical unit / lexical skill / lexical material / method / cross-language / context / lexical exercise / game

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Madina Jamshidbek Qizi Abrorova

Ushbu maqolada chet tili, xususan, arab tili o‘rganuvchilariga yangi leksik materialni o‘rgatish bosqichlari va bu jarayonda qo‘llaniladigan metodlar haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS OF FORMING AND TESTING LEXICAL SKILLS OF ARABIC LEARNERS

The article discusses the stages of teaching new lexical material to learners of a foreign language, especially Arabic, and the methods used in this process

Текст научной работы на тему «ARAB TILI O‘RGANUVCHILARIDA LEKSIK KO‘NIKMALARNI SHAKLLANTIRISH VA TEKSHIRISHGA QARATILGAN METODLAR»

ARAB TILI O'RGANUVCHILARIDA LEKSIK KO'NIKMALARNI SHAKLLANTIRISH VA TEKSHIRISHGA QARATILGAN METODLAR

Ushbu maqolada chet tili, xususan, arab tili o'rganuvchilariga yangi leksik materialni o'rgatish bosqichlari va bu jarayonda qo'llaniladigan metodlar haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: leksika, leksik birlik, lug'at boyligi, leksik ko'nikma, leksik material, metod, vosita til, kontekst, leksik mashq, o'yin.

METHODS OF FORMING AND TESTING LEXICAL SKILLS OF ARABIC

LEARNERS

The article discusses the stages of teaching new lexical material to learners of a foreign language, especially Arabic, and the methods used in this process.

Keywords: vocabulary, lexical unit, lexical skill, lexical material, method, cross-language, context, lexical exercise, game.

Ma'lumki, istalgan tilni o'rganish jarayonida shu tilning lug'at boyligini o'rganish va egallash eng muhim jarayon hisoblanadi. Negaki, biror tilda fikr bildirish yoxud shu tildagi ma'lumotlarni tushunish o'z-o'zidan tildagi leksik birliklarni bilishni taqozo etadi. Til o'rganuvchilarida leksik ko'nikmalarni shakllantirishga qaratilgan samarali metodlar majmuasini tuzish va amalga tatbiq etish masalasi uzoq yillardan buyon pedagogika va metodika sohasi vakillarini qiziqtirib kelmoqda.

"Leksik ko'nikma" atamasi metodist olim S.F.Shatilov bergan ta'rifda o'z mazmunini aniq namoyon qiladi. Olimning fikricha, leksik ko'nikma ikki qismdan iborat metodik tushuncha bo'lib, nutqda so'zni qo'llash va nutq jarayonida so'z yasash jarayonlarini o'z ichiga oladi. Suningdek,

Madina Jamshidbek qizi Abrorova

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabasi [email protected]

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

February, 2022

so'zni tahlil etish, so'z birikmalarini tuzish kabilar ham shu tushuncha zamirida yotadi.

ASOSIY QISM

Leksik materialni, aniqrog'i, tildagi muayyan so'zlarni o'rgatish 3 bosqichni o'z ichiga oladi:

1. Leksikaning taqdimoti.

2. Leksika mashqlari.

3. Leksikaning qo'llanilishi.

Leksikaning taqdimoti. Bu bosqich yangi so'zning shakli va ma'nosini o'quvchilarga tanishtirishdan iborat. So'zlarning ma'nosini taqdim etish o'z navbatida ikki usulda amalga oshirilishi mumkin: tarjima vositasida yoki tarjimasiz. Shu o'rinda chet tilini o'rgatishda vosita tildan foydalanish muammosi yuzaga chiqadi. Bir guruh olimlar yangi so'zlarni o'rgatishda vosita til (ko'p hollarda o'qituvchi va o'quvchilarning ona tili)dan foydalanishni qat'iyan rad etadilar. Xususan, F.Guen, M.Berlits kabi metodist olimlar chet tilini o'rganish va o'rgatish jarayonida ona tili yoki boshqa vosita til ishtirok etmasligi kerak, deb hisoblaydilar. Yangi so'zni tarjimasiz usul bilan o'rgatishda turli metodlardan foydalanish mumkin.

• Buyumyokisuratlar orqali o'rgatish.

Bunda o'quvchilarning vizual xotirasi ishga tushadi hamda so'zlarni tushunish va eslab qolish imkoniyati ortadi.

• Harakat namoyishi orqali o'rgatish.

Bu metod asosan ish-harakatni bildiruvchi fe'llarda qo'l keladi. Bunda o'qituvchi muayyan xatti-harakatni o'zida ko'rsatib berishi lozim. Shuningdek, o'quvchilar ham so'zni talaffuz qilish asnosida mazkur harakatni bajarib ko'rishlari mumkin.

• Mimika va imo-ishoralar orqali o'rgatish.

"Xursand", "xafa" kabi sifatlar va "yig'lamoq", "baqirmoq", "kulmoq" kabi holatlarni ifodalovchi fe'llarni o'rgatishda ushbu metoddan foydalanish samarali natija beradi. O'quvchilardan shu holatlarni o'zlarida namoyish etib berishni talab qilish ham mumkin. Arab tilidagi so'zlarni mazkur usulda o'rgatishda jins va son kategoriyalarini ham tatbiq etish imkoniyati mavjud. Masalan, jjj^* "xursand" so'zini o'rgatish va mashq qildirish jarayonida o'g'il bola o'quvchini doskaga chiqarib jjj^ , qiz bolani chiqarib Sjjj^ , ikki o'quvchiga ishora qilib, u'jjj^ va h.k sifatida o'rgatish maqsadga muvofiq.

Til hodisalarini ko'rgazmalilik, ya'ni yuqorida ko'rsatilgan usullar yordamida o'rgatish bir necha olimlar, jumladan, M.Berlitsning metodik mulohazalaridan ham o'rin olgan.

• Sinonim va antonimlar orqali yangi so'zlarning ma 'nosini ochib berish.

Mazkur metod bilim darajasi yuqori o'quvchilar bilan birgalikda til o'rganishga yaqinda kirishgan o'quvchilarga nisbatan ham qo'llanilishi mumkin. Masalan, "kichik" so'zini o'quvchilarning lug'at boyligida mavjud "katta"

so'zining antonimi, aksi sifatida tanishtirish mumkin. Aksar hollarda zid ma 'noli sifat va fe'llarni birgalikda o'qitish ijobiy natija beradi.

ù> x cJ

Shuningdek, yangi so'zni o'rgatishda uning ma'nodoshlarini ham sanab o'tish mumkin.

Misol uchun, ^ qaytmoq so'zini fe'lining sinonimi sifatida tanishtirish mumkin. Birgina talab qilinadigan narsa shuki, izohlash uchun taqdim etiladigan ma'nodosh so'zlar o'quvchilarga notanish bo'lmasligi lozim.

Mazkur metod bir qator olimlar, jumladan, M.Valterning metodologik qarashlarida o'z aksini topgan.

• Uyadosh so'zlar orqali o'rgatish.

Masalan, mevalar so'zini tanishtirishda o'quvchilarga oldindan ma'lum bo'lgan meva nomlarini sanash (JA* с ^c^^2) va bularning bari guruhiga kirishini ta'kidlash kifoya. Bu usul "kiyim-kechaklar", "sabzavotlar", "idish-tovoqlar", "o'quv qurollari" kabi jamlovchi so'zlarni o'rgatishda qo'l keladi. Tushuntirish jarayonida klaster metodidan foydalanish tavsiya etiladi.

• So'z ma'nosini kichik hikoya orqali ochib berish.

Misol uchun, "sotib olmoq" so'zini o'rgatish jarayonida bir

qahramonning bozorga borishi va u yerdan mahsulotlarni tanlashi va pul berishi, shu orqali uning sotib olish jarayonini amalga oshirganini tushuntirish mumkin.

Mazkur metod asosan o'rta va yuqori darajadagi til o'rganuvchilariga nisbatan tatbiq etiladi.

Yuqorida sanab o'tilgan metodlar asosan so'zning mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan usullar bo'lib, ularni tatbiq

jj^a x jjj^ x Jja

jjj^Jl _ cjill ^ _ ùj^ii

etish jarayoni so'zlarning talaffuzini o'rgatish bilan teng holatda

February, 2022

olib borilishi zarur. Mazkur metodlami qo'llash jarayonida barcha analizatorlar (ko'rish, eshitish, nutq, harakat)ning jalb etilishi samarali natija beradi.

Biroq yangi so'zlarni tarjimasiz usulda o'rgatish aksar hollarda ko'p vaqt talab qiladi. Shuningdek, mavhum tushunchalarni ko'rgazmali usulda taqdim etish imkoniyati o'ta cheklangan. Shu sababli yangi so'zlarning ma'nolarini izohlashda vosita tilni qo'llash, ya'ni tarjima usulidan foydalanish ham ijobiy samara berishi mumkin. Metodist olim H.Palmer so'zlarning ma'nosini ochishda ko'rgazmalilik, kontekstdan foydalanish kabilardan tashqari tarjimani qo'llashni ham tavsiya etadi. Agarda yangi so'zning vosita tildagi ayni muqobili topilmasa, izohli tarjima beriladi.

Leksika mashqlari. Bu bosqich til materialini mustahkamlash davri bo'lib, tanishilgan yangi so'zlar takrorlanadi va nutq jarayonida qo'llashga qadam qo'yiladi. Leksik ko'nikmalarni shakllantirishda mazkur bosqich muhim ahamiyat kasb etadi.

Mashqlarning asosiy turlari quyidagilardir:

1) lug'at boyligini o'zlashtirish, lug'at tarkibini kengaytirish va ularni fahmlash orqali bilib olish ko'nikmalarini hosil qiladigan mashqlar;

2) retseptiv (tinglab va o'qib tushunish) va reproduktiv (gapirish va qisman yozuv) leksik mashqlar;

3) leksik birlikning har xil turlari (so'z va so'z birikmalari) va ishlatilish o'rinlarini o'rgatish mashqlari.

- So'z , so'z birikmasi va gaplarni o'qituvchi ortidan ovoz chiqarib takrorlash;

- yangi o'rganilgan so'zlarni matndan topish va tarjimasini aytish;

- chet tilida aytilgan harakat yoki holatni namoyish etib berish;

- so'z ishtirokida sodda birikmalar tuzish;

- audiomatnda so'zlar ifodalagan narsalarni yoki rasmlarni tinglangan tartibda joylashtirish kabilar ilk mashq jarayonlarida amalga oshirilishi mumkin.

Amaliyot va takrorlash bosqichlarida quyidagi mashqlarn amalda qo'llash

lozim:

Ona tilida ifodalangan so'zni chet tilidagi matndan topish; Matn yoki gaplardagi bo'sh joylarni tegishli so'zlar bilan to'ldirish; So'z ishtirokida turli birikmalar tuzish; Matnda ajratib ko'rsatilgan so'zlarga savol tuzish; Qavs ichidagi so'zlarning mosini qo'yib, gaplarni ko'chirish; Bo'sh joylarni qavs ichida berilgan so'zlarning sinonimi yoki antonimi bilan to'ldirish;

• Berilgan so'zlar orasidan ma'no jihatdan boshqacha bo'lgan so'zni chiqarish;

• So'zlar ishtirokida og'zaki va yozma gaplar tuzish.

M.Valter so'z boyligini mustahkamlashda asosiy e'tiborni mashqlardagi so'zlarni guruhlashtirishga qaratadi: bir o'zakli so'zlarni tanlash, mavzuga doir so'zlarni ajratish, antonim va sinonim so'zlarni topish kabilar. Shuningdek, u mashqlarni o'yin tarzida olib borishni, o'quvchilar uchun ta'lim jarayonini qiziqarli mashg'ulotga aylantirish zarurligini ta'kidlaydi.

Leksikani amaliyotga joriy qilish, takrorlash va tekshirishga oid turli mashqlarni o'yinlar ko'rinishida o'tkazish mumkin:

1. "Kim ko'p so'z yasaydi?" o'yini. Bunda o'quvchilarga harflar tasviri tushirilgan kartochkalar to'plami taqdim etiladi. O'quvchilardan harflar ishtirokida turli so'zlarni yasashlari va ularni izohlab berish talab etiladi. Ushbu o'yinni arab tilini o'rgatish jarayoniga tatbiq qilinganda, harflarning so'z boshi, so'z o'rtasi va so'z oxiridagi ko'rinishlarining tasviri alohida kartochkalarga tushirilishi maqsadga muvofiq. Chunki o'rganuvchi bu orqali nafaqat so'z va uning ma'nosi, balki grafik ko'rinishini ham takrorlab, mustahkamlab oladi.

Mazkur o'yin yangi so'zlarni ilk mashq qildirish vaqtida, aytilgan so'zni kartochkalar orqali yasab berish usulida ham tatbiq etilishi mumkin.

2. "Issiq o'rindiq" o'yini. Bir o'quvchi doskaga chiqib orqa tarafi bilan stulga o'tiradi. Muallim bu vaqtda guruhdagi boshqa o'quvchilarga istalgan so'zni yozib ko'rsatadi. So'zni tushungan o'quvchilar orqamachoq o'tirgan sheriklariga shu so'zni tushuntirib berishlari lozim. 5 ta izohdan so'ng doskadagi o'quvchi so'zni topa olmasa, uning o'rindig'i "isib ketadi" va o'yinda mag'lub bo'ladi.

Masalan, o'qituvchi (un) so'zini ko'rsatsa, o'quvchilar quyidagi izohlar bilan sheriklariga so'zni tushuntirishlari mumkin.

"Birinchi talaba: Uning rangi oq.

Ikkinchi talaba: Uni bozor yoki do'kondan sotib olamiz.

Uchinchi talaba: Undan non tayyorlanadi.

To'rtinchi talaba: Uni suv bilan qo'shib, xamir qoramiz".

Leksik mashqlarni bajarish jarayonida so'zning turli nutq

namunalarida ishlatilishiga imkon yaratilishi juda zarur. Negaki,

February, 2022

leksik ko'nikmani shakllantirishda uning kontekstda ro'yobga chiqarilishi kutilgan natija garovidir. Faqatgina yakka so'z va uning tarjimasi ustida ishlash so'zni "bilish" demakdir, "egallash" emas.

Leksikaning qo'llanilishi. Oddiy "bilish" deganda, so'z ma'nosini yodda saqlash yoki shaklini tanib olish holati ko'zda tutiladi. "Egallash" esa ko'nikma darajasida bilish demakdir. Leksikani egallaganlik darajasi so'zlarni nutqda erkin qo'llay bilish bilan o'lchanadi. Til o'rganuvchisi istalgan so'zni bamaylixotir nutqda ishlata olsa, so'zning latent davri (esda saqlash muddati) ta'minlangan va u puxta o'zlashtirilgan hisoblanadi. Mashq qilish bosqichidan leksikaning qo'llanilishi bosqichiga qadam qo'yilar ekan, fikr bayon qilishda sodir bo'ladigan leksika tanlovida ong ishtiroki pasayadi, ya'ni o'quvchi o'z fikrini ifodalovchi so'zlar ustida uzoq o'ylanmaydi.

Leksika bilan tanishish va mashq qilish bosqichlarida leksik birlik ustida ishlash birlamchi edi. Biroq qo'llanilish bosqichida nutq birlamchi o'ringa chiqadi va leksika vosita sifatida nutqiy xizmat qiladi.

Leksikaning qo'llanilishi bosqichida fikrni bayon qilishga doir bir qator mashqlarni o'tkazish mumkin:

• Harakat, hodisa va narsani sharhlab berish;

• Yangi so'zlarni qo'llab, rasmni tasvirlash. (Rasm o'rganilgan mavzu doirasida bo'lishi lozim);

• Biror nutq mavzusini tasvirlash (Masalan: Sayohat qilgan davlating haqida so'zlab ber);

• O'qilgan matnni yangi so'zlar ishtirokida gapirib berish;

• Tinglangan matnning mazmunini bayon qilib berish;

• Tomosha qilingan videoni so'zlab berish. Agar film so'zsiz bo'lsa ( o'quvchini mushohadaga undash va film zamirida yotgan ma'no haqidagi

fikrlarini so'rash mumkin.

Sanab o'tilgan metodlarni o'rta va yuqori bosqich o'rganuvchilariga nisbatan tatbiq etish tavsiya etiladi.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash lozimki, til o'rganishda uning lug'at boyligi va imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish va puxta o'zlashtirish eng zaruriy talablardan hisoblanadi. Shu sababli chet tili xususan, arab tili o'qituvchilariga bu ishga mas'uliyat bilan yondashish, leksik materialni taqdim etish va mashq qildirishda turli metodlardan

foydalanish tavsiya etiladi. Lug'at ustida ishlash jarayoni, o'z navbatida, boshqa mahoratlar, jumladan, eshitish, o'qish, yozish va gapirish mahoratlari bilan birgalikda olib borilishi lozim. Leksik birliklarni kontekst tarkibida taqdim etish hamda tavsiya etilgan retseptiv va reproduktiv mashqlar yordamida mustahkamlash eng samarali usullardan hisoblanadi. Shuningdek, mashqlarning ta'limiy-tarbiyaviy maqsadlariga muvofiq holda ularni o'yin tarzida olib borish til o'rganuvchilarida yangi bilimlarni o'zlashtirish va namoyish qilishga bo'lgan rag'batni kuchaytiradi. Bu esa o'quvchilarning nafaqat leksik ko'nikmalarni shakllantirishlari, balki tilning boshqa jihatlarini ham puxta o'zlashtirishlariga ijobiy ta'sir o'tkazadi.

REFERENCES

1. J.Jalolov. Chet til o'qitish metdikasi. - T., "O'qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyushmasi, 2012.

2. Djumali Shabanov. Chet tilini o'qitish metodikasi va zamonaviy texnologiyalari. -Toshkent, 2009.

3. Alpino Susanto (2017). The teaching of vocabulary: a perspective. Journal KATA. Vol. 1. pp. 182-191.

4. https://bridge.edu/

5. https : //skyteach.ru/

February, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.