Научная статья на тему 'OMMAVIY TARTIBSIZLIKLARDA MILLIY GVARDIYA HARBIY XIZMATCHILARINING MUZOKARA OLIB BORISH KO`NIKMASINI RIVOJLANTIRISH USULLARI'

OMMAVIY TARTIBSIZLIKLARDA MILLIY GVARDIYA HARBIY XIZMATCHILARINING MUZOKARA OLIB BORISH KO`NIKMASINI RIVOJLANTIRISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
41
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ommaviy tartibsizlik / muzokara / Milliy gvardiya / metod.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Azizbek Baxtiyor Ogli Aburahmonov

Mazkur maqola milliy gvardiya harbiy xizmatchilarida ommaviy tartibsizlik holatlarida muzokara olib borish ko`nikmasini rivojlantirish usullarini muhokama qilishga bag`ishlanadi. Bunda muzokaraning mohiyati, uning metodlari va o`ziga xosligiga urg`u beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OMMAVIY TARTIBSIZLIKLARDA MILLIY GVARDIYA HARBIY XIZMATCHILARINING MUZOKARA OLIB BORISH KO`NIKMASINI RIVOJLANTIRISH USULLARI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

OMMAVIY TARTIBSIZLIKLARDA MILLIY GVARDIYA HARBIY XIZMATCHILARINING MUZOKARA OLIB BORISH KONIKMASINI

RIVOJLANTIRISH USULLARI

Azizbek Baxtiyor o'g'li Aburahmonov

Jamoat xavfsizligi universiteti magistranti

ANNOTATSIYA

Mazkur maqola milliy gvardiya harbiy xizmatchilarida ommaviy tartibsizlik holatlarida muzokara olib borish ko'nikmasini rivojlantirish usullarini muhokama qilishga bag'ishlanadi. Bunda muzokaraning mohiyati, uning metodlari va o'ziga xosligiga urg'u beriladi.

Kalit so'zlar: ommaviy tartibsizlik, muzokara, Milliy gvardiya, metod.

KIRISH

Yuzaga kelgan yoki kelishi mumkin bolgan ommaviy tartibsizliklar o'ta jiddiy jarayon hisoblanib, Milliy hvardiya harbiy xizmatchilari bunday holatlarga doimiy tayyor bolishi talab etiladi. Bunda avvalo psixologik holat inobatga olinadi. Tartibsizlikni yuzaga keltirgan shaxslar bilan olib boriladigan muzokaralar yuqori darajali psixologik va emotsional tayyorgarlik talab etadi. Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi muloqotga, yani kommunikatsiya jarayoniga kirishar ekan, bir qator omillarni inobatga olmog'i lozim. Tadqiqotchilar kommunikatsiya muammolariga katta ahamiyat berayotganliklariga qaramay, bo'lg'usi mutaxassislarning muloqot madaniyatini rivojlantirish muammolarining o'ziga xosliklarini chuqur o'rganish, turli olimlarning bu yo'nalishga bo'lgan qarashlarini yanada batafasilroq o'rganish talab etiladi.

ADABIYOTLAR SHARHI

L.A.Petrovskaya muloqot madaniyatini rivojlantirish muammosini bir butun yaxlit shaxsiy ta'limot sifatida ta'riflaydi va shaxsning rivojlanishi muloqot madaniyatining sub'ekti sifatida ta'minlangan bo'lib, bunda ma'naviy-axloqiy, ijtimoiy, kommunikativ funksiyalar integratsiyalashgan deb urg'u beradi. Muallifning fikricha, bundan tashqari, mazkur fenomen ma'naviy-axloqiy, estetik va birinchi navbatda, shaxsning ma'naviy madaniyati bilan chambarchas bog'liqlikda shakllanadi. U umumiy madaniyatning muhim komponenti, shaxsning ijtimoiy rivojlanishining, muloqot madaniyati sub'ektining quroli, kommunikativ faoliyatining sirtqi natijasi hisoblanadi. Bu integrativ shaxsiy ta'lim bo'lib, o'z ichiga muloqot me'yorlari etiketini, insonning kommunikativ xususiyatlari va ko'nikmalarining axloqiy yo'nalishga asoslangan tizimini o'z ichiga oladi va u uchun shaxsiy mazmunga ega bo'lib, shaxsning boshqa

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

odamlar bilan kommunikatsiyasining muomala va yurish- turish sohasini tartibga solidi [2].

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

Yuqorida qayd etilgan pozitsiyani hisobga olgan holda ijtimoiy-psixologik tayyorgarlik quyidagilarni o'z ichiga olishi kerak [3]:

> muloqotning mohiyati va o'zaro hamkorlik, tushunish va o'zaro bir- birini tushunish, jamoa shakllanishining qonunlari va undagi o'zaro munosabatlar, hamkorlik faoliyati va uni tartibga solish mexanizmlari borasidagi zamonaviy psixologiyaning nazariy qoidalari va boshqalar haqidagi bilimlarga ega bo'lish;

> real sodir bo'layotgan ijtimoiy-psixologik jarayonlarni guruh a'zolari tomonidan anglanishi, hamda bu jarayonlarda o'zining ishtirokini baholash;

> olingan bilimlar asosida bu jarayonlarni ongli ravishda tartibga solish, boshqarishda ishtirok etish;

> shakllangan bilim, malakalarni mukammallashtirish va olingan bilimlarni amalda sinab ko'rish.

T.S.Batishevning fikriga ko'ra, tartibsizliklar davrida muzokara va muloqot madaniyatini rivojlantirish, quyida ajratilgan zaruriy shart-sharoitlar majmuasining mavjudligiga bog'liq:

• ahamiyatli vaziyatlar sifatidagi tashqi psixologik sharoitlar, ya'ni muloqot madaniyatini yuqori darajaga yetkazish bilan bog'liq va sub'ekt hamda uning faoliyatiga nisbatan ob'ektiv xususiyatga ega bo'lgan psixologik sharoitlar;

• sub'ekt va uning faoliyatiga nisbatan sub'ektiv xususiyatga ega, rivojlanishni harakatga keltiruvchi sifatida ta'riflash mumkin bo'lgan, ichki psixologik omillar va mexanizmlar.

Muzokara va muloqot madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishning samarali usuli faqatgina uning sub'ektlari ochiq emotsional o'zaro ishonch shaklidagi muloqotga kirishishga tayyor bo'lsagina natija beradi. Ular shaxsiy bilimlarini, hayotiy tajribalarini namoyish etishadi, ma'lumotlarni chin dildan qabul qilishadi va manipulyatsiya yoki psixologik bosim o'tkazish orqali natijaga erishishga harakat qilishmaydi. Haqiqiy muloqotni, shaxs qadriyatlar va ma'naviy yo'nalishlardan mahrum qilingan, agressivlik muhitida amalga oshirib bo'lmaydi. U bir-biriga ishonch, o'zini mustaqil namoyon eta olish, ma'naviy-axloqiy tamoyillarga asoslangan bo'lishi kerak.

Bo lajak milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining muloqot madaniyatini rivojlantirish, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi lozim:

o shaxslararo munosabatlar sohasidagi nazariy bilimlarni o'zlashtirish;

o kommunikativ bilimlar va ko'nikmalar holatini tashxislash, muloqot chegaralarini aniqlash;

o talabalarning kommunikativ bilim va ko'nikamlarining shakllantirish

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

jarayonini mukammallashtirish bo'yicha tadbirlarni ishlab chiqish va tadbiq etish;

o talabalarda muloqotga oid bilim va ko'nikmalarining shakllanganlikholatini tashxis asosida tahlil qilish.

Mutaxassislarning tizimli tayyorgarligi asosini uzluksiz ta'lim tashkil etishiga qaramay, aynan madaniyatni shakllantirish jarayoni uzluksiz bo'lib, kasbiy mahoratni muvaffaqiyatli egallashini, hamda mutaxassisning yuqori shaxsiy-ijtimoiy mavqega ega bo'lishini ta'minlaydi.

Innovatsion yondashuvlar jarayonida, bo'lg'usi mutaxassislarning muloqot madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida muhim zamonaviy, hayotiy talablarni hisobga olgan holda aks ettirish nazarda tutiladi, buning uchun birinchi navbatda, faoliyatni quyidagi tamoyillar asosida qayta ko'rib chiqish zarur, ya'ni sodir bo'lishi mumkin bo'lgan yangi ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-psixologik vaziyatlarni, shaxslararo munosabatlar sohasidagi bilimlar, malaka va ko'nikmalarni ishga optimal darajada moslashtiriishni, mustaqillikni imkon qadar kengaytirishni, demokratik va gumanitar munosabatlarni shakllantirishni, shaxsiy omilni faollashtirish va boshqa tomonlarini qayta ishlab chiqish [5].

XULOSA VA MUNOZARA

Demak, bo'lg'usi Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarning talablar tizimi doirasida, muzokara va muloqot madaniyatini samarali shakllanishini va rivojlanishini ta'minlovchi malaka, ko'nikmalarniquyidagicha ajaratish maqsadga muvofiq bo'ladi:

> bo'lg'usi mutaxassisning kasbiy muloqot amaliyotini egallash maqsadida kommunikativ ta'lim va tayyorgarlikni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan yuqori darajadagi psixologik tayyorgarligi;

> tayyorgarlik, agar ishtirokchilar o'zlarining haqiqatda mavjud bo'lgan muammolarini hal eta turib, muloqotning yangi metod va usullarini o'zlashtirishsa, unda ijobiy natijaga ega bo'lishadi. Ta'lim olish bilan tadqiqot ishini uyg'unlashtirish yangi materiallarni o'zlashtirish sifatini oshiradi va qo'shimcha motivatsiyani yo'lga qo'yadi;

> tayyorgarlikni bosqichma-bosqich tadbiq etish texnologiyalarga mos ravishda ketma-ketlikda o'zlashtirishni nazarda tutib, uning samaradorligiga xizmat qiladi;

> nafaqat mashg'ulotlarning o'zining mazmuni muhim ahamiyatga ega, balki ta'lim oluvchilar bilan ishlash metodikasi ham muhim, ammo tayyorgarlik jarayonining qudratli harakatlantiruvchi kuchi bo'lib ta'lim oluvchilarning shaxslararo muloqotdagi ularning sermazmun-dinamik xususiyatlari va o'quv guruhidagi psixologik muhitning ahamiyati eng muhimbo'lib qolaveradi;

> tayyorgarlik jarayoni nafaqat kommunikativ bilimlar va ko'nikmalarni o'zlashtirishni, balki shaxsni rivojlantirishni ham (uning dunyoqarashini,

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

ko'rsatmalarini, qadriyatlari va boshqalarni ham o'zgartirishni) talab etadi;

> agar tayyorgarlikning boshlang'ich bosqichlarida shaxsning individual, psixofiziologik va etnopsixologik xususiyatlari, ya'ni ekstroversiya- introversiya darajasi, emotsional muvozanat ko'rsatgichi, motivatsiya va muloqot hisobga olinsa tayyorgarlik ancha samarali bo'ladi;

> tayyorgarlikining samarasi uni jadallashtirish sharoitlarida, ya'ni shaxsning ichki zaxirasi jalb etila boshlanganda, uning yangi yuzaga chiqmagan xususiyatlari ochilganda yuqorilashadi;

> guruhiy omil tayyorgarlikning samaradorligini oshirishda salmoqli omillardan biri hisoblanadi, chunki guruhning jadal rivojlanish jarayoni, u o'tayotgan rivojlanish bosqischlarining tez suratda o'sib borishi hisobiga har bir ishtirokchini faollashtirishga imkon beradi;

> olingan kommunikativ bilimlarni faollashtirish, shaxs yoki guruh uchun professionallikka erishishning muhimligi, insonning kommunikativ faoliyatini optimallashtiradi (muvofiqlashtiradi), samarali tayyorgarlikka erishtiradi.

ADABIYOTLAR ROYXATI

1. Jamoat xavfsizligini ta'minlash asoslari o'quv qo'llanma//Toshkent-2021. 169-bet

2. Davletshin M.G. Umumiy psixologiya. Toshkent, ToshDPU, 2012.

3. Artikbayeva, Z. A., & Egamova, G. A. (2022). Boshlang 'ich sinf ona tili darsliklarida so 'z birikmasi yuzasidan berilgan bilimlar tahlili. Science and Education, 3(2), 734-739.

4. Sadikov, E. (2022). TIL O 'QITISHDA PRAGMATIKA MASALALARI: TA'RIFLAR, TANQIDLAR, TAHLILLAR VA TALQINLAR. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 24(24).

5. Sadikov, E. (2022). How pragmatic skills can help improve students' conversational skills. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 24(24).

6. Tursunovich, S. E. (2022). Classification of compliments as speech acts and their basic characteristics in Uzbek and English languages. Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching, 4, 77-79.

7. Tursunovich, S. E. (2023). Actual Issues of Teaching Pragmatic Competences to English Language Learners in Uzbekistan. Miasto Przyszlosci, 31, 148-152.

8. Tursunovich, S. E. (2021). THE ROLE OF PRAGMATICS IN OVERCOMING CHALLENGES OF ACADEMIC WRITING. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(11), 247-249.

9. Хаитов, Л. А. (2014). Значение эстетического воспитания в развитии личности студента педагогического вуза. Наука. Мысль: электронный периодический журнал, (10), 40-44.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

10. Azamatovich, X. L. (2021). The Concept of Heart In The Treatises Of Hakim Termizi. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF LITERATURE, PHILOSOPHY AND CULTURE, 2(3), 63-67.

11. Azamatovich, K. L. (2020). The role of the Hakim Termizi architectural complex in visiting tourism in Uzbekistan. Вопросы науки и образования, (9 (93)), 27-31.

12. Yuldasheva, D. THE IMPORTANCE OF COOPERATIVE LEARNING AND GROUP WORK IN ENGLISH CLASSES. Zbior artykulow naukowych recenzowanych., 100.

13. Yuldasheva, D. (2022). METHODOLOGY FOR DEVELOPING STUDENTS'COMMUNICATIVE COMPETENCE IN ENGLISH (ON THE EXAMPLE OF TOURISM DIRECTIONS). Science and innovation, 1(B7), 1498-1501.

14. Муминов, Ш. С. (2022). РАХ£АР НУЩИНИНГ ТАЪСИР УТКАЗИШ УСУЛЛАРИ. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(3), 418-426.

15. Mo'minov, S. (2020). Мутолаа маданиятининг лингвокультурологик тамойиллари. FarDU. ILMIYXABARLAR-НАУЧНЫЙВЕСТНИК. ФЕРГУ.

16. Mo'Minov, S. (2022). MEMUAR, BAG 'ISHLOV VA MARSIYALARDA RAHBAR MULOQOT XULQIGA XOS QIRRALARNING NAMOYON BO 'LISHI. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(2), 689-694.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.