Научная статья на тему 'OMMAVIY TARTIBSIZLIKLARDA MILLIY GVARDIYA HARBIY XIZMATCHILARINING MUZOKARA OLIB BORISH KO’NIKMASINI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI'

OMMAVIY TARTIBSIZLIKLARDA MILLIY GVARDIYA HARBIY XIZMATCHILARINING MUZOKARA OLIB BORISH KO’NIKMASINI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
66
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Milliy gvardiya / muzokara / suhbat / psixologiya / metod / natija.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Azizbek Baxtiyor Ogli Abdurahmonov

Ommaviy tartibsizliklarning oldini olish hamda uni bartaraf etish har bir milliy gvardiya harbiy xizmatchisining asosiy o`zlashtirishi lozim bo`lgan ko`nikmalaridan biri hisoblanadi. Ushbu jarayonning muzokara, suhbat usullari eng samarali va xavfsizlaridandir. Maqolada muzokara olib borishning psixologik jihatlari ko`rib chiqiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OMMAVIY TARTIBSIZLIKLARDA MILLIY GVARDIYA HARBIY XIZMATCHILARINING MUZOKARA OLIB BORISH KO’NIKMASINI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

OMMAVIY TARTIBSIZLIKLARDA MILLIY GVARDIYA HARBIY XIZMATCHILARINING MUZOKARA OLIB BORISH KO'NIKMASINI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI

Azizbek Baxtiyor o'g'li Abdurahmonov

Jamoat xavfsizligi universiteti magistranti

ANNOTATSIYA

Ommaviy tartibsizliklarning oldini olish hamda uni bartaraf etish har bir milliy gvardiya harbiy xizmatchisining asosiy o'zlashtirishi lozim bolgan konikmalaridan biri hisoblanadi. Ushbu jarayonning muzokara, suhbat usullari eng samarali va xavfsizlaridandir. Maqolada muzokara olib borishning psixologik jihatlari ko'rib chiqiladi.

Kalit so'zlar: Milliy gvardiya, muzokara, suhbat, psixologiya, metod, natija.

KIRISH

Muzokara olib borish murakkab psixik jarayon bolib, unda ikki tomonning o'zaro tushunishi asosidagi suhbat olib boriladi. Ushbu jarayon doim ham muvaffaqiyatli bolmaydi, uning amalga oshishi turli omillarga bogliq. Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari ushbu konikmalarni chuqur ozlashtirishi davr talabi hisoblanadi.

ADABIYOTLAR SHARHI

Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi muzokara jarayonida foydalanadigan muloqot shaxslararo munosabatlarning shunday ko'rinishidirki, uning yordamida odamlar bir-birlari bilan o'zaro ruhiy jihatdan aloqaga kirishadilar, o'zaro axborot almashadilar, bir-birlariga ta'sir o'tkazadilar, bir-birlarini his qiladilar, bir-birlarini tushunadilar [2].

Muloqot jarayoni o'ziga xos ravishda murakkab bo'lib, bunda uch xil bosqich mavjud.

Dastlabki bosqich - odamning o'z-o'zi bilan muloqotidir. T.Shibutani «Ijtimoiy psixologiya» darsligida: «Agar odam ozgina bo'lsa ham o'zini anglasa, demak, u o'z-o'ziga ko'rsatmalar bera oladi» - deb to'g'ri yozgan edi. Odamning o'z-o'zi bilan muloqoti aslida uning boshqalar bilan muloqotining xarakterini va hajmini belgilaydi. Agar odam o'z-o'zi bilan muloqot qilishni odat qilib olib, doimo jamiyatdan o'zini chetga tortib, tortinib yursa, demak u boshqalar bilan suhbatlashishda, til topishishda jiddiy qiyinchiliklarni boshdan kechiradi, deyish mumkin. Demak boshqalar bilan muloqot - muloqotning ikkinchi bosqichidir.

A.N.Leontev o'zining «psixika taraqqiyotidan ocherklar» kitobida muloqotning uchinchi shakli - avlodar o'rtasidagi muloqotning ahamiyati to'g'risida shunday

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

yozadi: «Agar barcha katta avlod o'lib ketganida, insoniyat turi yo'q bo'lib ketmasdi, lekin jamiyatning taraqqiti anyaa orqaga surilibgina emas, balki yo'qolib ketishi ham mumkin edi». Haqiqatdan ham, avlodlararo muloqotning borligi tufayli har bir jamiyatning o'z madaniyati, madaniy boyliklari, qadriyatlari mavjud bo'ladiki, buning ahamiyatini tushungan insoniyatning eng ilg'or vakillari uni doimo keyingi avlodlar uchun saqlab keladilar hamda ta'lim, tarbiya va kundalik muloqot jarayonida uni avloddan avlodga uzatadilar [3].

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

Muloqotning hayotimizdagi shakl va ko'rinishlariga kelsak uning har bir shaxsning xayotiy vaziyatlarga mos keladigan, o'sha vaziyatlardan kelib chiqadigan ko'rinishlari va turlari haqida gapirish mumkin. Lekin umumiy holda har qanday muloqot yo rasmiy yoki norasmiy tusda bo'ladi. Agar rasmiy muloqot odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulq-atvor normalaridan kelib chiqsa, masalan, muzokaralar olib borish jarayoni, norasmiy muloqot - bu odamning shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni o'sha suhbatdoshlarning fikr- o'ylari, niyat-maqsadlari hamda emotsional munosabatlari bilan belgilanadi. Masalan, do'stlar suhbati, poezda uzoq safarga siqqan yo'lovchilar suhbati, tanaffus vaqti talabalarning sport, moda, shaxsiy munosabatlar borasidagi munozaralari. Odamlarning asl tabiatlariga mos bo'lgani uchun ham norasmiy muloqot doimo odamlarning hayotida ko'proq vaqtini oladi va bunda ular charchamaydilar. Lekin shuni ta'kidlash kerakki, odamda anna shunday muloqotga ham kobiliyatlar kerak, ya'ni uning qanchalik sergapligi, ochiq ko'ngilligi, suhbatlashish yo'llarini bilishi, til topishish qobiliyati, o'zgalarni tushunish va boshqa shaxsiy sifatlari kundalik muloqotning samarasiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun hamma odam ham rahbar bo'lolmaydi, ayniqsa pedagogik ishga hamma ham qo'l uravermaydi, chunki buning uchun undan rasmiy, ham norasmiy muloqot texnikasidan xabardorlik talab qilinadi.

Muloqot mazmuni va yo'nalishiga ko'ra uning [4]:

* ijtimoiy yo'naltirilgan (muzokara olib borish);

* guruhdagi predmetga yo'naltirilgan (o'zaro hamkorlikdagi faoliyatni amalga oshirish mobaynidagi muloqot - mehnat, ta'lim jarayonidagi yoki konkret topshiriqni bajarish jarayonida guruh a'zolarining muloqoti);

* shaxsiy muloqot (muzokara jarayonida yakkama-yakka muloqot);

* pedagogik muloqot (pedagogik jarayonda ishtirok etuvchilar o'rtasida amalga oshiriladigan murakkab o'zaro ta'sir jarayoni) turlari farqlanadi.

Muloqotning turi va shakllari turlichadir. Masalan, bu faoliyat bevosita «yuzma-yuz» bo'lishi yoki u yoki bu texnik vositalar (telefon, telegraf va shunga o'xshash) orqali amalga oshiriladigan; biror professional faoliyat jarayonidagi amaliy

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

yoki do'stona bo'lishi; subyekt - subyekt tipli (diologik, sheriklik) yoki subyekt -obyektli (monologik) bo'lishi mumkin

Muloqot jarayonida kamida ikki kishi ishtiroq etadi. Kishining qiyofasi, hatti - harakati asosida suhbatdosh haqida tasavvur hosil qilinadi. Bir-birini idrok qilishda quyidagi mehanizmlar g'oyat muhimdir [5]: a) identifikatsiya; b) refleksiya; v) kauzal atributsiya; g) stereotipizatsiya

Identifikatsiya so'zining ma'nosi lotinchadan olingan bo'lib, "tenglashtirish", "aynan o'xshatish", bir kishining ikkinchi kishini uning ta'rifini subyektning o'z ta'rifiga anglanilgan yoki anglanilmagan tarzda o'xshatilishi orqali tushunish usulidir. Odamlar o'zaro birgalikda harakat qilish vaziyatlarida boshqa kishini o'zining o'rniga qo'yib ko'rishga uringan holda uning ichki holati, niyatlari, o'y-fikrlari, mayllari va his-tuyg'ulari haqida taxmin qiladilar.

Refleksiya — (lotincha aks ettirish) - o'z fikr va kechinmalarini tahlil qilib mulohaza yuritish, ya'ni muloqotga kirishuvchining suhbatdosh uni qanday idrok etayotganligini anglash. Kishini kishi tomonidan idrok qilishini ikkilangan oynadagi aks ettirishga o'xshatish mumkin.

Kauzal atributsiya- boshqa kishining hatti-harakatlari sababini his- tuyg'ularni, niyatlarni, o'y-fikrlarni va xulq-atvor motivlarini unga to'nkash yo'li bilan tushuntirish bo'lib, lotincha saisa-sabab va atributto - in'om etaman degan ma'noni bildiradi.

Stereotipizatsiya — grekcha o'zgarishsiz, takrorlanish degan ma'noni bildiradi. Stereotipga mos ma'lum yoki taxminan ma'lum bo'lgan voqealarni tiklash, nisbat berish yo'li bilan xulq normalarini tasniflash va ularning sabablarini izoxlash demakdir. Ba'zan muomala jarayonida noto'g'ri stereotip vujudga keladi. Masalan, A.A.Bodalev tomonidan o'tkazilgan suhbatga ko'ra, kishining tashqi qiyofasi va uning harakteri haqidagi stereotip tasavvurlar ommaviylashib ketganligi tasdiqlandi [6]. So'ralgan 72 kishining 9 tasi yuzi kvadrat ko'rinishga ega bo'lganlar kuchli, irodali, 17 kishi peshonasi katta kishi aqlli, 3 kishi sochi tikka kishilar yengilmas, bo'ysunmas harakterga ega. 5 kishi bo'yi o'rtachadan past kishilar boshqalar ustidan hukmronlik qilishga, buyruq berishga intiluvchi kishilar, 5 kishi chiroyli kishilar yo axmoq yoki o'zini sevuvchi kishilar bo'ladi deb ta'kidlangan. Begona kishini idrok qilishda birinchi axborot, dastlabki tasavvur katta ahamiyatga ega. Kishilar tashqi qiyofasi ham muhim o'rin tutadi. Amerikalik psixologlar tomonidan o'tkazilgan tadqiqot bunga misol bo'la oladi. 400 o'qituvchilarga baholash uchun tarqatilgan ishlarni ular 200 tasi ijobiy, chiroyli, 200 salbiy xunuk, yokimsiz deb berganlar. Ekspertlardan tashqi qiyofasini emas, balki harakterini ta'riflash so'ralgan edi. Afsuski baholarning subyektivligi kishining tashqi qiyofasini baholash bilan bog'liqdir.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

XULOSA VA MUNOZARA

Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki muzokara olib borish jarayonida muloqotning o'rni beqiyos ekan. Jamiyatda inson shaxs bo'lib shakllanar ekan albatta muloqot muhim o'rin tutadi. Muloqot madaniyati, texnikasini mukammal o'zlashtirgan milliy gvardiya kadrlari buyuk kelajagimizning munosib vorislari hisoblanadi.

ADABIYOTLAR ROYXATI

1. Jamoat xavfsizligini ta'minlash asoslari o'quv qo'llanma//Toshkent-2021. 169-bet

2. G'oziev E. Muomala psixologiyasi. Toshkent, 2011.

3. Artikbayeva, Z. A., & Egamova, G. A. (2022). Boshlang 'ich sinf ona tili darsliklarida so 'z birikmasi yuzasidan berilgan bilimlar tahlili. Science and Education, 3(2), 734-739.

4. Sadikov, E. (2022). TIL O 'QITISHDA PRAGMATIKA MASALALARI: TA'RIFLAR, TANQIDLAR, TAHLILLAR VA TALQINLAR. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 24(24).

5. Sadikov, E. (2022). How pragmatic skills can help improve students' conversational skills. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 24(24).

6. Tursunovich, S. E. (2022). Classification of compliments as speech acts and their basic characteristics in Uzbek and English languages. Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching, 4, 77-79.

7. Tursunovich, S. E. (2023). Actual Issues of Teaching Pragmatic Competences to English Language Learners in Uzbekistan. Miasto Przyszlosci, 31, 148-152.

8. Tursunovich, S. E. (2021). THE ROLE OF PRAGMATICS IN OVERCOMING CHALLENGES OF ACADEMIC WRITING. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(11), 247-249.

9. Azamatovich, X. L. (2021). The Concept of Heart In The Treatises Of Hakim Termizi. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF LITERATURE, PHILOSOPHY AND CULTURE, 2(3), 63-67.

10. Azamatovich, K. L. (2020). The role of the Hakim Termizi architectural complex in visiting tourism in Uzbekistan. Вопросы науки и образования, (9 (93)), 27-31.

11. Yuldasheva, D. THE IMPORTANCE OF COOPERATIVE LEARNING AND GROUP WORK IN ENGLISH CLASSES. Zbior artykulow naukowych recenzowanych., 100.

12. Yuldasheva, D. (2022). METHODOLOGY FOR DEVELOPING STUDENTS'COMMUNICATIVE COMPETENCE IN ENGLISH (ON THE EXAMPLE OF TOURISM DIRECTIONS). Science and innovation, 1(B7), 1498-1501.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

13. Ашурбаева, Р. К. (2020). Концепция интеграции и ее применение в образовании SOI: 1.1/TAS DOI: 10.15863/TAS. Теоретические и прикладные науки, 2.

14. Ashurbaeva, R. K. (2021). Ways of effective Implementation of Integration. Middle European Scientific Bulletin, 10.

15. Xaitov, L. A. (2021, December). THE ISSUE OF SUSTENANCE AND PROFESSION IN HAKIM TERMIZI'S WORK "BAYANUL KASB"("DESCRIPTION OF THE PROFESSION"). In International Scientific and Current Research Conferences (pp. 67-69).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.