Научная статья на тему 'TEATR-STUDIYA FAOLIYATI – TALABALARNI IJTIMOIYLASHTIRISH VOSITASI'

TEATR-STUDIYA FAOLIYATI – TALABALARNI IJTIMOIYLASHTIRISH VOSITASI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
124
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
talabalar teatri / saxna nutqi / saxna harakati / aktyor pardozi / umumiy madaniy kompetensiyalar / umumkasbiy kompetensiyalar / kasbiy kompetensiyalar / ijtimoiy-madaniy faoliyat / ijtimoiy-madaniy muhit. / student theatre / stage speech / stage movement / acting make-up / general cultural competencies / general professional competencies / professional competencies / sociocultural activities / sociocultural environment.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Malohat Saidjabborovna Muxitdinova, Muhammadzohid Abduqodirov

Mualliflar Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti qoshida tashkil qilingan “Mehr” talaba teatrstudiyasi faoliyati misolida ushbu faoliyatning shaxs tarbiyasi, uning axloqiy-estetik hamda kasbiy ko`nikma va malakalarini shakllantirishga ta`siri haqida fikr yuritadilar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ACTIVITIES OF THE THEATER STUDIO AS A MEANS SOCIALIZATION OF STUDENTS

On the example of the activity of the student theater-studio "Mehr" at the Chirchik State Pedagogical Institute of the Tashkent region, the authors consider the impact of this activity on the education of the personality of students, the formation of moral and aesthetic qualities and professional competencies.

Текст научной работы на тему «TEATR-STUDIYA FAOLIYATI – TALABALARNI IJTIMOIYLASHTIRISH VOSITASI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 5 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

TEATR-STUDIYA FAOLIYATI - TALABALARNI IJTIMOIYLASHTIRISH

VOSITASI

Malohat Saidjabborovna Muxitdinova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Musiqa talimi kafedrasi katta o'qituvchisi, "Mehr" talabalar teatr-studiyasi rahbari

Muhammadzohid Abduqodirov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Musiqa talimi yo'nalishi 4-kurs talabasi, "Mehr" talabalar teatr-studiyasi rejissyori

ANNOTATSIYA

Mualliflar Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti qoshida tashkil qilingan "Mehr" talaba teatr- studiyasi faoliyati misolida ushbu faoliyatning shaxs tarbiyasi, uning axloqiy-estetik hamda kasbiy konikma va malakalarini shakllantirishga ta siri haqida fikr yuritadilar.

Kalit so'z va iboralar: talabalar teatri, saxna nutqi, saxna harakati, aktyor pardozi, umumiy madaniy kompetensiyalar, umumkasbiy kompetensiyalar, kasbiy kompetensiyalar, ijtimoiy-madaniy faoliyat, ijtimoiy-madaniy muhit.

ACTIVITIES OF THE THEATER STUDIO AS A MEANS SOCIALIZATION

OF STUDENTS

ABSTRACT

On the example of the activity of the student theater-studio "Mehr" at the Chirchik State Pedagogical Institute of the Tashkent region, the authors consider the impact of this activity on the education of the personality of students, the formation of moral and aesthetic qualities and professional competencies.

Key words and phrases: student theatre, stage speech, stage movement, acting make-up, general cultural competencies, general professional competencies, professional competencies, sociocultural activities, sociocultural environment.

Ozbekiston Respublikasi madaniy hayotida teatrlarning faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Musiqali drama va komediya teatrlari, opera va balet, operetta, drama, miniaturalar, bolalar qo'g'irchoq teatrlari respublikamizda yashayotgan barcha millat vakillarining manaviy yuksalishiga salmoqli hissa qo'shib kelmoqda.

Pedagog mutaxassislarning ijodiy faoliyatga layoqatliligi mehnat bozorida raqobatbardoshlikning ajralmas shartiga aylanadi. Ozaro ilm-fan va ishlab chiqarishning hamkorligi kelajakda kreativ mutaxassisga ega bolish uchun oliy talim muassasasining tarbiyaviy jarayonlariga alohida talablarni qo'ymopqda.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 5 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Badiiy havaskorlik jamoasining asosiy vazifalari ishtirokchilarni hamkorlik, birgalikdagi do'stona ijodkorlik muhiti yaratish orqali estetik tarbiyalash.

Talaba teatr-studiyasi oliy talim muassasining ijtimoiy-madaniy muhitini shakllantirish vositasi sifatida talabalarning umumiy madaniy va bazi umumkasbiy va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga yordam beradi. [1]

Talabalar teatrida shakllanadigan umumiy madaniy kompetensiyalar quyidagilardan iborat:

Oz faoliyatida asosiy madaniy qadriyatlar, zamonaviy bag'rikenglik, muloqot va hamkorlik tamoyillariga asoslanish qobiliyati. Talabalar teatridagi ish, birinchi navbatda, sahnalashtirish uchun tanlangan spektaklda inobatga olingan madaniy kontekstni o'rganishga asoslanadi. Ish jarayonida asosiy madaniy qadriyatlardagi farqlar milliy madaniyat bilan taqqoslangan holda tahlil qilinadi. Ushbu farqlarni qabul qilish va kelajakdagi tomoshabin madaniyatining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda xarakterning xatti-harakati dasturi ishlab chiqiladi. Bundan tashqari, talabalar teatr guruhida ishlash madaniyatlararo muloqot doirasida talab qilinadigan zarur professional muloqot qobiliyatlarini shakllantirishga yordam beradi.

• Ogzaki nutqni mantiqan to'g'ri tuzish qobiliyati. Namunaviy matn asosida talabalar mantiqiy maqsadga muvofiqlik tamoyillari va spektaklni sahnalashtirganda til qoidalariga amal qilgan holda qahramon nutqini ham, oz nutqini ham qurishni o'rganadilar.

• Kelajakda hamkasblar bilan muloqot qilish, jamoada ishlashga tayyorlik. Talabalar teatr jamoasida ishlash oz hamkasblarini hurmat qilish, umumiy natija uchun javobgarlik va nizolarsiz o'zaro munosabatlar ko'nikmalariga asoslanadi.

• Chet tillaridan (bizda rus) birini xorijiy manbalardan kasbiy faoliyat sohasidagi malumotlarni olish va baholash imkonini beradigan darajada bilish. Ushbu kompetentsiya talim muassasining o'quv dasturlarida nazarda tutilgan bir qator maxsus bilim, konikma va malakalarni takomillashtirishni nazarda tutadi.

Talabalar teatrida shakllanadigan umumkasbiy kompetensiyalarga "kasbiy nutq madaniyati asoslarini egallash" kiradi. Sahna nutqi bo'yicha ishning bir qismi sifatida monolog va dialogik nutq konikmalarini rivojlantirish kozda tutiladi va professional muloqot konikmalarini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi.[5, 18 b]

Pedagogik faoliyat sohasida talabalar teatri "o'quvchilarning hamkorligini tashkil etish, faollik va tashabbuskorlikni, o'quvchilarning mustaqilligini, ijodiy qobiliyatlarini qo'llab-quvvatlash" qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi. Talabalar teatrida ishlash misolidan foydalanib, talabalar, bo'lajak o'qituvchilar sifatida, ijodiy jarayonni tashkil etish asoslari va motivatsiya, o'z-o'zini tashkil etishni rivojlantirish xususiyatlarini o'rganadilar.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 5 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

Madaniy-ma rifiy faoliyat sohasida talabalar teatri "mahalliy va xorijiy tajribalarni, madaniy-marifiy dasturlarni hisobga olgan holda ishlab chiqish va amalga oshirish" qobiliyatini shakllantirishga yordam beradi. Tanlangan asarni sahnalashtirish bo'yicha xorijiy tajribalarni o'rganish, shuningdek, sahnalashtirish jarayonining talabalarga o'zini tahlil qilish orqali ijodiy faoliyatni tashkil etish asoslarini tushunishga va bu bilimlarni amaliyotda qo'llashga yordam beradi.

Talaba teatr-studiyasi ijtimoiy-madaniy muhitni shakllantirish vositasi sifatida tashkil etish talabalarning ijtimoiy-madaniy faoliyatining to'laqonli ochib berishga imkon beradigan pedagogik yondashuvlar majmuasidan foydalanishga asoslanadi. [5]

• Shaxsning ijodiy salohiyati va qobiliyatini o'z-o'zini rivojlantirishning tabiiy jarayoniga asoslangan hamda talab qilinadigan obrazga "kirish" uchun har bir o 'quvchi bilan individual ish olib borishga asoslangan shaxsiy yondashuv.

• Talabalarning to'laqonli ijtimoiy hayotini tashkil etishga va butun teatr jamoasi faoliyatini tashkil etishga qaratilgan faoliyat yondashuvi. Talabalar teatridagi muloqot o'z-o'zini «taftish» qilish qobiliyatini shakllantiradi, inson o'zi ustida ishlash zarurligini aniqlaydi va bu ehtiyojni o'z-o'zini tarbiyalash jarayonida amalga oshiradi.[6, 129 b] Har bir talaba turli xil ijtimoiy rollarni sinab ko'rishi tashkilotchilik va sheriklik fazilatlarini sinab ko'rish imkoniyatiga imkon beradi.

• Polisub'ektiv (dialogik) yondashuv, boshqa odamlar bilan munosabatlar nuqtai nazaridan shaxsning o'zini o'zi rivojlantirishga bo'lgan ehtiyojini anglash. Talabalar teatrida kayfiyatlar, fikrlar, qarashlar umumiyligi ochiladi va shakllanadi, o'zaro xamjihatlikka erishiladi, odob-axloq, xulq-atvor, ananalar uslubini singdirish amalga oshiriladi, birdamlilik yaratiladi [7, 111 b].

Shunday qilib, talabalar teatridagi ijtimoiy-madaniy faoliyat insonparvarlik ta'limi tamoyillariga mos keladi, bu yerda shaxsning rivojlanishi ikki ko'rinishdagi o'zaro bog'liq va farqli o'zgarishlar jarayoni sifatida qaraladi: ichki ("o'ziga" qaratilgan e'tibor) va tashqi ("o'zgalarga" e'tibor qaratish) [5, 93b]. Talabalar ijtimoiy qadriyatlarga bog'lanadilar va ular asosida o'z-o'zini tushunish jarayonida tegishli shaxsiy fazilatlarga ega bo'ladilar, ularning individualligi o'zini o'zi tashkil etish va o'zini o'zi bilish natijasida shakllanadi. Ichki va tashqi qarashlarning o'zaro bogliqligi shaxsiy uyg'unlikni tashkil qiladi va shaxsning har tomonlama rivojlanishiga yordam beradi.

Talabalar teatrining ishi haftalik takroriy repititsiya mashg'ulotlar ketma-ketligi, yakuniy repititsiya va teatrlashtirilgan tomosha sifatida tashkil etiladi hamda, shakllangan kompetensiyalarni nazorat qilishning baholash vositasi bo'lib xizmat qiladi. Mashqlar soni spektaklga tayyorgarlik ko'rish vaqtiga va tanlangan ishning murakkabligiga bog'liq.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 5 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

Birinchi repititsiya laboratoriya ishi shaklida otkaziladi va asarni tahlil qilish, har bir talaba uchun rol tanlash, va u bilan tanishtirishga qaratilgan. Mustaqil ish sifatida butun asarni ham, tanlangan rolni ham batafsilroq korib chiqish kutiladi. Ortacha har bir repititsiya (4 soat amaliy mashg'ulot) uchun, aktyorlik mahoratini oshirish va qo'shimcha malumot izlashga qaratilgan 2 soatlik mustaqil ish talab etiladi.

Har bir repititsion mashg'ulot talaffuz ustida ishlash bilan boshlanadi: to'g'ri artikulyatsiya, ovoz modulyatsiyasi konikmalari mustahkamlanadi, intonatsiyaning har xil turlari, jumlali urg'u va ritm haqidagi bilimlar, jumlalarni sintagmatik tahlil qilish qobiliyati takomillashtiriladi. Nutq ustida ishlashning muhim elementi, shuningdek, sahnada ishlash sharoitida ovozni sozlash va vaziyatga qarab nutq tezligini o'zgartirishdir. Lug'at boyligi sezilarli darajada boyib boradi, murakkabroq grammatik tuzilmalardan foydalanish faollashadi, o'quvchilarning nutq salohiyati kashf etiladi.

Aktyorlik faoliyati ixtiyoriy va beixtiyor harakatlar konikmalarini shakllantirish, sahnani to'g'ri taqsimlash va spektakl davomida tasodifiy sharoitlarga moslashish qobiliyatini oz ichiga oladi. Bundan tashqari, talaba-aktyor shaxsining stressga chidamliligi va hissiy o'zini o'zi boshqarish kabi muhim psixologik fazilatlari shakllanadi. Noverbal va paraverbal aloqa vositalaridan turli darajada foydalanish bilan har xil turdagi his-tuyg'ularni ifodalash ustida ishlash konikmalarini rivojlantirishga ham e'tibor beriladi.

Talabalar teatrining moddiy-texnik taminoti tovush va yoruglik uskunalari, dekoratsiyalar va kostyumlarni nazarda tutadi. Oquv-uslubiy va axborot taminotiga turli teatr arboblari haqidagi, teatr va sanatshunos arboblarining asarlari, shuningdek, taniqli aktyor va rejissyorlarning hayoti va ijodi haqidagi manbaalar kiradi.

Shunday qilib, talaba teatri har qanday oliy talim muassasasining talim maydoniga kiritish uchun zarur mazmun va uslubiy salohiyatga ega, chunki u nafaqat ijtimoiy-madaniy muhitni shakllantirishga yordam beradi, balki shaxsning har tomonlama rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadiki, bu amaldagi standartlarga muvofiq asosiy talim dasturlarini amalga oshirish shartlariga qo'yiladigan talablardan biridir.[1]

Bundan tashqari, talabalar teatri auditoriyadan tashqari ijtimoiy-madaniy tadbirlarni tashkil etish shakli sifatida bolajak o'qituvchilarning umumiy madaniy, umumkasbiy va kasbiy kompetentsiyalarini shakllantirish talablariga javob beradi. Shu bilan birga, teatr tomoshasi shakllangan kompetensiyalarni nazorat qilish vositasi sifatida nafaqat baholash funksiyasini bajaradi, balki ushbu faoliyat turini rivojlantirish uchun motivatsiyani ta'minlaydi. Demak, oliy talim muassasining ijtimoiy-madaniy muhitini shakllanish jarayonining uzviyligi va uzluksizligini taminlaydi.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 5 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

Foydalanilgan adabiyotlar.

1.2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha HARAKATLAR STRATEGIYasI

2. Ashurova M.H. Qo'g'irchoq teatri sanati aktyorlik maktabi. Darslik-T., 2007. -85 b.

3. T.Smolyakova «Texnologiya izgotovleniya teatralnoy kukli» Uchebnik T.2007. 55 st.

4. T.Smolyakova «Texnologiya izgotovleniya shirmi, dekoratsiy teatra kukol» Uchebnik T.2011.- 31 st.

5. Григорович, Л.А., Марциновская,Т.Д. Педагогика и психология / Л.А. Григорович, Т.Д. Марциновская. - М.: Гардарики, 2003. - С. 18, С. 93.

6.Смирнов, В.И. Общая педагогика / В.И. Смирнов. - М.: Логос, 2002. - С. 129.

7.Буева, Л.П. Человек: деятельность и общение / Л.П. Буева. -М.: Мысль, 1978. -С. 111.

8.Qodirov M.X. «O'zbek qo'g'irchoq teatri tarixi» Darslik T-2012 . - 40 b

9. Mahmudov J., Mahmudova X. Rejissura asoslari. Toshkent: Ozbekiston milliy ensiklopediyasi, 2008. 224- b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.