Научная статья на тему 'OLIY TA`LIMDA TALABALARNI MAKTABDA LEKSIKOLOGIYANI O`QITISHGA TAYYORLASH'

OLIY TA`LIMDA TALABALARNI MAKTABDA LEKSIKOLOGIYANI O`QITISHGA TAYYORLASH Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
206
36
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Nutqiy faoliyat / leksik bilim / leksik ko`nikma / leksikani o`qitishning metod va usullari / oraliqdagi metodika / izlanish metodi / modulli o`qitish texnologiyasi

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — U.S.Shermatova

Mazkur maqolada umimiy o`rta ta`limda ona tili darslarida tilshunoslikning “Leksikologiya” bo`limini o`rgatishga oliy ta`limda talabalarni tayyorlash texnologiyasi haqida so`z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLIY TA`LIMDA TALABALARNI MAKTABDA LEKSIKOLOGIYANI O`QITISHGA TAYYORLASH»

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

OLIY TALIMDA TALABALARNI MAKTABDA LEKSIKOLOGIYANI OQITISHGA

TAYYORLASH U.S.Shermatova

ChDPU O'zbek adabiyotshunosligi kafedrasi dotsenti, pf.f.d. (PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.7995099

Annotatsiya. Mazkur maqolada umimiy orta talimda ona tili darslarida tilshunoslikning "Leksikologiya" bolimini orgatishga oliy talimda talabalarni tayyorlash texnologiyasi haqida soszyuritiladi.

Kalit so^zlar: Nutqiy faoliyat, leksik bilim, leksik konikma, leksikani o'qitishning metod va usullari, oraliqdagi metodika, izlanish metodi, modulli o qitish texnologiyasi.

Xalqaro miqyosda ona tili ta'limining sifatini oshirish, ijodiy fikrlash, tanqidiy tafakkur, o'zini-o'zi baholash, ta'lim oluvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish ta'lim oluvchilarning ijtimoiy talabini ta'minlaydi.

Umumiy o'rta ta'lim maktablarida ona tili ta'limining sifati va samaradorligi ta'lim beruvchining metodik tayyorgarligiga, o'quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda ijodiy faoliyatini tshkil etishga hamda o'qituvchi va o'quvchining o'zaro muloqotiga asoslangan ta'lim jarayonini nazorat qilish va boshqarish strategiyalarini takomillashtirilishiga bog'liq.

Oliy talimda mustqil ish metodi, izlanishli metod, "Maktub metodi", "Guruhlarda ishlash" metodlari; "Nima o'rgataman?", "Nima uchun o'rgataman?", "Qanday o'rgataman?" o'quvchining oldida ham "Nimani o'rganyapman?", "Nima uchun o'rganyapman?", "Qanday o'rganaman?" yondashuvni tashkil qilish ta'lim beruvchini ham, ta'lim oluvchini ham o'z faoliyatiga e'tiborini kuchaytiradi.

Umumiy o'rta ta'lim maktablarida ona tili ta'limining sifati va samaradorligi ta'lim beruvchining metodik tayyorgarligiga, o'quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda ijodiy faoliyatini tshkil etishga hamda o'qituvchi va o'quvchining o'zaro muloqotiga asoslangan ta'lim jarayonini nazorat qilish va boshqarish strategiyalarini takomillashtirilishiga bog'liq.

Talabalarning maktab amaliyotida leksikologiyani o'rgatish metodikasiga jiddiy e'tibor qaratish maqsadida quyidagi reja tavsiya etiladi va shu reja ustida ijodiy va tanqidiy fikr yuritishlari ta'kidlandi:

1. Nutq o'stirishda leksik birliklarning o rni.

2. Lug'at ustida ishlashning lingvistik asoslari.

3. Leksik birliklar ustida ishlash vazifalari.

4. Leksikologiyani orgatish bo'yicha ona tili dasturi talablari.

5. Leksik tushunchalar va ularni shakllantirish bo syicha darsliklar tahlili.

6. Lug'at ustida ishlash yo'nalishlari.

Talabalar rejaning har bir qismi yuzasidan qiladigan ishlar haqida bahslashdilar. Qaror qabul qiladilar. Mavzu yuzasidan metodik adabiyotlarni o'rganishlari kerakligini aytdilar.

Ona tili dasturi mazmunidan kelib chiqib, grammatik mavzularni o'rganishda talabalarning o'zlarini shu jarayonga kiritish muhim ta'limiy ahamiyat kasb etadi. Talabalar ona tilining biror bo'limini o'rgatishga bosqichma-bosqich tayyorgarlik ko'rish kerakligini anglab boradilar.

Ma'lumki, MO'Dida ona tili mavzulari bog'lanishli nutqni to'g'rishakllantirish, nutq o'stirish, to'g'ri talaffuz va to'g'ri yozuvni ta'minlash, til birliklaridan maqsadga muvofiq

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

foydalana olishga yo'naltirilgan. Dastur talablarini 5-sinf ona tili dasturiga leksikologiya yuzasidan kiritilgan "So'zlarning shakl va ma'no munosabatiga ko'ra turlari. Sinonim, antonim, paronim, omonim tushunchalari", "Olinma so'zlarni ajrata olish, ularning talaffuzi va imlosi", "So'zlarning qarama-qarshi ma'nolari", "Bosh ma'no va ko'chma ma'no", "Ibora, maqol haqida tushuncha", "Muhandislikka oid til birliklari", "Atamashunoslik", "Ilmiy va kasbiy atamalar", " Iqtisodiyotga oid terminlar", "Olinma so'zlar", "Qavm-qarindoshlik bilan bog'liq so'zlar", "Lug'atchilik", "Ibora", "Yangi paydo bo'lgan so'zlar", "Yangi so'zlarning paydo bo'lishi", "Tarixiy so'zlar va ularning imlosi", "Paronim so'zlar", "Hikmatli so'zlar, hikmatli so'zlarning nutqni boyitishdagi ahamiyati" mavzulari asosida amalga oshiriladi.

Talabalarga darslik asosida leksikologiyaga doir mavzular o'rganiladigan bolimlarni aniqlash va quyidagi jadvalga yozish topshirig'i berildi. Ular MODda leksikologiyaga oid mavzularni j advalda joylaydilar.

№ Darslikdagi bolim nomi Leksikologiya doir mavzular

1 So'z larning shakl va ma'no munosabatiga ko'ra turlari. Sinonim, antonim, paronim, omonim tushunchalar

2 Olinma so'zlarni ajrata olish, ularning talaffuzi va imlosi

3 So'zlarning qarama-qarshi ma'nolari

4 Bosh ma'no va ko'chma ma'no

5 Ibora, maqol haqida tushuncha

6

Bu bilan talabalar mavzularni o'rganilishi tizimini ham bilib oladilar. Talabalarda fonetikani o'rgatish jarayonidagi o'rganilayotgan mavzu yuzasidan o'quvchilarning oldingi bilimlarini aniqlash ko'nikmasi shakllanganligi uchun ular 5-sinfda leksikologiya yuzasidan o'quvchilarning oldingi bilimlarini matnning leksik tahlilidan boshlash lozimligini tavsiya etadilar. O'quvchilarda kommunikativ-kognitiv (muloqotda mustaqil ijodiy fikrlash) fikrlashni shakllantirishga qaratilgan quyidagi ish turi talabalar ortasida tashkil qilindi:

1-topshiriq. Berilgan so'zlarning ma nodoshini toping. Sabr, vaqt, baraka, katta,....

2-topshiriq. Maqolni davom ettiring.Suv ichadigan quduqqa.......Egilganga egil boshing

yerga tekkuncha,...

3-topshiriq. "So'zdan iboragacha".

tashlang ko'z ochiq

olaytirmoq ostiga olmoq

4-topshiriq. Iboralarning o'z ma nolarini toping.

№ Iboralarga misollar yozing Iboralarning manosini izohlang

1

2

3

4-topshiriq. Sinonimlar qatorini tuzing.

5-topshiriq. Tabriknoma yozing. Tayanch so'zlar: hurmatli, muhtaram, muhtarama, aziz

ustoz (do^stim), sizning hayot yo'lingiz, bebaho o gitlaringiz, mehr-oqibat, chin dildan, chin qalbimdan, chin yurakdan..

Xuddi shunday ish turlarini o'quvchilar orasida tashkil qilish va uning samaradorligi yuzasidan munozara uyushtirildi.

"Maktub metodida" talabalar iiiaMiimotlar tarqatiladi.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2G23-yil 2-iyun

1. Ma'lumotni o'qing. Ulardan nima maqsadda qaysi mavzuni o'tishda qanday foydalanasiz?

*Hozirgi o'zbek adabiy tili lug'at boyligi «O'zbek tilining izohli lug^ati» da aks ettirilgan. * «O'zbek tilining izohli lug^ati» (80000). *«O'zbek tilining izohli lug^ati» (T.: 200б. 5-jild). *Terminologik lugatlar.*Sinonim so'zlar lugati. *Antonim so'zlar lugati. *Frazeologizmlar lug'ati.*Turli fanlarga oid izohli lug'atlar... *-Izohli lug'atda bosh so'z ining qanday ma 'nolari izohlanadi?*Asosiy va frazeologizm bilan boglangan ma'noda ishlatilishi qayd etiladi.

2. Guruhlarga "Leksik birliklar ustida ishlash vazifasi" yozilgan matnni o'qing.

Bu fikrlar asosida o'quvchilar bilan qanday ishlar amalga oshirishingizni misollar asosida tushuntiring. Har bir qismdagi asosiy fikrlarni aniqlang.

*Inson nutqiy munosabatda zarur so'z larni semantik ma'nosiga qarab tanlaydi va fikrini aniq ifodalashga intiladi. *Lug at ustida ishlashda: *O'quvchining diqqatini so'z ning mazmuniga qaratish, so'z ning semantikasini, ma'nosini aniqlashtirish; *so'zning o z ma'nosiga ko'ra boshqa so'z lar bilan semantik boglanishini, aloqasini ochish; *bog'lanishli nutqda so'z ning ko'chma ma 'nosiga ko'ra boshqa so'z lar bilan boglanishini anglashlariga erishish.

3.Lug'at ustida ishlash yo'nalishlarini o'qing. Darslik asosida shu ishlarni rejalashtiring.

1. O'quvchilar lug'atini boyitish, ya'ni matnda uchragan yangi so'zlarni, shuningdek, bolalar lug'atida bo'lgan ayrim so'zlarning yangi ma'nolarini o'zlashtirishlariga erishish. Ona tili darslarida o'quvchi lug'atiga 4-6 so'zni (8-10 tayangi so'z ) qo'shish lozim.

2. O'quvchilar lug'atiga aniqlik kiritish. Ma'nosini o'zlashtirishlariga ko'maklashish. Bu o'z ichiga quyidagilarni oladi:

1) O'quvchi puxta o'zlashtirmagan so'z larning ma'nosini to'liq o'zlashtirish, ya'ni shu so'z larni matnga kiritish, yaqin ma'noli so'zlar bilan qiyoslash, antonim tanlash yo'llari bilan ularning ma'nosiga aniqlik kiritish; 2) so'zning kinoyali ma'nosini, ko'p ma'noli so'zlarning ma'nosini o'zlashtirishlariga; 3) Sinonim so'zlarning ma'no qirralarini o'zlashtirishlariga; 4) ayrim frazeologik birliklarning ma'nosini o'zlashtirishlariga.

3. Lug'atni faollashtirish, ya'ni o'quvchilar ma'nosini tushunadigan, ammo oznutq faoliyatida ishlatmaydigan nofaol lug'atidagi so'z larni faol lug'atiga o'tkazish.

4. Adabiy tilda ishlatilmaydigan so'z larni O'quvchilar faol lug'atidan nofaol lug'atiga o'tkazish. Bunday so'z larga bolalarning nutq muhiti ta'sirida oo'zlashib qolgan adabiy til meoyoriga kirmaydigan, ayrim adabiy asarda so'z lashuv tilida qo'llanadigan sodda sozva iboralar, sheva va ijtimoiy guruhga oid so'z lar kiradi.

1. O'quvchilar lug'atini boyitish manbalariga nimalar kiradi? Nima uchun?Klaster shaklida yoriting.

2. Har bir guruhga alohida topshiriqlar berildi: l.Sinonimlar ustida qanday ishlanadi? 2. Omonimlar ustida qanday ishlanadi? 3.Antonimlar ustida qanday ishlanadi? 4. Ko'p ma'noli va shakldosh so'z lar ustida ishlanadi? б. Uyga topshiriq. Lug'at ustida ishlashda qaysi metodik usullardan foydalaniladi? Ta'limiy o'yinlar, jadvallar ishlab chiqing, matnlar, maqollardan foydalaning.

Shaxsning mustaqil ijodiy (kommunikativ-kognitiv) fikrlashiga asoslangan ta'limni tashkil qilishda innovatsion texnologiyalar muhim ahamiyatga ega. Talabalarga 2 kunlik pedamaliyoti davomida o'ziga ma'qul kelgan metod, usul va vositalarni qayd qilib borishlari, shu asosda o'zining metodik tayyorgarligi ustida ishlashga yo'naltirilgan jadval tavsiya etildi:

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

№ Darsni kuzatish yo'nalishlari Qaydlar

1 Mavzuni tushuntirishda o'qituvchi qo'llayotgan metodlarning ma'quli

2 Mavzuni mustahkamlashda qo'l- langan zamonaviy pedagogik texnologiyalar

3 O'quvchining mustaqil ijodiy fikrlashini ta'minlaydigan topshiriqlar

4 O'quvchilarning topshiriqlarni bajarishda duch kelgan qiyinchiliklari

Ta'lim jarayonida shaxsning o'z-o'zini baholashi va rivojlanishi uchun shart-sharoitlar

yaratish - ta'lim islohotlari olib borilayotgan mamlakatlarda qo'l lanilayotgan asosiy yo'nalishlaridan bin. Biz talaba maktabda o'rgatib kelgan mavzusi yuzasidan o'z-o'zini baholashga doir tekshiruv o'tkazdik. Bu talabalarga ma'qul tushdi. Keyin shu qolipda ular o'z-o'zlarini tekshira boshladilar. Bu ularning o'z ustida ishlash motivatsiyasini yuzaga keltirdi.

"So'z larning shakl va ma'no munosabatiga ko'ra turlari. Sinonim, antonim, paronim, omonim tushunchalari" mavzusini (5-sinf) o'tib kelgach, talabalarning o'z-o'zini baholashi va rivojlantirishi uchun quyidagi baholash mezonlari tavsiya qilindi.

Kompetentsiyalar So'z larning shakl va ma'no munosabatiga ko'ra turlari. Sinonim, antonim, paronim, omonim tushunchalari Baho "5" Izoh

Bilish 1. O'quv dasturi talablarini 2.Mavzuga ajratilgan soatlarni 3.Darslik materiallarini l.Mavzuni o'rgatish metodlarini, usullari va vositalarini

O'zlashtirish 2.O'quvchilar faoliyatini boshqarishni

Amalda qo'l lay olaman 1.Mavzuni o'rganishga darlikda berilgan matnlar yoki o'zi tanlangan til birliklari asosida motivatsiyani yuzaga keltirish 2. Darslik materiallari tahliliga innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish 3.O'rganilgan til birliklarini nutqqa kiritishga yo'naltirilgan ish turlari tashkil etish 4. O'quvchilar ishini tahlil qilish va baholash

Leksik birliklar ustida ishlashga doir ta'llim texnologiyalari amaliy mashg'ulotda talabalar faoliyatida sinovdan o'tkazildi.

Talabalarni mustaqil, ijodiy izlanishga yo'llash bilimlarni samarali o'zlashtirishlarini ta'minlaydi. Darsliklar bilan ishlash jarayonida tanqidiy fikrlash ko'nikma lari shakllandi.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

REFERENCES

1. Umumiy orta talimning Milliy o'quv dasturi.Ona tili. -T.: 2020.

2. Matchonov S., Bakiyeva H., Gulomova X. va b. Boshlangich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi. -T.: Ishinchli hamkor. 2022.

3. Mahmudov N. va b. Ona tili. 5-sinf uchun tarslik. -T., -Oqituvchi. 2022.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.