Научная статья на тему 'OLIY TA`LIM TIZIMIDA MAKTABGACHA TA’LIM UCHUN YETUK MUTAXASSIS KADRLARNI TAYYORLASH ISTIQBOLLARI'

OLIY TA`LIM TIZIMIDA MAKTABGACHA TA’LIM UCHUN YETUK MUTAXASSIS KADRLARNI TAYYORLASH ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xodjayeva Dilnoza Shavkatovna

O‘zbekistonda so‘nggi yillar davomida Harakatlar strategiyasi va uning mantiqiy davomi sifatida Taraqqiyot strategiyasi doirasida, rivojlangan davlatlar kabi uzluksiz ta’lim tizimini muntazam takomillashtirib borish, sifatli ta’lim-tarbiya berish, malakali kadrlarni tayyorlash bo‘yicha sezilarli islohotlar amalga oshirildi. Mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida, turli shakldagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini barpo etish, ularni yuqori malakali, zamonaviy fikrlaydigan tarbiyachilar va mutaxassislar bilan ta’minlash, maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. «O‘zbekiston Respublikasida 2030 yilgacha maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasi»ning qabul qilinishi sohadagi islohotlarni amalga oshirishda huquqiy asosni yaratdi. Maktabgacha ta’limni rivojlantirishda hududlar, shahar va qishloqlar o‘rtasidagi nomutanosiblikni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada davlatning sohaga davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy kapitalni jalb etishni rag‘batlantirish[3] siyosati ham imkoniyatlarni kengaytirmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLIY TA`LIM TIZIMIDA MAKTABGACHA TA’LIM UCHUN YETUK MUTAXASSIS KADRLARNI TAYYORLASH ISTIQBOLLARI»

OLIY TALIM TIZIMIDA MAKTABGACHA TA'LIM UCHUN YETUK MUTAXASSIS KADRLARNI TAYYORLASH

ISTIQBOLLARI

Xodjayeva Dilnoza Shavkatovna

Qo'qon davlat pedagogika instituti rektori https://doi.org/10.5281/zenodo.11198578 O'zbekistonda so'nggi yillar davomida Harakatlar strategiyasi va uning mantiqiy davomi sifatida Taraqqiyot strategiyasi doirasida, rivojlangan davlatlar kabi uzluksiz ta'lim tizimini muntazam takomillashtirib borish, sifatli ta'lim-tarbiya berish, malakali kadrlarni tayyorlash bo'yicha sezilarli islohotlar amalga oshirildi. Mamlakatimizda maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida, turli shakldagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarini barpo etish, ularni yuqori malakali, zamonaviy fikrlaydigan tarbiyachilar va mutaxassislar bilan ta'minlash, maktabgacha ta'lim sifatini oshirish, ta'lim-tarbiya jarayoniga ilg'or xorijiy tajribalarni joriy etishga qaratilgan keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. «O'zbekiston Respublikasida 2030 yilgacha maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasi»ning qabul qilinishi sohadagi islohotlarni amalga oshirishda huquqiy asosni yaratdi. Maktabgacha ta'limni rivojlantirishda hududlar, shahar va qishloqlar o'rtasidagi nomutanosiblikni bartaraf etishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu borada davlatning sohaga davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy kapitalni jalb etishni rag'batlantirish[3] siyosati ham imkoniyatlarni kengaytirmoqda.

Shu o'rinda Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish, sohani tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish, umumbashariy muammolarga milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda yechim topish, maktabgacha ta'lim sohasidagi istiqbol maqsadlarga intellektual salohiyatni safarbar qilish orqali erishish imkonini berdi.

Maktabgacha ta'lim bola shaxsini sog'lom va yetuk, umumiy o'rta ta'limga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko'zlaydi. Zero, inson o'z hayoti davomida oladigan barcha ma'lumotning yetmish foizini besh yoshgacha bo'lgan davrda olib ulgurishi aniqlangan. Darhaqiqat, bu davrda inson bolasi dunyoni anglaydi, o'z ona tilini o'zlashtiradi, ota-ona, oila, mahalla, Vatanga mehri uyg'onadi, umr davomida oladigan bilimlarga zamin hozirlaydi. Bunda, eng avvalo, oila asosiy rol o'ynasa, maktabgacha ta'lim tashkilotining hissasi ham bu borada muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois mamlakatimizda aynan maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'lim tizimining ajralmas bo'lagiga, ta'bir joiz bo'lsa, uning debochasiga aylangan.

Maktabgacha ta'lim agentligining malumotiga kora O'zbekistonda faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta'lim tashkilotlari (MTT) soni 2023-yilning 1-avgust holatiga ko'ra, respublikada jami 30 792 ta bog'cha faoliyat ko'rsatyapti. Shundan davlatga qarashli MTTlari soni 6 734 ta, nodavlat bog'chalar 24 058 tani tashkil etadi. Bolalarni maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish darajasi 2 barobar ortib, 67 foizga yetdi. Davlat tomonidan berilgan imkoniyat va imtiyozlar natijasida xususiy va oilaviy bog'chalar ham ko'payib, bugungi kunda barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlarida 1 million 700 ming nafar bola tarbiyalanmoqda. O'zbekiston Respublikasining «Maktabgacha ta'lim va tarbiya» qonuni maktabgacha ta'lim va ota-onalarning bolalarini ta'lim-tarbiya sohasidagi munosabatlarini tartibga solishga imkon berdi. Qo'qon davlat pedagogika instituti Respublikada maktabgacha ta'lim yo'nalishida kadrlar tayyorlaydigan oliy ta'lim muassasalaridan biri hisoblanadi. O'zining 93 yillik tarixi va shonli an'analariga ega bo'lgan institut bitiruvchilari bugun nafaqat mamlakatimiz balki, ko'plab xorijiy davlatlarda pedagogik faoliyat bilan mashg'ul. Uzoq yillar davomida institutda ta'limning zamonaviy texnologiya va

metodlarini ishlab chiqish, joriy qilish bo'yicha boy tajriba to'plangan. Davlatimiz rahbarining topshirig'iga asosan, OTMlarda 2022/2023 o'quv yilidan boshlab pedagogika sohasida tahsil olayotgan talabalarning 4+2 sxemasi asosida maktabgacha ta'lim tashkilotlarida amaliyot o'tashlari o'quv rejalariga tadbiq etilgan.

Maktabgacha ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavrlarni tayyorlashda uch yillik ta'lim tizimiga o'tilgan. Institutda 60110200-Maktabgacha ta'lim bakalavriat ta'lim yo'nalishining o'quv rejasi ishlab chiqildi. Ushbu tashkiliy ishlarning o'quv-uslubiy jihatdan zamonaviy talablarga javob berishi uchun institutda pedagog kadrlar tayyorlash metodikasi ham yangilanmoqda. Bu bosqichda albatta, zamonaviy o'quv dasturlari, o'qitish metodikalari o'rganilib ta'lim-tarbiya jarayoniga yangicha ruh, yangicha yondashuv, innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish esa soha pedagoglaridan puxta tayyorgarlik, mahorat va bilim talab etayotgani jarayonda ma'lum bo'ldi. Shu sababli maktabgacha ta'lim mutaxassisligi bo'yicha oliy ma'lumotli kadrlar salmog'ini va sifatini oshirish masalasi, hukumatimiz tomonidan belgilab qo'yilgan muhim masalalardan biri hisoblanadi.

Hozirgi kunda Qo' qon davlat pedagogika institutida Maktabgacha ta'lim yo'nalishi alohida fakultet sifatida tashkil etilgan. "Maktabgacha ta'lim" kafedrasi uzoq yillik tarixga ega bo'lib,u dastlab 1945-yil fevral oyida "Maktabgacha tarbiya pedagogikasi" kafedrasi nomi bilan faoliyat ko'rsatgan. 1973-yil O'zbek tili va adabiyoti fakulteti tarkibida "Maktabgacha tarbiya" guruhi ochiladi.

Fakultetda hozir 2 ta bakalavriat ta'lim yo'nalishi:

1). Maktabgacha ta'lim.

2). Maktabgacha ta'lim psixologiyasi va pedagogikasi ta'lim yo'nalishi hamda 70110201-Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Maktabgacha ta'lim) magistratura mutaxassisligi bo'yicha ham kadrlar tayyorlanadi.

2023-2024 o'quv yilida 60110200-Maktabgacha ta'lim yo'nalishi bakalavriatning kunduzgi shaklida 344 nafar, sirtqi shaklida 933 nafar, magistraturada 3 nafar magistrlar o'qitilmoqda.

Mazkur o'quv yilida maktabgacha ta'lim yo'nalishini kunduzgi shaklda 161 nafar, sirtqi shaklda 216 nafar, jami 377 nafar bitiruvchi bitiradi. Qo'qon davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta'lim fakulteti Maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, Turkiya Respublikasi Tokat shahridagi Gaziosmanposha Universiteti, Rossiya Federatsiyasi Qozon Federal universiteti, Yelabuga pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim kafedralari bilan, M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog'iston universitetlari bilan hamkorlikni yo'lga qo'ygan. Davlatimiz rahbari o'qitish tizimi, jumladan maktabgacha ta'limni takomillashtirish bo'yicha soha xodimlari oldiga qo'yayotgan vazifalar jamoamiz zimmasiga ulkan mas'uliyat yuklaydi. Yuqorida ta'kidlanganidek, Qo'qon davlat pedagogika instituti ham aynan maktabgacha ta'lim uchun kadrlarni tayyorlash bo'yicha yetakchi oliy ta'lim muassasalaridan biri sanaladi. Oliygohda talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida qator amaliy ishlarga qo'l urilmoqda.

Ta'lim tizimidagi islohotlarning joylarga yetib borishi kadrlarning bugungi kun talablarini to'liq anglab yetishi va ularga javob berishiga erishishda ham institut jamoasidan katta mehnat talab etiladi. Hozir biz maktabgacha ta'lim tizimi uchun raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash ishiga bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etishga mas'ulmiz. Davlatimiz rahbari ta'kidlaganidek, xalqimizning ulug'vor qudrati jo'sh urgan hozirgi zamonda yangi O'zbekiston

yangidan-yangi yuksak marralarga erishishi, insoniyat baxt- saodati, farovonligi va ravnaqi uchun

o'rnak bo'lishiga shubha yo'q.

REFERENCES

1. Sh.M.Mirziyoyev Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent "O'zbekiston" - 2017 y.

2. O'zbekiston Respublikasining "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi Qonuni. 2019-yil 16-dekabr. O'RQ-595-son. (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 17.12.2019 y., 03/19/595/4160-son)

3. Alvested M. Pedagogy and interdisciplinarity: Research on the reformed kindergarten teacher education (KTE) in Norway

4. https://scholar.google.com/citations7view op=view citation&hl=ru&user=ozrGWXoAAAA J&citation for view=ozrGWXoAAAAJ: FxGoFyzp5QC

5. G Nazirova. MaKTaorana KaTTa emaaru ooaaaapaa xaaK OF3aKH h>kojh Bocuracnaa mh^hh Fypyp xhcchhh maK^aaHTHpHm-H>kTHMOHH neaarorHK 3apypnHT CHfoaraaa. Science and innovation 1 (B8), 2067-2077

6. GM Nazirova. CONTENT AND PEDAGOGICAL CONDITIONS OF DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF PEDAGOGUES-EDUCATORS OF PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS/ International Academic Research Journal Impact Factor 7 (1), 6

7. NG Malikovna, MM Nurmatovna, Basic principles of technology for teaching methodological subjects in preschool education, ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact.

8. SN Anvarovna, H Mertol, Comparative Analysis of the Education Systems of Uzbekistan and Turkey: Generalization of the Study Experience // American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education (2993)2024

9. Nurkhon Sultonova, Development Centers of Preschool Organizations and Children's Play Activities/American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education (29932769) 2023/10/25 p428-431

10. https://scholar.google.com/citations7view op=view citation&hl=ru&user=Rh71JaMAAAA J&citation for view=Rh71JaMAAAAJ:Se3iqnhoufwC

11. https://scholar.google.com/citations7view op=view citation&hl=ru&user=Rh71JaMAAAA J&citation for view=Rh71JaMAAAAJ:IjCSPb-OGe4C

12. https://scholar.google.com/citations7view_op=view_citation&hl=ru&user=ozrGWXoAAAA J&citation for view=ozrGWXoAAAAJ:WF5omc3nYNoC

13. https://scholar.google.com/citations7view_op=view_citation&hl=ru&user=ozrGWXoAAAA J&citation for view=ozrGWXoAAAAJ:zYLM7Y9cAGgC

14. https://scholar.google.com/scholar7oi=bibs&cluster=18036205887568494610&btnI=1&hl=r u

15. https://scholar.google.com/citations7view op=view citation&hl=ru&user=Rh71JaMAAAA J&citation for view=Rh71JaMAAAAJ:MXK kJrjxJIC

16. SA Albertovich - INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & ..., 2022 -gejournal.net Issues of the formation of the professional component of future teachers (on the example of the science of physical culture)

17. Albertovich S. A. Jismoniy tarbiya mashgulotlarida katta maktabgacha yoshdagi bolalarda oyin mashqlaridan foydalanib chaqqonlik va epchillikni rivojlantirish //FAN, TA'LIM VA AMALIYOTNING INTEGRASIYASI. - 2022. - T. 3. - №. 6. - C. 56-60.

18. Albertovich S. A. Social factors of organization and management of sports training in higher education //ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603. - 2022. - T. 11. - №. 12. - C. 28-31.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.