Научная статья на тему 'OLIY TA’LIM TALABALARIGA IQTISODIY INGLIZ TILINI O‘QITISHNI TAKOMILLLASHTIRISH'

OLIY TA’LIM TALABALARIGA IQTISODIY INGLIZ TILINI O‘QITISHNI TAKOMILLLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
27
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ESP / til o‘rganish / yondashuv / ehtiyojlarni tahlil qilish / autentik manbalar / ESP / language learning / approaches / observational analysis / authentic resources

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Doniyorova, Gulrux Shoniyozovna

Ingliz tilini maxsus maqsadlarda o‘rganish ( English for Specific Purposes ESP) oliy ta`lim muassassasida akademik yo‘nalishda yoki tashkilotlarda kasb yuzasidan ingliz tilini o‘rganish demakdir. Biznes, muhandislik, aniq fanlar, tibbiyot kabi nofilologik sohalarda muvaffaqqiyatli faoliyat yuritish uchun ham ingliz tili ko`nikmalariga ega bo`lganlik muhim qadam hisoblanadi. ESP akademik maqsadda yoki ma`lum kasbda faoliyat olib borayotgan soha vakillari uchun mo`ljallanadi. Ushbu maqolada biz oliy ta`lim muassasalarida ingliz tilini o`qitish metodlari va jarayon bilan bog`liq muammo va kamchiliklar xususida fikr yuritamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVING THE TEACHING OF ECONOMIC ENGLISH TO HIGHER EDUCATION STUDENTS

Learning English for Specific Purposes (English for Specific Purposes ESP) means independent learning of the professional language in an academic direction at a higher education institution or in an organization. In non-philological fields ESP is intended for academic purposes or for the field of activity in a certain profession. In the following article, we discuss the problems and issues related to the methods and process of teaching English in higher education.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIM TALABALARIGA IQTISODIY INGLIZ TILINI O‘QITISHNI TAKOMILLLASHTIRISH»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(11), November, 2023

OLIY TA'LIM TALABALARIGA IQTISODIY INGLIZ TILINI O'QITISHNI

TAKOMILLLASHTIRISH

Doniyorova Gulrux Shoniyozovna,

Qarshi Muhandislik Iqtisodiyot Instituti, "Xorijiy tillar" kafedrasi katta o'qituvchisi. https://orcid.org/0009-0001-0210-1513 gulrukh.1989.12.05@gmail.com

ANNOTATSIYA

Ingliz tilini maxsus maqsadlarda o 'rganish ( English for Specific Purposes -ESP) oliy talim muassassasida akademik yo'nalishda yoki tashkilotlarda kasb yuzasidan ingliz tilini o 'rganish demakdir. Biznes, muhandislik, aniq fanlar, tibbiyot kabi nofilologik sohalarda muvaffaqqiyatli faoliyat yuritish uchun ham ingliz tili ko^nikmalariga ega bolganlik muhim qadam hisoblanadi. ESP akademik maqsadda yoki malum kasbda faoliyat olib borayotgan soha vakillari uchun moljallanadi. Ushbu maqolada biz oliy talim muassasalarida ingliz tilini o^qitish metodlari va jarayon bilan bogliq muammo va kamchiliklar xususidafikryuritamiz.

Kalit so'zlar: ESP, til o'rganish, yondashuv, ehtiyojlarni tahlil qilish, autentik manbalar

ABSTRACT

Learning English for Specific Purposes (English for Specific Purposes - ESP) means independent learning of the professional language in an academic direction at a higher education institution or in an organization. In non-philological fields ESP is intended for academic purposes or for the field of activity in a certain profession. In the following article, we discuss the problems and issues related to the methods and process of teaching English in higher education.

Keywords: ESP, language learning, approaches, observational analysis, authentic resources

KIRISH

Ingliz tilini nofilolog mutaxassislarga moslashtirilgan holda o'rgatish dunyo lingvistlari tomonidan salkam bir asrdan buyon takomillashtirib kelinmoqda. Dadli-Evans, Sent-Jon, T. Xatchinson, A. Uoters va P. Strevens tilshunoslikning ushbu yo'nalishi asoschilaridan hisoblanadi. Xatchinson va Uotersning ta'kidlashicha, "ingliz tili endi til o'qituvchilarining kasb doirasidan chiqib boshqa soha vakillarining xohish-istaklari, ehtiyojlari va talablariga moslashib boradi" [6]. O'rganuvchilar til ko'nikmalariga turli yondashuvlari asosida ega bo'lishi mumkin, chunki ularning

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

barchasi alohida shaxs va turli fundamental asoslarda shakllangan. Biroq talabalarning bolajak kasbiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ularda til malakalarini shakllntirish va mustahkamlash o qituvchining zimmasidagi vazifa hisoblanadi.

ESP, yani ingliz tilini maxsus maqsadlarda o'qitish kursi dasturlari Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida talabalarning til bilimlari va ingliz tilini bilish qobiliyatidan kelib chiqqan holda shakllantiriladi. Mashg'ulotlar kasb doirasidagi autentik matnlar bilan tanishish, nutqiy konikmalarni mustahkamlash, idoraviy hujjatlar yuritishda qollaniladigan yozish malakasini shakllantirish, tinglab tushunish kabi jarayonlarni oz ichiga oladi yani amaliy saboqlar tarzida kechadi. Demak, amaliy mashg'ulotlarda o'qituvchi barcha o'quvchilarga o'z til ko'nikmalarini namoyon qila olish imkoniyatini bera olishi kutiladi, qaysidir o'rganuvchi nisbatan quyi darajadagi til ko'nikmasi tufayli o'zlashtirishdan ortda qolib ketishi kabi holatlardan saqlanish lozim boladi. O'zbek va ingliz tillaridagi so'zlarning yozuvda aks etishi va nutqda jaranglashi turlicha, gapdagi so'zlarning ketma ketligi va hosil qilish konstruksiyalarida katta farq borligi asosiy to'siq bolishi mumkin. O'z tajribamizdan shuni aytishimiz mumkinki, talabaga eng avvalo chet tilini o'rganishning ahamiyatini, u orqali boriladigan akademik va kasbiy yutuqlar haqida malumot berib, ularda xorijiy til konikmalarini egallashga ichki xoxish, qiziqishlarini uyg'ota olish muhimdir. Ular ingliz tilini yaxshiroq bilish bilan kelajakda qanchalik muvaffaqiyatli kadr bo'lishlarini tasavvur qilishlari lozim. Oddiy qilib aytganda, talabalar xorijiy tilni o'rganishda qiyinchilikka duch kelganlarida ham o'zlarini ilhomlantira olishlari, fikrlarini ifodalashning boshqa yollarini topa olishlari kerak.

METODLAR

Ingliz tilini maxsus maqsadlarda o'qitishning eng samalari usul va yondoshuvlari xususida butunjahon tilshunos va metodistlari tomonidan uzoq muhokamalar, metodik tadqiqotlar olib borilgan. Xatchinson va Uotersning fikricha "Ingliz tilini maxsus maqsadlarda o'qitish (ESP) ning aniq bir metodologiyasi mavjud emas, chunki tilshunoslikning ushbu yo'nalishining maqsadi lingvistik xususiyatlarni emas balki o'sha tilning o'zini o'rgatishdir. " [6] Shu sababga ko'ra, ESP dasturlari va metodlari talabaning kasbiy ehtiyojlaridan kelib chiqib shakllantiriladi. Ammo, grammatik tarjima metodiga javob sifatida yuzaga kelgan "to^ridan to'g'ri metod" yoki tabiiy metod ESP mashg'ulotlarida qollanilishi mumkin. Ushbu metod o'rganuvchini maqsad qilingan til muhitiga olib kirishning eng "tabiiy" yondoshuvi sifatida ifodalanadi. Ingliz tilini birinchi asosiy tili sifatida o'rganuvchilar so'zlarni va frazalarni butunligicha, anglatgan manosiga qarab

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

tog'ridan to'g'ri abul qilishadi. ESP soha vakillarining fikricha darsda o'qituvchining grammatika yoki talaffuz qoidalari bilan mashg'ul bo'lishi bu eng katta xatodir. Ammo grammatik xatolarsiz chet tilida so'zlashish imkonsiz va buni amaliy mashg'ulotlarda hisobga olish zarur. ESP dasturi talabalarning bo'lajak kasbiy maqsadlariga va ish beruvchilarning talablariga mos tarzda yaratilishi muhim. Darsda talabalar so'zlarni va ularning ona tilidagi tarjimalarini daftarga yozish o'rniga o'sha xorijiy tilda so'zlashuvchilarning suhbatlarini audio mashqlar ko'rinishida tinglash va tushunilgan mazmunni so'zlab berish vazifasi o'rinlidir. Jon Teylor va Stefen Petlyerning "Career path: Accounting" majmuaviy kitobi ESP o'qitishda yaratilgan muvaffaqqiyatli adabiyotlardan desak bo'ladi.

Accountant 1: Dan, could you look at this for me?

Accountant 2: Sure, what is it?

Accountant 2: Let^s see... Three thousand five hundred over seven hundred is five.

Accountant 1: Right. And then I multiplied each entry by five.

Accountant 2: Oh, I see the problem. You weren't supposed to divide thirty - five hundred by seven hundred.

Accountant 1: Are you sure?

Accountant 2: Yes, you need to multiply them.

Dialogdagi Ajratib ko'rsatilgan jumlalar kasbiy nutqning kalit so'zlari hisoblanadi. Suhbatni eshitish yakunlangach, talaba kalit so'zlardan foydalanib mazmunni o'z nutqida qayta shakllantirishi kutiladi. Bu metod orqali dialogni ko'r ko'rona yodlash emas, nutq malakasini oshirish mumkin.

Samarali ESP darslarini tashkil etishda yo'l qo'yiladigan yana bir muhim kamchilik bu o'rganuvchining qoniqarli darajada nutq shakllantirishi uchun o'rganilayotgan til muhitini yetarlicha yarata olmaslikdir. Haqiqiy ish muhitida kasbiy suhbatlarni samarali amalga oshirish uchun til o'rganuvchilar senariy asosida rol o'ynash mashg'ulotlarini olib borishlari ham natijali hisoblanadi. O'yinlarni tashkil qilishda o'qituvchining o'z ona tilida instruksiya tushuntirishi ham noto'g'ri. Rolli o'yinlarni tashkil etsih, jarayon, baholash, yo'l qo'yilgan kamchiliklar yoki yutuqlar muhokamasi hammasi maqsad qilingan til doirasida bo'lishi kerak. Shundagina talaba ham xatolar bilan bo'lsa ham xorijiy tilda so'zlashishga jur'at topadi.

ESP mashg'ulotlarida matn tarjimasi bilan davomli shug'ullanish ham yondoshuvdagi muhim kamchiliklardan hisoblanadi. Filolog bo'lmagan til

Accountant 1: Well, I checked these numbers twice, but they still seem

wrong.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

o rganuvchilariga uzundan uzun zerikarli matnlar tarjimasiga sarflanadigan vaqtda o'qituvchi real autentik manbalarni olib tahlil jarayonini, izohlarni talabalarga havola qilishi mumkin. Ushbu usulda talabalar kundalik kasbiy suhbatda qollaniladigan so'zlar, iboralar, terminologiya bilan ishlaydilar. Hattoki, bazi holatlarda tanqidiy yondoshuvni ham shakllantiradilar, fikrlar qarama qarshiligi mashg'ulotning qizg'in kechishini taminlaydi, unchalik so'zlashuvga moyil bolmagan talaba ham muhokamalarga qatnashadi.

TADQIQOT VA MUHOKAMALAR

Izlanishimiz natijasida ESP ni o'qitishni samarali yolga qo'yish uchun oliy talim muassasalari xorijiy tillar kafedralari kurs dasturini tuzishda mutaxassis kafedralar bilan hamfikrlikda faoliyat olib borishlari lozimligi aniqlandi. Jumladan, Qarshi muhandislik Iqtisodiyot institutida jami 31 ta talimy yo'nalishlari mavjud. Ular texnik, muhandislik, neft va gaz, geologiya va konchilik, muqobil energetika, iqtisodiyot, oziq-ovqat texnologiyalari va boshqalarni oz ichiga oladi. Demak, ushbu yo'nalishlarda tahsil oluvchi talabalar ham mutaxassislik fanlarini bilishlari ham malum xorijiy tilda so'zlasha olish darajasini egallashlari kutiladi. Amaliy darslarda matn tarjimasi, grammatik tushunchalar va audio mashqlar bilan bir qatorda ingliz tilida so'zlashuvchi va boshqa davlatlar urf odatlari, tarixi, til xususiyatlari tog'risida ham malumotga ega bolib borishlari zarur. Masalan, neft va gaz sohasi bo'yicha ingliz tilini o'rganuvchi talaba dunyoning asosiy neft va gaz taminotchi davlatlar va xalqaro tashkilotlar haqida ham bilimlarni egallashlari muhimdir. Bugungi kunda Yaqin Sharq, Sharqiy Osiyo mamlakatlari, Eron, Livan va Janubiy Osiyoda tobora ko'proq odamlar ESP kurslarini oliy talim muassasalari fan dasturlariga kiritishgan. Muhammad Ali Chaliqandiy o'z maqolasida, xalqaro savdo va martaba imkoniyatlari tufayli yuqorida tilga olingan mamlakatlar so'nggi paytlarda aniq maqsadlarda ingliz tilini o'rgatishni boshlaganini aytadi. [7]

Ingliz tili butun dunyo bo'ylab biznes, ilm-fan va texnologiyani amalga oshirish uchun muhimdir. U asosiy til bo'lmagan mamlakatlarda mashhur bo'ladi. Biz kompyuterlar uchun o'quv materiallarini yaratamiz va ingliz tilini o'rganuvchilarga turli madaniyatlarni yaxshiroq tushunishlariga yordam berish uchun yanada ilg'or real hayot matnlaridan foydalanamiz. Buning uchun ish beruvchilar va o'qituvchilar birgalikda ish uchun ingliz tili qanchalik yaxshi bo'lishi kerakligini aniqlash uchun ishlaydi. Muxtasar qilib aytganda, ESP har doim ingliz tilini ikkinchi yoki chet tili sifatida o'qitish bilan bog'liq. ESP o'qituvchilari o'z o'quvchilarining ehtiyojlarini va ular o'rganayotgan vaziyatlarni bilishlari muhim, garchi bu boshqalar qilayotgan narsa emas.

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Kuk, V. Ikkinchi tilni o'qitish. 3-nashr. London: Hodder Arnold. 2001.

a. Doniyorova Gulrukh Shoniyozovna, Linguistic analysis of Coronavirus terms which "infected" our dictionary: on the example of world languages. ACADEMICIA: An international multidisciplinary research journal. Volume 11, Issue 2, 2021

2. Djabbarova Dilfuza G'ayratovna, Reading Skills Through Active Reading Techniques. Texas Journal of Multidisciplinary Studies. Volume 5. 2022

3. ESP Ozbekistonda Oliy talim dasturi. Toshkent. Avgust 2020.

4. Gulruh Doniyorova Shoniyozovna, Interpretating English Terminology in Social and Political Aspects of the Society. International Journal on integrated education. Volume 5, Issue 3. 2022

5. Hutchinson, T., & Waters, A. English for specific purposes: A learning-centered approach. Cambridge, England: Cambridge University Press. 1987.

6. Muhammad Ali Chalikandy, Muayyan maqsadda ingliz tilini o'rgatishning keng qamrovli usuli. Arab World English Journal, AWEJ Volume.4 Number.4, 2013

7. Johns, A., & Dudley-Evans, T. (1991). English for specific purposes: International in scope, specific in purpose. TESOL Quarterly, 25

8. John Taylor, Stephen Peltier, Career Path: Accounting.Express Publishing 2013.

9. Strevens, P. Special-purpose language teaching: A Perspective. Language Teaching and Linguistics Abstracts 10, 3. 1977.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.