Научная статья на тему 'NOFILOLOGIK YO‘NALISHLARDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA INGLIZ TILINI KASBGA YO‘NALTIRIB O‘QITISH XUSUSIYATLARI: TARIXI VA ISTIQBOLLARI'

NOFILOLOGIK YO‘NALISHLARDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA INGLIZ TILINI KASBGA YO‘NALTIRIB O‘QITISH XUSUSIYATLARI: TARIXI VA ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
61
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
nofilologik ta’lim yo‘nalishi / ESP ( English for specific purposes) / ESP xususiyatlari / EGP (English for general purposes) / non-philological education / ESP (English for specific purposes) / features of ESP / EGP (English for general purposes)

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Tojimatova, Madinabonu Umidjon Qizi

Ushbu maqolada nofilologik ta’lim yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalar uchun ESP (English for specific purposes) ya’ni, ingliz tilini maqsadli o‘qitish xususiyatlari, tarixi va istiqbollari haqida so‘z boradi. Hozirgi kunda chet tilga bo‘lgan ehtiyoj faqatgina tilshunoslarda emas, balki boshqa kasb egalarida ham ortib bormoqda. Shu sababli, xorij va yurtimizda ESP yo‘nalishi va uning ahamiyati haqida nazariy ma’lumotlar keltiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHARACTERISTICS OF PROFESSIONAL ENGLISH TEACHING BASED ON THE COMPETENT APPROACH IN NON-PHILOLOGY FIELDS: HISTORY AND PROSPECTS

This article talks about the characteristics, history and prospects of ESP (English for specific purposes) that, purposeful teaching of English for students studying non-philological education. Nowadays, the need for a foreign language is increasing not only among linguists, but also among other professions. Therefore, theoretical information about the direction of ESP and its importance in our country and abroad is provided

Текст научной работы на тему «NOFILOLOGIK YO‘NALISHLARDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA INGLIZ TILINI KASBGA YO‘NALTIRIB O‘QITISH XUSUSIYATLARI: TARIXI VA ISTIQBOLLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(7), July, 2023

NOFILOLOGIK YO'NALISHLARDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA INGLIZ TILINI KASBGA YO'NALTIRIB O'QITISH XUSUSIYATLARI: TARIXI VA ISTIQBOLLARI

Tojimatova Madinabonu Umidjon qizi

Namangan davlat universiteti 1-kurs doktoranti MadinaIminj onova0207@gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada nofilologik ta'lim yo'nalishida tahsil oluvchi talabalar uchun ESP (English for specific purposes) ya 'ni, ingliz tilini maqsadli o'qitish xususiyatlari, tarixi va istiqbollari haqida so Z boradi. Hozirgi kunda chet tilga bo 'lgan ehtiyoj faqatgina tilshunoslarda emas, balki boshqa kasb egalarida ham ortib bormoqda. Shu sababli, xorij va yurtimizda ESP yo 'nalishi va uning ahamiyati haqida nazariy ma 'lumotlar keltiriladi.

Kalit so'zlar: nofilologik ta 'lim yo 'nalishi, ESP ( English for specific purposes), ESP xususiyatlari, EGP (English for general purposes)

ABSTRACT

This article talks about the characteristics, history and prospects of ESP (English for specific purposes) that, purposeful teaching of English for students studying non-philological education. Nowadays, the need for a foreign language is increasing not only among linguists, but also among other professions. Therefore, theoretical information about the direction of ESP and its importance in our country and abroad is provided.

Key words: non-philological education, ESP (English for specific purposes), features of ESP, EGP (English for general purposes)

KIRISH

Hozirgi jadal rivojlanayotgan dunyoda chet tilini o'rganishga bo'lgan ehtiyoj kundan-kunga ortib bormoqda. Shu jumladan, ingliz tili ham bizning mamlakatimizda chet tili sifatida anchagina o'z nufuziga ega bo'ldi. Ingliz tilini faqatgina tilshunoslar til nuqtayi nazaridan o'rganish va ingliz tilini umumuy maqsadlarda EGP ( English for general purposes) egallashlari emas, balki boshqa soha vakillari ham o'zlarining kasblarini kelajakda rivojlantirish maqsadida ESP (English for specific purposes) o'rganishlari zamon talabi etib qo'yilmoqda. Bu borada hozirgi kunda ko'plab rivojlangan mamlakatlar va shu qatori yurtimizda ham ingliz tilini nofilologik yo'nalishlarda o'qitishni amalga oshirish uchun ko'plab ishlar qilinmoqda.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

TADQIQOT METODLARI

Mamlakatimizda ingliz tilini o'qitish va uni o'rganishga juda katta e'tibor qaratilib kelinmoqda va boshqa soha vakillarining ham chet tillarini shu bilan bir qatorda ingliz tilini egallshlari muhim ahamiyat kasb etadi. Prezident Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning "O'zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora tadbirlari to'g'risida " 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qarori imzolandi va amalda tadbiq qilina boshlanishi ingliz tilini o'qitishga bo'lgan e'tiborga yaqqol misol bo'la oladi. Qabul qilingan qarorga ko'ra, xorijiy tillarni keng ommalshtirish amalga oshirilmoqda va 2024/2025- o'quv yiliga qadar davlat oily ta'lim muassasalarda faoliyat yuritayotgan kasbiy fanlar (xorijiy til yo'nalishidan tashqari) o'qituvchilarining 50 foizi kamida B2 darjadagi milliy va unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatlarga ega bo'lishini taminlash, xorijiy tillarni o'qitishni raqamlashtirish, sohaga kerakli bo'lgan zamonaviy axborot-komminikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish yo'lga qo'yilmoqda.

Boshqa soha vakillari ingliz tilini o'rganishlari nimani anglatadi? degan savol tug'ilishi mumkin, bunga javob tarzida: shifokor, uchuvchi, mexanik, dizayner, kimyogar, biznesmen va boshqa kasb egalarining o'z yo'nalishi bo'yicha kelajakda egallab turgan kasbini rivojlantirish maqsadida ingliz tilini o'rganishlari nazarda tutiladi va bu ilm fanda ingliz tilini maxsus maqsadlar uchun o'qitish ESP ( English for specific purposes) deb yuritiladi.

Tilshunos bo'lmagan boshqa soha vakillari uchun, ya'ni nofilologik ta'lim yo'nalishida tahsil oluvchi talabalar uchun ESP o'qitish EGP dan anchagina farq qiladi va o'qituvchi va o'quvchidan ham katta mas'uliyat talab qilinadi.

Xorij tajribalarida ESP ning paydo bo'lish sabablariga qiziqadigan bo'lsak, buning uchta umumiy sabablarini mavjud: zamonaviy dunyo talablari, tilshunoslik fanlarining paydo bo'lishi va rivojlanishi, til o'rganuvchilarga bo'lgan e'tiborning oshishi.

Tom Hutchinson va Alan Walterning (1987) fikriga ko'ra,ESP ning muomalaga kirib kelishida ikkita muhim tarixiy davr asosiy ro'l o'ynaydi. Birinchidan, ikkinchi jahon urushining tugashi, o'zi bilan xalqaro miqyosda ilmiy-taxnikaviy va iqtisodiy faoliyatning ulkan va misli ko'rilmagan kengayish davrini olib keldi. Turli xil sabablarga ko'ra, Qo'shma Shtatlarning iqtisodiy qudrati sabali urushdan so'ng xalqaro til sifatida ingliz tilidan foydalanish ommaviy tus oldi. Ikkinchi sabab esa, 1970-yillar boshidagi neft tanqisligi G'arb boylik va bilimlarning neftga boy mamlakatlarga oqib kelishiga olib keldi. Bu hodisa ingliz tili nufuzini yanada ko'tardi va oldin ingliz tili o'z taqdirini o'zi hal qilgan bo'lsa, endilikda u til o'quvchilardan

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

tashqari boshqa insonlaming xohish-istak, talab va ehtiyojlariga bo'ysuna boshladi.1 Tilshunoslik fanlarining paydo bo'lishi va rivojlanishi ESPning paydo bo'lishining ikkinchi asosiy sabablaridan edi. Oldingi davrlarda tilshunoslar tilning xususiyatlarini tavsiflashga kirishgan bo'lsa, endilikda tilning real muloqotda qo'llanilish usullariga e'tibor qarata boshladilar. Muhim kashfiyotlardan biri ingliz tilining og'zaki va yozma (produktiv) nutq shakllarini o'rgatishda o'ziga xos qiyinchiliklardir. Agar turli vaziyatlarda til turlicha bo'lsa, u holda til o'rgatishni muayyan kontekstlarda o'rganuvchilarning ehtiyojlarini hisobga olib moslashtirish ham mumkin. Shu tarzda, 1960-yillarning oxiri va 1970- yillarning boshlarida ingliz tilini fan va texnologiya tili ( EST-English for science and technology)2 sifatida o'rganila boshlandi.

ESPning paydo bo'lishiga so'ngi sababi endilikda til o'rganuvchilariga ko'proq e'tibor qaratila boshlandi. Tilni yetkazib berish metodlariga shunchaki e'tibor berish o'rniga, o'rganuvchilarning tilni o'zlashtirish usullaridagi farqlarga ko'proq diqqat qaratildi. Talabalar o'qitishda turli ta'lim strategiyalarini qo'llashlari, turli ko'nikmalardan foydalanishlari, turli ehtiyoj va qiziqishladan kelib chiqqan holda harakat qilishlari kuzatildi. Shunday qilib, til o'rganuvchilarning ehtiyojlariga e'tibor lingvistik bilimlarni berishda qo'llanadigan metodika bilan bir xil darajada ustuvor bo'ldi. Bunday individual ehtiyojni yaxshiroq qondirish uchun maxsus kurslarni ishlab chiqish bu fikrlashning tabiiy davomi edi. Hozirgi kunga kelib, ESL kurslaridagi asosiy e'tibor o'quvchilarga (learner-centred) yoki o'rganishga (learning-centred) qaratilgan.

TAHLIL VA NATIJALAR

ESP yondashuvini turli tadqiqotchilar turlicha tariflagan. Shunday tariflardan biri:" tilni o'qitishga yondashuv, unda mazmun va uslub bo'yicha barcha qarorlar o'rganuvchining tilni o'rganish sababiga asoslanadi deb hisoblashadi.3 Thomas Orr (1998) ning fikriga ko'ra," Maxsus maqsadlar uchun ingliz tili (ESP) umumiy maqsadlar uchun ingliz tili (EGP) bilimlari asosiga qurilgan o'qitish bo'lib, talabalarning aniq maqsadlarini amalga oshirish uchun ma'lim fanlar yoki kasblarda ishlatiladigan ingliz tili bo'yicha tayyorlashga mo'ljallangan"4. Yuqorida keltirilgan fikrlarga qaraydigan bo'lsak, ikkalasi ham deyarli bir xil mazmunni anglatadi,lekin Thomas Orrning fikri nisbatan aniq va lo'ndaroq,chunki qanday maqsadda ingliz tili o'qitilmasin, albatta, fundamental umumiy bilimlar kerak bo'ladi yani, EGP.

1 Tom Hutchinson, Alan Waters.1987. English for Specific Purposes.Cambridge University Press:Scotland , page 7

2 https ://www.sciedu. ca/j ournal/index.php/elr/article

3 Hutchinson, T. & Waters, A. (1987). English for Specific Purposes: A learning-centered approach. Cambridge, UK: Cambridge University Press.

4 Orr, Thomas. (1998). The Language Teacher. ESP for Japanese Universities: A Guide for Intelligent Reform, 22(11), URL: http://www.jalt-ublications.org/tlt/files/98/nov/orr.html.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

Yana bir olimning fikriga qiziqadigan bo'lsak," ESP- bu maxsus maqsadli til o'rgatishning umumiy toifasining alohida holati", -deb ta'kidlaydi Peter Strevens (1988). Strevens ESPni uning mutlaq va o'zgaruvchan xususiyatlarini ko'rsatish orqali aniqlab berdi. Strevens (1988) ESPning o'ziga xos to'rtta xususiyatini ko'rsatib o'tdi"

1. O'quvchilarning ehtiyojlarini qondirish uchun mo'ljallangan talablar

2. Ingliz tili o'qitish mazmunining muayyan fan, kasb va ixtisosliklar bilan bog'liqligi (integratsiyasi)

3. Leksika, grammatika va talaffuzni o'rgatishda ushbu faoliyatga mos keladigan til va nutq mashqlarini tahlil qilishga qaratilganligi

4. Maxsus maqsadlarda ingliz tilini o'qitish umumiy maqsadlarda ingliz tilini o'qitishdan farq qilishi.5

Biroq so'ngi o'ttiz yilliklarda keng chet tillar o'qitishga bo'lgan yondashuvlar ESP yondashuvida " kimni o'qitamiz?, nimani o'qitamiz? Va qanday o'qitamiz?" degan tushunchalarda jiddiy munozaralarga sabab bo'lmoqda.ESP bo'yicha 1997-yilda Yaponiya konferensiyasida Tony Dudley-Evans o'zgartirilgan ta'rifni taklif qildi:

1. ESP o'rganuvchining o'ziga xos talab va ehtiyojlarini qondirish uchun yo'naltirilgan

2. ESP o'zi xizmat qiladigan fanning asosiy metodologiyasi va faoliyatidan foydalanadi

3. ESP ushbu faoliyatga mos til (grammatika,leksika) va nutq faoliyatlarini o'rgatishga qaratilgan.

Shunday qilib, ESPni o'qitishda quyidagi o'zgaruvchan xususiyatlar alohida ta'kidlab o'tilgan.

1. ESP muayyan fanlar bilan bog'liq yoki ular uchun mo'ljallangan bo'lishi lozim

2. ESP muayyan o'qitish holatlarida umumiy ingliz tilidan boshqa metodologiyadan foydalanishi mumkin

3. ESP oliy o'quv yurtida yoki kasbiy (professional) ta'lim sharoitida mutaxassislarni tayyorlash uchun mo'ljallangan.

4. ESP odatda o'rta yoki yuqori til darajasidagi talabalar uchun mo'ljallangan6

5 Strevens, Peter. (1988). ESP after twenty years: A re-appraisal. In M. Tickoo (Ed.), ESP: State of the art (1-13). SEAMEO Regional Language Centre.

6 Dudley-Evans, Tony. and St John, M. (1998). Developments in ESP: A multi-disciplinary approach. Cambridge:Cambridge University Press. Pages 4-5

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

Bu ta'riflardan ko'rinib turibdiki, Tony Dudley-Evans ushbu atamaga ta'rif berishda Strevensning gaplaridan ilhomlangan va foydalangan.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Nofilologik ta'lim yo'nalishlarida ingliz tilini o'qitish ya'ni, ESP ning paydo bo'lish tarixi va uning xususiyatlari haqida nazariy ma'lumotlar berib o'tildi. ESP bu maxsus ingliz tilini o'rganuvchilar (talabalar)ga amaliy maqsadni amalga oshirish uchun ma'lim bir sharoitda ( muhandislik, tibbiyot sohasi, biznes, fan va boshqalar) kasbiy va ixtisoslkmaqsadlarini xisobga olgan holda chet tillarini o'qitishdir. Shu sababli, ESP o'qituvchilari o'z talabalariga umumiy ingliz tili bilimlarini berishdan ko'ra, ular kelajakda kasbiy faoliyatlarida qo'llay oladigan til materiallari va til ko'nikmalarini o'rgatishlari lozim. ESP yo'nalishining kelajagi porloq, chunki bu yo'nalishda hali olib boriladigan ishlar talaygina. Yurtimizda sanoqli ixtisosliklar uchun ESP yo'nalishida o'quv dasturi va materiallar olimlar tomonidan ishlab chiqib, tadbiq qilindi.Endilikda har bir ixtisosliklar uchun ESP yo'nalishida maxsus o'quv dastur va materiallar yaratilishini o'qituvchilar tomonidan kutib qolamiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Tom Hutchinson, Alan Waters.1987.Eng/ish for Specific Purposes.Cambridge University Press:Scotland , page 7

2. Hutchinson, T. & Waters, A. (1987). Eng/ish for Specific Purposes: A /earning-centered approach. Cambridge, UK: Cambridge University Press.

3. Orr, Thomas. (1998). The Language Teacher. ESP for Japanese Universities: A Guide for Intelligent Reform, 22(11), URL: http://www.jalt-ublications.org/tlt/files/98/nov/orr.html.

4. Strevens, Peter. (1988). ESP after twenty years: A re-appraisal. In M. Tickoo (Ed.), ESP: State of the art (1-13). SEAMEO Regional Language Centre.

5. Dudley-Evans, Tony. and St John, M. (1998). Developments in ESP: A multi-disciplinary approach. Cambridge:Cambridge University Press. Pages 4-5

Web saytlar

1. https://lex.uz/docs/-5426736

2. https://www.sciedu.ca/iournal/index.php/elr/article

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.