Научная статья на тему 'QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDA TAHSIL OLAYOTGAN TALABALARGA CHET TILINI O‘RGATISHDAGI MAVJUD MUAMMOLAR'

QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDA TAHSIL OLAYOTGAN TALABALARGA CHET TILINI O‘RGATISHDAGI MAVJUD MUAMMOLAR Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

75
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
YUNESKO / YUNISEF / filologik / nofilologik / CEFR / qishloq xo'jaligi / Davlat ta‟lim muassasalari / Yevropa Universitetlari Assotsiyatsiyasi / UNESCO / UNICEF / philological / non-philological / CEFR / agriculture / State educational institutions / Association of European Universities

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Madina Raxmatovna Rashidova

Ushbu maqolada, qishloq xo‟jaligi sohasida tahsil oluvchi talabalarga chet tilini o„rgatishdagi mavjud muammolar, adabiyotlar, axborot resurslari yetishmovchiligi bilan bog„liq dolzarbliklar, xorijiy tillarni qishloq xo‟jaligi sohasida o‟qitishning ahamiyati kabi masalalar tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, the current problems in teaching foreign language to students studying in the field of agriculture, issues related to the lack of literature, information resources, the importance of teaching foreign languages in the field of agriculture are analyzed.

Текст научной работы на тему «QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDA TAHSIL OLAYOTGAN TALABALARGA CHET TILINI O‘RGATISHDAGI MAVJUD MUAMMOLAR»

QISHLOQ XO'JALIGI SOHASIDA TAHSIL OLAYOTGAN TALABALARGA CHET TILINI O'RGATISHDAGI MAVJUD

MUAMMOLAR

Madina Raxmatovna Rashidova

Toshkent davlat agrar universitet Samarqand filiali assistenti

Ushbu maqolada, qishloq xo'jaligi sohasida tahsil oluvchi talabalarga chet tilini o'rgatishdagi mavjud muammolar, adabiyotlar, axborot resurslari yetishmovchiligi bilan bog'liq dolzarbliklar, xorijiy tillarni qishloq xo'jaligi sohasida o'qitishning ahamiyati kabi masalalar tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: YUNESKO, YUNISEF, filologik, nofilologik, CEFR, qishloq xo'jaligi, Davlat ta'lim muassasalari, Yevropa Universitetlari Assotsiyatsiyasi

In this article, the current problems in teaching foreign language to students studying in the field of agriculture, issues related to the lack of literature, information resources, the importance of teaching foreign languages in the field of agriculture are analyzed.

Keywords: UNESCO, UNICEF, philological, non-philological, CEFR, agriculture, State educational institutions, Association of European Universities

Bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri xorijiy tillarni o'qitish orqali yosh avlodni ona-Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy g'urur, yuksak axloq va ma'naviyat, qadimiy va boy merosimizga iftixor tuyg'usi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdir. Jahon ta'lim tizimidagi tub islohotlar talabalarning chet tillarni mukammal o'rganishlari, barcha sohalarda chet tilini bilgan holda o'zlarini namoyon eta olishlari uchun zarur shart- sharoit yaratib berish, ularning xorijiy tilda og'zaki va yozma nutqlarini rivojlantirish muammolarini ilgari surmoqda. Ta'lim oluvchilarning chet tilida fikr yuritish, erkin nutqni amalga oshira olish qobiliyatlarini rivojlantirish, intellektual faoliyatini shakllantirish, ularning tayyorgarligini baholash masalalari bilan YUNESKO, YUNISEF,

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH.

Yevropa Universitetlari Assotsiyatsiyasi, Oliy Ta'lim Sifatini Ta'minlash Yevropa Tarmog'i kabi tashkilotlar

October 5-6

shug'ullanmoqda(Yazdonov, 2019). Bu masalaning umumiy tendensiyalarda rivojlanishi zamonaviylik va yosh avlodda chet tiliga oid malakalarning shakllanishida katta ahamiyat kasb etib, shiddat bilan rivojlanib borayotgan jamiyatimizda turli sohalarda, hususan qishloq xo'jaligi sohasida qilinadigan yangiliklarni dunyoga keng yoyishda talabalarning ijodiy qobiliyatlarini oshirishga xizmat qilmoqda. Shunday ekan, ayni vaqtda hamma sohada chet tillarini o'rganish muhim masala ekanligi yaqqol ko'rinib turibdi. Xususan, Respublikamizda ham chet tillarga bo'lgan e'tibor kundan-kunga ortib bormoqda. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.05.2021 yildagi 312-sonli qarorida "Davlat ta'lim muassasalari xorijiy tillar o'qituvchilari uchun xorijiy tillarni o'zlashtirish darajasi bo'yicha quyidagi talablar belgilab qo'yildi; 2022/2023 o'quv yilidan boshlab, davlat ta'lim muassasalarining xorijiy tillar o'qituvchilari lavozimlariga ishga yangi qabul qilinayotgan talabgor kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo'lishi lozim; 2022/2023 o'quv yiliga qadar davlat oliy ta'lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o'qituvchilari kamida S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo'lishi lozim; 2024/2025 o'quv yiliga qadar davlat oliy ta'lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan kasbiy fanlar (xorijiy tildan tashqari) o'qituvchilarining 50 foizi kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo'lishi lozim; 2024/2025 o'quv yiliga qadar umumiy o'rta, o'rta maxsus va professional ta'lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o'qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo'lishi lozim."(Absalamova, 2022) Keltirilgan ma'lumotlardan mamlakatimizda nafaqat xorijiy tillarni o'qitish sohalarida balki, nofilologik bo'lgan sohalarda ham chet tilini bilish zarur ekanligi ko'rinib turibdi.

Tilni filologik va nofilologik jihatdan o'qitish;

Barcha sohalarda mutaxassislar tayyorlash jarayonlarida ta'lim tizimi ustuvorligini, jumladan, chet tillarini o'qitishning yangi texnologiya- mexanizmlarini joriy etishni ta'minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, xalqlar o'rtasidagi aloqa, ma'naviy va boshqa muloqotlar til orqali namoyon bo'ladi.

Dunyoda tillarga ixtisoslashmagan oliy ta'lim muassasalari talabalariga chet tillarni o'rgatish bo'yicha quyidagi ustuvor yo'nalishdagi tadqiqotlar olib borilmoqda: Umumyevropa CEFR talablari asosida talabalarga chet tillarni o'rgatishning pedagogik mexanizmlarini

takomillashtirish; o'qitish mazmuni, ta'lim texnologiyalari,

October 5-6

nazorat obyektivligini kuchaytirish, auditoriya va auditoriyadan tashqari mustaqil ta'limni tashkil qilish(Janonova, 2021).

Oliy o'quv yurtlarida ingliz tili o'rgatishni maqsad va vazifalari hisobga olingan holda, ularni 2 guruhga ajratish mumkin:

1. Chet tili -ingliz tili bo'yicha mutaxassis tayyorlovchi universitet, institut, fakultetlar.

2. Chet tili- ingliz tili bo'yicha mutaxassis tayyorlamaydigan nofilologik ta'lim muassasalari.

Bu 2 guruhda ingliz tili o'qitish maqsadlari turlicha bo'lib, birinchi guruhdagi oliy o'quv yurtlarida ingliz tilidan mutaxassis tayyorlanishi sababli ingliz tili chuqur har tomonlama mukammal, ham nazariy, ham amaliy o'rgatiladi. Ikkinchi guruhdagi, ya'ni nofilologik ta'lim muassasalarida esa ingliz tili bo'yicha kompleks maqsad ko'zda tutiladi. Talaba ingliz tilidan umumta'lim olib, yana mutaxassisligi bo'yicha ingliz tilini kelajakda o'z ish faoliyatida qo'llashga o'rgatish maqsadi yotadi. Kasbi bo'yicha qisman muloqot qilish, mutaxassisligiga oid so'zlarni o'rganib, matnlarni o'qib tarjima qilishga o'rgatiladi.

Qishloq xo'jaligi sohasida chet tillarini o'qitish ahamiyati

Mamlakatlar o'rtasida iqtisodiyot, madaniyat, ta'lim, fan, siyosat, qishloq xo'jaligi sohalarida keng ko'lamli hamkorlik izchil rivojlanmoqda. Mamlakatning barcha zarur tarmoqlari professional kadrlar tayyorlash asosi va talablari bilan chambarchas bog'liq. Mutaxassislarni sifatli tayyorlash xalqaro va milliy standartlarga mos kelishi kerak. Qishloq xo'jaligi mutaxassislarini tayyorlash ham muhim o'rin tutadi. Sog'lom oziq-ovqat, toza suv, oziq-ovqat xavfsizligi va boshqalar insoniyatning kundalik asosiy ehtiyojlaridir. Shu bois qishloq xo'jaligi nafaqat O'zbekistonda, balki butun dunyoda iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri sanaladi.(Abdikarim o'g'li, 2021) Kelgusida ma'lumot almashish, qo'shma ishlab chiqarish, qo'shma loyihalar, muammolarni muhokama qilish va qishloq xo'jaligi ekinlarini yetishtirish, talabalar, professor-o'qituvchilar almashinuvi, akademik harakatchanlik - bularning barchasi nafaqat qishloq xo'jaligi sohasida, balki tilni, xususan, ingliz tilini ham puxta egallagan mutaxassislarni talab qiladi.

Qishloq xo'jaligi sohasida chet tillarini o'qitishdagi muammolar

Qishloq xo'jaligi sohasida Xorijiy tillardan xususan ingliz tilini chet tili sifatida o'qitishning zamonaviy ta'lim metodlari ishlab chiqilgan bo'lishiga qaramasdan, o'zlashtirishning o'ziga xos muammolari mavjud.

1. Cheklangan o'quv muhiti; Cheklangan o'quv muhiti

haqida so'z yuritganda, sinfxonalarda mebel mavjudligi yoki

October 5-6

o'quv da^ohining joylashuvi nazaráa tutilmagan. Ko'p hollaTda, talaba^ faqat o'qituvchi nazorati ostida bo'lsagina, ingliz tilida so'zlash uchun ha^at qiladilaг. Bundan tashqari, talabalarning atrofida ingliz tilida doimiy ravishda muloqot qiluvchilaT yetishmovchiligi ham mavjud. Natijada ingliz tilini o^ganish va ushbu tilda muloqot qilish qiyinlashadi. O'quv mateгiallaгi, xususan kitoblar, audi-omateгiallaг o'quv jarayonida yordam beruvchi vositalar hisoblanadi. Agar talaba o^ganilayotgan til yuzasidan berilgan topshiгiqlaгni audio va video o^ali kuzatib boгsa, so'zlaг va jumlalami qanday talaffuz qilishni o'гganadi. Shuni ta'kidlash lozimki, talabalar filmlar orqali o^ganishga moyil bo'ladilaг, lekin filmla- jaгgon va lahjalami o'z ichiga oladi. Shu bois til o^gan^cM^ eh^yot^ bo'lisЫari maqsadga muvofiqdir.

2. Jiddiy yondashmaslik; Ta'kidlash lozimki, talabalaг ko'p hollaMa til o'гganishga jiddiy yondashmaydilar Gгammatik qoidalarga bog'lanib qolish, til bilan bog'liq to'siq^ kabi muammo^ talabalarning til o'zlashtiгishga bo'lgan qiziqishni so'ndiгib, jiddiy yondashmaslikka sabab bo'ladi. Aslida muloqot tushunarii bo'lishi uchun tuzilgan jumlalaг gгammatik jihatdan to'g'ri bo'lishi shaгt emas, degan g'oyani biï vaqtning o'zida qisman to'g'ri va qisman noto'g'ri, deb hisoblaymiz. Chunki so'zlashuv chog'ida doimiy ravishda grammatik qoidalami o'miga qo'yib gap tuzilsa, tildagi ravonlikka putur yetadi. Talaba^ haг doim ham mashg'ulotda o^gangan qoidalarga гioya qilmaydilaг va rioya qila olmaydilaг. Bundan tashqari, nofilologik oliy o'quv yurtlarida talaba^ xoгijiy tillaгga ikkinchi daгajali fan sifatida munosabat bildiradilar. Afsuski, aksariyat hollaMa talabalaг tilni mashg'ulot payti o^ganadilar^Katayev, 2022) Daгs mashg'ulotlaгidan so'ng mustaqil ravishda talaffuzni, insho yozishni mashq qilib, yangi so'zlami o^ganishga haгakat qilmaydilar. Eng katta kam^iHk^^n biri shuki, xatolaг tuzatilganda ko'pincha "bu axiг mening tilim emas", degan fikr talabalaг miyasidan joy egallagani siг emas. Bu esa chet tilini o^ganishga salbiy ta'sñ qiladi.

3. Auditoriyada ona tilidan ortiqcha foydalanish; O'гganuvchilaг undan foydalanishga majbrn- bo'lganlaridagina boshqa tilni yaxshi o^ganadilar O'qituvchi talabalaг o'гganilayotgan tilda muloqot qilishlarini talab qilishi kerak. Ana shu holatdagina til organishda o'sish, talaffuzda гavonlik kabi yutuqtoga eгishish daгajasi oshadi. Daгs jarayonida qat'iyat bilan talab qilinsa va cheklovlaT yo'lga qo'yilsagina chet tilini o'zlashtirish muvaffaqiyatli amalga oshadi.

4. O'quvchilarning o'qituvchiga qaramligi; O'z ustida mustaqil ishlash, muammolarni mustaqil hal qilish va izlanish har

qanday fanni yaxshi o'zlashtirishga xizmat qiladi. Talaba haг bñ

October 5-6

Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022

Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative

Google Scholar indexed Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan

kichik muammo yuzasidan o'qituvchiga murojaat qilaverishi o'quvchining qaramligidan dalolat beradi. Bu esa talabaning o'z ustida ishlash imkoniyatini kamaytiradi.

5. Kuchli o'quvchilarning auditoriyadagi hukmronligi; O'quvchilar qanchalik yaxshi saralanmasin, o'zlashtirishda farqlar mavjud bo'ladi. Auditoriyada kuchli talabalar zaifroqlarni ortda qoldiradi. Tortinchoq talabalar mashg'ulot davrida faol ishtirok eta olmaydi. Shu sabab bahs-munozara va mashg'ulotlar payti zaif talabalar unutilmasligi kerak.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, tillarga ixtisoslashmagan oliy ta'lim muassasalarida chet tilini o'rgatish juda zarur, chunki talabalarni har tomonlama yetuk qilib tayyorlashda chet tilining ahamiyati katta. Shu bilan bir qatorda qishloq xo'jaligi sohasiga oid adabiyotlar, izohli va rasmli lug'atlar yaratish, ushbu yo'nalishdagi dars rejalarining mazmuniga sohaga oid mavzular materiallarini kiritish, shu materiallarga asoslangan ped-texnalogiyalar yaratish nofilologik sohalarda xususan qishloq xo'jaligi sohasida chet tillarining samarali o'qitishga keng va qulay imkoniyat yaratadi.

REFERENCES

1. Abdikarim o'g'li, Q. B. (2021). ONG OQIMI VA TASVIRIYLIK. Paper presented at the Euro-Asia Conferences.

2. Absalamova, G. S. (2022). VIEWS OF FRENCH RENAISSANCE THINKERS ON CHILD UPBRINGING. Academic research in educational sciences, 3(Speical Issue 1), 12-17.

3. Janonova, S. (2021). HISTORY AND ACTIVATION OF AGRICULTURAL TERMS. ТРАНСФОРМАЦ1Я СУСП1ЛЬНИХ НАУК: СОЦ1АЛЬНО-ЕКОНОМ1ЧНИЙ, ЛШГВ1СТИЧНИЙ, ПОЛ1ТИЧНИЙ ТА IT-ВИМРИ, 26.

4. Katayev, S. (2022). THE ROLE OF FOREIGN LANGUAGES IN AGRICULTURE. ИЖТИМОИЙ ФАНЛАРДА ИННОВАЦИЯ ОНЛАЙН ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ, 2(1), 211-213.

5. Yazdonov, U. b. T. (2019). ОРГАНИЗАЦИЯ ОБЩЕСТВЕННОГО МНЕНИЯ ПОД ВЛИЯНИЕМ ФОРМ СОЦИАЛЬНОГО СОЗНАНИЯ. Theoretical & Applied Science(9), 88-92.

6. Komilova, N. K., Hudayberganova, R. T., Murtazaev, I. B., Abdinazarova, H. O., & Madaminov, Z. H. (2019). Economic and geographic problems of improvement of industrial sectors and local structure of Uzbekistan. J. Advanced Res. L. & Econ., 10, 1916.

7. Обидов, У., Усманов, М., & Мадаминов, З. (2020). ФАРЕОНА ВОДИЙСИДА ЩЛИМИЙ ВА ГИДРОЛОГИК

October 5-6

826

Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022

Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative

Google Scholar indexed Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan

ТАдаЩОТЛАРНИНГ ОЛИБ БОРИЛИШИ. ОБЩЕСТВА УЗБЕКИСТАНА, 196.

8. Madaminov, Z. K. (2020). PRODUCTION AND CONSUMPTION OF GOODS OF PEOPLE'S CONSUMPTION AS AN OBJECT OF GEOGRAPHICAL RESEARCHES. Экономика и социум, (1), 61-63.

9. Мадаминов, З. Х., Салиджанов, С. О., & Сабиров, Т. С. (2019). ТЕРРИТОРИАЛЬНЫЕ УСТРОЙСТВА ДЛЯ ПРОИЗВОДСТВА ТОВАРОВ НАРОДНОГО ПОТРЕБЛЕНИЯ В СИСТЕМЕ ПРИРОДА-НАСЕЛЕНИЕ-ХОЗЯЙСТВО (НА ПРИМЕРЕ КОМПЛЕКСНОЙ АГРОПРОМЫШЛЕННОСТИ). Экономика и социум, (10), 481-484.

10. Мадаминов, З. Х. (2019). ГЕОГРАФИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ПОТРЕБЛЕНИЯ НАСЕЛЕНИИ. Экономика и социум, (10), 485-488.

® о

October 5-6) Republican Scientific and Practical Conference

©

О

827

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.