Научная статья на тему 'OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA INGLIZ TILINI O‘QITISHNI TAKOMILLASHTIRISH (XUSUSIY OLIY TALIM MUASSASALARI MISOLIDA)'

OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA INGLIZ TILINI O‘QITISHNI TAKOMILLASHTIRISH (XUSUSIY OLIY TALIM MUASSASALARI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
307
48
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
samaradorlik / ta’lim tizimi / til o‘rgatish / jahon andozalari / ma’naviy yetuk / fidoiy / intellektual / qobilyat. / effective / education system / language teaching / world laws / spiritual maturity / selflessness / intellectual / ability.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Tursinova, Zoxida Sharobiddinovna

Maqolada oliy ta’lim muassasalarida ingliz tilini o‘qitishning uslubiy asoslari, ingliz tilini o‘rgatish samaradorligini oshirish yo‘llari va yo‘nalishlari muhokama qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVING ENGLISH TEACHING IN HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS (ON THE EXAMPLE OF PRIVATE HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS)

The article discusses the methodological foundations of teaching English in higher educational institutions, ways and directions of improving the effectiveness of teaching English.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA INGLIZ TILINI O‘QITISHNI TAKOMILLASHTIRISH (XUSUSIY OLIY TALIM MUASSASALARI MISOLIDA)»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 2 | ISSUE 1

educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA INGLIZ TILINI O'QITISHNI

TAKOMILLASHTIRISH (XUSUSIY OLIY TALIM MUASSASALARI

MISOLIDA)

Zoxida Sharobiddinovna Tursinova

"G'arb tillari" kafedrasi mudiri, katta o'qituvchi Al Buxoriy universiteti

ANNOTATSIYA

Maqolada oliy ta 'lim muassasalarida ingliz tilini o 'qitishning uslubiy asoslari, ingliz tilini o 'rgatish samaradorligini oshirish yo 'llari va yo'nalishlari muhokama qilinadi.

Kalit so'zlar: samaradorlik, ta'lim tizimi, til o'rgatish, jahon andozalari, ma 'naviy yetuk, fidoiy, intellektual, qobilyat.

ABSTRACT

The article discusses the methodological foundations of teaching English in higher educational institutions, ways and directions of improving the effectiveness of teaching English.

Keywords: effective, education system, language teaching, world laws, spiritual maturity, selflessness, intellectual, ability.

АННОТАЦИЯ

В статье рассматриваются методические основы обучения английскому языку в высших учебных заведениях, пути и направления повышения эффективности обучения английскому языку.

Ключевые слова: эффективное, система образования, обучение языкам, мировые законы, духовная зрелость, самоотверженность, интеллектуальные способности.

KIRISH

Hozirda mamlakatimizning yorug' kelajagini belgilaydigan, uning kuch-qudratini ta'minlaydigan sohalar juda ko'p. Oliy ta'lim tizimi, shubhasiz, ular orasida alohida ahamiyatga ega. Chunki, millatimizning, xalqimizning ertangi kuni bugun oliy ta'lim olayotgan yosh mutaxasislar taqdiri bilan chambarchas bog'liqdir. Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki yillaridanoq ta'lim tizimini isloh qilish masalasiga davlat siyosati darajasida e'tibor qaratilib, yoshlarimizning jahon andozalariga mos sharoitlarda bilim olishini, jismoniy va ma'naviy jihatdan yetuk insonlar bo'lib kamolga yetishini ta'minlash, qobiliyat hamda iqtidorini yuzaga

Scientific Journal Impact Factor

0

chiqarish, qalbida yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg'ularini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan beqiyos sa'y-harakatlar zamirida ham ana shu ezgu maqsad mujassamdir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mamlakatimizda har yili ilm-fanning bir nechta yo'nalishi tanlab olinib, alohida e'tibor bilan rivojlantirilmoqda. 2022 yil O'zbekistonda fizika va chet tillari ana shunday ustuvor sohalar etib belgilangan. O'zbekistonning ochiqlik siyosati, dunyo bozoriga faol kirib borayotgani, barcha sohalarda xalqaro hamkorlik kengayayotgani xorijiy tillarni bilishga ehtiyojni oshirmoqda. Bugungi kunda yurtimizdagi 25 ta oliy ta'lim muassasasida o'qitish chet tilida olib borilmoqda. 2016 yilda ular atigi 7 ta edi. Xalqaro til sertifikati olgan bitiruvchi o'quvchilar soni oxirgi 3 yilda 10 baravarga oshgan.

2021 yilda "El-yurt umidi" jamg'armasi orqali 350 nafar talabaning nufuzli xorijiy universitetlarda o'qishi uchun stipendiyalar ajratildi. Bu o'tgan yillarga nisbatan 5 baravar ko'pdir.

Toshkent davlat jahon tillari va sharqshunoslik universiteti Samarqand chet tillar instituti bilan bir qatorda har bir viloyatda bittadan tayanch universitet sifatida xorijiy tillar yo'nalishiga ega. Davlatimiz rahbari o'qituvchilarga munosib sharoit yaratish, ularning malakasini hisobga olgan holda rag'batlantirish zarurligini ta'kidladi. Boshlang'ich va o'rta ta'lim to'g'risidagi xalqaro sertifikatga ega bo'lgan o'qituvchilarning oylik maoshiga 40 foiz, yuqori natijalarga erishganlarga esa 50 foiz ustama beriladi. Bundan tashqari, yuqori ball to'plagan o'qituvchilarga xalqaro sertifikat olish uchun test sinovlaridan o'tish xarajatlari qoplanadi. Kelgusi yildan boshlab yangi chet tili o'qituvchilari milliy va xalqaro sertifikatlarga ega bo'lishlari kerak bo'ladi. Kelgusi uch yilda maktablardagi 53 ming nafar chet tili o'qituvchilarining barchasi xalqaro sertifikat olishlari shart. Yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, maktablardagi bo'sh ish o'rinlarini malakali mutaxassislar bilan to'ldirish vazifasi qo'yildi. Chet tillarini chuqur o'rgatish uchun tuman va shaharlardagi 207 ta maktab tanlab olindi. Bu maktablarda xorijiy kitoblar, ilg'or o'quv dasturlari va o'qitish metodikasi hamda fanlarni chet tilida o'qitish bepul bo'ladi. Viloyat hokimliklariga maktablarda chet tillarni o'qitish sifatini oshirish uchun har bir tuman va shaharga mahalliy byudjetdan 1 milliard so'mdan mablag' ajratish topshirildi. Bu tilda so'zlashuvchi xorijlik o'qituvchilarni ixtisoslashtirilgan maktab va oliy o'quv yurtlariga jalb etish, har bir tumanda tanlovlar o'tkazish, chet tili o'qituvchilarining xorijda amaliyot o'tashini tashkil etish muhimligi ta'kidlandi.

Scientific Journal Impact Factor

0

O'qitish sifati xalqaro andozalarga mos darslik va metodik qo'llanmalarga ham bog'liq. Shu bois, ingliz tili bo'yicha Kembrij universiteti nashriyoti darsliklarini 200 ta maktabda aprobatsiyadan o'tkazib, keyingi yildan barcha maktablarda tatbiq etish vazifasi qo'yildi. Bunday ishlar rus, nemis, koreys, xitoy va fransuz tillari bo'yicha ham tashkil etilishini bildirgan. Sohadagi o'zgarishlardan xabardor bo'lib borishlari, yangi adabiyot va qo'llanmalar sotib olishlari uchun har bir chet tili o'qituvchisiga byudjetdan 1 million so'mdan mablag' ajratilishi belgilangan. Maktabgacha ta'lim vazirligiga YuNISEF bilan hamkorlikda 7 yoshgacha bo'lgan bolalarga chet tillarini o'qitish bo'yicha uslubiy qo'llanma ishlab chiqib, joriy etish vazifasi qo'yilgan. Biz o'qituvchilar ushbu vazifalar ijrosini ta'minlash uchun avvalo, o'quv-uslubiy materiallarimizni tubdan isloh qilib, ularni bugungi zamon talablaridan kelib chiqqan holda xorijiy tillarni, jumladan ingliz tilitni mukammal o'rganish darajasiga olib chiqishimiz kerak deb hisoblayman. Buning uchun avvalo eski ananaviy usullardan voz kechgan holda o'qitishni yangi usullaridan bo'lgan eshitish orqali yodlash, gapirish orqali mustahkamlash, gapirish orqali talaffuzni to'g'irlash kabi usullardan dars jarayonida ko'proq foydalanishimiz maqsadga muvofiq deb hisoblayman.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Yuqoridagi keltirilgan dalillardan ma'lumki, bugungi kunda ta'lim dargohlarini malakali chet tili o'qituvchilari bilan ta'minlash, chuqur bilimga ega kadrlarni tayyorlash masalasiga ham davlat siyosati darajasida e'tibor qaratilmoqda. Yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek, oliy ta'lim muassasalarida xorijiy til o'qtuvchilariga alohida talablar qo'yilib, xorijiy til o'qituvchisi sifatida faoliyat yuritishlari uchun tegishli sertifikatga ega bo'lishlari talab qilinadi. Bundan tashqari oliy ta'limning ikkinchi bosqichi hisoblangan magistraturaga, oliy ta'limdan keyingi ta'lim hisoblangan doktaranturaga kirish uchun ham xorijiy tilardan birini bilish to'g'risidagi sertifikatga ega bo'lishi talab qilinadi. Bundan tashqari oliy ta'lim muassasalarining professor-o'qituvchilari bosqichma - bosqich xorijiy tillarni bilishlari shart qilib belgilangan. Qolaversa belgilangan muddatdan keyin oliy ta'lim muassasalarida mutaxasislik fanlari ham xorijiy tillarda olib borilishi belgilab qo'yilgan. Bundan ko'rinib turibdiki, oliy ta'lim muassasalarida xorijiy tillarni jumladan, ingliz tilini o'qitishga alohida ahamiyat berilmoqda. Ushbu belgilangan vazifalarni ijrosini ta'minlash, oliy ta'lim muassasalarida xorijiy tillarni jumladan, ingliz tili o'qitishni zamon talabiga olib chiqish, talabalarni xorijiy tillarni o'rganishlarini yaxshilash maqsadida quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

Scientific Journal Impact Factor

о

Xorijiy tillarni jumladan, ingliz tilini o'qitish bo'yicha oliy ta'lim muassalalari moddiy texnik bazalarini yetuk mutaxasislar yordamida inventarizatsiyadan o'tkazilsa maqsadga muvofiq bular edi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida»gi PF-4947-sonli farmoni. 2017-yil 7-fevral. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, Toshkent sh.,2017-y., 6-son, 70-modda.

2. Harakatlar strategiyasi asosida jadal taraqqiyot va yangilanish sari. / Nashrga tayyorlovchilar: M.Bekmurodov, Q.Quronboyev, L.Tangriev.- Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2017-y., - 92 b.

3. ApTeMOB В. A. Психология o6y4eH^ иноcтрaнному языку. — М.: Пeдaгогикa, 1989. - с. 103. 26. Бим И. Л. HeKOTOpbie aKTyanbHbie пpoблeмы coBpeMeHHoro обyчeния инocтpaнным язытам. — ЯИШ. 2001, № 4. - с. 39.

4. Sharobidinovna, Z. T., & Kabilovna, N. O. Comparative analysis of Lingvocultural aspects of proverbs and sayings about Parents and problems of Lingvodidactics (based on materials of Uzbek and English languages).

5. Малкина, Н. А. (1996). Методика использования сказки в обучении дошкольников устной речи на английском языке.

6. Нишоналиев У. Инновационные педагогические технологии обучения и развития. - Алма-Ата: Респ. издат. каб. Казахс. акад. образования им. И.Алтысарина, 2000. - с. 235-240.

7. Sharabidinovna, Z. T., Kizi, J. D. I., Azizovna, D. G., & Ruzikulovna, J. Y. (2020). CRITICAL PERIOD HYPOTHESIS IN ACQUIRING THE SECOND LANGUAGE: THE CASE OF TWO UZBEK STUDENTS. Journal of Critical Reviews, 7(7), 881-884.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.