Научная статья на тему 'BLENDED LEARNING SHAROITIDA TALABALARNING INGLIZ TILINI MUSTAQIL O‘ZLASHTIRISHLARI'

BLENDED LEARNING SHAROITIDA TALABALARNING INGLIZ TILINI MUSTAQIL O‘ZLASHTIRISHLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
78
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
uzluksiz ta’lim / masofaviy ta’lim / intensiv ishlash / individuallashgan yondashuv / umumsohaviy / autentik. / continuing education / intensive working / individual approach / educational / authentic

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Shirinova, Feruza

Mazkur maqolada nofilologik ta’lim yo’nalishidagi talabalarning mustaqil faoliyatini tashkillashtirishda pedagogik sharoitlarni inobatga olgan holda aralash ta’lim muhitini yaratish bilan ta’lim samaradorligini oshishi va talabalarning ingliz tilini o’rganishlariga keng imkoniyatlar ochib beradi. Talabalarning ingliz tilini o’rganishlaridagi mustaqil o’quv-biluv faoliyatini rivojlantirishda to’g’ri tashkillashtirilgan aralash ta’lim muhitining imkoniyatlari yoritilgan. Talabalarning mustaqil o’quv – biluv faoliyati sohaviy chet tili ko’nikmalarini tabaqalashtirilgan umumsohaviy, autentik, differensial – ijodiy, integrativ – faoliyatli, nofilologik yo’n’lishdagi kontentlar bilan muvofiqlqshtirib tuzish taklifi berilgan. Aralash ta’lim sharoitida talabalarning mustaqil o’quv-biluv faoliyatini rivojlantirish modeli kasbiy kompetentlik va chet tillari ko’nikmalarini loyihalash mexanizmlarini individual, mustaqil, ta’lim subyektlarining manfaatlariga adaptiv sinxronlashtirish asosida takomillashtirishga qaratilgan takliflar ham o’rin olgan. Ijtimoiy soha, hususan, ta’lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish, ta’lim tizimining uzluksizligini yanada takomillashtirish maqsadida sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayorlash asosiy vazifalarimizdandir. Jumladan, nofilologik yo’nalishida masofaviy ta’limga o’tish va uning an’anaviy ta’lim bilan integratsiyasini ta’minlash orqali aralash ta’lim (Blended Learning) ni takomillashtirish, oliy ta’limning yagona standartini yaratish va xalqaro diplomlarni tan olish, talabalar va o’qituvchilar mobilligini yo’lga qo’yish yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STUDENTS' INDEPENDENT DEVELOPMENT OF ENGLISH LANGUAGE UNDER BLENDED LEARNING CONDITIONS

In this article is described some samples for organizing students independent learning in pedagogical circumstances, it is also mentioned to increase educational efficiency and motivate students learning English which related to their profession with forming innovative atmosphere. Blended learning plays an important role to improve learning English independently for the students. It is proposed to coordinate the students' independent learning-cognitive activity with the content of differentiated universal, authentic, differential-creative, integrative-active, and non-philological content. There are proposals aimed at improving the model of the development of students' independent educational activities in the conditions of mixed education, based on the design mechanisms of professional competence and foreign language skills, on the basis of individual, independent, adaptive synchronization to the interests of educational subjects. Definitely, developing the social sphere, especially education and science, to improve the continuity of the education system, to increase the possibilities of quality education services, and to train highly qualified personnel in accordance with the modern needs of the labor market.

Текст научной работы на тему «BLENDED LEARNING SHAROITIDA TALABALARNING INGLIZ TILINI MUSTAQIL O‘ZLASHTIRISHLARI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

УДК:494.375:371.3

BLENDED LEARNING SHAROITIDA TALABALARNING INGLIZ TILINI

MUSTAQIL O'ZLASHTIRISHLARI

Feruza Shirinova

Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori PhD, O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi Toshkent, O'zbekiston feruzashirinova12 @gmail .com

Mazkur maqolada nofilologik ta'lim yo'nalishidagi talabalarning mustaqil faoliyatini tashkillashtirishda pedagogik sharoitlarni inobatga olgan holda aralash ta 'lim muhitini yaratish bilan ta 'lim samaradorligini oshishi va talabalarning ingliz tilini o'rganishlariga keng imkoniyatlar ochib beradi. Talabalarning ingliz tilini o'rganishlaridagi mustaqil o'quv-biluv faoliyatini rivojlantirishda to'g'ri tashkillashtirilgan aralash ta 'lim muhitining imkoniyatlari yoritilgan. Talabalarning mustaqil o 'quv - biluv faoliyati sohaviy chet tili ko 'nikmalarini tabaqalashtirilgan umumsohaviy, autentik, differensial - ijodiy, integrativ - faoliyatli, nofilologik yo 'n 'lishdagi kontentlar bilan muvofiqlqshtirib tuzish taklif berilgan. Aralash ta 'lim sharoitida talabalarning mustaqil o 'quv-biluv faoliyatini rivojlantirish modeli kasbiy kompetentlik va chet tillari ko'nikmalarini loyihalash mexanizmlarini individual, mustaqil, ta'lim subyektlarining manfaatlariga adaptiv sinxronlashtirish asosida takomillashtirishga qaratilgan takliflar ham o'rin olgan. Ijtimoiy soha, hususan, ta'lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish, ta'lim tizimining uzluksizligini yanada takomillashtirish maqsadida sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayorlash asosiy vazifalarimizdandir. Jumladan, nofilologik yo'nalishida masofaviy ta'limga o'tish va uning an'anaviy ta'lim bilan integratsiyasini ta'minlash orqali aralash ta'lim (Blended Learning) ni takomillashtirish, oliy ta 'limning yagona standartini yaratish va xalqaro diplomlarni tan olish, talabalar va o'qituvchilar mobilligini yo'lga qo 'yish yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

Kalit so'zlar: uzluksiz ta'lim, masofaviy ta'lim, intensiv ishlash, individuallashgan yondashuv, umumsohaviy, autentik.

В данной статье обсуждается необходимость повышения эффективности образования путем создания инновационной среды, с учетом педагогических условий организации самостоятельной деятельности

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

студентов высших учебных заведений и инновационного подхода к изучению иностранных языков у студентов. Смешанное обучение служит ключевым инструментом в развитии самостоятельной учебной деятельности студентов медико-фармацевтического направления в изучении области английского языка. Предлагается согласовывать самостоятельную учебно-познавательную деятельность студентов с содержанием дифференцированного общечеловеческого, аутентичного, дифференциально-творческого, интегративно-деятельность и нефилологического содержания. Внесены предложения, направленные на совершенствование модели развития самостоятельной учебной деятельности студентов в условиях смешанного обучения, основанной на механизмах проектирования профессиональной компетентности и владения иностранным языком, на основе индивидуальной, самостоятельной, адаптивной синхронизации с интересами. учебных предметов. Нашими основными задачами являются развитие социальной сферы, особенно образования и науки, повышение преемственности системы образования, повышение возможностей качественных образовательных услуг, подготовка высококвалифицированных кадров в соответствии с современными потребностями рынка труда. В частности, совершенствуя смешанное обучение путем перехода на нефилологическое дистанционное образование и обеспечения его интеграции с традиционным образованием, создания единого стандарта высшего образования и признания международных дипломов, проводятся научные исследования в связи с установлением мобильности обучающихся и учителей.

Ключевые слова и понятия: непрерывное образование, интенсивная работа, индивидуальный подход, аутентичное.

In this article is described some samples for organizing students independent learning in pedagogical circumstances, it is also mentioned to increase educational efficiency and motivate students learning English which related to their profession with forming innovative atmosphere. Blended learning plays an important role to improve learning English independently for the students. It is proposed to coordinate the students' independent learning-cognitive activity with the content of differentiated universal, authentic, differential-creative, integrative-active, and non-philological content. There are proposals aimed at improving the model of the development of students' independent educational activities in the conditions of mixed education, based on the design mechanisms of professional competence and foreign language skills, on the basis of individual, independent, adaptive synchronization to the

ABSTRACT

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

interests of educational subjects. Definitely, developing the social sphere, especially education and science, to improve the continuity of the education system, to increase the possibilities of quality education services, and to train highly qualified personnel in accordance with the modern needs of the labor market.

Key words and concepts: continuing education, intensive working, individual approach, educational, authentic

Ma'lumki, bugungi kunda rivojlanayotgan mamalakatlarning dunyo bozoriga chiqishi va ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarning yaxshilanishi, xalqaro munosabatlaming faollashishi kadrlarning saviyasi va mahoratiga ham bog'liq. Biroq turli sohalar bo'yicha mutaxassislarni tayyorlashda nofillologik ta'lim yo'nalishi bitiruvchilari mutaxassislik fanlaridan yetarli bilim, ko'nikma va malakaga ega bo'lganlari holda ulardagi chet tilini bilish darajalarining pastligi mamlakatning ichki va tashqi infratuzilmalarini rivojlantirishda katta to'siq bo'layotgani kuzatilmoqda. Xususan, nofillologik ta'lim yo'nalishi talabalarining til ko'nikmalari darajasi bu talablarga to'liq javob beradi deya olmaymiz. Turli soha mutaxassislarining jahon bozoriga chiqishini qiyinlashtiradigan omillardan biri ularning sohaviy chet tilini bilish darajasining pastligidir.

MATERIAL VA TADQIQOT USULLARI.

Nofilologik talim yo'nalishi moassasalari birinchi bosqich talabalaring chet tilidan bilim darazhasi nutq faoliyat turlari bo'yicha ta'hlil qilinganda aksariyatining chet tili bilish darajasi A1 va A2 oralig'iga mos kelishini ko'rsatmoqda. Bu holat ingliz tilidan turli bilim darajasiga ega bo'lgan talabalarni yagona bitta davlat dasturi asosida o'qitishda kattagina muammo hosil qilib, nofilologik ta'lim muassasalardagi kasbiy-sohaviy yo'nalishlarning xilma-xilligi ular uchun alohida yondashilgan darsliklar va o'quv-qo'llanmalarni ishlab chiqish masalasini ham o'rtaga qo'ymoqda. Darslik va o'quv-qo'llanmalarni shakllantirishda turli yo'nalishlarning kasbiy-sohaviy, ijtimoiy yangilanishlarni, talabalarning ehtiyojlarini, bilim darajalarini va buyurmachining talablarini ham e'tiborga olish taqozo etiladi. Biroq nofilologik yo'nalishlarda ingliz tilidan ajratilgan soatning yetarli emasligi bu o'rinda mustaqil ta'lim uchun ajratilgan soatlardan, eng kamxarj hisoblanadigan masofaviy ta'limdan unumli foydalanish kerakligini ko'rsatmoqda. Shu bois masofaviy ta'lim va an'anaviy ta'lim tizimi shakllarini birgalikda qo'llash usullarini ishlab chiqish pedagogikaning asosiy mazmun-mohiyatiga, masofaviy ta'lim vositasida talabalarning mustaqil o'quv-biluv faoliyatini tashkil etish esa pedagogik zaruratga aylandi.

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

Nofilologik ta'lim yo'nalishlarda ingliz tilini bilish darajasi turlicha bo'lgan talabalarning tahsil olishi chet tili mashg'ulotlarni differentsiallashgan, individuallashgan, korporativ (jamoaviy) va kolloborativ (juft) ta'lim tamoyillariga asoslanib tashkil qilish, talabalarning mustaqil o'quv-biluv faoliyatiga ham shunday yondashishni taqozo etadi. Bunday vaziyatda pedagog ta'limga individuallashgan yondashuv asosida talabalar darajalarini uzluksiz va intensiv ishlash orqali tenglashtirib borishi kerak bo'ladi.

Shuni ham qayd etish kerakki, talabalarning o'zaro fikr almashinishi ularda bahamjixatlik, birdamlik, bir-biridan o'rganish, bir-birini qo'llab-quvvatlash xislatlarini ham tarbiyalaydi. O'zaro fikr almashinish jarayonida talabalar pedagog bergan ma'lumotlarni to'plash barobarida boshqalarning yangi fikr va g'oyalaridan foydalanish imkoniyatiga ega ham bo'ladilar. Shu jarayon ularda sohalari bo'yicha hosil qilgan mustaqil fikrlarini tahlil qilish qobiliyatlari ham o'sib boradi. Biroq bunda talabalarning o'zaro va o'qituvchilar bilan hamkorligi bir muncha chegaralangan bo'ladi. Demak, masofali ta'limning ham o'ziga xos qiyinchiliklari, salbiy tomonlari bor. O'qituvchi va talaba o'rtasidagi o'zaro muloqot, bilim va ko'nikmalarni amalda namoyon qilish, motivatsiya, raqobat kabi jihatlarning shakllanishida an'anaviy ta'limning imkoniyatlari katta ekanligi ham ko'rindi.

NATIJALAR VA ULARNING MUHOKAMASI.

Ayni vaqtda masofaviy ta'limning istiqboli va samaradorligi internet tarmoqlariga bog'liq bo'lib, uning sekin ishlashi masofaviy ta'limning barcha imkoniyatlaridan to'liq foydalanishga to'sqinlik qiladi. Hatto ba'zi hollarda o'qituvchilarning o'zlari masofadan turib o'qitish deganda faqat o'z ma'ruzalarini yoki testlarini internet tarmog'iga qo'yilsa yetarli deb tushundilar. Shu bois onlayn rejimga to'liq o'tish ta'lim sifatiga kadrlarni sifatli tayyorlashga biroz putur yetkazdi.

An'anaviy ta'limda talabalarning auditoriyadan tashqarida mustaqil ishlashlari talab darajasida emasligi, uning nazorati to'g'ri va ob'ektiv olib borilmagani talabalar tomonidan ham e'tirof etildi [1,c.121]. Shu tufayli ilg'or mamlakatlarning ta'lim muassasalari ham aralash ta'lim - Hybrid Educationni tanladilar.

Mamlakatimizda oliy ta'lim muassasalarida sirtqi bo'limlar, xodimlarning malakasini oshirish kurslari va eksternat usulida ta'lim oluvchilar uchungina onlayn ta'lim tanlandi, kunduzgi ta'limda esa faqatgina mustaqil ta'lim masofadan ishlashga qulay ekanligi ko'rindi. Ayni vaqtda shart-sharoit natijasida yuzaga kelgan vaziyat ta'lim jarayonini isloh qilishga, pedagoglarning ham, talabalarning ham ta'lim jarayoniga munosabatini tubdan o'zgartirishiga olib kelmoqda. Doim parda ortida qolib ketayotgan mustaqil ta'lim olish, egallanayotgan bilimlarga ijodiy yondashish,

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

talabalarning har biri bilan individual ishlash majburiy holatga o'tib, ta'lim jarayonining asosiy tamoyiliga aylandi.

Nari Kim ta'kidlaganidek, an'anaviy ta'limni onlayn ta'lim bilan aralash olib borilishining sezilarli ta'siri shundaki, ko'plab onlayn kurslar talabalar jamoaning bir qismi sifatida ishlash qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan va taqdimot, loyihalar, muammoli vaziyatlar, hisobotlar, munozaralar kabi vazifalarni bajarishlari orqali jamoaviy baholanishni ham o'z ichiga oladi [4, c.162].

Aralash ta'lim vositasida o'qituvchi dars jarayonida ulgurilmayotgan materiallarni bir qismini talabalarga mustaqil ish sifatida bajartirish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bu jarayon talabalar bilan individual ishlashni taqozo etilishi, aynan chet tili bilimi va til ko'nikmalari darajasi past bo'lgan talabalar bilan alohida ishlash, ularga qaysi til ko'nikmasi bo'shroq bo'lsa, shular ustida ishlashga doir topshiriqlar berish imkoniyati ham yuzaga keladi.

Cem Balcikanli ham ko'plab ilmiy izlanishlar yakka/juft holatida ishlatish orqali talabalarni o'quv materiallaridan foydalanishga jalb qilish, turli yondashuvlar orqali auditoriya mashg'ulotlari va uy vazifalarining xilma-hilligi ta'minlashga, talabalarda mustaqil ishlash ko'nikmalarini shakllantirishni yuzaga keltirishini ta'kidlaydi [1, c. 142]. Demak, bunday vaziyatda mustaqil ishlarning salmog'i ortib va tobora individuallashib boradi. Albatta, bu talabalarda ham ta'lim olishga intilishni, qiziqishni oshiradi. O'qituvchi bilan yakkama-yakka muloqotga kirishish, o'ziga nisbatan alohida e'tiborni his qilish talabani ruhan ko'taradi va ulardagi ichki motivlarni ishga tushiradi.

I.A.Popova fikricha, nofilologik yo'nalishdagi muassasalarda ingliz tili o'qitishning o'ziga xos xususiyati, maxsus sohaviy maqsadlarni maks imal darajada hisobga olishning sohaviy tushuncha va terminlar, ularning leksik-sintaktik va grammatik xususiyatlari, muayyan professional maqsad va vazifalarga yo'naltirilgan og'zaki va yozma tekstlari, vaziyatli topshiriqlar beriladi. Zamonaviy kasbiy muammolar va ularni amaliy hal qilish usullarini aks ettiradigan mavzular shunga mos tanlangan grammatik materiallarga asoslanishi, shu bilan birga chet el vakillari bilan yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muloqot holatlarni e'tiborga olishi zarur [2, c.67].

Nofilologik yo'nalishda talabalarning mustaqil ishlarini tashkillashtirishda fanlararo aloqadorlikni e'tiborga olish maqsadga muvofiq. Xususan, xorijiy til fanini mutaxassislik fanlar hisoblangan farmakognoziya, farmatsevtik kimyo, dori turlari texnologiyasi va ijtimoiy fanlar bilan integratsiyalash talabalarda til o'rganishga bo'lgan motivni uyg'otadi [3,c.200]. Talaba motivatsiyasidagi bunday o'sishlar ayniqsa taqdimotlarni tayyorlashda va talabaning guruhlarda ishlash holatida sezilarli

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

bo'ladi. Birgalikda olib borilgan ijodkorlik faoliyati talabalarni birlashtiradi va raqobat sharoitida hamkorlikda ishlashga o'rgatadi. Shuningdek, bu talabalarning katta auditoriya oldida nutq so'zlash, kishilarga o'zlarining fikr-mulohazalarini yoki tanqidiy qarashlarini bildira olish layoqatini ham rivojlantiradi. Ayniqsa, ingliz tilida nutq so'zlashda o'ziga bo'lgan ishonchning mustahkamlanishiga olib keladi. Albatta, bunday talablar chet tilidan sayoz bilimga ega bo'lgan 1-bosqich talabalari uchun qiyinchilik tug'diradi. Masalan, 1-bosqich talabalari uchun yangi ma'lumotlarni to'plash agar ona tilida bo'lsa qiyin bo'lmasligi mumkin, lekin chet tilida ma'lumotlarni to'plash va ularni tahlil qilish qiyinlik qiladi va ayni vaqtda fanga bo'lgan motivatsiyani ham sustlashtiradi.

Nofilologik yo'nalishda talabalarning mustaqil ishlarini tashkillashtirishda fanlararo aloqadorlikni e'tiborga olish maqsadga muvofiq. Masalan, tibbiyot-farmatsevtika xorijiy til fanini mutaxassislik fanlar hisoblangan farmakognoziya, farmatsevtik kimyo, dori turlari texnologiyasi va ijtimoiy fanlar bilan integratsiyalash talabalarda til o'rganishga bo'lgan motivni uyg'otadi. Mustaqil ishlarni tashkil qilishda esa hayotiy misollar bilan boyitilgan autentik materiallardan foydalanish, mustaqil ishlash uchun talabalarda boshlang'ich ko'nikmalarni shakllantirish dastlabki muhim masalalardan hisoblanadi. Keyingi o'rinda esa talabalarni hamkorlikda ishlashga o'rgatish, ishlab chiqarish muhiti bilan tanishtirish, ijtimoiy-sohaviy mavzularda jamoaviy rolli o'yinlarni namoyish qilish, shifoxona, dorixona, zavod va tashkilotlarga borib intervyular tayyorlash samarali bo'ladi. Tibbiyot-farmatsevtika talabalaridagi bunday mustaqil faoliyatning shakllanishi ingliz tilini samarali o'rganishlari bilan birga ularning kasbiy kompetentligini shakllanib borishiga ham yordam beradi.

Insonning ta'lim sohasidagi imkoniyatlarini yanada kengaytirib yuborgan masofaviy ta'lim tizimini rivojlantirish va ta'limni tubdan isloh qilish maqsadida ko'plab ilmiy-amaliy ishlar olib borilmoqda. I.V. Sokolova fikricha, masofaviy ta'lim insonning tahsil olishi va ma'lumot olish huquqini amalga oshirish uchun ishlab chiqilgan bo'lib, yetakchi universitetlar, institutlar, malaka oshirish markazlari, qo'shimcha ta'lim markazlari va boshqa o'quv muassasalarining ilmiy va ta'lim salohiyatidan yanada faol foydalanish orqali ta'lim olish uchun keng imkoniyatlar bilan ta'minlaydi. Masofaviy ta'lim nazariy darslar sonini qisqartirishga va materialni mustaqil o'zlashtirishga e'tiborni kuchaytirish orqali o'quvchini shaxs sifatida rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratilishiga olib keladi. Masofaviy mashg'ulotlar ta'lim oluvchilarning yangi muhitga tez o'rganish, masofada turib bir-biri bilan o'zaro aloqaga kirishish, vazifalarni intensiv bajarish, o'rganilmagan materiallarni

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

o'rganish, o'z qiziqish doirasini cheklamasdan yangi sohalar bo'yicha ham o'z bilimini oshirib borishga yetarli shart-sharoit yaratib beradi [2, с.98].

Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan talabalar uchun har semestr yakunida o'tilgan fanlar yuzasidan beriladigan mustaqil ishlarning tashkiliy jihatlariga o'zgartirishlar kiritib borish davr talabi hisoblanadi. Xususan, tibbiyot-farmatsevtika yo'nalishida ingliz tilini o'qitishda talabalarning mustaqil o'quv-biluv faoliyatini masofaviy ta'lim vositasida loyihalashtirishda talabalarning bilim darajasini ko'tarishga qaratilgan zamonaviy metodik kontseptsiyalar, o'qituvchining yaratuvchan va ijodkorligini namoyon qilishga imkon beruvchi, talabalarning qiziqishlarini inobatga oluvchi, autentik materiallar bilan boyitilgan metodik tavsiyalar asos bo'lib xizmat qildi. Ta'limda bunday masofaviy ta'lim platformalaridan foydalanish nofilologik oliy ta'lim muassasalari talabalarida ingliz tilini shaxsiy-sohaviy maqsadlarda egallab, kelajakda o'z bilim, ko'nikma va malakalarini nutq faoliyatining barcha turlarini faol qo'llagan holda o'z sohalarida yetuk mutaxassis ekanliklarini namoyon qila oladilar.

Tadqiqotimiz jarayonida talabalarni ingliz tilidagi sohaviy terminologiya bilan chuqurroq tanishtirish sohalariga taalluqli bo'lgan terminlarni yozma va og'zaki nutq jarayonlarda to'g'ri qo'llay olishlari talabalardagi sohaviy leksikani boyishiga yordam berdi.

Mustaqil ta'limning samaradorligini oshirish uchun avvalo mustaqil ta'lim soatlarini axborotlashtirish va didaktik loyihalash va uning metodik ta'minotini ishlab chiqish kerak. Bunda loyihani tuzishda qaysi o'rinda qanday bilim egallanishi, bu jarayonda didaktikaning qaysi qonun-qoida va tamoyiliga amal qilinishi, o'quv jarayonida qaysi dars turi va bosqichlari, qanday usullar, axborot texnologiyalari va didaktik materiallardan foydalanilishi aks ettirilishi kerak bo'ladi. Loyihalashning asosiy maqsadi talabaga tayyor bilimlarni emas, ammo bilimlarni muvaffaqiyatli egallash va boyitib borish uchun pedagogik sharoit yaratilib berishdir. Ammo ushbu shart-sharoitlar didaktik shakllantirilgan, uning dizayni uchun mohirona yondashuv qo'llanilgan, ta'lim, fan va ishlab chiqarishning axborot texnologiyalari bilan integratsiyalashuvi ta'minlangan bo'lsagina kerakli natijani beradi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Батунова И.В. Процесс обучения иностранному(английскому) языку в неязыковых вузах: кан.пед.наук...дисс.:-Красноярск. 2017.- 121 c.

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

2. Попова И.А. Обучение иноязычному профессионально ориентированному чтению студентов-медиков: На материале английского языка: кан.пед.наук...дисс.:- Волгоград., 2005. - 67 а

3. Рахимов О.Д. ва б. Замонавий таълим технологиялари (укув кулланма).- Т., Фан ва технология., 2013. - Б. 200.

4. Рубин Ю.Б. Развитие как предпосылка становления интегрированного обучения на российском рынке образовательных услуг: кан.пед.наук...дисс. -Россия., 2008. - С 162.

1. Balcikanli. Learner autonomy in language learning: student teachers' beliefs / Ж. Academic Research. - №56. - Австралия., 2010. - 142 p.

2. Соколова И.В. Проектирование дистанционного курса в оболочке Moodle для школьников, интересующихся математикой / Ж. Знание. Понимание. Умение.- №7. - М., 2018.- 98 c., 134 c.

3. Яркко Ламписельки. Таълимни ракамлаштириш / "Финляндия тажрибасини урганиш: Таълимда бахолаш" буйича онлайн семинар материаллари. 2021 йил 4 май [email protected]

Kitoblarga havolalar:

1. Dainty P. Phrasal Verbs in context. UK., Scotland. Book with CD. 2010. P. 95.

2. David L. Chiesa., Azizov U., Khan S., Nazmutdinova K., Tangirova K. Reconceptualizing Language Teaching: An in service teacher education course in Uzbekistan. - Т., Baktria Press., 2020. P. 95-103.

3. Diaz-Gilbert M. English for Pharmacy Writing and Oral Communication. Book. USA., Philadelphia., 2009. P. 411.

Internet-nashrlariga havolalar:

1. Kuz.uz сайти. https://islaminstitut.uz/18202

2. Nari Kim. Assessment in Online Distance Education: A Comparison of three online Programs at a University. / J. General and Professional Education. -№9. -USA., 2008. - 171 p.

3. European Framework for CLIL Teacher Education/J.ECML/CELV.- №4. UK.,2011https://clilcd.ecml.at/EuropeanFrameworkforCLILTeacherEducation/tabid/ 2254/language/en-GB/Default.aspx

Maqolalarga havolalar:

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.