Научная статья на тему 'OLIY TA’LIM SOHASIDA KORRUPSIYA VA KORRUPSIYAVIY XAVF-XATAR TUSHUNCHALARI'

OLIY TA’LIM SOHASIDA KORRUPSIYA VA KORRUPSIYAVIY XAVF-XATAR TUSHUNCHALARI Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Mahalliy davlat o’rganlari nazorati ” / “Ijtimoiy fikr” / “Shikoyatlar ” / “Jinoiy javobgarlik”.

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Rahmonaliyev Zikrulloh Iqboljon O‘G‘Li

Korrupsiyaga qarshi nafaqat davlat organlari balki talim muassasalari organlarining faol harati va ularning bu illat yuzasidan asos deb biladigan fikr va mulohazalari batafsil yoritilib ko’rsatilib o’tilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIM SOHASIDA KORRUPSIYA VA KORRUPSIYAVIY XAVF-XATAR TUSHUNCHALARI»

OLIY TA'LIM SOHASIDA KORRUPSIYA VA KORRUPSIYAVIY XAVF-XATAR TUSHUNCHALARI Rahmonaliyev Zikrulloh Iqboljon o'g'li

Farg'ona davlat universiteti Yurisprudensiya

yo'nalishi 2-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.12644234

ARTICLE INFO

Qabul qilindi: 25-June 2024 yil Ma'qullandi: 27- June 2024 yil Nashr qilindi: 30- June 2024 yil

KEYWORDS

"Mahalliy davlat o'rganlari nazorati ", "Ijtimoiy fikr", "Shikoyatlar ", "Jinoiy javobgarlik".

ABSTRACT

Korrupsiyaga qarshi nafaqat davlat organlari balki talim muassasalari organlarining faol harati va ularning bu illat yuzasidan asos deb biladigan fikr va mulohazalari batafsilyoritilib ko'rsatilib o'tilgan

Oliy ta'lim sohasida korrupsiyaviy xavf-xatar tushunchasini yoritishdan avval "korrupsiya" tushunchasiga to'xtalib o'tish maqsadga muvofiq bo'ladi. Korrupsiya atamasi lotincha "corruption" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, "pora evaziga og'dirish" degan ma'noni anglatadi1. Keyingi qarashlarga ko'ra korrupsiya atamasi lotincha "corrumpere" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, "buzilish, aynish, tanazzul" degan ma'nolarni anglatadi2. Korrupsiya

tushunchasiga keltirilgan barcha tariflarda korrupsiya va mansabdor shaxs vakolatlari o'rtasida bog'liqlikka alohida e'tibor qaratilgan, chunki korrupsiya va mansab vakolati bir-birini taqozo etuvchi omillar hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi Qonunning 3-moddasiga ko'ra, korrupsiya -shaxsning o'z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o'zga shaxslarning manfaatlarini ko'zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish hisoblanadi3. Biroq, mazkur tarifda mansab vakolatini suiste'mol qilish holati ko'rsatilmagan, chunki milliy qonunchilikda mansab vakolatini suistemol qilish korrupsiyaviy jinoyat sifatida baholanmaydi. Biroq, BMTning 2003 yil 31 oktabrdagi "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risidagi konvensiya"ning 19-moddasida, mansab vakolatini suiste'mol qilish korrupsiyaviy jinoyat sifatida keltirilgan4.

Oliy ta'lim sohasida korrupsiya tushunchasi umumiy xususiyatlarni o'z ichiga olish bilan birga maxsus sohaga oid xususiyatlarini ham qamrab oladi.

1 Kriminologiya. Uchebnik. Otv. redaktor: Rustabayev M.X. - Tashkent: TGYUI, 2008.- S. 219.

2 Internet manzili: http://ru.wikipedia.org/wiki/Korrupsiya.

3 O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlar ma'lumotlari milliy bazasi, 2019 y., 3/19/542/3177-son.

4 BMTning 2003 yil 31 oktabrdagi "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risidagi konvensiya", Nyu-

York, 2004 yil.

Vanderbilt Universiteti professori A.Osipian oliy ta'lim sohasida korrupsiyani davlat yoki korporativ ishonchni suiste'mol qilish orqali ta'qiqlangan moddiy yoki nomoddiy boyliklar olishdagi munosabatlarni tartibga solish uchun yaratilgan norasmiy aloqalar tizimi deb hisoblaydi5.

Ukrainaning Ta'limni rejalashtirish xalqaro instituti ilmiy xodimlari A.Bazxal, T.Galkovskaya, O.Skripkin "oliy ta'limdagi korrupsiyani davlat xizmatchisi tomonidan mansab vakolatini susistemol qilishi natijasida ta'lim olish huquqiga, sifatiga, tengligiga salbiy ta'sir qiluvchi harakatlar", deb baholaydi.

Fikrimizcha, oliy ta'lim sohasida korrupsiya - oliy ta'lim sohasida faoliyat ko'rsatuvchi shaxsning o'z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o'zga shaxslarning manfaatlarini ko'zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, mansab lavozimini suiste'mol qilishi, xuddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish hisoblanadi. "Korrupsiyaviy xavf-xatar" tushunchasi korrupsiya tushunchasidan tubdan farq qiladi. Mazkur tushuncha "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi Qonunning 24-moddasida, "normativ-huquqiy hujjatlarni qo'llash jarayonida korrupsiya xususiyatiga ega xavflarning yuzaga kelishi ehtimolini prognoz qilish shaklida" kelgan6.

Korrupsiyaviy xavf-xatarlar korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni kelib chiqishiga yoki ularni keng yoyilishiga xissa qo'shadigan hodisa yoki hodisalar yig'indisi hisoblanadi. Shunga o'xshash tarifni O.Kazachenkova keltirib o'tgan bo'lib, uning firkicha, korrupsiyaviy xavf-xatarlar davlat organlari va davlat xizmatchilari faoliyatini amalga oshirishda korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni kelib chiqishiga sababchi bo'ladigan holatlar, hodisalar va omillar hisoblanadi7. Ba'zi olimlar korrupsiyaviy xavf-xatar tushunchasini korrupsiyaviy muammoning sinonimi yoki davlat va jamiyat faoliyatida qiyinchiliklar keltirib chiqaruvchi omil sifatida baholashgan8.

V.Astanin mazkur tushunchani davlat xizmatchisi faoliyati bilan bog'lab, unga davlat xizmatchisi tomonidan vazifalarini amalga oshirishda belgilangan majburiyatlar, ta'qiqlar va cheklovlarga rioya qilmaslik shaklidagi korrupsiyaviy hulq-atvorlarni deb ta'rif bergan. V.Georgiyev esa, korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni sodir bo'lishining ehtimollik darajasi deb baholagan.

Oliy ta'lim sohasidagi korrupsiyaviy xavf-xatar tushunchasini professor A.Osipian tizimda korrupsiyaga duch kelish ehtimoli sifatida baholab, uni tovlamachilik va pora olish zarurati bilan bog'liq deb hisoblagan9.

5 Osipian A. "Glossary of Higher Education Corruption with Explanations", 2009, p - 26. http://people.vanderbilt.edu/~ararat.osipian. 2

http://www.osvita.org.

6 O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlar ma'lumotlari milliy bazasi, 2019 y., 3/19/542/3177-son.

7 Balikov P.N i drugiye "Organizatsiya psixologicheskoy raboti anti korrupsionnoy napravlennosti vtamojennix organax Rossiyskoy Federatsii" metodicheskiye rekomendatsii. - SPB, 2010.

8 Uchastiye institutov grajdanskogo obshestva v borbe s korrupsiyey: nauchniy i prakticheskiy posobiye / otv. red. Y.A.Tixomirov. M., 2013. S. 82. 3 http://pravoteka.ru

9 Osipian A. "Glossary of Higher Education Corruption with Explanations", 2009 p - 24, http://people.vanderbilt.edu/~ararat.osipian.

Fikrimizcha korrupsiyaviy xavf-xatarlar tushunchasiga ikki hil yondashuv asosida tarif berish mumkin.

Birinchidan, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilishiga olib kelishi mumkin bo'lgan holatlar va sharoitlar sifatida baholash mumkin. Universitet binosini kapital ta'mirlash rektorning ukasiga tegishli bo'lgan qurilish korxonasi tomonidan amalga oshirilish holatini bunga yaqqol misol sifatida keltirishimiz mumkin. Bu holat korrupsiyaviy huquqbuzarlik sodir etilish ehtimolini, ya'ni xavfni keltirib chiqarishi mumkin.

Ikkinchidan, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bevosita korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilishi natijasida yuzaga keladigan salbiy oqibatlar sifatida tushunishimiz mumkin. Masalan, korrupsiyaning yuqori darajasi natijasida davlatda yuz beradigan iqtisodiy inqiroz, fuqarolarning ijtimoiy himoyasi ta'minlanmasligi, siyosiy inqilob va boshqalar.

Ushbu borada korrupsiyaviy havf-xatarlarni birinchi yondashuv bo'yicha o'rganamiz, chunki korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan ko'ra uni oldini olish samaraliroq. Oliy ta'lim sohasidagi korrupsiyaviy huquqbuzarliklar va xavfxatarlar o'zining xususiyatlari, subyektlari, ijtimoiy munosabatlar doirasi bo'yicha boshqa sohadagi xavf-xatarlardan farq qiladi. Barcha tariflarni umumlashtirgan holda oliy ta'lim sohasidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni - sohadagi davlat hokimiyati organlari va ta'lim muassasalari xodimlari faoliyat jarayonida yuzaga keladigan, korrupsiyaga oid huquqbuzarlikni sodir etish imkoniyatini yaratadigan holatlar, omillar va harakatlar sifatida baholash mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. SH.M.Mirziyoyev, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruza, 2018 yil 7 dekabr.

2. SH.M.Mirziyoyev, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga yo'llagan murojaatnomasi, 2020 24 yanvar.

3. Korrupsiyaga qarshi kurash bo'yicha Respublika Idoralararo komissiyaning yig'ilish bayoni, "Oliy ta'lim sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish va qonuniylikni ta'minlashga doir masalalar" - 2019 yil 18 yanvar.

4. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlar ma'lumotlari milliy bazasi, 2019 y., 06/19/5847/3887-son.

5. Osipian A. "Glossary of Higher Education Corruption with Explanations", 2009, p - 26. http://people.vanderbilt.edu/~ararat.osipian. http://www.osvita.org.

6. Balikov P.N i drugiye "Organizatsiya psixologicheskoy raboti anti korrupsionnoy napravlennosti vtamojennix organax Rossiyskoy Federatsii" metodicheskiye rekomendatsii. -SPB, 2010.

7. Uchastiye institutov grajdanskogo obshestva v borbe s korrupsiyey: nauchniy i prakticheskiy posobiye / otv. red. Y.A.Tixomirov. M., 2013. S. 82. http://pravoteka.ru

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.