Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
OLIY TA'LIM SOHASIDA KORRUPSIYA TUSHUNCHASI
Sattorov Oybek Farxod o'g'li
Uchtepa tuman Yuridik markaz Bosh yuriskonsuli va TDYU Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati fakulteti
magistranti [email protected]
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada "oliy ta 'lim sohasidagi korrupsiya" tushunchasi ilmiyjihatdan tahlil qilingan bo 'lib, ushbu tushunchaga ta 'riflar berilgan.
Kalit so 'zlar: "korrupsiya ","oliy ta 'lim sohasidagi korrupsiya "
В стате даются научный анализ понятий "коррупция", "коррупция в высшем образовании " а также определения этих понятий.
Ключевые слова: "коррупция ", "коррупция в высшем образовании "
The article provides a scientific analysis of the concepts of "corruption", "corruption in higher education ", and gives definitions of these concepts. Keywords: "corruption ", "corruption in higher education "
Mamlakatimiz ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish, uning sifati hamda samaradorligini oshirish, ta'lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasida keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, oliy o'quv yurtlariga qabul jarayonlarining shaffofligini ta'minlash, ta'limdagi korrupsiya va poraxo'rlikning oldini olishga ham astoydil kirishilgan. Ushbu muxim omilni xisobga olgan holda oliy ta'lim sohasida korrupsiyaga oid nazariy jixatdan tahilil qilish alohida e'tibor qaratdik. Oliy ta'lim sohasida korrupsiya tushunchasini yoritishdan avval "korrupsiya" tushunchasiga to'xtalib o'tish maqsadga muvofiq bo'ladi. Korrupsiya atamasi lotincha "corruption" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, "pora evaziga og'dirish" degan ma'noni anglatadi. Keyingi qarashlarga ko'ra, korrupsiya atamasi lotincha "corrumpere" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, "buzilish, aynish, tanazzul" degan ma'nolarni anglatadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Korrupsiya tushunchasiga dastlabki ilmiy tarif 1970-yilda Graham Brooks tomonidan berilgan bo'lib, uning fikriga asosan korrupsiya - oz yoki ko'p
АННОТАЦИЯ
ABSTRACT
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
miqdordagi shaxsiy manfaat ko'rish motivi bilan belgilangan majburiyatlarni qasddan noto'g'ri bajarish yoki bajarmaslik yoxud mansab vakolatidan asossiz foydalanish hisoblanadi.
Korrupsiya tushunchasiga bir qator xalqaro hujjatlarda turlicha tarif berilgan bo'lib, har bir tarif korrupsiya tushunchasi bilan bog'liq alohida xususiyatlarni ochib bergan.
Jumladan, Korrupsiya muammolari bo'yicha Yevropa Kengashi Guruhlarining 1995-yil 22-24-fevralda Strasburg shahrida o'tkazilgan 1-sessiyasida korrupsiya tushunchasiga - pora olish (o'ziga og'dirish), davlat yoki xususiy sohada muayyan vakolatga ega bo'lgan shaxs, mansabdor shaxsning yoki xususiy sohada faoliyat yuritadigan shaxs yoki mustaqil agentning o'z mansab vazifasidan yoki shunga o'xshash munosabatlardan kelib chiqadigan majburiyatlarini buzadigan, shuningdek, o'zi yoxud o'zga shaxslar manfaati uchun har qanday shakldagi afzalliklarga ega bo'lish maqsadida ifodalangan xatti-harakat sifatida tarif berilgan.
Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1979-yil 17-dekabrdagi mansabdor shaxslarining obod-axloq Kodeksida, korrupsiya - mansabdor shaxs tomonidan muayyan harakat yoki harakatsizlik sodir etish (etmaslik) evaziga moddiy manfaatdor qilayotgan shaxsning manfaatini ko'zlab mansab vazifasini buzgan yozi buzmagan holda, turli shaklda moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy naf ko'rishi deb belgilangan.
Korrupsiya tushunchasiga keltirilgan barcha tariflarda korrupsiya va mansabdor shaxs vakolatlari o'rtasida bog'liqlikka alohida e'tibor qaratilgan, chunki korrupsiya va mansab vakolati bir-birini taqozo etuvchi omillar hisoblanadi.
Milliy qonunchilikda korrupsiya tushunchasiga dastlabki tarif O'zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi Qonunning 3-moddasida berilgan bo'lib, unga asosan korrupsiya -shaxsning o'z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o'zga shaxslarning manfaatlarini ko'zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish hisoblanadi.
Qonunda berilgan tarifda mansab vakolatini suiste'mol qilish holati ko'rsatilmagan, chunki amaldagi Jinoyat Kodeksida mansab vakolatini suistemol qilish korrupsiyaviy jinoyat sifatida baholanmagan. Biroq, BMTning 2003-yil 31-oktyabrdagi "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risidagi konvensiya"ning 19-moddasida, mansab vakolatini suiste'mol qilish korrupsiyaviy jinoyat sifatida keltirilgan.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Ilmiy doira vakillari orasida korrupsiya tushunchasiga tarif berishda nazariy jihatdan ikki hil yondashuv mavjud, ya'ni keng va tor ma'nolardagi yondashuvlar.
Tor talqin tarafdorlari korrupsiyani xukumat vakillarining poraxo'rligi deb atashadi. Masalan, N.F. Kuznetsova "korrupsiya salbiy ijtimoiy hodisa, bir shaxsni boshqasi tomonidan pora evaziga sotib olinishi", deb hisoblaydi.
Keng talqin tarafdorlari korrupsiyani faqatgina mansabdor va shaxs o'rtasidagi jinoiy bitimgina emas, balki mansabdor shaxs manfaatiga xizmat qiladigan har qanday harakati sifatida baxolaydi. Misol uchun, V.S.Komissarov-ning tarificha, korrupsiya - boshqaruv subyektlarini hokimiyat vakolatlaridan foydalanishda shaxsiy manfaatlarni xizmat manfaatlaridan ustun qo'yishi tushuniladi.
Ko'pchilik tashkilotlar quyidagi qisqa tarifidan foydalanadilar "korrupsiya -shaxsiy daromad olish uchun davlat va xususiy sektordagi vakolatni suiiste'mol qilish tushuniladi".
"Korrupsiya" juda keng tushuncha bo'lib, u o'zida bir qancha hatti-harakatlarni qamrab oladi va ularning ayrimlari qonuniy, ayrimalari noqonuniy hisoblanadi. Tadqiqotlar natijasi "korrupsiya" tushunchasining 50 dan ortiq tarif-lari mavjudligini ko'rsatdi. Korrupsiya tushunchasi keng va turli ko'rinishdagi harakatlarni qamrab olgani sababli mazkur tushunchaga tarif berishda turlicha yondashuv va tortishuvlar mavjud. Oliy ta'lim sohasida "korrupsiya" tushunchasi umumiy xususiyatlarni o'z ichiga olish bilan birga maxsus sohaga oid xususiyatlarini ham qamrab oladi.
Oliy ta'lim sohasida "korrupsiya" tushunchasiga dastlabki ilmiy yo'nalishdagi tarifni tadqiqotchi olim Stephen Heyneman bergan bo'lib, uning fikriga ko'ra, oliy ta'limda korrupsiya shaxsiy va moddiy manfaat uchun vakolatni suiste'mol qilish hisoblanadi. U ta'limni eng muxim davlat boyliklaridan biri sifatida baholab, ushbu sohadagi korrupsiya moddiy manfaatdorlik bilan birga shaxsiy manfaatni (nomoddiy) ham qamrab olishiga alohida urg'u bergan.
Frank Anechiarico and James B. Jacobs ta'lim sohasidagi korrupsiyaga moddiy manfaat uchun vakolatni suiste'mol qilish sifatida tarif bergan.
Ukrainaning Ta'limni rejalashtirish xalqaro instituti ilmiy xodimlari A. Bazxal, T. Galkovskaya, O. Skripkin "oliy ta'limdagi korrupsiyani davlat xizmatchisi tomonidan mansab vakolatini susistemol qilishi natijasida ta'lim olish huquqiga, sifatiga, tengligiga salbiy ta'sir qiluvchi harakatlar", deb baholaydi. Mazkur tarifda oliy ta'lim sohasidagi "korrupsiya" tushunchasining o'ziga xos xususiyatlari ochib berilgan bo'lsada, tarifda faqatgina sohadagi korrupsiya-ning salbiy oqibatlarini yoritish bilan cheklanilgan.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Xalqaro oliy ta'lim markazi tadqiqotchisi E. Denisova oliy ta'lim sohasidagi "korrupsiya" tushunchasiga "akademik halollikni mavjud emasligini" deb tarif bergan. Uning fikricha korrupsiya tushunchasi zamon bilan bir meyorda o'zgarib boradi. Misol uchun, o'rta asrlarda Yevropa universitetlarida talabalarni o'qituvchilar va universitet mansabdorlariga odatiy to'lovlar berishgan bo'lsa, o'tgan asrning boshlarida Germaniyada plagiat tushunchasiga "faqat ilmiy muammo" sifatida qaralgan. Oliy ta'lim sohasidagi korrupsiyaviy huquqbuzarliklar boshqa sohadagi korrupsiyaviy huquqbuzarliklardan ijtimoiy munosabatlar obyekti, munosabat subyektlari, huquqbuzarlik motivi va maqsadi qarab farq qiladi. Biroq, ushbu farqlovchi omillarning barchasi bir vaqtda namoyon bo'lgan ijtimoiy munosabatlar bo'lishi lozim.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, oliy ta'lim sohasidagi "korrupsiya" umumiy "korrupsiya" tarkibiga kiruvchi korrupsiyaviy huquqbuzarlik turlaridan biri hisoblanadi. Tadqiqot olib borish jarayonlarida "korrupsiya", "oliy ta'lim sohasida korrupsiya" tushunchalariga oid zarur tushunchalarni aniqlashtirib olish ilmiy jarayonda nazariy jihatlarga nisbatan to'g'ri yondashuvni ta;minlashga xizmat qiladi. Ushbu tushunchalar o'rganilayotgan mavzuning fundamental nazariy asoslari bo'lib, oliy ta'lim sohasidagi korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni boshqa sohalar-dagi korrupsiyaviy huquqbuzarliklardan faqlash imkoniyatini beradi.
REFERENCES
1. Узбекистан Республикаси конун хужжатлар маълумотлари миллий базаси, 2019 й., 3/19/542/3177-сон. URL: https://lex.uz/docs/3088008.
2. БМТнинг 2003 йил 31 октябрдаги "Коррупцияга карши курашиш тугрисидаги конвенция", Нью-Йорк, 2004 йил. URL: https://lex.uz/docs/1461327.
3. Кузнецова Н.Ф. Коррупция в системе уголовных преступлений - Вестник МГУ. - Сер. 11. -1993. № 1. С.21.4. Комиссаров В.С. "Уголовно-правовые аспекты борьбы с коррупцией", Вестник МГУ. Сер. 11. - 1993. - № 1. С. 26. URL: http://cj.bgu.ru/reader/article.aspx?id= 21340.
4. Власенко Н.А, Цирин А.М, Спектор Е.И. Словарь-справочник. - М, 2016. -С. 82. // URL: https://www.twirpx.com/file/2947687/.
5. Denisova E. Corruption in Higher education: Global Challenges and Responses, 2020.P2.URL:https://books.google.co.uz/books?id=hFTqDwAAQBAJ&pg=PP5&hl = ru&source=gbs_selected_ pages&cad= 2#v=onepage&q&f=false
XULOSA
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
6. Балыков П.Н и другие. Организация психологической работы антикоррупционной направленности в таможенных органах Российской Федерации. Методические рекомендации. - СПБ, 2010. - Б. 20. // URL: https://books. ifmo.ru/file/pdf/739.pdf
7. URL: https://www.academia.edu/21691591 / corruption_in_higher_education_ fiction_or_ reality_corruption_in_ higher_education_fiction_or_ reality.
8. URL: https://www.etymonline.com/word/corruption
9. URL: https://www.transparency.org/en/what-is-corruption.
10. URL: https://m.minjust.uz/uz/press-center/news/101954/.