Научная статья на тему 'IQTISODIY SOHADAGI KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHNING DOLZARB MUAMMOLARI'

IQTISODIY SOHADAGI KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHNING DOLZARB MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1490
116
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
iqtisodiy xavfsizlik / korrupsiya / iqtisodiyotning kriminallashuvi / economic security / corruption / criminalization of the economy

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Rahimov, Sarvar Abdumutallibjonovich

Maqolada davlatning iqtisodiy xavfsizligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taʼsir o‘tkazuvchi iqtisodiy sohadagi korrupsiyaga qarshi kurashish muammolari va ularning yechimlari ko‘rib chiqilgan. Muallif tomonidan korrupsiyaning hajmi, statistik, moliyaviy, soliq hisobotlaridagi yo‘qotishlarning hajmi, iqtisodiyotning shaffofligini pasayishi holatlari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CURRENT PROBLEMS IN THE FIGHT AGAINST CORRUPTION IN THE ECONOMIC SECTOR

This paper discusses issues related to the solution of actual problems of anti-corruption in the economic sphere, with an impact on the state of economic security. The author analyzes the extent of corruption, the extent of the distortion of statistical, financial, tax reporting, reduce the transparency of the economy.

Текст научной работы на тему «IQTISODIY SOHADAGI KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHNING DOLZARB MUAMMOLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

IQTISODIY SOHADAGI KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHNING DOLZARB MUAMMOLARI

Rahimov Sarvar Abdumutallibjonovich

Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi mustaqil tadqiqotchisi

s .rakhimov@customs .uz

ANNOTATSIYA

Maqolada davlatning iqtisodiy xavfsizligiga to 'g 'ridan-to 'g 'ri ta 'sir o 'tkazuvchi iqtisodiy sohadagi korrupsiyaga qarshi kurashish muammolari va ularning yechimlari ko'rib chiqilgan. Muallif tomonidan korrupsiyaning hajmi, statistik, moliyaviy, soliq hisobotlaridagi yo 'qotishlarning hajmi, iqtisodiyotning shaffofligini pasayishi holatlari yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: iqtisodiy xavfsizlik, korrupsiya, iqtisodiyotning kriminallashuvi

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассматриваются вопросы, связанные с решением актуальных проблем противодействия коррупции в экономической сфере, оказывающей влияние на состояние экономической безопасности государства. Автором анализируются масштабы коррупции, масштабы искажения статистической, финансовой, налоговой отчетности, снижения транспарентности экономики.

Ключевые слова: экономическая безопасность, коррупция, криминализация экономики

ABSTRACT

This paper discusses issues related to the solution of actual problems of anticorruption in the economic sphere, with an impact on the state of economic security. The author analyzes the extent of corruption, the extent of the distortion of statistical, financial, tax reporting, reduce the transparency of the economy.

Keywords: economic security, corruption, criminalization of the economy

KIRISH

Korrupsiya O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy xavfsizligiga to'g'ridan-to'g'ri salbiy ta'sirini ko'rsatayotgan asosiy tahdidlardan biri hisoblanadi.

Ta'kidlash joizki, ko'p yillar davomida korrupsiya muammosiga yetarlicha ahamiyat berilmaganligi natijasida uning davlat iqtisodiyotiga siyosiy, moddiy va ma'naviy ta'siri ko'lami ortib ketdi. Natijada, davlatimizda amalga oshirilayotgan yangi tub islohotlarning birinchi qadami korrupsiyaga qarshi kurashishning yangi

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

mexanizmlarini yaratish va buni davlat siyosati darajasiga olib chiqish bo'lishi kerakligiga alohida e'tibor qaratilib, mazkur masalani dolzarbligi favqulodda ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy ahamiyat qaratilishini talab etdi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

a) Muammoning qo'yilishi va o'rganilganligi

Shuni qayd etib o'tish lozimki, so'nggi vaqtlarda yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashishga qattiq e'tibor qaratilmoqda. Bu boradagi davlat siyosati tizimli amalga oshirilib kelinmoqda. Xukumat tomonidan jamiyatning barcha korrupsiya xavfsi bor sohalarida bu siyosatni to'g'ri yuritilishiga harakat qilinmoqda.

2017 yil 3 yanvar kuni O'zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashishning yangi davri boshlandi, ya'ni "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi Qonun qabul qilindi. Qonunning 20-moddasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va tadbirkorlik sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar belgilab berildi.

Shu bilan birga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2752-son qarori bilan "2017-2018 yillarga mo'ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha" va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi PF-5729-son Farmoni bilan "2019-2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish" Davlat dasturlari tasdiqlandi.

Qonun va qonunosti hujjatlari asosida barcha davlat tashkilotlari, xususiy sohalar va fuqarolik jamiyati tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha idoraviy komissiyalar tashkil etildi. Shuningdek, korrupsiya holatlari bo'yicha xabardor qilish mexanizmi va aniqlangan holatlar bo'yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning huquqiy va amaliy asoslari yaratildi.

Lekin, mavjud vaziyat iqtisodiyotni yana-da o'stirish, mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash borasidagi strategik vazifalarni hal etish korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta'minlash hamda korrupsiya ko'rinishlarining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish bo'yicha yangi tizimli choralar ko'rilishini taqozo qilmoqda.

Chunki, xukumat va jamoatchilik tomonidan ko'rilayotgan choralarga qaramasdan, korrupsiya oldingiday iqtisodiy mexanizmlar faoliyatiga, milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish jarayonlari va ijtimoiy islohotlarning jadal olib borilishiga qiyinchilik tug'dirayotganligi, jamiyatda davlat boshqaruv institutlari faoliyatiga ishonchsizlikni ortishi kabi jiddiy xavfni yuzaga keltirish bilan bir qatorda jaxon arenasida O'zbekistonning imidjiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.

744

Scientific Journal Impact Factor

Bu kabi holatlar o'z o'rnida, O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash uchun iqtisodiy sohadagi korrupsiyaga qarshi kurashish muammolarini tadqiq qilish va muhim chora-tadbirlarni belgilash zaruriyatini tug'diradi.

Bugungi kunda, iqtisodiy sohadagi korrupsiyaga qarshi kurashishning eng dolzarb muammosi uning keng miqyosli bo'lib ulgurganligida.

Ta'kidlash joizki, mustaqillikning dastlabki yillaridan 2017 yil yanvar oyiga qadar davr oralig'ida korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari va amaliy mexanizmlari to'liq ishlab chiqilmaganligi sababli "maishiy korrupsiya" holatlari soni ortib ketdi.

Lekin, korrupsiyaga qarshi kurashish yangi davri va bu illatga qarshi olib borilgan keng miqyosli tashviqot va targ'ibotlar shuni ko'rsatdiki, ijtimoiy sohadagi "maishiy korrupsiya"ning hajmi iqtisodiy sohada faoliyat olib borayotgan yuqori mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilgan korrupsiya holatlarining miqdoriga nisbatan juda kichik miqdorni tashkil etmoqda.

Sodir etilayotgan aksariyat korrupsiya jinoyatlarining namoyon bo'lish belgilaridan biri ish beruvchining manfaatlari bilan mansabdor shaxs xatti-harakatlari orasidagi konfliktlar yoki jamiyat manfaatlari bilan saylangan shaxslarning xatti-harakatlari orasidagi konfliktlarda ko'rinmoqda.

Shuningdek, keng tarqalgan korrupsiyaning turlaridan biri davlat boshqaruviga qarshi jinoyatlar qatoriga kiruvchi mansabdor shaxslar tomonidan sodir etiladigan firibgarlik hisoblanadi.

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, o'zining mulki hisoblanmagan resurslarni mutlaq boshqarish huquqi berilgan har qanday shaxs (hukumat vakili, deputat, sudya, huquqni muxofaza qiluvchi organ xodimi, administrator, malaka attestati beruvchilar, vrach va boshqalar) tomonidan korrupsiya jinoyatlari sodir etilishi mumkin.

Bunda, korrupsiyani sodir etish uchun motiv bo'lib, mansab vakolatlaridan foydalangan holda qo'lga kiritiladigan renta - iqtisodiy foyda olishga bo'lgan imkoniyatning mavjudligida bo'lib, jinoyatdan qaytaruvchi stimul esa ta'sir qilish va jazo xavfining muqarrarligi hisoblanadi [1].

Makroiqtisodiy va siyosiy-iqtisodiy tadqiqotlar natijasiga ko'ra, korrupsiya iqtisodiy o'sish va rivojlanishga eng katta tahdid bo'lib, amalga oshirilayotgan har qanday islohotlarni xavf ostida qoldirishi mumkin [2].

b) muammo yechimining umumiy konsepsiyasi

Iqtisodiyotning kriminallashuvi va bu jarayonlarda sodir etiladigan korrupsiyaning sodir bo'lishi jarayonini tadqiq qilish murakkab va turli ko'rinishlarda

Scientific Journal Impact Factor

namoyon bo'luvchi muammoli holat hisoblanadi. Sababi, fuqarolaming iqtisodiy munosabatlaridan tortib hukumat tomonidan amalga oshiriladigan iqtisodiy jarayonlargacha, shuningdek, moliyaviy va xo'jalik yuritish faoliyatigacha barchasi turli xilda bo'lganligi uchun ham iqtisodiy munosabatlar murakkab va turli ko'rinishlarda namoyon bo'ladi.

Bu borada murakkablikni quyidagicha izohlash mumkin:

- xo'jalik yuritish faoliyatlarining ko'plab shakllari qonuniy tartibga solinmagan;

- iqtisodiy, xo'jalik yuritish va moliyaviy sohalarda qonunchilik bazasidagi muammoli holatlarning mavjudligi;

- iqtisodiy-moliyaviy munosabatlarda noqonuniy yoki yarim qonuniy vakolat beruvchi qonunosti hujjatlarni imzolanishiga yo'l qo'yib berayotgan yuqori rangda xizmat olib borayotgan davlat xizmatchilari bilan korrupsiyaviy munosabat o'rnatgan "kulrang iqtisodiyot" vakillari tomonidan amalga oshirilayotgan lobbi faoliyatlari mavjudligi va boshqalar.

Shuni ham ta'kidlab o'tish joizki, iqtisodiy sohadagi korrupsiya ikki taraflama munosabatlarni o'zida namoyon qiladi.

Avvalo u orqali jinoiy yo'l bilan orttirilgan va legallashtirilgan mablag'lar miqdorini aniqlash mumkin.

Ikkinchidan, korrupsiyaning keng yoyilishi sabablaridan biri sifatida iqtisodiy sohani o'zini olish ham mumkin. Chunki, mustaqillikni dastlabki yillarida jinoyatchilikka qarshi kurashishning samarali tizimi yaratilgunga qadar davr oralig'ida, uyushgan jinoyatchiliki, asosan iqtisodiy sohadagi uyushgan jinoyatchilikning ildiz otib ketganligini afsus bilan aytib o'tish lozim.

Jinoiy guruhlar va jamiyatlar o'z maqsadlariga erishish uchun "qayishqoq" usullardan foydalanib kelishmoqda. Jinoiy faoliyat bilan shug'ulluvchi korxona va tashkilotlar o'zlarining keng tarmog'i va davlat boshqaruv organlaridagi korrupsion aloqalarning mavjudligidan foydalangan holda, bugungi kunda nafaqat bir qator iqtisodiy faoliyat turlari ustidan nazoratni olib borish bilan bir qatorda, noqonuniy boyish manbaalarini kengaytirishga harakat qilib kelishmoqda.

Shu o'rinda ta'kidlab o'tish joizki, huquqni muxofaza qiluvchi organlar tomonidan uyushgan jinoyatchilikning moliyaviy asoslarini qo'porish maqsadida olib borilayotgan chora-tadbirlar samarasizligini ko'rsatishi bilan bir qatorda, jinoiy tuzilmalarning shafqatsiz qarshilik ko'rsatishini ham keltirib chiqarmoqda. Ular o'z-o'zini saqlash instikti asosida amaldagi qonunchilikdagi bo'shliqlardan foydalanib, shuningdek, sotib olish, shantaj qilish va tahdid qilish hamda davlat boshqaruv va organlari xodimlari, jamiyatchilik a'zolarini va tadbirkorlarni o'ldirishgacha

Scientific Journal Impact Factor

bo'lgan choralarni qo'llagan holda siyosiy va iqtisodiy jarayonlarga o'zining ta'sirini o'tkazish uchun xukumatdagi tarafdorlari qo'llab-quvvatlashga harakat qilishmoqda.

Bugungi kunda, korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha kompleks yondashuv shakllantirilmoqda. Lekin, bu yondashuvlarda korrupsiyaning shakllanishini mintaqaviy hususiyatlarini inobatga olinmaganligi sababli korrupsiyaning ayrim ko'rinishlari va turlari bilangina qarshi kurashish ishlari olib borilmoqda.

Ta'kidlash joizki, korrupsiyaga qarshi kurashishning samarasizligini 2 ta asosiy sabab bilan bog'lash mumkin.

Birinchidan, "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi Qonun talablari asosida korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyati Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha respublika idoralararo komissiyasi tomonidan muvofiqlashtirilmoqda.

Lekin, Respublika idoralararo komissiyasi korrupsiyaga qarshi bevosita kurash olib bormasligi va qarshi kurashuvchi organlar hamda tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarning tahlili asosidagina amalga oshirilgan ishlar samaradorligini baholaganligi uchun hozirda korrupsiyaga qarshi kurashishning yagona tizimi mavjud emas.

Shu sababli, korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha har bir organ hamda tashkilotning o'z standarti va mexanizmi mavjud.

Shu o'rinda, iqtisodiy sohadagi korrupsiya faqatgina bir tizim yoki vazirlik doirasida amalga oshirilmasligi olib borilgan o'rganishlar davomida aniqlangan.

Misol tariqasida, bojxona sohasidagi korrupsiyani ko'rib chiqsak. Tovarlar importida turli xil iqtisodiy jinoyatlar mavjud. Mazkur iqtisodiy jinoyatlarning barchasidan korrupsiya elementlarini aniqlash mumkin.

Jumladan, import tariqasida olib kelinayotgan tovarlarga bojxona bojlarini to'liq to'lanmasligi uchun ayrim mansabdor shaxslar o'z mansab vakolatlaridan chetga chiqqan holda bojxona posti xodimlari yoki ularga bevosita rahbar shaxslar bilan moddiy manfaatdorlik evaziga yoki tazyiq o'tkazish yo'li bilan til biriktirishadi.

Bu holatda, korrupsiya jinoyati iqtisodiy sohada sodir etildi va bunda birdan ortiq va turli davlat organlariga mansub bo'lgan mansabdor shaxslar ishtirok etdi.

Yuqoridagiga o'xshash korrupsion sxemalarni ko'plab turini uchratishimiz mumkin. Bunday jinoiy faoliyatga birgina bojxona sohasida qarshi kurashish bilan muammoni to'liq yo'q qilib bo'lmaydi. Sababi, korrupsion sxemaning yaratuvchisi bo'lgan mansabdor shaxsga nisbatan hech qanday chora ko'rilmayotganligi,

Scientific Journal Impact Factor

ko'pincha ularning aniqlanmay qolayotganligi kelgusida huddi shunday jinoyatni qayta sodir etilishiga sharoit yaratib beradi.

Yuqoridagilarga asosan, iqtisodiy sohadagi korrupsiyaga qarshi kurashishda samarali vositalardan biri axborot tahliliy faoliyatni takomillashtirish hisoblanadi.

Axborot tahliliy faoliyat asosida korrupsiyani keltirib chiqarayotgan va uning yoyilishiga sharoit yaratib berayotgan omillarni tizimli tahlil qilish orqali tezkor-qidiruv tadbirlarini kerakli ma'lumotlar majmui bilan ta'minlab berish mumki

Korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali chora-tadbirlaridan biri huquqni muxofaza qiluvchi va vakolatga ega organlar tomonidan o'tkaziladigan tezkor-qidiruv tadbirlari hisoblanadi.

Tezkor-qidiruv tadbirlari ko'zlangan natijani berishi uchun uni tegishli axborot bilan ta'minlanganlik darajasi yuqori bo'lishi lozim.

Iqtisodiy sohadagi korrupsiyaga samarali qarshi kurashish tizimini shakllantirish uchun iqtisodiyotning har bir bo'g'inida tizimli tahlil ishlarini jadallashtirish uchun korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organlarda axborot-tahliliy faoliyatni takomillashtirishni muammoning yechimi sifatida ko'rsatishimiz mumkin.

REFERENCES

1. Bogdanov I.Ya., Kalinin A.P. Korrupsiya v Rossii: sotsialno- konomicheskiye aspekti. M., 2001; Houston D.A. Can Corruption Ever Improve an Economy // Cato Journal. 2007. Vol. 27. № 3

2. Богданов И.Я., Калинин А.П. Коррупция в России: социально-экономические аспекты. М., 2001; Houston D.A. Can Corruption Ever Improve an Economy // Cato Journal. 2007. Vol. 27. № 3

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.