Научная статья на тему 'KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH SOHASINI TAKOMILLASHTIRISH'

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH SOHASINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
208
47
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
korrupsiya / poraxo‘rlik / korrupsiyaga qarshi islohotlar / korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish. / corruption / bribery / anti-corruption reforms / improvement of the anti-corruption system.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Aripov, Alisher Sayfiddinovich

Maqolada korrupsiya, shu jumladan poraxo‘rlik jinoyatlarining oqibatlari va zarari, bunday jinoyatlarga qarshi kurashishning o‘ziga xos ahamiyati hamda yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada qonunchiligimizga kiritilayotgan yangiliklar va ularni yanada mustahkamlash uchun qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan takliflar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVING THE ANTI-CORRUPTION AREA

The article discusses the consequences and harm of corruption, including bribery, the importance of combating such crimes and the work carried out in the field of combating corruption in our country, innovations in our legislation in this regard and the implementation of additional measures to further strengthen Proposals are made.

Текст научной работы на тему «KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH SOHASINI TAKOMILLASHTIRISH»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH SOHASINI TAKOMILLASHTIRISH

Aripov Alisher Sayfiddinovich

O'zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Akademiyasi "Tashkiliy-taktik boshqaruv" mutaxassisligi magistratura tinglovchisi

Maqolada korrupsiya, shu jumladan poraxo 'rlik jinoyatlarining oqibatlari va zarari, bunday jinoyatlarga qarshi kurashishning o'ziga xos ahamiyati hamda yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada qonunchiligimizga kiritilayotgan yangiliklar va ularni yanada mustahkamlash uchun qo'shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan takliflar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: korrupsiya, poraxo'rlik, korrupsiyaga qarshi islohotlar, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish.

The article discusses the consequences and harm of corruption, including bribery, the importance of combating such crimes and the work carried out in the field of combating corruption in our country, innovations in our legislation in this regard and the implementation of additional measures to further strengthen Proposals are made.

Keywords: corruption, bribery, anti-corruption reforms, improvement of the anti-corruption system.

В статье рассматриваются последствия и вред коррупции, в том числе взяточничества, важность борьбы с такими преступлениями и работа, проводимая в сфере борьбы с коррупцией в нашей стране, нововведения в нашем законодательстве в связи с этим и реализация дополнительных мер по дальнейшему укреплению Вносятся предложения.

Ключевые слова: коррупция, взяточничество, антикоррупционные реформы, совершенствование системы противодействия коррупции.

Mamlakatimizda davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish, uni keltirib chiqarayotgan sabab va shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish borasida tizimli choralar ko'rilmoqda. Xususan, bir qator vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

hokimiyat organlarida ISO 37001:2016 xalqaro standartiga asosan korrupsiyaga qarshi menejment tizimi joriy etilib, korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha ichki idoraviy hujjatlar qabul qilindi. Shu bilan birga, "korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini baholash mexanizmlari mavjud emasligi sohada amalga oshirilayotgan tadbirlarga yagona mezon asosida xolisona baho berish va ularning natijadorligini yanada oshirishga to'sqinlik qilmoqda" 1

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirildi. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yo'naltirilgan tizimli choralar ko'rildi.

Islohotlarni amalga oshirish doirasida fuqarolarning huquq va manfaatlari himoya qilinishi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligi, jamoat va parlament nazoratini ta'minlash mexanizmlari takomillashtirildi, shuningdek, huquqni muhofaza qilish va sud organlari faoliyatining huquqiy asoslari isloh qilindi.

Shu bilan birga, iqtisodiyotni yanada o'stirish, xalq farovonligini oshirish, mamlakatda investisiya muhitini yaxshilash borasidagi strategik vazifalarni hal etish korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta'minlash hamda korrupsiya ko'rinishlarining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish bo'yicha yangi tizimli choralar ko'rilishini taqozo qilmoqda.2 Ayniqsa, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasining omil va vositalarini takomillashtirish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.

Shu o'rinda e'tirof etish joizki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-sonli Farmonida xalq bilan ochiq muloqotning mexanizmlarini yanada takomillashtirish, muhim qarorlarni jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda qabul qilish amaliyotini kengaytirish asosiy maqsadlardan biri sifatida ko'rsatib o'tilgan.

Bunda davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatiga oid samaradorlik ko'rsatkichlarini belgilash va ularni ilg'or xalqaro standartlar asosida baholash tizimini joriy etish har bir jabhani oqilona va adolatli boshqaruvini tashkil

1 Y36eKHCTOH Pecny6^HKacu npe3HgeHTHHHHr 2022 hhïï 12 aHBapbgaru "Коppyпцннra rçapmu Kypamum Hm^apHHHHr caMapagop^uruHH pemHHr 6a^o^am th3hmhhh ®opun этнm Hopa-Tag6upnapH TyrpHCHga"rH n^-81-coh Kapopu.

2 Y36eKHCTOH Pecny6^HKacu npe3HgeHTHHHHr 2019 hhïï 27 Mangaru "Y36eKHCTOH Pecny6^HKacuga коppyпцнara rçapmu Kypamum th3hmhhh aHaga TaKOMH^amrapum Hopa-Tag6upnapH Tyrpucuga" ru n®-5729-coH ®apMOHH.

556

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

etishga asos bo'ladi, aholi orasida korrupsiyaga qarshi kurashuvchi murosasiz "immun tizimi"ni paydo bo'lishiga sabab bo'ladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash quyidagi beshta yo'nalish bo'yicha belgilangan indikatorlar 3 asosida amalga oshiriladi:

birinchidan, davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha mexanizm va huquqiy asoslarning yaratilganligi hamda amaliyotga tadbiq etilganligi;

ikkinchidan, korrupsiyaviy xavf-xatarni aniqlash, baholash va ularni kamaytirish bo'yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilganligi;

uchinchidan, davlat tashkilotlari rahbarlarining korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni ko'rsatuvchi xatti-harakatlarining mavjudligi;

to'rtinchidan, xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ichki tartib taomillardan xabardorligi hamda ushbu sohada bilim va ko'nikmalarini oshirish bo'yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilganligi;

beshinchidan, korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha tegishli soha yoki tarmoq kesimida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan targ'ibot tadbirlarining samaradorligi.

Fikrimizcha, har bir rahbar o'zi liderlik qilayotgan jamoada namuna bo'lishi, bunda xalqimizda "baliq boshidan..." degan iboraga amal qilishi maqsadga muvofiq bo'ladi.

Yurtimizda amalga oshirilayotgan bir qancha islohotlarga qaramasdan, ushbu o'zgarishlarni barcha birdek to'g'ri qabul qilib, amalda unumli foydalanib, ishini samarali tashkil qilayotgani yo'q. Shu jumladan, ba'zi bir rahbarlar tomonidan ham xato va kamchiliklarga yo'l qo'yilib kelinmoqda. Yetarli tajriba va bilimga ega bo'lmaganligi, o'z ustida doimiy ishlamasligi, saviyasining pastligi kabi sabab larga ko'ra o'zi rahbarlik qilayotgan jamoani boshqarishda qiyinchiliklarga duch kelinmoqda. Shuningdek, rahbarlar tomonidan qabul qilinayotgan yoki ijrosi ta'minlanayotgan qonunchilik xujjatlarini amalda qo'llashda korrupsion holatlar uchrab turibdi. Qonunchilik xujjatlaridagi korrupsion holatlarga yo'l qo'yilishi natijasida aholi orasida hukumatga nisbatan norozilik kayfiyatini uyg'onishiga sabab bo'lmoqda.

3 Y36eKHCTOH Pecnyö^HKacH npe3HgeHTHHHHr 2022 hh^ 12 aHBapbgaru "Коррупцннra ^apmu Kypamum Hm^apHHHHr caMapagop^uruHH peHTHHr 6a^o^am th3hmhhh ®opun этнm Hopa-Tag6Hp^apH TyrpucHga" ru n^-81-coh Kapopu.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Shu o'rinda aytish joizki, birgina noto'g'ri qabul qilingan qaror ko'pgina insonlarning hayot yo'lini umuman boshqa tomonga burib yuborishi mumkin. Bunday sabablar shaxsning davlatga va o'z kelajagiga nisbatan ishonchisizligini keltirib chiqaradi. Shuning uchun ham, turli sohalarni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o'tkazish muhim ahamiyat kasb etadi.

Adliya vazirligi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda qurilish, sog'liqni saqlash, oliy ta'lim va davlat xaridlari sohalarini tartibga soluvchi 226 ta qonunchilik hujjatlari korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o'tkazilganligi va natijasiga ko'ra ushbu hujjatlarning 75 tasida 302 ta korrupsiyaviy omillar aniqlanganligi yuqoridagi fikrimizning yaqqol isboti hisoblanadi.4

Bugungi kunga qadar qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni yoki kelgusida amalda tatbiq etilishi mumkin bo'lgan xujjatlarning loyihalarini to'liq korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o'tkazish, korrupsiyaviy omillar aniqlangan xujjatlardan voz kechish, bir-birini takrorlovchi xujjatlarni birlashtirish, byurokratik funksiyalarni umuman yo'q qilish, mamlakatda barcha xujjatlar aylanmasi tizimini qog'ozbozlikdan voz kechib, to'laqonli elektron tartibga o'tish zarurati tug'ilmoqda.

Fikrimizcha, elektron xujjatlar aylanmasi xavfsiligini ta'minlovchi va tartibga soluvchi kiberxavfsiz dasturni yo'lga qo'yish zarur. Xujjatlarni imzolashda, tasdiqlashdagi inson omilidan xoli tizimni yo'lga qo'ya olsak, korrupsion holatlarni oldini olishga qaratilgan yana bir qadam bo'ladi. Afzallik tomonlariga e'tibor qaratadigan bo'lsak, qog'oz uchun milliardlab sarflanadigan xarajatlar qisqaradi, navbat kutishlar yo'qoladi, poraxo'rlikka moyil bo'lgan shaxslarga turli ko'rinishdagi iltimoslar qilinishiga yo'l qo'yilmaydi, elektron tartibdagi xujjatlarni tahlil qilish, ulardagi korrupsiyaviy omillarni aniqlash va o'z vaqtida bartaraf qilish oson bo'ladi hamda davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatida ochiqlik, oshkoralik va shaffoflik yanada kuchliroq ta'minlanadi.

Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatida ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni ta'minlash hamda mansabdor shaxslarning aholi oldidagi hisobdorligini yo'lga qo'yish orqali davlat boshqaruvida samarali va ta'sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratildi. Ilk bor korrupsiyaviy xavflarni aniqlash va tizimli tahlil qilish, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf qilish uchun mas'ul bo'lgan alohida organ — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etilganligini alohida e'tirof etish lozim.

4 Y36eKHCTOH Pecny6^HKacu npe3ugeHTHHHHr 2021 hhïï 22 OKTa6pbgaru "HopMaTHB-xy^y^HÖ xy^^araap Ba y^apHHHr ^OHHxa^apHHH коppyпцннra rçapmu экcпеpтнзagaн yTKa3umHH aHaga TaKOMH^amTupum nopa-Tag6up^apH Typpucuga" ru nK-5263-coH Kapopu.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Ushbu qonun loyihalarini tayyorlashdan asosiy maqsad noqonuniy daromad yoki pora olish natijasida orttirilgan mol-mulkni aniqlash hisoblanadi. Lekin shuni inobatga olish joizki, har qanday noqonuniy ish qilayotgan shaxs o'zining kirdikorlarini yuqori darajada yashirishga, javobgarlikdan qochishga harakat qiladi, oshkor bo'lib qolishdan qo'rqib, barcha choralarni ko'radi va buning uchun qattiq harakat qiladi. Shunday ekan, bu kabi qonun xujjatlarini hayotga tatbiq qilish katta mas'uliyat va kuch talab qiladi. Bunda turli o'tib bo'lmas to'siqlar yuzaga kelishi mumkin.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 sentabrdagi "O'zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6065-son Farmoniga asosan hozirda joriy etilgan ID-karta chipida ID-karta egasining biografik ma'lumotlari, millati, raqamli surati, qo'l barmoqlarining izlari va elektron raqamli imzo kalitining sertifikati ma'lumotlari joylashtirilmoqda.

Agarda aholiga davlat xizmatlarini ko'rsatishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanilib, turli axborot tizimlarida va masofaviy xizmat ko'rsatishda ushbu ID-kartalar chipiga karta egasining daromadlari, mol-mulki, soliq yoki kredit qarzdorliklari va boshqa qarzdorliklari, kasbi yoki ma'lumoti, o'qish yoki ish joyi, nikohi, yaqin qarindoshlari, tadbirkorlik faoliyati, sudlanganligi, ma'muriy javobgarlikka tortilganligi, chet el fuqaroligiga ega ekanligi to'g'risidagi malumotlari qo'shilib, shaxsni identifikatsiyalashning yagona mexanizmi to'liq joriy etilsa, noqonuniy yo'llar orqali daromad qilish, shu jumladan poraxo'rlik jinoyatlarini sodir etilishi anchagina kamaygan bo'lar edi. Chunki, davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulki to'g'risida ma'lumotni yashirishni imkoni bo'lmasa, noqonuniy daromad qilmaslikka harakat qiladi. Nafaqat davlat xizmatchilari, har bir fuqaroga nisbatan ushbu ma'lumotlarni ID-kartalar chipiga joylashtirilsa, maqsadga muvofiq bo'ladi, chunki davlat xizmatchisi, noqonuniy daromadini davlat xizmatchisi bo'lmagan tanishi yoki qarindoshini nomiga rasmiylashtirib yashirishi mumkin.

Bundan tashqari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlarda ishga qabul qilishni ochiq tanlov asosida amalga oshirish hamda tanlov doirasida o'tkaziladigan sinov tadbirlarini "Internet tarmog'i orqali real vaqt rejimida kuzatishni nazarda tutuvchi tartib"5 joriy etilayotganligi bir qancha korrupsiya bilan bog'liq jinoyatlarni oldini olishda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda.

5 Y36eKHCTOH Pecny6^HKacu npe3ugeHTHHHHr 2021 hh^ 6 HromgarH "Коppyпцнara ^apmu Kypamum ^ao^HHTHHu caMapa^u TamKun этнmra goup ^ymuMna Hopa-Tag6up^ap Tyrpucuga" ru n^-5177-coH Kapopu.

559

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Yuqorida keltirilganidek, shaxs to'g'risidagi barcha ma'lumotlari yagona tizimda jamlanadigan bo'lsa, mavjud bo'sh ish o'rinlari haqida shaxsning kasbi yoki ma'lumotiga qarab ajratgan holda Internet tarmog'i orqali bir yo'la barcha nomzodlar aniqlanib, nomzodlarga xabar yuborilishi, tanlov o'tkazilib, inson omili aralashmagan holda ishga qabul qilinishi mumkin. Bu esa ishga kirish jarayonidagi poraxo'rlik va ta'magirlik holatlariga chek qo'yilishiga sabab bo'lishi mumkin.

Demak, bu borada umumiy qilib aytganda, davlat xizmatida korrupsiya omillarini bartaraf etish, kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilish va ular faoliyati samaradorligini baholashning huquqiy asoslarini takomillashtirish6 lozim.

Albatta, korrupsiyani oldini olishda jamiyatda adolatni ro'yobga chiqarish o'ziga xos ahamiyat kasb etadi. Bunda har bir inson hayotidagi manfaatlarga ziyon yetgan muammoli holatlarda muhim qarorlarni chiqarishi mumkin bo'lgan sud tizimini malakali va halol-pok kadrlar bilan to'ldirish, sud organlarining faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash, fuqarolar va tadbirkorlik sub'ektlarining sud hokimiyatiga bo'lgan ishonchini yanada oshirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Shuningdek, sud hokimiyati tizimida korrupsiya holatlarini keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni chuqur o'rganish va tahlil qilish, korrupsiyaga qarshi kurashishi va uning oldini olish tizimini samarali yo'lga qo'yish talab etilmoqda.7

Quyidagi taklif va tavsiyalarni amalda qo'llash maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:

- har bir rahbarni yoki rahbarlik lavozimiga tayinlanayotgan shaxslarni maxsus psixologik testdan o'tkazish. Ushbu test orqali nomzodning poraxo'rlikka moyillik darajasi tahlil qilinib, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mutaxassislari tomonidan tegishli tavsiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan xulosa ola bilgan nomzodgina, rahbarlik lavozimlarini egallashi mumkin bo'lgan tizimni joriy etish;

- korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinmasligi shart. Bundan tashqari, davlat fuqaroligi xizmatiga aynan qaysi lavozimlar kirishi to'g'risidagi ro'yxatni o'zida mujassamlashtirgan davlat fuqarolik xizmati to'g'risidagi qonun loyihasini tayyorlab, yurtimizda joriy qilish;

6 Y36eKHCTOH Реcпy6ïïнкacн npe3HgeHTHHHHr 2022 hh^ 28 aHBapbgaru "2022-2026 HH^apra My^araaHraH aHru Y36eKHCTOHHHHr Tapa^^HëT CTpaTeruacu TyrpHCHga"rH n®-60-coH^u ®apMOHH.

7 Y36eKHCTOH Реcпy6flнкacн npe3HgeHTHHHHr 2020 HH^ 7 geKa6pbgaru "Cygba^apHHHr HHHaxaM MycTaKH^muHH TaiMHH^am xaMga cyg TH3HMuga коppyпцнaнннг o^guHH onum caMapagop^uruHH omupum Hopa-Tag6Hp^apu TyFpucHga"rH n®-6127-coH ®apMOHH.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

- qonun bilan davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy maqomi, huquq, majburiyatlari, ularni ishga olishda manfaatlar to'qnashuviga yo'l qo'ymaslik choralari ko'rilganligi hamda lavozimga tayinlash tartibi, lavozimlarga tayinlashda shaffoflikka amal qilish kabilar mustahkamlanishi joiz;

- Davlat fuqarolik xizmati to'g'risidagi qonunini qabul qilish bilan birga, unda davlat xizmatchisini rag'batlantirish tartibini aniq ko'rsatish, davlat xizmatchisiga o'zining daromadi va mol-mulki to'g'risida deklaratsiya to'ldirish majburiyatini yuklash, o'zaro yaqin qarindoshlik yoki qudachilikda bo'lgan shaxslar bevosita bo'ysunuv va nazorati ostidagi davlat fuqarolik xizmatini egallashini, pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari foyda oladigan, tadbirkorlik faoliyati bilan yoxud boshqa manfaatli faoliyat bilan shug'ullanishni, o'z mavqeidan foydalanib yoki o'z xizmat vazifasini bajarish evaziga har qanday turdagi mukofot yoki sovg'a olishni, chet el fuqaroligiga ega bo'lishni va respublika hududidan tashqarida bank hisob-varaqlari ochish va boshqa mol-mulkka egalik qilishni qat'iyan taqiqlash zarur;

- mulkiy huquqlarni ishonchli daxlsizligini yanada mustahkamlash va xususiy mulkka egalik qilishda davlat organlari aralashuviga umuman yo'l qo'ymaslikni kafolatlashni kuchaytirish shart;

- shuningdek, shaxsiy ID-kartalar chipiga karta egasining daromadlari, faoliyat bilan shug'ullangan davri, mehnatda rag'batlantirilganligi yoki salbiy harakatlari uchun jazolanganligi, nomida bo'lgan barcha mol-mulki, soliq yoki kredit qarzdorliklari va boshqa qarzdorliklari, unga nisbatan sudlarda ko'rilgan ishlar natijalari, kasbi yoki ma'lumoti, o'qish yoki ish joyi, nikohi, yaqin qarindoshlari, tadbirkorlik ishlari, sudlanganligi, ma'muriy javobgarlikka tortilganligi, intizomiy chora ko'rilganligi, chet el fuqaroligiga ega ekanligi, tarjimai holi va shaxs to'g'risidagi boshqa malumotlar qo'shilib, shaxsni identifikatsiyalashning yagona mexanizmini to'liq joriy etish va ID-karta xotirasida shaxsni tug'ilganidan boshlab amalga oshirilgan jarayonlar jamlangan "Shaxs tarixi" yoki "Fuqaro tarixi" dasturini amalda tatbiq etish zarur va davlat xizmatlari sohasida fuqaro haqida to'liq ma'lumotlarni jamlab, ortiqcha sarsongarchiliklarsiz fuqaro to'g'risida yagona ma'lumotnoma taqdim qila oladigan "Fuqaro tarixi" xizmatini joriy etgan holda amalga oshirish lozim. Shaxs to'g'risidagi ma'lumotlarni integratsiya qilib, hisobga olish tizimini yanada qulay qilish kerak;

- sud organlarining faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash va aholining korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida barcha sud jarayonlarini jonli ravishda doimiy efirga uzatuvchi yangi televizion kanal tashkil qilib, barcha ochiq sud jarayonlarini uzluksiz namoyish qilib borish lozim.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

- jamiyatda umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi va oliy ta'lim muassasalarining o'quv dasturlarida korrupsiyaga qarshi mavzularni yanada kuchaytirilishi, imkoni bo'lsa, fan sifatida o'tilishi, bu orqali yoshlar ongida korrupsiyaga nisbatan murosasizlik tuyg'usini shakllantirilishi, mamlakatimizning kelajakdagi taraqqiyotiga keskin ijobiy burilish yasash zarur.

Zero, korrupsiyaning nafaqat oqibatlarini, balki sabablarini oldindan bartaraf etish bo'yicha ta'sirchan amaliy choralarni ishlab chiqish va amalga oshirish8 kelajakda o'z samarasini bermay qo'ymaydi, bizdan keyingi avlodga halollik va adolatga asoslangan sog'lom turmush-tarzini qoldirishimizga, yoshlar ongida yaxshi bilan yomonni, oq bilan qorani farqlay biladigan irodaviy kuchni hosil bo'li shiga sabab bo'ladi, sinov sifatida berilgan omonat umrni to'g'ri yashashlariga va natijada yaxshi kunlarni ko'rishlariga muhim omil bo'ladi. Har bir inson o'zidan iz qoldirishni xoxlaydi, bizdan kelajak avlodga qoladigan yagona esdalik bu halollikka asoslangan yaxshiliklar bo'lishi mumkin...

Xalqimiz qanchalar ko'p "halollik vaksinasi bilan emlansa", o'zini yomon illatlardan tozalab, yaxshi amallar bilan isloh qilsa, jamiyatimiz hayoti shunchalar tez taraqqiyotga erishadi, insonlar o'zligini anglash sari odimlab boraveradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 12 yanvardagi "Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-81-son Qarori.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 22 oktabrdagi "Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o'tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-5263-son Qarori.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi "Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo'lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6257-son Farmoni.

8 Y36eKHCTOH Реcпy6ïïнкacн npe3ugeHTHHHHr 2022 hhïï 28 aHBapbgaru "2022-2026 HH^^apra My^aœraHraH aHru Y36eKHCTOHHHHr Tapa^^HëT CTpaTeruacu TyrpHCHga"rH n®-60-coH^u ®apMOHH.

XULOSA

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi "Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi PQ-5177-son Qarori.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-sonli Farmoni.

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 dekabrdagi "Sudyalarning chinakam mustaqilligini ta'minlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PF-6127-son Farmoni.

7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi "O'zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PF-5729-son Farmoni.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.