Научная статья на тему 'OLIY TAʼLIM MUASSASASI TALABALARIDA IJTIMOIY FAOLLIKNI OSHIRISH OMILLARI'

OLIY TAʼLIM MUASSASASI TALABALARIDA IJTIMOIY FAOLLIKNI OSHIRISH OMILLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ijtimoiy faollik / ma’naviy faollik / madaniyat / keng dunyoqarash / ijtimoiylik / pedagogik vaziyat / ko‘nikma.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Hakimova Muhabbat Fayziyevna, Ne’Matova Mavsuma Ulug’Bek Qizi

Maqolada o‘quvchilar o‘rtasida so‘rovnomalar orqali bola tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatuvchi pedagogik, ijtimoiy, psixologik shart-sharoitlarni o‘rganish va milliy mentalitetimizga mos keladigan tarbiya uslubini tanlash, ish jarayonida unumli foydalanish haqida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLIY TAʼLIM MUASSASASI TALABALARIDA IJTIMOIY FAOLLIKNI OSHIRISH OMILLARI»

OLIY TA'LIM MUASSASASI TALABALARIDA IJTIMOIY FAOLLIKNI OSHIRISH

OMILLARI

1Hakimova Muhabbat Fayziyevna, 2Ne'matova Mavsuma Ulug'bek qizi

1TDIU"Innovatsion ta'lim" kafedrasi mudiri, professor, p.f.d.,2TDIUtalabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11548841 Annotatsiya: Maqolada o'quvchilar o'rtasida so'rovnomalar orqali bola tarbiyasiga ta'sir ko'rsatuvchi pedagogik, ijtimoiy, psixologik shart-sharoitlarni o'rganish va milliy mentalitetimizga mos keladigan tarbiya uslubini tanlash, ish jarayonida unumli foydalanish haqida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: ijtimoiy faollik, ma'naviy faollik, madaniyat, keng dunyoqarash, ijtimoiylik, pedagogik vaziyat; ko'nikma.

Kadrlar tayyorlash tizimida ta'limni tubdan isloh qilish hamda zamonaviy innovatsion texnologiyalarni samarali qo'llash yo'lida oliy ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy texnika, o'quv-laboratoriya jihozlari bilan ta'minlash, davlat ta'lim standartlarini takomillashtirish, yangi o'quv adabiyotlarini yaratish, eng asosiysi, kadrlarning kasb malakasi va mahoratini oshirishga qaratilgan innovatsion texnologiyalar asosida samarali ta'lim tizimini shakllantirish va rivojlantirish yo'llarini ishlab chiqish zaruriyati ortmoqda. Milliy ta'lim tizimini isloh etishda innovatsion jarayonlarni qo'llashni faollashtirish va samaradorlikni oshirish masalasini hal etmay turib muvaffaqiyatga erishib bo'lmaydi.

Mamlakatimizni 2017-2021 yillarga rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari bo'yicha Harakatlar strategiyasining ishlab chiqilganligi va ushbu strategiyada: ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag'batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil qilish, kadrlarni salohiyatini muntazam oshirib borish, shuningdek, bo'lajak iqtisodchi mutaxassislarni innovatsion faoliyatini takomillashtirish masalalarining belgilanganligi bu yo'nalishda albatta rivojlangan mamlakatlar tajribasini o'rganish va tahlil qilishni taqozo etishi mumkin.

Oliy pedagogik ta'limning maqsadi - shaxs va jamiyatning ko'plab madaniy-ta'limiy ehtiyojlarini qondirish uchun oliy pedagogik ta'lim muassasasining imkoniyatlarini kengaytirish, ta'lim tizimi uchun mutaxassislarni umummadaniy, ilmiy va kasbiy layoqatlarini rivojlantirish tizimining qulayligini oshirish, bunda mehnat bozori va

iqtisodiyotning ehtiyojlarini aniq hisobga olishdan iborat. Oliy pedagogik ta'lim tizimidagi o'quv jarayoni talabalarning inson va jamiyat, tarix va madaniyat haqidagi bilimlarni o'zlashtirish, tayanch fundamental bilimlarni egallash, ilmiy faoliyatga yo'naltirish, kasbiy pedagogik bilim asoslarini singdirish, pedagogik kreativlikni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirishni beradi. Shu bilan bir qatorda, bo'lajak o'qituvchilarning ta'lim olish va ijodiy pedagogik faoliyatini davom ettirish huquqini ta'minlashdan iborat.

Oliy ta'lim muassasalari mamlakat rivojlanishiga xizmat qiladi. Intellektual resurslarning yuksak darajasiga asoslanuvchi texnologiyalarning taraqqiy etishi va ushbu resurslarga egalik qilishni istagan davlatlarning raqobati XXI asrda nafaqat iqtisodiy tomondan, balki ijtimoiy va siyosiy yuksalishning asosiy omili bo'lib xizmat

qilmoqda. Dunyo mamlakatlaridagi eng yuqori reytingga ega oliy ta'lim dargohlarini qarab chiqadigan bo'lsak, ularning barchasi rivojlangan davlatlar hududida joylashgan va ta'kidlash lozimki, ular o'z mamlakatlarining dunyo hamjamiyatidagi o'rnini yana-da mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Ular tomonidan tarbiyalangan mutaxassislarga mehnat bozorida yuqori talab

bo'lishi bilan birga, dunyo ahamiyatiga ega kashfiyotlar

va tadqiqotlarning salmoqli ulushi aynan ushbu universitetlarga to'g'ri keladi.

Bugungi kunda respublikamiz oliy ta'lim muassasalari talabalarining kreativ salohiyatini oshirish, kasbiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish, o'quv reja, dastur va adabiyotlarni yaratish tizimini yana-da takomillashtirishning xuquqiy-me'yoriy asoslari yaratildi, ta'lim tizimini moddiy-texnik bazasi rivojlantirildi. "Oliy ta'lim bilan qamrov darajasini oshirish, xalqaro standartlar asosida yuqori malakali, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan kadrlarni tayyorlash, ularning intellektual qobiliyatlarini namoyon etishi va ma'naviy barkamol shaxs sifatida shakllanishi uchun zarur shart-sharoit yaratish" kabi vazifalar belgilangan. Bunda talabalarda kasbiy-ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishda kognitiv-informatsion, shaxsiy, madaniyat, kompetensiyaviy paradigmalardan foydalanish, o'qitish sifati diagnostikasini amalga oshirish, tanqidiy fikrlash va rivojlantiruvchi ta'lim texnologiyalarini loyihalashtirish, zamonaviy mutaxassislarni tayyorlashda oliy ta'lim va ishlab chiqarishdagi sinergetik integratsiyani amalga oshirish sharoitlari kengayadi. Bugungi kunda respublikamiz oliy ta'lim muassasalari talabalarining kreativ salohiyatini oshirish, kasbiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish, o'quv reja, dastur va adabiyotlarni yaratish tizimini yanada takomillashtirishning huquqiy-me'yoriy asoslari yaratildi, ta'lim tizimini moddiy-texnik bazasi rivojlantirildi. "Oliy ta'lim bilan qamrov darajasini oshirish, xalqaro standartlar asosida yuqori malakali, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan kadrlarni tayyorlash, ularning intellektual qobiliyatlarini namoyon etishi va ma'naviy barkamol shaxs sifatida shakllanishi uchun zarur shart-sharoit yaratish" kabi vazifalar belgilangan. Bunda talabalarda kasbiy-ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishda kognitiv-informatsion, shaxsiy, madaniyat, kompetensiyaviy paradigmalardan foydalanish, o'qitish sifati diagnostikasini amalga oshirish, tanqidiy fikrlash va rivojlantiruvchi ta'lim texnologiyalarini loyihalashtirish, zamonaviy mutaxassislarni tayyorlashda oliy ta'lim va ishlab chiqarishdagi sinergetik integratsiyani amalga oshirish sharoitlari kengayadi.

2021-yilni mamlakatimizda "Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili" deb e'lon qilinganligi munosabati bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida ham bir qator vazifalarni bajarish ustuvor etib belgilanganligi ham, talaba-yoshlarimizga berilayotgan e'tiborning yuksakligidan dalolat berib turadi. Bu vazifalar sirasiga:

1. Universitetda tayyorlanayotgan mutaxassislarni real iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari bilan uyg'unligini inobatga olgan holda talabayoshlarga ta'lim berish jarayonini samaradorligiga erishish, yoshlarimizning barkamol shaxslar qilib bilim berishga, kasbga yo'naltirishda, xorijiy tillarni o'rgatishda, ta'lim muassasamizda olib boriladigan ta'lim jarayoniga pedagogik va axborot texnologiyalarini keng joriy etishga erishish.

2. Talaba-yoshlarni jahon ta'lim standartlariga mos raqobatbardosh mutaxassislar bo'lishlari uchun Davlat ta'lim standartlari, o'quv dasturlari va o'quv-uslubiy adabiyotlar, elektron darsliklar, multimedia vositalarini yanada takomillashtirish, yoshlarimizni kelgusida yetuk mutaxassis sifatida ishga joylashishi masalasini hal etishda korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik shartnomalarini tuzishga e'tiborni qaratish.

3. Talaba-yoshlarni iqtidori va qobiliyatini ro'yobga chiqarishi uchun yetarli sharoit yaratishga ahamiyat berish, buning uchun universitetda talabayoshlarning intellektual salohiyatini aniqlab olib, ularni turli tanlov va olimpiadalarda ishtirok etishlariga hamda kelgusida ilmiy faoliyatga jalb etishga tizimli amaliy yondashuvni tashkil qilish.

4. Universitetimiz yoshlarining ma'nan, jismonan sog'lom bo'lishlari masalasini ustuvor vazifa sifatida ko'rib, sog'lom turmush tarziga rioya etishlariga, yomon illatlardan yiroq bo'lishlariga jiddiy e'tiborni qaratish zarur, shuningdek, turli ma'naviy tahdidlar ta'siri, "ommaviy madaniyat" xurujlaridan himoya qilishga qaratilgan kompleks chora tadbirlarni amalga oshirish.

Shuningdek, mamlakatimiz oliy ta'lim muassasalari kredit-modul tizimiga o'tayotgan bir davrda, bunday loyihalarni amalga oshirish tegishli me'yoriy-huquqiy hujjatlar hamda moddiy-moliyaviy harajatlarni tayyorlashdan tashqari, ta'lim-ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarini tashkil etadigan omillarni psixologik jihatdan qayta tayyorlashni ham taqozo etadi. Aslida ta'lim uzoq davom etadigan, barcha uchun bir xil davom etadigan jarayon hisoblanadi. Ta'limdagi sifatga uni berishda ishtirok etadigan kishilarning fazilatlari katta ta'sir ko'rsatadi. O'qituvchi bilim emas, balki ta'lim beradi, talabalar esa, ta'lim jarayonida bilimga ega bo'ladi. Bilim esa ta'limning uzluksizligi vositasida beriladigan mavhum tushunchaga ega bo'lgan hodisadir. Bilim 1) mavjudot haqidagi yoki muayyan sohaga oid ma'lumotlar majmuidir; 2) o'qimishlilik darajasi, ma'lumotni ifodalaydi. Bilim xususiylikka ega bo'lsa, ta'lim umumiylikka egadir.

Bugungi ta'limni raqamlashtirish sharoitida ta'lim-tarbiya tizimini insonparvarlik yo'nalishida tubdan o'zgartirish va hozirgi zamon talablari darajasiga ko'tarishning birinchi sharti unga bir butun tizim sifatida yondashish va shunga muvofiq ish olib borishdan iborat. Ma'lumki, har qanday barqaror tizim qismlar va elementlarning muayyan tuzilmalaridan tarkib topadi. Binobarin, undagi har bir qism o'z o'rnida turganda va har qaysisi o'z vazifasini mukammal tarzda bajargandagina tizim tashqi ta'sirlarsiz o'zini-o'zi boshqarish tomon yo'nalishi mumkin. Bu holatda ta'lim-tarbiya tizimining uzluksiz harakati, uzluksiz takomillashuvi uning bir maromda ishlashining zarur sharti bo'lib qoladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-

2. 4947-sonli "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini

3. rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar

4. strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni.

5. Akimova O.B., Ismailova Z.K., Maxsudov P.M., Utkina S.N. Metodika

6. professionalnogo obucheniya. - T.: Navro'z, 2020.-146 s.

7. Tojiboeva D., Yoldoshev A. Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi. Darslik. -

8. T.: Aloqachi, 2018. -568 b.

9. Olimov Sh.Sh. Ma'naviy-axloqiy tarbiya asoslari. (Monografiya). -T.:

10. Fan va texnologiya. 2015. - 228

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.