Kuldashev Sh.A., PhD SamISI, "Iqtisodiyot nazariyasi" kafedrasi katta o'qituvchisi
OLIY TA'LIM MUASSASALARINING RIVOJLANISH HOLATI
TAHLILI
Annotatsiya. Ushbu maqolada oliy ta'lim muassasalarining ta'lim xizmatlari bozoridagi raqobatbardoshligining ahamiyati, raqobatbardoshlikni shakllantirish xususiyatlari va shartlari, oliy ta 'lim muassasalarining rivojlanish holati, oliy ta 'lim muassasalarining rivojlanish ko 'rsatkichlari ko'rib chiqiladi.
Kalit so'zlar: oliy ta'lim, ta'lim xizmatlari, raqobatbardoshlik, innovatsiyalar, korporativ hamkorlik, ko'rsatkichlar va tamoyillar.
Kuldashev Sh.A., PhD senior teacher department "Economic theory"
SamIES
ANALYSIS OF THE DEVELOPMENT STATE OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS
Abstract. This article examines the importance of the competitiveness of higher education institutions in the market of educational services, the features and conditions of the formation of competitiveness, the state of development of higher education institutions, the indicators of the development of higher education institutions.
Key words: higher education, educational services, competitiveness, innovation, corporate cooperation, indicators and principles.
Kirish. O'zbekistonda ta'lim xizmatlari bozorining rivojlanish qonuniyatlari va xususiyatlarini aniqlash, oliy ta'lim muassasalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash va ularning munosib ish o'rinlari bilan bandligini ta'minlash muammolarini tadqiq etish, ta'lim xizmatlari bozorini davlat tomonidan tartibga solishning samarali usullarini ishlab chiqish hamda uning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishga e'tibor tobora kuchayib bormoqda. Ta'lim xizmatlari sohasining rivojlanishi, muntazam o'sib borayotgan yuqori malakali mutaxassislarga kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ehtiyojlarini qondirish ushbu xizmat turlari bozorida talabning oshishini ta'minlovchi muhim omil hisoblanadi. Shu bois, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida ". avvalo ta'lim va tarbiyani rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g'oyamizning asosiy ustunlari bo'lib
xizmat qilishi lozim" [1], deb ta'kidlagan. Bu vazifalarni hal etishda ta'lim xizmatlari bozorida oliy ta'lim muassasalari raqobatbardoshligini oshirish omillarini aniqlashtirish, raqobatbardoshligini baholash uslubiyatini takomillashtirish, ta'lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash va ta'lim xizmatlari sifatini oshirishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomilashtirish va samarali mexanizmlarini takomillashtirish yo'nalishidagi tadqiqotlar ko'lamini kengaytirish kabi masalalar dolzarb bo'lib hisoblanmoqda.
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. Ta'lim xizmatlari bozorida oliy ta'lim muassasalari raqobatbardoshligini oshirish masalalari iqtisodiy adabiyotlarda kam o'rganilgan. Xususan, G. Axunova [2], V.S.Bajenova [3], M.Q.Pardaev [4], N.Sh.Vatolkina [5], M.A.Lukashenko [6], L.V.Zaxarova [7] kabi olimlar ta'lim xizmatlari, oliy ta'lim tizimiga bag'ishlab darslik, o'quv qo'llanmalar va boshqa o'quv va ilmiy adabiyotlarni yozganlar. Ammo ushbu asarlarda ta'lim xizmatlari bozorida oliy ta'lim muassasalari raqobatbardoshligini oshirish masalalari atroflicha o'rganilmagan.
Tadqiqot metodologiyasi. Tadqiqot jarayonda iqtisodiy tizimlar va nisbatlarni o'rganishga dialektik va tizimli yondashuv, qiyosiy va solishtirma tahlil, statistik yondashuv, guruhlash usullari qo'llanilgan.
Tahlil va natijalar. Iqtisodiyotning innnovatsion sharoitida ta'lim tizimida yangi innovatsion xizmat turlarini keng joriy qilish, tadbirkorlik faoliyatining samaradorligini oshirish masalasi o'ta muhim masalalardan biriga aylanmoqda. Ayniqsa, bu borada oliy ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini tubdan yangilash va modernizatsiyalash, ularni innovatsion o'quv va ilmiy-laboratoriya jihozlari bilan ta'minlash, raqobatbardosh yuqori malakali kadrlar tayyorlash yo'nalishlari va mutaxassisliklarini maqbullashtirish, ta'lim standartlarini takomillashtirish hisobiga ta'lim jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, ilg'or pedagogik texnologiyalar va innovatsion o'qitish shakllarini joriy etish, o'qituvchi kadrlar mehnatini rag'batlantirishni kuchaytirish asosida iqtisodiyot soha va tarmoqlarida talab qilinadigan oliy ma'lumotga ega mutaxassislarni tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash maqsadida "Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaror qabul qilindi.
Yangi O'zbekistonda barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlash strategik yo'nalishlardan biri sifatida yangi uzluksiz ta'lim tizimini shakllantirish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilandi. Bunda OTMlarining maqsadlariga asoslangan holda ularning bosh vazifasi talabalarga innovatsion va muammoli masalalarni yecha oladigan oliy ta'lim berishga qaratildi.
OTM tomonidan taqdim qilingan ta'lim xizmatlari sifati davlat organlari tomonidan rasmiy akkreditatsiya bo'yicha baholash o'tkazilishi asosida amalga oshiriladi. Ularning bitiruvchilari bilimi natijalari esa ish beruvchi (tadbirkor)lar tomonidan baholanadi. Ammo aytish kerakki, qaysi muhim omillar oliy ta'lim jarayoniga ta'sir etadi? Albatta, bizning fikrimizcha, bu omillarga quyidagilar kiradi:
- oliy ta'lim tizimini moliyalashtirish;
- qulay va zamonaviy ta'lim sharoitlarini yaratish;
- OTMlarning akademik va moliyaviy mustaqilligi va qo'shimcha pullik ta'lim xizmatlarni ko'rsatish imkoniyatlarining mavjudligi;
- xususiy oliy ta'lim muassasalarini yaratilishi va rivojlanishi;
- innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta'lim jarayoniga joriy etilishi;
- kadrlar tayyorlashning ko'p darajali tizimini joriy etilishi;
- OTMlarning yuqori rivojlangan tashkiliy-iqtisodiy tarkibining shakllanganligi;
- ta'lim jarayonining yuqori darajada texnik qurollanganlik va boshqalar.
Oliy ta'lim tizimida talabalarning bilimini yuqori darajaga ko'taruvchi eng
muhim resurs ilmiy-pedagogik kadrlar hisoblanadi. Ilmiy-pedagogik kadrlarning malakasi, kasbiy va pedagogik mahorati, kompetensiyasi, ilm-fanni rivojlantirishdagi munosib hissasi kabi bir qator omillar kelgusida OTM bitiruvchilarining bilim va mutaxassislik darajasini oshirish imkonini beradi. Shuning uchun OTM rahbariyati ilmiy-pedagogik kadrlarning rolini oshirish, motivatsiya berish va samarali boshqarish usullarini joriy etishi kerak. Ushbu holat oliy o'quv yurtlarining deyarli barcha faoliyat ko'rinishlari bilan uzviy bog'liqdir.
1-jadval
O'zbekistonda faoliyat yuritayotgan oliy ta'lim muassasalari soni (o'quv
yili boshiga, birlik)12;
Yillar 2017-2023-
Ko'rsatkichlar 2017/ 2018/ 2019/ 2020/ 2021/ 2022/ yillarda
2018 2019 2020 2021 2022 2023 o'sish, %
Oliy ta'lim
muassasalari 72 98 119 127 154 191 2,7 marta
soni, birlik
Shu jumladan,
xorijiy oliy talim 7 9 18 20 25 26 3,7 marta
tashkilotlari
filiallari
Ularda
talabalar, ming 297,7 360,2 441,0 571,5 808,0 1042,1 3,5 marta
kishi
Shu jumladan, bo'limlarda
tahsil 287,5 313,0 360,1 441,9 553,4 622,6 2,2 marta
olaydiganlar, ming kishi:
12 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi ma'lumotlar asosida muallif tomonidan tuzilgan.
kunduzgi bo'limda
Kechki - 1,2 7,3 11,5 26,6 37,7 -
sirtqi bo'limda 10,2 46,0 73,6 118,1 228,0 381,8 37,4 marta
10000 aholiga to'g'ri kelaligan talabalar soni, birlikda 93 110 130 165 229 289 3,1 marta
Qabul qilingan talabalar soni, ming kishi 85,7 114,5 138,1 174,9 235,9 282,4 3,3 marta
Shu jumladan bo'limlarga: kunduzgi bo'limga 76,7 86,2 111,6 132,7 166,7 196,4 2,6 marta
Kechki - - 3,2 6,0 9,0 10,5 -
sirtqi bo'limga 9,0 28,3 23,3 36,2 60,1 75,5 8,4 marta
Bakalavriatga qabul qilingan talabalar soni, ming kishi 80,8 108,7 128,7 165,0 220,2 275,5 3,4 marta
Shu jumladan: kunduzgi 71,8 80,4 102,5 123,0 151,6 187,8 2,6 марта
Kechki 0,0 0,0 3,1 5,8 8,7 9,4 -
Sirtqi 9,0 28,3 23,1 36,2 59,9 78,3 8,7 marta
Bitirgan mutaxassislar soni, ming kishi 67,4 70,3 70,8 83,9 103,9 102,4 1,5 marta
10000 aholiga nisbatan bitirgan mutaxassislar 21,0 21,5 21,0 24,0 29,6 29,5 1,4 marta
O'zbekiston Respublikasida oliy ta'lim tizimini barqaror rivojlantirish va raqobatbardoshligini oshirish bo'yicha tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Respublikamizda faoliyatni amalga oshirayotgan OTMlari soni 2017-2023-yillarda 191 taga ko'payib, bu ko'rsatkich mazkur yillar oralig'ida 2,7 martaga oshgan. Tahlil qilinayotgan yillarda OTMlarida o'qiyotgan talabalar soni OTMlar soniga muvofiq ravishda 2017-2018 o'quv yilida 287,5 mingtadan 2022-2023 o'quv yilida 1042,1 mingtaga ko'paygan (1-jadval).
2-jadval
O'zbekistonda faoliyat yuritayotgan universitetlar soni(o'quv yili boshiga, _ birlik)13__
№ Ko'rsatkichlar Yillar
2017/ 2018 2018/ 2019 2019/ 2020 2020/ 2021 2021/ 2022 20172022 y.y. o'sish, %
1. Universitetlar soni, birlikda 27 45 58 64 78 2,9 marta
2. Ulardagi talabalar soni, ming kishi 140,2 192,3 244,0 328,7 461,4 3,6 marta
3. Qabul qilingan talabalar soni, ming kishi 42,5 66,5 78,5 98,1 120,9 4,1 marta
4. Bitirgan mutaxassislar soni, ming kishi 33,7 34,7 36,3 46,8 61,1 1,9 marta
Respublika OTMlarining kunduzgi bo'limlarida tahsil oladigan talabalar soni 2017-2018 o'quv yilida 287,5 mingtani, 2022-2023 o'quv yilida 622,6 mingtani tashkil qilgan. Ta'limning kechki bo'limiga talabalarning qabuli 2018 -2019 o'quv yilidan boshlanib, bu ko'rsatkich 2022-2023 o'quv yilida 37,7 mingtani tashkil qilmoqda. Shuningdek, oliy ta'limning sirtqi ta'lim shakli bo'yicha o'qiyotganlar soni 2017-2018 o'quv yilida bor-yo'g'i 10,2 talaba o'qiyotgan bo'lsa, 2022-2023 o'quv yilda bu ko'rsatkich 381,8 mingtaga ko'paygan. Respublika miqyosida har 10000 aholiga to'g'ri keladigan talabalar soni 2017-2018 o'quv yilida 93 tani tashkil etgan bo'lsa, bu ko'rsatkich muntazam o'sish tendensiyasiga ega bo'lib, 2022-2023 o'quv yilida 289 tani tashkil qilgan. Tahliliy ko'rsatkichlarga nazar solsak, 2017-2018-yillarda OTMlarga 85,7 mingta talaba qabul qilingan bo'lsa, 2022-2023 o'quv yilida 282,4 ming kishiga, ya'ni tahlil etilayotgan yillarda 3,3 martaga ko'paygan. Shundan kunduzgi bo'limga qabul qilingan talabalar soni 2,6 martaga oshgan. Mamlakatimizda har 10000 aholiga nisbatan bitirgan mutaxassislar soni 40,5 %ga o'sgan (2-jadval).
Respublikamizda faoliyatini amalga oshirayotgan OTMlari soni 2017/2018 o'quv yilida 72 ta bo'lgan bo'lsa, bu ko'rsatkich 2022/2023 o'quv yilida 191 tani tashkil qilgan. Universitetlarda tahsil olayotgan talabalar soni ham ushbu o'quv yillari mobaynida 461,4 ming nafarga, ya'ni 3,6 martaga oshgan. Shuningdek, mazkur yillarda universitetlarga qabul qilingan talabalar soni 4,1 marta va bitirgan mutaxassislar soni 1,9 mingtaga o'sgan (2-jadval).
13O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi ma'lumotlar asosida muallif tomonidan tuzilgan.
3-jadval
O'zbekiston Respublikasida hududlar bo'yicha oliy ta'lim muassasalariga
:14
Hududlar (viloyatlar) Yillar 2017-2022
nomi 2017/ 2018/ 2019/ 2020/ 2021/ 2022/ y.y. o'sish, %
2018 2019 2020 2021 2022 2023
Qoraqalpog'iston Respublikasi 5,4 6,7 6,9 11,0 9,8 11,5 2,2 marta
viloyatlar:
Andijon 4,8 5,6 7,2 7,6 9,6 11,4 2,3 marta
Buxoro 4,6 6,6 6,3 11,1 11,6 16,4 3,5 marta
Jizzax 3,7 4,8 5,8 8,1 9,1 8,5 2,3 marta
Qashqadaryo 4,1 5,1 5,9 7,6 10,4 14,2 3,5 marta
Navoiy 2,8 3,4 3,6 5,4 5,5 9,4 3,3 marta
Namangan 4,0 5,8 6,1 7,2 9,3 13,2 3,3 marta
Samarqand 7,5 9,8 11,8 18,0 18,4 20,5 2,7 marta
Surxondaryo 3,0 5,5 6,1 9,6 9,9 10,2 3,4 marta
Sirdaryo 1,5 2,7 3,0 1,7 4,5 5,2 3,5 marta
Toshkent 3,1 4,7 6,4 9,5 11,2 18,7 6 marta
Farg'ona 7,2 9,4 11,6 14,0 13,0 16,2 2,2 marta
Xorazm 3,0 4,4 4,5 6,7 7,0 10,0 3,3 marta
Toshkent sh. 27,0 34,5 44,0 48,5 91,1 110,4 4,1 marta
Respublika bo'yicha 80,1 108,1 129,0 165,0 220,1 275,5 3,4 marta
O'zbekiston Respublikasida hududlar bo'yicha oliy ta'lim muassasalariga qabul qilingan talabalar soni 2017/2018 o'quv yilida 80,1 mingtani tashkil etgan bo'lsa, 2022/2023 o'quv yilida 275,5 mingtaga oshgan (5-jadval).
O'zbekiston Respublikasida oliy ta'lam tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risidagi Farmoniga muvofiq konsepsiya uzoq muddatli maqsadlar va vazifalarni o'z ichiga olib, oliy ta'limning istiqbolda rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishni nazarda tutadi. Shunga ko'ra, respublikamiz iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ta'minlash uchun bir vaqtning o'zida raqobatdosh ustunliklarni hisobga olgan holda mehnat salohiyatini oshirish, ishlab chiqarishning intellektuallashuvi darajasini yuksaltirish va inson kapitalini rivojlantirish bilan bog'liq muammolarni hal qilish alohida dolzarb masalalar hisoblanadi. Mazkur muammolarni hal qilishda asosiy rolni Yangi O'zbekistonning strategik vazifalari ko'lami va darajasiga muvofiq keladigan kompleks kompetensiyaga ega bo'lishi kerak bo'lgan mutaxassislarni tayyorlash va mehnat bozoriga yetkazib berishni amalga oshiruvchi OTM zimmasiga yuklanadi.
14 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi ma'lumotlar asosida muallif tomonidan tuzilgan.
Keyingi yillarda oliy ta'lim tizimida fan, ta'lim va biznes integratsiyasining zamonaviy tizimini shakllantirish hamda samarali hamkorlikni o'rnatish muammolarni hal etish o'zaro munosabatlar samaradorligini oshirish imkonini beradi. Iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi sharoitida zamonaviy iqtisodiyot tarmoqlari uchun malakali mutaxassislarga bo'lgan talab va taklif muvozanatiga erishish keskin muammolardan biri hisoblanadi. Bularning barchasi boshqaruv (tuzilmasi va boshqaruvi, ta'lim tashkilotlarining miqyosi va soni), kognitiv (bilim, tafakkur, kasbiy bilim va malaka), uslubiy (zamonaviy ta'lim texnologiyalari va vositalari asosida o'quv jarayonini tashkil qilish), qadriyatlar (o'qitish jarayoning mazmuni, OTMlarining roli va faoliyatini xalqaro, mil liy, hududiy darajalarda qayta ko'rib chiqish) jiddiy transformatsiyalashuvni zarurat etadi.
Hozirgi vaqtda oliy ta'lim xizmatlarining tijoratlashishi natijasida oliy ta'lim tizimi bozorning bir qismi sifatida yuzaga kelmoqda. OTMda moliyaviy vositalar muhim o'ringa ega bo'lib, resurslarni boshqarishdan, natijalarni boshqarishga, ya'ni OTMlarda talabalarning "kirishdagi nazorati"dan "bitirishdagi nazorati"ga to'g'ri va ravon o'tish yuzaga kelmoqda. Oliy ta'lim xizmatlarining mutaxassislar bozoriga malakali kadrlarni yetkazib beruvchi iqtisodiy resurs shaklini ifoda etishi, ta'lim tizimiga iqtisodiy omillar, usullar va samarali mexanizmlarni joriy qilinishi mutaxassislar mehnat bozori va ta'lim xizmatlari bozorlarining integratsiyalashuvini mustahkamlaydi.
Hozirgi kunda mamlakatimiz oliy ta'lim tizimida davlat va xususiy OTMlarning ko'payib borishi ularni bitiruvchilarni ishga joylashtirish muammosini keskinlashuviga olib keladi. Vaholanki, bitiruvchilarni ishga joylashtirish indikatori OTMlarni akkredetatsiyadan o'tkazishning asosiy ko'rsatkichlaridan biri hisoblanadi va bitriuvchi mutaxassislarni ishga joylashtirish va ularni kasbiy moslashuvchanligini oshirishga ko'maklashishning zamonaviy shakllarini joriy etish orqali buyurtmachi xo'jalik subyektlari va OTMlar o'rtasida o'zaro hamkorlikni takomillashtirish bo'yicha ishlarni jonlantirishni zarurat etmoqda.
Xulosa va takliflar. Ta'lim xizmatlari bozorida oliy ta'lim muassasalari raqobatbardoshligining oshirishning muhum omillari va rivojlanish holati bo'yicha quyidagi xulosa va takliflarni ishlab chiqdik.
- ta'lim xizmatlari bozorida integratsiya jarayonlarini rivojlantirish asosida ilmiy tadqiqot maktablarining innovatsion yutuqlarini birlashtirish jarayonlarini jadallashtirish;
- ta'lim sifatiga qo'yiladigan malaka talablarini standartlashtirish;
- fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini amaliyotga tatbiq qilish;
- ta'lim xizmatlari bozori subyektlari o'rtasidagi raqobat muhitini shakllantirish;
- OTMning raqobatbardoshligiga erishish orqali ulardagi bitiruvchilar raqobatbardoshligini oshirish;
- ta'lim xizmatlari bozorida oliy ta'lim tashkilotlarining raqobatbardosh omillari hamda tamoyillari aniqlanib, oliy ta'lim tizimida raqobatbardoshlikni oshirish mexanizmini oshirish;
- raqobatdosh OTMlarning rivojlanishi kasbiy va zamonaviy bilimlarni chuqur egallash orqali yuqori kasbiy ko'nikmaga ega raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash imkoniyatiga ega bo'ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga Murojaatnomasi. // "Xalq so'zi" gazetasi. 2020 yil 25 yanvar. 19-son. 1-4 betlar.
2. Inson taraqqiyoti. Darslik. I.f.d., professor Q.X.Abduraxmanov tahriri ostida. -T.: "Fanva texnologiya" nashriyoti, 2013. - 476 bet.
3. Pardaev M.Q. va boshqalar. Ta'lim xizmatlari va ularning samaradorligini oshirish masalalari. Monografiya. - T.: "Innovatsion rivojlanish nashriyot", 2020. - 200 b.
4. Isroilov B.I. Ta'lim tizimida korrupsiyani oldini olish masalalari. // Innovatsion va raqamli iqtisodiyot sharoitida xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish muammolari. (21-22 fevral 2020 yil) Xalqaro IAK materiallari, Samarqand-Tambov, 2020. - 183-186-betlar.
5. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi stat.uz