INSON KAPITALI RIVOJLANISH KONSEPSIYASIDA OLIY TA'LIM HIZMATLARINI STATISTIK TAHLILI
d https://doi.org/10.5281/zenodo.10529867
Abduraxmanova Gulnora Qalandarovna
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori i.f.d., professor.
Akbarova Barno Shuxratovna TDIU Statistika kafedrasi dotsenti e-mail: [email protected]
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada mehnat unumdorligini oshirishda hamda inson kapitalidan samarali foydalanish, oliy ma'lumotli kadrlarni iqtisodiyotdagi o'rni va inson kapitali rivojlanishi konsepsiyasida oliy ta'lim tizimi bo'yicha ta'lim xizmatlari bozori ishtirokchilarining o'zaro munosabati va ta'lim muassasalari raqobatbardoshligini oshirishning ahamiyati hamda oliy ta'lim tizimida raqobatbardoshlik muhitining shakllanishi tadqiq qilingan.
Kalit so'zlar: ta'lim xizmatlari, ta'lim xizmatlari bozori, oliy ta'lim tizimi, raqobatbardoshlik.
СТАТИСТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ВЫСШЕГО ОБРАЗОВАНИЯ В КОНЦЕПЦИИ РАЗВИТИЯ ЧЕЛОВЕЧЕСКОГО КАПИТАЛА
АННОТАЦИЯ
В данной статье рассмотрено взаимодействие участников рынка образовательных услуг в системе высшего образования в концепции повышения производительности труда и эффективного использования человеческого капитала, роли высокообразованных кадров в экономике и развитии человеческого капитала. и повышения конкурентоспособности образовательных учреждений и формирования конкурентной среды в системе высшего образования.
Ключевые слова: образовательные услуги, рынок образовательных услуг, система высшего образования, конкурентоспособность.
STATISTICAL ANALYSIS OF HIGHER EDUCATION SERVICES IN THE CONCEPT OF HUMAN CAPITAL DEVELOPMENT
ABSTRACT
In this article, the interaction of the participants of the market of educational services in the higher education system in the concept of increasing labor productivity and effective use of human capital, the role of highly educated personnel in the economy and the development of human capital, and increasing the competitiveness of educational institutions importance and the formation of competitive environment in the higher education system were studied.
Key words: educational services, educational services market, higher education system, competitiveness
KIRISH
Bugungi kunda oliy ta'lim tizimi rivojlanishining ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligini oshirish bir tomondan, ushbu tizimni boshqarishning xalqaro tajribada keng ko'lamda qo'llanilayotgan usullariga bog'liq bo'lsa, ikkinchi tomondan, ta'lim xizmatlari bozorining kon'yunkturasi o'zgarishi hamda oliy ta'lim muassasalarining malakali yuqori ilmiy salohiyatga ega kadrlar ta'minotiga zarur bo'lmoqda
O'zbekiston Respublikasida ro'y berayotgan ijobiy o'zgarishlar va amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jamiyatni qayta qurish va kelgusida barqaror rivojlantirish imkonini beruvchi oliy ta'lim tizimini yaratishni zarurat etmoqda. Bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning barcha bosqichlarida insonni rivojlantirishning asosiy maqsadi - jamiyat intellektual salohiyatini, aholining turmush farovonligini oshirish, barqaror rivojlanish imkoniyatini beradigan ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ekologik muhitni shakllantirish zarur bo'lmoqda.
Ta'lim xizmatlari bozori bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy tizimning iste'mol bozoridagi murakkab bo'lgan o'zaro bog'langan barcha elementlaridan tashkil topgan. Mazkur tizimni bosh generatori bo'lib, shubhasiz, mehnat bozorida o'ziga xos tovar sifatida chiquvchi malakali professional kadrlar tayyorlashdagi jamiyatning ehtiyoji hisoblanadi. Shuning uchun iqtisodiyotning transformatsiyalashishi sharoitida ta'lim xizmatlari bozorida oliy ta'lim muassasalari raqobatbardoshligini oshirishning ahamiyati va tamoyillarini tadqiq etish alohida ahamiyatga ega.
ADABIYOTLAR TAHLILI.
Inson rivojlanishi konsepsiyasida ta'lim asosiy tarkibiy qismlardan biri hisoblanib, jamiyatning muhim muammolarini hal etishda ham u asosiy o'rin egallaydi. Insoniyat sivilizatsiyasida ta'lim va ilm-fanni yuqori darajada rivojlantirish
ijtimoiy, texnik hamda iqtisodiy taraqqiyotning muhim harakatlantiruvchi kuchi hisoblangan.
XX-asrgacha xizmat ko'rsatish sohasi mustaqil holda to'liq o'rganilmagan va ijtimoiy takror ishlab chiqarish doirasidan deyarli butunlay chiqarib tashlangan edi. V.Petti va A.Smit klassik siyosiy iqtisod maktabining asoschilari bo'lib, merkantilistlar va fiziokratlarga xos bo'lgan tarmoq yondashuvidan uzoqlashib, iqtisodiyotni bir butun sifatida ko'rib chiqishga o'tdilar. Smit moddiy ishlab chiqarish sohasini tadqiq qildi va uni faqat boylik manbai deb hisobladi.
Agar XX asr boshlarida iqtisodiy o'sishning asosiy nazariyalari J.M.Keyns tomonidan qo'yilgan tamoyillarga asoslangan ekstensiv modellar bo'lgan bo'lsa, keyingi davrda Ye.Domar1 va P.F.Xarrod2 modellari bilan ifodalangan va unda tahlil predmeti ishlab chiqarish quvvatlaridan to'liq foydalanish va to'liq bandlik bilan uzoq muddatli asosda «iqtisodiyotning barqaror dinamik muvozanatini» ta'minlash bo'lgan neokeynschilik o'sish nazariyalari paydo bo'ldi. Yigirmanchi asrning o'rtalariga kelib iqtisodiy o'sishning zamonaviy nazariyalari P.Lukas3 va P.Pomer4 tomonidan endogen o'sish modellariga asoslanadi.
Respublikamiz olimlari A.O'lmasov va A.Vahobov xulosalariga ko'ra "Inson uchun ahamiyatiga qarab birlamchi va ikkilamchi ehtiyojlar bo'ladi.... Ikkilamchi ehtiyojlar - bu ko'pincha nomoddiy, ya'ni ijtimoiy extiyojlar bo'ladi, bunga bilim olish, malaka oshirish, davolanish, dam olish kabi ehtiyojlar kiradi. Ammo iqtisodiyot rivojlanib, mo'l-ko'lchilik bo'lgan sharoitda moddiy ehtiyojlar qondirilgan bo'lib, ijtimoiy ehtiyojlar birinchi o'ringa chiqadi"5.
TAXLIL VA NATIJALAR.
O'zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotida band bo'lgan jami mehnat resurslarining asosiy qismi 52,7%i xizmatlar sohasida faoliyat ko'rsatmoqda. O'zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyot sohalarida bandlik va mehnat unumdorligi tahlili shuni ko'rsatadiki milliy iqtisodiyotda bandlikni o'sishi bilan uning sanoat, qishloq xo'jaligi va xizmat ko'rsatish sohalarida bandlikni o'sishi o'rtasida farqni kuzatish mumkin. 2010 -2021 yillarda sanoatda bandlik 120,2%ga, qishloq xo'jaligida 110,8%ga va xizmat ko'rsatish sohasida 116,0%ga o'sgan. Iqtisodiyot sohalarida mehnat unumdorligini o'sishini taqqoslaydigan bo'lsak milliy iqtisodiyot sohalari bo'yicha eng yuqori o'sish xizmat ko'rsatish sohasida 320,0%,
1 Domar E. (1947). Expansion and employment. American Economic Review, vol. 37.
2 Harrod R. (1939). An assay in dynamic theory. Economic Journal, vol. 49.
3 Lucas R. E. Jr., Rapping L. A. (1969). Real Wages, Employment, and Inflation. Journal of Political Economy, vol. 77 (№ 5), p. 721-754.
4 Romer P. M. (1986). Increasing Returns and Long-Run Growth. The Journal of Political Economy, October, p. 10021037.
5 YmwacoB A., Ba^oöoB A. HKTHCognëT Ha3apnacn. ^apc^HK. TflHy.-T.:"HKTHCog-Mo^Ha" 2014.- E.20.
ikkinchi o'rinda sanoatda 209,8%ga va uchinchi qishloq xo'jaligida 155,7% bilan to'g'ri keladi. Xizmat ko'гsatish sohasida mehnat unumdoгligining eng yuqoгi o'sishiga sabab tadqiq qilinayotgan davгda sohada ko'reatilgan xizmatlaг hajmi 371,7%ga o'sgan. Bu o'sish bozoг iqtisodiyoti гivojlanishining umumjahon tendentsiyasiga to'la mos keladi.
Milliy iqtisodiyotning xizmat^ sohasini гivojlanishida Oliy ta'lim xizmatlari ham yuqoгi pog'onalardan birini egallaydi. Oliy ta'lim tizimi xizmatlarini tubdan takomillashtiгishni bugun hayotning o'zi taqozo etmoqda. Davlatlaг o'rtasida "aql egalari" uchun kuгash avj olib boimoqda. Shu ma'noda, tobora globallashib borayotgan dunyoda sifatli kadrlar tayyorlash masalasi har bir davlatning kelajagini belgilab beruvchi asosiy omilga aylanmoqda. Milliy iqtisodiyot miqyosida innovatsiyalar va hatto axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi ham aynan oliy ta'lim sifatiga bog'liq. Sifatsiz oliy ta'lim kelajakni гivojlantiгmaydi, balki uni xorij innovatsiyalaгiga, texnologiyalaгini o'zlashtiгishga bog'liq qilib qo'yadi.
Maqolada oliy ta'lim tizimi mamlakat milliy boyligini hamda davlatning raqobatbardoshligini oshiruvchi muhim dastak ekanligi ilmiy asoslangan. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi ko'гsatishicha baгqaгoг iqtisodiy o'sishni ta'minlash uchun aholining 40-50 foizi, bilimlaT iqtisodiyotida esa, oliy ma'lumotlilaming hissasi 60 foizga yetadi. Mualliflar tadqiqotlari asosida oliy ta'lim tizimini rivojlanishini ikki dav^a bo'lib tadqiq etilgan. Birinchi davг 2010 -2016 yillar Bu davгda Oliy ta'lim tizimi xizmatlarini rivojlanish ko'гsatkicЫaгini pasayish davri (1-rasm).
OTM soni, dona Talabalar soni, ming nafar
1-rasm. O'zbekiston Respublikasidagi oliy ta'lim muassasalari sonining
dinamikasi (2010-2021).
Bu davráa Oliy ta'lim tizimiga budjet va shartnoma asosida talabalaг qabul sonini pasayishi va shunga mos ravishda yalpi xizmatlarda oliy ta'lim tizimi xizmatlari ulushini 2010 yilda 4,5%dan, 2016 yilda 4,0%ga pasayganini kuzatish mumkin. Ikkinchi davr 2017 -2021 yil^ oliy ta'lim tizimi xizmatlaгini o'sish davri. Bu davráa
respublikamizda oliy ta'lim muassasalari soni 70 tadan keskin 154 taga o'sdi. Davlat byudjeti asosida o'qiydigan talabalar soni 110,9 mingtadan 119,6 mingtaga, to'lov shaгtnoma asosida o'qiydigan talabalar soni 186,8 mingtadan 688,4 mingtaga o'sdi. Yalpi xizmatlar ulushida oliy ta'lim xizmatlari ulushi 2016 yilda 4,0%dan, 2021 yilga kelib 6,1%ga o'sdi. Bu O'zbekistonda xizmatlaг sohasining o'sishining asosiy dгayveг taгmog'i bo'lgan oliy ta'lim tizimi xizmatlaгi ulushi barqaror o'sib borayotganini ifoda etadi.
Xizmatlar sohasida hamda Respublika yalpi ichki mahsulotlar hajmida kelajakda oliy ta'lim xizmatlarining ulushini aniqlashda eksponensial tekislash usulidan foydalandik. Shuni ta'kidlashimiz zarurki, 22 yillik statistik ma'lumotlar asosida oliy ta'lim xizmatlar hajmini prognozini aniqlashda oliy ta'lim uchun davlat byudjetidan ajratiladigan miqdor, to'lov-shartnoma hisobidan keladigan tushum hamda respublika miqiyosidagi, horijiy grantlarga va xo'jalik shartnomasi hisobidan o'zlashtirilgan mablag'lar hajmini jami oliy ta'lim xizmatlariga ta'sirini darajali funksiya ko'rinishida tahlil etdik. Bunda umumiy regressiya tenglamasi quyidagi ko'rinishga ega bo'ldi:
Regressiya tenglamasi parametrlarining qiymatlari6
коэффициент ст. ошибка t-статистика р-значение
const
davlat_byud_h± s tulov_s hart_hi s grantlar
58,9236 0,971384 1,01015 0,952758
23,2269 0,0138228 0,00737192 0,107368
2,537 70,27 137,0 8,874
0,0349 **
1,87e-012 ***
9,00e-015 ***
2,0бе-05 ***
YyTX = 58,92 + 0Xdavlat_byud_his + 1.01 Xtulovsh artj¡is + 0.95 Xgrantlar Bundan ko'rinadiki, regressiya tenglamasi ma'lumotlariga ko'ra, boshqa omillar o'zgarmagan sharoitda davlat byudjetidan ajratiladigan miqdor hajmi bir foizga oshirish yalpi oliy ta'lim xizmatlar hajmini o'rtacha 0,97 mlrd so'mga, to'lov-shartnoma hisobidan keladigan tushum hajmini bir foizga oshishi yalpi oliy ta'lim xizmatlar hajmini o'rtacha 1,01 mlrd so'mga va Respublika miqiyosidagi, horijiy grantlarga va xo'jalik shartnomasi hisobidan o'zlashtirilgan mablag'lar hajmini bir foizga oshirish yalpi oliy ta'lim xizmatlar hajmini o'rtacha 0,95 mlrd so'mga oshishiga olib keladi.
Bundan ko'rinib turibdiki, yalpi oliy ta'lim xizmatlar hajmiga davlat byudjetidan ajratiladigan miqdor hamda to'lov-shartnoma hisobidan keladigan tushum yalpi ta'lim sohasidagi xizmatlar hajmini oshishiga ko'proq ta'sir etar ekan.
6 Statistik ma'lumotlar asosida gretl dasturida muallif ishlanmasi
1-jadval. Oliy ta'lim xizmatlar hajmini prognoz ko'rsatkichlari
Oliy ta'lim Oliy ta'lim To'lov- Respublika miqiyosidagi,
xizmatlari, uchun davlat shartnoma horijiy grantlarga va
Yillar mlrd so'm byudjetidan hisobidan xo'jalik shartnomasi
ajratiladigan keladigan hisobidan o'zlashtirilgan
miqdor, mlrd tushum, mlrd mablag'lar hajmi, mlrd
so'm so'm so'm
2024 22045,5 5733,6 15452,2 861,4
2025 26146,2 6276,1 18696,7 1174,5
2026 30795,1 6843,3 22353,3 1601,3
2027 36055,6 7435,2 26446,0 2183,3
2028 42005,6 8051,8 30998,5 2976,7
2029 48742,0 8693,0 36034,9 4058,6
2030 56388,7 9358,8 41579,1 5533,5
Biz ishlab chiqilgan model bo'yic yilgacha prognoz qiymatlarini aniqladik.
ia oliy ta'lim xizmatlari hajmi bo'yicha 2030
2-rasm. 2024-2030 yillarda mamlakat YalM, jami xizmatlar hamda oliy ta'lim
xizmatlari hajmi
2-rasmdagi grafikdan mamlakat YalMga nisbatan oliy ta'lim xizmatlarini o'sishi tezroq ekanligini ko'rish mumkin. Bu o'z navbatida ta'lim xizmatlariga bo'lgan talabni oshishida oliy ta'lim xizmatlarining narxi va sifatini iste'molchilarning xohish-istaklari mos kelayotganligi bilan izohlash mumkin.
Maqolamizda oliy ta'lim xizmatlari hajmini 2024-2030 yillargacha bo'lgan bazisli, inersion va mobilizatsion pronozlari ishlab chiqildi.
2-jadval. Oliy ta'lim xizmatlarining prognoz ko'rsatkichlari, mlrd so'm
Yillar Bazisli Inertsion Mobilizatsion
2024 21169,1 22058,2 22947,3
2025 25084,6 26160,9 27237,2
2026 29503,9 30812,2 32120,6
2027 34477,3 36075,9 37674,6
2028 40064,6 42029,5 43994,5
2029 46339,0 48770,7 51202,4
2030 53391,5 56423,1 59454,8
Respublikada oliy ta'lim xizmatlari hajmi eksponensial tekislash usuli yordamida kelgusi davr ko'rsatkichlari prognoz qilindi. Inertsion variantdagi prognoz qiymati 2030 yil 2023 yilga nisbatan 342,2 foizga oshishini ko'rsatdi. Oliy ta'lim xizmatlarining bazisli prognoz ko'rsatkichlarini o'zgarish dinamikasidan 2023 yilga nisbatan 2030 yilda oliy ta'limdagi xizmatlar hajmi 323,2 foizga oshishiga olib keldi. Mobilizatsion variantdagi prognoz ko'rsatkichi bo'yicha oliy ta'lim xizmatlarining hajmi 2030 yilda 2023 yilga nisbatan 361,1 foizga yetishini ko'rsatdi.
XULOSA.
Umuman olganda, jamiyat oliy ta'lim tizimini professional o'zini o'zi anglash vositalari bilan bir qatorda shaxsning ham, butun jamiyatning ham ijtimoiy, madaniy va kommunikativ rivojlanishi uchun bir qator imkoniyatlarni ta'minlaydigan muhim ijtimoiy institut sifatida talqin etadi.
Olib borilgan tadqiqotlar quyidagilarni ko'rsatmoqda:
1. Oliy ta'lim tizimida davlat va xususiy OTMlarning rivojlanib borishi ta'lim xizmatlari bozorida raqobatbardoshlikni shakllantirishning bir qator xususiyatlarini shakllantirish imkonini beradi.
2. Taqdim qilinayotgan xizmatlar xususiyatlari ham ob'ektiv iqtisodiy sabablar, ham oliy ta'lim sohasining yuqori ijtimoiy ahamiyati bo'yicha ularning sifatiga bog'liq holda raqobatbardoshlikni shakllantirishni nazarda tutadi.
3. Ta'lim xizmatlarining buyurtmachilari muvofiq instrumentlar vositasida turli xil o'zaro munosabatlar ko'rinishida aniq mutaxassislarni tayyorlash sifati, hajmi va tarkibi bo'yicha OTMga talablarni qo'yadi hamda ularning hatti-harakatlarini belgilaydi va raqobat strategiyasini tanlashni shartlaydi.
4. Ta'lim xizmatlari bozorida oliy ta'lim muassasalari raqobatbardoshligining shakllanishining raqobatbardoshligini baholash uchun muayyan uslubiy yondashuvlarni joriy etishda o'z ifodasini topadi va bunda ushbu soha o'ziga xos xususiyatlari nazarda tutiladi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES):
1. Kuldashev Sh.A. Ta'lim xizmatlari bozorida oliy ta'lim muassasalari raqobatbardoshligini oshirishning ahamiyati va tamoyillari// file:///C:/Users/user/Downloads/talim-hizmatlari-bozorida-oliy-talim-muassasalari-ra-obatbardoshligini-oshirishning-a-amiyati-va-tamoyillari.pdf 2022
2. Akbarova S. Ta'limda raqamli texnologiyalarni qo 'llash vazifalari //Arxiv nauchntix issledovaniy. - 2022. - T. 2. - №. 1.
3. Akbarova S., Khakimova M., Musaxonova G. OPPORTUNITIES OF INNOVATION TECHNOLOGIES IN HIGHER EDUCATION //Arxiv nauchntix issledovaniy. - 2022. - T. 2. - №. 1.
4. B Akbarova Yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularda innovatsion tafakko'rni shakllantirish //- Arxiv nauchntix issledovaniy, 2019
5. Domar E. (1947). Expansion and employment. American Economic Review, vol. 37.1
6. Harrod R. (1939). An assay in dynamic theory. Economic Journal, vol. 49.
7. Lucas R. E. Jr., Rapping L. A. (1969). Real Wages, Employment, and Inflation. Journal of Political Economy, vol. 77 (№ 5), p. 721-754.
8. Romer P. M. (1986). Increasing Returns and Long-Run Growth. The Journal of Political Economy, October, p. 1002-1037.
9. O'lmasov A., Vahobov A. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. TDIU.-T.:"Iqtisod-Moliya" 2014.- B.20.