I. TARMOQLAR VA SOHALAR IQTISODIYOTI
OLIY TA'LIM MUASSASALARI RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISHDA XORIJ TAJRIBASI
Kuldashev Sherzod Alimardonovich
SamISI "Iqtisodiyot nazariyasi" kafedrasi dotsenti v.b., PhD
Annotatsiya: Ushbu maqola oliy ta'lim muassasalari raqobatbardoshligini oshirishning xorij tajribasini o'rganish, oliy ta'lim tizimida faoliyat jarayonining sifatini oshirishni tahlil etish, tashqi va ichki mehnat bozorida raqobatga bardosh beradigan mutaxassislarni tayyorlash va xorij tajribasini o'rgangan holda mehnat unimdorligini oshirish.
Kalit so'zlar: Oliy ta'lim muassasalari, rivojlangan davlatlar tajribasi, xizmat ko'rsatish sohasi, iqtisodiy sektor, model.
Аннотация: В данной статье рассматривается зарубежный опыт повышения конкурентоспособности высших учебных заведений, анализируется повышение качества процесса деятельности в системе высшего образования, подготавливается специалистов, способных выдерживать конкуренцию на внешнем и внутреннем рынке труда, а также повышается производительность труда за счет изучение зарубежного опыта.
Ключевые слова: Высшие учебные заведения, опыт развитых стран, сфера услуг, сектор экономики, модель.
Abstract: This article examines the foreign experience of increasing the competitiveness of higher education institutions, analyzes the improvement of the quality of the activity process in the higher education system, prepares specialists who can withstand competition in the external and internal labor market, and increases labor productivity by studying foreign experience.
Keywords: Higher education institutions, experience of developed countries, service sector, economic sector, model.
Kirish. Mamlakatimiz taraqqiyotining pirovard maqsadi, inson huquq va manfaatlarini ta'minlash, xalqimiz uchun munosib turmush sharoitini yaratib berish, aholining farovonligi, yashash darajasi va sifatini o'nglash, ularni bugungi kunda baxtliligini ta'minlagan holda hayotidan rozi bo'lib yashashini taminlashdan iboratdir. Mamlakatimizda amalga oshirilib kelinayotgan keng ko'lamli islohatlarning asosiy maqsadi ham aynan shularga qaratilgan. Sohadagi barcha yo'tuq va kamchiliklarimiz sarhisob qilinib, ta'lim sohasi yangi pog'anaga ko'tarilishi borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan mamlakatni rivojlantirishning 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning
taraqqíyot strategiyasida va bir qancha farmon hamda qarorlarda mazkur soha tubdan takomillashtirilgan holda davom ettirilmoqda.
Hozírgí vaqtda oliy ta'lim faoliyatidan ilmiy-texnik va innovatsiyalar sohasida natija sifatida yuqori qo'shimcha qiymatga ega bo'lish qobiliyati talab qilinmoqda. Bu esa oliy ta'lim tizimida faoliyat jarayonining sifatini oshirishni tahlil etish, iqtisodiy, moliyaviy va boshqaruv jarayoni muammolarini aniqlash, endogen va ekzogen omillarning ta'sirining o'zgarishi sharoitida muayyan maqsadlarga erishish qobiliyatini baholash muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. Ilmiy adabiyotlarda ta'lim xizmatlari bozori rivojlanishini strategik rejalashtirish jarayonida raqobat muhiti tahlili, ta'lim muassasalari raqobatbardoshligini oshirishda xorij tajribasini o'rganish, moliyaviy va boshqaruv jarayoni muammolarini aniqlash omillar ilmiy-nazariy hamda uslubiy jihatdan tadqiq etilgan. Xususan, L.A.Korchagova, I.B.Romanova[2], N.I.Pashchenko[3], Vaxabov A.V., Raxmonov N.R. [4], V.G.Varnavskiy, A.V.Klimenko, V.A.Korolev [5], Pardaev M.Q[6], Rajabov B.J., Toshnazarov S.N., Islomov B.S. [7] kabi olimlar ta'lim xizmatlari, oliy ta'lim tizimiga bag'ishlab darslik, maqola, o'quv qo'llanmalar va boshqa o'quv va ilmiy adabiyotlarni yozganlar. Ammo ushbu asarlarda ta'lim xizmatlari bozorida oliy ta'lim muassasalari raqobatbardoshligini oshirish masalalari atroflicha o'rganilmagan.
Tadqiqot metodologiyasi. Tadqiqot jarayonida ta'lim xizmatlari bozori rivojlanishini strategik rejalashtirish jarayonida raqobat muhiti tahlili, ta'lim muassasalari raqobatbardoshligini oshirishda xorij tajribasini o'rganish dialektik, tizimli va ilmiy yondashuv, qiyosiy va solishtirma tahlil hamda guruhlash usullaridan foydalanildi.
Tahlil va natijalar. Hozirgi vaqtda oliy ta'lim faoliyatidan ilmiy-texnik va innovatsiyalar sohasida natija sifatida yuqori qo'shimcha qiymatga ega bo'lish qobiliyati talab qilinmoqda. Xususan:
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev ta'kidlaganidek: "...ta'lim-tarbiya bo'yicha qabul qilingan umummilliy dasturlarimizni mantiqiy yakuniga etkazishimiz zarur. Shu maqsadda Hukumatning, tegishli vazirlik va idoralar hamda butun ta'lim tizimining, hurmatli domlalarimiz va professor-o'qituvchilarning eng muhim vazifasi - yosh avlodga puxta ta'lim berish, ularni jismoniy va ma'naviy etuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir. Farzandlarimiz uchun zamonaviy ish joylari yaratish, ularning hayotda munosib o'rin egallashini ta'minlashga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga ko'tarishni davrning o'zi taqozo etmoqda"[1]
Oliy ta'lim sifatini oshirishning samarali tizimini yaratish strategik ahamiyatga ega ustuvor vazifa bo'lib, oliy ta'lim siyosatining barcha sub'ektlarini (milliy, hududiy, institutsional, xalqaro) faol o'zaro munosabatda faoliyat yuritishini zarurat etadi.
Jahonda amal qilayotgan ta'lim sifatini ta'minlovchi turli milliy tizimlar bir-biridan ko'pgina jihatlari bo'yicha farqlanadi. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga a'zo mamlakatlarda oliy ta'lim tizimi quyidagi mezonlarga ko'ra guruhlanadi: oliy o'quv yurtlari soni, oliy ta'limni boshqarish tarkibi, oliy o'quv
yurtlarini guruhlanishi, tashkiliy avtonomiya darajasi. Oliy ta'lim tizimini sifatini ta'minlashning milliy tizimlari quyidagi jihatlari bilan farqlanadi[2]:
- hukumatning huquqlari;
- jamoat va kasaba uyushmalarini jalb etilishi darajasi;
- maqsad va vazifalarni bayon etilishi;
- mezonlari va tartibi.
Jahon amaliyotida oliy ta'lim tizimining raqobatbardoshligini ta'minlash ta'lim sifatini oshirishning o'ziga xos xususiyatlari va rivojlanish modellariga asoslanadi.
Fransuz modeli OTMni ichki baholashga asoslangan bo'lib, bunda asosiy е'йЬог davlat va jamoat tashkilotlari orqali OTMni samarali tashqi baholash nazarda tutiladi. Fransiya, Germaniya va Skandinaviya davlatlaгida "Ingliz (anglosakson)" modeli joriy etilgan. Mazkur modelda OTMni ichki o'z-o'zini baholash muhim o'ringa ega hamda tashqi ijtimoiy va kasbiy ta'lim sifatini ekspert baholash hisobga olinadi. Ushbu holat Buyuk Britaniya, AQSH, Irlandiya, Lotin Amerikasi davlatlari, Tayvan va Filippinda keng tarqalgan.
Oliy ta'lim sifatini ta'minlash tizimlarining "Fransuz modeli" ta'lim muassasalarini boshqarishning "kontinental" modeli quyidagi tamoyillarga asoslangan[2]:
- davlat tomonidan oliy o'quv yurtiga nisbatan paternalizm siyosati;
- davlat boshqaruv organlari tomonidan oliy ta'limni rivojlanishini tartibga solishda markazlashgan nazoratni o'rnatish (ta'lim vazirligi, maorif vazirligi);
- oliy o'quv yurtining mustaqilligini (moliyaviy va akademik) cheklash;
- universitet ta'limiga ega bo'lishda kuchli stratifikatsiyalashgan tizimni mavjudligi (odatda bepul);
- davlat mulkining ta'limda etakchi o'rin egallashi.
Oliy ta'lim tizimida sifatni oshirishning "Amerika modeli" OTMlari va ta'lim dasturlarini akkreditatsiyalashga asoslangan hamda "Fransuz" va "Ingliz" modellarining samarali uyg'unligidan iborat. Hozirgi vaqtda AQSH universitetlarida o'z-o'zini baholash tizimi rivojlangan bo'lib, amerika oliy ta'limi ustun darajada OTMlar tomonidan nazorat qilinadi. Universitetlarning akkreditatsiyasi mintaqaviy universitetlar va kollejlar birlashmasi, assotsiatsiyasi tomonidan realizatsiya qilinadi. Mazkrn- assotsiatsiya^ ichida ixtisoslashtirilgan oliy ta'lim tizimi komissiyalari faoliyat yuritadi va mintaqadagi OTMlarini akkreditatsiyadan o'tkazadi. AQSH OTMlarini akkгeditatsiyadan o'tkazish OTMlaгini akademik erkinlik berish huquqi asosida ularning jamiyat oldidagi majburiyati o'гtasidagi muvofiqlikni ta'minlashni jamoaviy boshqarish tizimidir. AQSHning o'zini-o'zi boshqaгish tizimi oгqali ta'lim tizimi samaradoriigini oshiгishga yo'naltiгilgan OTM darajasida baholash nazarda tutiladi.
Xorijlik talabalar oqimini jalb qilish orqali milliy oliy ta'lim tizimi nafaqat jamiyatni baynalmilallashtirish, balki jozibador kapitallarni ham kiritmoqda. Ayniqsa, o'z mamlakati va o'qigan mamlakat madaniyati bilan yaqindan tanish bo'lgan milliy universitetlarning xorijlik bitiruvchilar uchun iqtisodiy nuqtai nazaráan fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasi innovatsion iqtisodiyotda
rivojlanishning zaruriy sharti hisoblanadi. Umumiy qabul qilingan raqobatbardoshlik tushunchasi ob'ektning o'xshash ob'ektlarga nisbatan o'z muhitida boshqalardan yaxshiroq bo'lish qobiliyatini yoki xususiyatini nazarda tutadi. Turli ob'ektlar (tovarlar, korxonalar, tarmoqlar, hududlar va xodimlar)ning raqobatbardoshligi turli qiymatlarni anglatadi.
L.A.Korchagova, I.B.Romanovaning ta'kidlashicha, "raqobatbardoshlik oliy ta'lim muassasasining mulki bo'lib, u ma'lum bir universitetga tegishli bo'lgan ta'lim xizmatlarining tegishli bozoridagi ulushini va bozorni boshqa sub'ektlar foydasiga qayta taqsimlanishiga yo'l qo'ymaslik qobiliyatini belgilaydi" [3]
Hozirgi kunda jahondagi, xususan, MDH davlatlarida OTMlar jahon bilimlari iqtisodiyoti talablariga javob berish zarurati bilan bog'liq holda universitetlari funksional va tarkibiy o'zgarishlarni boshdan kechirmoqda. Bunda universitetlar Global resurslardan samarali foydalanish uchun foydali va oddiy rejalashtirish vositasini aniqlash va ta'minlashga yordam beradigan aniq globallashuv strategiyasi bilan qurollanish kerak.
Alohida OTMlar raqobatbardoshligining muhim ko'rsatkichi va mamlakatda ta'lim tizimining rivojlanish darajasi indikatori bo'lib, xalqaro ta'lim reytinglari hisoblanadi. Eng taniqli reytinglar tarkibiga Shanxay reytingi (ARWU-500), kompaniyalar universitetlari reytingi QS (QS WUR), Times Higher Education World University Rankings (THE WUR) reytingi kiradi.
Xalqaro reytingda o'ringa ega bo'lishlari uchun OTMlarining raqobatbardoshligining tarkibiy elementlari quyidagilardan iborat (1-rasm):
1-rasm. OTM raqobatbardoshligining tarkibiy qism elementlari1
Reytinglar tahlili asosida xulosa qilish mumkinki, OTMning raqobatbardoshlik ko'rsatkichlariga quyidagi ko'rsatkichlarni kiritish mumkin:
1 Muallif tomonidan tuzulgan.
- ilmiy-pedagogik xodimlar va talabalar sonining nisbati;
- univereitetning Ыг xodimga to'g'ri keladigan iqtiboslaT soni;
- xorijiy xodimlar ulushi va xorijiy talabalar ulushi;
- ishlab chiqarish (innovatsion) faoliyatdan olinadigan daromadlar;
- bitta talaba yoki bita o'qituvchiga to'g'ri keladigan univeratetning umumiy daromadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida OTMlari nafaqat kadrlar tayyorlash vazifasini bajaradi, balki milliy va mintaqaviy raqobatbardoshlikni mustahkamlashga ko'pгoq hissa qo'shmoqdalar Tajribalarning ko'гsatishicha, OTMlarning rolini kengayib borayotganligi ularni iqtisodiy hamkorlik jarayonida hududiy infratuzilma ishtirokchisi sifatidagi ahamiyatini tobora oshirmoqda.
Universitetlar va biznes hamjamiyati o'rtasidagi hamkorlik metodologiyasini ishlab chiqish va modelini yaratishga assotsiatsiya tajribasi va uning sinovdan o'tgan yondashuvlari alohida qiziqishini yuzaga keltiradi. Xususan:
- biznes maktablari tadbirkorlik sub'ektlari bilan muloqot qilishlari uchun foydalaniladigan turli xil usullarni ko'reatadi;
- biznes maktablari o'zaro aloqalarni mustahkamlash va hamkorlk institutlari sifatidagi rolini oshirish natijasida faoliyat turlari bo'yicha ko'p miqdordagi o'zara munosabatlar tasnifini ishlab chiqadi;
- universitetning intellektual resurslaridan foydalanishda innovatsion yondashuvlardan foydalanish mumkin bo'lgan tijorat takliflarining diversifikatsiyasini tavsiflaydi;
- biznes maktablarining mahalliy hamjamiyat bilan o'matgan aloqalari turlarini va bunday munosabatlarning shakllanishi bo'yicha choralar tavsiflaydi.
Hamkorlikni amalga oshirishga bo'lgan bunday yondashuvlar Evropa davlatlari universitetlari amaliyotida keng tarqalganligi alohida ahamiyatga ega. SHunga yaqin misollarni MDH davlatlari universitetlari tajribasida ham ko'rish mumkin. Biroq iqtisodiyotning real sektoriga universitetlar taqdim qiladigan xizmatlar ko'lami va hamkorlik darajasi ancha ixchamroq hisoblanadi.
Xulosa va takliflar. Yuqorida keltirilgan fikr-mulohazalardan fikr qiladigan bo'lsak, O'zbekistonda oliy ta'lim muassasalari raqobatbardoshligini oshirish bo'yicha xorijning ilg^ tajribalaridan foydalanish ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni jadallashuviga zamin yaratadi. Xususan,
- xorijiy mamlakatlarda OTMlarning raqobatbardoshligini ta'minlash holatini tahlil qilgan holda, respublikamiz ta'lim xizmatlari bozorini kelajakda samarali rivojlanishini ta'minlash uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur;
- davlat tomonidan oliy o'quv yurtiga nisbatan paternalizm siyosatini amalga oshirish, oliy o'quv yurtlarining akademik va moliyaviy mustaqilligini ta'minlash; ta'lim tizimida nodavlat mulkining ulushini oshirish;
- oliy ta'lim sifatini baholashning qulay bo'lgan mezonlaridan foydalanish;
-tashqi va ichki mehnat bozorida raqobatga bardosh bera oladigan mutaxassislarni
tayyorlash;
- universitetda mutaxassislar tayyorlash uchun sifat menejmenti tizimining mavjudligi; mehnat bozorini to'liq qondirish uchun ta'lim dastuгlaгining mobilligini ta'minlash;
- kompetensiyalar va talab etilgan ko'nikmalami fuqarolar va ishchilar olishlari uchun volontyorlikni rivojlantirish hamda hamjamiyatning yangi sektoriga ko'гsatiladigan xizmatlarning ko'lami va harakatlanishini kengaytirish.
Foydalanilgan adabiètlar ro'yxati
1. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag'ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo'shma majlisidagi nutq.-T.: "O'zbekiston" NMIU, 2016. - B. 13-14.
2. Vaxabov A.V., RaxmonovN.R. Oliy ta'lim sifatini oshirishning xorij tajribasidan o'zbekiston oliy ta'lim tizimini isloh etishda foydalanish imkoniyatlari "Xalqaro moliya va hisob" ilmiy jurnali. № 4, avgust, 2020 yil.
4. Inson taraqqiyoti. Darslik. i.f.d., professor Q.X.Abduraxmanov tahriri ostida. - T.: "Fanva texnologiya" nashriyoti, 2013. - 476 bet.
5. Pardaev M.Q. va boshqalar. Ta'lim xizmatlari va ularning samaradorligini oshirishmasalalari. Monografiya. - T.: —Innovatsion rivojlanish nashrièt-matbaa uyil, 2020. - 200 b.
6. Rajabov B.J., Toshnazarov S.N., Islomov B.S. va boshqalar. Ta'lim sifatini yaxshilashdaerishilgan natijalardan samarali foydalanish. Monografiya. - T.: "TURON-IQBOL"?