Научная статья на тему 'OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA MASOFAVIY TA’LIMNI TASHKIL ETISH OMILLLARI'

OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA MASOFAVIY TA’LIMNI TASHKIL ETISH OMILLLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
168
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
MASOFAVIY TA’LIM / “D-LEARNING” / INTERAKTIV TA’LIM / “HAMKORLIKDA ISHLASH / “GURUHLARDA ISHLASH” / “LOYIHALASH” / VIDEOKONFERENSIYA

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nurmaxmatov L.

Maqolada oliy ta’lim tizimida masofaviy ta’lim shaklini tatbiq etish omillari hamda ulardan foydalanish haqida sо‘z boradi. Shuningdek, masofaviy ta’limda qо‘lllash mumkin bо‘lgan interfaol metodlar keltirib о‘tilgan. Masofaviy ta`limning muhim xususiyatlari, uning afzalliklari, ta`lim jararyoniga tatbiq etish qonuniyatlarini ochib berish asnosida, har bir texnologiyaning ahamiyati ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FACTORS OF ORGANIZING DISTANCE EDUCATION IN HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS

The article discusses the factors of distance education implementation in the higher education system and their use. Interactive methods that can be used in distance education are also mentioned. The importance of each technology is revealed in the process of revealing the important features of distance education, its advantages, and the laws of its application to the educational process.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA MASOFAVIY TA’LIMNI TASHKIL ETISH OMILLLARI»

Nurmaxmatov L. Shahrisabz davlatpedagogika instituti Pedagogika fakulteti Boshlang'ich ta'lim

kafedrasi o'qituvchisi

OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA MASOFAVIY TA'LIMNI TASHKIL ETISH OMILLLARI

Annotatsiya. Maqolada oliy ta'lim tizimida masofaviy ta'lim shaklini tatbiq etish omillari hamda ulardan foydalanish haqida sо'z boradi. Shuningdek, masofaviy ta'limda qo 'lllash mumkin bo 'lgan interfaol metodlar keltirib o 'tilgan. Masofaviy talimning muhim xususiyatlari, uning afzalliklari, talim jararyoniga tatbiq etish qonuniyatlarini ochib berish asnosida, har bir texnologiyaning ahamiyati ochib berilgan.

Kalit so'zlar: Masofaviy ta'lim, "D-learning", interaktiv ta'lim, "hamkorlikda ishlash, "guruhlarda ishlash ", "loyihalash", videokonferensiya.

Nurakhmatov L.

teacher

Faculty of Pedagogy Elementary Education Shahrisabz State Pedagogical Institute

FACTORS OF ORGANIZING DISTANCE EDUCATION IN HIGHER

EDUCATION INSTITUTIONS

Abstract. The article discusses the factors of distance education implementation in the higher education system and their use. Interactive methods that can be used in distance education are also mentioned. The importance of each technology is revealed in the process of revealing the important features of distance education, its advantages, and the laws of its application to the educational process.

Key words: Distance education, "D-learning", interactive education, "collaborative work", "work in groups", "project", video conference.

KIRISH

Respublikamiz ta'lim tizimida kun sayin bo'layotgan o'zgarish va islohotlarning barchasi yetuk, bilimli kardlarni yetishtirish, oliy ma'lumotli kadrlar ko'lamini kengaytirishga qaratilmoqda.Axborot texnologiyalarining keng tatbiqi natijasida ta'lim tizimimizga masofaviy ta'limning kirib kelishi ayni shu maqsadning in'ikosidir. Barcha OTMlarda masofadan o'qitish ta'lim texnologiyalarini joriy etish maqsadida 2022-yil 3-oktabrda Vazirlar Mahkamasining 599-son qarorida oliy ta'lim tizimiga masofaviy o'qitish shaklini keng joriy etish masalasi ko'rildi.

Экономнка h соцнумм №5(108)-1 2023

www.iupr.ru

256

ADABIYOTLAR TAHLILI

Masofaviy ta'limda qo'llaniladigan axborot va telekommunikatsiya texnologiyalar bilan tanishish, o'rganish va kerakli texnikaviy imkoniyatlarga ega bo'lgan kompyuter va dasturiy majmuani yaratish bo'yicha ishlar. XXI asrda axborot jamiyati asridir. Bu yo'lda axborot savodxonlik targ'iboti ma'naviy jamiyatimiz kishilari orasida keng lozim. Bunda interaktiv ta'lim kuchga kiradi va shu asosda mazkur ta'limning pedagogikasi shakllanadi. Kelajakda taraqqiyotning yetakchi jabhalaridan bo'lib qoluvchi interfaol masofaviy ta'limning ommalashishida Internetning roli, telekommunikatsiyalarning o'rni, barcha insonlarning Internetga barobar ochiq tashrif eta olishi uchun ajoyib yo'lak WWW (Web) texnologiyasini yaratgan olim Tim Berners Lining xizmati beqiyosdir.

Dunyoda masofali ta'limning ko'plab bazalari mavjud, jumladan, Britaniya Ochiq Universitetiga qarashli masofaviy ta'lim Umumjahon markazining ma'lumotlar bazasini misol qilib keltirish mumkin. Distant uslubida o'qitish bo'yicha Xalqaro Kengash faoliyat ko'rsatmoqda, «D - Learning» - masofaviy ta'lim olayotgan tinglovchilarning soni kun sayin oshib borayapti.

TADQIQOT METODOLOGIYASI Masofaviy ta'limning qulayliklari quyidagicha:

- O'qish bilan bir qatorda ish bilan ham shug'ullanish imkoni mavjud. Onlayn ta'limda dam olish kunlarida, ishdan qaytgandan so'ngva hatto yarim kechada o'qish mumkin;

- Sarf-xarajat qisqaradi. Ko'pchilik resurslarning electron variantda ekanligi bu shalning asosiy yutug'idir;

- Ortiqcha vaqt ketmaydi.Istalgan hududda o'qish imkoni mavjud;

Masofaviy ta'limning kamchiliklari:

- Diqqatni uzoq muddat ushlab turish qiyinligi. Yuzma-yuz muloqotdagi kabi o'qituvchilar va topshiriqlar haqida doimiy ravishda eslatib turuvchi kursdoshlar yo'q.

- Tarmoqdagi xatoliklar.Onlayn ta'limning eng katta kamchiligi bu internet provayderlarining sekin ishlashi yoki aloqa uzilib qolishi.

- Nazoratlarda shafffoflikning kamligi. Topshiriqlarni qay darajada bajarganligini absolyut baholash imkoni juda kam.

Masofaviy o'qitishni tashkil qiluvchi asosiy auditoriyaning o'ziga xos xususiyatlari:

• ikkinchi oliy ta'lim yoki qo'shimcha ma'lumot olish, malaka oshirish va qayta tayyorgarlik o'tash maqsadidagilar;

•mintaqaviy hokimiyat va boshqaruv rahbarlari;

• an'anaviy ta'lim tizimining imkoniyatlari cheklanganligi tufayli ma'lumot olish imkoni bo'lmagan yoshlar;

• o'z ma'lumot maqomini zamonaviy talablar darajasiga ko'tarish istagida bo'lgan firma va korxona xodimlari;

Экoнoмнка h сoцнумм №5(108)-1 2023

www.iupr.ru

257

• ikkinchi parallel ma'lumot olishni xohlagan tinglovchilar;

• markazdan uzoqda, kam o'zlashtirilgan mintaqalar aholisi; •erkin ko'chib yurishi cheklangan shaxslar;

• jismoniy nuqsonlari bo'lgan shaxslar;

• harbiy xizmatda bo'lgan shaxslar va boshqalar.

TAHLIL VA NATIJALAR 2006 - yilda republikamizda ilk bor Jamg'arma bazasida tashkil etilgan o'zbek tilidagi " Ma'naviyat va ma'rifat ", " Axborot texnologiyalari va masofali o'qitish" ( shu jumladan, rus va ingliz tillarida ham ) va " Innovatsion texnologiyalar", " Ta'lim muassasalari boshqaruvi" kurslari bo'yicha Jamg'arma portalida elektron ko'rinishdagi kurslar yaratildi. Ushbu kurslar republikamizning ta'lim muassasalari va ilmiy - tatqiqot institutlarida faoliyat ko'rsatayotgan yosh, istiqbolli pedagog va ilmiy xodimlar uchun mo'ljallangan bo'lib, hozirgacha 4114 nafar tinglovchi masofali malaka oshirishda qatnashdi. Shulardan 1334 nafari masofali kurslarni muvaffaqiyatli yakunladi va elektron sertifikatlarga ega bo'ldi.

Respublikamizda faoliyat ko'rsatayotgan pedagogika oliy ta'lim muassasalariga mo'ljallangan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining jamoasi yaratgan portalida masofali o'qitish kurslari ham mavjud. Ushbu kurslar respublika o'rta maxsus, kasb - hunar ta'limi muassasalari o'qituvchilari uchun mo'ljallangan. 2007 - 2008 o'quv yilidan boshlab, ushbu portal ishga tushirildi.

Ikkala holda ham, masofali kurslarda o'qish uchun Internet brauzeri yordamida "Iste'dod" jamg'armasi va "Pedagog" saytidagi masofali ta'lim bo'limiga kiritiladi. Tinglovchilar ro'yxatdan o'tish amallarini bajarganlaridan so'ng, kurslar ro'yxatini ko'rsatuvchi reyting daftarchasidagi mavzularni o'qishlari va joriy attestatsiya o'tkazishlari mumkin bo'ladi. Birinchi mavzuga mo'ljallangan testlar topshiriladi va nazorat testlari muvaffaqiyatli topshirilgan (masalan, o'zlashtirish darajasi 75 va undan yuqori foiz )da navbatdagi mavzuga o'tishga ruxsat beriladi. Joriy nazorat testlari natijasiga ko'ra o'zlashtirish darajasi 75foizdan kam bo'lgan taqdirda, navbatdagi mavzuni o'qish va undan test topshiriqlarini bajarishga ruxsat berilmaydi.

Masofaviy o'qitishning tashkiliy asoslari. Masofaviy o'qitish texnologiyasidan foydalanuvchi o'quv tashkilotlari faoliyatini tahlil qilish, umumiy tashkillashtirishning o'ziga xosligini ochib beradi: - uzluksiz ta'lim; -o'quv jarayonining olib borilishiga individual yondashish; - geografik joylashishi uzoq bo'lgan o'quv muassasalarini yetakchi oliy o'quv yurtlari bazasi markazida masofaviy o'qitishni markazlashtirish; - tinglovchilar yo'nalishiga ko'ra o'qituvchi(pedagog)-maslahatchilaming mavjudligi. Masofaviy o'qitishning qulayligi. Kelgusida maqsadga muvofiq ravishda laboratoriya amaliyotlarini o'tkazishni qisqartirish mumkin.[2, 176]

Kursga mo'ljallangan barcha mavzular muvaffaqiyatli topshirilgach, kompyuter joriy attestatsiyadan olgan jami ballarni umumiy ro'yxatga joylashtiriladi va tinglovchiga kurs bo'yicha yakuniy imtihon topshirishga ruxsat

beradi. Yakuniy imtihon natijalariga tinglovchi 75 va undan yuqori ball to'plagan taqdirda elektron sertifikatga ega bo'ladi.[1, 64]

Masofaviy ta'lim tizimida o'qitish maqsadini samarali va kafolatli ta'minlashning asosini o'quv jarayoni modeli tashkiletadi.O'quv jarayonini quyidagi 3 ta model bilan izohlash mumkin:

- o'qitish;

- mashq qilish;

- emotsional-intellektual muloqat.

Elektron ta'limni tashkillashtirishning ko'pgina manbalari orasidan quyidagilarni ko'rsatish mumkin:

- Mualliflik dasturiy mahsulotlari (Authoring tools);

- Virtual ta'lim jarayonini boshqaruvchi tizimlar LMS (Learning Management Systems);

Yurtimiz O'zbekiston kuchli iqtisodiyotga ega bo'lgan, ezgu istiqbolli huquqiy davlat qurish yo'lidan borar ekan, xalqimizning axborot savodxonligini hamda huquqiy madaniyatini oshirish zamon talabidir. Bu talabni amalga oshirishda asoslari endi shakllanayotgan interfaol ta'lim xizmatga kirishishi kerak. Masofaviy o'qish ta'lim berishda ikki asosiy yondashuv mavjud - bular kengaytirish va transformatsiya modellaridir. Kengaytirish modelida o'qitish texnologiyasi hozirgi ana'naviy usuldan deyarli farq qilmaydi.

Pedagogik texnologiyalar orasida masofaviy ta'lim uchun eng ommabopi guruhlarda ishlash, hamkorlikda o'qitish, faol kognitiv jarayon va turli xil ma'lumot manbalari bilan ishlash texnologiyalaridir. Aynan shu texnologiyalar tadqiqotdan, muammoli usullardan keng foydalanishni, olingan bilimlarni birgalikda yoki individual faoliyatda qo'llashni, nafaqat mustaqil tanqidiy fikrlashni, balki muloqot madaniyatini, turli ijtimoiy rollarni bajarish qobiliyatini rivojlantirishni ta'minlaydi. qo'shma tadbirlarda. Shuningdek, ushbu texnologiyalar talabalarga yo'naltirilgan ta'lim muammolarini eng samarali hal qiladi.

Hamkorlikda o'rganish.An'anaviy sinf tizimiga muqobil sifatida hamkorlikda o'qitish texnologiyasi paydo bo'ldi. Uning mualliflari uchta fikrni bitta jarayonda birlashtirgan:

• jamoaviy mashg'ulotlar,

• kichik guruhlarda mashg'ulotlar.

Hamkorlikda o'rganishda quyidagi vazifalar hal qilinadi:

• Talabada ijtimoiy madaniyat shakllanadi hamda birgalikda ishlansa,ancha yaxshi o'rganadi;

• Talabalarning to'g'ri va mantiqiy yozish qobiliyati jamoaning boshqa a'zolari bilan muloqot qilish qobiliyatiga bog'liq;

• Talabalar o'rtasidagi ijtimoiy aloqalar jarayonida yangi bilimlar o'zlashtirish va ma'lumot almashish imkoni oshadi.

Guruh ishi. O'qituvchi o'quvchilarni guruhlarga ajratadi va ularga topshiriq beradi (elektron pochta orqali, veb-saytga ma'lumot joylashtirish va h.k.). Ushbu topshiriqda o'rganish uchun umumiy mavzu (muammoli vaziyat, mavzuning alohida savoli va boshqalar) belgilanadi. Sinxron yoki asinxron aloqadan foydalanib, talabalar olingan topshiriqni tahlil qilishlari (tuzilmalari) va uni bir nechta kichik vazifalarga (ikkidan to'rtgacha) ajratishlari kerak. Keyin ular o'z ishlarini rejalashtiradilar va kim nima uchun javobgarligini aniqlaydilar (kim topshiriqning qaysi qismini tayyorlaydi).

Keyingi ish quyidagi rejaga asoslanadi

1. Mutaxassislarning muloqoti. Muayyan masala uchun mas'ul bo'lgan talabalar ushbu bosqichda xuddi shu vazifani olgan boshqa guruhlardagi "hamkasblari" bilan tarmoq aloqalarini o'rnatishlari mumkin. Ularning umumiy vazifasi ushbu materialni qidirish va guruhning boshqa a'zolariga taqdim etish strategiyasini bir-biri bilan muhokama qilish, o'rganilayotgan masala bo'yicha ma'lum ma'lumotlarni almashishdir.

2. Axborotni izlash va tahlil qilish. Bu bosqichda o'quvchilar individual ishlaydi, ma'lumotlarni to'playdi va tahlil qiladi. Ushbu bosqichda ularning vazifasi masalani iloji boricha batafsilroq bilish, materialni o'rganish, bu ularga ushbu sohada "mutaxassis" darajasiga erishish imkonini beradi.

3. Ekspertlar tayyorlash. Axborotni to'plas9h va dastlabki tahlildan so'ng mutaxassislar yana birgalikda ishlaydi. Ular to'plangan ma'lumotlarni bir-birlariga (yoki uchinchi shaxsga, masalan, taklif qilingan "mustaqil" ekspertga) taqdim etadilar, bajarilgan ishlarni umumlashtiradilar, mavzu bo'yicha taqdimotning yakuniy versiyasini ishlab chiqadilar, so'ngra boshqa guruh a'zolariga taqdim etadilar..

4. Guruhning umumiy yig'ilishi. Ekspertlarning har biri belgilangan vaqtda o'z guruhiga "qaytib keladi" va taqdimot qiladi. Uning vazifasi shundan iboratki, u minimal vaqt ichida sinfdoshlariga o'zi o'rgangan narsalarni o'rgatishi va seminarga tayyorgarlik ko'rishda foydalangan o'quv materiallarini taqdim etishi kerak. Internetda bunday tadbirlar eng qulay tarzda yoki pochta ro'yxatlaridagi talabalar o'rtasidagi aloqa shaklida (siz matnli materiallarni va PowerPoint taqdimotlarini ham o'tkazishingiz mumkin) yoki multimedia telekonferentsiyasi (videokonferentsiya) shaklida amalga oshiriladi.

5. Ishning tahlili. Taqdimotlar almashinuvini tugatgandan va taqdimotlarda aniq aks etilmagan masalalarni muhokama qilgandan so'ng, talabalar umumiy guruh ishini muhokama qilish va baholashga o'tadilar. Har birining umumiy ishga qo'shgan hissasi qayd etiladi, jamoa bo'lib ishlash mumkinmi, o'quv jarayoni muhokama qilinadi (bir-birimiz bilan muloqot qilish qanchalik qulay edi, hamma narsa aniq edi va hokazo).

Hamkorlik guruhlari ishining muvaffaqiyati bevosita o'qituvchining guruhlar ishini rejalashtirish qobiliyatiga va o'quvchilarning o'zlarining o'quv faoliyatini qurish qobiliyatiga, yakka ishni juftlik va butun guruhda ishlash bilan uyg'unlashtirishga bog'liq. Bunday ishning maqsadlari aniq va talabalar uchun

ochiq bo'lishi kerak. Shu bilan birga, talabalar bu birgalikdagi faoliyat ekanligini tushunishlari kerak, lekin ularning har biri bu faoliyatda "o'z yuziga" ega, o'ziga xosligini saqlab qoladi.

Loyiha usuli - bu o'quv jarayonini o'quvchilarning manfaatlaridan kelib chiqqan holda qurishga imkon beradigan, o'quvchilarga o'zlarining o'quv va kognitiv faoliyatini rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilishda mustaqillik ko'rsatishga imkon beradigan murakkab o'qitish usuli bo'lib, uning natijasi mahsulot yoki mahsulot yaratishdir.

Tugallangan loyihalarning natijalari aniq bo'lishi kerak, ya'ni agar bu nazariy muammo bo'lsa, uning o'ziga xos yechimi, agar amaliy bo'lsa - amalga oshirishga tayyor aniq natija. Loyiha usulining asosi talabalarning kognitiv, ijodiy qiziqishlarini rivojlantirish, o'z bilimlarini mustaqil ravishda qurish qobiliyati, axborot makonida harakat qilish qobiliyati, tanqidiy fikrlashni rivojlantirishdir. Loyiha usuli har doim o'quvchilarning mustaqil faoliyatiga yo'naltirilgan -individual, juftlik, guruh, talabalar ma'lum vaqt davomida bajaradilar. Bu metod hamkorlikda o'qitish metodi, muammoli va tadqiqotchi o'qitish metodi bilan uzviy birlashtirilgan.

Loyiha ustidagi ish o'qituvchi tomonidan puxta rejalashtiriladi va talabalar bilan muhokama qilinadi. Shu bilan birga, bosqichma-bosqich natijalar va natijalarni guruhning boshqa talabalariga, ekspertlarga yoki boshqa mutaxassislarga taqdim etish muddatlarini ko'rsatgan holda loyiha mazmunini batafsil tuzilish amalga oshiriladi.

Hozirgi vaqtda loyiha bo'yicha ishning yettita asosiy bosqichini ajratish odatiy holdir:

1.Tashkiliy;

2. Kelajakdagi loyihaning asosiy g'oyasi, maqsad va vazifalarini tanlash va muhokama qilish;

3. Uslubiy jihatlarni muhokama qilish va talabalar ishini tashkil etish;

4. Muayyan talabalar guruhlari uchun kichik vazifalarni ajratish, kerakli materiallarni tanlash bilan loyihani tuzish;

5. Loyiha ustida ishlash;

6. Natijalarni sarhisob qilish, rasmiylashtirish;

7. Loyihaning taqdimoti.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, masofaviy ta'limni tashkil etish oliy ta'lim tizimida bir qancha qulayliklarni keltirib chiqaradi. Masofali ta'lim omillaridan unumli foydalanish o'qitishning samarasini oshirishga yordam beradi.

Adabiyotlar ro'yxati:

1. Abduqodirov A.A. Axborot texnologiyalari va masofadan o'qitish. - T.: Iste'dod. 2006. 240b

2. Omonov H.T., Xo'jayev N.X. va boshq. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Darslik. Toshkent. "Iqtisod-Moliya" -2009-y. 240 b

3. Ishmuhamedov R.J. Innovatsiya texnologiyalari yordamida ta'lim samaradorligini oshirish yo'llari. - T.: TDPU, 2004. 220 b

4. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. - Qarshi: Nasaf, 2000. 180 b

5. /Og'ayev S. Yangi pedagogik texnologiya-hayotiy ehtiyoj. «Xalq ta'limi» jurnali, 2001, №3, 69-71 b.

6. Farberman B.L. Ilg'or pedagogik texnologiyalar. - T.: Fan, 2000. 237 b

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.