INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© G.M. Jamolova1^_
11qtisodiyot va Pedagogika universiteti, Qarshi, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: maqolada texnika oliy ta'lim muassasalarida tal abalarning elektromagnetizm bo'limini o'rganishi orqali muhandislik faoliyati uchun zarur bilim va ko'nikmalarni shakllantirish metodikasi yoritilgan. Didaktik o'yinlarning ta'lim jarayonidagi o'rni, shuningdek, laboratoriya mashg'ulotlarini tashkil qilishni ng ahamiyati muhokama qilingan.
MAQSAD: tadqiqotning maqsadi texnika oliy ta'lim muassasalarida fizikani o'qitish jarayonida o'yin texnologiyalari va didaktik usullardan foydalanish orqali ta'lim sifatini oshirish hamda talabalarni raqobatbardosh muhandis mutaxassislarga aylantirishni ta'minlashdan iborat.
MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda ishbilarmonlik o'yinlari, rolli o'yinlar, laboratoriya mashg'ulotlari kabi interfaol ta'lim usullarining qo'llanilishi o'rganildi. bu jarayonda ta'lim natijalarini baholash uchun o'quv materiallari va o'quv jarayonining didaktik tamoyillariga asoslangan kuzatishlar va tajriba sinovlari amalga oshirildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: tadqiqot natijalari o'yin texnologiyalarining ta'lim jarayonida talabalarning ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, muammolarni hal qilishda tizimli yondashuvni shakllantirish va kasbiy tayyorgarlikni oshirishda samarali ekanligini ko'rsatdi. talabalarda qiziqishni oshirish va bilimlarni mustahkamlashda didaktik o'yinlar muhim omil bo'ldi. shuningdek, laboratoriya mashg'ulotlarining nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq qilishdagi o'rni tasdiqlandi.
XULOSA: texnika oliy ta'lim muassasalarida elektromagnetizm kursini o'qitishda didaktik va ishbilarmonlik o'yinlaridan foydalanish muhandis mutaxassislarni tayyorlash jarayonida samarali yondashuvdir. Ushbu usullar talabalarning mustaqil fikrlash, kasbiy mas'uliyat va kreativ yondashuvlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, ta'lim jarayonini amaliyot bilan integratsiyalash orqali ta'lim sifatini oshirishga erishiladi.
Kalit so'zlar:o'yin texnologiyalari, didaktik usullar, elektromagnetizm, laboratoriya mashg'ulotlari, interfaol ta'lim, texnika oliy ta'lim, muhandislik ta'limi, raqobatbardosh mutaxassislar.
Iqtibos uchun: Jamolova G.M. Oliy ta'lim muassasalarida elektromagnetizm bo'limi o'qitishni takomillashtirish. // Inter education & global study. 2024. №9(1). B.392-399.
Ilmiy-nazariyvametodikjurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал 2024, №9(1)
Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ПРЕПОДАВАНИЯ НА ЭЛЕКТРОМАГНИТНОМ ФАКУЛЬТЕТЕ В ВЫСШИХ УЧЕБНЫХ ЗАВЕДЕНИЯХ_
© Г.М. Жамолова1И
1 Экономико-педагогический университет, Карши, Узбекистан_
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: в статье рассмотрены возможности использования игровых технологий и интерактивных методов в процессе преподавания курса электромагнетизма в технических вузах. Отмечено, что применение инновационных подходов способствует развитию у студентов навыков самостоятельного мышления, углублению знаний и повышению их готовности к профессиональной инженерной деятельности. Экспериментальные данные подтверждают эффективность данных методов в повышении качества обучения и формировании профессиональных компетенций.
ЦЕЛЬ: основная цель исследования — повышение качества преподавания курса электромагнетизма через использование игровых технологий и интерактивных методов, а также разработка методологических основ подготовки конкурентоспособных инженеров.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в ходе исследования применялись игровые технологии, лабораторные эксперименты и интерактивные методы. Использованы учебные программы, методические материалы и оборудование для проведения лабораторных работ. Основные методики включали наблюдение, экспериментальное тестирование и анализ данных.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: применение игровых технологий показало высокую эффективность в активизации познавательной активности студентов. Лабораторные занятия с элементами интерактивности позволили закрепить теоретические знания и сформировать практические навыки. Результаты исследования демонстрируют, что такие подходы способствуют не только развитию профессиональных компетенций, но и повышению интереса студентов к изучению технических дисциплин.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: использование игровых технологий и интерактивных методов в процессе преподавания курса электромагнетизма позволяет достичь значительного повышения качества обучения. Это способствует подготовке высококвалифицированных инженеров, соответствующих современным требованиям рынка труда.
Ключевые слова: игровые технологии, интерактивные методы, электромагнетизм, лабораторные занятия, техническое образование, подготовка инженеров.
Для цитирования: Жамолова.Г.М. Совершенствование преподавания кафедры электромагнетизма в высших учебных заведениях.// Inter education & global study. 2024. №9(1). С. 392-399.
ENHANCING THE INSTRUCTION OF THE ELECTROMAGNETIC DEPARTMENT IN
©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE9(1)
Ilmiy-nazariyvametodikjurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал 2024, №9(1)
Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
POSTSECONDARY EDUCATIONAL ESTABLISHMENTS
© Gulbanbegim M. Jamolova1®
1University of Economics and Pedagogy, Karshi, Uzbekistan
Annotation
INTRODUCTION: the article explores the application of game-based technologies and interactive methods in teaching electromagnetism in technical universities. it highlights how these approaches enhance students' independent thinking, deepen their knowledge, and prepare them for professional engineering careers. Experimental findings confirm the effectiveness of these methods in improving learning quality and fostering professional competencies.
AIM: the primary aim of this study is to improve the quality of electromagnetism instruction through the use of game-based technologies and interactive methods and to develop methodological foundations for preparing competitive engineers.
MATERIALS AND METHODS: the study employed game-based technologies, laboratory experiments, and interactive teaching methods. educational programs, methodological resources, and laboratory equipment were utilized. key methodologies included observation, experimental testing, and data analysis.
DISCUSSION AND RESULTS: the use of game-based technologies significantly enhanced students' cognitive engagement. interactive laboratory sessions strengthened theoretical knowledge and built practical skills. findings demonstrate that these approaches not only develop professional competencies but also increase students' interest in technical disciplines.
CONCLUSION: the integration of game-based technologies and interactive methods into electromagnetism teaching significantly improves educational outcomes. this supports the training of highly qualified engineers who meet modern labor market demands.
Key words: game-based technologies, interactive methods, electromagnetism, laboratory sessions, technical education, engineering training.
For citation: Gulbanbegim M. Jamolova. (2024) Enhancing the instruction of the electromagnetic department in postsecondary educational establishments, Inter education & global study, (9(1)), pp. 392-399. (In Uzbek).
TOTM amaliyotida o'yin texnologiyalarining quyidagi turlari keng qo'llaniladi: "Ishbilarmonlik o'yinlari"; "Imitatsion o'yinlar"; "Operatsion o'yinlar"; "Rolli o'yinlar"; "Ishbilarmon teatr". Tadqiqotlar ko'rsa-tadiki, o'yin texnologiyalari orqali talabalarda keng fikrlash qobiliyati rivojlanadi.
O'yin davomida ko'ngil ochish kabi vazifalar, komunikativ muloqot insoniyatning amaliyotda o'zligini namoyon qiladi. O'yin terapiyasi: turli qiyinchiliklarni engish bo'lsa, taqsimlash o'yin davomida talabalarni xususiyatlari, imkoniyatlarini rivojlantiradi.
©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE9(1)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
Ko'pchilik o'yinlarda faoliyatning faol va ijodiy bo'lishi faoliyatning ko'tarinki ruhda o'tishi, raqobat musobaqa, tanlovlar asosida amalga oshiriladi.
O'yin mazmunini belgilovchi, uning mantiqiy va vaqt bo'yicha rivojlanishini belgilovchi bevosita qoidalari bo'lishi zarur.
Ta'kidlash joizki, didaktik o'yinlar ishbilarmonlik o'yinlaridan tubdan farqlanadi. Didaktik o'yinlar o'qituvchi uchun barcha natijalar oldindan ma'lum va o'qitish maqsadida o'tkaziladi.
Didaktik o'yinga tayyorgarlik ko'rishning ketma-ketligi: Bunda mashg'ulotning o'quv maqsadi. O'rganilayotgan muammoli masalaning tavsifi.
Qo'yilgan topshiriqlarni asoslash. O'yin rejasini tuzish. Vaziyatlarning umumiy mazmuni.
Hozirgi kunda ta'lim sifatini oshirish oliy ta'lim tizimida eng muhim vazifalardan biri. Kasbga bog'liq darajada ta'lim jarayonida bilim berishning amalga oshirilishi jahon talablari darajasidagi raqobatbardosh texnik muxandislar tayyorlash muammo hisoblanib elektromagnetizm bulimini o'qitish jarayonida uning metodikasini takomillashtirish natijasida yuqori samaradorlikka erishish muqarardir. Bu masala hozirda dunyo oliy ta'limida qizg'in muhokama qilinmoqda. Tadqiqotchilar D.Goluman va D.Dyui,L.Delor oliy ta'limdagi ta'lim sifatining maqsadga muvofiqligi haqida fikr yuritadilar. Unda ta'lim sifatni quyidagi savollar orqali aniqlash nazarda tutilgan.
Oliy ta'limida muxandis talabalarning asosiy maqsadi-fizikaning elektromagnetizm bo'limini mukammal o'rganishi buning natijasida bo'lajak muxandis-texnik kasb egalarini hamda boshqa kasblar uchun katta hayotiy ish faoliyatiga tayyorlanishidan iboratdir. Talabalar katta hayotga dunyo to'g'risidagi bilimlar jamlanmasi bilan qadam qo'yishi shart. Hayot faqat odamlar dunyosimas, balki moddalar dunyosi, bugungi kunda bizni o'rab turgan tabiat hamdir. Moddiy dunyo to'g'risidagi bilimlarni talabalarga tabiiy fanlar bera oladi
TOTM amaliyotida o'yin texnologiyalarining quyidagi turlari keng qo'llaniladi: "Ishbilarmonlik o'yinlari"; "Imitatsion o'yinlar"; "Operatsion o'yinlar"; "Rolli o'yinlar"; "Ishbilarmon teatr". Tadqiqotlar ko'rsa-tadiki, o'yin texnologiyalari orqali talabalarda keng fikrlash qobiliyati rivojlanadi [3].
O'yin davomida ko'ngil ochish kabi vazifalar, komunikativ muloqot insoniyatning amaliyotda o'zligini namoyon qiladi. O'yin terapiyasi: turli qiyinchiliklarni engish bo'lsa, taqsimlash o'yin davomida talabalarni xususiyatlari, imkoniyatlarini rivojlantiradi. Ko'pchilik o'yinlarda faoliyatning faol va ijodiy bo'lishi faoliyatning ko'tarinki ruhda o'tishi, raqobat musobaqa, tanlovlar asosida amalga oshiriladi. O'yin mazmunini belgilovchi, uning mantiqiy va vaqt bo'yicha rivojlanishini belgilovchi bevosita qoidalari bo'lishi zarur [3].Ta'kidlash joizki, didaktik o'yinlar ishbilarmonlik o'yinlaridan tubdan farqlanadi. Didaktik o'yinlar o'qituvchi uchun barcha natijalar oldindan ma'lum va o'qitish maqsadida o'tkaziladi [3].
Didaktik o'yinga tayyorgarlik ko'rishning ketma-ketligi: Bunda mashg'ulotning o'quv maqsadi. O'rganilayotgan muammoli masalaning tavsifi. Qo'yilgan topshiriqlarni
Ilmiy-nazariyvametodikjurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал 2024, №9(1)
Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
asoslash. O'yin rejasini tuzish. Vaziyatlarning umumiy mazmuni. O'tkazish bosqichi: keltirilgan manbalar bilan ishlash, trening, aqliy hujum, guruhlarning chiqishi, natijalar himoyasi, munozara qoidasi. Tahlil va umumlashtirish bosqichi: ishni baholash o'z-o'zini baholash, xulosalar va umumlashlar, tavsiyalar [4].
O'quv o'yinlari talabalarda bo'lgan mustaqil ishlash ko'nikmasi, ijodiy fikrlay olish qobiliyati, jamoani boshqarish, yechim qabul qila olish hamda uning bajarilish jarayonini tahlil qilish takomillashtirish hamda mustahkamlash. O'yin davomida quyidagi ko'nikma, malaka va kompetentsiyalar hosil qilinadi: echim qabul qilish, zarur axborotlarni yig'ish va tahlil qilish; to'liq bo'lmagan va ishonchli axborotlar etarli bo'lmagan sharoitda echim qabul qilish; muayyan turdagi masalalarni tahlil qilish; jamoada ishlash, guruhli fikrlash metodlaridan foydalanib, birgalikda kelishilgan echim ishlab chiqish; jarayon va hodisalarni tadqiq qilishda tizimli yondashuvdan ijodiy foydalanish [4].
Olingan bilimlarni amaliyotga qo'llashni ta'minlash. Bir marta ishlangan o'yindan qator yillar davomida samarali foydalaniladi. Talabalarda kompetentsiyalarni shakllantirish faoliyat mazmunini qiziqtirisning kuchli vositasidir. Talabalarda izlanuvchanlik tadqiqot metodikasini nomoyon etishga imkon yaratib beradi. Muammoli masalani oldinga qo'yish, yechimini guruh bo'lib topishga shaxsiy qarashlar ustuvorligida namoyon bo'la oladi.
Shu bois fizika o'qitishda yangi pedagogik texnologiyalar, noan'anaviy metod va shakllardan foydalanish talab etiladi. Ayniqsa, didaktik o'yinlar talabalarning mustaqil fikrlash, topqirlik, izlanuvchanlik, hozirjavob-lik, mantiqiy
xulosalar chiqara olish, o'z ustida ishlash ma'lum va noma'lum jihatlarni solishtira olish, mavjud bilimlarga tayanib mushohada yuritish kabi imkoniyatlarini ishga solishda yordam beradi hamda shaxs sifatida o'z o'zini rivojlantirish kompetentsiyasini amalga oshiradi [152.]. Daras va to'garak mashg'ulotlarida didaktik o'yinlar orqali ham talabalarni fanga bo'lgan qiziqishini oshirish mumkin.
Bu topshiriqda talabalar asboblar ta'riflar haqidagi bilimlarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
1-topshiriq: 1. O'tkazgichdan tok o'tganda uning atrofida hosil bo'lgan maydon. 2. Tok kuchini o'lchaydigan asbob. 3. Kichik kuchlanish va bosim atmosfera bosimiga teng bo'lsa. 4. Ikki elektrodli lampa. 5. Tok kuchini kuchlanishga bog'liqligini aniqlagan olim. 6. Jismlarning o'z harakati tufayli hosil qiladigan energiyasi. Ta'riflarning bosh harfini katakchalarga joylashtirish orqali maydon deb ataladigan fizik kattalik kelib chiqadi (1-jadvalga qarang)._____
1 2 3 4 5 6
M a y d o n
Javoblar: 1. Maydon. 2. Ampermetr. 3. Yoy razryad. 4. Diod. 5. OM. 6. Nanometr Laboratoriya mashg'ulotlarini o'tkazishda quyidagi didaktik tamoyillarga amal
qilinadi:
laboratoriya mashg'ulotlarini o'tkazilishini rejalashtirish va o'tkaza olish qobiliyati;
©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE9(1)
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №9(1)
Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
laboratoriya I mashg'ulotlarining maqsadlarini aniq belgilab olish aniqlangan tafsilotlarni diqqat bilan o'rganish asboblarning ishlash jarayonlarini tahlil qilish, kuzata olish;
Elektromagnitizim kursidagi laboratoriya mashg'ulotlarini o'tkazish jarayonida fan hamda ishlab chiqarish jarayonida qurilmalarning ishlashlash tamoillarini ko'rish orqali bilimlarni chuqurlashtirish hamda talabalarda qiziqish uyg'otish; Laboratoriya mashg'ulotlari o'tkazish davomida talabaning ish natijalarini mustaqil ravishda qo'lga kiritish imkoniyatini ta'minlash;
Laboratoriya mashg'ulotlari o'tkazish davomida nazariy jihatdan mukammalroq to'la tayyorgarlikka erishish.
Laboratoriya mashg'ulotlari nafaqat aniq mavzu bo'yicha bilimlarni mustahkalash emas, balki talabalarni amaliy masalalar yechish davrida ham foydalanish uchun manba hisoblanadi.
Namoyishli tajribalar fizik masalalarni hisoblashlarni amalga oshirishga hamda fizika fani tushunchalarni shakllantirishga sharoit yaratib beradi.
O'qituvchining tushuntirishini inobatga olib hamda asoslab beradi, hodisaning turli usullarini ko'rgazmali shakilda hamda ishonchli bayon etishga yordamlashadi.
Ayrim jarayonlarning borish mexanizmini aniqlab olishda bugungi davrda kompyuter texnologiyasidan keng ravishda foydalanilmoqda. Natijada, tushinib hamda ko'rib olingan axborotlar tafakkur orqali tahlil etiladi. Fikrlash asosida hodisaning mazmuni uzlashtiriladi va natijada bo'lajak muxandislar chuqur musnahkam bilimga egadir. Bilimlarni amalda qo'llay olgandagina , bo'lajak muxandisda ushbu amaliyot haqiqiy bilim bo'lib hisoblanadi.
Tadqiqot ishlarimiz shundan dalolat beradiki, texnik muxandislarni tayyorlash metodikasi bo'yicha Davlat ta'lim standarti talablaridan kelib chiqqan holda mazmunan mukammal yaratilgan fan dasturlari hamda ishchi o'quv dasturlarining fizika o'qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirishdagi ahamiyati nihoyatda kattadir [5].
Shu nuqtai nazardan biz 6070600-Elektr energetikasi 6071070 Elektr texnologiyasi elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari ta'lim yo'nalishlarining o'qitish metodikasi bo'yicha bakalavriat ta'lim bosqichida o'qitiladigan talabalarning metodik tayyorgarligini takomillashtirish imkoniyatlari katta bo'lgan texnik muhandislar tayyorlashda «Fizika o'qitish metodikasi» ning qonuniyatlaridan foydalanish maruza matnlarini qunt bilan o'rganish, mustaqil tajribalar o'tkaza olish, laboratoriya ishlarini o'tkazish orqali natijalar olib tahlil eta olsagina fanga qolaversa o'z muhandislik kasbiga qiziqib samarali natijalarni qo'lga kirita oladi.
Mazkur modullar tayangan holda oliy ta'limda talabalarning texnika sohasidagi mutaxasisligini tayyorgarligini oshirish yuzasidan amaliyotdagi ahvol
hamda tajriba-sinov ishlarining natijalari to'g'risida dissertatsiyaning uchinchi bobida qiyosiy tahlil keltirib o'tilgan[6].
©intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE9(1)
iccl (A
Ilmiy-nazariyvametodikjurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал 2024, №9(1)
Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Texnika oliy ta'lim muassasalarida fizika kursi yuzasidan mashg'ulotlarni tashkil qilishning asosiy ko'rinishii ma'ruza hisoblanib, u olib boriladigan o'quv- tarbiyaviy jarayonning asosi hisoblanadi.
Fizika mashg'ulotlarining maruzalarida quyidagi vazifalar hal qilinadi:
1) ta'lim hamda tarbiya jarayonlari uzviy bog'liqlikda hal etiladi;
2) har bir o'quv materiali ketma-ketlikda muhokama qilinadi;
3) ta'lim- tarbiyadagi maqsadlarni amalga oshira olish uchun unga mos ravishda o'qitish metodlari tanlab olinadi;
4) talabalar jamoasining ma'lum ko'rinishdagi faoliyati tashkil etiladi.
Yuqoridagi ilmiy manbalarga tayangan holda, bizning fikrimizcha, har bir mashg'ulotning didaktik va tarbiyaviy maqsadlarini bilish talab etiladi. Bunda didaktik maqsadlarga quyidagilar kiradi:
a) yangi mavzuni materialni o'rganish (tushunchalarni shakllantirish, qonun va formulalar o'rgatiladi);
b) o'rgatilayotgan bilimlarni mustahkamlash (takrorlash, masalalar yechish). Bunda:
v) talabalarga qiziqish uyg'otish va tarkib toptirish; g) talabalarning o'qishga mas'uliyatini oshirish, kasbga mehr uyg'otish. d) fizikani fanini o'rganishga bo'lgan ehtiyoj hamda ko'nikmalarini tarbiyalay olishdan iboratdir.
Xorijiy va mamlakatimizning yetuk fizik, psixolog olimlarining oliy ta'limda talabalarga elektromagnetizm bo'limini o'tishning metodik tayyorgarligini takomillashtirish haqidagi ilmiy-nazariy qarashlarining mohiyatini davr, jamiyat talabi nuqtai nazaridan bilish va unga amal qilish raqobatbardosh muhandis mutaxasislar tayyorlashning g'oyaviy poydevori ekanligi tahlil qilib chiqildi.
Texnika oliy ta'lim muassasalaridagi talabalarga elektromagnetizm kursini o'tishning metodik asosini rivojlantirishning malaka talablari bilan birgalikda jamiyat talablari asosida hukumatning huquqiy-me'yoriy hujjatlarida o'z aksini topib, unga amal qilishdagi eletrodinamika bo'limini o'rgatish orqali texnik mutaxasislar tayyorlay oladigan barcha oliy ta'lim muassasalari uchun zarurligini belgilaydi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Дьюи Д. Психология и педагогика мушления / Пер. английский. Н.М. Никольский. - М.: Совершенство, 1997. - 208 с.
2. Гоулман Д. Эмоциональный интеллект против бизнеса. - М.: «Манн, Иванов и Фербер», 2013. - С. 512.
3. Sultonova O'.N. Ijodiy tavsifdagi miqdoriy bog'lanishli masalalar yechish metodikasi. «Innovatsiya-2017» Halqaro ilmiy-amaliy anjumani ilmiy maqolalari to'plami. -Toshkent: TDTU, 2017. -B. 283-285.
©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE9(1)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
4. Sultonova O'.N., Xolmurodov M. Fizika o'qitishd a yangi pedagogik texnologiyaning didaktik asoslari. Uslubiy qo'llanma. -Termiz, 2012. -64 b.
5. O'sarov J. Fizikadan o'quv laboratoriya jihozlari to'plami. qo'llanma. Toshkent: 2009. 155 b.
6. Usarov J.E. Tayanch va fanga oid kompetentsiyalar asosida ta'lim mazmunini takomillashtirish va o'quvchilar kompetentligini rivojlantirish. Ped. fan. dok. (DSs) ... dis. - Toshkent, 2019. - 267 bet.
7. Fizika fanidan o'quv uslubiy majmua. Asatov.O', Xudayberdieva A, Ernazarov SH, Usarov R. Toshkent.: TKTI, 2019.363 bet .
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
Jamolova Gulbanbegim Muzaffar qizi.PhD.dotsent. [Джамолова Гульбанбегим Музаффар кизи, доктор философии, доцент], [Gulbanbegim M. Jamolova, PhD, associate professor]; manzil: O'zbekiston, Qashqadaryo viloyati, Qarshi, Islom Karimov ko'chasi, 13. [адреа Узбекистан, ул. Улица Ислама Каримова, 13, г. Карши, Кашкадарьинская область.], [address: Uzbekistan, Islam Karimov street, 13, Karshi, Kashkadarya region].