Научная статья на тему 'BIOLOGIYA TA’LIMIGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA UNING ASOSIY OMILLARI'

BIOLOGIYA TA’LIMIGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA UNING ASOSIY OMILLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
18
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
biologiya ta’limi / zamonaviy yondashuvlar / interfaol ta’lim / raqamli texnologiyalar / eksperimental ko‘nikmalar / 3D vizualizatsiya / o‘quv jarayoni samaradorligi. / биологическое образование / современные подходы / интерактивное обучение / цифровые технологии / экспериментальные навыки / 3D-визуализация / эффективность учебного процесса.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sh.A. Abduganiyeva

maqolada biologiya ta’limida zamonaviy yondashuvlar va ularning o‘quv jarayonidagi ahamiyati hamda ta’lim sifatiga ta’siri tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MODERN APPROACHES TO BIOLOGY EDUCATION AND ITS MAIN FACTORS

в статье анализируются современные подходы в преподавании биологии, их значимость в учебном процессе и влияние на качество образования.

Текст научной работы на тему «BIOLOGIYA TA’LIMIGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA UNING ASOSIY OMILLARI»

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY Original paper

BIOLOGIYA TA'LIMIGA OMILLARI

© Sh.A. Abdug'aniyeva1H

1Navoiy davlat pedagogika instituti, Navoiy, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: maqolada biologiya ta'limida zamonaviy yondashuvlar va ularning o'quv jarayonidagi ahamiyati hamda ta'lim sifatiga ta'siri tahlil qilinadi.

MAQSAD: tadqiqotning asosiy maqsadi - biologiya fanini o'qitishda zamonaviy yondashuvlarni qo'llashning afzalliklarini o'rganish va biologiya ta'limining samaradorligini oshirishda muhim bo'lgan asosiy omillarni aniqlashdir.

MATERIALLAR VA METODLAR: Tadqiqotda biologiya ta'limiga oid zamonaviy yondashuvlarga bag'ishlangan adabiyotlar tahlili, ilg'or pedagogik texnologiyalar va innovatsion o'qitish usullari qo'llanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: Natijalar biologiya ta'limida zamonaviy yondashuvlarning o'quvchilarning mavzuni tushunish va qiziqishini oshirishda muhim o'rin tutishini ko'rsatdi.

XULOSA: tadqiqot natijalari biologiya ta'limida zamonaviy yondashuvlar, jumladan, raqamli texnologiyalar va interfaol usullarni qo'llashning ahamiyatini tasdiqlaydi.

Kalit so'zlar: biologiya ta'limi, zamonaviy yondashuvlar, interfaol ta'lim, raqamli texnologiyalar, eksperimental ko'nikmalar, 3D vizualizatsiya, o'quv jarayoni samaradorligi.

Iqtibos uchun: Abdug'aniyeva Sh. A. Biologiya ta'limiga zamonaviy yondashuvlar va uning asosiy omillari.// Inter education & global study. 2024. №8(1). B. 340-346.

WIY YONDASHUVLAR VA UNING ASOSIY

СОВРЕМЕННЫЕ ПОДХОДЫ К БИОЛОГИЧЕСКОМУ ОБРАЗОВАНИЮ И ЕГО ОСНОВНЫЕ ФАКТОРЫ_

© Ш.А. Абдуганиева1И

1 Навоийский государственный педагогический институт, Навои, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в статье анализируются современные подходы в преподавании биологии, их значимость в учебном процессе и влияние на качество образования.

ЦЕЛЬ: основная цель исследования — изучить преимущества применения современных подходов в преподавании биологии и выявить ключевые факторы, важные для повышения эффективности биологического образования.

©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE8(1)

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в исследовании использовались методы анализа литературы, посвященной современным подходам к обучению биологии, а также передовые педагогические технологии и инновационные методы преподавания.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: результаты показали, что современные подходы в преподавании биологии играют важную роль в улучшении понимания темы учащимися и повышении их интереса к предмету.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: результаты исследования подтверждают важность применения современных подходов, таких как цифровые технологии и интерактивные методы, в преподавании биологии.

Ключевые слова: биологическое образование, современные подходы, интерактивное обучение, цифровые технологии, экспериментальные навыки, 3D -визуализация, эффективность учебного процесса.

Для цитирования: Абдуганиева Ш.А. Современные подходы к биологическому образованию и его основные факторы.// Inter education & global study.2024. №8(1). С. 340-346.

MODERN APPROACHES TO BIOLOGY EDUCATION AND ITS MAIN FACTORS

© Shahnoza A. Abdug'aniyeva1®

1Navoi State Pedagogical Institute, Navoi, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: the article analyzes modern approaches in biology education, their significance in the learning process, and their impact on the quality of education.

AIM: the main objective of the study is to examine the advantages of applying modern approaches in biology teaching and to identify key factors that are important for improving the effectiveness of biology education.

MATERIALS AND METHODS: the study utilized literature analysis on modern approaches in biology education, as well as advanced pedagogical technologies and innovative teaching methods.

DISCUSSION AND RESULTS: the results showed that modern approaches in biology education play an important role in enhancing students' understanding of the subject and increasing their interest.

CONCLUSION: the study results confirm the importance of applying modern approaches, including digital technologies and interactive methods, in biology education.

Keywords: biology education, modern approaches, interactive learning, digital technologies, experimental skills, 3D visualization, learning process effectiveness.

For citation: Shahnoza. A.Abdug'anieva. (2024) 'Modern approaches to biology education and its main factors', Inter education & global study, (8(1)), pp. 340-346. (In Uzbek).

©intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE8(1)

iccl (A

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

Dunyo bo'yicha ta limda yangi innavatsion texnalogiyalardan foydalanish keng ko'lamda tadbiq qilinmoqda. Shu jumladan mamlakatimizda ham bu borada ko plab islohatlar o'tkazilmoqda. Maktablarda oliy o'quv yurtlarida va boshqa ta'lim muassasalarida zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda dars jarayonini tashkil qilish yo'lga qo'yilmoqda. Bugungi kunga kelib, ta'limning bunday noan'anviy usullarni qo'llash dars jarayonida kompyuter va texnika vositalaridan katta samara berayotgani va bu ta'lim —tarbiya usullarining bosh mezoni sifatida tan olingani hech kimga sir emas. Ta'limda axborot texnalogiyalarini qo'llanilishi o qituvchilarninig mavzular yuzasidan tayyorgalik ko'rishlarida erkinlik va tezkorlikga erishishlarga asos bo'lishi bilan birgalikda talabalarga mavzularning tez va oson etib borishi hamda qiziqishlarining ortishga sabab bo'ladi. Chunki darslarning innovatsion axborot texnalogiyalari va qo'shimcha internet ma'lumotlaridan qo'shimcha manbalaridan foydalinilgan holda olib borilishi bolalarning hozirgi tezkor innovatsion texnologiyalar davrida bir xildagi va zerikarli mashg'ulotlardan farqli ravishda mavzuni aniq va maqsadli tarzda o'zlashtirib olishlariga imkon yaratadi. Internetdan olingan qo'shimcha manbalarni biologiya darslarida qo'llasak, darslarimiz yanada sifatli bo'ladi. Shu bilan birgalikda o'quvchi yoshlarda mustaqil fikrlash, mantiqiy fikrlash, boshqaruvchilik, o'ziga ishonch va bilim salohiyatini samaradorligini oshirib berishga imkon yaratiladi.

O'qitishning shaxsga yo'naltirilgan texnologiyasini o'quv jarayoniga tadbiq qilish yo'llarini amerikalik psixologlar B. Blum va Dj.Karoll tadqiq qilishgan. Ular bilimlarni to'liq o'zlashtirish texnologiyasini, M.V. Klarin mazkur texnologiyani nazariy tomondan asoslab bergan. Ta'limga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish nazariyasi va metodologiyasi, o'quv jarayonida internet texnologiyalaridan foydalanish usullari, masofadan o'qitish texnologiyalarini qo'llash muammolarini o'rganishda G'arb olimlarini xizmati beqiyosdir. Jumladan, A.Berglund, D.Geladze, H.Long, M.Sugata, K.Whattananarong, P.Alfred, B.Means, W.Olatokun, K.Peters, J.Traxler, B.Furuholt kabi tadqiqotchilar tomonidan tadqiq etilgan [2].

Ta'lim-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarni muvaffaqiyatli qo'llash uchun biologiya o'qituvchilari maxsus metodik bilim va ko'nikmalarni egallashlari, pedagogik amaliyotda zarur bo'ladigan kasbiy kopetentlikka ega bo'lishlari lozim. T.R.Kuziminaning fikricha, davlat standartlarida aks ettirilgan ta'lim maqsadlariga o'qitish vositalarini to'g'ri tanlash orqali ta'lim samaradorligini va o'quv jarayonini takomillashtirish asosida erishish mumkin.

YUNESKO pedagogik texnalogiyaga quyidagicha ta'rif bergan.

Pedagogik texnologiya - o'qitish shakllarini optimallashtirish maqsadida o'qitish va bilimlarni o'zlashtirish jarayonida inson salohiyati va texnik resurslarni qo'llash, ularni o'zoro ta'sirini aniqlashga imkon beradigan tizimli metodlar majmuasidir.[1]

Tadqiqot metodologiyasi. Pedagogik texnologiyalarining uchta darajasi mavjud.

1. Umumiy metodik daraja.

2. Xususiy metodik daraja.

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

3. Lokal (modul) daraja.

O'quv jarayonini individuallashtirish va ixtisoslashtirish o'quvchilarda bilim olishga qiziqishning paydo bo'lishiga bog'liq. O'z navbatida bilim olishga qiziqish ham o'quvchilarda o'quv motivasiyasining shakllanishi bilan bеvosita bog'liq. O'quv motivlariga asosan o'quvchilar to'rt guruhga ajratiladi. "[5]

Birinchi guruhda faqat tashqi salbiy motivlar ustunlik qiladi; ichki o'quv—bilish motivlar kuzatilmaydi. Ikkinchi guruhda tashqi motivlar asosiy, ichki o'quv-bilish motivlari ikkinchi o'rinda turadi. Uchinchi guruhda ichki motivlar ustunlik qiladi, tekin o'quv-bilish faoliyati kuchsiz rivojlangan bo'ladi. To'rtinchi guruhda ichki motivlar ustunlik qiladi, bilish faoliyati faol rivojlangan bo'ladi.

Biologiya tirik mavjudotlarning atrof-muhit bilan o'zaro aloqalarini o'rganuvchi ilmiy tadqiqot fani hisoblanadi. Biz biologiya darslarida innovatsion texnologiyalardan foydalansak, darsimizni samaradorligini yuqori darajaga olib chiqa olamiz. Faqatgina bir nechta tasvirga ega darslik yordamida o'rganishda barcha organlar qismlarini va ularning funksiyalarini tushunish qiyin. Biologiya darsliklarida tasvir va diagrammalar ko'p. Odam tanasining uch o'lchamda tasvirlangan va har bir organ faoliyati aks ettirilgan virtual taqdimotini tasavvur qiling. Bunday taqdimotlarni o'quvchilar uzoq vaqt esda saqlaydilar. Hujayraning tuzilishini darslikdan o'qib tushunib olish birmuncha murakkab. Ko'rgazmali tasvirlardan foydalanilsa, tasavvurlar yanada yorqin va tushunarli bo'ladi. Hozirda avvalgidek sinf taxtasida bo'r bilan yozish va ko'rgazma rasmlardan foydalanish vaqti o'tdi.[3]

Bugungi kunda talabalarning etektron resurslar bilan mustaqil ishlashini tashkil etishda fanlardan yaratilayotgan darsliklarning mulitim еdiali ilovalarida taqdim etilayotgan topshiriqlar muhim ahamiyat kasb etib, o'quv (^е^^пт o'zlashtirishda katta imkoniyat yaratmoqda. Yangi yondashuvning asosiy mohiyati, an'anaviy ta'limda ko'zda tutilgan natijalarni bermayotgan majburan o'qitishdan voz kechish va uning o'rniga: zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali ta'lim jarayonini samarali tashkil etish; mustaqil ish va mustaqil faoliyatni amalga oshirish; tegishli talablarni jamoa orqali qo'liashni amalga oshirish muhim sanaladi. Bu o'z navbatida talabalarda mustaqil va mantiqiy fikr yuritishni shakllantiradi.

Mustaqil fikr yuritish shaxs hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli biologiyani o'qitishning barcha shakllarida, talabalarda mustaqil fikr yuritish ko'nikmalarini rivojlantirishga ahamiyat bеrish zarur.

Mustaqil fikr yuritish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: muammoli vaziyatlarni tahlil qilish; farazlarni ilgari surish; avval o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va malakalarni yangi vaziyatlarda qo'llab, yangi bilim, ko'nikma va malakalarni egallash; o'z fikrini dalillash; javobning to'g'riligini tеkshirib ko'rish.

Talabalarda mustaqil fikr yuritishni rivojlantirish uchun o'qituvchi har bir mavzuni o'rganishda muammoli vaziyatlarni vujudga kеltirishi va o'quvchilarning bilish faoliyatini muammoli vaziyatlarni hal qilishga yo'llashi lozim.

©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE8(1)

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

Mantiqiy fikr yuritish (muammoni hal etishning ichki va tashqi mantiqini hisobga olgan holda mantiqan dalillash, usullarning mantiqan ketma-ketligini aniqlash).

Mantiqiy fikr yuritish ko'nikmalarini rivojlantirish quyidagi bosqichlardan iborat bo'ladi: muammoli vaziyatni anglash, uni hal etish yo'llarini aniqlash; muammoni hal etishning ichki va tashqi mantiqini hisobga olgan holda mantiqan dalillash; muammoni hal etish usullarining mantiqan ketma-ketligini aniqlash; o'z javoblarining to'g'riligini dallillash va javobning to'g'riligini tekshirib ko'rish kabilar shul ar jumlasidandir; tizimli fikr yuritish (o'rganilgan ob'ektni qismlarga ajratish, uning yaxlitligini, o'zaro bog'liqligini aniqlash va tavsiflash ko'nikmasi).

Tizimli fikr yuritish o'quvchilarning o'rganilayotgan ob'ektni qismlarga ajratish, uning yaxlitligini, o'zaro bog'liqligini aniqlash va tavsiflash ko'nikmalarini rivojlantirishga asoslanadi. O'qituvchilar yanada samarali o'qitish uchun proektorlar va Axborot Kamunikatsion Texnologiyalardan foydalanib, jonli o'quv sinflarini tashkil etishi lozim. AKTdan foydalanish kundalik hayotimizning dolzarb talabi hisoblanib, jamiyatni globallashtirishda muhim rol o'ynaydi. O'quvchilar yangi tushunchalar haqida rasmiy bilimlarni to'plamasdan, balki ularni tushunib olishlari juda muhim. Biologiya fanini o'qitish yanada samarali bo'lishi uchun o'quv mashg'ulotlari davomida o'qituvchilar AKTni ishlab chiqishlari va undan foydalanishni rag'batlantirishlari zarur. Axborot Kamunikatsoin Texnologiyalar XXI asrning yangi ta'lim berish vositasidir. Hozirgi kunda ta'lim jarayonida innovatsion texnologiyalar, interaktiv metodlar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o'quv jarayonida qo'llashga bo'lgan qiziqish, etibor kundan-kunga kuchayib bormoqda.

O'quv matnlari ayni vaqtda ta'limning yangi vositalari (elektron darsliklar, videofilimlar, audio-darslar, audio va videokasetalar, videodisk va boshqa axborot texnologiyalari) orqali ham ifodalanishi mumkin. "[6]

Kompyuterli o'qitish tizimi-o'quv vazifalarini dasturlashtirilgan vositasi bo'lib, ta'lim jarayonida masofaviy ta'limni amalga oshirishda keng qo'llaniladi. Bu tizim quyidagi jarayonlarni qamrab oladi:ta'lim jarayoniga individual va differensial yondashuvni amalga oshiradi; ta'lim oluvchilarning xatolarini tashhislashni va qaytar aloqani amalga oshiradi; o'z-o'zini nazorat qilish orqali, o'quv faoliyatini to'g'ri izga soladi; vaqtni tejaydi, ta'limni optimallashtiradi; virtual o'quv axborotlarini namoyish qiladi; hodisa va jarayonlarni modellashtirish va imitatsiya qiladi; virtual aniqlikda laboratoriya mashg'ulotlari, tajriba va namoyishlarni o'tkaza oladi; optimal qaror qabul qilish ko'nikmalarini shakllantiradi; o'yinli vaziyatlarni qo'llab ta'lim jarayoniga qiziqishni orttiradi; bilish va axborot madaniyatini, hamda ko'nikma va malakalarni shakllantiradi.

Biologiya fanidan talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etishda axborot resurslaridan foydalanishning o'ziga xos usullari mavjud bo'lib, elektron ta'lim muhitida o'z-o'zini rivojlantirish, faoliyat natijalarini to'g'ri tashhislash, baholash, ularni to'g'rilash imkonini beradi

Biologiya darslarida yangi innovatsion texnologiyalarni ta'lim- tarbiya jarayonidagi qulayiklarni hisobga olgan holda, dars jarayonida qo'llashning innovatsion usullarini

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

o'ylab topish va amaliyotga tadbiq qilish bugungi kunda ta'limning oldida turgan dolzarb muammo hisoblanadi.[4]

Bugungi kunda biz biologiya darslarida quyidagi texnologiyalarni qo'llashimiz mumkin; didaktik o'yin texnologiyasi— talabalarning bilim olish faoliyati o'yin faoliyati bilan uyg'unlashgan holda olib borilgan darslar didaktik o'yin darslar deb ataladi; muammoli ta'lim texnologiyasi- Muammoli ta'lim texnologiyalari o'quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan texnologiyadir; modulli ta'lim texnologiyasi-modulli texnologiyalar - eng zamonaviy texnologiya bo'lib, modul bloklaridan tashkil topgan axborotni tizimli ravishda qayta ishlash va tahlil qilishga, talabaning mustaqil faoliyatiga asoslangan; hamkorlikda o'qitish texnologiyasi- hamkorlikda o'qitish texnologiyalari pedagogik jarayonni takomillashtirish va uni o'quvchi shaxsiga yo'naltirishga asoslangan texnologiyalardir; loyihalash texnologiyasi-- loyihalashda o'quv rejasi, dasturlari, darslik, metodik tavsiyalar va boshqa o'quv qo'llanmalar muhim manba bo'lib xizmat qiladi. Pedagogik maqsad pedagogik jarayonni tashkil etishga tayyorlanish bosqichida pedagogik vazifa sifatida qabul qilinadi; an'anaviy talim texnologiyalari-an'anaviy ta'lim texnologiyalarining afzallik va kamchiliklari mavjud. Afzalliklari ma'lum ko'nikmalarga ega bo'lgan va aniq ma'lum tushunchalarni, fanni o'rganishda foydali. O'qituvchi tomonidan o'qitish jarayonini va o'qitish muhutini yuqori darajada nazorat qilinishi, vaqtan unumli foydalanish va aniq ilmiy bilimlarga tayangan holda dars jarayoni tashkil qilinadi. Kamchiliklari talabalar nofaol bo'lib qoladi, o'qituvchining to'la nazorati barcha talabalar uchunmotivatsiyani vujudga keltirmaydi, talabalar o'qituvchi bilanbevosita muloqotga kirisha olmaydi, sinf bo'yicha o'zlashtirish darajasi past bo'lib qolishi mumkin. Bundan tashqari mustaqil o'rganishva е^^^ qabul qilish uchun sharoit yaratilmaydi: lokal darajadagi pedagogik texnologiyalardan keys, insert, klaster, venn diagrammasi, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, atamalar zanjiri, atamalar varag'i, tezkor o'yinla va o'yin mashqlarning turli shakllaridan foydalanish tavsiya etiladi; bunga qo'shimcha ravishda darsni mazmuni va samarasini oshirish maqsadida; og'zaki bayon metodlari guruhi -suhbat, hikoya, ma'ruza metodlari; ko'rgazmali metodlar guruhi-tabiiy va tirik obyektlar, tasviriy ko'rgazmalar, ekran vositalari, AKTning ko'rgazmali dasturlari; multimedialarni namoyish qilish metodlari; illyustratsiya, demonstratsiya, o'quv kinofilmlari, videofilmlar, AKTning ta'limiy, modellashtirilgan dasturlari; elektron darsliklar, multimedialarni namoyish qilish, amaliy metodlar guruhi- kuzatish; tajribani tashkil etish va o'tkazish; amaliy ishni bajarish metodlari, o'qitishning mantiqiy metodlari guruhi-induktiv; deduktiv, tahlil, bosh g'oyani ajratish, qiyoslash, umumlashtirish metodlari, mustaqil ish metodlari guruhi- ko'rgazma vositalari va darslik ustida mustaqil ishlash metodlari shular jumlasidandir.

Zamonaviy ta'limni tashkil etishga qo'yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni talabalarga еtkazib berish, ularda ma'lum faoliyat yuzasidan ko'nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, talabalar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko'nikma hamda malakalar darajasini baholash

©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE8(1)

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

o'qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta'lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi. Bunda o'qituvchiga pedogogik texnologiyalar asosida dars o'tish yordam beradi. O'qitish jarayonida zamonaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalanish talabalarni uyg'otadi, boshqaruvchilik qobiliyatini oshiradi, muammoni mustaqil hal etishga va birgalikda, hamkorlikda ishlashga zamin yaratib beradi. Bu esa talabada ijtimoiy muloqotga kirishish qobiliyatini yuzaga chiqarib beradi.

Xulosa qilib aytganda, biologiya o'qitishning samaradorligi dars, darsdan va sinfdan tashqari ishlar, ekskursiyalar, amaliy labaratoriya mashg'ulotlari, darsni zamonviy innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda tashkil qilish , o'quvchilarning qiziqishlari va ehtiyojlarini e'tiborga olgan holda olib borishga bog'liq bo'ladi. Bu esa talaba yoshlarni mustaqil fikrlashi va masalaga mantiqiy yondashib fikrlash qobiliyatini yuzaga chiqarishiga yordam beradi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. J.O.Tolipova, A.T. G'ofurov. Biologiya o'qitish metodikasi. Pedagogika oliy o'quv yurtlari talabalari uchun darslik. - T.:, Moliya-iqtisod, 2007.

2. Турсунов Р.Б. Таълимда ахборот коммуникацион технологияларни куллаш тенденциялари// Academic Research in Educational Sciences. Vol. 1 No. 1, 2020. Page 325

3. O. Tolipova, A. T. G'ofurov. Biologiya ta'limi texnologiyalari. - T.: O'qituvchi, 2002.

4. Tolipova J.O. Biologiyani o'qitishda innovatsion texnologiyalar. Pedagogika oliy ta'lim muassasalari ta'lim oluvchilari uchun darslik. Toshkent, 2014.

5. Tolipova J.O., G'ofurov A.T. Biologiya ta'limi tеxnologiyalari. - T.: O'qituvchi, 2002. -126 b.

6. Ibodova M.N .Akademik litseylarda integrativ yondashuv asosida biologiya fanini o'qitishning konseptual asoslari. Ta'lim va innovatsion tadqiqotlar 2024 йил № 5 213 -215bet

7. Ibodova M.N .Akademik litseylarda biologiya fanini o'qitishning integrativ texnologiyalari va metodik ta'minoti KASB-HUNAR TA'LIMI Ilmiy-uslubiy, amaliy, ma'rifiy jurnal 2024-yil, 7-son 106 B

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

Abdug aniyeva Shahnoza Abdurazzoq qizi, magistrant, [Абдуганиева Шахноза Абдураззок кизи, магистрант], [Shahnoza A.Abdug aniyeva, master's student,]; manzil: O'zbekiston, Navoi viloyati, 210100, Navoiy, Ibn Sino ko'chasi, 45. [адрес: Узбекистан, ул. Навоийская область, 210100, г. Навои, ул. Ибн Сино, 45.], [address: Uzbekistan, Navoi region, 210100, Navoiy, Ibn Sino street, 45.]

©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE8(1)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.