INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© R.O. Adxamova, U.N.NurtayevlH_
1Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: maqolada bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida rivojlantirish masalalari tahlil qilinadi.
MAQSAD: tadqiqotning asosiy maqsadi - bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini shakllantirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning o'rni va afzalliklarini o'rganish.
MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda zamonaviy pedagogik texnologiyalar bo'yicha ilmiy adabiyotlar, innovatsion dars usullari va metodlari tahlil qilindi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: natijalar zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamida bo'lajak san'at o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish mumkinligini ko'rsatdi.
XULOSA: tadqiqot natijalari bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ahamiyatini tasdiqlaydi.
Kalit so'zlar: tasviriy san'at o'qituvchisi, kasbiy kompetensiya, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, raqamli san'at, interfaol o'qitish, ijodiy yondashuv, san'at ta'limi.
ВОПРОСЫ ФОРМИРОВАНИЯ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО ИСКУССТВА НА ОСНОВЕ СОВРЕМЕННЫХ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ_
© Р.О. Адхамова, У.Н. Нуртаев1И
1Ташкентский государственный педагогический университет, Ташкент, Узбекистан Аннотация
Iqtibos uchun: Adxamova R.O. Nurtayev U.N. Bo'lajak tasviriy san'at
o'qituvchilarini zamonaviy pedagogik texnologiyalari asosida kasbiy
kompetensiyasini rivojlantirish masalalari.// Inter education & global study. 2024. №8(1). B.429-434.
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №8(1)
Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
ВВЕДЕНИЕ: в статье анализируются вопросы развития профессиональной компетенции будущих учителей изобразительного искусства на основе современных педагогических технологий.
ЦЕЛЬ: основная цель исследования — изучить роль и преимущества использования современных педагогических технологий в формировании профессиональной компетенции будущих учителей изобразительного искусства.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в исследовании были проанализированы научные работы по современным педагогическим технологиям, инновационные методы и подходы к обучению.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: результаты показали, что использование современных педагогических технологий способствует развитию профессиональной компетенции будущих учителей искусства.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: результаты исследования подтверждают значимость современных педагогических технологий для развития профессиональной компетенции будущих учителей изобразительного искусства.
Ключевые слова: учитель изобразительного искусства, профессиональная компетенция, современные педагогические технологии, цифровое искусство, интерактивное обучение, творческий подход, художественное образование.
Для цитирования:Адхамова.О.Р. Нуртайев У.Н. Проблемы развития профессиональной компетентности будущих учителей изобразительного искусства на основе современных педагогических технологий // Inter education & global study.2024. №8(1). С. 429-434.
ISSUES OF PROFESSIONAL COMPETENCE DEVELOPMENT OF FUTURE FINE ARTS TEACHERS BASED ON MODERN PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES_
©Oltinoy R. Adxamova, Urinbay N.Nurtayev1®
1Tashkent State Pedagogical University, Tashkent, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: the article analyzes the issues of developing the professional competence of future art teachers based on modern pedagogical technologies.
AIM: the main objective of the study is to explore the role and advantages of using modern pedagogical technologies in shaping the professional competence of future art teachers.
MATERIALS AND METHODS: the study analyzed scientific literature on modern pedagogical technologies, as well as innovative teaching methods and approaches.
DISCUSSION AND RESULTS: the results showed that modern pedagogical technologies contribute to the development of professional competence in future art teachers.
©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE8(1)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
CONCLUSION: the study results confirm the significance of modern pedagogical technologies in enhancing the professional competence of future art teachers.
Keywords: art teacher, professional competence, modern pedagogical technologies, digital art, interactive teaching, creative approach, art education.
Bugungi kunda jahonning rivojlanayotgan mamlakatlarida oliy ta'lim tizimida talaba yoshlarga ya'ni bo'lajak pedagoglarga ta'lim sifati jarayonida ularga mutahasislik fanlarini yanada chuqurroq va murakkab o'rgatish bilan birgalikda ularni kelgusi faoliyatga hozirdan tayyorlab borish ularda pedagoglik mahoratini shakllantirish asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Rivojlanib borayotgan mamlakatimizda etuk malaka va kasbiy kompetensiya salohiyatiga ega bo'lgan kadrlarga bo'lgan talab tobora ortib bormoqda. Bo'lajak pedagoglarni nafaqat kasbiy balki etuk ma'naviy barkamol shaxs sifatida etishtirish masalalariga juda katta e'tibor qaratilmoqda. Fikrimizni yanada ochiqroq aytadigan bo'lsak bu yuqorida keltirib o'tilgan fikrlar bo'lajak Tasviriy san'at fani o'qituvchilariga ham ta'luqli hisoblanadi, chunki tasviriy san'at orqali bo'lajak mutaxasis kadrlarni zamonaviy pedagogic tehnalogiyalar asosida kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham mamlakatimizda ta'lim tizimini takomillashtirish borasida maqsadli tadbirlarni amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada ayniqsa, mustaqillikdan keyin hukumatimiz tomonidan katta e'tibor berib kelinmoqda. Keling endi kompetensiya va kompetentlik so'zlarining manosini bir tahlil qilib olamiz. Kompetensiya-lotin tilidan tarjima qilinganda (competentia) u yoki bu soha bo'yicha bilimdonlik, bilim va tajribaga aga masalalar yig'indisi ma'nosini anglatadi. Yanaham ochiqroq aytadigan bo'lsak bilim, ko'nikma, malaka degan tushunchalarni bildiradi. Demak biz bugungi kunda bo'lajak tasviriy san'at fani o'qituvchilarini o'qitar ekanmiz ularda zamonaviy pedagogic tehnalogiyalar asosida ularning kasbiy kompetensiyasini ham rivojlantirmog'imiz zarurdir.
Metodika ta'lim-tarbiya jarayonida o'qituvchining o'quvchilar bilan ishlash usullarining mazmunining xususiyatlariga qarab chiqadi. Ma'lumki, maktabda o'qitishning xilma-xil metodlari qoilaniladi. Bu erda ta'lim usuli, o'quv materiallarining joylashishi (o'quv, reja, dastur), ta'lim prinsiplari va yana (so'ngida), o'quv tarbiyaviy ishlarning umumiy maqsad va vazifalari eng muhim ahamiyatga egadir. «Metod» so'zi grekcha boiib, «Tadqiqot yoli» «bilish usuli ma'nosini anglatadi. Pedagogik o'qitish metodlari deganda, maktab o'quvchilaming bilim, mahorat va malakalarini egallashida, ulaming ijodiy qobiliyatlarini rivoj lantirishda va dunyoqarashini tarkib toptirishda o'qituvchilarning qollagan ish usullari tushuniladi. Hozirda barcha ta'lim, fan sohalariga yuksak e'tibor qaratilishi barobarida tasviriy san'at fanining ta'lim muassalalarida o'qitilishi, o'rganilishida
For citation: Oltinoy R. Adxamova, Urinbay N. Nurtayev (2024) 'Issues of professional competence development of future visual arts teachers based on modern pedagogical technologies', Inter education & global study, (8(1)), pp. 429434. (In Uzbek).
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
ham ko'plab ishlar olib borilmoqda. Hozirgi kunda talim jarayonida interfaol uslublar (innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalari) dan foydalanib, talimning samaradorligini ko'tarishga bo'lgan qiziqish, etibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. O'quv tarbiya jarayoida pedagogik texnologiyalarning to'g'ri joriy etilishi o'qituvchining bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa o'quvchidan ko'proq mustaqillikni, ijodni va irodaviy sifatlarni talab etadi. Har bir tasviriy san'at fani o'qituvchisining vazifasi mana shu texnologiyani topish, uni amalda qo'llashdan iborat. Buning uchun o'qituvchi o'z bilimi ustida ko'proq ishlashi, kompyuter texnologiyalaridan foydalana olishni bilishi, ta'lim sohasida zamonaviy texnologiyalarning qo'llanilishi, uning imkoniyatlari va chet el jurnallarida chop etilayotgan dolzarb maqolalar bilan tanishib borishi, yangi g'oyalar ustida ishlashi, o'z fikrini bayon qila olish imkoniyatiga ega bo'lishi lozim. Buning uchun o'qituvchi chet tilini bilishi, shu tildagi axbortlarni bemalol o'qiy olishi, chet ellik hamkasblari bilan internet orqali muloqot qila olishi zarur.
Tasviriy san'at o'qitish metodlari deganda o'qituvchining o'quvchilar bilan ishlash usullari natijasida o'quv materiallarini yaxshi bilib olish darajasiga erishish va o'zlashtirish darajasini oshirilishi nazarda tutiladi. Har bir o'qitish metodlari o'quvchilar egallashi lozim bo'lgan bilimlarning mazmuni (hajmi)ga monand tarzida ta'lim maqsadiga, o'quvchilaming yosh va fiziologik xususiyatlariga bog'liq. «Usul» iborasi pedagogik adabiyotlarida tez-tez uchrab turadi. O'qitish usuli - bu ta'lim-tarbiyada alohida qismi hisoblanadi, ularning yigindisi o'qitish metodlariga kiradi. Umumiy yo'nalishga qaratilgan ma'lum bir o'qitish metodlari va usullarining majmuasidan o'qitish tizimi tuziladi. Tasviriy san'at o'qitish metodikasi pedagogik ilmiy fan sifatida tajribada sinalgan ishlarning nazariy qismlarini umumlashtirib, amaliyotda samarali natijalar bergan o'qitish metodlarini taqdim etadi. Metodika, asosan, pedagogika, psixologiya, estetika va san'atshunoslikning tadqiqot natijalariga asoslanadi. U tasviriy san'atni o'rgatish qonun qoidalarini ta'riflab beradi, kelajak avlodni tarbiyalashning zamonaviy metodlarini belgilaydi.Tasviriy san'at metodikasi metodika fanining boshqa sohalari kabi umumiy va xususiy turlarga ajratiladi.
Umumiy metodika - o'quv fanning nazariy qismini asoslariga qarashli savollami va ko'pchilik fanlarga tegishli o'qitish usul va uslublarini qo'llanishlarini ko'rib chiqadi. Bular quyidagilar:
- tasviriy san'at fanining maqsad va vazifalari;
-tasviriy san'at fani dasturiarining tuzilishi va mazmuni;
- o'qitishning tashkiliy shakllari va metodlarini ishlab chiqish;
- ko'rgazmali metodik vositalami tadqiq qilish va tanlash (o'quv ko'rgazmali qurollar va texnik vositalari);
- tasviriy san'atning boshqa fanlar bilan bog'liqligi (adabiyot, musiqa, biologiya,
tarix);
-tushunchalarni, iboralarni ta'riflash va boshqalar.
Xususiy metodika biron-bir o'quv fanining o'qitish uslubi nazarda tutiladi.
- ko'rgazmali qurollardan foydalanish bo'yicha tavsiyalar beriladi;
Ilmiy-nazariyvametodikjurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал 2024, №8(1)
Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
- amaliy va ijodiy ishlaming mazmunlari aniqlanadi va h.k.
Hozirgi kundagi tasviriy san'atni o'qitish metodikasi birdaniga shakllangan emas, bunga qadar mazkur yo'nalish bo'yicha metodika shakllanishi va murakkab taraqqiyot yo'lini bosib o'tdi. Respublikamizda tasviriy san'atni o'rgatish metodikasining shakllanishida mahalliy olimlar, metodistlarning qator izlanishlari, o'quv qo'llanmalarning ahamiyati juda katta o'rin tutadi. «Tasviriy san'at» o'quv predmeti ma'naviy madaniyatning tarkibiy qismlaridan biri bo'lgan badiiy madaniyatni uyg'un rivojlanishga xizmat qiladi va shaxs uchun muhim bo'lgan qator sifatlarni rivojlantirishga yordam beradi. Bu esa o'quvchilarni milliy merosni o'zlashtirish hamda umuminsoniy qadriyatlar bilan yaqindan tanishishlari uchun imkoniyat yaratadi. Maktabda tasviriy san'at darslarida mashg'ulotlarning quyidagi turlari bo'yicha ishlar olib boriladi; Borliqni idrok etish; San'atni idrok etish; Naturaga qarab tasvirlash;
A) Naturadan rasm ishlash. B) Naturadan haykal ishlash. Kompozitsiya; A) Rangtasvir kompozitsiyasi. B) Dekorativ kompozitsiya. V) Haykaltaroshlik kompozitsiyasi.
Kompyuter yordamida tashkil etiladigan darslar o'quvchilarda tasviriy san'at fanida yuzaga kelayotgan yangi yo'nalishlar, zamonaviy bilimlar hamda raqamli texnologiyalarga oid kompetentsiyalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Natijada o'quvchida bugungi kunda vujudga kelayotgan yuqori sanoatli va axborot jamiyatida o'z o'rnini topa olishida ko'maklashadigan malaka va ko'nikmalar hosil bo'ladi. Bugungi kunda Internetning keng tarqalishi, Virtual o'quv hamda ijtimoiy muhitlarning ko'payib borishi natijasida raqamli texnologiyalar va tasviriy san'atni o'zaro integratsiyasi mahsuli hisoblangan "Grafik dizayn", "Web Dizayni", "Animatsiya", "O'yinlar (Game)Dizayni", "Raqamli tasviriy san'at" kabi ko'plab atamalar vujudga kelmoqda. Jumladan, raqamli (kompyuter) san'ati deb kompyuter (axborot) texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan ijodiy faoliyat tushuniladi, uning natijasida raqamli shaklda badiiy asarlar olinadi. " Pedagogik mahorat o'qituvchilar va tarbiyachilarga pedagogik ijodkorlik, pedagogik texnika, ta'lim - tarbiya jarayonida o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro hamkorligi, muloqot olib borish taktikasi, nutq madaniyati, tafakkuri, tarbiyachining ma'naviy - m a'rifiy va tarbiyaviy ishlarini tashkil etish va amalga oshirish, bu jarayonda xulq-atvomi va hissiyotni jilovlay olish xususiyatlarini o'rgatadi va o'z kasbini rivojlantirib boruvchi pedagogik faoliyatlar tizimi to'g'risida m a'lumotlar beradi. Pedagogik mahorat o'qituvchilarning pedagogik faoliyati zamirida takomillashib boradi. Boshlang'ich sinflarda tasviriy san'atni o'qitishda, tasviriy san'at o'qituvchisidan yuksak pedagogik mahorat talab qilinadi. Tasviriy san'at o'qituvchisining pedagogik faoliyatida o'quvchilarning ishlarida kuzatilayotgan xatolarni tahlil qilib borish va ularga mos metodik yo'nalish va yordam berib borish tasviriy san'at ta'limining barcha sohalari (faoliyat turlari) bo'yicha ta'lim sifati va samaradorligini oshirishning muhim omilidir. Shuningdek, kamchiliklarning faoliyat turlari, bo'yicha klassifikatsiyalab borish mavjud kamchiliklarni batratarf etishga yo'naltirilgan metodikani to'g'ri tanlash imkonini beradi.
Xulosa o'rnida aytishimiz mumkinki sohani chuqur o'rganish, zamonaviy yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda dars o'tish, uni shakllantirish,
©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE8(1)
Ilmiy-nazariyvametodikjurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал 2024, №8(1)
Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
takomillashtirishni lamalga tatbiq etish jarayonining rivojlanishi yuqori darajada deb bo'lmaydi. Bu muammoning ijobiy hal qilinishi uchun tasviriy san'at o'qituvchilaridan dars o'tish jarayonida yangi pedagogik texnologiyani qo'llanilishi talab qilinayotgan ekan, dars o'tish jarayonida qanday texnologiyalardan foydalanishimiz mumkin degan savol tug'iladi. Bu haqda biz o'qituvchilar chuqur va jiddiy o'ylab ko'rishimizga to'g'ri keladi. Tasviriy san'at darslari amaliy mashg'ulot jarayoni bo'lib, berilgan mavzuni to'laqonli tasvirlash uchun qisqa vaqt (xaftasiga 1 o'quv soati ya'ni 45 daqiqa) sarflanadi. Agar biz tasviriy san'at darslarda boshqa asosiy vaqti nazariy bilimlarga ajratilgan fanlarda bo'lgani kabi o'yin texnologiyasini qo'llasak, bunda juda ko'p vaqtimizni bu mashg'ulotga sarflab amaliy ishni bajarishga vaqtimiz etmaydi. Shuning uchun hamma texnologiyalar ham tasviriy san'at darslariga to'g'ri kelavermaydi. O'quvchilarning badiiy ijodiy bilimlari, ko'nikmalarini shakllantirish yuqorida qayd etilgan fikrlarga tayangan holda olib borilishi kerak va eng asosiysi o'qituvchilar yani bo'lajak tasviriy san'at fani o'qituvchilari ko'proq o'z ustilarida ishlashlari kerak anashundagina pedagogic salohiyatimizni rivojlantirishimiz va fanda yangi kreativ g'oya va qarashlar bilan darslarni olib borib yoshlarni etuk mutahasis q ilib tarbiyalashimiz mumkin.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Abdirasilov S.,Tolipov N. Rangtasvir. - Toshkent: O'zbekiston nashriyoti, 2006.
2. Abdirasilov S.,Boymetov B.,Tolipov N. Tasviriy san'at. - T.: Ilm Ziyo, 2010.
3. Oydinov N. Rassom- o'qituvchilar tayyorlash muammolari. - T.: O'qituvchi, 1997.
4. Abdurahmonov G'. Kompozitsiya. - Toshkent: 2010.
5. Yo'ldoshev J., Usmonov S. Ilg'or pedagogik texnologiyalar. - T.: O'qituvchi: 2004.
6. Abdirasilov S., Boymetov B., Tolipov N. Tasviriy san'at. - T.: Ilm Ziyo , 2010.
7. Oydinov N. Rassom - o'qituvchilar tayyorlash muammolari. - T.: O'qituvchi, 1997.
8. Nurtayev U.N. Rangshunoslik. - Toshkent: ILM-ZIYO, 2008.
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
Adxamova Oltinoy Rafiqjon qizi, magistrant, Nurtayev Urinbay Nishanbekovich, professor, [Адхамовой Олтиной Рафикжон oBHa, аспирантка, Нуртайев Уринбай Нишанбекович, профессор,], [Oltinoy R. Adxamova, graduate student, Urinbay N. Nurtayev, professor,]; manzil: O'zbekiston, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko'chasi 27 uy. [адрес: Узбекистан, ул. Город Ташкент, Чиланзорский район, улица Бунёдкор, 27.], [address: Uzbekistan, 27 Bunyodkor street, Chilonzor district, Tashkent city.]
©intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE8(1)
iccl (A