RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun
BO'LAJAK TASVIRIY SAN'AT O'QITUVCHILARINING KREATIVLIGINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
M.I. Xudayberdiyev
T.N.Qori Niyoziy nomidagi O'zPFITI I-kurs doktaranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7995377
Annotatsiya. Ushbu maqolada hozirgi ta'lim tizimidagi rivojlanishning asosiy komponentlaridan biri bo'lgan raqamli texnologiyalar va ulardan bo'lajak tasviriy san'at fani o'qituvchilarining dars jarayonlarida yuqori darajada foydalana olish kompetensiyalari haqida fikr yuritilgan.
Kalit so'zlar: Raqamli texnologiyalar, kreativlik, kompetensiya, san'at tarixi, qalamtasvir, multimedia, kompozitsiya, grafka dizyni.
Hozrigi kunda ijtimoiy jadallashuv jarayonida insonlar o'z ish faoliyatlari va kundalik turmush tarzini raqamli texnologiyalarsiz tasavvur qila olmaydi. Jumladan san'at sohasi ham faqar amaliy ijodkolik bilan rivoj topsada hozrgi zamon talabidan kelib chiqqan holda usta rassomlar o'z vaqtlarini tejash va shogirdlariga tez va oson tushuntirish va o'rgatish uchun raqamli texnologiyalardan foydalanish va xorijiy tilni bilishi bugungi kun talabi bo'lib qolmoqda.
Yurtboshimiz Sh.M. Mirziyoyev tashabbuslari bilan yangi davrga qadam qo'yish asnosida keng fikrlash doirasiga ega, bilimlarni chuqur egallagan, sohasida yetuk va davr talabiga javob bera oladigan shaxslarga bo'lgan etibor ortib bormoqda. Bu esa o'z navbatida qayta isloh qilingan va sifatli tashkil etilgan ta'limni joriy etish masalasini ko'ndalang qilib qo'yadi. Hozirgi davr nuqtai nazaridan kelib chiqib bunday talablarga javob bera oladigan va yuqorida sanab o'tilgan xususiyatlarni o'zida mujassamlashtirgan shaxsni shakllantirishda quyida mezonlarni tashkil etilish muhim ahamiyat kasb etadi:
* Zamonaviy va ilg'or ta'lim texnologiyalari;
* Raqamli texnologiya + zamonaviy va ilg'or pedagogik texnologiya xalqaro tajribalar. Malakali kadrlarni tayyorlashga bo'lgan ehtiyoj ishlab chiqarish korxonalari paydo bo'lgan, sanoat sohasi rivojining ilk bosqichlarida yuzaga kelgan bo'lsada, hanuzgacha o'z dolzarbligini yo'qotmay kelmoqda. Buning asosiy sabablari jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga bog'liq ravishda yangidan-yangi yo'nalishlar, ixtisosliklarning paydo bo'lishi, ular bo'yicha kadrlar tayyorlash zaruriyatining vujudga kelishi, o'zgaruvchan, tezkor davrda mutaxassislarning kasbiy bilim, malaka va mahoratlarini izchil ravishda oshirib borishga bo'lgan ehtiyojning shakllanishi, shuningdek, mutaxassis sifatida mehnat bozoridagi kuchli raqobatga bardosh bera olishga bo'lgan talabning ortishi sanaladi. Shunday bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda ularga faqat ijoddiy qobilyatini o'stirishga e'tibor qaratmasdan ularga zamonaviy texnologiyalardan faolyatlri jarayonida foydalanish kompetensiyalarini ham o'rgatish zarurdir. Misol qilib aytadigan bo'lsak, Tasviriy san'at yo'nalishi talabalari uchun Tasviriy san'at tarixi" fani mavjud. Ushbu darslikda talaba o'qituvchi odatda ananaviy tarzda o'qituvchi ma'ruza qiladi va talaba tinglaydi yoki seminar darslarida buning ozgina aksini ko'rishimiz mumkin. Ana shunday holatlar uchun agarda o'qituvchida til bilish va raqamli texnoloiyalardan foydalanaolish kompetensiyasi mavjud bo'lsa u darsni yuqori saviyada tashkil qilishi va talabaga o'ylaganidan ham ko'proq va tezroq yetkazib berishi ehtimoli yuqori bo'liadi. Masalan mana shu dars davomida o'qituvchi
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun
faqat prezentatsiyadan foydalanmasdan turib ijtimoiy tarmoqlardagi (misol tariqasid: https://www.theartstory.org/) manzillardan foydalangan holda o'sha mavzuga taalluqli bo'lgan manbaalarni dars jarayonida to'g'ridan to'g'ri taqdim etishi va tarjima qilib berishi talabada o'zgacha hissiyot uyg'otadi, xulosasi o'zgaradi. Yoki qalamtasvir fanini oladigan bo'lsak o'qituvchi talabaga o'rgatish metodikasidan eng samaralisi bu mahorat darsi ya'ni talabaga ma'lum bir bosqichgacha chizib ko'rsatib berishini tushunamiz. Bu holat ham yaxshi ammo talabani ko'p hollarda o'zining husnihatini topishga qiynalishi va ustozning qolipiga tushib undan chiqib ketish jarayonini uzaytirishga olib kelishi mumkin. O'qituvchi o'z mahorat darsidan tashqari mashhur usta rassomlarning amaliy ish jarayonlari yoki ulardan qolgan boy merosni ko'rsatishi, G'arb mamlakatlaridagi usta rassomlar bilan online dars jarayonlarini tashkil qilishi kerak bo'ladi. Buning uchun albatta xorijiy tilni bilishi AKT lardan mohirona foydalana olishi zarur. Mazkur kompetensiyalar o'qituvchida bo'lsagina u talabaga o'rgata oladi vatalab qilaoladi. Bo'lajak o'qituvchi ham talab darajasida faoliyat qilishga harakat qiladi.
Jahon tajribasi shuni ko'rsatadiki, tasviriy san'at fanini o'qitish jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanish o'quvchilarda nafaqat san'atga bo'lgan qiziqishlarini orttirish, o'quvchida nafosatni shakllantirishga ko'maklashadi balki, ulardan olingan bilimlarni uzoq vaqt yodda saqlab qolish hamda kelajakka oid bilim va malakalarni shakllantirishda ham katta ahamiyat kasb etadi.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, yangi bilimning aktualligi u o'zlashtirilgan davrdan boshlab 3-5 yilni tashkil qiladi. Raqamli qurilmalardan unumli foydalanish esa mustaqil izlay olish, kerakli ma'lumotni qisqa muddat ichida qidirib topish, o'qituvchi va talaba o'rtasida muntazam fikr almashib turish kabi imkoniyatlarni yaratib berish orqali ma'lumotlarni muntazam takrorlanib turishini ta'minlaydi va shu orqali talabalarda "mustahkam bilim" shakllanishini ta'minlaydi. Xususan talabalarga multfilm yaratilish jarayonlari aks ettirilgan videoroliklar ko'rsatilsa, multfilm qahramonlarining ijobiy va salbiy xislatlari, ranglar va chiziqlar plastikasining jozibadorligi hamda uning yaratilish jarayonidagi qiziqarli va mashaqqatli rassom mehnatidan talabalar ilgayidi va taassurotga ega bo'ladilar. Bu esa kitob grafikasi fanining zamonaviy texnologiylar bilan bog'liqligini ko'rsatadi.
Multimedia yordamida tashkil etiladigan darslarda o'qituvchi "electron doska" sifatida ishlatadi. O'qituvchi tayyor electron ta'lim resurslaridan yoki multimedia prezentatsiyalaridan, talabalar esa loyihalarni taqdimot hamda himoya qilish uchun foydalanadilar. Bunga quyidagi multimediya qo'llanmalarini misol qilish mumkin: "Milliy naqsh namunasini ishlash", "Qalam tasvirda yorug' va soyalar bilan ishlash", "Rang tasvirda kompozitsiya" va hokazo. Xususan, mavzuga oid MS Power Point dasturida tayyorlangan taqdimotlardan foydalanish ko'rsatkichi ham oshishiga olib keladi. Jumladan, tasviriy san'at darslarini tashkil etishda ham shu kabi multimedia mahsulotlaridan juda keng foydalaniladi. Bundan tashqari jahon Internet tarmog'iga kirish imkoniyatiga ega bo'lgan darslar (ham multimedia, ham kompyuter yordami bilan tashkil etilishi mumkin). Bugungi kunda o'qitish va o'rganish jarayonida Internet texnologiyalariga katta o'rin ajratilmoqda. Bunday texnologiyalar ta'lim jarayoniga ko'maklashib, o'qitish dasturlari, o'quv qo'llanmalari, elektron darsliklar va jurnallardan foydalanish imkoniyatini yaratmoqda, foydalanuvchilarning turli yangiliklardan foydalanishlarida, ilmiy va tadqiqot ishlarini olib borishlarida hamda masofaviy loyihalarda ishtiroklarini ta'minlamoqda.
Bugungi kunda Internetning keng tarqalishi, Virtual o'quv hamda ijtimoiy muhitlarning ko'payib borishi natijasida raqamli texnologiyalar va tasviriy san'atni o'zaro integratsiyasi
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2G23-yil 2-iyun
mahsuli hisoblangan "Grafik dizayn", "Web Dizayn", "Animatsiya", "O'yinlar (Game)
Dizayni", "Raqamli tasviriy san'at" kabi ko'plab atamalar vujudga kelmoqda. Jumladan, raqamli
(kompyuter) san'at deb kompyuter (axborot) texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan ijodiy
faoliyat tushuniladi, uning natijasida raqamli shaklda badiiy asarlar olinadi.
REFERENCES
1. M. Pardaeva. Ta'lim tizimini modernizatsiyalash sharoitida innovatsiyalarni joriy etish va ulardan samarali foydalanish istiqbollari [Journal] // Science and Education. - 2G2G. - 4: Vol. l.
2. U.A. Baykabilov. Ta'limda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish bosqichlari [Journal] // Science and Education. - 2G2G. - 2: Vol. 1.
3. Х.И. Зарсаева. Использование цифровых технологий в образовании [Journal] // European science. - 2G2G. - Vol. 1(5G).
4. S.F. Abdirasilov Tasviriy san'at o'qitish metodikasi [Book]. - Toshkent: "Fan va texnologiya", 2012. - B. 41-42.
5. A. Isaqov. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida tasviriy san'at darslarini tashkil etish va o'tkazishga qo'yiladigan zamonaviy talablar [Journal] // Maktab va Hayot. - Toshkent: [S.N.], 2G21.