INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© J.G '. ObidovlH_
1Farg'ona politexnika instituti,Farg'ona,O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: maqolada texnika oliy o'quv yurtlarida o'quv materiallarini imitatsion-variativlik asosida o'qitish texnologiyalari va ularning ta'lim jarayonidagi o'rni tahlil qilinadi.
MAQSAD: tadqiqotning asosiy maqsadi - texnika oliy o'quv yurtlarida o'quv materiallarini imitatsion-variativlik yondashuvi yordamida o'qitish samaradorligini oshirish va o'quvchilarni amaliy ko'nikmalarga tayyorlashda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning afzalliklarini aniqlashdir.
MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda imitatsion-variativ o'qitish texnologiyalari va ularning texnika yo'nalishidagi ta'lim jarayoniga qo'llanishi bo'yicha ilmiy adabiyotlar tahlil qilindi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: natijalar imitatsion-variativlik yondashuvi yordamida "intellektual o'lchash asboblari" fanini o'qitishda talabalar bilim darajasining sezilarli darajada oshganini ko'rsatdi.
XULOSA: tadqiqot natijalari texnika oliy o'quv yurtlarida imitatsion-variativlik asosida o'qitish texnologiyalarini qo'llash o'quv jarayonini yanada samarali va amaliyotga yaqinlashtirishi mumkinligini tasdiqladi.
Kalit so'zlar: imitatsion-variativlik, texnika ta'limi, intellektual o'lchash asboblari, amaliy ko'nikmalar, simulyatsiya texnologiyalari, ta'lim samaradorligi, innovatsion o'qitish.
ТЕХНОЛОГИИ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ПРЕПОДАВАНИЯ УЧЕБНОГО МАТЕРИАЛА НА ОСНОВЕ ИМИТАЦИИ-ВАРИАЦИИ В ТЕХНИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЯХ ВЫСШЕГО ОБРАЗОВАНИЯ (КАК ПРИМЕР ПРЕПОДАВАНИЯ НАУКИ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНЫХ ИЗМЕРИТЕЛЬНЫХ СРЕДСТВ)_
© Ж.Г. Обидов1И
1 Ферганский политехнический институт, Фергана, Узбекистан_
Аннотация
Iqtibos uchun: Obidov J.G'. Texnika oliy o'quv yurtlarida o'quv materillarining imitatsion-variativlik asosida o'qitishni takomillashtirish texnologiyalari(Intellektual o'lchash asboblari fanini o'qitish misolida.// Inter education & global study. 2024. №8(1). B.90-99.
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №8(1)
Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
ВВЕДЕНИЕ: в статье анализируются технологии обучения учебным материалам на основе имитационно-вариативного подхода в технических вузах и их роль в образовательном процессе.
ЦЕЛЬ: основная цель исследования — повысить эффективность обучения учебным материалам в технических вузах с использованием имитационно-вариативного подхода и выявить преимущества использования инновационных технологий в подготовке студентов к практическим навыкам.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в исследовании был проведен анализ научной литературы по имитационно-вариативным технологиям обучения и их применению в образовательном процессе по техническим направлениям.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: результаты показали, что при обучении предмету «интеллектуальные измерительные приборы» с использованием имитационно-вариативного подхода уровень знаний студентов значительно повысился.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: результаты исследования подтвердили, что использование технологий обучения на основе имитационно-вариативного подхода в технических вузах может сделать образовательный процесс более эффективным и приближенным к практике.
Ключевые слова: имитационно-вариативный подход, техническое образование, интеллектуальные измерительные приборы, практические навыки, технологии симуляции, эффективность обучения, инновационное обучение.
Для цитирования: Обидов.Ж.Г. Технологии совершенствования преподавания учебного материала на основе имитации-вариации в технических вузах (на примере преподавания науки об интеллектуальных измерительных приборах).// Inter education & global study.2024. №8(1). С. 90-99.
TECHNOLOGIES FOR IMPROVING THE TEACHING OF STUDY MATERIALS ON THE BASIS OF IMITATION-VARIATION IN TECHNICAL HIGHER EDUCATION TECHNOLOGIES (AS AN EXAMPLE OF TEACHING THE SCIENCE OF INTELLECTUAL MEASURING INSTRUMENTS)_
©JamshidG\ Obidov1®
1 Fergana Polytechnic Institute, Fergana, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: the article analyzes the technologies of teaching educational materials based on the simulation-variational approach in technical universities and their role in the educational process.
AIM: the main objective of the study is to improve the effectiveness of teaching educational materials in technical universities using the simulation-variational approach
©intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 8(1)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
and to identify the advantages of using innovative technologies in preparing students for practical skills.
MATERIALS AND METHODS: the study involved analyzing scientific literature on simulation-variational teaching technologies and their application in the educational process in technical fields.
DISCUSSION AND RESULTS: the results showed that using the simulation-variational approach in teaching the subject "intelligent measuring instruments" significantly improved students' knowledge levels.
CONCLUSION: the study results confirmed that applying simulation-variational teaching technologies in technical universities can make the educational process more effective and closer to practical applications.
Keywords: simulation-variational approach, technical education, intelligent measuring instruments, practical skills, simulation technologies, educational effectiveness, innovative teaching.
Texnika oliy o'quv yurtlarida talabalarga o'quv materiallarini imitatsion-variativlik asosida o'qitishni takomillashtirish texnologiyalarining pedagogik-psixologik asoslarini tadqiq etishning uch qismga O'zbekistonda, MDH mamlakatlarida va G'arb mamlakatlarida o'rganilishi sifatida tasniflash mumkin.
Xorij tajribasiga nazar solsak, ta'lim sohasidagi islohotlar aynan texnika oliy o'quv yurtlarining texnologik-pedagogik zamonaviy o'quv materiallarini imitatsion-variativlik asosida amalga oshirish orqali sifatli ta'lim amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan interventsion texnik ta'lim tadqiqotini taqdim etadi. Imitatsion-variativlik pedagogikasi asosan texnika oliy ta'lim sohasidagi bo'lajak kadrlarni tayyorlash va ishlab chiqarishini rivojlantirish uchun matnlarning ichki tuzilishini tahlil qilishni o'qitishdan iboratdir. Asosiy e'tibor texnik matnlarni pedagogik texnologiyalar yordamida tushunish hamda sinergetik, germenevtik va praksiologik yondashuv orqali o'quv materiallarini imitatsion-variativlik va vizual-amaliy yo'nalganlik imkoniyatlarini kengaytirish vositasida talabalarning texnik oqilonalik orqali texnika tilini bilish, o'quv materiallarini imitatsion-variativlik asosida o'qitishni takomillashtirish texnologiyalarini mazmun mohiyati va texnika ta'limidagi ahamiyatini talabalar ongida shakllantirishga qaratilgan.
Dunyoning ilg'or xalqaro oliy ta'lim texnika oliy o'quv yurtlarida olib borilayotgan islohotlarda belgilangan maqsadlarga e'tibor berilganda, imitatsion-variativlik asosida o'qitish - bo'lajak muhandislar uchun ta'lim jarayoni, jumladan, hozirgi vaqtda o'rganish va o'rganilgan tadqiqotlardan kelajakda butunlay yangi sharoitlarda yoki vaziyatlarda foydalanish imkoniyatidir. Ushbu tadqiqot ishimizda imitatsion-variativlik asosida o'qitish yordamida texnika oliy o'quv yurtlari talabalarini kasbiy kompetentliklarini oshirish
For citation: Jamshid G\ Obidov (2024) 'Technologies for improving the teaching of educational materials on the basis of imitation-variation in technical higher educational institutions (in the example of teaching the science of intellectual measuring instruments', Inter education & global study, (8(1)), pp. 90-99. (In Uzbek).
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
jihatlari, o'z kasbini texnologik madaniyatni tashkil etuvchi komponentlar, mutaxassislik fanlarni o'qitishdagi o'rni va mazmunini integrallashuvi o'laroq tushunishni rivojlantirish yoki ularni texnologik jixatdan takomillashtirish usullarini yaratish masalasi ekanligi yoritilgan. Bu jarayonda albatta asosiy fundamental va aprior omil bu imitatsion model hisoblanadi.
O'zbekistonda Yangi uyg'onish davri, ya'ni raqamli iqtisodiyot va raqamli texnologiyalarga asoslangan Uchinchi Renessans davri - O'zbekistonning taraqqiyot bosqichida amalga oshirilayotgan ta'lim-tarbiya sohasidagi strategik vazifalarning muhim yo'nalishi bu globallashuv sharoitida innovatsion texnologiyalardan to'g'ri foydalana oladigan, jamiyat va shaxs manfaatlari uchun zarur bo'ladigan rivojlanish istiqbollarini aniq belgilaydigan mutaxassislar tayyorlash masalalariga qaratilganligi bilan tavsiflanadi.
Zamonaviy muhandislikni texnika oliy o'quv yurtlarida o'qitishdagi moddiy texnik baza hamda dasturiy vositalari orqali darslarni o'tishda pedagog boshqaruvchi vazifasida bo'lishi kerak. Bu tamoyil dars o'tishda rejalashtirilgan o'quv metodik qo'llanma yordamida dars o'quv materiallarini imitatsion-variativlik asosida faollashtirishni ta'minlaydi. Keyingi jarayon darslarni rejalashtirish jarayoni hisoblanib, unda EHM dasturlarini tayyorlash hamda kommunikatsion vositalarni faollashtirish hisoblanadi.
Hozirda Yevropa mamlakatlarida juda keng tarqalgan AKT vositalaridan biri bu internet provayderlar va internet intellektual aloqa tizimlari hisoblanadi [1]. Ular modul orqali talabalarga masofaviy va mustaqil ta'limni sifatli yo'lga qo'yishni ta'minlashmoqda.
Texnika oliy o'quv yurtlarida o'quv jarayonini oson hamda tushunarli qilib tinglovchiga havola qilish ham ular oldiga qo'yilgan maqsadlardan biri hisoblanadi. Mavzularga mos ravishda virtual resurslarni ilg'or pedagogik metodlar bilan yaratish rivojlanishni ta'minlaydi.
O'quv materiallarini imitatsion-variativlik asosida o'qitishni takomillashtirish texnologiyalari ijtimoiy tushunchalardagi nazariy va metodologik atama bo'lib, unga ko'ra jamiyat taraqqiyoti texnika va texnologiyaning rivojlanishi bilan belgilanadi.
Hozirgi vaqtda o'quv materiallarini imitatsion-variativlik asosida o'qitishni takomillashtirish texnologiyalari asosida texnologiya bilan bog'liq bo'lgan bir nechta muammo, xususan, konsepsiyani o'qitishdagi pedagogik muammolar, texnika va texnologiya tabiati, ijtimoiy ahamiyati muhokama qilinmoqda.
Mustaqil ta'lim jarayonida talabalarga o'quv materiallarini imitatsion-variativlik asosida o'qitishni takomillashtirish jarayonida bir qator asosiy elementlar va shartlar mavjud. Quyida ular qisqacha tavsiflangan:
1. Maqsadli o'qitish Dizayni: Mustaqil ta'lim jarayonining maqsadlari aniqlanib, ularni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan metodologiyalarni belgilash kerak.
2. Imitatsion o'yinlar: Talabalarga turli simulyatsiyalar yoki imitatsion o'yinlar orqali real hayotdagi vaziyatlarni qiyoslash imkonini berish. Masalan, biznes simulyatsiyalari, iqtisodiy model yoki ekologik tizimlar.
3. Vazifalar va senariylar: Talabalarga muayyan vazifalarni va senariylarni berish, bu ularga o'z bilim va ko'nikmalarini amalda qo'llashga yordam beradi.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
4. Resurslar va materiallar: Mustaqil ta'lim jarayonida foydalaniladigan materiallar - darsliklar, ma'ruzalar, video materiallar, online platformalar va boshqalar.
5. Interaktiv darslar: Talabalarni jarayonga jalb qilish, savollar berish va loyihalar ustida ishlab chiqish orqali interaktiv darslarni tashkil etish.
6. Yakuniy monitoring: Mustaqil ta'lim jarayonida talabalarning yutuqlarini kuzatish, va vaqtida tahlil qilish uchun baholash kriteriyalarini ishlab chiqish.
7. Takroriy o'qitish va ko'nikmalarni rivojlantirish: Talabalar o'z bilimlarini va ko'nikmalarini takroriy ravishda rivojlantirishlari uchun imkoniyatlar yaratish.
8. Guruh boshqaruvi: Talabalarning guruhda ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish va hamkorlikda ishlashga yordam beruvchi aktivitilarni tashkil etish.
9. Feedback tizimi: Mustaqil ta'lim jarayonida talabalarga doimiy ravishda fikr-mulohazalar berish va ularning ishlash jarayonini yuksaltirishga qaratilgan tahlillar olib borish.
Bu elementlar mustaqil ta'lim jarayonida o'quv materiallarini imitatsion-variativlik asosida o'qitishda talabalarning faol ishtirokini ta'minlaydi va ularning bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi.
Shu nuqtai nazardan, ushbu tadqiqot doirasida oliy ta'lim muassasalarida mustaqil ta'lim jarayonida talabalarga o'quv materiallarini imitatsion-variativlik asosida o'qitishni takomillashtirishning samrali tomonlarini ko'rib chiqish maqsad qilingan.
Mustaqil ta'lim jarayonida talabalarga o'quv materiallarini imitatsion-variativlik asosida o'qitishni takomillashtirish uchun bir qancha texnologiyalarni qo'llash mumkin. Ularning mazmuni va mohiyati quyidagi asosiy elementlardan iborat:
Interaktiv simulyatsiyalar. Talabalarlar real hayotdagi vaziyatlarni simulyatsiya qilish orqali bilimlarini amalda qo'llash imkoniyatiga ega bo'ladilar. Interaktiv Simulyatsiyalar onlayn platformalar, virtual realiti simulyatsiyalari yoki rolikli o'yinlar shaklida amalga oshiriladi.
Interaktiv simulyatsiyalar o'quv jarayonini qiziqarli, samarali va amaliy qilishda muhim ro'l o'ynaydi. Quyida interaktiv simulyatsiyalarning bir nechta misollari keltirilgan:
1) Virtual Simulyatsiyalar
- Kimyo laboratoriyasi simulyatsiyalari: Talabalar virtual laboratoriyada kimyoviy tajribalar o'tkazishlari mumkin. Misol uchun, PhET Interactive Simulations platformasi orqali turli kimyoviy reaktsiyalarni amalga oshirish.
- Biologiya o'quv simulyatsiyalari: Virtual ekosistemalarni o'rganish, hayvonlar va o'simliklar o'rtasidagi munosabatlarni o'rganishga yordam beruvchi simulyatsiyalar.
2) Ijtimoiy Simulyatsiyalar
- Rol o'ynash o'yinlari: Talabalar biror ijtimoiy vaziyatda muayyan rolni (masalan, diplomatiya muzokaralarida diplomat) o'ynab, qarorlar qabul qilishlari mumkin. Bu, tarixiy voqealarni tushunishga chuqur yondashuv beradi.
- Biznes menejment simulyatsiyalari: Talabalar o'z kompaniyalarini boshqarib, turli iqtisodiy va ijtimoiy vaziyatlarda strategiyalarni ishlab chiqishlari mumkin.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
3) O'yin yondashuvi
- EduGame platformalari: O'quv dasturlaridagi o'yinlar orqali bilimlarni rivojlantirish, masalan, matematika yoki tillarni o'rganish uchun mo'ljallangan o'yinlar.
- Simulatsion iqtisodiyot o'yinlari: Talabalarga iqtisodiy nazariyalarni amalda qo'llash imkoniyatini beradigan o'yinlar, masalan, "SimCity" yoki "Capitalism".
4) Simulyatsion dasturlar
- "Eyes on the Solar System": Talabalarga Quyosh tizimining harakatlarini, sayyoralarni va ularning orbitlarini o'rganish imkonini beradi.
- "Kerbal Space Program": Talabalarga raketa qurish va kosmosda uchish simulyatsiyalarini ta'minlaydi.
5) Tibbiyot simulyatsiyalari
- Simulyatsion tibbiyot o'yinlari: Talabalar meditsina bo'yicha simulyatsion sharoitlarda bemorlarni tasavvur qilinadi va turli diagnostika va davolash jarayonlarini o'rganishlari mumkin.
6) Onlayn platformalar
- Kahoot! va Quizizz: Talabalarga o'z bilimlarini tanlov va o'yin shaklida testdan o'tkazish imkonini beruvchi platformalar.
- Crowd-Based Simulations: Talabalatlar guruhda o'zaro fikr almashish va munozara qilish imkoniyatini beruvchi interaktiv muhokama platformalari.
Bu misollar interaktiv simulyatsiyalarning qanchalik keng va xilma-xil ekanligini ko'rsatadi. Bunday simulyatsiyalar o'quvchilarning bilimlarini amalda qo'llash, tajriba orttirish va muammolarni echish ko'nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.
2. Muammoga yondashuv. Talabalarni muammolar echimini izlashga undovchi faol o'qitish metodlari. Muammoga yondashuv guruhli muammoni hal etish, case study tahlil qilish va ijodiy ishlar shaklida bo'ladi.
Muammoga yondashuv texnologiyalari (Problem-Based Learning, PBL) talabalarga muammolarni hal etish jarayonida o'rganish va amaliy ko'nikmalarni rivojlantirish imkoniyatini taqdim etadi. Ushbu yondashuvlar ko'pincha jamoaviy ish va interaktiv o'rganish bilan bog'liq bo'lib, talabalar o'z bilimlarini amalda qo'llash imkoniga ega bo'ladilar. Quyida muammoga yondashuv texnologiyasiga bir nechta misollar keltirilgan:
1) O'z-o'zini o'rganish va muammo tahlili
- Real hayotiy muammolar: Talabalar muayyan ijtimoiy yoki iqtisodiy muammoni echish uchun guruhlar shaklida yig'ilib, vaziyatni tahlil qiladilar va echim taklif etadilar. Misol: mahalliy jamiyatda chiqindilarni kamaytirish dasturini ishlab chiqish.
2) Simulyatsiyalar va rolli o'yinlar
- Ekologik muammolar simulyatsiyasi: Talabalar ekologik muammoni hal qilish uchun turli rollarni (masalan, davlat boshqaruvchilari, tadbirkorlar, ekologlar) o'ynab, muammoning har tomonlama echimini topishga harakat qiladilar.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
- Maktabdagi rol o'ynash o'yinlari: Talabalar sinfda muammolarni hal qilish uchun o'zaro munozara olib boradi va har bir ishtirokchi o'z fikrini bildirish imkoniyatiga ega bo'ladi.
3) Innovatsion loyihalarni amalga oshirish
- Ijodiy loyiha ishlab chiqish: Talabalar muayyan muammoga echim sifatida innovatsion mahsulot yoki xizmat yaratish jarayonida faol ishtirok etadilar. Misol: energiya samaradorligini oshirish uchun yangi qurilma yoki dastur yaratish.
4) Kross-dissiplinar ishlar
- Dasturlash muammolari: Talabalar dasturlash darslarida algoritmlarni ishlab chiqish orqali kompleks muammolarni hal qilishga qaratilgan loyihalarda ishtirok etadilar.
- Tibbiyotda muammoni hal qilish: Tibbiyot fakulteti talabalari bemorlar bilan bog'liq muammolarni hal qilish uchun interdisipliner guruhlar tayyorlashlari mumkin.
5) O'quv dasturlaridagi muammolar
- Matematika masalalari: Talabalar hayotiy masalalarni echish jarayonida matematik formulalarni qo'llab, muammoni hal etadilar.
- Tarixiy voqealar tahlili: Talabalar tarixiy voqealarni muhokama qilib, ularni zamonaviy kontekstda tahlil qilib, xulosalar chiqaradilar.
6) Ijtimoiy loyiha
- Ijtimoiy muammolarni hal qilish: Talabalar ijtimoiy muammolar, masalan, qashshoqlik, ta'lim, sog'liqni saqlash sohalarida loyihalar olib boradilar.
7) Guruh ishlari va brainstorming
- Guruh brainstorming sessiyalari: Talabalar jamoa bo'lib muammolarni muhokama qilishadi va yangi g'oyalarni ishlab chiqaradilar, bu esa ijodkorlik va innovatsiyani oshiradi.
Muammoga yondashuv texnologiyasi o'quv jarayonida talabalar uchun faol ishtirok etish, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish va amaliy tajribalarni qo'llash imkoniyatini yaratadi [3]. Bu yondashuvlar nafaqat bilimlarni oshirish, balki real hayotdagi muammolarni echishga tayyorlashga ham yordam beradi.
Malumki hozirgi kunda mustaqil ta'lim jarayonida virtual resurslarga bo'lgan talab kuchayib bormoqda. Texnika oliy o'quv yurtlari dars mashg'ulot larida har xil interaktiv metodlar orqali innovatsion mavzularda dars mazmunini oshirmoqdalar. Demak shunday mustaqil ta'lim sifatini oshirish uchun ham virtual resurslardan foydalanish hozirda dolzarb masalalardan biri sifatida qaralmoqda.
Ushbu maqolada esa imitatsion-variativlik asosida takomillashtirilgan modellar undagi ishlash prinsiplari hamda talabalar va o'qituvchilar uchun samarasi haqida aytib o'tildi.
Ta'lim jarayonidagi innovatsion g'oyalarni amalga oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan Imitatsion texnologiyalarni qo'llab quvvatlash hamda uni amalga oshirishda virtual resurslarni dars jarayonida maxsus o'tkazish hozirda olib borilayotgan eng muhim faoliyatlardan biri hisoblanadi. Shuni inobatga olib mazkur maqolada o'quv
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
jarayonlarida virtual resurslarni qo'llash hamda uning o'quv- uslubiy metodikasini takomillashtirishda turli savollarga javob olish mumkin.
Mustaqil ta'lim jarayonida o'quv materiallarini Imitatsion-variativ texnologiyalar asosida o'qitish dars jarayonida interfaollikni yuksaltiradi, ta'limning interaktivligini ta'minlab beradi. O'quv jarayonlarni tashkil qilishda virtual resurslarning ishlatilishi darsni jonli tarzda o'tishini ta'minlaydi, bu esa dinamik jarayonlarni olib keladi. Ushbu darslarni o'tishda mavzulashtirilgan virtual resurslarni didaktik tamoyillar sosida qayta ko'rish hamda takror pedagogik texnologiyalar bilan uni amalga oshirish imkoniyati kengayadi. Hozirda yaratilayotgan virtual resurslar mavzuni tushunishga hamda yangi ma'lumotlarni ko'rish hamda eshitish orqali qabul qilishni ta'minlashga xizmat qiladi. Texnika oliy o'quv yurtlarida mustaqil ta'limni o'quv materiallarini Imitatsion-variativ texnologiyalar asosida o'qitish yuzasidan bugungi kunda juda katta ishlar olib borilmoqda. Xususan Toshkent axborot texnologiyalari instituti Farg'ona filialida o'quv materiallarini Imitatsion-variativ texnologiyalar asosida maxsus metodlar joriy etilgan bo'lib, ushbu metodik jamlanmalarda interaktiv xizmatlar qanday holatlarda qo'llanilishi haqida aytib o'tilgan.
Mustaqil ta'limni tashkil etishdagi yaratilayotgan virtual resurslar orqali o'rganuvchi o'ziga oson ravishda qabul qiladi, va unga etarli darajada AKT vositalari bilan ishlash ko'nikmasi hosil bo'ladi. AKT vositalari bilan o'rganiladigan har bir fan oson va tez ravishda qabul qiluvchiga etkazildai. Undagi virtual baza esa oson ravishda ma'lumotlarni tezkor xotiralarga saqlashni ta'minlaydi.
Texnika oliy o'quv yurtlarida o'quv materiallarini imitatsion-variativlik asosida o'qitishni takomillashtirish texnologiyalari (intellektual o'lchash asboblari fanini o'qitish misolida) bo'yicha tadqiqot natijalari asosida quyidagi xulosalarga kelindi:
1. Bo'lajak muhandislarni zamonaviy bilim va yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali, o'z kasbiga mas'uliyat bilan yondashuvchi, innovatsiyalar va texnologik taraqqiyot sohasiga texnik oqilonalik bilan kirisha oladigan, mehnat bozorida o'z o'rnini topa oladigan yuqori malakali kadr qilib tayyorlash tizimini yo'lga qo'yish texnika oliy ta'lim sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish uchun xizmat qiladi.
2. Bo'lg'usi muhandislarni tayyorlashda Malaka talablarni tahlil qilish asosida takomillantirish, texnika oliy o'quv yurtlarida o'quv materiallarini imitatsion-variativlik asosida o'qitishni takomillashtirish texnologiyalari asoslariga doir bilimlarni takomillashtirishning metodik shart-sharoitlarini aniqlashtirish dolzarb ekanligi aniqlandi.
3. Texnogen sivilizatsiyaning inqirozi - kelajak texnologik rivojlanish to'g'risidagi futurologik yondashuvlarni ishlab chiqish va texnologik taraqqiyotning ijtimoiy taraqqiyotdagi salbiy ta'sirlarini ko'rib chiqish maqsadga muvofiq.
4. Texnika oliy ta'lim muassasalari bo'lajak muhandislarida o'quv materiallarini imitatsion-variativlik asosida o'qitishni takomillashtirish texnologiyalari asoslariga doir bilimlarni takomillashtirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari va tuzilmasining emotsionol-motivatsion, informatsion-kognitiv, faoliyatga doir, aksiologik komponentlar bilan gorizontal va vertikal munosabatga kirishish darajasini hisobga olish asosida
Ilmiy-nazariyvametodikjurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал 2024, №8(1)
Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
aniqlashtirish, loyihalash echimlarini maqbul tanlash, loyihaviy faoliyatni dual ta'limda qo'llay olish indikatorlari o'rtasida qayta aloqani ta'minlash orqali aniqlashtirildi.
5. Texnika oliy o'quv yurtlarida bo'lajak muhandislarning o'quv materiallarini imitatsion-variativlik asosida o'qitishni takomillashtirish texnologiyalari asoslariga doir bilimlarini takomillashtirishning metodik shart-sharoitlari ijtimoiy-gumanitar, muhandislik-psixologik, tashkiliy-boshqaruv, sotsiotexnik loyihalarni kompyuter grafikasi vositasida ishlab chiqish jarayonlarini tashkil etishda metodik, informatsion va loyihaviy faoliyatni yaxlit didaktik tizimda integratsiyalash orqali takomillashtirildi.
6. Oliy texnik ta'limda texnologik konsepsiyalarni o'qitish yuzasidan zamonaviy adabiyotlar tahlili asosida bo'lajak muhandislarni o'quv materiallarini imitatsion-variativlik asosida o'qitishni takomillashtirish texnologiyalari asoslariga doir ko'nikmalarini shakllantirishga tayyorgarlik darajasini baholashning kognitiv, tashkiliy-faoliyatga doir va aksiologik mezonlari belgilab olindi.
7. Texnika oliy o'quv yurtlari talabalarida o'quv materiallarini imitatsion-variativlik asosida o'qitishni takomillashtirish texnologiyalari asoslariga doir bilimlarini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari, o'quv-metodik ta'minoti innovatsion ta'lim texnologiyalari, interfaol metodlar va multimediali elektron darsliklar, kompyuter grafik dasturlari va ilg'or pedagogik texnologiyalar asosida takomillashtirildi.
8. Texnika oliy o'quv yurtlarida bo'lajak muhandislarni o'quv materiallarini imitatsion-variativlik asosida o'qitishni takomillashtirish texnologiyalariga doir bilim va dunyoqarashini takomillashtirishda, kasbiy tayyorlash jarayonida o'quv materiallarini imitatsion-variativlik asosida o'qitishni takomillashtirish texnologiyalariga doir bilimlarini takomillashtirishning didaktik algoritmi analitik-modellashtirish, konstruktiv-shakllantiruvchi (axborotlar ustida ishlash, ijodiy loyihalar yaratish), korreksion-diagnostik (natijalar monitoringi), taqdimot-umumlashtirish kabi bosqichlarni texnik oliy ta'lim tizimiga korporativ moslashtirish orqali takomillashtirilgan.
9. Tanlab olingan texnika oliy o'quv yurtlarida bo'lajak muhandislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan nazariy tadqiqot va pedagogik tajrib-sinov ishlari natijalaridan kelib chiqib, bo'lg'usi muhandislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish darajasini oshirib borish kabi pedagogik va metodik shart-sharoitlarni yaratish mustaqil ta'lim jarayonida o'z tasdig'ini topdi.
10. Texnika oliy o'quv yurtlaridagi tajriba-sinov ishlari natijalari, bo'lajak muhandislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish modeli va uning asosiy aspektlarini amalga oshiradigan "Texnika fanlarini o'qitishdagi muammolarning optimal va intellektual" maxsus kursining joriy qilinishi samaradorligini tasdiqladi va taklif etilgan materiallarni texnika oliy ta'lim muassasalarida o'quv jarayonida foydalanish imkonini berdi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
©intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 8(1)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
1. Rasulovna M. K., et al. Innovation teaching method in primary education //Czech Journal of Multidisciplinary Innovations. - 2022. - Т. 5. - С. 31-34
2. J.Y.Suyumov., Kompyuter imitatsion modellari asosida faol o'qitish texnologiyasining nazariy asoslari//Scientific progress Volume 2 | ISSUE 3 | 2021 ISSN: 2181-1601
3. Obidov J.G'. "Intellektual o'lchash asboblari". Darslik. Farg'ona."Classic" nashriyoti. 2024 yil//ISBN: 978-9910-652-94-3.
4. Obidov, J.G. Virtual process modeling technologies based on imitation-variability in technical higher education institutions//E3S Web of Conferences, 2023, 452, 07017 https://doi.org/10.1051/e3sconf/202345207017
5. Erkaboev, A., Obidov, J., Madmarova, U., Alikhonov, E. //Analysis of the ISO 9001 standard model of risk management in analytical testing laboratories//E3S Web of Conferences, 2023, 452, 06009 https://doi.org/10.1051/e3sconf/202345206009
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
^Obidov Jamshid Gayratjon o,g,li,mustaqil tadqiqotchi[06^0B Жамшид Гайратжон угли,независимый исследователь,], [Jamshid G\ Obidov independent researcher,]; manzil: O'zbekiston, 150100, O'zbekiston, Farg'ona viloyati, Shahar: Farg'ona, Farg'ona ko'chasi, 86, [аддрес: Узбекистан, ул. 150100, Узбекистан, Ферганская область, Город: Фергана, улица Ферганская, 86 ], [address: Uzbekistan, 150100, Uzbekistan, Fergana region, City: Fergana, Fergana street, 86.]