Научная статья на тему 'OLIY TA’LIM MUASSASALARI GENDER MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH IJTIMOIY ZARURAT SIFATIDA'

OLIY TA’LIM MUASSASALARI GENDER MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH IJTIMOIY ZARURAT SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
7
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
gender / madaniyat / gender madaniyat / diskurs / ijtimoiy zarurat

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Nurbayeva Xolniso Uralovna

Maqolada “gender”, “madaniyat” va “gender madaniyat” tushunchalari qiyosiy tahlil qilingan. Pedagog gender madaniyatini pedagogning ta’lim muhitida jinslar aro o’zaro munosabatlar (ta’sirlashuvlar)dagi ijtimoiy ahamiyatga ega bilimlari, ko’nikma, mahoratlari jamlanmasi sifatida ta’riflangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIM MUASSASALARI GENDER MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH IJTIMOIY ZARURAT SIFATIDA»

OLIY TA'LIM MUASSASALARI GENDER MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH

IJTIMOIY ZARURAT SIFATIDA Nurbayeva Xolniso Uralovna

Termiz davlat universiteti tayanch doktoranti nurbayevaxolniso@tersu.uz +998944616155 https://doi.org/10.5281/zenodo.10659589

Annotatsiya. Maqolada "gender", "madaniyat" va "gender madaniyat" tushunchalari qiyosiy tahlil qilingan. Pedagog gender madaniyatini pedagogning ta'lim muhitida jinslar aro o'zaro munosabatlar (ta'sirlashuvlar)dagi ijtimoiy ahamiyatga ega bilimlari, ko'nikma, mahoratlarijamlanmasi sifatida ta'riflangan.

Kalit so'zlar: gender, madaniyat, gender madaniyat, diskurs, ijtimoiy zarurat

Аннотация. В статье проведен сравнительный анализ понятий" гендер", "культура" и "гендерная культура". Педагогическая гендерную культура определена как совокупность социально значимых знаний, умений, навыков педагога в образовательной среде, связанных с гендерными взаимоотношениями (взаимодействиями).

Ключевые слова: пол, культура, гендерная культура, дискурс, социальная необходимость

Abstract. The article provides a comparative analysis of the concepts of "gender", "culture" and "gender culture". Pedagogical gender culture is defined as a set of socially significant knowledge, skills, and skills of a teacher in an educational environment related to gender relationships (interactions).

Keywords: gender, culture, gender culture, discourse, social necessity

Jamiyat rivojlanishining har bir davrida ayollar, ularning jamiyat va davlat rivojlanishiga qo'shgan hissasi, maqomi, ijtimoiy munosabatlar tizimida jins vakillarining o'zaro munosabatlari muhim ahamiyat kasb etgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi "Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo'llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5938-sonli Farmoni [1] hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi "Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi 820-sonli qarori [2] muammoning dolzarbligini belgilaydi. Hozirgi vaqtda uni mustaqil ilmiy kategoriya sifatida ajratish dolzarb vazifaga aylanib bormoqda. Shu sababli nazariy tahlil qilish uchun tegishli toifalar tizimini ko'rib chiqish muhimdir.

N.I.Andreeva gender madaniyatiga quyidagi ta'rifni beradi:

Gender madaniyati - ma'lum bir jamiyatda faoliyat yuritadigan qarashlar, tamoyillar, xulq-atvor matritsalari va boshqalar tizimidir, bu jinsning ijtimoiy-madaniy jihatlarini (gender rollari, gender munosabatlari, gender stereotiplari, oila va nikohga munosabat va boshqalar) tashkil etadi). Nazariy jihatdan, gender madaniyatining "ideal modeli" - ma'lum bir jamiyatda faoliyat yuritadigan jinsning ijtimoiy-madaniy jihatlarini belgilaydigan g'oyalar, nazariyalar, me'yorlar va qoidalarning uyg'unligi.

Madaniyat tushunchasi turli xil tadqiqotlar, fan sohalarida turlicha talqin qilinadi. Ushbu talqinlar insonning hayot faoliyat sohasi, fan tarmoqlari, ushbu fan tarmoqlari maqsadlari hamda yo'nalishiga ta'sir ko'rsatuvchi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy omillar ta'sirida shakllanadi. Ma'lumki,

madaniyat (lot. cultura -yetishtirish, tayyorlash ) keng ma'noda "nimaningdir (ko'nikma, malaka, odat, an'ana) rivojlanganligi" sifatida tushuniladi. Madaniyat inson subyektivligi va uning obyektiv olamining namoyishi, ifodasi (xarakter, ko'nikmalar, bilimlar, malakalar, moddiy boyliklar, an'analar) sifatida namoyon bo'ladi. Ushbu yondashuv nuqtai-nazaridan madaniyat sifatida "insonlarning ijtimoiy va ma'naviy muvaffaqiyatlari yig'indisi" tushuniladi.

"Gender" atamasi ijtimoiy jinsga oid munosabatlarning rivojlanishini bildiradi va odatda biologik jinsdan farqli tarzda "ijtimoiy jins" yoki "jinsning ijtimoiy munosabatlari" sifatida talqin qilinadi. Zamonaviy olamda "gender" ijtimoiy tuzilmalar, jamiyatlarning eng muhim va tizimli xususiyatlaridan biri sifatida talqin qilinadi, chunki bu tushuncha siyosat va madaniyat sohasidagi siyosiy hamda maqomga xos tayanch qatlamlarga daxl qiladi.

Yuqoridagilardan xulosa qilsak, gender madaniyat keng ma'noda o'zida jinslar orasidagi munosabatlarni ijtimoiy muvofiqlashtirish tizimini, individlarning o'z jinsiga muvofiq tarzda ijtimoiy o'zaro ta'sirlashuvinining anglangan, qadriyatlarni ifodalovchi, ijtimoiy hayot faoliyatining normalari, prinsiplari, normalarida o'zini ifodalovchi qoida hamda normalari yig'indisini o'zida ifodalaydi.

Ta'lim olish orqali jamiyatda madaniy, siyosiy, etnik, diniy va gender xilma-xilliklarga bag'rikenglik g'oyalari shakllanadi. Ko'pincha ta'limdagi gender tengligi to'g'risidagi bahslar gender afzalligi (agar zamonaviy jamiyatlarda ijtimoiy siyosiy diskursga tayanilsa, ayollar tengligi)ni muhokama qilish bilan cheklanib qolinadi: masalan, agar yigit va qizlarga oliy ma'lumot olishi uchun o'qishga kirish imkoni berilgan bo'lsa, demak ta'limdagi gender tenglik ta'minlandi deb hisoblanadi. Biroq, ta'limda gender tengligini ta'minlash - bu gender afzalligini ta'minlashdan ham kengroq bo'lgan konsepsiyadir. Ta'limdagi gender tengligini tahlil qilishda turli xil o'lchovlarni ajratib olish mumkin. BMTning ta'lim, fan, madaniyat masalalari bo'yicha qo'mitasi (YUNESKO) gender tengligiga erishish bo'yicha quyidagi xos dastur (Gender Equality Framework))ni qo'llashni tavsiya qiladi:

• ta'lim olishda tenglik deganda yigitlar hamda qizlarga rasmiy va norasmiy ta'limga kirish uchun teng imkoniyatlar yaratish tushuniladi;

• o'quv jarayonidagi tenglik yigit va qizlar o'quv jarayonida adolatli baho va e'tibor olishi, ya'ni ular o'g'il va qiz bolalarni o'qitishning turli xil usullari bilan bog'liq bo'lgan maqbul kelishmovchiliklarni inobatga olib tuzilgan bir xil o'quv dasturlari orqali shug'ullanishini nazarda tutadi;

• ta'lim natijalaridagi tenglik yigit va qizlarning ta'lim natijalaridagi baholari ularning individual iste'dodi va say-harakatlariga asoslanadi deganidir. Muvaffaqiyatga erishishning 101 adolatli imkoniyatlarini ta'minlash uchun ta'lim muddati, akademik malaka va diplomlari jinsiy mansublikka qarab farqlanishi mumkin emas;

• tashqi natijalardagi tenglik bu ayol va erkakning maqomi ularning tovar va resurslarni qo'lga kiritishda, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va siyosiy faoliyatda ishtirok etish va foyda olishda o'z hissasini qo'shishdagi qobiliyati tengligidir.

Tor ma'noda gender madaniyat individning individual-shaxsiy sifatlari, ijtimoiy munosabatlar subyekti umumiy madaniyatining, uning jinslaro muloqot sohasidagi ko'nikmalari, dunyoqarash pozitsiyasi, qadriyatlarining maxsus yo'nalishlari, xulq modellari ko'rsatuvchi elementi sifatida tushuniladi. Inson ichki olamidagi olamning gender manzarasiga bog'liq tarzda patriarxal (erkaklar dominantligi) yoki egalitar (fran. egalite - tenglik) tipdagi gender madaniyat shakllanadi.

Pedagog umumiy madaniyatida uning savodi, ta'lim darajasi, kompetentligi va mahoratini aks ettiruvchi pedagogik madaniyat alohida ahamiyat kasb etadi. Pedagogik madaniyat ta'limiy muhitdagi pedagogik qadriyatlar, fikrlar yo'nalishi, kasbiy-shaxsiy sifatlar, pedagogik faoliyat usullari, nutq, muomala sifatlari hamda kasbiy xulq uslubida namoyon bo'ladi. Pedagogik madaniyat umumiy madaniyatning bir qismi hisoblanadi.

Pedagogik madaniyat va gender madaniyat tushunchalarini tahlil qilish bizga pedagog gender madaniyatini pedagogning ta'lim muhitida jinslar aro o'zaro munosabatlar (ta'sirlashuvlar)dagi ijtimoiy ahamiyatga ega bilimlari, ko'nikma, mahoratlari jamlanmasi sifatida ta'riflash imkonini beradi. Pedagogning gender madaniyati undagi ayol va erkaklarga nisbatan ijtimoiy o'zaro ta'sir (o'zaro munosabatlar) subyekti sifatidagi munosabati (qarashlari)ni tavsiflovchi, shakllangan zarur ma'naviy-axloqiy sifatlarni, pedagogik amaliyotda sayqallangan dunyoqarashga xos qadriyatlarni aks ettiradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 18.02.2020 yildagi PF-5938-son. Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo'llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi daraj aga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida.https://lex.uz/ru/docs/-4740345

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 31.12.2020 yildagi 820-son. Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari to'g'risida. https://lex.uz/docs/-5193551

3. Гульбин Г.К. О методологии изучения гендерной культуры // Современные проблемы науки и образования. 2014. №3 [Электронный ресурс]. Режим доступа: http://science-education.ru/ru/article/view?id=12886 (дата обращения: 29.06.2018). 8. Ерофеева Н.Ю. Мама и папа в жизни девочки. М., Ижевск, 2015. 240 с.

4. A. R. Sa'dullayeva (2023). Talabalarda gender madaniyatni rivojlantirishning pedagogik tizimi. Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya, 2(08), 99-103. https://doi.org/10.5281/zenodo.7968988

5. Искрин В.И. Диалектика полов. СПб.: ИП Комплекс, 2001. 207 с. 10.

6. Котлова Т.Б., Смирнова А.В. Гендерные стереотипы в учебниках начальной школы // Женщина в российском обществе. 2001. № 3-4. С. 53-61.

7. Куинджи Н.Н. Гендерный подход к обучению и воспитанию детей в школе: физиологические, гигиенические и социальные аспекты: монография. М.: Пашков дом, НИИ гигиены и охраны здоровья детей и подростков Научного центра здоровья детей РАМН. 2010. 256 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.