Научная статья на тему 'OLIY PSIXOMOTOR TERAPIYANI TIBBIYOTGA TADBIQ ETISHNING IJTIMJIY-PSIXOLOGIK ISTIQBOLLARI'

OLIY PSIXOMOTOR TERAPIYANI TIBBIYOTGA TADBIQ ETISHNING IJTIMJIY-PSIXOLOGIK ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tibbiyot / tibbiy ta’lim / tadbiq etish / psixologiya / psixomotor terapiya / psixoprofilaktika. / Медицина / медицинское образование / применение / психология / психомоторная терапия / психопрофилактика.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Sardor Axmat O‘G‘Li Dursunov

Ushbu ilmiy mahsulot mavzusi tibbiyot, tibbiy ta’lim va psixologiya uchun teng va keng ahamiyatga ega bo’lgan shaxs va uning turli nevrologik va nevro‘tik buzilishlarda kompleks davo sifatida psixomotor terapiyaning tibbiy ta’limda va amlaliyotda qo‘lanilish sohalari, yutuqlari va yurtimizda tadbiq etish masalalariga e’tibor qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Предметом настоящего научного продукта является человек, имеющий равное и широкое значение для медицины, медицинского образования и психологии, а также области его применения, достижения и в нашей стране психомоторной терапии как комплексного лечения различных неврологических и невротических расстройств. проблемы

Текст научной работы на тему «OLIY PSIXOMOTOR TERAPIYANI TIBBIYOTGA TADBIQ ETISHNING IJTIMJIY-PSIXOLOGIK ISTIQBOLLARI»

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology,

Pedagogy: a Problem and Solutions

Toshkent tibbiyot akademiyasi Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi:

muammo va yechimlar

OLIY PSIXOMOTOR TERAPIYANI TIBBIYOTGA TADBIQ ETISHNING IJTIMJIY-PSIXOLOGIK ISTIQBOLLARI

Sardor Axmat o'g'li Dursunov

TTA, pedagogika, psixologiya va tillar kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTASiYA

Ushbu ilmiy mahsulot mavzusi tibbiyot, tibbiy ta'lim va psixologiya uchun teng va keng ahamiyatga ega bo'lgan shaxs va uning turli nevrologik va nevro'tik buzilishlarda kompleks davo sifatida psixomotor terapiyaning tibbiy ta'limda va amlaliyotda qo'lanilish sohalari, yutuqlari va yurtimizda tadbiq etish masalalariga e'tibor qaratilgan.

Kalit so'zlar: Tibbiyot, tibbiy ta'lim, tadbiq etish, psixologiya, psixomotor terapiya, psixoprofilaktika.

АННОТАЦИЯ

Предметом настоящего научного продукта является человек, имеющий равное и широкое значение для медицины, медицинского образования и психологии, а также области его применения, достижения и в нашей стране психомоторной терапии как комплексного лечения различных неврологических и невротических расстройств. проблемы.

Ключевые слова: Медицина, медицинское образование, применение, психология, психомоторная терапия, психопрофилактика.

ABSTRACT

The subject of this scientific product is a person of equal and wide importance for medicine, medical education and psychology, and his areas of application, achievements and in our country of psychomotor therapy as a comprehensive treatment for various neurological and neurotic disorders. focused on implementation issues.

Keywords: Medicine, medical education, application, psychology, psychomotor therapy, psychoprophylaxis.

Bugunki kunda dunyo miqyosida tibbiyot hamda psixologiya fanlarining integratsiyasi natijasida bemorlarni davolashda yangicha uslub va yondashuvlar amaliyotga tadbiq etilmoqda va sezilarli ijobiy natijalar kuzatilmoqda. Organizmga

265

April 26, 2024

tashqi va ichki salbiy omillarning jtimoiy-psixologik ta'siri natijasida inson salomatligiga, uning asab tizimidagi ma'lum bir darajada buzilishlarga olib keladi. Bu bevosita insonda harakatlarning cheklanishi, ijtimoiy dezadabtasiya, jamiyatdan va odamlardan begonalashishni keltirib chiqaradi. Insonni harakatlarini cheklanishi masalan, insultdan keying holat, akiniziya, giper/gipo tonus kabi kasalliklarda hayot tarzini, munosabatlar tizimini tubdan o'zgartirib yuboradi.

Bunday holatlarda ikkta yo'nalish - psixosomatik tibbiyot va psixomotor terapiyadan o'rinli va samarali foydalanish kasallikni chekinishiga, bemornning funktsional holatining yaxshilanishiga va sog'ayishiga ta'sir ko'rsatadi. Kuzatishlarimiz va tahlillarimizga tayangan holda ikkinchi yo'nalish psixomotor terapiyadan bugunki kunda g'arb davlatlarida nevrologiya, neyroreabilitasiya va umumiy reabilitasiya sohalaridagi dolzarb muammolarga kompleks davo sifatida samarali qo'llab kelinmoqda. Psixomotor terapiya usulning mamlakatimizda ham tibbiy ta'limga keyinchalik amaliyotga tadbiq etilishi sohada samarali natijalar berishi mumkin.

Shu o'rinda, psixomotor terapiyaning mohiyatiga to'xtalib o'tsak. "Psixomotriklik" atamasi dastlab 1843-yilda Germaniyada neyropsixiatriya asoschisi Grisinger (Lehmans va Root, 1999) tomonidan ishlab chiqilgan va keyin 20-asrning boshlarida Fransiyada Ernest Dupreux tomonidan qayta qabul qilingan. Ushbu yo'nalishga tadqiqotning turli sohalarida sarmoya kiritildi va uni quyidagi yo'nalishlarga ishlab chiqildi: Pedagogika, psixiatriya va psixologiya sohalaridir. Bu ilimning asoschilari Julian de Ajuriaguerra va Jizel Subiran asarlari asosida o'z faoliyatlari bilan yuqori ijobiy natijalarga erishishgan.

Tana funktsiyalari, ijro etuvchi funktsiyalar chorrahasida qurilgan kasbdir. Ular bevosita yoki bilvosita ijtimoiy muhit va uning psixologiyasi, subyektning neyromotor funktsiyalari bilan bog'liq. Psixomotor terapevt psixomotor buzilishlarning oldini olish, tashxislash va reabilitatsiya qilish bilan shug'ullanadi. Shuningdek, u aqliy nuqsonlari, xarakter yoki shaxsiyatning buzilishi, hissiy va munosabatlarni tartibga solishning buzilishi, aqliy yoki jismoniy kelib chiqishi bo'lgan tana qiyofasi buzilishlari bo'lgan bemorlar uchun multidisipliner terapevtik yondashuvda qo'shimcha ta'sir ko'rsatadi. Bemorning muhitida psixomotor va ijro etuvchi funktsiyalarning buzilishlarini tegishli reabilitatsiya qilishni hisobga oladigan kompleks yondashuvni taklif qilish orqali bemorlarga davolash choralarini qo'llaydi.

Psixomotorizm- ruhiy va oliy nerv timizi jarayonlardagi nuqsonlarni jismoniy tarzda ifoda etadigan reabilitasiya usulidir. Psixomotor terapiya

266

April 26, 2024

- asab kasalliklari,

- ruhiy bezovtalik,

- diqqat yetishmovchiligi,

- autizm spektrum buzilishi,

- afaziya,

- disgrafiya

- makon va vaqtga j oylashish qiyinligi

- turli giper yoki gipotonus,

- akineziya,

- insultdan so'ngi gemiparez kabi turli tana kasalliklarida qo'llanilishi mumkin bo'lgan usuldir. Boshqa so'z bilan ifoda etganda, bu tana meditatsiyasi psixoterapiyasidir.

Bejizga ham, buyuk alloma shifokor va tib qonunlari asar mualifi Abu Ali Ibn Sino (980-1037) "Ruhni davolamastan turib tanani davolab bo'lmaydi" deganlar. Aynan shu ibora bizning mavzuyimizga tom ma'noda tegishlidir. Bu ma'lumotlarga oldinroqda ta'rif berib o'tamiz.

Psixomotor terapevt kim va uning vazifasi nimalardan iborat, degan haqli savol tug'iladi. Psixomotor terapevt psixomotor rivojlanish buzilishlarini diagnostik baholaydi va reabilitasiya jaryonida aktif ishtirok etadi. U moslashish yoki xulq-atvori qiyin bo'lgan, vaqtincha nogiron yoki passivlashgan bolalar yoki kattalar bilan ishlaydi. Psixomotor terapevt tibbiy retsept va tibbiy nazoratga amal qiladi. Bemorning (chaqaloqdan qariyalargacha bo'lgan davr) psixomotor imkoniyatlarini baholaydi va uning muammolarining kelib chiqishini o'rganib, tana terapiyasi orqali qayta (biofeedback), farovonlikni tiklashga hatto, nogironlikni bartaraf etishga yordam beradi. Psixomotor terapevt tomonidan qo'llaniladigan reabilitatsiya shakllariga misollar sifatida: medidastiya usullari, maxsus raqs, grafomotorika, o'yinlar, yo'nalish mashqlari va boshqa ko'pgina tana mashqlari va proyektiv usullaridan iborat. Mutaxassis ko'pgina harakatlar orqali, og'zaki va og'zaki bo'lmagan muloqot va hissiyotlarga tayangan holda kasalning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda davolash dasturini ishlab chiqadi.

Psikomotor terapiyaning maqsadi har qanday yoshdagi bemorning, psixomotor rivojlanishi va o'zgarishlar sifatida qaraladigan buzilishlar yoki jismoniy nuqsonlarning oldini olish yoki davolashdir. Uning maqsadiga quyidagilar kiradi:

1. Psixomotor diagnostika.

2. Erta o'rganish (kognitiv faoliyat) va psixomotor stimulyatsiya.

267

April 26, 2024

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology,

Pedagogy: a Problem and Solutions

Toshkent tibbiyot akademiyasi Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi:

_mumovayechimlaL

3. Psixomotor faollashtirish buzilishlar yoki dinamik bo'shashtirish texnikasi, o'rgatish imo-ishoralari, tana yoki plastiklligi shuningdek, ritmik harakatlar, orqali muvozanat va muvofiqlashtirishning quyidagi formalarini reabilitatsiya qiladi:

- psixomotor rivojlanishning kechikishi;

- tonik tartibga solishning buzilishi;

- tana tuzilishining buzilishi;

- laterallik holat buzilishi;

- fazoviy-vaqtni tashkil etish va anglash buzilishi;

- psixomotor disgarmoniya;

- tonik-emotsional buzilishlar;

- motor va imo-ishoralarning noqulayligi, dispraksiya;

- psixomotor inhibisya;

- psixomotor beqarorlik;

- grafomotriklikning buzilishi.

Yuqorida ta'kidlab o'tganimdek, mamlakatimizda ko'pgina sohalarda deyarli psixomotor terapiya bilinmaydi va qo'llanilmaydi. Ushbu metod, qadimda taniqli bo'lgan faqat shaklini o'zgartirgan psixomotor terapiya nevrologiya, pediatriya, psixologiya va reabilitisiya sohalarida o'rni beqiyostir. Biroq mamlakitimizdagi holat tibbiy-farmoseftika, reabilitasiya va psixoterapevtik yordam bilan cheklanmoqda. Ko'p holatlarda samaradorlikga erishish yo'lida (yuqoridagi tashxislar bilan og'rigan bemorlarda) kobinatif terapiyaga ehtiyoch sezilmoqda.

Ko'pgina tana va tana a'zolarining vazifasi oliy asab tizimi, bosh miya hamda, psixik jarayonlarga chambarchas bog'liq bo'lib ruhdan tanaga va tanadan ruhga bog'liq hissiyotlar ichida yashaydi inson. Shu o'rinda psixomotor terapiya ham o'z faoliyatini uch konsepsiyada ta'sir etadi. I- bosqich biologik, II- b. psixologik va III-b. ijtimoiy (sosial). Yani inson ruhi va tanasi bilan bog'liq barcha holatlar negizi uning biopsixososial jarayonlaridan ta'sirlanadi. Shuning uchun Ko'pgina psixosomatik buzilishlarda ushbu komponentlarga ta'sir ettirgangan holda davolash chora tadbirlar tuzilishi bemor holatida ijobiy dinamik o'zagarishlarni yaratadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 23 dekabrdagi O'zbekiston Respublikasi va Frantsiya Respublikasi o'rtasidagi kelishuvlarning amalga oshirilishini jadallashtirish va o'zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi AF-82-sonli Farmoyishi 1-ilovasi "Yo'l xaritasi" ning 22-bandida Psixomotor sohasida tajribani joriy etish maqsadida Oliy psixomotor reabilitatsiya instituti (Institut Superieur de Reeducation Psychomotrice, "ISRP") bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish ko'zda tutilgan. Shu memorandum va reja

268

April 26, 2024

asosiga ko'ra 14 nafar yosh tibbiy (klink) psixologlar, nevrolog va psixiatrlar Fransiyaning Oliy psixomotor reabilitatsiya institutiga (ISRP) "Psixosomatik tibbiyot va psixomotor terapiya" bo'yicha tibbiyot xodimlarini qisqa muddatli malaka oshirishga yuborish qarori orqali Parij shaxridagi ISRP institutida 10 kunlik malaka va trening olish maqsadida psixomotor tarapiyaning qo'llash sohalari va bir qancha nazariy-amaliy bilim ko'nikmalarga ega bo'lindi. O'tkazilgan darslarda klinikada ambulator va yotoqli bemorlarni kuzatishlarimiz borasida, bu sohaning tibbiyot amaliyotiga qanchalik samarali usul hisoblanayotgani, qolaversa bemorlarning ijtimoiy-psixologik hayotiga qanchalar ijobiy ta'sir etayotgani esa alohida e'tiborga olindi.

Yuqorida ta'kidlaganimizdek, ko'pgina psixogen, neyropsixologik va nevrologik tashxislarni qo'llashda farmokologik va reabilitologik (kinezoterapevtlar va ergoterapevtlar) usullardan tibbiy ta'limda, maxsus kafedralarda tahsil olinmoqda va amaliyotga tadbiq etilmoqda. Biroq, psixomotor terapiya usuli esa deyarli amaliyotda kuzatilmaydi, hattoki tibbiy ta'limga kurs sifatida kiritilmagan. Aynan ushbu sohani mamlakatimizda isloh etish sifatida, avvalo yosh mutaxassislarni yangi ilmni o'rganib, so'ngra uni mamlakatimizda joriy etish maqsadida, oliy tibbiy muassasalarida, qolaversa psixomotor terapiya va psixosomatik tibbiyot markazlarida maxsus kurs sifatida ochilishi, nafaqat tibbiy balkida, insonlarning reproduktiv salomtliklarini profilaktika qlish va ko'pgina og'ir psixosomatik kasalliklarni oldini olush uchun katta hizam ko'rsatishi tabiiy. Shuni ham takidlash joyizki, kelgusida mavjud tibbiy va psixologik uslubiy yondashuvlarni kompleks chora sifatida amaliyotga tadbiq etish, bemorlarning holatidagi dinamikas iijobiy tomonga o'zgarishini ko'rish, bu kutilishi mumkin bo'lgan eng kata sarmoya va konstruktiv jarayonlardir.

REFERENCES

1. Психотерапия и психосоциальная работа в психиатрии Выпуск IV Санкт-Петербург 201

2. Melibayeva, R. (2022). Somatik klinikada psixologik diagnostikaning vazifalari.

3. Дурсунов, А. М., Сайдиахматханов, С. С., Дурсунов, С. А., & Рузикулов, О. Ш. (2022). Клинико-Психологические Аспекты Реабилитации Пациентов С Последствиями Травм Конечностей. Formation Of Psychology And Pedagogy As Interdisciplinary Sciences, 1(11), 78-82.

4. https://uz.healthy-food-near-me.com/psychomotor-therapist/

269

April 26, 2024

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology,

Pedagogy: a Problem and Solutions

Toshkent tibbiyot akademiyasi Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi:

muammo va yechimlar

5. https://ru.wikiital.com/wiki/Terapista_della_neuro_e_psicomotricit%C3%A0_dell%2 7et%C3%A0 evolutiva

270

April 26, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.