Научная статья на тему 'TIBBIYOT PSIXOLOGIYASI, UNING VUJUDGA KELISH TAMOYILLARI VA TARIXI'

TIBBIYOT PSIXOLOGIYASI, UNING VUJUDGA KELISH TAMOYILLARI VA TARIXI Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
5875
262
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
klinik psixologiya / psixosomatika / neyropsixologiya / diagnostika / deontologiya / etika tamoyillari / psixogigiyena / psixoprofilaktika / psixodiagnostika / psixoterapiya / psixonevrologiya / psixofiziologiya / patopsixologiya / psixopatalogiya. / clinical psychology / psychosomatics / neuropsychology / diagnostics / deontology / ethical principles / psychohygiene / psychoprophylaxis / psychodiagnostics / psychotherapy / psychoneurology / psychophysiology / pathopsychology / psychopathology.

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Medical Psychology Principles And History Of Its Establishment, Dilbar Nabijonova

Maqola tibbiyot va psixologiya fanlarining rivojlanish tarixi, o’zaro aloqadorligi, tibbiyot psixologiyasining tarkibiy qismlari hamda tibbiyot psixologiyasi borasida o’rganilgan izlanishlar tahlili va natijalari haqida yozilgan. Bugungi kunda inson salomatligida, ruhiyatida tibbiyot psixologiyasining o’rni va ahamiyatining yuqori qiymat kasb etayotganligi haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MEDICAL PSYCHOLOGY, PRINCIPLES AND HISTORY OF ITS ESTABLISHMENT

The article deals with the history of the development of medical and psychological sciences, their interrelationships, the components of medical psychology and the analysis and results of research on medical psychology. The role and importance of medical psychology in human health and psyche are highly valued nowadays.

Текст научной работы на тему «TIBBIYOT PSIXOLOGIYASI, UNING VUJUDGA KELISH TAMOYILLARI VA TARIXI»

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 4 I 2022

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

TIBBIYOT PSIXOLOGIYASI, UNING VUJUDGA KELISH TAMOYILLARI

VA TARIXI

Shaxnoza Shavkatova Dilbar Nabijonova

Buxoro davlat universiteti talabasi Buxoro tibbiyot instituti talabasi

ANNOTATSIYA

Maqola tibbiyot va psixologiya fanlarining rivojlanish tarixi, o'zaro aloqadorligi, tibbiyot psixologiyasining tarkibiy qismlari hamda tibbiyot psixologiyasi borasida o'rganilgan izlanishlar tahlili va natijalari haqida yozilgan. Bugungi kunda inson salomatligida, ruhiyatida tibbiyot psixologiyasining o'rni va ahamiyatining yuqori qiymat kasb etayotganligi haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: klinik psixologiya, psixosomatika, neyropsixologiya, diagnostika, deontologiya, etika tamoyillari, psixogigiyena, psixoprofilaktika, psixodiagnostika, psixoterapiya, psixonevrologiya, psixofiziologiya, patopsixologiya, psixopatalogiya.

MEDICAL PSYCHOLOGY, PRINCIPLES AND HISTORY OF ITS

ESTABLISHMENT

ABSTRACT

The article deals with the history of the development of medical and psychological sciences, their interrelationships, the components of medical psychology and the analysis and results of research on medical psychology. The role and importance of medical psychology in human health and psyche are highly valued nowadays.

Keywords: clinical psychology, psychosomatics, neuropsychology, diagnostics, deontology, ethical principles, psychohygiene, psychoprophylaxis, psychodiagnostics, psychotherapy, psychoneurology, psychophysiology, pathopsychology, psychopathology.

KIRISH

Qadimgi Xorazm hududida miloddan avvalgi VI asrda bitilgan zardushtiylarning muqaddas kitobi «Avesto» da tibbiyot va psixologiyaga oid muhim ma'lumotlar keltirilgan. «Avesto» uch kitobdan iborat bo'lib, uning birinchi kitobi («Vendidat»)da tibbiyotga oid ma'lumotlar berilgan. Unda jismoniy va ruhiy poklanish haqidagi qonunlar majmuasi keltirilgan. «Avesto» kitobida biz ko'rish, eshitish, hid bilish va ta'm bilish markazlari miyada joylashgan, degan fikrlarni uchratamiz. Kitobda «Hayot markazi suyak iligida joylashgan» deyilgan. Shuningdek, kitobda odam anatomiyasi va

5

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

fiziologiyasiga oid juda qiziqarli ma'lumotlar keltirilgan. Inson salomatligini saqlash yo'llari yoritilgan.

Miya va ruh orasidagi munosabatlarga oid qarashlari bilan mashhur bo'lgan tibbiyot fanining otasi Gippokrat (Buqrot - miloddan avvalgi 460-377-yillar) asarlari bugungi kungacha yetib kelgan. U odam anatomiyasi va fiziologiyasini chuqur o'rgandi, bosh miyaning tuzilishi bilan qiziqdi. Gippokrat odamlar xulq-atvorini kasalliklar kechishiga bog'lab o'rgandi va temperament haqida ta 'limot yaratdi.

ASOSIY QISM

Insoniyat paydo bo'libdiki, turli kasalliklarni boshdan kechiradi. Hamda bu kasalliklardan forig' bo'lish maqsadida turli usullardan foydalanishgan. Asosan davolashdan turli giyohlardan va dorivor xususiyatga ega o'simliklardan foydalanishgan. Buyuk tabiblarimizning tibbiy yo'l bilan davolashlari to'g'risidagi ma'lumotlar barchamizga ma'lum, ammo ruhiy ta'sir o'tkazish yo'li bilan davolash qachon qo'llanila boshlagani to'g'risida ma'lumotlar yetib kelmagan. Shunday bo'lsada, ko'pchilik nomi ma'lum va mashhur tabiblarimiz bemorlarni davolashda ruhiy ta'sir o'tkazish usullaridan foydalanishgan. Tabiblarning aytishicha, birinchi navbatda organizmning o'zi va aynan u har qanday kasallikka qarshi kurashishi kerak, bizning vazifamiz esa unga yordam berish demakdir. Bizga dastlab tibbiyot haqida boy mazminga ega manbalar yetib kelgan. Ammo yillar davomida olib borilgan izlanish shuni ko'rsatadiki, bir qancha manbalarda va tabiblarning qo'llanmalarida ruhiy ta'sir o'tkazish va shunga doir tajribalar to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan.

Qadimgi davr adabiyotiga nazar tashlaydigan bo'lsak, tibbiyot, falsafa va psixologiya fanlarining chambarchas bog'lanib ketganligining guvohi bo'lamiz. Miloddan ilgari yashab o'tgan deyarli barcha faylasuflar tibbiyot va psixologiyaga oid o'z fikrlarini yozib qoldirishgan, chunki ular ruhiy kuchlarning manbaini inson miyasi bilan bog'lashgan.

Aytib o'tish joizki, faoliyatimiz davomida biz klinik psixologiya va tibbiyot psixologiyasi terminlarini ko'p marotaba eshitganmiz. Bu atamalar o'rtasida qanday tafovutlar mavjudligi ustida hali ham bahslar davom etib kelmoqda. Aksariyat davlatlarda "Klinik psixologiya" tushunchasi keng tarqalgan. Biroq shuni alohida ta'kidlash lozimki, bu fan qanday atalishidan qat'i nazar, u tibbiyot va psixologiya fanlari negizida paydo bo'lganligiga shubha yo'qdir. Klinik psixologiyaga ko'proq psixogen (psixosomatik) kasalliklar klinikasi, diagnostikasi, davolash usullari bilan bog'liq bo'lgan muammolami o'rganadigan fan sifatida qarash lozim. Bu uning nomiga ham mos keladi. Klinik psixologiyani klinik fanlardan (terapiya, xirurgiya, ginekologiya va h.k.) ajratib o'rganib bo'lmaydi. Klinik psixologiyaning maqsad va vazifalari klinik

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

fanlarga o'xshab ketadi. Klinik psixologiya - tibbiyot psixologiyasining bir bo'limidir. Tibbiyot psixologiyasi klinik psixologiyaga qaraganda kengroq ma'no kasb etuvchi fan bo'lib, u tibbiy yo'nalishdagi barcha fanlarni o'z ichiga qamrab oladi, ya'ni deontologiya, etika, psixodiagnostika, psixoterapiya, tibbiy-psixologik ekspertiza, psixogigiyena, psixoprofllaktika va h.k. Tibbiyot psixologiyasini shartli ravishda ikkiga ajratish mumkin: umumiy tibbiyot psixologiyasi va xususiy tibbiyot psixologiyasi yoki klinik psixologiya.

Umumiy tibbiyot psixologiyasi quyidagi muammolami o'rganadi:

- tibbiy xodimlar (vrach, hamshira) va bemorlar orasidagi o'zaro munosabatlami;

- odamning psixologik shakllanish bosqichlarini (bolalik, o'smirlik, katta va qarilik davri psixologiyasini);

- temperament, xarakter va shaxs muammolarini.

- deontologiya va etika tamoyillarini;

- psixogigiyena va psixoprofllaktika muammolarini;

- psixodiagnostika (psixometriya) va psixoterapiya (psixokorreksiya) tamoyillarini;

- tibbiy-psixologik ekspertiza muammolarini.

Xususiy tibbiyot psixologiyasi (klinik psixologiya) quyidagi muammolami o'rganadi:

- psixosomatik buzilishlarning etiologiyasini, klinikasini, diagnostikasini va davolash usullarini;

- turli xil kasalliklarda (terapevtik, xirurgik, ginekologik va h.k) bemorlar ruhiyatida kuzatiladigan o'zgarishlarni;

- turli xil defektlar bilan tug'ilganlar psixologiyasini;

- psixoterapiya va psixofarmakoterapiya usullarini turli kasalliklarda qo'llashni.

Tibbiyot psixologiyasi bilan yondosh bo'lgan bir necha fanlar haqida ma'lumot berib o'tamiz. Bular;

- neyropsixologiya - psixologik metodlarni qo'llab bosh miya zararlanishlarida kuzatiladigan oliy ruhiy funksiyalaming buzilishlarini o'rganadi. Ushbu fan nevrologiya va psixologiya fanlari negizida paydo bo'lgan;

- psixonevrologiya - asab sistemasining funksional buzilishlarini o'rganuvchi fan bo'lib, psixiatriya va nevrologiya fanlari negizida paydo bo'lgan;

- psixofiziologiya - ruhiy faoliyat va fiziologik jarayonlarni yagona jarayon sifatida ko'radigan fan bo'lib, psixologiya va neyrofiziologiya fanlari negizida paydo bo'lgan.

- patopsixologiya - shaxs va ruhiyatning buzilishi qonuniyatlarini o'rganuvchi fan bo'lib, psixiatriya va psixologiya fanlari negizida paydo bo'lgan;

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

- psixopatologiya - psixiatriyaning bir bo'limi bo'lib, ruhiy kasalliklarda uchraydigan simptom va sindromlarning etiologiyasi, patogenezi, klinikasi va diagnostikasini o'rganadi;

- psixosomatik tibbiyot - tibbiyot psixologiyasining bir bo'limi bo'lib, psixogen omillar bilan ichki a'zolar kasalliklari orasidagi o'zaro munosabatlarni o'rganadi;

- psixogigiyena - ruhiy salomatlikni ta'minlash, saqlash va qo'llashga qaratilgan fan bo'lib, tibbiyot psixologiyasi va gigiyena fanlari negizida paydo bo'lgan.

- psixoprofilaktika - ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi va rivojlanishining oldini olishga qaratilgan fan bo'lib, uning vazifalari psixogigiyena bilan chambarchas bog'langan;

- psixodiagnostika - insonning ruhiy holatini psixologik usullarni qo'llagan holda sifatiy va miqdoriy baholashni o'rgatuvchi fan;

- psixoanaliz - inson ruhiyatini ong va ongsizlik qonuniyatlariga asoslanib o'rganuvchi fan bo'lib, insonning xatti-harakatlari shakllanishida instinktiv reaksiyalarga asosiy urg'u beradi.

Men tibbiyot psixologiyasiga bo'lgan qarashlarim hamda o'rgangan bilimlarim nuqtai nazaridan kelib chiqib shuni ayta olamanki, mana shu yaqin yillarda insonlardagi barcha somatik kasalliklarni (patalogiyalardan tashqari) davolashda dastavval, ruhiy yondashuv va agarda kerak bo'lsa, so'ng tibbiy yondashuvga o'tiladi, yoki ikkalasi birgalikda mujassamlashib profilaktika olib boriladi. Buning sababi, zamon rivojlanishi bilan birga jamiyatda ruhiy zo'riqish holatlari maksimal darajada rivojlanayotidir. Kundalik muammolarni noto'gri baholab, noto'g'ri yondashayotganimiz hamda texnikaning rivoji inson faoliyati va harakatini cheklaganligi tufayli organizmdan negativlarni faoliyat orqali chiqarish hisoblangan bo'lgan eng samarali usullardan birini afsuski, yo'qqa chiqarilish holati ruhiy zo'riqishlarning ko'payishiga sababchi bo'lmoqda. Zero, tan ruh amriga vojibdir.

Tibbiyot psixologiyasi barcha tabiiy va aniq fanlar ta'siri ostida rivojlandi va alohida fan sifatida butun dunyoda tan olindi.Bugungi kunda rivojlanayotgan va organizmda vujudga kelayotgan ko'plab kasalliklarning o'chog'i ruhiyat bilan bevosita bog'liq ekanligini guvohi bo'lib turibmiz, hattoki, somatik kasalliklarda ham. Bunday bemorlar bilan ishlash va kasaliklarning oldini olishni o'rganishda tibbiyot psixologiyasining o'rni muhim va bu fanga bo'lgan ehtiyoj va talabning ortishiga sabab bo'lmoqda.

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1) Vasila Karimova "Salomatlik psixologiyasi". -T .: 2005.

2) Ibodullayev Z.R. "Tibbiyot psixologiyasi". Darslik. -T.: 2008, 378 b.

3) Ibodullayev Z .R. "O'zbekistonda tibbiyot psixologiyasini o'qitish kontseptsiyasi". "Patologiya jurnali", 2009. №.1, 31-33 b.

4) Olimov X.O., Olimov U.X. "Psixiatriya klinikasining muqaddimasi". -T.: 1997.

5) www.natlib.uz

6) www.fikr.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.