Научная статья на тему 'MUSIQA VA INSON PSIXOLOGIYASI'

MUSIQA VA INSON PSIXOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

1172
134
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Psixologiya / musiqa psixologiyasi tarixi / Antik davr faylasuflari / O’rta sharq mutaffakkirlari / Evritmiya / musiqa san’atida bilim olish jarayonlari / ruh / jon / ong / sezgi / diqqat / idrok / xayol va fantaziya / qobiliyat musiqiy –eshitish tasavvuri / metroritmika. / психология / история музыкальной психологии / древние философы / мыслители Ближнего Востока / эвритмия / образовательные процессы в музыкальном искусстве / дух / душа / разум / интуиция / внимание / восприятие / воображение и фантазия / способности музыкально-слухового воображения / метроритмика.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Mahfuza Maxamadjonovna Xalilova, Diyora Dilshod Qizi Ergasheva

Ushbu ,,Musiqa va inson psixologiyasi’’ nomli maqola musiqa orqali inson psixologiyasini qay tarzda namoyon bo’lishi va musiqani inson ongiga ta’siri haqida bo’lib, musiqa inson psixologiyasida qanchalik ahamiyatga egaligi haqida bayon etiladi . Shuningdek ,maqolada inson psixologiyasini ilk tushunchalari va musiqa bilan bog’langanligini va O’rta asrlardayoq Sharqning buyuk mutaffakkirlari musiqa psixologiyasini o’rganishganini haqida ma’lumotlar berib o’tiladi.Bu maqolani o’qigan inson musiqa inson psixologiyasida qanchalik muhim ahamiyat kasb etishini bilib oladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

МУЗЫКА И ПСИХОЛОГИЯ ЧЕЛОВЕКА

В этой статье «Музыка и психология человека» рассказывается о том, как человеческая психология выражается через музыку и о влиянии музыки на человеческий разум, а также о том, насколько важна музыка в человеческой психологии. В статье также представлена информация о ранних концепциях психологии человека и ее связи с музыкой, а также о том, что великие мыслители Востока изучали музыкальную психологию в средние века. Читатель этой статьи узнал, насколько важна музыка в психологии человека. берет.

Текст научной работы на тему «MUSIQA VA INSON PSIXOLOGIYASI»

MUSIQA VA INSON PSIXOLOGIYASI

Mahfuza Maxamadjonovna Xalilova

Chirchiq davlat pedagogika instituti o'qtuvchisi

Diyora Dilshod qizi Ergasheva

Chirchiq davlat pedagogika instituti 2-bosqich talabasi.

Annotatsiya: Ushbu ,,Musiqa va inson psixologiyasi'' nomli maqola musiqa orqali inson psixologiyasini qay tarzda namoyon bo'lishi va musiqani inson ongiga ta'siri haqida bo'lib, musiqa inson psixologiyasida qanchalik ahamiyatga egaligi haqida bayon etiladi . Shuningdek ,maqolada inson psixologiyasini ilk tushunchalari va musiqa bilan bog'langanligini va O'rta asrlardayoq Sharqning buyuk mutaffakkirlari musiqa psixologiyasini o'rganishganini haqida ma'lumotlar berib o'tiladi.Bu maqolani o'qigan inson musiqa inson psixologiyasida qanchalik muhim ahamiyat kasb etishini bilib oladi.

Tayanch so'zlar: Psixologiya, musiqa psixologiyasi tarixi, Antik davr faylasuflari, O'rta sharq mutaffakkirlari, Evritmiya, musiqa san'atida bilim olish jarayonlari, ruh, jon, ong, sezgi, diqqat, idrok, xayol va fantaziya, qobiliyat musiqiy -eshitish tasavvuri,metroritmika.

МУЗЫКА И ПСИХОЛОГИЯ ЧЕЛОВЕКА

Аннотация: В этой статье «Музыка и психология человека» рассказывается о том, как человеческая психология выражается через музыку и о влиянии музыки на человеческий разум, а также о том, насколько важна музыка в человеческой психологии. В статье также представлена информация о ранних концепциях психологии человека и ее связи с музыкой, а также о том, что великие мыслители Востока изучали музыкальную психологию в средние века. Читатель этой статьи узнал, насколько важна музыка в психологии человека. берет.

Ключевые слова: психология, история музыкальной психологии, древние философы, мыслители Ближнего Востока, эвритмия, образовательные процессы в музыкальном искусстве, дух, душа, разум, интуиция, внимание, восприятие, воображение и фантазия, способности музыкально-слухового воображения, метроритмика.

MUSIC AND HUMAN PSYCHOLOGY

Abstract: This article, "Music and Human Psychology," is about how human psychology is expressed through music and the impact of music on the human mind, and how important music is in human psychology. The article also provides information on the early concepts of human psychology and its connection with music, and the fact that the great thinkers of the East studied music psychology in the Middle Ages. The reader of this article learned how important music is in human psychology. takes.

Key words: Psychology, History of Music Psychology, Ancient Philosophers, Middle Eastern Thinkers, Eurythmia, Educational Processes in the Art of Music, Spirit, Soul, Mind, Intuition, Attention, Perception, Imagination and Fantasy, Ability musical-auditory imagination, metrorhythmics.

Musiqa psixologiyasi - psixologiyaning shunday sohasiki, u musiqaviy eshitish qobiliyatini,eshitish sezgisining chegaralari, musiqaning lad, ritmikasini his qilish, sozni taktil (paypaslab) sezish, musiqaning anglanishi, yodda saqlanishi, ijro etilishi va undan bahramand bo'lish kabi masalani qamrab oladi. Musiqiy iste'dod va zakovat o'zining cheksiz imkoniyatlari, mo'jizaviy tabiati bilan bizni hayratga soladi va o'ziga maftun etadi. Musiqa psixologiyasi juda qadim davrlardanoq o'rganib kelinmoqda. Musiqa psixalogiyasi bo'yicha ilk izlanishlar antik davr faylasuflari asarlarida va o'rta asrlarga kelib sharqning buyuk mutaffakkirlari asarlarida ham ko'rishimiz mumkin. Masalan: Pifagor (er.avv..VI asr) asarlarida, uning evritmiya ta'limotida musiqa psixologiyasi haqida gap boradi. Evritmiya deganda olim insonning barcha hayotiy hodisalardan munosib ritm, usul topa olish qobiliyatini tushungan. Shu tarzda ijtimoiy hayotni musiqaga ya'ni ladga, orkestrga qiyoslash Pifagordan qolgan.Bu orkestrda har bir ijrochi ma'lum bir cholg'uni chalganidek, hayotda har bir insonning o'z vazifasi bor. Pifagor kuy va ritm inson qalbiga muayyan ta'sir ko'rsatishini ham aniqlagan va shu tariqa musiqa va inson pisixologiyasi bir biriga chambachas bog'liqligi haqidagi fikrlar taraqqiy eta boshlagan. Umidsizlik, ruhiy istirob, asabiylashish, g'azab va boshqa psixologik vaziyatlarda musiqaning inson psixikasiga sezirlarli ta'siri aniqlanib borgan. Boshqa bir Yunon faylasufi Platonning (er.avv.V asr) fikricha, davlatning kuch - qudrati unda qanday musiqa, qaysi ohang va ritmda yangrayotganligiga to'g'ridan-to'g'ri bog'liqdir degan fikrni ilgari surgan.Platon va uning izdoshlari davlat uchun insonni yuksaklikka ko'tarishga yordam beruvchi musiqa kerak deb hisoblashgan. Aristotel (er.avv.IV asr) ham musiqani individning ijtimoiy hayot bilan uyg'unlashish vositasi deb hisoblagan. Aristotel insonning

ichki olami va unga musiqa yoráamida ta'siï o'tkazish usullarini ochib beгgan mimesis ta'limotini ishlab chiqdi. Mimesis nazariyasida "kataras" konsepsiyasi ishlab chiqilgan. Unga ko'ra, qadim Yunon tгagediyalaгi tomoshabin ko'nglini xastalik jazavalaridan tozalagan. Chuqur kechinmalar jarayonida inson ruhan poklanadi, uning qalbi o'zining xususiyligi, yagonaligidan umumiylikka ko'tariladi. Aгistotel inson psixologiyasini o'zgartiradigan musiqiy ladlami batafsil tasvirlab bergan. Bir laddagi musiqa kishini rahmdil va muloyim qilib qo'yadi, boshqa bin esa asabiylashish yoli hayajonlanishga olib kelishi mumkin. Shunday qilib doriy, frigiy, lidiy ladlaridagi musiqa kishining mhi va sog'lig'iga ijobiy ta'siï ko'satgan, boshqa ladlaráa yozilgan musiqani esa yosh avlod qulog'iga yetkazmaslik tavsiya etilgan. Shunday tavsiya etilgan. Shu tavsiyalaTdan bilishimiz mumkinki inson psixologiyasi va musiqa bir- biriga o'zara muayyan bo'g'liqdir Demokrit, Platon kabi antik davг mualliflarining ko'pchiligi musiqaning inson holatiga ta'siï qilishi haqida ko'plab dalillar keltirilgan: Odisseya haqidagi eposda musiqa ta'sirida yaгaning bitib ketishi tasvirlangan, hayotda juda qahrii bo'lgan Spaгta hukmdori Likuгg o'z qo'shinlari uchun musiqa yaratgan. Qadimgi Xitoyda musiqa tartib va sivilizasiya ramzi hisoblangan, u tartiyaning eng muhim vositasi hisoblangan va o'гganilishi shaгt bo'lgan fan^ qatoгiga kiгitilgan. Ma'lumki, Konfusiyning o'zi (eraw^Ias^ "sin" degan musiqa cholg'usida chala olgan. Hindistonda esa qadimda shife^^ musiqadan foydalangan holda davolash vositasi sifatida foydalanishgan.

Musiqa psixologiyasi yo'nalish va taimoqlarga egadir. Masalan: musiqiy ijod psixologiyasi - bu asosan bastakor va kompozitorlarning xayol, tasavvur, musiqa yaгatish, yangi musiqiy asami dunyoga keltiгish bilan bog'liq bo'lgan faoliyatidir P.I.Chaykovskiy mazkuг jarayon va o'sha daqiqada paydo bo'luvchi ilhom haqida shunday degan edi: "Ilhom kelgan paytda, odatdagi holatdan chiqa boshlaysan. Biï fikr boshqa birini haydamoqchi bo'ladi, bu tushuntirib bo'lmas ilhom tuyg'usidiг". Kompozitoг nota yozish bilan biïga asami tinglovchiga aniq yetkazib bera oladigan ijrochini ham yaxshi tasavvur qilishi kerak. Musiqa psixologiyasining yana Ыг yo'nalishi bu - musiqiy ijrochilik psixologiyasidir. Bu yo'nalishda musiqa san'atidagi asosiy faoliyatlaMan bin musiqa yrochiligidir Zo^ ijroni tinglab, lazzat, quvonch, ilhom tuyg'ularini his etamiz yoki yunonto aytganidek,"ichki", гuhiy poklanish va yengilanish Musiqiy idrak

psixologiyasi bu - musiqani tinglab idrok etishini ham xuddi musiqa yozish va ijro etish kabi musiqa san'atidagi asosiy faoliyat turi deb hisoblash lozim. Qolaversa, tinglovchisiz musiqa san'ati o'z ma'nosini yo'qatadi va yashashdan to'xtaydi. Musiqa tinglash va uni idrok etish musiqa faoliyatining shunday turiki, u

bolalikdan tarbiyalanadi va singdirib boriladi. Aytishlaricha, musiqani barcha eshitadi, biroq uni hamma ham tinglab idrok eta olmaydi. Musiqani tinglash jarayonida idrok etish darajasi tinglovchining umumiy madaniyati va musiqiy tayyorgarlik darajasiga bog'liq, unga to'g'ri proporsionaldir. Musiqiy asarning to'liq va chuqur idrok etilishi, shuningdek, kompozitor va ijrochi mahoratidan ham dalolat beradi. Ana shu tarzda tinglash jarayoni tinglovchining tarbiyasi, individual qobiliyatlari va tayyorgarligi bilan ajralmas holat deb xulosa qilish mumkin. Menda ham musiqiy idrok psixologiyasi Bolalar musiqa va san'at maktabiga o'qishga kirganimdan keyin asta - sekin rivojlana boshlagan.

Musiqiy ta'lim, tarbiya psixologiyasi bu - musiqa psixologiyasining mazkur tarmog'i psixologik yo'riqlariga asoslanadi, o'quvchilar bilan ishlashning aniq usullarini topishga yordam beradi. Bu tarmoq o'quvchilarning tabiiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini to'g'ri yo'naltiruvchi va musiqiy qobiliyatini rivojlantirishga imkon beruvchi musiqa pedagogikasiga uzviy bo'gliqdir. Musiqani eshitish qobiliyati, musiqiy xotira, ritmni aniqlash, tekshirish kabi an'anaviy usullar bilan bir qatorda musiqa psixologiyasida musiqiy zehn, is'tedod, qobiliyatlarni aniqlash, asarni o'rganish va uning ustida ishlash, konsertda chiqish uchun tayyorgarlik ko'rish, o'quvchilar va konsert jamoasi bilan o'zaro munosabatlar va boshqa testlar ishlab chiqilgan. Musiqa ta'limi va tarbiya psixologiyasi ikki yo'nalishda o'rganiladi: bu maxsus musiqa ta'limi va umumiy musiqa tarbiya yo'nalishidir.

Musiqashunoslik, musiqa targ'iboti va musiqiy ma'rifat psixologiyasi -bu musiqashunoslik va musiqiy ma'rifiy faoliyat musiqa san'ati o'rganish va targ'ib etishga yo'naltirilgan. Musiqa tarixchilari, tanqidchilari, nazariyotchilari, targ'obotchilari, musiqa ma'rifati bilan shug'ullanuvchilar musiqa holatidagi fanlarni o'rganishadi, tahlil qilishadi, boyitishadi, rivojlantirishadi hamda klub, istirohat bog'lari, dam olish uylari, radio, telvidenia, matbuot va boshqa joylarda omma o'rtasida madaniy-ma'rifiy ishlarni olib borishadi. Musiqa psixoterapiya psixologiyasi-sog'lomlashtirish maqsadida foydalanilgan musiqa musiqiy psixoterapiyada o'rganiladi. Buning uchun tinglash va ijod qilishga mo'ljallangan musiqa tavsiya etiladi. Bizda musiqa psixologiyasining mazkur sohasi deyarli o'rganilmagan, negaki u ham meditsina, ham musiqa sohalari bo'yicha jiddiy ilmga ega bo'lishni taqazo etadi. Biroq buyuk mutaffakir -olim Ibn Sino tadqiqotlarida bu sohadagi izlanishlarni ko'rishimiz mumkin. Musiqaning inson salomatligi, emotsional holatiga ta'sir etish imkoniyati, musiqani tinglash va ijro etish jarayonidagi chuqur musiqiy kechinmalarning ijobiy ta'siri tibbiyotda ham, musiqada ham ilmiy izlanishlar olib borish uchun muhim asosdir. San'at

ustalari shaxsning xususiyatlarini odatda ms tilida "t" harfi bilan boshlanadigan beshta so'zga bog'lashadi. Bular "талант" -is'tedod, "творчество"-ijod"трудолюбие"-mehnatsevaгlik"терпения"-sabг,"требовательность"-talabchanlik. Bu yerda musiqachining iste'dodi katta ahamiyatga ega. Mas alan, yosh Mosart Vatikanda xor ijrosidagi murakkab asarni (Italiya kompozitori Grigorio Allegгining "Mizeгeгe") atigi ikki maгta eshitib, ikki kundan so'ng o'z xotiгasida saqlab qolgan o'sha to'liq partiturasining qo'lyozmasini Rim Papasiga topshirgan. Mashhur Italyan dirijori Arturo Toskanini deyarli butun konsert repertuarini yoddan diгijoгlik qilgan. Ayni paytda u o'n yil avval yodlagan asaгini ham esda saqlagan. Ferens List murakkab asarlarni konsertga aravada ketayotib yodlab olgan. Bu misollarning barchasi shaxsning musiqiy xotira deb ataluvchi psixologik xususiyatiga bog'liq. Katta sozandaning shaxsi doimo ko'pqiirali. Bunga fanni ham, san'atni ham birdek tushuna oladigan O'гta Sharqning qomusiy olimlaгi yaqqol misoldiг. Masalan, musiqa san'atida Farobiy ham nazariyotchisi, ham musiqa cholg'ularining ajoyib ijrochisi bo'lgan. Musiqachi shaxsning serqirraligi haqida Nemis diгijoгi Bгuno Val'teг shunday degan: "Faqat sozanda -bu har doimo yaгim sozanda". Musiqachining mehnatsevarligi haqida

P.I.Chaykovskiy: "Eng keragi, avvalo, mehnat, mehnat va yana mehnat.....Men

har kuni ertalab ijodga o'tirib, to biror narsa chiqmaguncha ishlayveraman", degan edi. Mashhur pianinochi va pedagog M. Klementi sakkis, ba'zan o'n ikki va hatto o'n tort soatlab mehnat qilgan. Musiqa san'atida musiqiy faoliyatning barcha turlari diqqat bilan bog'liqdir. Ayniqsa ommaviy ijrochilikda diqqat juda muhim. Namoyishda avval dirijorning ko'tarilgan qo'llari, auftakt, yakkaxon va jo'r -navoz o'rtasidagi ishora va harakatlar -bularning hammasi musiqa terminologiyasidan diqqat deb ataladi. Zamonaviy psixologiyada diqqat tarkibida uning sifat xususiyati o'rganiladi. Bunga diqqat barqarorligi, ko'chishi, taqsimlanishi va hajmi kiradi. Shuningdek, bu sanoqqa diqqat parokandaligini, buzishini ham kiritish mumkin. I.Gofman shunday degan edi "Ish to'la aqliy diqqat jamligida bajarilganidagina serunum bo'ladi. Biroq "shu narsani esda tutish kerakki, mashg'ulotlarda miqdoriy tamom faqat sifat tomoni bilan qo'shilgandagina ma'no kasb etadi". E'tiborlik, diqqatini jamlash qancha muddat ishlash kerak, degan savolga chek qo'yadi. I.Gofman har yarim soatdan so'ng tanaffus qilishni va hech qachon tanaffussiz bir yoki ikki soat ishlamaslikni tavsiya qilgan. Musiqachi diqqati, agar u o'zining kundalik ishida iloji boricha e'tiborli va intizomli bo'lsa, o'z professional ishiga tushunib va mas'uliyati bilan yondoshsa, maxsus mashqlarsiz ham takomillashishi mumkin. Shuningdek barcha musiqachilar diqqatining shakllanishida o'zini tashqaridan turib eshita olishi

qobiliyatini g'oyat muhim hisoblanishini ta'kidlashgan. Shuning uchun ham musiqachining chalayotgan narsasini nazorat qila olishi, o'zini tashqaridan eshita olishi-musiqa san'atining asoslaridan biridir. Musiqachining diqqati turlicha: keng va tor, kech qoluvchi va ilgarilab ketuvchi bo'lishi mumkin, harakatlarning avtomatlashuvi diqqatning bir yerga jamlanishiniga yordam beradi.

REFERENCES

1. "Musiqa psixologiyasi" R.G'.Qodirov. ,,Musiqa " nashryoti Toshkent 2005 .

2. "Muziko'kalnaya psixologiya" V.I.Petrushin M.1997

3. Hasanov. A . "Musiqa va tarbiya " -T O'qtuvchi 1993 .

4. Yusupova N. "Musiqa savodi ,metodika va ritmika" Toshkent 2010. ,,Musiqa" nashryoti.

5. M.S. Muxiddinova "Мактабгача таълим ташкилотларида ахборот-компьютер технологияларини мусика тарбияси воситаси сифатида куллашнинг хусусиятлари" 2020 yil

6. Sh.R.Mahkamova "Имконияти чекланган болалар ва хар томонлама етук авлодни тарбиялашда мусиканинг урни" 2020

7. M.A.Asadullaeva "Ёшларни маънавий тарбиялашда кушикчилик санъатининг тутган урни" 2020 yil

8. www.ziyouz.com kutubxonasi

9. www.konservatoriya.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.