Научная статья на тему 'NEVROZ BUZILSHI VA DAVOLASHDA UMUMIY QONUNIYATLAR'

NEVROZ BUZILSHI VA DAVOLASHDA UMUMIY QONUNIYATLAR Текст научной статьи по специальности «Медицинские науки и общественное здравоохранение»

383
418
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
psixogen omillar / distimik buzilish / obessiv-kompulsiv buzilish / psixogen omillar / distimik buzilish / obessiv-kompulsiv buzilish

Аннотация научной статьи по медицинским наукам и общественному здравоохранению, автор научной работы — Sardor Dursunov, Muzaffar Ergashev

Mazkur tezisda shaxslarda kuzatiladigan nevroz kasalligining turlari, qisqacha o’rganiladi. Nevrozning klinik belgilari, tashxis qo’yish, davolash hamda profilaktik ishlar haqida ma’lumotlar beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной диссертации кратко изучены виды неврозов, наблюдаемых у отдельных лиц. Приведены клинические симптомы невроза, диагностика, лечение и меры профилактики

Текст научной работы на тему «NEVROZ BUZILSHI VA DAVOLASHDA UMUMIY QONUNIYATLAR»

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

NEVROZ BUZILSHI VA DAVOLASHDA UMUMIY QONUNIYATLAR

Sardor Dursunov

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi pedagogika va psixologiya kafedrasi assitent

o'qituvchisi

Muzaffar Ergashev

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi, davolash ishi, 2-kurs talabasi

Mazkur tezisda shaxslarda kuzatiladigan nevroz kasalligining turlari, qisqacha o'rganiladi. Nevrozning klinik belgilari, tashxis qo'yish, davolash hamda profilaktik ishlar haqida ma'lumotlar beriladi.

Kalit so'zlar: psixogen omillar, distimik buzilish, obessiv-kompulsiv buzilish

В данной диссертации кратко изучены виды неврозов, наблюдаемых у отдельных лиц. Приведены клинические симптомы невроза, диагностика, лечение и меры профилактики.

Ключевые слова: психогенные факторы, дистимическое расстройство, обсессивно-компульсивное расстройство.

In this dissertation, the types of neuroses observed in individuals are briefly studied. Clinical symptoms of neurosis, diagnosis, treatment and preventive measures are given.

Keywords: psychogenic factors, dysthymic disorder, obsessive-compulsive disorder.

Nevroz, psixonevroz, nevrotik buzilish, (qadimgi yunon. veupov «asab» dan yangi lot. neurosis) — uzoq davom etadigan funktsional psixogen buzilishlar majmuasi. Bunday buzilishlarning klinik tasviri astenik, o'mashib qoladigan fikrlar yoki jazava belgilari, shuningdek, aqliy va jismoniy mehnat qobiliyatining vaqtinchalik pasayishi bilan ta'riflanadi. Turli hil holla J~ psixogen omillar bu nizolar (ichki yoki tashqi), psixolc

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSRACT

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

travmaga olib keladigan vaziyatlar ta'siri, stress yoki uzoq vaqt mobaynida emotsional va aqliy jarayonning zo'riqishi hisoblanadi. [1]

«Nevroz» termini hozirda Amerika Qo'shma Shtatlarida professional psixiatrik jamiyat tomonidan ishlatilmaydi. Amerika psixik buzilishlar diagnostik va statistik qo'llanmasining DSM-III 1980-yilda uchinchi nashridan boshlab «nevrozlar» bo'limi bekor qilindi. Misol uchun, depressiv nevroz o'rniga distimik buzilish, obessiv-kompulsiv nevroz o'rniga obessiv-kompulsiv buzilish, ipoxondrik nevroz o'rniga ipoxondriya kiritildi terminlari orqali DSM-IV holatida o'zgartirilgan. [2]

P. Pavlov o'zining fiziologik ta'limoti doirasida nevrozni noadekvat kuch va tashqi qo'z'g'atuvchilar ta'siri tufayli miya po'stlog'ida o'ta zo'riqish natijasida oliy nerv faoliyatining surunkali uzoq vaqt buzilishi deb belgilangan. XX asr boshlarida «nevroz» klinik atamasini nafaqat odamlarga, balki hayvonlarga nisbatan ham qo'llash ko'p bahs-munozaralarga olib keldi.

Psixoanalitik nazariyalar nevrozni va uning alomatlarini asosan chuqur psixologik nizo natijasi sifatida ifodalaydi. Bunday nizo insonning asosiy ehtiyojlarini qondirishga to'sqinlik qiladigan va uning kelajagiga tahdid soladigan, inson unga qarshi kurashadigan, lekin yenga olmaydigan qolaversa, uzoq vaqt saqlanadigan ijtimoiy vaziyatlar sharoitida shakllanadi deb taxmin qilinadi.

Avsrtyalalik psixoanalitik Zigmund Freydning uzoq vaq iszlanishlari va kuzatishlari bo'yicha, nizolarni «Id»ning instinktning talablarni jamiyatdagi odob-axloq va me'yorlarni nazarda tutadigan «Super ego» tomonidan bostirilishidagi fundamental qarshiliklarda ko'rgan. [1]

Vegetotomirli distoniya — bu vegetativ asab tizimi faoliyatining buzilishidir. Aqlga bo'ysunadigan va mushaklarni boshqaradigan somatik nerv tizimidan farqli o'laroq, vegetativ asab tizimi avtomatik ravishda ishlaydi va organizmning a'zolari va tizimlari faoliyatini ta'minlaydi. [1]

Nevrotik buzilishlarning ruhiy va jismoniy belgilari

• Emotsional tushkunlik (ko'pincha aniq sabablarsiz)

• Ijtimoiy aloqadagi muammolar

• Noadekvat o'zini baholash: past yoki haddan ziyod yuqori

• Tez-tez tashvish, qo'rquv hissi, «biron narsaning tashvishli kutilishi», fobiya,

• vahima hurujlari, vahimali buzilishlar.

• Ko'pincha sinizm qayd qilinadi.

• Kayfiyatning barqarorsizligi yani, tez-tez va kes1 ' o'zgaruvchanligi.

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

• Qo'zg'aluvchanlik (nevrastenyia).

• Stressga nisbatan yuqori sezuvchanlik — ahamiyatsiz stressli voqeaga odamlar umidsizlik yoki tajovuzkorlik bilan munosabat bildirishadi.

• Psixotravmatik vaziyatga ko'p to'xtalib qolish.

• Ishlamoqchi bo'lganda tezda charchab qolish — xotira, e'tibor va fikrlash qobiliyatlari susayishi

• Baland tovushlarga, yorqin nurlarga, harorat o'zgarishiga sezgirlik.

• Uyquning buzilishi: odamning ortiqcha qo'zg'alganligi sababli uxlab qolish qiyin kechadi; uyqu yuzaki, tashvishlantiruvchi, tetiklik bermaydigan bo'ladi; ertalab ko'pincha uyquchanlik kuzatiladi.

• Xavotirlar, qon bosimining pasayib ketishi tufayli bosh aylanishi va ko'z qorong'ulashishi.

• Jismoniy og'riqni psixologik boshdan kechirish (psixalgiya), ipoxondriyagacha olib boradigan o'z sog'lig'iga haddan ortiq g'amxo'rlik.

• Ba'zan — libido va erektsiyaning pasayishi. [1]

Nevroz kasalligini davolash

Nevrozlarni davolashning ko'p usullari va nazariyalari mavjud. Nevrozni davosi antidepressantlar va trankvilizatorlar yordamida psixoterapiya va medikamentoz terapiyaga asoslanadi.

Nevroz va nevrotik reaktsiyalarni davolashning asosiy usuli psixoterapiya hisoblanadi. Hozirgi vaqtda psixoterapevtik yordamning ko'plab yo'nalishlari va usullari mavjud. Ular patogenik (nevrozning sabablari va uni shaxsda ushlanib turishi jarayoniga ta'sir ko'rsatadigan) va simptomatik yoki yordamchi (ular faqat patogenik uslublar bilan birgalikdagina samarali bo'lib, o'zlari faqat alomatlarni yengillashtiruvchi vaqtinchalik ta'sir ko'rsatadi) turlarga bo'linadi. [6]

• Patogenetik uslubi psixodinamik, ekzistentsial, interpersonal, kognitiv, tizimli, integrativ, geshtalt-terapiyani o'z ichiga oladi.

• Simptomatik usublarga esa xulq-atvor, gipnoz, tana-yo'naltirilgan, ekspozitsion terapiya, nafas olish mashqlari, art-terapiya, musiqa terapiyasi va boshqalar kiradi.

Nevroz insonning tiklanadigan holati bo'lib, psixoterapevtik davolanishiga yaxshi bo'ysunadi. Dori-darmonli terapiya faqat psixoterapevtik jarayon uchun katalizator bo'lib, hech qanday holatda nevrozni davolashning asosiy shakli sifatida qaralmaydi. Kamdan-kam hollarda, inson shaxsiyatining o'si~1 ' nizoli vaziyat ahamiyatining yo'qolishi, avvalgi turmush tarz

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

qaytish va hokazolar tufayli nizoning hal bo'lishi natijasida nevrozdan mustaqil qutilish hollari ham qayd qilinadi. [6]

Obsessiv-kompulsiv buzilishda birinchi o'rindagi davolash sifatida kognitiv-xulq terapiyasi (KXT) va SQUSI (serotonin qayta ushlanishining selektiv ingibitorlari) yoki klomipramin guruhi antidepressantlarini qo'llash tavsiya etiladi. Kognitiv-xulq terapiyasidan tashqari, psixodinamik terapiya yoki psixoanaliz ham ishlatiladi, lekin ularning samaradorligi, KXT samaradorligidan farqli o'laroq, kam isbotlangan. KXT — bu obssesiv-kompulsiv buzilishda samaradorligi nazorat ostida o'tkazilgan tadqiqotlar bilan tasdiqlangan psixoterapiyaning yagona turidir. [1]

Obsessiv-kompulsiv buzilishni kognitiv davolashda adapitvlikka o'rgatish qo'llaniladi — bu texnikada terapevt bemorda qayta-qayta o'rnashib qolgan fikrlarni chaqirishga harakat qiladi, natijada bunday fikrlar bemor uchun xavflilik ahamiyatini yo'qotadi va xavotirning pasayishiga sabab bo'ladi deb taxmin qilinadi. Shuningdek javobni oldini olishning yashirin texnikasi ham ishlatiladi: terapevtlar bemorlarni adaptiv o'qitish davomida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan o'rnashib qolgan fikrlardan chalg'ish yoki saqlanishga o'rgatadi. Kognitiv nazariya tarafdorlari fikrlariga ko'ra, bunday buzilish insonning yoqimsiz, keraksiz o'ylari mavjudligi xususiyatlaridan kelib chiqadi: ba'zi odamlar uchun yoqimsiz fikrlar shu darajada jirkanch va zo'riqtiradigan ta'sir ko'rsatadiki, ular bunday fikrlardan qochish yoki ularni bartaraf qilishga urinishadi. Bu sa'y-harakatlar fikrlarning o'rnashib qolishiga olib keladi, ular noqulaylikni bir muddat pasaytiradi va qayta-qayta takrorlanaveradi, qutilishga harakat qilish esa ular bilan bog'liq tashvishlarni yanada kuchayishiga sabab bo'ladi. [1]

Psixoanaliz metodi Nevrozda psixoanaliz ham qo'llaniladi. Ko'pgina psixoanalitik maktablar fikriga ko'ra, bemor o'z ziddiyatlarini tan olishi, o'zining shaxsiyati haqida aniqroq tasavvurlarga ega bo'lishi kerak. Psixoterapiyaning asosiy vazifasi bemorga nevroz rivojlanishiga olib kelgan barcha munosabatlar jamlanmasini tan olishga yordam berishdir. Psixoterapiyaning natijasi bemorga uning hayotiy tajribasi, bu tajriba asosida shakllangan atrofdagi odamlar bilan munosabatlar tizimini ziddiyatga kelgan vaziyat va kasallikning namoyon bo'lishi bilan bo'lgan nisbatini bemorga tushuntirishdan iborat. Nevrozni davolashda gipnoz va autogen mashg'ulotlar juda muhim o'rin tutadi. Agar nevroz mavsumiy ruhiy tushkunlik sababli yuzaga kelgan bo'lsa, uni davolash va oldini olish uchun, quyoshli kunlar sayr qilish yoki nur bilan davolash ko'rsatiladi. [1]

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

TMS orqali davolash Transkranial magnit stimulyatsiya ( TMS ) yoki Transkanial magnit stimulyatsiya terapiyasi (TMS); Bu boshning ma'lum qismlaridan miyaga to'g'ridan-to'g'ri etib borish uchun ishlab chiqarilgan maxsus qurilma orqali magnit impulslarni kuchaytirish orqali miya hujayralarini rag'batlantiradigan davolashdir.

TMS usuli 1985 yildan beri qo'llanilib kelinmoqda va 2008 yilda FDA (Amerika oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi) tomonidan klinik ma'qullangan. Bu qo'llash bilan bog'liq klinik tadqiqotlar tobora kuchayib borayotgan davolash turi. Bugungi kunda ushbu usulning mashhurligi ortib bormoqda. Erdem Psixiatriya, shuningdek, mutaxassis va tajribali xodimlari bilan TMS davolashda xizmatlarni taqdim etadi. [5]

Nevrozdan xalos bo'lish uchun qo'shimcha asoslangan umumiy tavsiysalar:

Awallari nevroz belgilarisiz, umuman boshqa inson bo'lib yashab, endilikda birdan paydo bo'luvchi salbiy fikrlar yashashingizga xalaqit qilayotgan bo'lsa, terapevtga ko'rinishingiz kerak. Mutaxassis aynan qaysi jarohatlovchi voqea nevrotik buzilishlar rivojlanishiga olib kelganini aniqlaydi hamda sizga vahima bilan kurashishga yordam beradi. Qolaversa, nevroz sodir bo'lishi juda kuchli bo'lmasa, muammoni boshqa usullar bilan hal qilishda samarali natijalar olish mumkin. [7]

1. Ochiq havoda ko'proq sayr qiling Hech bo'lmaganda kuniga 30 daqiqa. Hattoki 15 daqiqalik sayr ham o'zingizni yaxshiroq his qilishingizga ko'maklashadi.

2. Yaqin insonlar bilan suhbatlashing Qulflanib olmang! Tug'ishganlar va do'stlaringizga aynan nima sizni asabiylashishga majbur qilayotgani haqida gapiring. Sizni qiyin daqiqalarda qo'llab turishlarini iltimos qiling.

4. Kofein va alkogol iste'molini cheklang Ular ham sizdagi xavotir va hissiy qo'zg'alishni oshiradi.

5. To'laqonli harakat qiling Vahima bilan kurashish uchun miyaga quvvat zarur. Nonushta, tushlik va kechki ovqatni o'tkazib yubormaslikka va jiddiy parhezlarni rad etishga harakat qiling.

7. Barcha nevrotik noxush hodisalarni yozib chiqing Bu bezovtalik yanada kuchayadigan vaziyatlarni tahlil qilishga yordam beradi. Qonuniyatlarni payqab, o'xshash holatlardan qochishingiz mumkin. [7]

REFERENCES

1. Фрейд З. Знаменитые случаи из практики. М.: Коги

Центр

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

2. Ольшанский Д.А. Пять основных клинических случаев Фрейда / Психологическая газета

3. Britanica: "Nevroz". Qabul qilingan kuni: 2018 yil 13-iyul kuni Britannica: britannica.com.

4. Axmat o'g'li, D. S., & Sevinch, A. (2023). BEMORLARDA NEVROTIK HOLATLAR TAHLILI. Scientific Impulse, 1(8), 716-719.

5. Dursunov, S. (2022). TRIXOFAGIYA TURLARIDA KUZATILADIGAN SHAXS XUSUSIYATALARI VA MOYILLIKLARINI ANIQLASH. PEDAGOG, 1(4), 63-65.

6. Narmetova, Y. K. (2016). Organization of the psychological support in the cardiology clinics. Theoretical & Applied Science, (7), 28-31.

7. Нарметова, Ю. К. (2022). Особенности психокоррекционного подхода при психосоматических заболеваниях (на примере ишемической болезни сердца). Gospodarka i Innowacje., 21, 258-261.

8. Нарметова, Ю. (2015). Психосоматик беморларда эмоционал холат бузилишлари ва уларга психологик ёрдам курсатишнинг узига хослиги. УзМУ хабарлари.

9. Nasirovna, M. R. (2022). THE ROLE OF PSYCHOLOGICAL DIAGNOSIS IN CLINICAL PRACTICE. Conferencea, 4-6.

10. Narmetova, Y., Melibayeva, R., Akhmedova, M., Askarova, N., & Nurmatov, A. (2022). PSYCHODIAGNOSTICS ATTITUDE OF THE PSYCHOSOMATIC PATIENTS'DISEASE.

11. Мелибаева, Р. Н. (2022). КЛИНИК АМАЛИЁТДА КОГНИТИВ ФУНКЦИЯЛАР ВА УЛАРНИНГ БУЗИЛИШЛАРИ ПСИХОДИАГНОСТИКАСИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 4-2), 928-932.

12. Мелибаева, Р., & Абдиназарова, И. (2020). Тиббий психодиагностика: муаммо, мулохдза ва ечимлар.

13. Рашидович, Б. Т. (2022). НЕКОТОРЫЕ МЕТОДЫ И ПРИЕМЫ ДИАГНОСТИКИ ОСОБЕННОСТЕЙ ПРЕОДОЛЕНИЯ ПОДРОСТКАМИ КРИЗИСНЫХ СИТУАЦИЙ ЖИЗНИ. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MATHEMATICAL THEORY AND COMPUTER SCIENCES, 3(12), 224-228.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.